OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ @ozodatemurova_kacademy Channel on Telegram

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

@ozodatemurova_kacademy


Murojaat: @OzodaTemurova1
Chat: https://OzodaT
Instagram: https://www.instagram.com/k_academy_korean?i

๐Ÿ’ก K-Academy - "Ilmdan ortig'ini ulashamiz"

Yo'nalishlar:
Bepul darslar
TOPIK darslari
K-Speaking club
K-Intervyu
Quiz on Korea
K-Zakovat
EPS darslari

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ (Uzbek)

OzodaTemurova va uning K-Academy Telegram kanalini taniylik! Bu kanalning maqsadi - 'Ilmdan ortig'ini ulashamiz'. Bu kanalda bepul darslar, TOPIK darslari, K-Speaking club, K-Intervyu, Quiz on Korea, K-Zakovat va EPS darslari o'tkaziladi. Agar siz Koreyaga oid bilimlarni oshirishni istasangiz, OzodaTemurova | K-Academy kanaliga obuna bo'ling! Kanalga murojaat uchun @OzodaTemurova1 orqali bog'lanishingiz mumkin. Tadbirkorlar va Koreya sevganlar uchun yangi bilimlar o'rganish imkoniyatlarini kengaytiring!

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

15 Jan, 10:51


Shu vaqtgacha ko'p Zakovatda bo'ldim. Masjid imomlarigacha qatnashgan Zakovatlarda ham.

Lekin shu safargisidagina har bir savolga Qur'on oyati va hadisning arabcha isboti bilan javob beradigan 2 ta insonni ko'rdim.


Va ular hamma kabi Janubiy Koreyada yashab, ish, o'qish va boshqa yumushlar bilan bo'lsa ham 3 yilda Qur'on Hofizi bo'lib yetishishibdi.

Ularni shaxsan taniganim Allohni ne'mati deb bilaman. Ulardagi Qur'oniy odob esa bu alohida mavzu !

Endi savol sizni ulardan ortiq joyingiz nima ?

Zakovatda qatnashmaganlar sizlarga achinishdan ko'ra shu kabi Qur'oniy davra tilab qolaman. Ilmni qadriga yetadiganlardan etsin.

Assalomu Alaykum va Rohmatullohi va Barokatuh.

@OzodaTemurova_KAcademy
"Ilmdan ortig'ini ulashamiz"

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

15 Jan, 06:17


Shu Tejon masjidimizning telegram profilini ulashaman.

Va men ham asosan shu profilda bo'laman endi:


@abuhanefa_ic

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

15 Jan, 06:03


Zakovat | Tejon Ligasi

Tejon shahridagi ilk Zakovat musobaqasini ham boshlab oldik. 12-yanvar sanasidagi qizg'in musobaqa natijalari:

1-o'rin: "Muqorrobiyn"
2-o'rin: "Hanafiyya"
3-o'rin: "Umid" jamoalari

"Buxoriy" jamoasiga esa alohida minnatdorchilik bildiramiz.

Ushbu Zakovatdan biz o'rgangan ilmlar:

- Qur'on yodlashda "Usmoniy" uslub qiyin lekin eng afzali ekan
- raqobatni ham halimlik bilan qilish mumkin ekan
- Sardorlar bellashuvida Muqorrobiyn jamoasi sardori har bir raqibni tabrikladi. Bu birodarchilikdan
- foydali savollar orqali qanchalik ilmsiz ekanimizni angladik
- kuchli raqiblardan ko'p o'rgandik
- 5 soat qanday o'tganini sezmaydigan darajada ajoyib ilm halqasi bo'ldi
- masjid faqat namoz emas balki ilm kabi hamma ibodatlar uchun ekanligi isbotlandi
- Zakovat ilm va harakatimizni samarali o'lchab bizga oyna tutdi

Eng muhimi esa, Alloh Taoloning arqonini mahkam tutishda bardavomlik nasib etsin.

Assalomu Alaykum va Rohmatullohi va Barokatuh.

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

14 Jan, 14:14


O'quvchimizdan bugungi darsdan o'rgangan ilmlari ekan

1. Ilmga bepisandlik qilmaslik kerak, zero ilimni tepasida Alloh turibdi.
2. Ilmdagi qarz hayotdagi qarz kabidir.
3. Ilmli insonga yaqin yurish kerak chunki ilmidan yuqadi.
4. Matn yozayotgan paytda so'zlar orasida bir barmoq sig'adigan bo'sh joy qolishi kk.
5. Nafs ilmdan uzoqlashtiradi.
6. Dars uchun kurashish kerak.
7. Hamma narsani qonun qoidasi bn qilsa natija yaxshi bo'ladi.
8. ๋“ฃ๊ธฐ ishlashda 3 ta qonun qoidasiga amal qilib ishlash kerak. Bular
9. 1)๋“ฃ๊ธฐ savollaridan oldinda yurish(yaโ€™ni oldindan javoblarni uqib olgan bulish)
10. 2)eโ€™tibor qaratish kerak bolgan joylarni belgilab ketish.
11. 3)javob variantlarda kelgan hodisalarni tasavvur qilish kerak. Tasavvur eslab qolishimiz va fikrimizni jamlanishiga koproq hissa qoshado.
12. Agar qilayotgan ishimizdan chalg'isak barakasi ketadi.
13. Suhbat paytida diqqatli bo'lishimiz kerak.
14. ๋“ฃ๊ธฐ ni oshirmoqchi bo'lsak dialoglarni audiosinj har kuni eshitish kerak. Oddiy eโ€™tiborsizlik bilan emas, balki, ana usha dialogni manosini toliq tushuna oladigan diqqat bilan eshitish kerak. Har kuni
15. Yana ๋“ฃ๊ธฐ ni oshirish uchun yaxshi usul bu uni 1,5x 2x da . Shunda biz imtihonga kirganimizda 1x dagi holat ancha hotirjam eshitiladi biz uchun osondek korinadi va bu biz tesni yaxshi yechishimizga yordam beradi.
16. Tasavvur shunday narsaki u bizga yanada aniqroq tushuntirib beradi.
17. Har bir ishni sherik bilan qilgan yaxshi.
18. Test yechayotganda 3 ta variantda bir xil manzara berilb 4-si ortiqchadek tuyulsa ayni usha variantni ๋“ฃ๊ธฐni uqishidan oldin chiqarib tashlasa boladi.
19. Ilmga kirgan insonni nafs albatta uzoqlashtirishga harakat qiladi shuninh uchun biz u bilan doim kurashishimiz kerak.
20. Har bir ishda muntazam bo'lish kerak shundagina natija bilinadi.
21. Har bir ishni raqobatlashib qilgan yaxshi.
22. Ilmni bir tiyn qilgan insonni ilm ham hurmat qilmaydi.
23. Vaqtni qadrlash kerak. Va unga amal qilish kerak.
24. ๋“ฃ๊ธฐ savollari boshlanishidan oldin uni tushuntirib beradi 35-58 sekund oralig'ida. Ana usha paytda javob variantlarni koproq uqib olishga ulgurishimiz kk
25. Dars qonuniga doim rioya qilish kerak

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

14 Jan, 09:19


19-yanvar TOPIK imtixoniga tayyorgarliklarimizdan

Ilmni sevuvchilarni eng birinchi sharti intizom.

O'quvchilarimizdagi intizom usuli โ€” vazifalar dars tugagan zahotiyoq jo'natilishiga undashdir.

Nima uchun deb o'ylaysiz?

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

13 Jan, 02:36


Janubiy Koreyadagi musulmonlar qabristoni qayerda joylashganini bilasizmi?

https://www.instagram.com/reel/DEv5y7Cvr-2/?igsh=MWd3bzRvMHJmdjFqbA==

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

11 Jan, 10:23


Zakovat qabulining muhlatiga 2.5 soat qoldi. Va bizda yana 1 guruhga joy bor.

Ilmdan qolishni xohlamaganlar uchun harakat qilishni ayni vaqti

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

10 Jan, 11:58


2025-yilning eng birinchi Zakovat chempionatiga ro'yhatdan o'tish muhlat shanba 22:00 gacha

Lekin ogohlantiramiz. Bu Zakovat maydoni hamma uchun emas. Lekin:

- ilmdan qo'rqmaydiganlarga
- yutqazishni ham ilmiy g'alaba deb biladiganlarga
- foydali xatoni qilishdan uyalmaydiganlarga
- ilmni qadrlaydiganlarga
- yangi va kuchli do'stlar orttirishni xohlaydiganlarga
- himmatli musulmonlar qanday bo'lishini ko'rishni xohlaganlarga
- ilm halqasi va birodarchilik arqonini mahkam tutadiganlarga
- va yangi tajriba hamda networkingni foydasini anglaganlar uchundir.

Shundaylarni safimizga chorlab qolamiz. Faqat yigitlar jang maydonida ilmiy jangga qanchalik chiniqqansiz sinab ko'ramiz.

Zakovat bu harakatingiz va ilmingiz o'lcho'vidir. Uni o'lchamasangiz o'smaydi !

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

10 Jan, 11:36


19-yanvar TOPIK imtixoni uchun bepul 3 ta dars

Assalamu Alaykum ! 98-TOPIK imtixonga ro'yhatdan o'tib tayyorlanayotgan talabalarga oxirgi haftasi bepul dars hadya qilmoqchimiz.

Bundan maqsad o'z o'quvchilarimizga sherik va kuchli raqobatchi izlamoqdamiz. Agar kimda bepul dars olish niyati bo'lsa @OzodaTemurova1 profiliga shu xabarni jo'natsin. Sino'vsiz darsga qabul qilamiz.

Oxirgi hafta:

1. Xatolar ustida ishlash
2. Kamchiliklarni to'ldirish
3. Test ishlash formulalari
4. Ssigiga oid usullar
5. Yakuniy maslahatlar beriladi


Dars vaqti: dushanba, chorshanba, juma 20:00 (Koreya vaqtida)

Sizni darsda kutamiz. Barchangizni ilmingizga barokat tilaymiz !

@OzodaTemurova_KAcademy
"Ilmdan ortig'ini ulashamiz"

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

10 Jan, 06:14


Zakovat namuna savoli #4

Bu galgi savol Ustoz Valijon Turakulovdan.

Savolni eshitib javob berishga harakat qilib ko'ring. Ilmga bo'lgan himmatingiz va harakatingiz natijasini kutamiz.

@OzodaTemurova_KAcademy
"Ilmdan ortig'ini ulashamiz"

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

09 Jan, 21:35


Zakovat namuna savoli #3

Diqqat savol:

Shu mustasnoni nimaligini topib ko'ring.

Biz ilmingiz va harakatingizga ishonamiz. Ilm uchun kurashuvchi sodiqlardan bo'lish nasib etsin barchangizga !

