Shahrisabz davlat pedagogika instituti @shdpiuz Channel on Telegram

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

@shdpiuz


Shahrisabz davlat pedagogika instituti rasmiy kanali
https://t.me/ShDPIuz
Sayt http://shdpi.uz/uz
Admin @shdpi_matbuot
Matbuot kotibi @shdpi_matbuot
Lokatsiya https://maps.app.goo.gl/iFFXXDHLDRRLocf3A

Shahrisabz davlat pedagogika instituti (Uzbek)

Shahrisabz davlat pedagogika instituti - bu o'zbek tilidagi rasmiy kanal. Kanalda institutning yangiliklari, faoliyat va tadbirlari bilan tanishishingiz mumkin. Agar Siz o'quvchi yoki talabalik bo'lsangiz yoki o'z bilim va malakangizni oshirishni istasangiz, ushbu kanal siz uchun mo'ljallangan. Kanalda yangiliklar, foydali maqolalar, va hamma narsa bor. ShDPI - bu sizning oliy ta'lim olishingiz va professional rivojlanishingiz uchun eng yaxshi manba! Sizga hozir obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling!

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

17 Feb, 11:17


#Seminar_trening

💠 Joriy yilning 17-fevral kuni Shahrisabz davlat pedagogika instituti Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan "Bo‘lajak olim tanlovi va startap loyihalar" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

👦 Seminar davomida institutda talabalar ilmiy salohiyatini oshirishga qaratilgan startap ilmiy loyihalar tanlovlari, “Istiqbolli startap loyihalar” dasturining o‘tkazilish tartibi haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, “Bo’lajak olim” tanlovi va ushbu tanlovga uchun loyihalarni taqdim etish yuzasidan muhim tavsiyalar berilib, talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
  shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

17 Feb, 07:00


#Tashrif

🇺🇿🇰🇼O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Quvayt Davlati Amiri Shayx Mish’al as-Sabohning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo'nab ketdi.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
  shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

17 Feb, 04:16


#kun_hikmati

Agar biz butun dunyoda tinchlik o‘rnatishni istasak, ishni bolalar tarbiyasidan boshlashimiz zarur.

🖌Mahatma Gandi

🎊 Kuningiz xayrli o‘tsin!

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
  shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

15 Feb, 11:22


⚡️Ro‘yxatdan o‘tishga start berildi

🖐“Besh tashabbus olimpiadasi” 2025-yilgi mavsumning tantanali ochilishidan so‘ng, loyihalarda ishtirok etish istagini bildirgan o‘g‘il-qizlar 5tashabbus.uz saytidan ramziy ro‘yxatdan o‘tishdi.

Ta’kidlash joizki, “Besh tashabbus olimpiadasi” ning joriy yilgi mavsumida birinchi marotaba mahallalardagi 30 yoshdan katta bo‘lgan aholi o‘rtasida sportning mini futbol, voleybol, stritbol, stol tennisi, workout, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha 3 bosqichli musobaqalar ham tashkil etiladi.

🖐 Loyihalarida ishtirok etishingiz uchun 5tashabbus.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘ting!

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
  shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

15 Feb, 05:12


Ajdodlar ruhi-mangu barhayot

🏛 Shahrisabz davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi (sirtqi) 407-guruh talabalari tomonidan "Ajdodlar ruhi-mangu barhayot" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida milliy qadriyatlar, ajdodlar merosi va ularning boy ilmiy hamda ma’naviy merosi haqida so‘z yuritildi.

👦 Tadbirda buyuk ajdodlarimizning ibratli hayoti va ularning xalqimiz ravnaqiga qo‘shgan hissasi haqida ma'lumotlar tinglandi. Shuningdek, talabalar tomonidan sahna ko‘rinishlari, badiiy chiqishlar va milliy qo‘shiqlar ijro etildi.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
  shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

15 Feb, 04:07


#kun_hikmati

Madaniyatning qay darajadaligi ayolga boʻlgan munosabat bilan belgilanadi.

🖌 Maksim Gorkiy

🎊 Kuningiz xayrli bo'lsin!

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
  shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

02 Feb, 04:44


#Kun_hikmati

Zarur gapni aytolmaganing uchun bir marta attang qilsang, tilingni tiyolmaganing uchun esa ming marta attanglaysan.

🖌Lev Tolstoy

🎊Kuningiz xayrli o‘tsin!

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

01 Feb, 07:53


4️⃣4️⃣4️⃣

🏛 Institutda 2025-yilning 10-fevralidan 07-martga qadar sirtqi ta'lim shaklining quyidagi guruh talabalari uchun dars mashg‘ulotlari boshlanadi:

🟠Boshlang‘ich ta’lim 4-kurs;
⚫️Pedagogika va psixologiya 4-kurs;
🟠Maktabgacha ta’lim 4-kurs;
⚫️Texnologik ta’lim 4-kurs;
🟠Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi 4-kurs;
⚫️Musiqa ta’limi 4-kurs;
🟠Matematika va informatika 4-kurs;
⚫️ Jismoniy madaniyat 4-kurs; (401-402-403-404-guruhlar)
🟠Tarix 3-kurs;

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

01 Feb, 07:01


#talaba_yutuği
#Milliy_sertifikat

🔰 Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabalari Ingliz tili bo'yicha C1 darajali Milliy sertifikatini qo'lga kiritdi.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

01 Feb, 04:14


#kun_hikmati

Agar o‘qisang-u o‘ylamasang — chalkashib qolasan. Agar o‘ylasang-u o‘qimasang — shubha-gumonlar tagida qolib ketasan.

