Digital Mahalla @mahalladigital Channel on Telegram

Digital Mahalla

@mahalladigital


SMM va Marketing haqida mualliflik blogi
📲 Obuna bo’ling va eng zamonaviy kasbni o’rganing!

Digital Mahalla (Uzbek)

Digital Mahalla Telegram kanaliga xush kelibsiz! Bu kanalda SMM va Marketing sohasida mualliflar blogi olib boriladi. Agar siz ham yangiliklardan xabardor bo'lishni istasangiz va eng zamonaviy kasblar haqida ma'lumotlarga ega bo'lishni xohlaysiz, shu erga obuna bo'lishni unutmang! Mahalla Digital kanaliga a'zo bo'lib, SMM va Marketing sohasida o'z bilim va ko'ngil oqishingiz mumkin. Endi siz ham eng yangi yangiliklardan xabardor bo'lib, zamonaviy kasblar ustida o'z bilim va ko'ngil oshiring!

Digital Mahalla

18 Nov, 09:15


Kecha Community yig’ilishida 5 ta joyni BAND QILISHDI ❗️

Shunga 15 ta joy qoldi!
Kurs narxi o’ylaganingizdan ham hamyonboproq.. 💸

Xursand bo’lardim agar yoziladigan bollar shu guruhdan bo’lsa 😁

Tezroq joyingizni band qiling! 👇
https://forms.gle/UQXf6FpmNRZDDSDw8

Digital Mahalla

18 Nov, 09:01


❗️Mentorship faqatgina OFFLINE (yuzma-yuz guruhda) bo’lib o’tadi

16 ta dars
🗣️ 7 ta mehmon spiker
🤯 2 ta Mastermind

Umumiy 2 oy davom etadi ⚠️

ℹ️ Batafsil info uchun ro’yxatdan o’ting:

https://forms.gle/UQXf6FpmNRZDDSDw8

Digital Mahalla

18 Nov, 08:21


Hamkasblar, 3 oy tayyorlagan programmamizni Sizlarga ko’rsatish vaqti keldi!

SMM Level Up Mentorshipiga rasman start beraman!

Bu Mentorshipda Siz kasbga kirib kelishdan tortib, Pro levelga chiqishgacha o’rganib olishingiz mumkin 😁

Kimga qiziq bo’lsa 🔥 jonating va Batafsil qanaqa mavzula bo’lishini yozib chiqaman!

Digital Mahalla

18 Nov, 05:16


Bugun sizlarga uzoq kutilgan yangilikni aytmoqchiman

Bilaman buni ko’pchiligingiz kutyapsiz

Digital Mahalla

15 Nov, 07:23


🔗 Zamonaviy kasblar: foydami yoki zarar?
🔗 Ularga o’qishga vaqt va pul sarflashga arziydimi?


Shunga o’xshash aktual savollarga “Qo’shtirnoq Podcast” da javob berdim!

Izohlarda eng kuchli insight qoldiring va shaxsiy sovg’am Sizga boradi!

https://youtu.be/hVqhcvlCDq0?si=pYre0jRCQFFCB93x

Digital Mahalla

14 Nov, 10:39


Assalomu alaykum!
Yakshanba kuni Kechqurun 19:00 da Choyxonadoshlar yig'lishamiz

Uchrashuvda qanday mavzular ko'tariladi:
- Mijozlarni saralash
- Kontent yangiliklari
- Savol-javob

Uchrashuvga kelish uchun @Javokhir_Usmonov shaxsiy habarlariga yozib qo'yasiz

Va 50 000 so'm oldindan to'lov qilasiz ( o'zingizni buyurtma qiladigan narsalaringiz uchun)

Hammangizni birinchi community yig'ilishimizda kutaman!

Digital Mahalla

14 Nov, 08:55


❗️❗️❗️
Uchrashuvda qanday mavzular ko'tariladi:
- Mijozlarni saralash
- Kontent yangiliklari
- Savol-javob

Digital Mahalla

14 Nov, 08:13


Assalomu alaykum!
Digital sohasidagilar uchrashuv tashkil qilmoqchimiz!

Keladiganlar bo'lsa izohlarda + qoldiring!

Digital Mahalla

11 Nov, 11:58


Bitcoin narxi 82 ming dollardan oshib, yangi rekord o‘rnatibdi 😱

Ochig'i Trump saylovda g'alaba qozongandan keyin narx rekord darajada oshganiga xayron qolmadim.

Chunki Trumpning "AQSh kriptoning poytaxti bo‘ladi" va "AQSh Bitcoinni strategik zaxira sifatida saqlaydi" kabi va’dalari bor edi.

