Ta'lim Servis @talim_servis Channel on Telegram

Ta'lim Servis

@talim_servis


Ta'lim tizimidagi yangiliklar, tezkor xabarlar va servis xizmati

Murojaat uchun: @Talim_servis_bot
UBS universiteti 1-kurs talabalariga shartnoma olish uchun @ubsu_bot

Ta'lim Servis (Uzbek)

Ta'lim Servis Telegram kanali - bu sizning ta'lim tizimingizda yangiliklardan, tezkor xabarlardan va servis xizmatidan xabardor bo'lishingiz uchun mo'ljallangan. Kanalda ta'lim sohasidagi eng so'nggi ma'lumotlar, eng yangi texnologiyalar va o'quv jarayoniga yordam beradigan foydali maqolalar paydo bo'ladi

Kanalda @Talim_servis_bot ga murojaat qiling va sizga kerakli barcha foydali ma'lumotlar, yordam va xizmatlar taqdim etiladi

Agar siz UBS universitetining 1-kurs talabasi bo'lsangiz, shu erda @ubsu_bot orqali shartnoma olish uchun murojaat qilishingiz mumkin. Bu kanal sizning o'quv jarayoningizni yanada yaxshilaydi va yangilanishlar bilan doimiy ravishda tanishtiradi. Siz ham Ta'lim Servis Telegram kanaliga a'zo bo'ling va o'z o'quv yo'lingizda yangiliklardan o'z xabardor bo'ling!

Ta'lim Servis

02 Dec, 08:55


9-dekabr, dushanba dam olish kuni bo’ladimi?

Qisqa javob: ha, dam olish kuni.

📋 Batafsil javob: Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan, ishlanmaydigan bayram kunlari dam olish kuniga to’g’ri kelib qolsa, unda dam olish kuni keyingi ish kuniga ko’chiriladi. Jaydari tilda aytganda, bayramlar yakshanba to’g’ri kelib qolsa, dushanba kuni ham dam olish kuni bo’ladi.

Joriy yilda 8-dekabr — Konstitutsiya bayrami yakshanba kuniga to’g’ri keladi. Shu sababli dushanba, 9-dekabr kuni ham dam olish kuni, deb e’lon qilingan. Bu 2023-yil 23-dekabrdagi Prezident farmonida ham belgilangan.

Demak, besh kunliklar uchun 7, 8 va 9-dekabr kunlari (3 kun), olti kunliklar uchun esa 8 va 9-dekabr kunlari (2 kun) dam olish kuni bo’ladi.


Kanalga ulanish: @Talim_Servis

Ta'lim Servis

30 Nov, 08:31


NAMANGANDA KITOBXONLIK BAYRAMI O‘TKAZILDI

Yangi O‘zbekiston - yoshlar ziyo maskanida “Kitobxonlik festivali”ning taqdirlash marosimi tashkil etildi.

“Eng kitobxon maktab”, “Eng faol kitobxon o‘quvchi”, “Ijodkor bolalar”, “Eng kitobxon oila” va “Eng faol kutubxonachi” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazilgan kitobxonlik ko‘rik-tanlovlarida jami 35653 nafar o‘quvchilar qamrab olinib, 38 nafar g‘olib va sovrindorlar diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlandi.

Ma’naviyat bayramida so‘z olgan Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshaboyeva, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i A'zamjon Isakovlar nafaqat o‘quvchilar balki ta’limda faoliyat ko‘rsatayotgan har bir pedagogning kitobxon bo‘lishi shart va zarur ekanini alohida ta’kidladi. Diltortar kuy – qo‘shiqlar va o‘quvchi – yoshlarning beg’ubor raqslari tadbirga yanada mazmun va bayramona tantanavorlik kasb etdi.
Kanalga ulanish: @Talim_Servis

Ta'lim Servis

18 Nov, 05:11


🇺🇿

Ta'lim Servis

29 Oct, 10:42


⚡️Maktab darsliklari ijarasi qayta tiklandimi ?