🖌 Konfusiy

🎊 Kuningiz xayrli bo'lsin!

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

31 Jan, 05:19


#Institut_kengash

🏛Shahrisabz davlat pedagogika instituti Kengashning navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi

➡️ Bugun 31-yanvar kuni Shahrisabz davlat pedagogika instituti Kengashining navbatdagi 6-sonli yig'ilishi oʻtkazildi. Uni Kengash raisi, Institut rektori Sherzod Nematov olib bordi.

Dastlab Kengash raisi tomonidan anʼanaga muvofiq, oliygoh jamoasining yutuqlari eʼtirof etildi. Xususan, Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri Bahodir Omonovga Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo'yicha professor ilmiy unvoni hamda Ijtimoiy fanlar kafedrasi oʻqituvchisi Sitora Azamovaga falsafa fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi diplomi topshirilib, ustozlarning keyingi ilmiy faoliyatlarida ham davomli muvaffaqiyatlar tilandi.

🔄 Shundan soʼng, Kengash yigʻilishi kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglanib, oʼz ishini davom ettirdi.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

31 Jan, 04:29


#OAVda_biz

📝 Shahrisabz davlat pedagogika instituti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi katta o'qituvchisi Matluba Norboboyevaning "Xotin-qizlar ta'limi kelajak uchun ham muhim" nomli maqolasi Yangi O'zbekiston gazetasining 21-sonida chop etildi.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

31 Jan, 00:01


#kun_hikmati

Ilm o'qub amal qilmag'on, kariz qazib tuxum solmag'ong'a o'xshar.

🖌Alisher Navoiy

🎊 Kuningiz xayrli bo'lsin!

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

30 Jan, 15:25


#uchrashuv

🏛 Shahrisabz davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar uchun "Mahorat maktabi" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Tadbirda institut rektori Sherzod Ne’matov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati To'ychi Yoqubov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Qashqadaryo viloyati filiali mas’ul xodimi Farxod Ochilovlar mavzu yuzasidan o'z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

🔘 Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad bilimli va iqtidorli yoshlarni davlat fuqarolik xizmatiga keng jalb etishga, ularni davlat va jamiyat hayotida o‘z o‘rinlarini munosib topishga ko‘maklashishdan iboratdir.
Shu maqsadda bugungi kunda davlat fuqarolik xizmati sohasida samarali xizmat qilib, o‘z bilim va tajribasi bilan turli rahbar lavozimlarida faoliyat yuritib, yurtimiz taraqqiyoti va jamiyat ravnaqiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan davlat fuqarolik xizmatchilarining hayot maktablari va tajribalari o‘rtoqlashildi.

💠 Hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda institut professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchi yoshlar va iqtidorli hamda faol talabalar ishtirok etishdi.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

22 Jan, 10:18


#Rektor_va_yoshlar

Yangi g'oyalar, yangi maqsadlar va yangi imkoniyatlar sari qadam...

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

22 Jan, 09:48


#OAV_da_biz

📺 Shahrisabz davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarga bilim olishda ilhom berish, muvaffaqiyatlarga erishish yo‘lida yordam ko‘rsatish va ularning potentsialini to‘liq ro‘yobga chiqarish Institutning asosiy maqsadidir.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

22 Jan, 07:12


4️⃣4️⃣4️⃣

🏛 Shahrisabz davlat pedagogika institutida 23-yanvar kuni sportning yengil atletika turidan “Talabalar ligasi” va “Universiada” sport musobaqalari doirasida “Rektor kubogi” institut bosqichi o'tkaziladi.

👦 Musobaqa 100m, 200m,400m, 800m,1500m, 3000mga yugurish, uzunlikka sakrash bo'yicha bo'lib o'tadi.

Musobaqa talabnomasini musobaqadan 1-kun oldin topshirish so'raladi.

☎️ Murojat uchun : (91)-961-81-18
📍Kitob tuman o'yingohi

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

22 Jan, 02:10


#kun_hikmati

🔶 Ilm ko‘milgan xazina emasdir. U ko‘karmog‘i, gullamog‘i va meva bermog‘i darkor.

🖌Alisher Navoiy

Kuningiz xayrli o‘tsin!

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

21 Jan, 10:44


#Bilasizmi?

Oliy ta’limdan keyingi ta’limga hujjat topshiruvchi talabgorlar uchun video qo'llanma.

Tizimdagi oxirgi o'zgartirishlar inobatga olingan holda tayyorlangan.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

21 Jan, 09:46


❗️Kambag‘al oilalar a'zolarini kasb-hunarga o‘qitish xarajatlari vaucher tizimi asosida qoplab beriladi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra:

2025-yil 1-fevraldan kasblarga oʻqitish maqsadida ajratiladigan stipendiyalar nogironligi boʻlgan shaxslarga, shuningdek, muddati 3 oydan koʻp davom etadigan oʻquv kurslariga qabul qilingan Kambagʻal oilalar reyestridagi oilalarning ishsiz aʼzolariga toʻlanadi.

2025-yil 1-maygacha ishsiz aholini, shu jumladan, ustuvor ravishda kambagʻal oilalar aʼzolarini kasb-hunarga oʻqitish xarajatlarini qoplab berish boʻyicha vaucher tizimi joriy qilinadi.

