Ulug'bek Sultonov 🇺🇿 @ulugbek_sultonov Channel on Telegram

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

@ulugbek_sultonov


🇺🇿 Shaxsiy blog

Mazkur blogda yoshlar uchun zamonaviy kasblar, xorijiy tillar va qulay imkoniyatlar to'g'risida ma'lumot berib boriladi.

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿 (Uzbek)

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿 Telegram channel is a place where you can explore the personal blog of Ulug'bek Sultonov. This channel is dedicated to sharing personal experiences, thoughts, and reflections on various topics. If you are interested in following the journey of Ulug'bek Sultonov and gaining insights into his life, this is the perfect channel for you. Join the community of like-minded individuals who appreciate authenticity and genuine storytelling. Stay updated on new posts and engage in discussions with other members. Don't miss out on the opportunity to connect with Ulug'bek Sultonov and be inspired by his content. Subscribe to the channel today and start exploring the world of personal blogging in Uzbekistan!

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

21 Feb, 07:08


#Repost

🎓 Yaponiyaning 1-raqamli universitetiga o'qishni stipendiya asosida ko'chirish imkoniyati!

🙋 Global Science Course dasturi Tokio universitetining bakalavriat bosqichiga (3-kursga) stipendiya asosida oʻqishni koʻchirish imkonini beradi.

🔎 Dastur ingliz tilida, yapon tilini bilish talab qilinmaydi. Bakalavriatning 2, 3 va 4-kursida oʻqiyotganlar ariza topshirishi mumkin.

🆔 Faqat kimyo sohasiga oʻqishni koʻchirish mumkin. Lekin hozirda aynan kimyo sohasi boʻyicha oʻqiyotgan boʻlish talab etilmaydi.

📌 Imkoniyatlari:
➡️ 960 dollar oylik stipendiya
➡️ Bepul turar joy
➡️ Bepul yapon tili kursi
➡️ Doimiy yordam

🖋 Arizalar 2025-yil 20-martgacha qabul qilinadi.

➡️ Batafsil

@ulugbek_sultonov

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

16 Feb, 16:40


🇺🇿⚡️Ular bunga qanday erishdi?

Kimlarga havas qildingiz? Kimlarni bu davrada ko'rishni xohlar edingiz?

#prezident #yoshlar #uzbekpower

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

15 Feb, 09:06


Xayrli kun do’stlar!

Bugun kitob o’qish haqida gaplashsak nima deysizlar! Kitob o’qish nega kerak. Endigina kitob o’qishni boshlayotganlar zerikib qolmasligi uchun nima qilish kerak.

Kelilar birinchi sizlar fikrlaringizni yozing keyin men shaxsiy tajribam asosida fikrimni sizlarga aytaman.

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

14 Feb, 15:55


Президент Шавкат Мирзиёев ёшлар билан самимий мулоқот ўтказиб, уларни янги марралар сари руҳлантирди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

14 Feb, 09:02


Davlat rahbarining yoshlar bilan muloqot va uchrashuvi boshlandi!

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

14 Feb, 07:19


Mana nega bu gapni yozgandim ertalab.

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

14 Feb, 06:20


Sardor Sodiqovning yana bir shogirti 🇺🇸Amerikaga yo’l oladi!

🚀 Global Education o‘quvchisi Dilmurodov Sobir FLEX dasturi orqali Amerikada bir yil davomida o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritdi!

Tabriklayman Sardor do’stim bu sizning katta yutug’ingiz! Nechinchi FLEXchi bu endi? 😎

Mana bu yerda Global educationning FLEXchilari bilan suhbati bor ekan! Adashmasam Sobir Odilning ukasi ekan. Respect bu oilaga chunki bularning opasi ham USAda o’qirdi. Manashunday ziyoli oila bo’lish hammaga nasib qilsin!

@ulugbek_sultonov

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

14 Feb, 03:56


Bugun yoshlarimiz uchun yangi-yangi g’oyalar va tashabbuslar ilgari suriladigan kun. Katta yangiliklarni kuting!

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

13 Feb, 15:47


Motivatsiya beradigan har kimning ham ichida kichkina bo'lsa ham motivatsiyaga muhtojligi bor.

Gap muallifi o'zim.