Kanalga
ulanish: @Talim_Servis

Ta'lim Servis

28 Oct, 08:46


⚡️Maktablarda kuzgi ta'til 4 noyabrdan boshlanadi

🏫 Maktab o'quvchilari uchun chorakning so'nggi kuni 2 noyabrga togri kelib, 4 noyabr kuzgi ta'tilning ilk kuni sanaladi. Ta'til 6 kalendar kun, ya'ni 9 noyabrgacha davom etadi. II chorak esa 11 noyabrdan boshlanadi.

Kanalga ulanish: @Talim_Servis

Ta'lim Servis

01 Oct, 09:43


Hech o'ylab ko'rganmisiz ?
Sizning javobingiz qanday !?
Izohlarda qoldiring 👇
Kanalga ulanish: @Talim_Servis

Ta'lim Servis

01 Oct, 05:03


⚡️Qonunchilikda o‘qituvchi va murabbiylarga qanday imtiyozlar belgilangan?

Har yili «1-oktyabr «Ustoz va murabbiylar kuni» munosabati bilan o‘z sohalarida faoliyat yuritib kelayotgan hamda o‘zlarining boy bilim va tajribalarini yosh avlodga o‘rgatib kelayotgan barcha ustozlar tabriklar qurshovida qoladi. Quyida mamlakatimiz qonunchiligida Ustozlarga belgilangan imtiyozlar bilan tanishitirib o‘tamiz.

1. O‘zbekiston Respublikasining 01.02.2024-yildagi O‘RQ-901-son Qonuniga asosan, bolalarga ta’lim-tarbiya beradigan barcha pedagog xodimlar doimiy ravishda bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

2. O‘zbekiston Respublikasining 01.02.2024-yildagi O‘RQ-901-son Qonuniga asosan, davlat ta’lim tashkilotlarining pedagoglar uchun 56 kunlik yillik haq to‘lanadigan uzaytirilgan ta’tillar beriladi.

3. O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodekisiga muvofiq, pedagoglar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga ko‘pi bilan 36 soat qilib belgilangan.

4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.09.2019-yildagi 823-son Qaroriga asosan, maktab o‘qituvchilariga faoliyatni baholash mezonlari asosida 10 foizdan 40 foizgacha, kutubxonachi va psixologlarga 10 foizdan 20 foizgacha ustama belgilangan.

5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.09.2021-yildagi 562-son Qaroriga binoan, ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan nufuzli xalqaro olimpiadalar g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 150 foiz, asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 100 foiz miqdorida ustama haqi to‘lanadi.

6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining , 30.09.2019-yildagi 823-son Qaroriga muvofiq, umumta’lim muassasalari xodimlariga moddiy yordam kalendar yil davomida ikki lavozim maoshi (o‘qituvchining tarif stavkasi) miqdorigacha xodimning o‘zi va yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) vafot etgandaog‘ir kasallikka chalinganda, xodim tabiiy ofatdan zarar ko‘rganda ko‘rsatiladi.

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.05.2022-yildagi PF-134-son Farmoniga asosan, o‘zi dars beradigan fani bo‘yicha xalqaro tan olingan va milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.

8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.09.2021-yildagi 562-son Qaroriga binoan, “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g‘olibi bo‘lgan maktabga yarim milliard so‘m beriladi.

9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.10.2021-yildagi 638-son Qaroriga muvofiq, inklyuziv sinf o‘qituvchilariga 40 foizgacha ustama beriladi.

10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.01.2021-yildagi PQ-4940-sonli Qaroriga binoan, olis hududlarda dars berayotgan o‘qituvchilarga 50 foizgacha ustama beriladi.

11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.03.2023 yildagi 120-son Qaroriga asosan, pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan hamda yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddat qolgan pedagog xodimlar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi.

12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.09.1994-yildagi 490-son Qaroriga asosan, tibbiyot sohasi professor-o‘qituvchilariga davolash-tashxis ishlarini bajarganliklari uchun qo‘shimcha haq to‘lanadi.

Kanalga ulanish: @Talim_Servis

Ta'lim Servis

01 Oct, 02:59


🎉 Bayram

Qalbi ezguliklarga yo’g’rilgan aziz ustozlar, mehridaryo murabbiylar!

Barchangizni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbot etamiz!

Sizning mas’uliyatli, mashaqqatli va sharafli mehnatingizni yuksak qadrlaymiz!

Faoliyatingizga ulkan zafarlar, hayotingizga esa baxt va omad yor bo’lishini tilab qolamiz!