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

09 Jan, 07:19


Hali maqtanmaganim o'quvchilarim qancha !

O'quvchilarimni birgina qadriyati va sifoti haqida so'zlab ro'yhat qilsam kitob o'qigandek bo'lasiz.

Allohim mening shunday ne'matlarimni panohida asrasin, ilmini ziyoda, taqvosini mustahkam etsin. Duolarimizni ko'p etsinki, shu duo ostidagi tomchilari o'z farzandlarimga ham nasib etsin !

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

08 Jan, 22:33


Zakovat namuna savoli N1 ga eng birinchi berilgan to'g'ri javob egasiga koreys tili darslarimiz uchun 50% chegirma taqdim etamiz.

Ilmni qadrini biladiganlarni Alloh qadrlaydi. Tabriklayman !

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

08 Jan, 22:25


Zakovat namuna savoli

(Oldingi savollardan ulashamiz)

Diqqat savol:

Tohir Malik nima uchun turib ketib qolganini topib ko'ring.

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

08 Jan, 06:04


Halollikni tekshiruvchi bot

Janubiy Koreyadagi vatandoshimiz tomonidan mahsulotlarni rasmga olib tarkibini halol yo unday emasligini tekshirib beradigan bot tuzilibdi.

"Assalom aleykum, ovqat mahsulotrlarini tekshiradigan telegram bot chiqardik. Mahsulotni tarkibini rasmi yuklansa uni sun'iy intellekt tekshirib, tarkibida halol bo'lmagan narsalarni topishga yordam beradi. Ishlatib ko'rilar. Raxmat"

Ps: vatandoshlarning ishlarini qo'llab-quvvatlang.

@OzodaTemurova_KAcademy
"Ilmdan ortig'ini ulashamiz"

https://t.me/meatCheckerBot

#bot #telegram

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

08 Jan, 03:35


Zakovat namuna savoli

Dejonliklar uchun hali Zakovat kabi networking meetinglari begona bo'lishi mumkin deb savollardan namuna ulashamiz. Mardi maydonlar esa uni topishidan xursand bo'lamiz.

Diqqat:

"Chunki siz Muhammadsiz" kitobida "Sahobalar masjidda namoz uchun hamisha o'ng taraf uchun bir-biri bilan bellashishgani" aytiladi.

Endi savol:

Bu samimiy va go'zal bellashuv nima maqsadda edi?

800 yillik musulmoniy uyg'onishga hissa qo'shadigan kuchli musulmon bormi oramizda?

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

07 Jan, 14:04


Chet ellik video kontent ustalari

๐ŸŽฅ Asosiy vazifalar
Qisqa shakldagi kontent ishlab chiqarish (roliklar, YouTube shortilari, TikTok)
Brend/tashviqot videosi
Mahsulotni suratga olish va reklama videosi

๐Ÿ“ Ish sharoitlari
Turi: To'liq kunlik xodim (3 oylik sinov muddati)
Ish vaqti: haftasiga 5 kun

Ps: hozirgi davrda videograflarga talab katta

@OzodaTemurova_KAcademy
"Ilmdan ortig'ini ulashamiz"

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

07 Jan, 01:23


Zakovat | "Yangi yildan emas, Bugundan"

(Bu soni Janubiy Koreyadagi yigitlar uchun faqat)

Sana: 12-yanvar
Soat: 11:00-16:00
Manzil: Abu Hanifa masjidi

Maxsus mehmonlar:

1. Qur'on Hofizi
Mavzu: "Qur'on yodlash yo'llari"
2. Nodirbek Mahtumov
Mavzu: "Koreyada ish topish va ish muhitiga moslashish"


Homiylar:
1. K-Academy koreys tili markazi
2. Daeji visa agency
3. "Bali Resto" Sheikh Hossain restorani

Mukofotlar:

1-o'rin: 300.000 von
2-o'rin: 150.000 von
3-o'rin: 100.000 von


- 6 tagacha jamoa,
- har bir jamoada 5-6 kishigacha
- jamoasi borlar jamoa nomingiz bilan ro'yhatdan o'tib,
- jamoasi yo'qlarga yakka tartibda ro'yhatdan o'tsa jamoa tuzib beramiz

Ro'yhatdan o'tish uchun:
https://forms.gle/VpAf3A7Y3AzJ2CWB6

Yangi yil bilan archaga emas, yangi ilm bilan nusratga intilishimiz kerak !

@OzodaTemurova_KAcademy
"Ilmdan ortig'ini ulashamiz"

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

07 Jan, 01:16


Sizlar uchun maxsus xabarimiz bor !

Bir necha daqiqalarda maxsus yangilimizni aytamiz....

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

06 Jan, 02:48


๐Ÿ“Œ E-9 vizasidan E-7-4 vizasiga oโ€˜tish yashash talabi quyidagicha:
๐Ÿ”–
โ€ข Soโ€˜nggi 10 yil ichida E-9 yoki H-2 vizasi bilan kamida 4 yil davomida Koreyada yashagan xorijliklar.

๐Ÿ“Poytaxt hududidan tashqarida (Seul, Gyonggi, Incheon hududlari bundan mustasno) kamida 3 yil yashagan va mahalliy hokimiyat organlarining tavsiyasini olgan xorijliklar.

โ€ข Hozirgi ish joyida yillik maoshi 26 million von yoki undan yuqori boโ€˜lgan va keyingi 2 yil davomida E-7-4 vizasi asosida ishlash shartnomasiga ega boโ€˜lgan xorijliklar.

โ€ข Hozirgi ish joyida kamida 1 yil davomida ishlayotgan korxonaning tavsiyanomasini olgan xorijliklar.


โœ‰๏ธ๐Ÿ“ž
Biz bilan bog'lanish: https://linktr.ee/lohas_uz
Ish vaqti 09:00~18:00 โ€ผ๏ธ
Bizning manzil:
๊ฒฝ๋ถ ๊ตฌ๋ฏธ์‹œ ์ธ๋™๊ฐ€์‚ฐ๋กœ 14, 4์ธต ๋ฒ•๋ฌด๋ฒ•์ธ ๋กœํ•˜์Šค

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

04 Jan, 06:30


Instagram sahifamizda yangilik !

Nimani o'zgartirganimizni sezdingizmi?

Sahifamiz:
https://www.instagram.com/k_academy_korean/profilecard/?igsh=MXg5OWc3bm13ZHoydg==

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

03 Jan, 05:29


2025-YIL 1-YANVARDAN BOSHLAB ID KARTA(์™ธ๊ตญ์ธ๋“ฑ๋ก์ฆ)NI OLISH UCHUN ARIZA BERUVCHILAR DIQQATIGA.

2025-Yil 1-Yanvardan boshlab elektron chip(IC) o'rnatilgan ID karta berilishni boshlaydi. Va shunga ko'ra ID karta narxi oshirildi.
(Avval 30,000 ~ oshirilgan narxi 35,000)

Kimlar uchun: 2025-Yil 1-Yanvardan ID karta olish uchun ariza bergan shaxslar uchun

Bu muddatdan avval ID karta olganlar o'zgartirmasdan foydalansa bo'ladi
(Lekin ID kartani yangi chipli ID kartaga o'zgartirmoqchi bo'lganlar oshirilgan narxni to'lab ID karta olishingiz mumkin)


Instagram |  Youtube | Telegram

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

29 Dec, 07:00


Ilm yo'lida birodarlar bilan xayrlashishning ilmi shunday bo'ladi.

Xuddi g'azotdagi bir jangchimizdan ayrilgandek his qilamiz-u, lekin chin talaba ilmdan uzoq tanaffus qilmasligini ham bilamiz :)

@OzodaTemurova_KAcademy
"Ilmdan ortig'ini ulashamiz"

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

25 Dec, 14:08


๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ทIshga: Seul xalqaro markaziga

Chet elliklarni qo'llab-quvvatlovchi "Seul Xalqaro markazi" (Seoul Global Center) ma'lumotlar berish markaziga ishga qabul qiladi.
Koreyadagilar uchun!

Ish haqida:
- Chet elliklarga kerakli ma'lumotlar berish
- Immigratsiya, tibbiyot, mehnat, administratsiya va boshqa masalalarda yordam berish
- Tashrif buyuruvchilarga, telefon, ijtimoiy aloqa va email orqali ma'lumotlar ulashish
- Markaz hizmatidan foydalanganlar uchun so'rovnoma tashkil qilish

Talablar:
- 60 yoshdan kichik bilish
- O'zbek tilini yaxshi bilish va tarjima qila olish
- Koreys tilini kamida TOPIK 4-darajasida bilish
- Ishlash uchun ruxsat (immigratsiyadan) ola oladigan nomzod

Qo'shimcha imkoniyat beriladiganlar:
- Shu ish yo'nalishiga mos sohani bitirganlar
- Ma'lumotlar berish borasida sertifikat egasi
- Chet elliklarni qo'llab-quvvatlash markazida ish tajribasi borlar

Ish tartibi haqida:
- Haftasiga 2 kun, umumiy 12 soat
- Ish vaqti soat 09:00 - 16:00 gacha, tushlik vaqti 1 soat (12:00 - 13:00)

To'lov:
- 1 soat uchun 11,779 won
- 1 kunga transport harajati uchun 5,000 won
Agar 1 kunlik ish vaqti 4 soatdan oshsa, ovqat uchun 9,000 won alohida beriladi

Ariza topshirish uchun:
Quyidagi ariza va boshqa hujjatlarni to'ldirib, [email protected] emailiga yuborishingiz kerak.

Hujjat topshirish muddati:
7-yanvargacha

1-bosqich, hujjatlarni ko'rib chiqishdan o'tgan nomzodlar 10-yanvar kuni e'lon qilinadi.
Suhbat, ya'ni 2-bosqich 16-yanvar kuni bo'lib o'tadi.

Yakuniy natija: 23-yanvar kuni e'lon qilinadi.

Ish boshlash sanasi:
3-fevral.

Manba va to'liq ma'lumot uchun:
https://global.seoul.go.kr/web/news/news/bordContDetail.do?mode=W&brd_no=2&post_no=29EBBA353DAA01D6E063C0A8A02329F9&lang=ko


P.s. Agar siz Koreya davlat ishxonasida ishlab ko'rmoqchi bo'lsangiz bu siz uchun yaxshi imkoniyat. Seul shahar hokimiyatida 2 marta malaka oshirgan odam sifatida tavsiya qilaman:)

@allimtv

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

25 Dec, 03:52


Mabodo bilmaganlar bo'lsa eslatib o'tmoqchiman Yaponiyada anchadan beri yashab xozirda nufuzli joylarda ishlab o'z ishini professional darajada biladigan hamyurtlarimiz UPJ (Uzbek Professionals in Japan) deb nomlangan yopiq guruh tashkil qilishgan. Men uzim ham yarim yilcha oldin qo'shilib qoldim ancha ijobiy taassurotdaman.