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

07 Feb, 12:46


@xorijdagi_ish kanalimda bugun Yevropaga ketish imkoni bo'lgan ko'plab ishlarni joyladim. Bo'ldida endi Rossiyaga yuraverasizlarmi? Yevropaga o'tilar endi. U yerda ham o'zbeklarimiz ko'payishi kerakku 😉.

P.S Hayolni buzmaymiz man faqat ish nuqtayi nazaridan yozdim.

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

07 Feb, 10:52


Xaritaga qaraganda nimadirlarni reja qilyapmiz!

Yonidagi planshetda esa xorij tilini mukammal qilish uchun harakat!

Pizzaga e'tibor bermaymiz 😂

@ulugbek_sultonov

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

07 Feb, 10:47


Bugungi yaxshi kun barchaga muborak bo'lsin.

Har kimni ichida dardlari va muammolari bo'ladi. Uni ayta oladigan inson bor ayta olmaydigani bor. Aytsangiz ishonchlimi yo'qmi uni bilmaysiz. Ammo shunday zot borki unga qancha aytsangiz ham hech kimga aytmaydi va sir saqlay oladi. Men ham bugun ichimdagilarni aytib keldim. Barchamizdan rozi bo'lsin!

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

06 Feb, 07:48


O’z ustingizda doimiy izlanish olib boring. Zero sizni faqat ilmingiz va tarbiyangiz yuksaltirishi mumkin!

P.S Xorijiy tillarni o’rganayotganlar nechtamiz, izohda qaysi tilni o’rganayotganimizni yozib ketamiz!

@ulugbek_sultonov

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

05 Feb, 02:29


Xayrli tong qadrdonlar!

Xorijga ish bo'yicha yangi kanal ochganimdan so'ng bu kanalda ko'rinishim kamayib qoldi. Bu xatoni bugundan to'g'irlaymiz va yoshlarga mos mavzularda sizlar bilan suhbatlashishni boshlaymiz.

Bunda birinchi navbatda o'z tajribalarim, kunlik amalga oshirayotgan ishlarim va imkoniyatlarni sizlarga ulashib borishga harakat qilaman. Kuzatib borayotganingiz uchun chuqur minnatdorlik bildiraman.

@ulugbek_sultonov

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

03 Feb, 13:51


Aytgancha o'rtoqlar bu kanalga ulanganlar bormi?

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

03 Feb, 13:50


Nimadirlarni yozishni xohlayapman, lekin qo'lim bormayapti. Sizda ham shunaqa vaziyatlar bo'lib turadimi?

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

02 Feb, 15:42


Ovozli chatimiz boshlandi ulanishingiz mumkin!

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

02 Feb, 08:51


Xayrli kun o’rtoqlar, bu postni maksimal repost qilishga ko’mak bersangiz xursand bo’laman!

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

01 Feb, 17:14


🚀 Mamnuniyat bilan sizga yangilikni e’lon qilaman!

Bu kanal shaxsiy kundalik ishlarim yoritiladigan kanal bo’lganligi uchun siz azizlarga ko’plab xorijiy vakansiyalarni e’lon qilolmayotgan edim.

Endi esa bu chegara yo’q sizlar uchun faqat xorijiy vakansiyalarni e’lon qilish maqsadida yangi kanal faoliyatini yo’lga qoʻydim.

💵 Xorijdagi istalgan mamlakatlardan ish topish orqali shaxsiy rivojlanish, oilangiz va yaqinlaringiz uchun yaxshi moliyaviy ko’mak berishingiz mumkin.

Marhamat kanalga ulanishingiz mumkin! @xorijdagi_ish

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

01 Feb, 08:16


Xayrli kun o’rtoqlar! Ko’z ochib yumguncha bir hafta tugab bo’ldi! Dam olish kunlarida nimalarni reja qilyapsiz? Xorijga chiqish ham rejangizda bormi?

Izohda fikrlarimizni yozamiz!

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

31 Jan, 15:28


🇭🇷 XORVATIYA

Xorvatiya davlatida qurilish kompaniyalaridagi bo’sh ish o’rinlari uchun onlayn suhbat!