🗓 Mazkur tizim 2025-yil 1-fevraldan Samarqand viloyati va Toshkent shahrida sinovdan oʻtkaziladi.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

21 Jan, 09:12


#Rektor_va_yoshlar

2025-yil 21-yanvar kuni Shahrisabz davlat pedagogika institutida "Rektor va yoshlar uchrashuvi" tashkil etildi. Muloqot chog'ida Institut rektori Sherzod Nematov yoshlarga yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanishni, o'z oldiga maqsad qo'yib unga intilishni, ilmiy izlanishlar olib borish yangi g'oyalari bilan turli xil startap loyihalarda ishtirok etish bo'yicha tavsiyalar berdi. Yoshlarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha turli loyihalar va tashabbuslar haqida so'z yuritildi.

🟠Shuningdek, yoshlar faolligini jadallashtirish, tashabbuskorlik va kreativlikni oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Samimiy tarzda o'tgan uchrashuv davomida yoshlar o'z fikr mulohazalari bilan faol ishtirok etdilar.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

21 Jan, 06:27


4️⃣4️⃣4️⃣

Akademik halollik: Korrupsiya izlari!

"Akademik halollik" milliy dasturining bu galgi mehmoni xalqaro ekspert, ICCP maslahatchisi va sudya Qodir Quliyev 24-yanvar, soat 10:00 da "Korrupsiya izlari: Jamiyatga ta’sir" mavzusidagi interaktiv darsda Sizni kutadi, talabajonlar!

📎 Interaktiv darsning maqsadi:
- Korrupsiyaning salbiy oqibatlari haqida ma’lumot
- Akademik halollik tamoyillarini mustahkamlash
- Korrupsiyaga qarshi xalqaro tajribalar bilan tanishish


👆Eslatma: Vaqtida kelishni unutmang talabajon!

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

21 Jan, 03:55


#Kun_hikmati

Ko‘p xato qilishing mumkin, yodda tut: faqat bir xatoni boshqa takrorlama. Shundagina oldinga siljiysan.

🎊 Kuningiz xayrli o‘tsin!

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

20 Jan, 17:21


"Amir Temur jangovar bayrog'i" Shahrisabz shahrimizga yеtib kеldi

Avvalroq, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugiga taqdim etilgan “Amir Tеmur jangovar bayrog'i” Qarshi shahrida kutib olinganligi haqida xabar bеrilgan edi.

Bugun esa qadimiy va hamisha navqiron Shahrisabz shahrimizga mudofaachilarimiz tomonidan Prezidentimiz tashabbusi bilan armiya tizimida ta’sis etilgan “Amir Temur jangovar bayrog‘i” tantanali ravishda yеtkazib kеlindi.

Shu munosabat bilan Shahrisabz shahrining yuragi bo‘lmish tarixiy maydonida qad rostlagan buyuk sarkarda Amir Tеmur bobomiz haykali poyida yuksak faxrimiz va iftixorimiz bo'lgan jangovar bayroqni  mudofaamiz qudratini yanada mustahkamlashga, yoshlarimizni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi ahamiyatiga bag'ishlangan tantanali marosim bo'lib o'tdi.

Tadbirda Shahrisabz davlat pedagogika instituti o'qituvchilari va talabalari ham ishtirok etishdi.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

09 Jan, 12:26


#Munozara

Ingliz tilidagi “Munozara” intellektual bellashuviga start berildi

🟠Xabaringiz bor, kanalimizda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Institut Yoshlar kengashi tashabbusi bilan Ingliz tilidagi “Munozara” intellektual bellashuvi o‘tkazilishini ma’lum qilingan edi. Bugun, 9-yanvar kuni, ushbu bellashuvga start berildi.

⚡️Intellektual bellashuvni Rektor maslahatchisi M.To‘rayev hamda Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i A.Berdiyev kirish so‘zlari bilan boshlab berdi. Xorijiy til amaliyoti kafedrasi hakamligida o‘tgan ushbu bellashuvda 1-kurs Xorijiy til va amaliyot yo‘nalishi talabalarining “Sunlight” va “Golden” terma jamoalari "Will the development of artificial intelligence harm or benefit humankind?" (Sun'iy intellektning rivojlanishi insoniyatga zarar yetkazadimi yoki foyda keltiradimi?) mavzusida o‘zaro bellashdilar. To'laligicha ingliz tilida bo'lib o'tgan o'yin natijasiga ko'ra “Sunlight” jamoasi keyingi bosqichga yo‘llanma oldi.

🔮 O‘yinlar davom etadi.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

09 Jan, 11:22


#ochiq_dars

2025-yil 11-yanvarda Shahrisabz davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi Abror Ochilov tomonidan Milliy g‘oya, ma‘naviyat asoslari va huquq ta'limi yo'nalishi 2-kurs talabalariga Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi fanidan "O‘zbekistonning xalqaro mavqeini mustahkamlashda milliy g'oyaning o‘rni" mavzusida ochiq dars o'tkaziladi.

Barcha qiziquvchilarni taklif qilamiz!

📍Mashg'ulot soat 8:30 da 304-xonada bo‘lib o'tadi.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

09 Jan, 04:19


8 yanvar - O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon tavallud topgan kun. (1947-2020)

🖌 Qodiriyni eslab

Ruhingizga sig‘inganim choq,
His qilaman o‘zimni ruhsiz.
Do‘st qalbida tiriksiz,
Biroq —
G‘anim uchun olamda yo‘qsiz.

Arvohingiz baxtli otadek
Yurtga boqsin
Bugun shod bo‘lib.
Yurtda minglab Anvar, Otabek
Ulg‘aymoqda temirzot bo‘lib.