Albatta xar birimiz nimani qachon va qanday qilishni o'zimiz yaxshi bilamiz bizga hech kimni aql o'rgatishi shart emas. O'zimiz eplaymiz.
Lekin shunaqa vaziyat bo'ladi siz anchadan beri Yaponiyada yashab nimanidir notug'ri qilib yurgan yoki umuman befoyda eskirgan usuldan foydalanib yurgan bo'lishingiz mumkin. Sezmaysiz buni.
Shunaqa paytda sizga o'zizga o'xhshagan Yaponiyada yashab va ishlab yurgan tengdoshlarizni tajribasi va fikri asd qotishi mumkin. Networking uchunam ilm almashish yoki umuman rejalarizni charxlash uchun ham UPJ sizga mos bo'lishi mumkin.

Qo'shilaman menam kiraman deganlar juda ko'p lekin shunday bo'lsada eslatib bildirib qo'yish muhimdek tuyuldi sababi haqqatan shunaqa guruhga extiyoj sezib yurganlar kam emas.

Juda ko'p tanishim Yaponiyada ishlab yashab izolyatsia (iniga kirib bekinib olish sindromi) xolati bor. Yani ish-uy-ish-uy. Albatta bu yomon emas ammo biroq lekin tomoni bor. Bizni asl yashash tarzimiz unday emas ediku. Bizda Vatanda to'y-marosim, tug'ilgan kun va xokazo yig'inlar bo'lib turardi. Yaponiya da esa robotga uxshab 2 ta joy orasida borib kelib yuradigan bo'lib qolganmiz.

Impuls(turtki) bermayapti hech kim va hech narsa. Ayniqsa yangi odamlar bilan gaplashish ,o'zizdek musofir ishlab yurgan odamlar fikr almashish yutuqlar va muommolarni ulashish faqat ijobiy yordam bo'lsa kerak.

Man inidan chiqib xayoti o'zgargan dunyo qarashi o'zgargan va eng muhimi moddiy tomondan ijobiy o'zgarib maoshini 2-3 martaga oshirgan hamyurtlarimizni ko'pisini taniyman. Aksariyat shunaqa yig'ilish va fikr almashish joylariga kelib turishi evaziga bo'lgan.

Biron bir O'zbekistonlik muvaffaqiyatga erishsa u albatta tanishlarini yoniga oladi, bu dunyo qoidasi o'rmon qoidasi, bo'rilar to'da bo'lib ov qilganda ularni orasida qo'y yoki quyonni ko'rganmisiz?! yo'q . Xuddi shunday muvaffaqiyat yana atrofdagi boshqa Vatandoshlarga yangi imkoniyat yangi risq ulashib boraveradi.

Sizni uxlashdan oldingi shirin orzu xavaslariz borku yostiqni tagiga qo'lizni tiqib ehee deb o'ylashni boshlidigan orzulariz, zo'r maosh olish yaxshi joylarga borish, bular hammamizda bo'ladigan narsa faqat sizni original orzulariz emas ular.
Shuning uchun yaxshilab o'ylab ko'ring yolg'iz otni changi chiqmaydi.

Biz shunaqa jonzotmizda o'zi, ongimiz bor lekin uni ishlatmaymiz, masalan sizga kimdir 10,000 yen bersin xursand bulasiz, lekin 3 milion yenlik maslahat bersa raxmatam demaysiz. Shaxsan man hamma joyga burnimni tiqib qo'shilib gaplashib qatanashib yurdim, ancha vaqtim pulim ketti tan olaman lekin qaytimi ham bo'ldi. Tadbirga qatnashib ketgazgan xarajatlarimni 10-20 baravar qaytarib oldim.

Shu joyda to'xtataman gapimni , chunki uje tushungan tushundi tushunmagan yana orzu qilishda davom etaversin.

Post egasi: Sohib Madaminov

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

24 Dec, 05:18


โ€œKNUF TALKSโ€ tanlovi ๐Ÿ†

Sovrinlar:
๐Ÿ† 1-oโ€˜rin: $300 + qoโ€˜l soati + 1 million von
๐Ÿฅˆ 2-oสปrin: 200$+ naushniklar+500.000 von
๐Ÿฅ‰ 3-oโ€˜rin: 100$ + quvvat banki + 300 000 von
Ariza topshirish muddati:

๐Ÿ—“5-yanvargacha

1-tur:
Quyidagi mavzulardan birida ingliz yoki koreys tillarida 2 daqiqalik video nutq tayyorlang:

"Nega men koreys/ingliz tilini o'rganishni boshladim"
"Men Koreyaga tashrif buyurmoqchi bo'lgan shahar"
"Men sinab ko'rmoqchi bo'lgan koreys taomi"
Koreys madaniyati haqidagi fikrlarim (K-POP, dramalar, filmlar, ish, ijtimoiy tadbirlar).

2-tur:
๐Ÿ“ 18-yanvar kuni Samarqand shahrida 5 daqiqalik nutq (yakuniy mavzular 10-yanvar kuni birinchi bosqich natijalariga ko'ra e'lon qilinadi) taqdim etiladi.

Qatnasha olmaydi:
Oldin KNUF TALKS da qatnashganlar
Magistratura talabalari
Ingliz va koreys tillari o'qituvchilari.
Koreys yoki ingliz tillari asosiy til bo'lgan mamlakatlarda o'qigan yoki yashagan talabalar.

Qanday murojaat qilish kerak:

๐Ÿ“ฉ @KNUFTALKS

+998 95 264 07 00
+998 94 011 09 95

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

23 Dec, 21:06


๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟIshga: Rus tili ustozi

Koreyaning Kangwon viloyati ta'lim agentligi Rus tili ustozi yordamchi ustozi ish o'rniga mos nomzodni izlamoqda.

Ish haqida: Rus tili darsi (haftasiga 18 soatdan 22 soatgacha), Ustozlar malakasini oshirishga yordam, Rus tili bo'yicha lager tashkil qilishga yordam.

Majburiy talablar:
1) F-4, F-5, F-6 vizasi bor yoki ustoz sifatida ishlash uchun E-2 vizasini ola oladigan nomzod;
2) Rus tili yo'nalishida bakalavr yoki bundan yuqori daraja diplomiga (Koreya yoki o'z yurtidagi universitet) ega bo'lgan nomzod;
3) 62 yoshdan oshmagan odam (erkak yoki ayol farqi yo'q)

Qo'shimcha imkoniyatga egalar (quyidagilar bo'lsa yaxshi bo'lmasa ham hujjat topshira olasiz):
1 - Koreys tilini yaxshi bilish
2 - Ta'lim yo'nalishi mutaxassisi
3 - Ta'lim berish sertifikati bor nomzod
4 - Ta'lim yo'nalishida 1 yildan oshiq tajribasi bor nomzod

Ish muddati: 2026-yil, fevral oyiga. Muddat tugagach shartnoma uzaytirilishi mumkin

Oylik: Soliqdan oldin 2 200 000 won + turar joy harajatlari + qo'shimcha ish uchun to'lov. 26 kunlik ta'til.

Hujjat topshirish muddati: 15-yanvargacha
Kerakli hujjatlarni (quyidagi ariza va boshqa) [email protected] emailiga yuborishingiz kerak.

Muhim: Bu ishga qiziqqanlar quyidagi ariza va ish haqida ma'lumot (์ฑ„์šฉ๊ณต๊ณ )ni yaxshilab ko'rib chiqishlari kerak!

P.s. E-2 vizasini ola oladigan nomzodlar ham ko'rib chiqilar ekan. Bu degani O'zbekistondagi Rus tili yo'nalishida o'qib, Koreys tilini yaxshi biladiganlar ham topshirib ko'rishlari mumkinga o'xshidi. Qiziqqanlar hujjatlarni yaxshilab ko'rib chiqila:)

@allimtv

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

20 Dec, 13:37


Amaliyot dasturi
(Internship program)


Magistratura yoki doktorantura bosqichida oโ€˜qiyotgan yoki yaqinda bitirgan, barcha millatlardagi ingliz tilini biladigan talabalar uchun. Green Climate Fund (GCF) tomonidan taklif etilayotgan 2025-yilgi amaliyot dasturi Incheon, Songdoda joylashgan.

Amaliyotchilarga oyiga 1 300 AQSh dollari miqdorida stipendiya beriladi. Qiziquvchilar harakat qilib koโ€˜rsa boโ€˜ladi.Arizalarni 2025-yil 12-yanvargacha topshirishingiz mumkin ekan.

Men ham bu haqda toโ€˜liq bilmayman, balki kimdir uchun foydali boโ€˜lar deb, havolani ulashyapman. Quyidagi havoladan batafsil tanishib chiqishingiz mumkin~

https://jobs.greenclimate.fund/go/INTERNSHIPS/2830001/?fbclid=IwY2xjawHSUh5leHRuA2FlbQIxMQABHQgrJS6340ssWNg6uFjEkJBGj6r8xaOzcIAb0YEeOxl3937kpgkeMcooFA_aem_GqZQVngIqL3CxRLAOOWddQ

Manbaa: Maftuna Narzullayeva

@OzodaTemurova_KAcademy
"Ilmdan ortig'ini ulashamiz"

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

18 Dec, 07:26


๐–๐จ๐จ๐ซ๐ข๐ฆ๐จ๐›๐ข๐ฅ๐ž ๐ข๐ฌ๐ก๐ ๐š ๐ญ๐š๐ค๐ฅ๐ข๐Ÿ ๐ช๐ข๐ฅ๐š๐๐ข

Talablar:
โœ… Oโ€™zbek, Rus va Koreys tillarida gaplasha olish
โœ… Xaftada 5 kun ishlay olish
โœ… Jamoa bilan ishlay olish
โœ… Xushmuomala va mijozlar bilan ishlay olish

๐Ÿ“Ish joyi Seoul

Resumeni telegram yoki gmail dan yuborishingiz mumkin mumkin

(Telegram raqam: +821025961133)

Ps: Seulda juda ko'p yangi kelgan talaba qizlar ishlab yuribdi. Bu ularga juda as qotadi.

@OzodaTemurova_KAcademy
"Ilmdan ortig'ini ulashamiz"

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

18 Dec, 06:21


Shaxsiy e'lon

Surxondan bir o'quvchim bor edi. Ismlari Sherxon Ziyoyev adashmasam. Shu xabarni ko'rib turgan bo'lsangiz @OzodaTemurova1 ga yozsangiz.

Sizga muhim xabar bor edi :)
Oldindam rahmat.

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

18 Dec, 03:10


Koreyslar uchun dekret puli oyiga 2,5 million vonga (1,740 dollar) yetadi.