✔️ Ish haqqi:
🟢 1040€ - 1430€ (soatiga 5€)

✔️ Pozitsiyalar:
🟢Armatura to’quvchi 1400€
🟢Kafelchilar 1400€
🟢Monolitchilar 1400€
🟢Elektriklar 1400€
🟢Santexniklar 1400€
🟢Payvandchilar 1500€

✔️ Talablar:
🟢 Yosh chegarasi 20-55 gacha
🟢 Rus tilini muloqot darajasida bilishi kerak

✔️ Kompaniya tomonidan:
🟢 Ovqat🍛
🟢 Yotoq 🏠
🟢 Ish kiyimi 🦺

✔️ Suhbat asosida qabul qilinadi ‼️

📞 +998712050500
📱@MahliyoNAIMIX

@xorijdagi_ish

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

31 Jan, 04:08


Juma tongini yaxshi yangilik bilan boshlaymiz!

Bugungi ayyomingiz muborak bo'lsin!

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

31 Jan, 04:07


🔥🔥🔥

🇺🇸Amerika Qo'shma Shtatlarida ishlashga taklif!

📌Talablar:
Qishloq xo'jaligi yo'nalishi bo'yicha oliy ma'lumotga ega bo'lish;
Shu yo'nalishda kamida 1 yillik ish tajribasi;
30 yoshdan oshmagan bo'lish;
Ingliz tilini kamida intermediate darajasida bilish.

Hoziroq o'z joyingingizni band qilish uchun

👉ANKETANI TO'LDIRING!👈

@ulugbek_sultonov

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

30 Jan, 16:09


🇺🇸Amerikaga ketaman deganlar bormi?

Juda issiq xabar, bor bo'lganlar reaksiya bosamiz! 100 ta reaksiya bosilsa usha vaqtda e'lonni joylayman.

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

30 Jan, 15:05


Repost qilamiz o'rtoqlar!

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

30 Jan, 15:04


Bugungi e'lon qilingan ishlar!

🇯🇵Yaponiyada ish!

🇰🇷Koreyada ish!

🇸🇰Slovakiyada ish!

Kanalga obuna bo’ling, barcha xorij vakansiyalari biz bilan oson!
@ulugbek_sultonov

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

30 Jan, 14:47


🇪🇺Shengen (schengen) hududi - Yevropadagi 29 ta davlatlar o‘rtasida chegara nazoratisiz erkin harakatlanish imkonini beruvchi zona.

Bu degani Shengen hududiga tegishli bo'lgan bitta davlatga viza olib kirsangiz yana 28 ta davlatlar ichida bemalol yura olasiz degani.

🔔Shengen hududining asosiy xususiyatlari:

Ichki chegaralarda pasport nazorati yo‘q;
Fuqarolar, sayyohlar va biznes vakillari erkin harakatlanishi mumkin;
Bir mamlakatga kirgan shaxs Shengen hududida istalgan joyga hech qanday ruxsatnomasiz bora oladi;
Chegara nazorati faqat tashqi chegaralarda amalga oshiriladi.

Ma'lumot o'rnida Bolgariya ham manashu hududga kiritildi. Ma'lumot manfaatli bo'lgan bo'lsa kanalni repost qilamiz! Obunachilarimiz qancha ko'paysa shuncha ko'p yangi vakansiyalar ham e'lon qilinaveradi.

@ulugbek_sultonov

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

30 Jan, 14:32


Manashu xabarim yodingizdami? Bugun Shengen hudud bo'yicha sizlarga ma'lumot beraman!

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

30 Jan, 13:59


Toshkentda ❄️qor yog’ishni boshladi!

Yana qayerlarda qor yog’yapti!

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

08 Jan, 15:18


Manashu musobaqa orqali kasb egalari xalqaro chempionatga chiqish imkoniyati bor! Yaxshi imkoniyatni qo’ldan boy bermang! Tanishlaringizga yuborib quying!

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

08 Jan, 15:17


“Worldskills Uzbekistan-2025”
V Milliy kasblar chempionati

Bosh hamkor va tashkilotchi:
Samarqand viloyati oliy ta'lim fan va innovasiyalar boshqarmasi
Xalqaro hamkorlar: ESAB, GROHE

Kunlar: 27-31.01.2025
Joyi: Samarqand shahrida

1. Payvandlash (14 ta post)
2. Elektromontaj (14 ta post)
3. Santexnika (14 ta post)
4. Tibbiy va ijtimoiy g'amxo'rlik (14 post)

Kasblar chempionati tashkil etish rejalashtirilmoqda. Ro'yxatdan o'tishga 5 kun muddat.