💐 Hamisha ardog’imizda, e’zozimizdasiz!

Kanalga ulanish: @Talim_Servis

Ta'lim Servis

25 Sep, 02:26


⚡️Kasb-hunar maktablari va kollejlar texnikumga aylantiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-sentabr kuni kasbiy ta’limni rivojlantirish va milliy malaka tizimini isloh qilishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Hozirgi kunda professional ta’lim tizimi uch turdagi muassasalar: 333 ta kasb-hunar maktabi, 227 ta texnikum va 112 ta kollejdan iborat. Ular tabaqalashganligi va dasturlari o‘rtasida uzviylik bo‘lmagani sababli mavjud quvvatlardan unumli foydalanilmayapti.

Shu bois mazkur 3 turdagi muassasalar negizida texnikumlar tarmog‘ini rivojlantirish taklif etilmoqda. Unga ko‘ra, 600 ta texnikum tashkil etiladi. Maqbullashtirish natijasida bo‘shaydigan 71 ta muassasa binosi maktablarga aylantirilib, 42 mingta yangi o‘quvchi o‘rni yaratiladi.

Bundan tashqari, ilgari kollejlar turli vazirlik va idoralarga qarashli edi. Endi bu tizimda boshqaruv, tashkiliy va metodik jihatdan yagona davlat siyosati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan yuritiladi.

Kanalga ulanish: @Talim_Servis

Ta'lim Servis

16 Sep, 10:06


Respublika bo'ylab 50 000 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari ro'yxati. (2024-yil uchun tumanlar kesimida)

Do‘stlaringizga ham ulashing, ajabmas, siz tufayli ish topib ketsa

Kanalga ulanish: @Talim_Servis

Ta'lim Servis

04 Sep, 02:22


Hurmatli ustozlar,
Qadrli o‘quvchilar!


Avvalo barchangizni jonajon O‘zbekistonimiz mustaqilligining 33 yillik bayrami hamda bugungi yana bir katta shodiyona — “Bilimlar kuni” bilan samimiy tabriklayman.

Aytish lozimki, so‘nggi yillarda maktabgacha va maktab ta’limi tizimida olib borilayotgan izchil islohotlar natijasida sohadagi har bir jabhada katta o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Bugun ta’lim tizimida mehnat qilayotgan yuz minglab ustozlarimiz bu islohotlar samarasini o‘z faoliyati misolida ko‘rmoqda, his etmoqda.

Muhtaram Prezidentimiz mustaqillik bayrami munosabati bilan yo‘llagan tabrigida bu fikrlarimizga hamohang ravishda Yangi O‘zbekistonni barpo etishda avvalo sifatli ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yishni birinchi navbatdagi vazifa ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, “Muammolarimizning yechimi savollarimizning javobi faqat va faqat ta’limda. Hamma eshiklarni ochadigan kalit ham – faqat va faqat ta’lim va tarbiyadir” degan so‘zlari ham biz soha xodimlariga katta mas’uliyat va ishonch bag‘ishlaydi.

Bugun maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan 700 mingga yaqin o‘g‘il-qizlarimiz hamda ularning ota-onalari, yaqinlari yuragidagi hayajon ular qatorida barcha ustozlarimiz qalbini ham egallagan desam, yanglishmagan bo‘laman. Zero, muqaddas maskan — ta’lim dargohiga bilim istab kelayotgan bolalarimiz bizning ertangi ishonchimiz, suyanchimizdir.

Aziz o‘quvchilar!

Yana bir bor barchangizni bugungi bayram, quvonchli kun bilan qizg‘in tabriklayman. Bilim cho‘qqilarini zabt etishda barchangizga katta muvaffaqiyatlar tilayman.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri

Ta'lim Servis

03 Sep, 12:41


Ma’lumki, Prezidentning 2022-yil 22-iyundagi PQ-289-son qaroriga muvofiq pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi.

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan sirtqi ta’lim shakliga pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan abituriyentlar qabul qilinadigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi. Bular:

-boshlang‘ich ta’lim
-tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
-musiqa ta’limi
-jismoniy madaniyat
-texnologik ta’lim

Aksariyat abituriyent va ularning ota-onalari ushbu qarordan biroz norozi bo'lishadi.

