Ijtimoiy, siyosiy hayotda bo'hron bormi, birinchi bo'lib ayollar otilib chiqadi, bu yo'lda hamma qurbonlikni bo'yniga oladi. Bu otilib chiqish olqishlanmaydi, lekin ayolning bundan boshqa yo"li bo'lmaydi.
Hamma buni ayolning komfortga intilishi deb atadi. Albattada, qullik komfort emas, erkinlikka esa ayol jamiyatimizda eng ko"p ehtiyoj sezayotgan qatlam. Meni o'ylantirgani, nega faqat ayollar komfortga intiladi deyishadi, nima erkaklar uchun qullik komfortmi?!
Bugun romanchiligimiz haqida gapira turib, romannavis ayollar nega shoiralardek taniqli emas deb savol berishdi. Muhim savol, o'ylamagan ekanman, o'ylash kerak. Lekin butun dunyoda ayol romannavislar allaqachon nasrni qo'lga olib bo'ldi. Menimcha, o'zbek adabiyoti ham bu tendensiyadan endi chetda qolmaydi. Yana bir narsa - bizda azaldan she'riyat o'quvchisi ko'p bo'lgan.
Umuman, ma'ruza yakunida mazkur 10 yillikda ham ayollar adabiyot va jamiyatda yorib chiqolmaydi, chunki ular o'ziga o'zi senzor degan fikr yangradi.
Ha, shunday bo"lish ehtimoli katta. Agar shunday bo"lar ekan, demak, ayollar yetarli darajada jonidan to'ymagan (90-yillardagi "poxol" ayollardek), fikrini himoya qilish uchun yetarli bilimga ega emas ( afsuski, shu eng oqsaydiganimiz, buni yaqinda yozadiganim "Konfessial she'riyat" maqolamda tushintiraman. Ayollar o'zini o'zi tushintirib bermasa, ularni tushinadigan qatlam shakllanib chiqmadi, tushintirish uchun esa bilim kerak), oxirgi sabab esa siyosiy - siyosiy erkinlik yo'qmi, bu avvalo ayollar va bolalar hayotidagi totalitarizm bilan ko'rinadi. Ayollar fikr erkinligini namoyon qilib, hokimiyatga da'vo qilmas ekan, biz hech qanday feminizm yo adabiyotdagi ayollar inqilobi, tafakkur erki haqida gapirolmaymiz. Hamma ma'nodagi hokimiyat uchun kurash motivi ayollar ijodida afsuski ko'zga ko'rinmas darajada zaif.
Uyg'onish uchun o'zbek ayollari faqat dard aytuvchi bo"lishdan ayovsiz jangchiga aylana olishi kerak. Yomon tomoni siyosat va jamiyatda fikr erkinligi bo"lmasa bu ayollar bo'g'izlanadi. Aftidan, 20 asr boshida jadidlar o'limni bo'yniga olib yozganidek endi ayollar tom ma'noda shuni bo'yniga olishi kerak. Balki hayotning o'zi shunga majbur qilar. Ayol o'ta emotsional mavjudotki, oldindan biror narsa aytib bo'lmaydi, ammo qizlarjonlar, bilimni oshiraylik, fikr aytish va uni himoya qila olishning birdan bir vositasi bilim - biz tomonimizda faqat bilim va jasorat bor, boshqa hech kim va hech narsa biz taraf emas!