Qoralama rejalar:
1. 10.01.2025 kunigacha onlayn ro'yxatdan o'tish
2. 4-15.01.2025 Onlayn o'qish.
3. 27-28.01.2025 - 2 kunlik chempionat oldi Master klass
4. 29-30-31.01.2025 - 3 kun chempionat
5. 01.02.2025 kuni yopilish marosimi


1. Payvandlash guruhiga a'zo bo'ling:
https://t.me/+TthxdGezkpFjMDky

2. Santexnika guruhiga a'zo bo'ling:
https://t.me/+ThEVCVzymVU4Yjli

3. Elektriklar guruhiga a'zo bo'ling

https://t.me/+Rm1rnWnFQBlhMWIy

4. Xamshiralar guruhiga a'zo bo'ling
https://t.me/+pAAJf7BElr5jZWE6

Bizni kuzating:
https://t.me/worldskillstalim

Arizani to'ldiring:

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdo65djchnH0FG59qPcaZNTHzCFeod27MZeVkRmlWVfjQFBtA/viewform?usp=header


Takliflaringizni kutib qolamiz.

_______________________________________
Web-sayt|Facebook|Telegram|Youtube |Instagram

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

08 Jan, 07:41


Hurmatli yoshlar! Firibgarlardan ogoh bo‘ling!

📢 Ular “Yoshlar daftari” nomidan foydalanib, pul evaziga Sizni “Yoshlar daftari”ga kiritib berishni va’da qilishi mumkin.

💡 Eslatma:
“Yoshlar daftari”ga kiritish jarayoni faqat rasmiy va bepul tarzda amalga oshiriladi. Quyidagi usullardan birini tanlab murojaat qilishingiz mumkin:

yoshlardaftari.uz platformasi orqali elektron shaklda ariza qoldirish;
1093 qisqa raqami orqali operatorlar bilan bog‘lanish;
O‘z mahallangizdagi yoshlar yetakchisi yordamida murojaat qilish.

📲 Ariza topshirgandan so‘ng, mutaxassislar Sizning arizangizni ko‘rib chiqadi va natijasi 6500 qisqa raqami orqali SMS shaklida xabardor qilinadi.

❗️ Xizmat mutlaqo bepul!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

07 Jan, 09:58


Do‘stlar, kecha Sharqshunoslik universiteti talabasi Laylo Baxtiyorovaning to‘lov-kontrakti uchun xayriya boshlagan edik va bugun shu masalada xushxabar oldim. Layloning aytishicha, xayriyada unga kerakli mablag‘ yig‘ilgan va u bugun universitet marketing bo‘limiga to‘lovni amalga oshirdi.

Laylo xayriyada qatnashgan insonlarga ko‘pdan ko‘p minnatdorchilik bildirdi. “To‘g‘risi, oilamizdagi ahvol sabab, o‘zimni talabalikdan ketishga ruhan tayyorlab yurgandim. Bir kunda bo‘lib ketgan bu o‘zgarishlar esa menga tushdek tuyilmoqda.

Siz mening oilamni xursand qildingiz, Olloh ham sizni va oilangizni doim xursand qilsin. Qilgan xayriyalaringiz o‘zingizga yuz, ming barobar bo‘lib qaytsin.

Begona bo‘lsam ham, yordamlarini ayamaganlari uchun minnatdorman. Bu yil boshidan shunchalar omadli boshlandi, oxirigacha ham shunday omadli bo'lsin, deb niyat qilaman”, – dedi u.

Demak, Layloning muammosi hal bo‘ldi, u endi o‘qishini davom ettiradi. Buning uchun shaxsan o‘zim nomimdan ham sizlarga minnatdorchilik bildiraman.

Rozi bo‘lsangiz, ilk xayriya postidagi karta raqamni o‘chirmayman. Aytganimdek, oila boshida bundan tashqari ham otaning bemorligi va dori-darmon muammosi bor. Istaganlar oilaning shu muammolari uchun ham xayriya qilaverishlari mumkin. Lekin aytganimdek, Layloning o‘qish muammosi hal bo‘ldi.