Bundan tashqari, Trumpning "AQSh hukumati Bitcoin sotmaydi" va "Milliy Bitcoin zaxirasi yaratiladi" kabi qarashlari, Bitcoinni davlat darajasida barqaror aktiv sifatida ko'rishga zamin yaratmoqda. Ko'ramiz bu o'sish qayergacha borar ekan.

Source: @lazizhamidov

Digital Mahalla

11 Nov, 09:20


Balki etarmiz 👀😅

Digital Mahalla

11 Nov, 08:10


Tushdagi reklama 😴

"Futurama" kult multserialining "A Fishful of Dollars" nomli epizodida mualliflar reklamaning ehtimoliy kelajagini qiziqarli, ammo biroz tashvishli tarzda tasvirlaydi — e'lonlar bevosita tushga joylashtiriladi.

Ushbu epizodda bosh qahramon Fray o'z tushlaridan reklamalar uchun joy sifatida foydalanilayotganini bilib qoladi!

⁃ Tushimdayam reklama ko'rsatishyaptimi?
⁃ Ha, o'n to'qqizinchi asrda reklama yo'q edimi?
⁃ Bor edi, lekin tushingda emas. Faqat radio va televideniyada. Jurnallarda, filmlarda, sport o‘yinlarida, avtobuslarda, sut qutilarida, futbolkalarda, bandanada va hatto osmonda, lekin tushingda emas! Hech qachon!

Bu bizni marketing mutaxassislari iste'molchilarning e'tiborini jalb qilish uchun qanchalik uzoqqa borishga tayyor ekanligi haqida o'ylashga majbur qiladi.

Digital Mahalla

07 Nov, 15:25


#kuninsayti

proekt olishdan oldin, bitta muzokarani albatta mijoz ofisida o’tkazing

Mijoz ofisi qayerda joylashgani, tartibi, ishchilariga bo’lgan munosabatiga qarab Siz u inson bilan qanchalik ko’p ishlay olishingizni bilib olasiz:)

Digital Mahalla

07 Nov, 11:45


Buni sizga hech kim aytmaydi. Lekin men borman-ku😉

🔍 Deyarli istagan kitobni Wikipediyaga yozsangiz o'sha kitobning eng asosiy fikr va g'oyalari jamlangan to'liq summarysi chiqadi.

📚 Masalan, juda ko'p kitoblar vaqt sarflab o'qishga arzimaydi. Shunchaki summarysini o'qishning o'zi kifoya.
Shunday qilib saralaysiz.

🙌🏻Rahmatga o’rin yo’q. Xizmatingizdamiz.

Source: @teacherazam

Digital Mahalla

07 Nov, 07:54


O’zingizga bo’lgan odat/xissiyotlarni toping 👇

Muhim ishlarni doimiy ravishda kechiktirish (prokrastinatsiya) - hamma narsani keyinroq qilishga vaqt bor deb o’ylash, ammo bu doimiy ravishda bajarilmagan vazifalarga olib keladi.

Tezkor muvaffaqiyat izlash - uzoq muddatli sa’y-harakatlarsiz tezkor natijalarni kutish tuzoqqa aylanishi mumkin.

Muvaffaqiyatsizlikdan qo’rqish - o’zini oqlaydigan tavakkalchiliklardan ham qochish rivojlanish va o’rganishni to’xtatadi.

Boshqalarning fikriga haddan tashqari bog’liqlik - doimo ma’qul kelishga intilish o’z shaxsiy identifikatsiyasini yo’qotishga olib kelishi mumkin.

Dam olish va uxlashni e’tiborsiz qoldirish - o’zingizni charchatish samarali ko’rinishi mumkin, ammo uzoq muddatda samaradorlikni pasaytiradi.

Hammasini nazorat qilish istagi - perfektsionizm rivojlanishga to’sqinlik qilishi va doimiy shubhalarni keltirib chiqarishi mumkin.

Emotsional muammolarni e’tiborsiz qoldirish - ularni hal qilish o’rniga his-tuyg’ularni bostirish yoki inkor qilish osonroqdek tuyuladi, bu esa kelajakda inqirozlarga olib keladi.

Intizom yetishmasligi - vaqt va harakatlar ustidan nazoratning yo’qligi erkinlikdek ko’rinadi, ammo imkoniyatlarning boy berilishiga olib keladi.

O’zini boshqalar bilan solishtirish - boshqalardan yaxshiroq bo’lishga intilish normaldek tuyuladi, ammo bu…


Jismoniy salomatlikka e’tibor bermaslik - uzoq muddatda tanaga beparvolik hayot sifatining yomonlashuviga olib keladi.

Doimiy o’zini tanqid qilish - o’ziga nisbatan qattiqqo’l bo’lish foydali ko’rinishi mumkin, ammo bu o’zini past baholashga olib kelishi mumkin.