So‘ngach,
Yana chaqnaydi chaqmoq,
Fazo borki, yog‘du hamnafas.
Omon bo‘lsa el, ona tuproq,
Siz oxirgi Abdulla emas.

Zotan
Mangu Zamin va Hayot,
Abadiydir Nur va Haqiqat.
Abadiydir Qalb va E’tiqod,
Abadiydir Vatan va Millat!


🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

08 Jan, 09:06


#Oliygoh_va_maktab_hamkorligi

🏛 Shahrisabz davlat pedagogika instituti professor-o'qituvchilari Ko'kdala tumanidagi 74-82-maktablarga tashrif buyurib o'qituvchilar bilan uchrashishdi.

Uchrashuv davomida professor-o‘qituvchilar maktablarning ta'lim jarayoni bilan yaqindan tanishib, ularning ehtiyojlari va muammolarini o‘rgandilar. Umumta'lim maktablarida ta'lim sifatini yaxshilash, pedagogik jarayonlarda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar. Shuningdek, ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash, darslarda interfaol metodlardan foydalanish hamda o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

🔮 Kelgusida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash va muntazam muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

07 Jan, 16:49


#Seminar

2025-yil 7-yanvar kuni Shahrisabz davlat pedagogika institutida professor-o‘qituvchilar uchun “Ta’lim sohasida moliyalashtirish: Xalqaro donor tashkilotlarining roli va imkoniyatlari” mavzusida seminar tashkil etildi. Ushbu seminarda institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori A. Abdurahmonov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Sh. G‘aniyeva mahalliy va xalqaro grantlarda ishtirok etish, shuningdek, ilmiy, amaliy va fundamental loyihalarni yozish bo‘yicha muhim tavsiyalar berdilar.

🫥 Xususan, ta'lim sohasida moliyalashtirishning dolzarb jihatlari, grant dasturlaridan samarali foydalanish strategiyalari va loyiha hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar muhokama qilindi.

🟠Tadbir ishtirokchilari grant loyihalarini ishlab chiqish jarayonida asosiy e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar, jumladan, loyiha maqsadi va vazifalarini aniq belgilash, innovatsion yondashuvlarni qo‘llash hamda xalqaro standartlarga mos yozish usullarini o‘rgandilar.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
  shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

22 Nov, 18:01


#Yonğin_xavfsizligi_oyligi

Shahrisabz davlat pedagogika institutida 2024-yil 15-noyabrdan 15-dekabrgacha respublika miqyosida tashkil etilayotgan "Yong‘in xavfsizligi oyligi" doirasida "Is gazidan ogoh bo‘ling" mavzusida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Tadbirda Shahrisabz shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari podpolkovnik F.Safarov va katta leytenant J.Qodirov tomonidan ma’ruzalar qilindi. Mazkur ma’ruzalar davomida is gazining xavflari, uning oldini olish choralari hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasida muhim tavsiyalar berildi.

Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan kerakli javoblarni oldilar.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
  shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

22 Nov, 17:30


#Xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇧🇾Shahrisabz davlat pedagogika institutiga Belorussiya Respublikasining Minsk shahridagi Ta’limni rivojlantirish instituti dekani, fizika-matematika fanlari doktori, professor Gancheronok Igor Ivanovich hamda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti professori, fizika-matematika fanlari doktori Jabborov Nasriddin Mirzoodilovich tashrif buyurdi.

Batafsil

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
  shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

22 Nov, 16:36


#Kitobxonlik_marafoni
#Ziyo_ulashib

👧 2024-yil 21-noyabr kuni Shahrisabz davlat pedagogika instituti tashabbusi bilan kitobxonlikni targ‘ib etish va maktab kutubxonalarini badiiy adabiyotlar bilan boyitish maqsadida "Ziyo ulashib" loyihasi targ‘ibot jamoasi Kitob tumanidagi 45-umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi.

Batafsil

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
  shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

22 Nov, 16:24


#Munozara

Shahrisabz davlat pedagogika instituti Tillar fakultetida 22-noyabr kuni “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida Institut Xotin-qizlar kengashi hamkorligida “Munozara” intellektual bellashuvi tashkil etildi.

🔘 Unda O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 2-kurs talabalaridan iborat “Ma’rifat” hamda “Ziyolilar” jamoalari o‘zaro bellashdilar. Intellektual bellashuvda “Ma’rifat ulashib” loyihasi mehmoni Nazar Eshonqulning “Bahouddinning iti” hikoyasi muhokamaga qo‘yildi hamda talabalar tomonidan qizg‘in munozara o‘tkazildi.

⚡️Ilmiy bahsning so‘ngida “Ma’rifat” jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘oliblar ijodkor bilan uchrashuvda taqdirlanadi.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
  shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

21 Nov, 15:44


4️⃣4️⃣4️⃣

🖌 "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida "Munozara" intellektual bellashuvi tashkil etiladi.

📖 Munozara mavzusi: N.Eshonqul asarlari

📍 Manzil: ARM o'quv zali

🗓 Sana: 22-noyabr soat 14:00 da

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
  shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

21 Nov, 07:19


#Tanlov_natija

"Viloyatim – Mening faxrim": Talabalar o‘rtasidagi do‘stona raqobat


🙋‍♂️ Shahrisabz davlat pedagogika instituti Yoshlar Kengashi tashabbusi bilan “Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida “Viloyatim – mening faxrim” ko‘rik-tanlovining oliygoh bosqichi bo'lib o'tdi.