Savobli ishlarda barchamizni bardavom qilsin.

@haqiqatdaIlyos

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

06 Jan, 06:51


Do‘stlar, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti 4-bosqich talabasi Laylo Baxtiyorovaning o‘qishini davom ettirishi uchun shoshilinch yordamingiz zarur.

Laylo Baxtiyorova shu paytga qadar universitetning Filologiya tillarni o‘qitish (sharq tillari bo'yicha) fakultetida namunali talabalar qatorida tahsil olib kelayotgandi, ammo uning otasi – Bahrom Jamilovga to‘satdan yetgan bemorlik (miya faoliyatining degenerativ kasalligi, miyyacha ataksiyasi) endi bunga to‘sqinlik qilmoqda.

Oila bugunga qadar Bahrom Jamilovni davolatish uchun uydagi barcha mol-mulkni sotib bo‘lgan. Afsuski, shular qatorida bugun oila yashab turgan xonadon ham sotuvga qo‘yilgan va ular ijaraga ko‘chib o‘tish arafasida.

Laylo Baxtiyorova Sharqshunoslik universitetida to‘lov kontrakt asosida tahsil oladi. Lekin yuqoridagi muammolar sabab, u bu yilgi shartnoma pulini to‘lolmayapti. Universitet unga shartnoma pulini to‘lashning so‘nggi muddati sifatida bugun, 6-yanvarni belgilagan. Agar Laylo shartnoma pulini to‘lolmasa (jami 11 mln 508 ming so‘m va shundan hozirgacha 1 mln so‘m to‘lov qilingan), o‘qishdan haydalishi mumkin.

Bahrom Jamilov oila qiyin ahvolga tushib qolgan bo‘lsa-da, qizining o‘qishini davom ettirishini istaydi. Laylo kelgusida o‘z sohasi bo‘yicha o‘qituvchilik qilish niyatida. Keling, birgalikda otaning va o‘qishga mehri baland Layloning niyatlariga erishishiga yordam beraylik.

Bahrom Jamilovning tibbiy muammolari va Laylo Baxtiyorovaning o‘qishdagi holati bo‘yicha barcha ma’lumotlar tekshirilgan. Quyida Layloning plastik kartasi bloklanib qolgani sababli uning singlisi Maftuna Baxtiyorova nomiga ochilgan karta raqamni qoldiryapman. Istaganlar uchun uning to‘lov kontrakt bo‘yicha shartnomasi ham taqdim etiladi.

5614680604821864 Maftuna Baxtiyorova

@haqiqatdaIlyos

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

06 Jan, 06:02


Nu da "O'zbekiston temir yo'llari" AJning bir yilda bir necha marotaba narx oshirishiga ko’nikib qoldik.

Narx qanday bo’lsa ham baribir biletni erkin olish imkoniyati yo’q doim sotib bo’lingan joy yo’q degan funkiya yoqiq bo’ladi.

Shu tashkilotga taklif narxni oshiravermasdan reyslar sonini ko’paytirib vaqt oralig’ini qisqartirsangizlar bo’lmaydimi?

Misol uchun Shahrisabzga borish Afrosiyob poyezdida bir haftada bir marta amalga oshiriladi, unda ham biletlarni Samarqand yoki Qarshi sotib olib quygan bo’ladi. Boshqa poyezdlar umuman qatnamaydi. Barakatopgurlar shuni yechimini topsangizlar xalqni duosiga qolasizlar! Man Shahrisabz misolida aytdim aslida bu muammo barcha hududlarda bor.

Mayli sizlarga ham insof bersin!

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

05 Jan, 12:26


O'zbekiston va Nodirbek Abdusattorov uchun ovoz bering

⚡️Europe Échecs 2024 mukofotlari uchun ovoz berish jarayoni boshlandi.

🫵Sizning ovozingiz yilning eng yaxshi shaxmatchilarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.

🇺🇿Nodirbek Abdusattorov va O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlash uchun ovoz bering!

➡️ovoz berish

Ovoz berish muddati: 2025-yil 10-yanvargacha

🇺🇿@ulugbek_sultonov

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

04 Jan, 14:27


Xayrli kech barchaga!

