Surxondaryo viloyati sport boshqarmasi sportning olimpiya va paralimpiya turlari bilan muntazam shug‘ullanib kelayotgan sportchilar uchun 2028-yilda AQSHning Los-Anjeles shahrida o‘tkaziladigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga litsenziyani qo‘lga kiritish maqsadida tanlov e’lon qiladi.
Tanlovda ishtirok etib, saralashdan o‘tgan sportchilar kelgusi uch yil davomida qo‘llab-quvvatlanadi. Ularning sport musobaqalari va o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlaridagi ishtiroki muntazam nazorat qilinadi. Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan sportchilar terma jamoa tarkibida Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlab boriladi.
Ro‘yxatga olish joriy yilning 20-28-fevral kunlari Surxondaryo viloyati sport boshqarmasida o‘tkaziladi.
📞 Murojaat uchun telefonlar:
+99897-785-71-37
+99890-071-75-57
📍 Manzil: Termiz shahri G‘ulom Xusanov ko‘chasi, 1-uy, Surxondaryo viloyati sport boshqarmasi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X