Bandlik va mehnat vazirligi mabaasiga ko'ra ota-onalarning dekret pulini oshish qonuni 2025-yil 1-yanvardan kuchga kiradi. Shuningdek, ishchilar yosh bolalarni tarbiyalayotganlar foydalanadigan ota-ona taโ€™tillari va yangi tugโ€˜ilgan chaqaloqlarning ota-onalari foydalanadigan tugโ€˜ruq taโ€™tiliga bir vaqtning oโ€˜zida ariza berishlari mumkin boโ€˜ladi. Agar ish beruvchilar ariza olingan kundan boshlab ikki hafta ichida ota-ona ta'tilini ma'qullamasa, xodimlarga talabiga binoan ta'tilga ruxsat beriladi.

Oylik ota-ona ta'tillari miqdori 1,5 million vondan 2,5 million vongacha ko'tariladi.

O'zligi, millati, madaniyati yo'qolib ketmasligi uchun tish-tirnog'i bilan kurashish shunday bo'lsa kerak

@OzodaTemurova_KAcademy
"Ilmdan ortig'ini ulashamiz"

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

17 Dec, 22:34


#ish_eloni

Tarjimonlarga talab har doim bo'lgan

@OzodaTemurova_KAcademy
"Ilmdan ortig'ini ulashamiz"

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

15 Dec, 12:37


#foydali

"Hamma uchun qiziq bo'lgan KIIP imtihoni haqida aytib ketmoqchi edim.

Kopchilikni xabari bo'lsa kerak kecha 2024/12/14
2024๋…„ PBT ์ข…ํ•ฉํ‰๊ฐ€ (์˜์ฃผ) bo'lib o'tdi. Imtihonda o'zim ham qatnashdim.

1. Imtihon boshlanish vaqti 13:00 boshlanadi, lekin imtihon bo'ladigan joyga 12:30 gacha aniq kirib joyizni topib olishingiz kerak. Imtihon topshiradiganlar yillariga qarab guruhlarga bo'lib qo'yilarkan masalan (96) (98)

2. 13:00 gacha ism familiya tekshirilib kerakli qog'ozlar to'ldiriladi va 13:00 da test tarqatiladi. Testda 1-15 gacha bo'lgan savollar o'ta oson agar TOPIK 4 yoki undan yuqori bo'lsa ko'z yumib yechish mumkin. 15 dan keyingi savollar hammasi kitobdan tushadi jami 36 ta savol ekan.

Test vaqti 13:50 gacha. 13:50da sizga boshqa qog'oz tarqatiladi. Bu ์“ฐ๊ธฐ uchun. 13:55 da yozish uchun mavzu tarqatiladi va 5 daqiqa u mavzuni tushinib olishiz uchun vaqt beriladi.

Kechagi imtihonda tushgan savollar:

1. ํ•œ๊ตญ์— ์ฒ˜์Œ ์™”์„ ๋•Œ ์ข‹์•„ํ–ˆ๋˜ ์ ์ด ๋ญก๋‹ˆ๊นŒ
2. ํ•œ๊ตญ์— ์ฒ˜์Œ ์™”์„ ๋•Œ ์–ด๋ ค์› ๋˜ ์ ์ด ๋ญก๋‹ˆ๊นŒ?
3. ์–ด๋–ป๊ฒŒ ๊ทน๋ณต ํ•˜์…จ์Šต๋‹ˆ๊นŒ?
์“ฐ๊ธฐ yozish uchun faqat 10 daqiqa vaqt beriladi 200 ta so'z yozsangiz bo'ldi.

3) Intervyu:
์“ฐ๊ธฐ tugagandan keyin hamma boshqa xonaga ko'chirilib yiliga qarab interyuga chaqiriladi eng maksimum 2 soat kutish mumkin.

Interyuga 2 kishilab kiriladi birinchi stol ustida telst bo'ladi. Shuni o'qish uchun 3 daqiqacha vaqt beradi. O'qiysiz va sizdan shu qog'ozdagi mavzu bo'yicha 2 ta savol beradi. Javobni qog'ozga qarab o'qib bersangiz bo'ladi. 3-savoli erkin savol bo'ladi. Kitobdan emas interyu oladigan ikkinchi kishi 3 ta savol beradi. Hammasi kitobdan bo'ladi. Iloji boricha gapirishga harakat qilgan yaxshi gapirganiz uchun ham ball beradi.
Hammaga omad ๐Ÿ˜

Post facebook guruhdan olindi.
Muallif: Khojal Boykhanova

@OzodaTemurova_KAcademy
"Ilmdan ortig'ini ulashamiz"

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

14 Dec, 09:16


Siz o'zbeklar judayam aqllisizlar, faqat buni o'zlaringiz bilmaysizlar..

Ilmiy rahbarim bilan bugun shu haqda gaplashdik. Professorim Koreyada men ko'rgan eng qattiqqo'l kishi bo'lsa kerak. Senga ochiq aytaman, xafa bo'lmaysan, dedi u kishi:

"Siz o'zbeklar aslida juda ham aqlli xalqsizlar. Sizlardagi salohiyat menda bo'lsa edi, deyman.
ํ•˜์ง€๋งŒ ์•ˆํƒ€๊นŒ์šด ๊ฒŒ ๋ญ”์ง€ ์•„์„ธ์š”?(Lekin afsuslanadigan tomoni nimaligini bilasizmi?) Sizlar bola-chaqa, pul-uy deb asl vazifalaringni unutasizlar. Agar sizlar rostakamiga o'qisalaringiz bilasizmi nima bo'lardi, Koreyadan o'zib ketgan bo'lardilaring. Men uchratgan ba'zi o'zbeklar meni ilmi bilan lol qoldirgan. O'shandan beri shunday kishilarni uchratmadim.. Chinakamiga o'qisalaring o'sha uy ham, pul ham ortig'i bilan topilardi. Lekin sizlar o'sha narsalarni ilm orqali emas, qora mehnat orqali olishga urunayotganlaring meni o'ylantiradi."

Professorga indamadim, lekin sekundlar ichida ko'z oldimda gavdalandi. TILSHUNOSLIKning bilimlarini oshxonada servis ko'rsatish yoki zavodlarda upakovka qilishga sovurayotgan talaba, tekpeda ishlab beli chiqib ketay deb azoblanayotgan BIZNES BOSHQARUVIdagi talaba, haftada bir martalik o'qishni izlab, qolgan kunlari TURIZM fakultetining darslarini "chanob" ga tikayotgan talabalar xayolimga keldi. Ular orasida men ham borman...

Bir taniqli kishi aytgan edi: "Oโ€˜zbekistonda qanchadan-qancha Ilon Masklar, Jek Malar bozorda arava tortib yuribdi." Hozir ularning ba'zilari Koreyada ishini davom ettirayapti (Bu hammaga tegishli emas, chin dildan oโ€˜qib, yetuk mutaxasis boโ€˜layotganlarga havasdamiz.) Biz xatoni qilib boโ€˜ldik, uy-joy xashamatni mutaxasisligimiz ustiga chiqib tepkilab, qora mehnatimizni sotib moddiyatga erishdik, bilimiz evaziga olishni afzal bilmadik. Koreyaga endi kelganlar, kelmoqchi bo'lganlar, biz qilgan xatoni qilmang. Bizga koโ€˜oโ€˜oโ€˜p Valijon Turaqulovlar kerak (bu kishi ham Koreyada oโ€˜qib ketgan, koโ€˜pchilik tanisa kerak.)
Professorning menga aytgan gaplari sizga ham tegishli:

ASLIDA QANCHALIK BILIMLI, SALOHIYATLI EKANLIGINGIZNI BILGANINGIZDA EDI..
QORA MEHNATNI EMAS, ILMNI TANLAGAN BOโ€˜LAR EDINGIZ!

Post egasi: Malohat Gafforova

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

14 Dec, 08:35


Prezident impitchment qilindi.

Parlament amaldagi prezidentni impichment qilish haqida ikkinchi marta ovoz berdi va bu safar 204 ta ovoz bilan qaror qabul qilindi.

Bugundan boshlab prezident lavozimdan ketdi va uning vakolatlari Bosh vazirga oโ€™tdi.

Endi 3 oy ichida Konstitutsion sud impichment jarayoni qonuniy oโ€™tganini telshirib yakuniy qaror chiqaradi. Baribir ungacha ham prezident lavozimda ishlay olmaydi.

https://t.me/koreavisalaw

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

12 Dec, 04:30


Jarima aslida mukofot, qiyinchilik esa aslida ne'mat

O'quvchilarimizga darsdagi o'zlashtirishlarida belgilangan raqamlar bor. Bu raqamlardan 1 ball tushib ketsa ham jarima belgilanadi.

Va bu safargi N39 guruhimizning jazosi ular uchun mukofotdek bo'libdi.

Unda ustoz tomonidan belgilangan jazo aslida nima edi? Kim topib ko'radi?

@OzodaTemurova_KAcademy
"Ilmdan ortig'ini ulashamiz"

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

12 Dec, 04:27


Tarjimonlik ishi

@OzodaTemurova_KAcademy
"Ilmdan ortig'ini ulashamiz"

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

10 Dec, 04:09


O'quvchimizdan darsga oid ilmlarni so'rasak dars o'tish uslubiga oid ilmlar yozibdilar

Maqto'v kimga ham yoqmaydi. Ayniqsa nafsijon juda mazza qiladi-a ?

Lekin shu ta'riflarga loyiq bo'lish nasib etsinda. Duo qiling.

@OzodaTemurova_KAcademy
"Ilmdan ortig'ini ulashamiz"

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

01 Dec, 09:02


Halollik deganda mana men nimani tushunaman.

Menda o'qib yuqori natija olib, ololmay koreys tilidan dars o'tishni boshlaganlar juda ko'p. Va shunda bir arzimas deb biladiganimiz lekin eng muhimi ustozdan dars boshlashda duo yo ijoza (ruxsat) olish hal qiluvchi omildir.

Odob va taqvoda manaman deganlarini ham ko'rdik. Lekin ustozni norozi qilib ketib, yana ustozni xech bo'lmasa yonidan o'tib qo'ymasdan dars o'tishni boshlavorishgan. Lekin afsuski bu ishlarni guvohi bo'lganimiz shuki, ular yo uzoqqa bormagan yo rizqida barokatga erisholmagan. Harakati yo bilimi zo'r bo'lsa ham yillardirki TOPIK dan 4 ๊ธ‰ ham ololmayapti.

Takasur surasida ham Imom Buxoriyning bir jumlasini isboti bor: "Neki ishni qilmay, ularni o'z ilmi bilan (qoidasiga rioya etib) qildim" deydi. Aksincha bo'lsa zavol topadi.