😊 2024-yilda kim nechta kitob mutolaa qilishga ulgurdi? 2025-yilda nechta kitob o’qimoqchisiz?

Kitobni qanday o’qishni avfzal ko’rasiz? Elektron, audio yoki video?

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

03 Jan, 14:24


Sarguzashtli va sinovli 2024-yil yakunlari!

2024-yilning yanvar oyi men uchun biroz sinovli yil bo’ldi onajonim og’ir jarrohlik amaliyotini boshdan o’tkazganlari uchun oilamizda ancha vaqt tushkunlik kayfiyati hukmron bo’ldi. Allohimga ming shukr onajonimni bizga yana sog’lom qilib qaytarib berdi;

Quvonchli xabar esa 2024-yil oilamiz ichidagi kichik oilamizni (Marjona va mening) farzandimiz Muhammadjon dunyoga kelib kengaytirdi. U+M+M Alhamdulillah!

Turkiya, Qatar, Fransiya xorij safarlariga chiqish nasib qildi;

Mutolaa orqali elektron kitoblar o’qish, Ibrat academy platformalari orqali xorijiy tillarni tizimli o’rganishni yo’lga quydim;

Sentabr oyi yana biroz men uchun sinovlar paydo bo’ldi ammo bu sinovlarni Allohning suyukli bandasi sifatida qabul qilib, yengib o’tdim. Xayrlisi ham shu bo’ldi.

O’z o’rnida yon atrofdagi do’stlarning kim ekanligi, unutib quyilgan rishtalarning tiklanishi, kibrni yengish, oilam men uchun muqaddas ekanligi, berilgan omonatlar albatta bir kun qaytib olinishi hamda erkakning risqini Alloh berishini chuqur anglab yetdim.

Shuningdek, tahlil qilar ekanman, bu yil birorta arzirli ish qildingmi? Kimgadir foydang tegdimi? Kimlar sendan rozi degan savollarni ham o’zimga berdim!

Ozmi ko’pmi sentabr oyigacha qashqadaryo yoshlari uchun jamoamiz bilan foydali ishlar qilishga harakat qildik! (Bu bo’yicha alohida post qilaman)

Bir so’z bilan aytganda 2024-yil men uchun juda ajoyib va esda qolarli yil bo’ldi. 2025-yil rejalarini ham sizlar bilan bugun bo’lishishga harakat qilaman.

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

25 Nov, 11:27


25.11.2023 U+M oila qurganimizga ham bir yil bo’ldi!

Alloh baxtimizni butun qilsin! Bir yil oldin U+M endi U+M+M bo’ldik. (Ulug’bek, Marjona, Muhammadjon)

Bir yillik yubileyimiz bilan tabriklashlaringiz mumkin!

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

20 Nov, 09:08


2025-yil yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilindi.

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

19 Nov, 13:57


Epladik 🔥🔥🔥

G’alaba muborak!

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

19 Nov, 13:50


Futbolni ko'rayotganlar bormi?

Yuraklar o'ynab ketyaptiki..

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

19 Nov, 11:43


Bugun terma jamoamizning Jahon chempionati sari navbatdagi o'yin kuni!

Shimoliy Koreyaga qarshi boshlang'ich tarkimiz e'lon qilindi. Duoda bo'laylik yigitlarimizni yuzi yorug' bo'lib qaytishsin!

@ulugbek_sultonov

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

18 Nov, 08:54


🇺🇿

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

14 Nov, 14:43


🇺🇿 Milliy terma jamoamizning 🇶🇦Qatarga qarshi oʻynaydigan boshlang’ich tarkibi e’lon qilindi.

Uchrashuv soat 21:15 da boshlanadi. Bugungi muhim o’yinni qayerdan kuzatasiz!

@ulugbek_sultonov

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

13 Nov, 15:36


Toshkentda Qor yog’moqda! 🌨️

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

12 Nov, 18:31


Toshkentda mayin 🌧️yomg’ir yog’ishni boshladi! Yomg’ir ko’p chang va g’uborlarni yuvishi bilan ham ❤️sevimli!

Yomg’irni yaxshi ko’radiganlar bormi? Yana qayerda qanday ob-havo kuzatilmoqda!