Batafsil

📺 Ko’rik-tanlov jarayonlari aks etgan maxsus video lavha.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
  shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

21 Nov, 06:31


#Muzeyga_sayohat

Nazariy bilimlar amaliyotda mustahkamlanadi

💠 Dars jarayonlarini amaliyot ko'rinishda o'tilishi talabalarning nazariy bilimlarini yanada mustahkamlashda ko'makchi bo'ladi.

Batafsil

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
  shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

21 Nov, 04:43


#OAV_da_biz

🏛 Shahrisabz davlat pedagogika instituti Geografiya kafedrasi o'qituvchisi Xusniddin Bayqobilov "Tarixiy savol" korsatuvi mehmoni

➡️ https://youtu.be/NhZym5FqzA8

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
  shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

21 Nov, 04:03


⚡️Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yig‘ilishidagi nutqi davomida 2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilishni taklif qildi.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
  shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

20 Nov, 15:59


#Biz_korrupsiyaga_qarshimiz

❗️Korrupsiya — u qonunchilik yetarli darajada mukammal ishlab chiqilmagan, tartib-taomillar shaffof bo‘lmagan joyda ildiz otadi.

‼️Bu kabi korrupsion holatlarning oldini olish uchun nimalar qilish lozim?

1. Mustaqil jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, davlat organlari va alohida davlat xizmatchilarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish;

2. Manfaatlar to‘qnashuvi, noqonuniy homiylik holatlarini aniqlash va javobgarlikka tortish;

3. Mansabdor shaxslar, tadbirkorlar va fuqarolarning noqonuniy xatti-harakatlariga imkon beruvchi qonunchilikdagi bo‘shliqlarni bartaraf etish lozim.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
  shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

20 Nov, 10:18


#Tanlov_natija

🔮 Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabalarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, internetdan foydalanish madaniyatini yanada yuksaltirish, ularning intellektual salohiyatini boyitish maqsadida tashkil etilgan onlayn tanlov g'olibi bilan tanishing.

⚡️Tanlovda to'g'ri javobni jami 3 nafar kishi topa oldi. Ammo eng birinchilardan bo'lib javob bergan topqir talabamiz Qurbonoy Panjiyeva O'zga tilli guruhlarda rus tili yo'nalishi talabasi bo'ldi.

👍Yashiringan hikmatli so'z esa "Zakovatli uqadi, bilimli biladi" hikmati edi.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

20 Nov, 08:18


#Kafedra_yangiliklari

🍁 Shahrisabz davlat pedagogika instituti Pedagogika kafedrasida "Oltin kuz oqshomi" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

🍂Tadbir kuz faslining o‘ziga xos go‘zalliklari va inson qalbiga bergan iliqligini madh etish, talaba-yoshlarga ma’naviyat va madaniyatni targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazildi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan kuz mavzusiga bag‘ishlangan she’rlar, qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Shuningdek, kafedra professor-o‘qituvchilari kuz faslining hayotimizdagi o‘rni, inson ruhiyatiga ta’siri haqida qiziqarli ma’ruzalar qilishdi.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
  shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

14 Nov, 17:30


#Ijara_xonadonlariga_tashrif
#Tyutorlar_faoliyati

Shahrisabz davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti dekan o'rinbosari H.Olimov va tyutorlar ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar oldi.

Batafsil

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
  shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

14 Nov, 17:22


#márifat_ulashib

🖌 Bugun 14-noyabr kuni Tillar fakultetida "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida yozuvchi Nazar Eshonqul hayoti va ijodiga bag'ishlangan "Fikrlayotgan odam" nomli hujjatli filmi namoyish etildi.

👦 Filmda ijodkorning adabiyot, hozirgi adabiy jarayon, navoiyshunoslik va Navoiy ijodi haqida fikrlari o'rtoqlashilgan. Shu bilan birga, adibning hayotida chuqur iz qoldirgan asarlar va ularning mazmun mohiyati haqida fikrlar bildirib oʻtilgan. Video namoyishidan soʻng Nazar Eshonqul haqidagi talaba-yoshlarning fikrlari tinglandi va muhokama qilindi.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
  shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

14 Nov, 16:26


#Õrganish

🏛 Shahrisabz davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi faoliyati o‘rganildi

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
  shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

14 Nov, 16:10


#ochiq_dars

2024-yil 16-noyabr kuni Shahrisabz davlat pedagogika instituti San'atshunoslik kafedrasi oʻqituvchisi Nillufar Xudoybardiyeva Texnologik ta'lim 1/24-guruhi talabalariga Gazlamalarga ishlov berish praktikumi fanidan "To'g'ri bichimli yubka tikish" mavzusida amaliy ochiq dars mashgʻuloti oʻtadi.

Barcha qiziquvchilarni taklif etamiz!

📍 Ochiq dars 305-xonada, soat 10:00 da boʻlib oʻtadi. (Kitob tumani)

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

14 Nov, 15:27


#Biz_korrupsiyaga_qarshimiz

Korrupsiya jamiyat kushandasi!

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
  shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

14 Nov, 06:03


#Tanishuv

Shahrisabz davlat pedagogika instituti qoshidagi Akademik litsey bitiruvchilari uchun Institutda "Ochiq eshiklar" kuni tashkil etildi. Dastlab o'quvchilarga institutda yaratilgan sharoitlar, mavjud fakultetlar, ta'lim yo'nalishlari, o‘quv va laboratoriya xonalari, Axborot resurs markazi hamda IT markaz faoliyati haqida to'liq ma'lumot berildi.