Lekin bunday qarorlar qabul qilinishidan norozilik bildirishimiz emas balki xursand bo'lishimiz kerak deb bilaman. Chunki bizning farzandlarimiz bilimli, malakali, pedagogik salohiyati yuqori bo'lgan o'qituvchilardan ta'lim olishi kelajakda yetuk mutaxasis bo'lib yetishishlariga katta yordam beradi.

Kanalga ulanish: @Talim_Servis

Ta'lim Servis

03 Sep, 11:08


Hozirgi kunda ko'plab abiturientlarni o'ylantirayotgan savol: Qaysi yo'nalishlarda sirtiq ta'lim mavjud emas?

2022 yil 21 iyundagi PQ-289-sonli qaroriga asosan 2023/2024 o‘quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining quyidagi 14 ta ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi:

60110600 — Matematika va informatika
60110700 — Fizika va astronomiya
60110800 — Kimyo
60110900 — Biologiya
60111000 — Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari
60111400 — O‘zbek tili va adabiyoti
60111500 — Ona tili va adabiyoti (tillar bo‘yicha)
60111600 — O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili
60111700 — O‘zga tilli guruhlarda rus tili
60111800 — Xorijiy til va adabiyoti (tillar bo‘yicha)
60112000 — Chaqiriqqacha harbiy ta’lim
60112500 — Maktab menejmenti
60112600 — Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (tillar bo‘yicha)
60112700 — Maxsus pedagogika (faoliyat turlari bo‘yicha)

@talim_servis sizlar uchun ishonchli ma'lumotlarni ulashadi

Ta'lim Servis

03 Sep, 09:41


Ayrim xususiy universitetlar haqida million jamoasidan qora yumor

@talim_servis

Ta'lim Servis

02 Sep, 02:16


Kanalga ulanish: @Talim_Servis

Ta'lim Servis

31 Aug, 04:09


🇺🇿 Bundan roppa-rosa 33 yil avval, 1991-yil, 31-avgust:

“Men shu bugundan e’tiboran 1-sentabrni Mustaqillik kuni – umumxalq bayrami deb e’lon qilishni taklif etaman!” – Islom Abdugʻaniyevich Karimov

Kanalga ulanish: @Talim_Servis

Ta'lim Servis

28 Aug, 13:28


💳 Pensiya to‘lovlarini bank plastik kartasida oluvchi fuqarolarning sentyabr oyi uchun pensiya to‘lovlari 1-sentyabr kuniga qadar plastik kartalariga o‘tkazib beriladi.

☝️ Naqd pul shaklida pensiya oluvchilar esa nafaqalarini 4-sentyabr kunidan boshlab Xalq banki sayyor kassalaridan grafikka muvofiq olishlari mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, Prezidentning “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq sentyabr oyida pensiyalar miqdori 15 foizga oshirilgan holatda to‘lanadi.


Kanalga ulanish: @Talim_Servis

Ta'lim Servis

25 Aug, 10:57


Hurmatli yurtdoshlar!

Agar daraxt kesilishi, chiqindi tashlanishi va boshqa shu kabi atrof-muhitga zarar yetkazadigan holatlarga duch kelsangiz, bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining (71) 207-11-07, (71) 207-11-08, 1157 va 1207 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingizni so'raymiz.

Shuningdek, murojaatlaringizni @ecogovuz_bot orqali matn, surat va video shaklida yuborishingiz ham mumkin.

Unutmang! Sizning murojaatingiz biz uchun muhim!
__

Уважаемые соотечественники!

Если вы столкнулись с ситуациями, связанными с нанесением ущерба окружающей среде, такими как вырубка деревьев, сброс мусора в неположенном месте и другими экологическими нарушениями, просим сообщить об этом в Министерство экологии, охраны окружающей среды и изменения климата, позвонив на телефонные номера (71) 207-11-07, (71) 207-11-08, 1157 и 1207.

Вы также можете отправить свое обращение в виде текста, фотографий и видео в телеграм-бот @ecogovuz_bot.

Нам важно каждое обращение!

📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X |🌐 YouTube

Ta'lim Servis

23 Aug, 01:27


📌 1-oktabrdan o'qituvchilar oyligi 15 foizga oshirilmoqda, ular endi qancha oylik oladi?