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

09 Nov, 16:22


Xayrli kech hammaga! Kelilar bugun kun davomida qilgan ishlarimizni yozamiz!

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

06 Nov, 14:15


Futbolni ko’rayotganlar bormi?

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

06 Nov, 13:03


🔴🔴🔴

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

06 Nov, 13:02


🔵Ajdarlarning bugungi o’yin uchun tarkibi!

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

06 Nov, 12:52


Har bir davlat xizmatchisi - ma’naviyat targ‘ibotchisi

Zaxira kadrga kiritilgan davlat xizmatchilari uchun siyosiy-ma’naviy kompetensiyalarini rivojlantirishga oid 3 kunlik malaka oshirish o‘quv kursi bo’lib o’tmoqda.

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

06 Nov, 12:43


#тайинлов

Азимов Муротжон Бердиалиевич Қашқадарё вилояти ҳокими лавозимига қайта тасдиқланди.

#Қашқадарё

Инсайд хабарлар учун: @tayinlov_bot
Каналга қўшилиш: @tayinlov
Харажатлар ҳақидаги канал: @xarajatlaruz

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

06 Nov, 09:58


Kelilar natijani taxmin qilamiz!

Nasaf - Al Hussein 2:0

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

05 Nov, 04:45


Like uchun otasini urib “zvezda”bo’laman degan bola topilibdi!

Esi hushiga kelibdi shekilli, binoyedekkina bola bo’lib qolibdi. Albatta bu holga kelguncha tegishli tashkilotlarimiz yaxshi tarbiyani berib, tushuntirib quyishgan.

Yaxshi ham borsizlar!

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

05 Nov, 02:35


Assalomu alaykum hurmatli kuzatuvchilar, kuningiz xayrli bo’lsin!

Men ham 3 kun davomida o’qishda bo’laman. Jarayonlar bilan albatta sizlarni tanishtirib boraman.

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

04 Nov, 12:09


Hozirgina Ular loyihasining Zumer avlod to’g’risidagi podkastini ko’rib chiqdim! Ko’plab xulosalarim bor, keyinroq o’z fikrlarim bilan bo’lishaman.

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

04 Nov, 12:08


"ULAR"ning yangi sonida Zumer avlod vakillari bilan qiziqarli suhbat uyushtirdik.

Bu safar yoshlarning o'ziga xos qadriyatlari, yangicha fikrlash tarzi va "Millenial"lardan qanday jihatlari bilan farq qilishlarini muhokama qildik. Zumerlarning zamonaviy qarashlari bilan tanishishni istasangiz, videoni tomosha qiling, o'z fikringizni bildiring va uni do'stlaringiz bilan ham ulashing.

https://youtu.be/Oy9xzBb-Jdo?si=Ia5suOTkKTNjCChx

@lazizhamidov

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

03 Nov, 20:22


Ma’lumot uchun mani mahallam!

Bu rasmda uyimni oldidagi gullar aks etgan!

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

03 Nov, 17:19


Like uchun hamma narsaga rozi bo’lgan yoshlarimiz ham yo’q emas!

Albatta video tegishli tashkilotlarga yetib borib, bunaqangi nomaqul farzandlarga majburiyatini ham tushuntirib quyish kerak!

Jannatlarimizni borida qadrlaylik!

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

01 Nov, 12:54


Bugun Qashqadaryo viloyati o’zining 100 yillik yubileyini nishonlamoqda!

Nasaf esa munosib sovg’a taqdim etdi! O’z tarixida ilk bor Nasaf chempion!

Barakalla ajdarlar! Barcha qashqadaryolik futbol ixlosmandlarini tabriklayman, biz chempion bo’ldik!

🕊📱📱 @ulugbek_sultonov

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

28 Oct, 06:35


Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва маҳаллий Кенгашлар депутатлари сайловининг дастлабки натижалари

Унга кўра, ЎзЛиДеП Олий Мажлис Қонунчилик палатасидаги 64 та депутатлик ўрнини эгаллади.

@uzlidep

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

27 Oct, 12:22


Qani kanaldoshlar kimlar saylovda ishtirok etdi!

🇺🇿Men ham bugun o’z huquqimdan foydalanib ovoz berdim!

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

23 Oct, 13:46


Assalomu alaykum qadrdonlar!