Shundan so'ng, o'quvchilarga Xorijiy til nazariyasi kafedra o'qituvchilari tomonidan ingliz tilidan master klass o'tib berildi. Unda o'quvchilar institut talabalari bilan bir vaqtning o'zida darsda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
  shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

14 Nov, 04:15


#bilasizmi

Birinchi oʻzbek publisist ayoli, jadid, shoira Nozimaxonim haqida eshitganmisiz?


📑Uning bizgacha saqlangan asarlari va boshqa maʼlumotlar haqida Yuz.uz’ning yangi loyihasi — “Oʻzbekistonda birinchi” orqali tanishing.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
  shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

09 Nov, 09:52


#Yashil_makon

🌱Bugun, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida Respublika oliy taʼlim muassasalari vakillari ishtirokida "Yashil makon" umummilliy loyihasi boʻlib oʻtdi.

Mazkur loyihada, Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori Sherzod Nematov boshchiligidagi institut jamoasi ham faol ishtirok etdi va ko'chat ekish tadbirida oʻz hissasini qo'shdi.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

09 Nov, 04:21


#OAVda_biz

📺 Shahrisabz davlat pedagogika instituti iqtidorli talabalari Qashqadaryo telekanalining "Fayzli kun" koʻrsatuvi mehmoni bo'lishdi

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

09 Nov, 04:12


#Fakultet_yangiliklari

🟠Shahrisabz davlat pedagogika instituti Pedagogika fakultetining Biologiya yoʻnalishi 2-bosqich talabalari tomonidan "Sehrli kuz oqshomi" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'zgacha bir muhitda nishonlandi.

Batafsil

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

08 Nov, 09:37


#OAVda_biz

📺 Shahrisabz davlat pedagogika instituti iqtidorli talabalari Qashqadaryo telekanalining "Fayzli kun" koʻrsatuvi mehmoni bo'lishdi

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

08 Nov, 07:54


#Zakovat

🏛 Shahrisabz davlat pedagogika institutida "11- noyabr Kasaba uyushmalari kuni" munosabati bilan institut Kasaba uyushmasi tomonidan professor-o'qituvchi va ishchi xodimlar o'rtasida "Inson qadri uchun el-yurt baxti uchun" shiori ostida "Zakovat" intellektual o'yinidan videolavha...

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

08 Nov, 06:21


#sport_yangiliklari

Shahrisabz davlat pedagogika institutida "Talabalar ligasi" doirasida shaxmat sport turidan yigit-qiz talabalar o'rtasida "Rektor kubogi" musobaqalari bo'lib o'tdi.

Yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, ularni ommaviy sportga jalb etib, bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tashkil etilgan musobaqani Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor J.Shonazarov ochib berdi va barchaga omad tiladi.

Musobaqaning yakuniy natijalari quyidagicha:
🧑‍🎓 O'g'il bollar o'rtasida
🥇 Azizbek Rajabov Pedagogika fakulteti talabasi
🥈 Shuhrat Obalov Ijtimoiy fanlar fakulteti talabasi
🥉 Faxriyor Tilovov Tillar fakulteti talabasi

👩‍🎓 Qizlar o'rtasida
🥇 Aziza Ro'ziyeva Ijtimoiy fanlar fakulteti talabasi
🥈 E'zoza Buriyeva Tillar fakulteti talabasi
🥉 Nozima Nuriddinova Pedagogika fakulteti talabasi


🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

08 Nov, 04:10


#OAVda_biz

📝 Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori Sherzod Nematov bilan o'tkazilgan suhbat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining axborot hamkori “O‘zbekiston talabasi” jurnalining oktyabr oyi sonida chop etildi.

🔘 Ushbu maqolani to'liq o'qish ushun ko'k yozuv ustiga bosing ➡️ "Sog'lom raqobat hammamizga kerak"

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

07 Nov, 15:54


#Tyutorlar_faoliyati

🫥Shahrisabz davlat pedagogika instituti tyutorlari tomonidan Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba qizlar o‘rtasida “Balli qizlar” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi. Ushbu tanlovda ishtirokchilar turli shartlar bo‘yicha o‘z mahorat va iste’dodlarini namoyish etdilar. Qizlar ijodiy chiqishlari bilan bir qatorda o‘z pazandalik qobiliyatlarini ham sinovdan o‘tkazib, o‘zlarining noyob iste’dodlarini ko‘rsatdilar.

🫥 Tanlov yakunida har bir ishtirokchi qiz faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. “Balli qizlar” ko‘rik-tanlovi talabalar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirish va o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirishga xizmat qildi.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

02 Nov, 18:47


⭕️⭕️⭕️

2025-yil uchun stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga


⚡️hujjat qabul qilish muddatlari joriy yil 10-noyabrga qadar,
⚡️kirish imtihonlarini tashkil etish 30-noyabrga qadar uzaytirildi.

Hujjatlarni:
📌hozircha faqat daraja.ilmiy.uz sayti orqali topshirish imkoni mavjud.

👉 2024-yil 4-noyabrdan boshlab esa my.gov.uz orqali ham amalga oshirish mumkin.