Maktab direktori:
4 mln 696 ming 805 so'm (400 o'quvchigacha);
5 mln 015 ming 054 so'm (401-880 o'quvchigacha);
5 mln 317 ming 901 so'm (881-1600 o'quvchigacha);
5 mln 625 ming 394 so'm (1600dan ortiq).

Direktor o'rinbosarlari: (MMIBDO, O'TIBDO)
4 mln 386 ming 677 so'm (400 o'quvchigacha);
4 mln 696 ming 805 so'm (401-880 o'quvchigacha);
5 mln 015 ming 054 so'm (881-1600 o'quvchigacha);
5 mln 317 ming 901 so'm (1600dan ortiq).

Direktorning xoʻjalik ishlari bo'yicha o'rinbosari:
1 mln 779 ming 871 so'm (400 o'quvchigacha);
2 mln 030 ming 275 so'm (401-880 o'quvchigacha);
2 mln 111 ming 025 so'm (881-1600 o'quvchigacha);
2 mln 286 ming 447 so'm (1600dan ortiq).

CHQBT rahbari:
Mutaxassis 3 mln 390 ming 824 so'm;
Ikkinchi toifali 3 mln 796 ming 213 so'm;
Birinchi toifali - 4 mln 230 ming 138 so'm;
Oliy toifali 4 mln 674 ming 594 so'm.

Psixologlar:
Oliy ma'lumotli psixolog - 3 mln 051 ming 742 so'm;
Ikkinchi toifali psixolog - 3 mln 268 ming 047 so'm;
Birinchi toifali psixolog - 3 mln 489 ming 865 so'm;
Oliy toifali psixolog - 3 mln 702 ming 280 so'm.

O'qituvchilar:
O'rta maxsus ma'lumotli o'qituvchi - 3 mln 169 ming 623 so'm;
Oliy ma'lumotli o'qituvchi - 3 mln 390 ming 824 so'm;
Ikkinchi toifali o'qituvchi - 3 mln 796 ming 213 so'm;
Birinchi toifali o'qituvchi - 4 mln 230 ming 138 so'm;
Oliy toifali o'qituvchi - 4 mln 674 ming 594 so'm.

Maktab laboranti:
1 mln 604 ming 647 so'm.

Kadrlar boʻyicha menejer:
1 mln 598 ming 520 so'm.

Kutubxona mudiri:
O'rta maxsus ma'lumotli - 2 mln 135 ming 861 so'm;
Oliy ma'lumotli 2 mln 330 ming 402 so'm.

Kutubxonachi:
O'rta maxsus ma'lumotli - 1 mln 852 ming 107 so'm;
Oliy ma'lumotli - 1 mln 949 ming 589 so'm.
Kanalga ulanish: @Talim_Servis

Ta'lim Servis

22 Aug, 14:57


ℹ️ Referal manzil orqali do'stlaringizni botga taklif qiling va pul ishlab toping.

👨‍👩‍👦 Referal orqali qo'shilganlar: 0 dona

Sizning referal manzilingiz 👇

t.me/Open_Bujetpul_bot?start=1900720319

Ta'lim Servis

20 Aug, 12:35


Magistratura javobi bugun chiqadimi?
#abituriyent

JAVOB: Yo‘q, bugun chiqmaydi. Umuman olganda magistraturaga o‘qishga kirish bo‘yicha yakuniy javob yaqin kunlarda chiqishi kutilmayapti, kamida yana 1 haftalar kutilsa kerak.

Sababi hozirda talabgorlar tomonidan topshirilgan xorijiy tilni bilishni tasdiqlovchi sertifikatlar tekshirilmoqda. Afsuski, orasida soxtalari ham bor. Shuning uchun har bir sertifikat asosi rasmiy hujjatlar orqali tekshirilmoqda.

Bunda eng ko‘p vaqt O‘zbekistonda emas, xorijda olingan sertifikatlarni tekshirish jarayoniga ketayotganini aytishdi.

Xullas, yaqin bir hafta ichida magistratura javoblari chiqmasa kerak, kutib o‘tirmang.


Kanalga ulanish: @Talim_Servis