QarMII axborot xizmati @qmi_instituti Channel on Telegram

QarMII axborot xizmati

@qmi_instituti


🏛 QarMII rasmiy kanali

🌐 Veb sayt: https://qmii.uz
☎️ Telefon 75-220-09-23
📩 E-mail: [email protected]
⬇️ Manzil: Qarshi shahri, Mustaqillik shoh ko’chasi, 225 uy.

🎧 Call-markaz: 75 220-09-24

QarMII axborot xizmati (Uzbek)

QarMII axborot xizmati kanalining rasmiy telegram kanaliga xush kelibsiz! Bu kanal QarMII institutining axborotlarini to'plab, foydali ma'lumotlar bilan sizlarga taqdim etadi. QarMII instituti O'zbekistonda professor-o'qituvchilar va talabalar uchun mustaqil vazifalarni bajaruvchi ilmiy-tadqiqot instituti hisoblanadi. Agar siz ilmiy so'zlar va yangi ma'lumotlar bilan tanishib, o'z ma'naviy hayotingizga yangi rux keltirmoqchi bo'lsangiz, QarMII axborot xizmati kanaliga obuna bo'ling! Bu kanal orqali QarMII instituti faoliyatiga doir eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin. Kanalga obuna bo'lib, QarMII instituti faoliyatida olib borilayotgan yangiliklardan tez va aniq xabardor bo'ling. Agar qo'riqchi bo'lsa, quyidagi manzillar orqali murojaat qiling: Veb sayt: https://qmii.uz, Telefon: 75-220-09-23, E-mail: [email protected]. QarMII institutining manzili: Qarshi shahri, Mustaqillik shoh ko'chasi, 225 uy. Call-markaz: 75 220-09-24

QarMII axborot xizmati

21 Feb, 18:48


#2025_OAVda_biz

🗞 “Adolat ustuvor” gazetasining 2025-yil 20-fevral sonida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Umumiy kimyo” kafedrasi katta oʻqituvchisi Chinnigul Bobilovaning “Oliy taʼlim muassasalarida inklyuziv taʼlimni rivojlantirish” sarlavhali maqolasi eʼlon qilindi.


Maqolada oliy taʼlim sohasidagi, xususan inklyuziv taʼlimdagi oʻzgarishlar va yangilanishlar jarayoni, bu boradagi davlat siyosatining ahamiyati haqida soʻz yuritilgan.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

21 Feb, 17:39


#Qadriyat

Juma – milliy liboslar kuni munosabati bilan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti professor-oʻqituvchilari va talabalar milliyligimizni keng targʻib qildilar.


Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

21 Feb, 17:20


#2025_OAVda_biz

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining
(Edu.uz) telegram kanalida “Rektor kubogi” doirasida oʻtkazilgan sport musobaqalari haqidagi axborotimiz eʼlon qilindi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

21 Feb, 16:59


#Qadriyat

Aslida, milliy liboslarimizga taʼrif-u tavsif berishda ortiqcha “boʻyoq”larga, tashbehlarga u qadar ehtiyoj yoʻq. Sababi ularning chiroyini, tarovatini barchamiz koʻrib turibmiz, his etmoqdamiz.


Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

21 Feb, 14:23


#Qadriyat

Haftaning har juma kuni milliy liboslarda oʻqishga, ishga kelish yaxshi anʼanaga aylanib bormoqda. Koʻzimiz milliylikka singishyapti, goʻzallikdan bahra olyapti, ezgulik targʻib etilyapti.


Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti professor-oʻqituvchilari va talabalar ham bu xayrli ishda faol boʻlishga intilyaptilar.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

14 Feb, 18:31


#Bugunning_gapi

Bosh binoda Muhandislik texnikasi fakulteti tomonidan “Jadidlar harakati va uning ahamiyati” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.