👉@ilmiy_darajali_kadrlar

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

02 Nov, 18:25


#tanlov_natija

🖌 Shahrisabz davlat pedagogika institutida talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan “MEN TERRORIZM XAVFINI QANDAY TUSHUNAMAN?” mavzusida o‘tkazilgan insholar tanlovi g‘oliblari:

🥇-o‘rin  - Po‘lotova  Maysara Qurbon qizi –
O‘zbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 2-bosqich talabasi
🥈-o‘rin  - Qo‘chqorova Sanobar Olin qizi - 
Boshlang'ich ta'lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi;
🥉-o‘rin - Bozorova  Muyassar Umar qizi - 
Boshlang'ich ta'lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi


👧 “AJDODLARGA MUNOSIB AVLOD BO'LAYLIK mavzusida o‘tkazilgan she’rlar tanlovi g‘oliblari:

🥇-o‘rin  - Boltayeva  Manzura Boyturayevna -
Maktabgacha ta’lim  yo‘nalishi 2-kurs talabasi
🥈-o‘rin  - Yuldosheva Navbahor Alisher qizi - 
Boshlang'ich ta'lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi
🥉-o‘rin - To‘lqinova  Diyora Jo‘rabek qizi - 
Xorijiy til va adabiyoti yoʻnalishi 2-bosqich talabasi

Tanlov g‘oliblari quyidagi miqdorda moddiy rag‘batlantiriladi:
1-o‘rin - bazaviy stipendiyaning 1 barobari
2-o‘rin - bazaviy stipendiyaning 0,75 barobari
3-o‘rin - bazaviy stipendiyaning 0,5 barobari
.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

02 Nov, 14:32


#Tanlov_natija

🔮 Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabalarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, internetdan foydalanish madaniyatini yanada yuksaltirish, ularning intellektual salohiyatini boyitish maqsadida tashkil etilgan onlayn tanlov g'olibi bilan tanishing.

⚡️Tanlovda to'g'ri javobni jami 8 kishi topa oldi. Ammo eng birinchilardan bo'lib javob bergan topqir talabamiz Abdullayeva Munisa Nurbek qizi Maktabgacha ta'lim yo'nalishi 3-kurs talabasi bo'ldi.

👍Yashiringan maqol esa "Ilm istasang, takror qil" edi.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

02 Nov, 06:47


4️⃣4️⃣4️⃣

🏛 Shahrisabz davlat pedagogika instituti Iqtidorli talabalarning ilmiy - tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” mavzusida maqolalar tanlovini e'lon qiladi.

Batafsil

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

02 Nov, 05:33


#Zakovat #kafedra_faoliyati

Shahrisabz davlat pedagogika instituti Informatika va uni o'qitish kafedrasi tomonidan Matematika va informatika yo'nalishi talabalari o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini tashkil etildi.

⚫️IT sohasiga va Xorij ta'lim tizimiga oid qiziqarli savollar asosida o'tkazilgan Zakovat o'yini natijalariga ko'ra:

🥇 H+ Jamoasi (4-kurslar)
🥈 Yuksalish (1-kurslar)
🥉 Yosh dasturchilar (2-kurslar) faxrli o'rinlarni qo'lga kiritdi.

⚡️G'olib jamoalar kafedra tomonidan esdalik sovg'alari va diplomlar bilan taqdirlandi.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

02 Nov, 05:01


#ochiq_dars

2024-yil 2-noyabr kuni Shahrisabz davlat pedagogika instituti Rus tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi Oʻlmas Atayev Rus tili va adabiyoti yo'nalishi 1/23-guruhi talabalariga Chet el bolalar adabiyoti fanidan "Сказочное наследие братьев Гримм" mavzusida amaliy ochiq dars mashg'uloti o'tadi.

Barcha qiziquvchilarni taklif etamiz!

📍Ochiq dars 117-xonada, soat 11:30 da  bo'lib o'tadi.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

02 Nov, 04:04


Замонавий педагогларни тайёрлаш энг асосий мақсадимиздир

Бундан тўрт-беш йил илгари айрим мактабларда педагог кадрлар етишмасди. Айниқса, олис ҳудудларда беш-олти нафаргача ўқитувчига эҳтиёж бор эди. Натижада баъзи фанлар ўтилмасдан қолиб кетганидан сўнг муаллимлар шаҳар марказидан таклиф этиларди.

Батафсил 👉 https://yuz.uz/a/oz/110951

Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/110951

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram | Hamkorlik materiali

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

01 Nov, 16:23


#Xushxabar

2024-yil 1-noyabr kuni Shahrisabz davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti Jismoniy madaniyat yoʻnalishi talabalari Qarshi shahrida oʻtkazilgan Besh tashabbus sport musobaqasining yengil atletika turi boʻyicha viloyat birinchiligini qoʻlga kiritib, Respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritdi.

⚡️Talabalarimizga musobaqaning respublika bosqichida omad tilaymiz!

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

01 Nov, 15:48


#Yil_ayoli_tanlovi

Bugun 1-noyabr kuni Shahrisabz shahar Madaniyat markazida Oila va xotin-qizlar boʻlimi tomonidan tashkil etilgan "Yil ayoli" milliy tanlovining shahar bosqichi boʻlib oʻtdi. Ushbu tanlovda 14 nafar ishtirokchilar 3 ta shart bo'yicha bеllashdilar.

Tanlovda Shahrisabz davlat pedagogika instituti o'qituvchilari Norqobilova Zarifa Axatullayevna "Yilning eng yangi gʻoyalar tashabbuskori", Nilufar Karimova "Yilning eng jonkuyar ustozi" hamda Zahro Islomova "O'z kasbining ustasi bo'lgan yil ayoli" nominatsiyalari boʻyicha faol ishtirok etib, viloyat bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

27 Oct, 09:29


⁉️ Сайловчи сайлов бюллетенини суратга олиб ижтимоий тармоқларга жойласа бўладими?