Maqsadsizlik - aniq intilishlarsiz hayot kechirish.

Qisqa muddatli zavqlar - qisqa muddatli rohatlarga ustuvorlik berish.

Bilimlarni ortiqcha baholash - ko’proq o’rganishga ehtiyoj yo’qdek tuyulishi.

Moslashuvchanlik yo’qligi - o’zgarishlarga moslashishga qodir emaslik.

Ortiqcha rejalashtirish - ko’p o’ylab, kam harakat qilish.

Chegaralarni e’tiborsiz qoldirish - shaxsiy hududni himoya qilishni unutish.

Moliyaviy savodsizlik - pulni boshqarishni bilmaslik.

Texnologiyaga bog’liqlik - qurilmalardan ortiqcha foydalanish.

Ideal sharoitlarni kutish - harakatlarni «eng yaxshi vaqt»ga qoldirish.

Digital Mahalla

06 Nov, 10:56


TheChoyxona digital marketologlaridan ajoyib situativ marketing misoli! 🙌🏻

AQSH-ning yangi prezidentini o’zgacha post bilan va parallel ravishda Choyxona reklamasi bilan kutib olishdi! 🇺🇸🍲

@mahalladigital

Digital Mahalla

04 Nov, 09:22


❗️Yil tugashiga 2 Oy qolibdi…

2024 yilda qo’yilgan maqsadlaringizni nechtasiga erisha oldingiz?

Digital Mahalla

04 Nov, 08:49


Oyshodan Yomg’irga chidamli Paltoni LIVE reklamasi 💦🔥

Digital Mahalla

03 Nov, 03:48


🏃🏻🏃🏻🏃🏻

Digital Mahalla

02 Nov, 14:05


#marketinghaqidaemas

😱 1982-yilda qurilgan, 2000-yilga qadar faoliyat yuritgan va 2008-yilda rasman yopilgan Chorsu mehmonxonasi keyingi yil butunlay buzilib o'rniga boshqatdan yangi mehmonxona quriladi ekan.

Avvalroq bu mehmonxona uch bor sotilgan edi: 2010-yilda koreyslarga, 2017-yilda turklarga, 2020-yilda esa arablarga. Lekin hech qaysinisi mehmonxonani "odam qila olmagan edi".

Source: https://t.me/lazizhamidov

Digital Mahalla

02 Nov, 07:10


🧬 ChatGPT-ning uchta katta yangilanishi

So’nggi kunlarda bosh AI-chatbotda birdaniga uchta kuchli yangi funksiyalar paydo bo’ldi:

1. SearchGPT

Yangi qidiruv rejimi nafaqat Google-ni to’liq almashtiradi, balki AI-ning asosiy muammosi — faktlarni o’ylab topishga moyilligini ham hal qiladi. Agar yangi Search funksiyasini yoqsangiz (uni globus belgisi orqali oson topish mumkin), chatbot javob uchun bilimlarni xotirasidan emas, balki Internetdan olishni boshlaydi va faqat tekshirilgan manbalarni tanlab, barcha havolalarni to’g’ri taqdim etadi.

SearchGPT juda aniq ishlaydi va har qanday savolga darhol ehtiyotkorlik bilan javob beradi. Mening kuzatishlarimga ko’ra, bu qidiruv Google-dan o’n marta yaxshiroq va ko’plab odamlarga yoqadigan AI-qidiruv tizimi Perplexity-dan uch marta samaraliroq.

2. ChatGPT Canvas

ChatGPT-da bitta muammo bor edi: muloqotdagi matnni tahrirlash unchalik qulay emas edi, chunki interfeysda matn doimo yuqoriga “siljib” ketar edi. Yangi Canvas rejimi bu muammoni hal qiladi: u matn uchun alohida loyiha-hujjat yaratadi.

Ushbu hujjat oynasida siz matnning aniq qismlarini tanlab, ularni alohida qayta yozishni so’rashingiz mumkin va Canvas barcha tahrir versiyalarini saqlaydi. Claude Artifact funksiyasini biladiganlar uchun — bu OpenAI’dan to’liq analog hisoblanadi.

3. Advanced Voice Mode

ChatGPT-ning yangi ovozli rejimi yorqin, akvarel rangidagi ko’k doira shaklida ko’rinadi va juda ajoyib. Endi uni odamni to’xtatgandek to’xtatish mumkin, intonatsiyalar esa yanada hissiy bo’ldi.

Bundan tashqari, endi robotning ovozini o’zingiz xohlagancha sozlashingiz mumkin: masalan, ovoz balandroq/pastroq, yoshroq/qariroq, quvnoqroq/g’amginroq bo’lishi mumkin; shuningdek, masalan, ukrain tilida italyancha aksent bilan gaplashishi mumkin.