Barchaga ham shunday hamma ishni aniq ilmi bilan qilishni tilaymiz. Afsuslarga sabab bo'lmasin uchun.

@OzodaTemurova_KAcademy
"Ilmdan ortig'ini ulashamiz"

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

30 Nov, 11:46


Chang'i uchish mavsumi kirib keldi. Chang'i uchishni bilmaydiganlar uchun esa Amir Temurdan maxsus dars:

https://www.instagram.com/reel/DC_l0rpBIhs/?igsh=MWthN2JqMTZjZDJlYw==

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

30 Nov, 04:46


Assalomu alaykum va Rohmatullohi va Barokatuh ustoz yaxshimisiz?

Ustoz men nodon shogirdiz 9-urunishda 6 ololdim Biiznillah๐Ÿฅน

Ustoz manashu darajaga yetib kelishimga sizni hissangiz judayam katta, Allohim sizni menga yo'llarimni yoritish uchun bir sham qilib bergan.

Ustoz menga bergan ilmlaringiz uchun rozi bo'ling. Men ularni haqqini ado qilolmaganman. Allohim sizga menga o'rgatgan ilmlaringiz uchun Jannatlaridan bir saroy nasib etsin. Meni eng yaxshi ko'rgan ustozimsiz, ilm irshodizdan menga ham nasib etsin ilohim, ustoz bittagina duo qilib qo'ying Allohim rozi bo'ladigan bandalaridan qilsin, ummatga manfaat yetkazuvchi, adolatli, islomimni mahkam tutgan inson bo'layin๐Ÿฅน

Ustoz hamma hammasi uchun rahmat sizdan juda ko'p narsa o'rganganmanโค๏ธ๐Ÿ€

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

29 Nov, 12:19


Koreyada 2 tagina bo'lgan Islomiy bog'chaning Seuldagisi haqida siz uchun video oldim:

https://www.instagram.com/reel/DC82kaePCwq/?igsh=MWYwbmlqb3R3dmIyZA==

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

29 Nov, 09:18


3๊ธ‰ dan 3 oyda 5๊ธ‰ ga sakragan o'quvchimiz !

TOPIK natijalari chiqdi. Va bizda eng birinchi xushxabar ajoyib natija bilan Javohir Begali O'g'lidan bo'ldi.

4๊ธ‰ dan 6๊ธ‰ ga sakragan o'quvchimiz bor lekin bu ko'rsatkich biz uchun yangi xushxabar !

Ishqilib 4๊ธ‰ hafa bo'lmasinda endi :)

Siri:

- vazifani qoldirmasdan bajargani
- darsda odob bilan ilmni hurmat qilgani
- va'dasiga sadoqat bilan davomiy ilm olgani
- darsda jim o'tirmay doim lider bo'lgani

Boshqalar ham shu qoidalarga rioya eting. Kam bo'lmaysiz.

@OzodaTemurova_KAcademy
"Ilmdan ortig'ini ulashamiz"

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

29 Nov, 06:37


Ijtimoiy so'rovnoma:

Ustozga va yoshi katta barchaga javob yozishi uchun o'quvchining "Alooo" deb yozishi odobdanmi?

Buni o'rinli deb biladiganlar bor ekan.

Sizning fikringiz muhim

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

28 Nov, 13:37


๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ทKOICA dan 2025-yilgi magistratura uchun grant

KOICA ofisi 2025 yil uchun uzoq muddatli magistratura dasturlari boโ€˜yicha birinchi qabulni eโ€™lon qiladi.

Talab qilinadigan hujjatlar
- KOICA ariza shakli
- Xalqaro pasport nusxasi
- Ish joyidan rasmiy xat

Ariza topshirish jarayoni
1. KOICA koโ€˜rsatmalari va universitet dasturlari haqidagi maโ€™lumotlarni yaxshilab oโ€˜rganing.
2. Ariza shaklini toโ€˜ldiring.
3. Barcha hujjatlarni PDF formatida quyidagi manzilga yuboring: [email protected]
-Ish joyingizdan rasmiy tavsiyanoma talab qilinadi. Agar sizning boโ€˜limingiz Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligidan KOICA stipendiya dasturi haqidagi rasmiy xatni olmagan boโ€˜lsa, bizga murojaat qiling, shunda biz sizning tashkilotingizga yoki boโ€˜limingizga rasmiy xat yuboramiz.

Ariza topshirish muddati: 2024-yil, 24-dekabrgacha

Talablar va moslik shartlari
- Kimlar qatnashishi mumkin: faqat davlat xizmatchilari va davlat sektori xodimlari.
- Barcha hujjatlar ingliz tilida taqdim etilishi kerak.
- Ism xalqaro pasportdagi ismingiz bilan bir xil boโ€˜lishi shart.
- Ariza shaklida universitet va dastur nomini aniq koโ€˜rsating.
- KOICA koโ€˜rsatmalari va dastur haqidagi maโ€™lumotlarni diqqat bilan oโ€˜rganing.
- Ariza shakllarini koโ€˜rsatmalarga muvofiq toโ€˜ldiring โ€“ toโ€˜liq boโ€˜lmagan arizalar qabul qilinmasligi mumkin.
- KOICA ariza shaklining 4-qismiga rasmiy muhr qoโ€˜yilishi shart.

Muhim eslatma: 2025-yil uchun ikkinchi qabul yilning ikkinchi yarmida oโ€˜tkaziladi. Bu oldingi yillarning qabul jadvalidan farq qiladi.

2025-yilgi stipendiya dasturlari haqidagi maโ€™lumotlarni quyidagi havoladan yuklab olishingiz mumkin:
[https://www.koica.go.kr/ciat/7815/subview.do](https://www.koica.go.kr/ciat/7815/subview.do)

Aloqa uchun ma'lumotlar
- Elektron pochta: [email protected]
- Telefon: +998-90-045-4228
Manba: KOICA telegram kanali

P.s. Mana sizlarga va'da qilingan KOICA granti. Ariza topshirishga shoshilinglar:)
#grant #koica #magistratura #phd #koreya

@allimtv

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

28 Nov, 05:06


1 soatdan so'ng natijangizni ko'rib ulashish esdan chiqmasin.

Natijangiz qanday chiqishidan qat'iy nazar o'zingizga ishoning. Intizom bilan yana davom eting.

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

26 Nov, 07:22


Kunduz kungi koreys tili darslari

Kechasi ishlagani sababidan kunduz vaqtiga dars olishi zarur bo'lganlar uchun dars joriy qilamiz.

Kimlar uchun:

- F2R vizasi uchun TOPIK 3
- E7 uchun TOPIK 4 ga harakat qilayotgan
- va kechasi ishlaydigan barchaga

Kunduz soat 15:00 da darslar mavjud. 8 kishigina qabul qilinadi.

Murojaat: @OzodaTemurova1

Eslatma: shoshilinch TOPIK natija kerak bo'lganlar darslarni qoldirmaslikni tavsiya qilaman.

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

26 Nov, 07:00


Koreyadagi yuridik firmamizning boshlig'i haqida:

https://www.instagram.com/reel/DC0zQ0FvZIQ/?igsh=MTNhczhpcWE5dHgwOQ==

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

26 Nov, 04:47


28-noyabrda 96-TOPIK imtixon natijasi chiqadi.

28-noyabr, payshanba soar 15:00 (11:00 Uzb vaqtida) TOPIK imtixon natijasini @topik.go.kr saytidan ko'rishingiz mumkin.

Saytga kirib tekshirish tartibi:

1. ๋กœ๊ทธ์ธ qilib
2. ๋งˆ์ดํŽ˜์ด์ง€ ga kirib
3. ์„ฑ์ ํ™•์ธ ga bosing.
4. Ball chiqsa ์ถœ๋ ฅ ni bosing

Hammaga TOPIK dan kutganidanda yaxshi natija tilaymiz !

@OzodaTemurova_KAcademy
"Ilmdan ortig'ini ulashamiz"

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

26 Nov, 00:34


O'quvchilarimdan eng yaxshi yangilik !

Bu kabi xabarlarni o'qib, ustozlik va koreys tilini yomon ko'rsam ham Alloh Taolo nima uchun menga bu kasbni taqdir etganini tushunaman.

Xech ish behikmat emas. Allohning ishlaridan hikmati ham buyuk.

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

25 Nov, 07:29


Koreyslardan yana nimani o'rganishimiz kerakligi haqida:

https://www.instagram.com/reel/DCyA91ov30N/?igsh=MWc4bTNhOHk1NXF3ag==

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

24 Nov, 16:27


#ish_eloni

Tahririyatga doimiy ishlaydigan tarjimon kerak

Vakansiya - ruscha/o'zbek tili tarjimoni

Majburiyatlari: yozma matnlarni rus tilidan oโ€˜zbek tiliga tarjima qilish. Matnni tuzatish.

Talablar: rus va oสปzbek tillarini ona tili darajasida bilish

Shartlar: markazdagi ofisda ishlash (dushanba-juma soat 9:00 dan 18:00 gacha), rasmiy ishga joylashish. 

To'liq stavka. Ish haqi suhbat natijalariga ko'ra belgilanadi.

Batafsil ma'lumot uchun Telegram'ga yozing va CV - @Media_7S_HR yuboring

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

24 Nov, 14:02


Koreyadagi toqqa chiqish va bundagi qadriyatlar haqida video.

Bizdagi toqqa chiqish bochkada mastava yeb xohlaganini qilish bo'lsa Koreyada ๋“ฑ์‚ฐ qanday maqsadda qilinadi?

Javobi videoda:

https://www.instagram.com/reel/DCwLpSnPXCd/?igsh=MW1kbW9qejhrdWk0ag==

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

15 Nov, 10:16


Nima deysiz? Birlasha olamizmi?

@OzodaTemurova_KAcademy
"Ilmdam ortig'ini ulashamiz"

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

13 Nov, 16:30


Daejeon shahridagi yangi masjid haqida !

https://www.instagram.com/reel/DCUWwMDSpSY/?igsh=MWhpZHB5YTMyZnR2eg==

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

13 Nov, 07:04


Ishxonadagi holat:

Bir rus ayol hujjat ishi bilan ishi tushib ofisimizga keldi. Meni hijobdaligimgami yo boshqa sababdan meni emas boshqa hodimni oldiga burilib ketdi.

Keyin rus tilida gapira oladigan, u boya borishdan qaytgan "hijobli qiz" ni oldiga barbir qaytdi :) Keyin ishi yaxshi bitib, muommosiga ham yechim topdi.

Xulosa:
Rus tili tishlab olmaydi, hijob esa g'ajib.

Ps: Avvalo rus tili ustozi bo'lgan dadamga va yoshligimda menga majburlab rus tilini o'rgatgan onamga ming rahmat
!