✔️ Сайлов бюллетенини тўлдирилган ҳолда ёки уни тўлдириш жараёнини суратга ёки видеога олиш, олинган тасвирларни тарқатиш, шу жумладан ижтимоий тармоқларга жойлаштириш тақиқланади. Ушбу хатти-ҳаракат сайловнинг яширин овоз бериш принципини бузиш демакдир.

🚫 Cайлов куни ва овоз беришга бир кун қолганида ташвиқотга йўл қўйилмайди.

‼️Сайлов куни ва овоз бериш бошланишидан бир кун олдин жамоатчилик фикри сўровлари натижаларини, сайлов натижалари прогнозларини, ўтказилаётган сайлов билан боғлиқ бошқа тадқиқотларни эълон қилиш (ҳаммага маълум қилиш), шу жумладан ахборот тармоқларига, шунингдек Интернет жаҳон ахборот тармоғига жойлаштириш тақиқланади.

‼️ Ҳурматли сайловчилар! Сиздан яширин овоз бериш принципига амал қилишни, сайлов бюллетенини тўлдириш жараёнини ва тўлдирилган сайлов бюллетенини суратга ёки видеога олмасликни ҳамда ижтимоий тармоқларда тарқатмасликни сўраймиз.

🌀 Ўзбек (кирилл) | Oʻzbek (lotin) | Русский |Engilish

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

27 Oct, 07:14


#saylov_2024
#men_saylov_uchastkasiga_boraman

✔️ Shahrisabz davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, viloyat va mahalliy kengashlar deputatlari saylovlarida faol ishtirok etib, o'zlari munosib deb bilgan nomzodga ovoz berishmoqda.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

27 Oct, 04:18


#saylov_2024
#men_saylov_uchastkasiga_boraman

✔️ O'zbekistonda saylov boshlandi!

🇺🇿 Shahrisabz davlat pedagogika institutida joylashgan 116-sonli saylov uchastkasida saylov jarayoni davom etmoqda.

Aziz yurtdoshlar, siz ham saylovda ovoz bering!

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

27 Oct, 04:07


#Saylov_2024

✔️ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida ovoz berish jarayoni boshlandi.

Saylovda ovoz berish soat 08:00dan 20:00gacha oʻtkaziladi.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

26 Oct, 11:49


#Saylov_2024

Saylovda qanday ovoz beriladi?


Bu haqda videoda batafsil tushuntirish berilgan.

Ertaga saylovga borganingizda sizga 4 ta byulleten berishadi. Bunga hayron bo’lib qolmang. Byulletenlar 4 xil rangda bo’ladi. Bular:

1) Qonunchilik palatasi deputatligi uchun bir mandatli nomzodlar. Bunda siz faqat partiyaga ovoz berasiz, konkret nomzodlarga emas;

2) Qonunchilik palatasi deputatligi uchun nomzodlar. Bunda siz partiyaga emas, nomzodga ovoz berasiz;

3) Viloyat Kengashi deputatligi uchun nomzodlar;

4) Tuman, shahar Kengashi deputatligi uchun nomzodlar.

O’zingizga ma’qul partiya yoki nomzodning ro‘parasida, o‘ng tomonda joylashgan bo‘sh kvadratga , yoki ✔️, yoxud ✖️ belgisini qo‘yadi.

❗️BU MUHIM: ovoz berish chog‘ida bir necha kvadratga belgi qo‘yilgan bo‘lsa yoki birorta kvadratga belgi qo‘yilmagan bo‘lsa, bunday byulletenlar haqiqiy emas deb topiladi va ovozlarni sanashda hisobga olinmaydi.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

25 Oct, 17:08


#yangiliklar

🫥 "Eng kreativ koʻrgazmali qurol" koʻrik tanlovi

Batafsil

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

25 Oct, 16:44


#Saylov_2024
#Chellenj

✔️ Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabalari Qarshi davlat universiteti talaba-yoshlaridan 27-oktyabr kuni boʻlib oʻtadigan saylovga chorlov chellenjini qabul qildi.

Yoshlar saylovda tengdoshlarini faol ishtirok etishga chorlaydi

Saylov – kelajakka tanlov!

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

25 Oct, 10:32


#YoshlarKengashi #Zakovat #TalabalarTashabbusi

🤵‍♂️ “Zakovat” da - kuch! Bilimlilar doim trendda!

Batafsil

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

19 Oct, 04:57


#Talabalar_ligasi

⚡️Shahrisabz davlat pedagogika institutida “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining fakultet bosqichi qizg'in davom etmoqda.

Ayni kunlarda Institutda volleybol, mini futbol, shaxmat sport turlari bo'yicha liga musobaqalari bosqichma-bosqich bo'lib o'tmoqda.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

18 Oct, 15:59


#Ota_onalar_kongressi

Ijtimoiy fanlar fakultetida tashkil etilgan "Ota-onalar kongressi" jarayonlaridan fotolavhalar

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

18 Oct, 15:56


#Ota_onalar_kongressi

🏛 Shahrisabz davlat pedagogika institutining Pedagogika va Ijtimoiy fanlar fakultetlarida talabalarining ota-onalari ishtirokida “Yoshlar tarbiyasi - kelajagi poydevori” shiori ostidagi “Ota-onalar kongressi” bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida institut rektori Sherzod Nematov farzandlari talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan ota-onalar samimiy tabrikladi va Oliy ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, Institutda yaratilgan sharoitlar haqida to'xtalib o'tdi.

Batafsil

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Instagram
shdpi.uz  You tube