Advanced Voice Mode psixoterapiya va murabbiylik suhbatlarini AI bilan yanada samaraliroq qiladi. Bundan tashqari, ushbu funksiya bilan AI deyarli har qanday tilni o’rganishda jonli repetitorlarning to’liq o’rnini bosa oladi.

Yangi ChatGPT funksiyalari aksariyat akkauntlarda, jumladan bepul versiya va Yevropa davlatlarida mavjud. Agar siz o’zingizning chatbotingizda yuqorida tavsiflangan yangilanishlarni topa olmasangiz — barcha uchta usulda: veb-versiya, ish stoli ilovasi va mobil ilovada ChatGPT-ni yangilab, sinab ko’ring.

Digital Mahalla

02 Nov, 05:02


Biz Samarqandga ketyapmiz! 🚌

Biiir avtobus bo’lib shuuncha bekorchi Samarqandda nima qiladii devotgan bo’sez kere 🧐

Hammasi oddiy, Samarqandda marafon bo’lib o’tmoqda va har yili ko’plab bizga o’xshagan ( hayottan zerikkan 😂) entuziastlar yig’ilib - hayot uchun yuguramiz 🙌🏻

Kim Samarqanddan?
Kim Samarqand marafonda ishtirok etyapti?
Izohlarda yozing balki ko’risharmiz! 😉

Digital Mahalla

01 Nov, 12:17


🔍 Ushbu ilovada orqali filmda aniq kadrni toping —> VLIPSY

🔗 Ilovaga kirib, kerakli hissiyot yoki mem nomini kiriting —> ro‘yxatdan “o‘sha aniq” fragmentni tanlang —> saqlab, istalgan joyda ishlating

Digital Mahalla

01 Nov, 10:41


Britaniyalik Collins lug’ati ma’lumotiga ko’ra “brat” so’zi 2024 yilning rasmiy so’ziga aylandi 😎

P.S: Bratlarimizga jo’natib qo’yamiz

Digital Mahalla

01 Nov, 10:02


Tabriklashingiz mumkin!

Biz SMM mutaxassislar va bu kasbga mehr qo’yib uni o’rganmoqchi bo’lganlar uchun COMMUNITY ochdik 🥳

USHBU LINKGA o’ting va COMMUNITYga qo’shiling! 👇
@digitalchaykhana

Digital Mahalla

01 Nov, 09:55


Hammaga salom!
Shu so’rovnoma kimni esida?

Digital Mahalla

31 Oct, 08:14


Yaxshilik sari intiluvchi “yuzsiz” bloger 🥹

Digital Mahalla

29 Oct, 14:57


Shu rasmga eng zo’r izoh kutaman 😂

Digital Mahalla

29 Oct, 07:16


Foydali bo‘ldimi?

😍 - Tushuntirganingiz uchun rahmat
❤️ - Bilardim, lekin baribir mehnatingizga rahmat!

Digital Mahalla

29 Oct, 07:15


↗️ Telegram’ga Instagram’dan auditoriyani o’tkazish: 2 oddiy qadam

Bugungi kunda Telegram yagona platforma bo’lib, u cheklovlarsiz va tushunarli algoritmlar bilan ishlaydi. Shuning uchun men undan “zapas aerodrom” sifatida foydalanishni tavsiya qilaman.

Odamlarni TG-kanalingizga BEPUL jalb qilishning eng oddiy usuli — rilslar orqali. Ular, masalan, storis yoki postlarga nisbatan ko’proq ko’rishlar to’playdi.

Buni qanday qilish kerakligini quyida tushuntirib beraman.

1️⃣ Kanalga o’tishga sabab bo’ladigan narsani o’ylab toping

Bu kanalingizdagi foydali post, qandaydir qo’llanma, chek-list yoki dolzarb mavzudagi podkast bo’lishi mumkin.

2️⃣ Quyidagi tuzilma asosida rils yozib oling:

• taqdimot (kanalingizda qanday material borligini tushuntiring);
• dolzarblik (materialning nega muhimligini tushuntiring);
• qo’shimcha sabab (materialni olishdan yana qanday manfaatlar borligini aytib o’ting);
• maqsadli harakat (materialni olish uchun nima qilish kerakligini tushuntiring);
• Telegram’ga obuna bo’lishga chaqiriq.

Men o’zim ham shunday sxema bilan foydalanaman va bir rils orqali TGga 1000 ga yaqin yangi obunachi jalb qila olaman.

🚀 Cheklovlar paytida o’zingizni xavfsizlikka qo’yish va TG-kanalni qiziqish bilan o’quvchilar bilan to’ldirish uchun buni sinab ko’ring.