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

13 Nov, 02:31


#korea_herald_yangiliklari

Farzandingizda doimiy
kitob o'qishga mehr uyg'otish usuli?


Javob uchun uhlashdan oldin ularga ertak o'qish, hikoyalar so'zlash va kutubxonaga muntazam tashrif buyurish hayolga kelishi mumkin.

Koreyada ota-onalar orasida mashhur bo'lgan yana bir usul bor: bolalarni shaxsiy "Kitob o'qish Akademiyalari" ga yuborish.

Bu akademiyada muhlat beriladi, kitob o'qiladi, xulosalar aytilib munozalar qilinadi. Va tadqiqot natijasida bu Akademiyalarning natijasi juda ijobiy bo'layotgani aytilgan.

Tasavvur qilyapsizmi, kitob o'qiganlik uchun moshina mukofoti bermasa ham ota-onalar farzandlarini bu Akademiyalarga jo'natadi.

Boshqacharoq qilib aytsak, bizda o'quv markazlar bozoridagi yuqori raqobatda hali birorta ham "kitob o'qish kursi" ochilmagan.

Buning sababini kim biladi?

@OzodaTemurova_KAcademy
"Ilmdan ortig'ini ulashamiz"

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

11 Nov, 10:12


"K-Academy" oilasida yana bir g'alaba !

Kuni kecha kanalimizga joylagan xabarda bir tanlov e'lon qilingan edi. Shu tanlo'vda jamoamiz a'zosi, ingliz tili o'qituvchimiz Islombek Zokirov o'zlarini sinab ko'ribdilar.

Va natijada finalga chiqib ingliz tili yo'nalishida 1-o'rinni qo'lga kiritibdilar.

Islomda bir birodaringni yutug'i o'zingnikidek tuyilarkan. Yoki bir kishining g'alabasi barchanikidek his qilinar ekan. Shunday ekan, bu ajoyib g'alaba bilan barchani tabriklaymiz. Islom Ustozni Islomiy g'alaba bilan tabriklaymiz !

Borgan joyingiz va yurgan yo'lingizda hamisha Islom uchun nusrat keltirish nasib etsin ! Chunki Islomni o'zi g'alaba deganidir. Islom bilan bo'lganlar ham g'alabadadirlar !

Shu munosabat bilan barcha o'quvchilarimizdagi bugungi jarimalarni bekor qilib, noyabr oyi uchun bugun murojaat qiladigan barcha opa-singillar uchun 100% bepul 1oylik koreys tili darslari ta'minlab beramiz.

Aytganimizdek yutuq hammamiznikidir :)

@OzodaTemurova_KAcademy
"Ilmdam ortig'ini ulashamiz"

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

11 Nov, 02:18


TALABALAR UCHUN YANGILIK!

D-2 Talaba Vizadagi Talabalar uchun E-9 Vizasiga Oโ€™tish Imkoniyati

Endilikda D-2 vizasi bilan Koreyaga kelgan talabalar E-9 vizasiga o'tishi mumkin. E-9 vizasiga o'tish uchun quyidagi talablar mavjud:

1. Ta'lim: Talaba Koreyadagi mahalliy universitetni bitirgan bo'lishi kerak.
2. Fuqarolik: Talaba EPS tizimiga aโ€™zo davlatlardan biri fuqarosi bo'lishi lozim (O'zbekiston ham bu tizimga a'zo).
3. Ish qidirish: D-10 vizasida faoliyat yuritayotgan talaba o'z sohasida ish topa olmaganligini ko'rsatishi zarur.
4. Yosh: 18 yoshdan 39 yoshgacha.
5. Jinoiy tarix: Koreyada jinoiy ish sodir etmaslik va deportatsiya qilinmaslik.
6. Noqonuniy ish: Universitetda o'qish davomida noqonuniy ish bilan shug'ullanmaganligi.
7. Baholar: O'rtacha baholar C (4.5 ballik tizimda 1.7~2.0).
8. TOPIK: Korey tili darajasi 3 yoki undan yuqori.
9. Ish qidirish muddati: 3 oydan oshiq muddat davomida professional sohada ish qidirish.

D-2 dan E-9 vizasiga o'tish soni cheklangan: chet ellik ishchilarning 10% dan oshmasligi kerak, bu yil uchun 5000-6000 ta viza ajratilishi kutilmoqda.

Foyda: E-9 vizasi egalari, o'z ta'limini hisobga olgan holda, F-2 vizasiga o'tish imkoniyatiga ega bo'lishadi, bu esa doimiy yashash vizasini olish yo'lida yangi imkoniyatlar yaratadi.

https://t.me/koreavisalaw

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

10 Nov, 22:25


Ajoyib g'alaba In shaa Alloh !

Bu safargi 51 va 52 ์“ฐ๊ธฐ dan bir o'quvchimiz 20 balldan deyarli 20 ballik javob yozib chiqibdi. Juda xursand bo'ldim. Qizig'i xech qanday imloviy xatolar yo'q va grammatik jihatdan ham to'g'ri.

Ajoyib faxr va xursandchilik his qilarkan Ustoz. Asl natijasi 3 ๊ธ‰ edi. Va yangi natijaning esa sabablarini aytaman:

1. Muntazamlik: vazifa qoldirmagan kuni bo'lmadi

2. Faollik: jamoasida lider edi

3. Ilmni qadrladi va unga mehr berdi. Ilmni sizlab oldi

4. Ilm yuqishligi uchun barcha sabablarini qildi

5. Ustozni talabini bajardi: Amaliyotda juda ko'p mashq ishladi. TOPIK gacha bizda 50-100 tagacha mashqlar ishlanadi.

6. Kuchli intizom va natija uchun xohish

7. Vazifalarni ortig'i bilan bajarish


8. Ilmni qanday olish yo'liga tushib oldi. Oqimni his qildi. Ilm oson olinadigan navigatorni yoqdi.

Shu sabablardan endi bu o'quvchimizda 3๊ธ‰ dan 4๊ธ‰ ga emas 5๊ธ‰ ga sakrash ehtimoli bor. Tahminiy balli: 180-198 chiqishi kutilyapti.

Bu avvalo Alloh Taoloning irodasi va so'ng duolar bilan bo'ladi.

Natijani esa 19-dekabr 15:00 (Uzb 11:00) dan ko'rishingiz mumkin.

Barchaga imtihon natijasi nusrat keltirsin !

@OzodaTemurova_KAcademy
"Ilmdan ortig'ini ulashamiz"

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

10 Nov, 22:15


97-TOPIK ning 53 ์“ฐ๊ธฐ mashqi

Siz bo'lganingizda qanday yozgan bo'lardingiz. O'ylab ko'ring.

@OzodaTemurova_KAcademy
"Ilmdan ortig'ini ulashamiz"

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

10 Nov, 22:13


97-TOPIK ning 52 ์“ฐ๊ธฐ mashqi

Ishlab ko'ring. Biz ball beramiz.

@OzodaTemurova_KAcademy
"Ilmdan ortig'ini ulashamiz"

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

10 Nov, 22:11


97-TOPIK imtihonining 51 ์“ฐ๊ธฐ mashqi

Ishlab ko'ring. Biz ball beramiz.

@OzodaTemurova_KAcademy
"Ilmdan ortig'ini ulashamiz"

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

10 Nov, 12:28


#shaxsiy_murojaat

Obunachimizdan TOPIK va KIIP imtixonining farqi haqida savol kelibdi.


TOPIK (Test of Proficiency in Korean) va KIIP (Korean Immigration and Integration Program) imtihonlari Koreyada o'qish, ishlash yoki yashashni istaganlar uchun turli maqsadlar uchun mo'ljallangan. Ularning farqlari quyidagicha:

TOPIK:

Maqsad: TOPIK, Koreyadagi universitetlarga kirish yoki ishlash uchun talab qilinadigan Koreya tili bo'yicha malaka darajasini aniqlash imtihonidir. Ular koreys tilini o'rganayotgan chet elliklar uchun mo'ljallangan.

Tuzilishi: TOPIK ikki darajaga bo'linadi: TOPIK I (boshlang'ich va o'rta daraja) va TOPIK II (yuqori daraja). Imtihon yozma va og'zaki testlardan iborat bo'lib, tilni tushunish, o'qish, yozish va grammatikani o'z ichiga oladi.

Foydalanish: TOPIKni o'qish yoki ish joylashish maqsadida qo'llash mumkin, shuningdek, Koreyada yashash uchun tilni bilish darajasini ko'rsatish uchun ishlatiladi.

KIIP:

Maqsad: KIIP, Koreyaga ko'chib kelganlar uchun til va madaniyatni o'rganishga yordam berish maqsadida tashkil etilgan dasturdir. Bu imtihon Koreya hukumati tomonidan immigrantlarning tezroq moslashuvu uchun mo'ljallangan.

Tuzilishi: KIIP dasturining bosqichlari 1-dan 6-gacha mavjud. Dastur o'quvchilarni nafaqat koreys tilini, balki uning madaniyatini va jamiyatini o'rganishga ham qaratilgan.

Foydalanish: KIIP imtihoni muvaffaqiyatli topshirilgan holda, sizga Koreya fuqaroligini olish yoki boshqa ijtimoiy imtiyozlarni taqdim etish imkoniyatlarini yaratadi.

Xulosa:

TOPIK asosan koreys tilini bilishni baholashga mo'ljallangan imtihon bo'lsa, KIIP dasturi Koreyada yashashni boshlaganlarga madaniyat va tilni o'rganish imkonini beradigan, kengroq maqsadga xizmat qiluvchi dasturdir.

TOPIK ko'proq til malakasini o'lchaydi, KIIP esa ko'chib kelganlar uchun madaniy va til integratsiyasini targ'ib qiladi.

Siz yana qanday farqini bilasiz?

(Ma'lumot tezroq va to'liq bo'lishi uchun chatgpt dan olindi)

@OzodaTemurova_KAcademy
"Ilmdan ortig'ini ulashamiz"

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

10 Nov, 07:58


Imtixondan chiqqan insonlarga tavsiya:

1. Esingizda borida o'sha zahotiyoq nima savollar va javoblar bo'lganini telefonizga yozib qo'ying.

2. So'ng o'sha zahotiyoq o'zingizdagi kamchiliklarni analiz qilib yozing.

3. Keyingi qadamlar uchun reja tuzing.

4. Allohga hamd aytib uyingizga boring. Yo tushlik qilib oling.

5. Uyga borib ibodatlardan bo'shasangiz dam olib uhlang.

Siz bugun foydali ish qilib chiqdingiz. Zo'r ishlamagan taqdiringizda ham ko'zingiz ochildi. Xatolaringizni angladingiz. Endi shu xatolar ustida shug'ullaning.

Ilmingizga barokat bersin !

