Shahrisabz "Temurbeklar maktabi" H A L

@temurbeklar_maktabi_hal


FVV Shahrisabz "Temurbeklar maktabi" HAL

Shahrisabz "Temurbeklar maktabi" H A L

23 Oct, 10:01


🏢Shahrisabz  “Temurbeklar maktabi” HALning 2024-2025 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha rejasiga asosan HAL I o’quv kursi 4-24 guruhi o’quvchilari “Oltin merosni qadrlaymiz” shiori ostida o'quvchilarni   Shahrisabz shahri va me’moriy obidalarining qurilish tarixi bilan yaqindan tanishtirish orqali  o’quvchilarda   vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirish maqsadida  Amir Temur nomidagi moddiy madaniyat   tarixi muzeyiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida o’quvchilar Shahrisabzning qadimgi tarixining turli davrlariga, shuningdek Amir Temur va temuriylar tarixiga doir qimmatli eksponatlar bilan tanishdilar. 📌👉https://t.me/temurbeklar_maktabi_hal 👈Kanalga aʼzo boʻling

Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi RASMIY SAHIFAlarimizda kuzatib boring:

🎥 YouTube | 🗂Telegram | 📸Facebook |📱 Instagram

Shahrisabz "Temurbeklar maktabi" H A L

22 Oct, 08:51


“21-oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan "Qadring baland bo'lsin ona tilim" mavzusidagi ma'naviy-ma'rifiy tadbirdan lavhalar. 📌👉https://t.me/temurbeklar_maktabi_hal 👈Kanalga aʼzo boʻling

Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi RASMIY SAHIFAlarimizda kuzatib boring:

🎥 YouTube | 🗂Telegram | 📸Facebook |📱 Instagram

Shahrisabz "Temurbeklar maktabi" H A L

21 Oct, 13:01


❇️Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” HALning 2024-2025 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha rejasiga asosan HALning Ingliz tili to‘garagi aʼzolari bilan birgalikda "The historical heritage of my homeland” shiori ostida Koʻhna Keshda qad koʻtargan qadimiy qadamjolar va tarixiy inshootlarga sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida o'quvchilar qadimiy binolarning arxitekturasi, qurilish tarixi bilan yaqindan tanishdilar.

📌👉https://t.me/temurbeklar_maktabi_hal 👈Kanalga aʼzo boʻling

Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi RASMIY SAHIFAlarimizda kuzatib boring:

🎥 YouTube | 🗂Telegram | 📸Facebook |📱 Instagram

Shahrisabz "Temurbeklar maktabi" H A L

21 Oct, 12:57


❇️Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi hamda
“21-oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni”
munosabati bilan "Qadring baland bo'lsin ona tilim" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
❇️Tadbirda ishtirok etgan Shahrisabz davlat pedagogika instituti O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-oʻqituvchilari oʻzbek tilining jahon tillari orasida tutgan mavqeyi, tilimizning qadr-qimmatini oshirish va borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berib o’tdilar.
Tadbir davomida oʻquvchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, “Qadring baland bo’lsin, ona tilim” mavzusida oʻtkazilgan insholar tanlovi gʻoliblari taqdirlandi.

📌👉https://t.me/temurbeklar_maktabi_hal 👈Kanalga aʼzo boʻling

Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi RASMIY SAHIFAlarimizda kuzatib boring:

🎥 YouTube | 🗂Telegram | 📸Facebook |📱 Instagram

Shahrisabz "Temurbeklar maktabi" H A L

21 Oct, 08:58


❇️Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida “Milliy gʻurur, iftixor koshonasi” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
❇️Davra suhbati davomida oʻquvchilar “Temuriylar tarixi davlat muzeyi”ning barpo etilish tarixi, undagi buyuk sarkardaning ibratli hayot yoʻli, vatan mudofaasi yoʻlidagi shiddatli janglarda koʻrsatgan qahramonliklari hamda mustaqillik yillarida nomini abadiylashtirish yoʻlida amalga oshirilgan ishlar haqidagi qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishdilar.

📌👉https://t.me/temurbeklar_maktabi_hal 👈Kanalga aʼzo boʻling

Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi RASMIY SAHIFAlarimizda kuzatib boring:

🎥 YouTube | 🗂Telegram | 📸Facebook |📱 Instagram