Digital Mahalla

28 Oct, 08:45


📈 1% yaxshilanish tamoyili: kundalik rivojlanish siri!

1% yaxshilanish — bu kichik qadamlar bilan katta natijalarga erishish strategiyasi. Asosiy maqsad: har kuni o’zingizda kichik bo‘lsa-da, yaxshilanishlarni amalga oshirish. Bir qarashda kichik o‘zgarish ko‘rinsa-da, vaqt o‘tishi bilan uning kuchli ta’sirini his qilasiz!

🔑 Qanday ishlaydi?

Siz har kuni bir oz yaxshiroq bo‘lishga intilasiz. Masalan:

yangi bir bilim o‘rganish
kundalik odatlarni yaxshilash
5 daqiqa ko‘proq o‘qish va rivojlanish

🎯 Bu usulning afzalliklari:

• Katta maqsadlar uchun ortiqcha stressdan halos bo‘lasiz.
• Kichik qadamlar bilan barqaror rivojlanasiz.
• Intizom va motivatsiya doimiy saqlanadi.

📊 Misol:

Har kuni ishda ozgina ko‘proq bilim olish yoki vaqtni samarali ishlatish orqali oy oxirida sezilarli darajada o‘sishingiz mumkin. Bir yil o‘tgach esa — kasbingizda tajribali va bilimdon mutaxassisga aylanasiz!

Xulosa

Kundalik 1% yaxshilanish bilan yilda ulkan natijalarga erishish mumkin!

🎯 Boshlashga tayyormisiz? Bugun o‘z maqsadingizga yaqinlashish uchun kichik qadam tashlang!

Digital Mahalla

28 Oct, 07:36


Turkiyalik konditerlar Dubayga javoban Turk shokoladini ixtiro
qilishdi 👀

Faqat bitta joyini inobatga oling, shokolad ichida baliq bor 😂🐟

Ta’tib ko’rgan bo’larmidingiz?

@mahalladigital

Digital Mahalla

26 Oct, 20:53


34% Tabriklaymiz!
Smm va Marketingda ham shunday g’alabalar nasib qilsin 🤩🤲🏻

Digital Mahalla

26 Oct, 19:09


Kim yutadi?

Digital Mahalla

26 Oct, 15:30


Narxiga keladigan bo’lsak… 💵

Ikkta ko’z lazer operatsiyasi - 6 000 000 so’m
Analizlar va hokazo - 500 000 so’m

Digital Mahalla

26 Oct, 15:29


Keyin esa Ko’zingizni yuvishadi 😂
Ha Siz to’g’ri tushundingiz

Kiiichkiiina temirchadan ko’zingizga suv oqadi va siz buni deyarli sezmaysiz)

Doktor mini skalpelni oladi va ko’zingizga teyg’azib ko’radi, hech nimani sezmasligingizga amin bo’lgandan so’ng kichik dumaloq teshik qiladi 🥲

So’ng bir qurilma orqali uni tekislab oladi, juda shovqinli narsa)

Hozir ko’zingizni oldi qorayadi deyishadi, shu payt rostan o’zingizn ko’rdek his qilasiz 😂
Qo’rqinchili)))

Va shunda lazer ishlab, ko’p yillar davomida hira ko’rgan ko’zingizni 00 qilib to’g’irlab beradi)))

Keyin esa shu protsess teskarisi va hammasi tayyor!

Digital Mahalla

26 Oct, 15:23


Operatsiya qanday o’tdi?

To’g’risi hammasini videoga olmoqchi edim, hamshira opa ish bilan bo’lib topshiriqni bajara olmabdilar 😁 ( Mayli zato ko’zim 100% bo’ldi)

Operatsiya kuni, 2 soat oldin klinikaga bordim va 3 ta analiz olindi, so’ng doktorim bilan korishdim va u nima bo’lishini oldindan tushuntirib, hayajonlanmaslikni so’radilar

Biroz kutdim, va operatsiya xonasiga kirdik…
Boshdan oyoq ko’k kiyimga kiydirishdi va ko’zimga har 5 daqiqada 3 marotaba narkoz ( ko’zni hech nima sezmasligi uchun suyuqlik) tomizishdi

Ko’zlarimni atrofiga negadir yod surib chiqishdi va kursiga yotqizishdi.
Katta qurilmadan qizil lazer va ikkta tomoningizdan kichkina lekin ko’p miqdorda yorug’lik Sizga tushib turadi

Birinchi o’ng ko’zingizni maxsus qurilma bilan ochishadi ( kichkina temircha) va siz ko’zingizni 5-6 daqiqa yuma olmaysiz

Digital Mahalla

26 Oct, 11:46


Ko’zimni operatsiya qildirdim…

Bu qarorga tez keldim, 2 hafta oldingi bosh va ko’z og’rig’idan so’ng tekshirish vaqtida doktor tomondan berilgan taklifga ikkilanmasdan HA dedim

Sababi juda ko’p, asosiysi meni ko’zim 1 sinfdan beri 140 p sifatida ko’radi va 18 yildan beri har xil
ochkilarni kiyib va oxirgi 2 yil linzalarni almashtirish - ochig’ini aytganda ko’p vaqt va asabimni olib qo’ydi ):

Operatsiya qanday o’tgani qiziqmi?
Qancha vaqt va pul talab qildi?

