Assalomu alaykum, uzr, bitta iltimos bilan murojaat qilaman, agar iloji bo'lsa shu gaplarni gruppaga qo'ysangiz!
Xurmatli ayollar! Ming bor uzr lekin, bu absurd talabnomalarngizni ko'rib odam bir jaxli chiqadi, bir kulgisi keladi, sizlardan iltimos, ko'rpaga qarab oyoq uzatishni ham sal o'rganinglar,
Shu talabmi??? Kuyov toshkentlik bo'sinmush, hint, yaman, abarigen tilini biladigan bo'sin, yogo bilan shug'illanib havoda muallaq turadigan bo'sin, USA citizen bo'sin, Baydenni nevarasi bo'sin...
Kelin xijobdaaa emush, e shubham bor kerak bo'lsa, xijobdagi ayol unaqa rasist, egoist, turmush ortidan manfaat izlaydigan bo'maydi,
birinchidan u sizlar aytayotgan erkak u yo'q odam, bred pit bilan jonni depp chatishmasini topolmaysilar,
agar shunaqa siz izlayotgan erkak bor bo'lsa uni o'ziga loyiq egasi bo'ladi, egasi bo'magan taqdirdayam unaqa erkakka siz loyiq bo'lolasizmi degan savol ham bor,
e baraka topgurlar, shunchalik xijobda ekansizlar nahot ilmingiz yetmasa Inson eng oliy mavjudodligiga, Alloh yaratgan mo'jiza ya'niy inson zotini saralashga, uni sortga ajratishga qanday vijdon yo'l qo'yadi?
Erga tegish niyat bo'lmasa e'lon bermay o'sha ushalmas orzularni o'ylaaab yashayveringlar, nima keragi bor erkak zotini tabaqaga ajratib, kimnidur kamsitib
Dakumenti bo'sin unisi bo'sin bunisi bo'sin, xujjati bo'ladimi bo'maydimi olguvchiyam berguvchiyam Allohligini unuttilaring,
manfaat, pul, status, dakumenti, tili, irqiga qarab turmush qurilmaydi, faqaat talab qo'yavermasdan,
Allohdan baxt so'rashni ham o'rganaylik azizlar!
Negativ fikr bildirishga shoshilmay, yuqoridagi gaplarni neytralni o'lab ko'ringlar.
Ta'sir doirasi kuchliroq bo'lishi uchun aytilgan metaforalar kimlargadur qattiq botgan bo'lsa uzr!
Murojaat uchun @YUPITERLIK77
https://t.me/SOVCHILARAMERICA