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

10 Nov, 00:49


O'quvchilarimga duo

Bugun 97-TOPIK imtixoni. Meni 8 ta o'quvchim imtixonga kirar ekan. Va duo so'rab yozishgan ularga duolarimiz:

Qayerga borsangiz ham siz Islomning bir parchasi ekaningizni unutmang !

Ilmingiz, natijangiz, yutuq va xatolaringiz va har bir qadamingiz Islom ekanini yodda tutib Islom uchun eng yaxshi natijani ko'rsatishga harakat qiling.

Ota-onangizni yuzini yorug' qiling. Ularni xushxabarlar bilan xursand etishni o'ylang.

"Buyuk Murabbiyga loyiq banda bo'lish nasib etsin. Hayrli ilmlaringiz xotiringizda hayrli natijalarga ulansin. Zehningiz o'tkir, diqqatingiz jam, sabringiz metin, irodangiz kuchli bo'lsin. Alloh Taolo siz uchun yo'lingizni oson, mushkulingizni yengil etsin. Ummat nomiga munosib farzand bo'lish nasib qilsin.

Yutuqlaringiz davomli, intizomingiz kuchli, duolaringiz ko'p bo'lsin. Amallaringiz Islomning nusratiga hissa qo'shadigan bo'lsin.

Men sizdan roziman. Alloh sizdan rozi bo'lsin. Omin !"

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

09 Nov, 14:41


Ertangi TOPIK imtixoniga ustki kiyim ham ovoling.

Issiq kiyining. Imtixon vaqti va undan keyin ham shamollab qolmang.

Ilm uchun eng avval sog'lik muhim !

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

09 Nov, 10:02


Koreys tilidan barcha guruhlarga qabul ochiq !

Dars tartibi:
1. Haftada 3 marta dars
2. Kechgi va kunduzgi darslar
3. Online zoom orqali
4. Dars videosi bilan birga
5. Dars 1.5 soat

Afzallik:

1. Eng yaxshi darslik
2. Davomiylik
3. Qattiqqo'l ustoz
4. Bepul lug'at kursi
5. Kuchli jamoa

Maqsad:
1. Umumiy koreys tili
2. Grammatika
3. Og'zaki nutqga ko'proq e'tibor berish
4. TOPIK/KIIP setifikat

To'lov:
Koreya: 70.000 won.
Uzb uchun: 300.000 so'm

Sinov darsiga kirish uchun murojaat: @OzodaTemurova1

5 oy oldin boshlagan guruhimiz hozir TOPIK topshiryapdi. Kutganlar esa qolib ketyapti.

@OzodaTemurova_KAcademy
"Ilmdan ortig'ini ulashamiz"

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

09 Nov, 07:02


Ertaga foydali suhbat bo'ladiganga o'xshayapti.

Shaxsan men:
1. Tajribalilardan tajriba o'rganish
2. Yangi ilmlar
3. Yangi shaxsiyat o'rganish
4. Va Gachon universitetidagi o'zbek professor opa bilan ko'rishgani boryapman. Ham Gachon men uchun bir vaqtlar kichik vatan edi. Odam o'zi yashagan joylarni sog'inarkan

Natijalarini albatta ulashaman.

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

09 Nov, 05:32


TOPIK 54 ์“ฐ๊ธฐ uchun Chat gpt bergan mavzular

Bilasizki, 10-noyabr muhim kun. 97-TOPIK imtixoniga kirib kamida 5-6 ๊ธ‰ uchun kurashadiganlar yengni shimarib, shu mavzularni yaxshilab qarab chiqing.

"Chat gptjon" dan o'tgan imtixon ham ehtimoliy mavzular so'ragandik. Va hayron qoladigan holati, u bergan mavzu haqiqatda imtixonda tushdi ๐Ÿ˜ƒ

Shunday ekan, XVIII-XIX asrdagi turkiy davlatni kuchsizlanishiga sabab bo'lgan 'zamonaviy texnikidan foydalanmay orqada qolib ketish' qoloqlik va qullikka olib kelganini unutmay siz ham zamon bilan teng yuring. Mayli oldinda yursangiz ham roziman.

Xullas, mavzularga insho yozib ko'ring. Albatta, jon deb o'qib chiqamiz !

@OzodaTemurova_KAcademy
"Ilmdan ortig'ini ulashamiz"

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

09 Nov, 03:46


Yana bir ajoyib holat !

6 tadan ortiq guruhlarimiz bo'lsa ham, u guruhlarda odam soni 20 kishigacha borib qolishi bu bizning an'anamizga aylanib qoldi.

Eplash, nazorat va teng adolat bilan ilm bera olish bu alohida mavzu :)

Barchaga ilmdan bardavomlik tilaymiz !

@OzodaTemurova_KAcademy
"Ilmdan ortig'ini ulashamiz"

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

08 Nov, 13:22


Va'da berilgan post "Qizlar uchun oila qurish arafasida ustozlardan tavsiyalar"

Janubiy Koreya, ya'ni chet elda oila qurish masalasi ba'zida yolg'iz qaror qabul qilish yo mustaqil ish tutish bo'lib qolmasligi uchun ustozlarning tavsiyasi post qilib ulashilyapti.

1. Avvalo o'zingiz to'g'ri bo'ling. O'z ustingizda ishlang. Diniy ilmingizni oshiring. Ko'proq foydali kitoblar o'qing. Unutmaslik kerakki, inson o'zi qanday bo'lsa, shunday juft uchraydi.

2. Sog'lom fikrlashni o'rganing. Ba'zi insonlarda toksik fikrlash juda kuchli. Nima qilayotgani yo nima qidirayotganini o'zi bilmaydi. Aybni boshqalardan izlash kuchli bo'ladi. G'iybat va yomon illatlardan uzoq bo'ling.

3. Atrofingizga ustoz va iymoni kuchli, harakatchan insonlarni to'plang. Unutmaslik kerakki, atrof-muhitingiz sizning xarakter va harakatingizga ta'sir qiladi.

4. Avvalo o'zingiz o'zingizni tanib oling, hayotdagi maqsadingizni aniqlang, nima va kimni xohlayotganingizni bilib oling. Bu barchasi esa robbisini tanishdan boshlanadi va osonlashadi.

5. Ibodatlarni qoldirmang. Ilmda bardavom bo'ling. Qur'on o'qib to'xtatmang. Bularda barokat, ajr va hayrlar ko'p. To'g'ri qaror va qadam bosishning asosi o'zi shu.

6. Uchrashuvga guvoh bilan chiqing. Shaxsiy raqamingizni bermang. Keyinchalik ortiqcha harakatlar bo'lmasligi uchun o'zingizga mahkam bo'ling.

7. Tushunvchan bo'ling. Uchrashuvni halol tarzda boshlab so'zlashganda talabchan bo'lmang. Yomon taraflarini ko'rishdan oldin siz ham mukammal emasligingizni eslang.

8. Dindorini tanlang. Moliyaviy, ruhiy, jismoniy va ilmiy darajalari to'g'ri muhim. Lekin hozir bu tomonda kamchiligi bo'lsa butun umr shunday o'tadi degani emas. 0-dan birga ko'tarilsangiz ajri yanada ko'proq va qadrliroq. Dunyoviy holati dunyogacha. Dini oxiratda Jannatgacha sizni birga olib boradi.

9. Uzoqni ko'zlab ish tuting. Ya'ni, hozir sizga chiroyli ko'rinishiga emas balki, maqsad va qadriyatlaringiz to'g'ri kelyaptimi yo yo'q shu muhim. Chiroyi yo puli o'tkinchi. Islomiy shahd va qadriyati sizga mos bo'lsa bu oila kuchli birlashuv hosil qilib ertaga katta ishlar qila oladi.

10. Qadrlang ! Yaxshi insonni topdingizmi, maqsad va qadriyatlari mos tushyapdimi (ozgina kamchiligi ko'rinsa ham) mahkam tutib qadrlang va ko'ngilni hafa qilmang. Halol bo'ling va Jannat "turmush o'rtoqning rizoligida" berilishini unutmang !

Hafa qilgan bo'lsam uzr. Post men emas ustoz deb hisoblagan akalarimizning so'zma-so'z fikri edi

Savollaringiz bo'lsa yozib qoldiring.


@OzodaTemurova_KAcademy
"Ilmdan ortig'ini ulashamiz"

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

23 Oct, 21:31


Kuzning jilovkor ranglaridan bahramand bo'lish sanalari

Ba'zi hududlarda 16-oktabrdan kirib keladigan kuzgi ranglar jilovi noyabr 10 gacha davom etadi. (Rasmda)

Va ayni shu vaqtda issiq kiyinib olishni tavsiya qilamiz.

Oltin kuz uchun manzaralar manzili:

1. Namsan minorasi
2. Changdeokgung Palace
3. Seoul Forest 
4. Nami Oroli
5. Yangju Nari Park
6. Wondaeri Birch forest 

 
Sayohatlarni sovuq havo sababli noyabrdan oldinroq vaqtda tavsiya etamiz.

Sentabr: 23ยฐ C
Oktabr: 13ยฐ C
Noyabr: 5ยฐ C

Manbaa: koreatour.com

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

23 Oct, 06:11


Koreya Universitetlarini bitirib E-7 vizasini olishni xohlaganlar uchun bandlik va mehnat vazirligi tomonidan ajoyib yangilik.

Koreya Universitetni bitirib hozirda ish qidirish(D-10) vizasini olgan chet elliklar uchun davlat tomonidan moliyalashtirilgan ta'lim(6oy) va eng kuchli kompaniyalarda amaliyot/Internship(6oy) o'tkaziladi. Va Koreyada E-7 vizasini olib ishlashga yo'naltiriladi.

Talablar:
1. D-10 vizasini yana 1yil uzaytira oladiganlar
2. TOPIK 3darajasi borlar

Ta'lim to'lovi: Bepul

Savollar uchun:
Telefon: 031-8041-1234
Email:
[email protected]

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

22 Oct, 21:30


#Koreyadagi_loyihalarni_tanishtirish

Yodingizda bo'lsa #tajriba_1_son da albatta hadya biling chiqish tavsiya etilgandi. Shu hadyaning eng go'zali bu kitobdir.

Inson borki, o'zini hurmat qilsa ilmni ham hurmat qiladi. Ilmni hurmat qilgan insonlar esa kitoblarni qadrlaydi, hamisha o'qib o'rganib boradi.

Bugun esa bir o'q bilan ikki quyon urish: sizga Janubiy Koreyada 3 yildan beri faoliyat olib boradigan kitob do'koni tanishtirib "ilmiy hadyalaringiz" uchun eng ishonchli manzilni ko'rsatmoqchiman.