Unda ushbu post ostida 🔥 qoldiring va kechroq batafsil gapirib beraman

Digital Mahalla

24 Oct, 08:09


Assalomu alaykum!

Kuningiz qanday o’tyapti?

Biz roliklarimiz uchun ssenariy yozish bilan bandmiz 👌😁

Digital Mahalla

22 Oct, 13:06


ChatPlace bo’yicha Obuna bo’lish funksiyasini yoqish Qo’llanmasi 👌

Foydali bo’lsa 🔥 qoldiring

Digital Mahalla

22 Oct, 13:00


“Izohlarda + qoldiring..” degan nechta videoni ko’rdingiz?!

Aynan shu sxemani sizlarga o’rgataman 🤳

Digital Mahalla

22 Oct, 10:29


Foydali bo‘ldimi?

😍 - Tushuntirganingiz uchun rahmat
❤️ - Bilardim, lekin baribir mehnatingizga rahmat!

Digital Mahalla

22 Oct, 10:29


💡 #shaxsiyfikrim

2024 yilda Kasb tanlash asosiy 3 tamoildan tashkil topgan:

1 - Siz sevib ishlashingiz kerak - ishda ko’p stress va yoqimsiz hodisalar bo’ladi - aynan kasbga bo’lgan muhabbat Sizni uzoq va produktiv ishlashingizga kafolat beradi

2 - Kasbingiz Sizni va oilangizni boqa olishi kerak - nima bo’lishidan qat’iy nazar uyingizga olib kiradigan halol luqmangiz bo’lmasa oilada tinchlik va totuvlik yo’qoladi, bir umrlik talaba iborasida aytilganidek, 2 yildan keyin yaxshi oylikka chiqasan, 5 yilda bir post egasi bo’lasan degan cho’pchaklarga ishonishni maslahat bermayman

3 - Kasb aktual va rivojlanib borayotgan bo’lishi kerak - masalan IT, Marketing, AI, Elektron hujjat almashinuvi - shunga o’xshash kasblar kafolatlangan 10+ yil bozorda aktualligini va katta oylikka ishlanishini to’xtatmaydi

Aksincha - kassir, transport haydovchilik va sanoatdagi qo’l mehnatidagilar o’z kasbini yaqin kelajakda yo’qotish imkoniyatiga ega

@mahalladigital

Digital Mahalla

22 Oct, 09:32


Kasb tanlashda qaysi faktorlarga e’tibor berish kerak?

Digital Mahalla

22 Oct, 07:00


Uylar narxi qulayotgani haqida illyuziya 👀

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda uylarning narxi keskin tushishi haqida gapirayotgan, arzon uylar haqida videolar e’lon qiladigan rieltorlar, makler-blogerlar ko‘payib qoldi. Ularning aksari prosmotr uchun bu mavzuni qayta-qayta olib chiqishga harakat qilishmoqda. Aslida ham shundaymi? Shu maqsadda real bozorni o‘rganib ko‘rishga qaror qildim.

Ha, O‘zbekistondagi tadqiqotchilar keltirgan raqamlarga ishonadigan bo‘lsak, bozordagi oldi-sotdi qisqargan bo‘lishi mumkin. Ya’ni hamma oldingidek, yoppasiga uy sotib olayotgani yo‘q. Ammo bu narx-navoga ta’sir qilgan deb bo‘lmaydi. Qaytanga uylar, ayniqsa yangi qurilgan uylarda narxlar oshishi kuzatilmoqda. Yuqoridagi suratlarda bitta hududda, deyarli bitta joyda joylashgan, bir xil sharoitdagi, bir xil yoki bir-biriga yaqin kvadratdagi, bir xil ta’mirdagi birlamchi va ikkilamchi uylar yil boshidagi va hozirgi kundagi narxlari bilan solishtirilgan. Ulardan ko‘rish mumkinki narxlar tushish o‘rniga aksincha ko‘tarilgan.