Kuni kecha 30 yoshni qarshi oldim, umr bergan Allohga shukr!

Avvalo, menga hayot bergan, dunyoga kelishimga hamda barcha muvafaqqiyatlarimga sababchi bo’lgan duoguylarim ota-onamga rahmat.

Shuningdek, o’z vaqtini ayamasdan tabrik yo’llab aloqaga chiqgan barchaga minnatdorligimni bildiraman. Sizlar meni eng qadrli insonlarim qatoridasiz!

P.S 30 yoshni qarshi olish, ancha yillar yodimda qoladi. Alloh hammamizni rizqimizni, barakamizni va omadimizni bersin.

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

21 Oct, 19:01


30 🫡

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

19 Oct, 18:49


Parij shahridagi Sena daryosi!

Sena daryosi — Fransiyaning shimoliy qismidan oqib o‘tuvchi daryo bo‘lib, Parij shahrining markaziy qismidan o‘tadi. U Fransiyaning eng mashhur daryolaridan biri hisoblanadi va uning uzunligi taxminan 777 kilometrni tashkil etadi. Sena daryosi Mansha dengiziga quyiladi.

Sena daryosi Parijning ko‘pgina diqqatga sazovor joylari bilan bog‘liq bo‘lib, uning qirg‘oqlarida Eyfel minorasi, Luvr muzeyi, Notr-Dam sobori kabi mashhur yodgorliklar joylashgan. Shuningdek, daryo bo‘ylaridagi manzaralar o‘zining chiroyi bilan ko‘plab rassomlar, shoirlar va yozuvchilarni ilhomlantirgan.

Sena daryosi nafaqat Parij, balki butun Fransiyaning madaniy va tarixiy merosining muhim qismidir. Daryo bo‘ylaridagi piyodalar yo‘laklari va ko‘priklar ham shahar aholisining va mehmonlarining sevimli sayr qilish joylaridan biridir.

🕊📱📱 @ulugbek_sultonov

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

19 Oct, 18:26


Bu qaysi daryo nima deb o’ylaysizlar!

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

16 Oct, 10:32


Ulug'bek Sultonov 🇺🇿 pinned «Salom, hurmatli kuzatuvchilar! Kanalim faoliyatini kengaytirmoqchiman. Sizning ovozingiz bu uchun juda ham muhim. https://t.me/boost/ulugbek_sultonov»

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

15 Oct, 16:13


Bugungi futbol uchun barcha futbolchilarimizga tashakkur deymiz!

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

15 Oct, 15:46


Maydonda harakat qilayotgan Nasaf futbolchilari hamda qashqadaryoliklarni komentda yozamiz!

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

15 Oct, 15:38


Gooollll

O’zbekiston g’alaba bo’lishi kerak!

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

15 Oct, 15:27


Gol urishga juda yaqin kelyapmiz! Duo qilib turaylik gol bo’lib qolar!

Stadionda atmasfera prosta bomba, yutmasak bo’lmaydi.

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

15 Oct, 14:01


Kimlar futbol ko’ryapti qo’l ko’taramiz?

Nima deb o’ylaysizlar bugun yutamizmi?

Ulug'bek Sultonov 🇺🇿

13 Oct, 17:12


🇫🇷Lion (Lyon) shahri Fransiyaning janubi-sharqida joylashgan bo’lib, u ikkita asosiy daryo bilan tutashadi

🟢Rona daryosi (Rhône): Fransiyaning janubi-sharqida joylashgan eng yirik daryolardan biri bo’lib, Lion shahri orqali oqib o’tadi. Rona Alp tog’laridan boshlanib, O’rta yer dengiziga quyiladi.
🟢Sona daryosi (Saône): Lionga Rona bilan qo’shiladigan joyda uchraydi. Sona Fransiyaning shimoli-sharqidan oqib keladi va shahar markazida Rona bilan tutashadi.

Bu ikki daryo shahar geografiyasida muhim rol o’ynaydi, chunki ular Lionni ikkiga bo’ladi.

P.S Men rasmga tushgan joy aynan ikta daryoning bir-biriga qo’shilish joyi bo’lib, rasmda Sona daryosi
ko’rsatilgan.

🕊📱📱 @ulugbek_sultonov