Ps: shu post ostidagi videoda eng kerakli va foydali kitoblar jamlanibdi. O'zi kichik lekin hikmati buyuk kitoblar

Minnatdorchilik shart emas.

https://www.instagram.com/tekpebook?igsh=MTUxYTlhc2dpdjZyNA==

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

22 Oct, 06:11


Iqror

Koreys tilidan individual dars o'tmayman. Sababi shu yakka tartibdagi darslarimizning narxi 150-200kwn ekanligi, ya'ni bundan ortig'i ortiq yuk bo'lib, chetda ishlab tirikchilik qilib, ro'zg'or tebratadiganlar uchun qimmat deb bilardik.

Lekin bugun hamkasblar xech qanday dars o'tish tajribasi yo'q odamning onlayn individual darslari 500.000 kwn ekanligini aytib qolishdi. Guruhdagi online darslar esa 100-150kwn ekan. Va men iqrormanki, 4 yilga yaqin tajriba, o'qitish texnikasi, kuchli metodika va tizim bilan bizning darslar eng arzoni bo'lib qolgan ekan ๐Ÿ˜

Lekin bu narxlar oshadi degani emas albatta. Biz o'z prinsiplarga sodiqmiz. Lekin boshqalarni ham qoralash emas. Balki biz bilmasmiz, aslida ilmning qiymati shunday qimmat o'lchanishi kerakdir.

Bilmaydiganlar uchun esa bizning guruh darslari 70.000kwn.

O'zbekistondagilar uchun esa 300ming so'm.

Birni ko'rib fikr qilamiz, birni ko'rib shukr qilamiz. Bu hayotda odobsiz ham odob o'rgata olish mumkin.

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

22 Oct, 00:03


Shu o'quvchilarni shukrini ado qilishni iloji bormikina?

Kecha darsga ishdagi komandirovka sabab kirolmagandim. Ularga bildirib qo'ydim deb o'ylabman. Keyin qarasam ular rosa havotir olishibdi

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

21 Oct, 16:58


#tajriba_2_son

Oila qurish masalasi 2

Yigitlarga maslahat
(qizlarniki alohida chiqadi)

1. Qizni Koreyadan topish uchun manzil bu masjid. Masjiddagi imom va opalarga (erlari orqali) aytib niyatingizni bildiring. Masjidga ayollar darsi uchun doimiy boradigan qizlardan yaxshi kelinlar chiqadi.

2. Qidirganingizni topsangiz sms yozib bezovta qilmang o'rtaga tajribali odam qo'ying. Ming niyatingiz jiddiy bo'lsa ham qizni o'ziga to'g'ridan-to'g'ri yozish va uchrashuv haqida gapirish qiz bolani yerga uradi. Sababi qiz bola nozik hilqat. Unga dabdurustdan va o'zingiz aytishingiz dinimizda ham ma'qul ish emas. Ko'ngliga yo'lni o'sha opalar ham topib beradi.

3. Avval so'vchi keyin uchrashuv. Ko'pchilik avval uchrashuv keyin so'vchi qilishadi. Lekin bu mumkin emas Islomda. So'vchi bu niyatni bildirish yo uchrashishga ruxsat belgisi. So'vchi qo'ydiz endi uylanib ketasiz degani ham emas. Ko'ngillar o'zaro ilisa keyin....
Va uchrashib yurmasdan avval so'vchi qo'yishi yigit kishini mard va bir so'zliligini bildiradi.

4. Qizga yozganda va muomola qilganda imlo xatolarsiz, saviya bilan, madaniyatli va halimlik bilan murojaat qiling. Qiz bola sizni ko'chadagi jo'rangizmas xarakterizni ko'taradigan, unga gulga qilingan parvarishni qilish kerak. Lekin ertaga ayolizga aylansa hamma jinniliklarizni boshida ko'tarib yuradi. Xullas, sunnatdagi himmat va halimlikni unutmang.

5. Islomingizni o'rganing. Qiz bola o'zidan kuchli insonni qidiradi. Ya'ni, ilmda, moliyaviy tomonda, gavdada va intilishda. Qiz kuchli, siz es yonida lallayib qolsangiz 36 yoshda ham juft topolmaysiz. Islomingizga oid ko'p kitob o'qing va amal qiling. Amalsiz yigit viqorsiz tog' deganidir.

6. Har ikki tomondan belgi sezdizmi oxirigacha kurashing. Qiz bolani nozi bor, injiqligi bor. Ba'zida qizlar atay rad etadi ham sinab ko'rish uchun. Chunki niyati jiddiy insongina oxirigi imkoniyatigacha kurashadi. Salga taslim bo'ladigan kuchsiz inson ertaga qizni kelajagini ta'minlab berishiga ishonmaydi. Hayotda qanchalik sino'vlarga kurashuvchansiz shunda bilinadi.

Yozganlarim kimgadur og'ir botgan bo'lsa uzr.

Hammaga baxt yo'lida Allohning halol yo'li nasib etsin !

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

21 Oct, 14:33


OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ pinned ยซ#ish_eloni Video montajchi va mobilograflik o'rni Dejon shahridagi video montajchi va mobilograflarga murojaat: - haftada 2 kun yo har kun 2 soatli video sur'atga olish va montajga imkon qilsangiz - kreativ bo'lsangiz - Tejon shahrida qo'shimcha ish izlayotganโ€ฆยป

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

21 Oct, 08:03


#ish_eloni

Video montajchi va mobilograflik o'rni


Dejon shahridagi video montajchi va mobilograflarga murojaat:

- haftada 2 kun yo har kun 2 soatli video sur'atga olish va montajga imkon qilsangiz

- kreativ bo'lsangiz

- Tejon shahrida qo'shimcha ish izlayotgan bo'lsangiz

Sizga freelancer yo doimiy ishlashga imkoniyat bor.

Ish soati va oylik masalalari suhbatdan so'ng aniq bo'ladi.

O'zingiz haqingizda
1. Ism familiyangiz
2. Montaj ishlaringizdan
namunani @OzodaTemurova1 ga jo'natib qo'ysangiz xursand bo'lamiz.

@OzodaTemurova_KAcademy
"Ilmdan ortig'ini ulashamiz"

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

20 Oct, 21:41


#tajriba_1_son

Oila qurish masalasi


Bu mavzuni xech qachon ochmasam kerak deb o'ylagandim. Lekin deyarli hammadagi muommo ekanligi sabab ulashmoqchiman.

Munosib juft topa olmaslik hozirda hammadagi dolzarb muommo. Shu sabab foydali bo'ladi deb ustozlarning (va qizlarning o'zini ham) fikrlaridan ozgina tavsiyalar ulashaman. Bu ham yigit ham qizlarga tegishli. Munosib juft topish uchun:

1. Avvalo ota-onangizni tanlo'viga tayaning. Ularning tanlo'vi ko'p holatda to'g'ri bo'ladi. Lekin diniy ilmi va maqsadlaringiz mos tushishiga ham qarang. Bundan ortiq ko'p talab qo'ymaslikka harakat qiling (Tahajjud namozi esa yakuniy qarorni hal etsin)

2. Ibodatlarda ko'p duo eting. Balki duo qilishiz uchun kechiktiryotgan bo'lishi ham mumkin. Bir inson bor namozida doim solih(a) juft so'rayvergan. Juda oson topilgan. Biri birinchi sovchidayoq topilgan.

3. Muhim: agar vizangiz juftingizni chaqirishga yetmasa unda Koreyada o'ziz yashagan va o'qigan universitet atrofini qarang. Chiqadi (shu vizangiz juftizni chaqirishga yetmasa 8 yillar juftidan uzoqda yashayotganlar bor bu mumkin emas aslida) lekin o'zi yordam bersin.

4. Avvalo o'zingiz tayyor bo'ling. Ko'p qizlarni eshitamiz "o'zimdan ilm va intilishda kuchlisi bo'lsa xop" deyishadi. Bu to'g'ri, ular ma'suliyatlilarni qidirishga haqqi bor. Demakki, diniy va dunyoviy ilmizni oshiring (qizlarga ham tegishli)

5. Tavsiya etiladigan kitoblar: "Baxtiyor oila" "Oila saodat maskani" va Shayx Hazratni hamma kitoblari (qizlar ilmi va nutqiga ham mahliyo bo'lishni yoqtiradi (bu "mujskaya xarizma deyiladi)

6. Shukrli bo'ling. Berganiga qanoat qilishga o'zizni tayyorlang. Odamlardan ayb qidirmaslikka harakat qiling. Aybni eng avval o'zingizdan qidirsangiz xatolarni to'g'irlab baxtli bo'lish oson bo'ladi.

7. Guvohlar bor holatda uchrashuvga chiqqanda dadil, jur'atli, kuchli harakat qiling lekin halim va tavoze'li bo'ling. Ya'ni, suhbatga torting, qiziqish va maqsadlari bilan qiziqing. Jimjitlik bo'lib qolsa qiz bola ikkilanib qoladi. Lekin uni ko'proq eshiting. Uchrashuvga kitob yo gul hadya albatta olib chiqing (bu "mujskaya solidarnost") bo'ladi.

Qizlarni ko'ngliga yo'llar ko'p. Faqat o'zingiz diniy tomonlama tayyor bo'lsangiz bas.

Ustozlarning tavsiyasi kerak bo'lsa ayting eshitganlarimizni yana ulashamiz.

OzodaTemurova | K-Academy ๐Ÿ‡ฐ๐Ÿ‡ท | ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

20 Oct, 14:45


#sayohat_N12

Seul Botania bog'i


โ–ช๏ธŽ Oilaviy, farzandlar yo do'stlar bilan birga borishga keyingi manzilimiz ko'zni quvontiradigan yashillikka boy Seul Botania bog'i.

โ–ช๏ธŽ Seul shahriga yangi kelgan talabalar yo mehmonlarni aylanishi uchun ayni mos joy

โ–ช๏ธŽ Farzandlar bilan borilsa ota-onaning farzandlariga Allohning ne'matlarini o'rgatish uchun tayyor maktab va ko'rgazma

โ–ช๏ธŽ Yashillikka qarash ko'z salomatligi va asablar hotirjamligiga foydalidir

โ–ช๏ธŽ noyob arxitektura va noodatiy dizaynga qizuvchilar uchun ham tavsiya etiladi

โ–ช๏ธŽ Kirish: 5000kwn kattalar
3000kwn bolalar
โ–ช๏ธŽIsh kuni: dushanbadan tashqari har kun 18:00 gacha

Manzil google map: 161 Magok-dong, Gangseo-gu, Seoul

Ps: bu bog'ning arxitekturasiga e'tibor bergan bo'lsangiz ustki tomoni nimaga o'xshatilgan?

@OzodaTemurova_KAcademy
"Ilmdan ortig'ini ulashamiz"

2,845

subscribers

1,781

photos

215

videos