Nega qimmat segmentdagi uylarni misol qilib keltiryapman? Chunki agar uylar narxi tushadigan bo‘lsa, bu birinchi navbatda katta kvadratli va qimmat uylarda sezilishi kerak. Chunki kichik kvadratli bir yoki ikki xonali uylarga talab doim yuqori bo‘lib kelgan va uy narxlari qulagan taqdirda ham bu kabi uylarga ta’siri kech seziladi (yoki deyarli sezilmaydi). Ammo siz ko‘rayotgan misollarda ham narxlar nisbatan talab kam bo‘lgan segmentda ham o‘sganini ko‘rish mumkin.

Xo‘sh, unda narxlar pasayib ketgani haqida illyuziyalar qayerdan paydo bo‘lmoqda? Birinchidan, yuqorida aytganimiz kabi bugun tarmoqlarda hayp, prosmotr uchun yangi gap aytish urfga kirdi. Ikkinchidan, uy bozorida oldi-sotdi kamayishi natijasida zarur bo‘lgan odamlar arzonroqqa bo‘lsada uyini sotishga rozi bo‘lishmoqda. Agar bunday sotuvchilar soni 50-60ta bo‘lsa ham hayp qilish istagida bo‘lganlar uchun yetarli bo‘lishi mumkin. Uchinchidan, arzon, shoshilinch sotiladigan uylar har doim bo‘lgan, lekin ko‘pincha ularni ommaga olib chiqishmagan, shunchaki rieltorlar orasida hozir urfga kirgan usulda sotilgan. Ya’ni rieltor o‘zi yoki investori orqali uyni arzonligi uchun sotib oladi va ta’mirlab qimmatroqqa sotib yuboradi. Bugun narx tushdi deb berilayotgan ayrim uylarni shu toifaga kiritsa bo‘ladi.

Yana bir tomoni, o‘sha narx tushgani aytilayotgan uylar qayerda va qanday sharoitdagi ekaniga e’tibor berdingizmi? Aksariyati eski, shahar chetlarida qurilgan, oxirgi qavatlarda joylashgan, yozda issiq, qishda sovuq bo‘ladigan panel (monolit) uylar. Hali birorta e’lonlarda shahar markazida joylashgan 100lab arzonlab ketgan uylarni ko‘rganim yo‘q. Yangi qurilayotgan uylarning narxiku to‘xtovsiz ravishda oshishda davom etmoqda.

Shaharda aholi ko‘paymoqda, tabiiyki bunday jarayonda uyga bo‘lgan talab ko‘payib boraveradi. Talab kamaymayotgan, ipoteka kreditlash davom etayotgan bir paytda uylarning narxi keskin pasayib ketishini kutish noto‘g‘ri, menimcha. Agar uy olishni rejalashtirib yurgan bo‘lsangiz, narxlar qulashini kutmang.

Source: @lazizhamidov

Digital Mahalla

21 Oct, 11:36


Foydali bo‘ldimi?

😍 - Tushuntirganingiz uchun rahmat
❤️ - Bilardim, lekin baribir mehnatingizga rahmat!

Digital Mahalla

21 Oct, 11:36


Aslida hammasi oddiy, tushuntiraman:

📱Reelsda Blogerlardan Reklama - bu holatda siz ko’proq Brend Mashhurligiga ishlaysiz, bu ko’rsatkichni o’lchay olmaysiz lekin effekti sekin-sekin bilinadi

Bu Reklama kimlarga to’g’ri keladi
- Yangi filial ochayotgan yoki Yangi do’kon ochayotgan tadbirkorlarga
- Mahsulot prezentatsiyasi
- Turar Joy haqida ma’lumot
- Mashina obzorlari
- Telefon obzorlari

_________

🤳 Stories-da Blogerlarda Reklama -
Bu biron bir mahsulot sotilishiga yoki profilda obunachi ko’paytirish maqsadida qilinadigan va effektni o’lchab bo’ladigan reklama turi

Bu Reklama kimlarga to’g’ri keladi
- Yangi Texnika sotilishi
- Avtomobil sotilishi
- Turar joy sotuvi
- Expertlar va ustozlar reklamasi
- Aviachipta va turfirmalardagi sotuv protsessi

Digital Mahalla

21 Oct, 07:54


STORIES yoki REELS?

Sizningcha Blogerlarda reklama xarid qilganda qaysi usuldan foydalangan yaxshiroq?

Digital Mahalla

19 Oct, 12:50


Siz nima deb o’ylaysiz shunday kontent ortidan Pul topish bu to’g’rimi..?)

Digital Mahalla

19 Oct, 12:49


Ahmoqona kontent ortidan millionlar 👀

Digital Mahalla

19 Oct, 10:33


6000 🫶🏻⚡️

Digital Mahalla

19 Oct, 08:32


🔹 Lid – bu, o‘zining kontakt ma’lumotlarini yoki arizasini qoldirgan potensial mijoz. U sizning sotuv voronkangizdan o‘tgan, lekin hali xaridorga aylangan emas.

🔹 Lid-magnit – bu bepul va foydali mahsulot bo‘lib, biznes uni foydalanuvchidan kontakt ma’lumotlari evaziga taklif qiladi (chek-list, qo‘llanma, bepul dars, birinchi tashrifda o‘yin forumlaridagi omad charx doirasi va h.k.).

🔹 Lidogeneratsiya – tovar yoki xizmatga qiziqqan odamlarning kontakt ma’lumotlarini to‘plash.

Foydali bo‘ldimi?

😍 - Tushuntirganingiz uchun rahmat
❤️ - Bilardim, lekin baribir mehnatingizga rahmat!

Digital Mahalla

18 Oct, 15:15


Insightlar 3 Qismi kimg qiziq?
Kim kutmoqda?

⚡️ qoldiring

Digital Mahalla

18 Oct, 15:13


So’rovnoma javoblarini ko’rib faqat bitta narsa ayta olaman…

Javoblardan biriga yechim ishlab chiqmoqdamiz!

Producerimiz bilan yaqin kunlarda ko’pchiligingizga manfaatli bo’ladigan ish haqida e’lon qilamiz! 🤲🏻

Digital Mahalla

18 Oct, 11:15


E’tibor bergan bo’lsangiz, Biznesmenlar klubi bor, Marketologlar klubi bor, lekin SMM mutaxassislar klubi yo’q…

Digital Mahalla

18 Oct, 09:48


Muhim savolim bor…

O’sish uchun ENG MUHIM FAKTOR nima? 🧐

Digital Mahalla

18 Oct, 09:40


Mahalladoshlar Juma ayyomingiz muborak bo’lsin! 🕌🤲🏻

Digital Mahalla

17 Oct, 15:53


18 yoshda qaysi XATOLARNI QILISH KERAK EMAS?!
BATAFSIL VIDEONI LINK BO'YICHA O'TIB KO'RING👇
https://youtu.be/YQG1BVcdBPQ

Digital Mahalla

17 Oct, 10:56


⚡️ Video haqida qisqacha INSIGHTLAR:
2-QISM

- Mace musiqaning ahamiyatini ham ta’kidlaydi, filmning hissiy ta’sirining 40 foizi musiqaga bog‘liq deb biladi.
Masalan, Musiqani tanlashga bazilari 10 kunlar vaqt ketishi mumkin va bu kerakli faktorligini aytib o’tilgan

Yaqqol Misol, James Gunning - “Стражи Галактики» - Galaktika Soqchilari filmi
Film muvaffaqiyatining asosiy faktori bu togri tanlangan SOUNDTRACK


- Shuningdek, birinchi soniyalarda tomoshabinlar e’tiborini jalb qilish uchun kuchli “hook” (ilgak) yaratish zarurligini qayd etadi va ko‘proq material suratga olishni tavsiya qiladi, shunda yakuniy tahrir yanada boy bo‘lishi mumkin.

Digital Mahalla

16 Oct, 16:31


Wooow!
35 ta Yurakcha!
Yaqin daqiqalarda Insaytlar keyingi qismi qo’yiladi Do’stlar! 🙌🏻

Digital Mahalla

16 Oct, 12:29


Shu habar 20 ta ❤️ yig'sa DAVOMINI qo'yamiz 😉

Digital Mahalla

16 Oct, 12:28


⚡️ Video haqida qisqacha INSIGHTLAR:

1 - Idea qismida sizni MUVAFFAQIYATGA olib chiqadigan asosiy faktor - oldin qilnmagan hech kimni qoli bormagan ROLIK bolishi kerak - shuni o'zi Sizga yarim muvaffaqiyatni olib keladi

2 - Ssenariyni 2-3 marotaba qayta yozing - masalan: - birinchi kun idea tolaqon yozildi, ikkinchi kuni jamoa bilan bahslashasiz, uchinchi kuni esa yana bir marta o'ylaysiz va chiqarasiz

3 - Kontentni hikoya orqali taqdim qiling - qiziqarli hikoyalar odamda oksitotsin miqdorini kopaytiradi va bu orqali rolikingiz eslab qolarli bo'ladi - MISOL UCHUN - Mr Beast o'zinig 25 MILLION $ yutib olish KONKURSLARIDA ko'pincha uysiz ayollar yoki Gettodan chiqqan qora tanli insonlarni blogerlar qatorida qatnashtiradi - SABABI - ular shaxsiy drama si bilan tomoshabinlarni ularga muxlislik qilishiga majburlab qo'yadi