Tadbirda “Oʻzbekiston tarixi va ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-oʻqituvchilari Baxtiyor Jalilov, Otabek Oqmamatov, Bobur Imomov, dekan oʻrinbosari Ulugʻbek Tolipov, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Talabalarga jadidlar harakati va uning Oʻzbekiston tarixidagi ahamiyati tushuntirildi. Jadidlar taʼlimoti ilmiy, madaniy va ijtimoiy yangilanishlarni jamiyatga tatbiq etib, yoshlarni maʼrifatli boʻlishga undaganligi alohida taʼkidlandi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

14 Feb, 18:14


#2025_OAVda_biz

💻 Oʻzbekiston milliy axborot agentligi saytida e’lon qilingan
“Olima ayollar – millat kelajagining tarbiyachisi” sarlavhali axborotda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida “Ilmli ayol – jamiyat koʻzgusi” haftaligi doirasida oʻtkazilgan “Olima ayollar – millat kelajagining tarbiyachisi” mavzusida xotin-qizlar forumi tafsilotlari haqida soʻz yuritildi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

14 Feb, 17:59


#Ajdodlar_yodi

Muhandislik texnikasi fakultetida o‘zbek mumtoz adabiyotining zabardast vakili, buyuk sarkarda, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi.


Talaba-yoshlar va tyutorlar ishtirok etgan tadbir Bobur hayoti va ijodiga bagʻishlangan sahna koʻrinishiga ulanib ketdi. Shoir g'azalari tadbir bezagi bo‘ldi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

14 Feb, 17:47


#Qadriyat

Ranglar jilosidan jilolangan tarovat taronasi.


Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

14 Feb, 17:43


#Ajdodlar_yodi

📚 Bugun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida g‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi.


❇️ Tadbirda Qarshi davlat universiteti o‘qituvchisi, O.Avaznazarov hamda akademik litseyning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi F.Rajabov o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.

🔰 Akademik litsey o‘quvchilari tomonidan bobokalonlarimiz ijodiga mansub g‘azal, ruboiylardan namunalar keltirildi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

12 Feb, 16:43


#Mulohaza
#Chellenj

Ilmli ayol – jamiyat koʻzgusi.


Bu koʻzguda vatanparvarlik, mehr-oqibat, donolik, tarovat aks etadi. Unga erishmoqlikning eng maqbul yoʻli farzandlarimizni bilimga, kitobga oshno qilib voyaga yetkazmoqdir.

Iqtisodiyot fakulteti talabasi Saida Abdunazarova – “Kitob – mening doʻstim” respublika koʻrik-tanlovi gʻolibi. U yaratgan dastur yoshlarni mutolaaga jalb etishga yordam beradi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

12 Feb, 16:02


#Muloqot

Yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlashda nafaqat haydovchilar, balki piyodalar ham birdek javobgar hisoblanadi. Bu har bir kishidan tegishli qoidalarni puxta bilishni taqozo etadi.


Bugun institut bosh binosida "Yoʻl qoidasi – umr foydasi" mavzusida oʻtkazilgan davra suhbatida shu haqda soʻz bordi.

Tadbirda Muhandislik texnikasi “Transport vositalari muhandisligi” kafedrasi professor-oʻqituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Viloyat IIB jamoat xavfsizligi xizmati yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi katta inspektori Shahboz Abdurahimov maʼruzasida yoʻllarda, ayniqsa yoshlar tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar tahlil qilindi. Belgilangan maʼmuriy va jinoiy jazo turlari haqida maʼlumot berildi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

12 Feb, 15:03


#Qadriyat

O‘zligimizning yorqin namunasi.


Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

12 Feb, 14:58


#Eʼlon

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti bosh binosida “OLIMA AYOLLAR – MILLAT KELAJAGINING TARBIYACHISI” mavzusida xotin-qizlar forumi boʻlib oʻtadi.


Forum doirasida ilmiy seminar, yosh olimalar va tadqiqotchilarning ilmiy ishlanmalari koʻrgazmasi, taqdimotlar va boshqa ko‘plab tadbirlar tashkil etiladi.

Asosiy tadbir 2025-yil 13-fevral kuni soat 10:00 da boshlanadi.

Barcha ilm ahlini, olimalarimizni va izlanuvchan, iqtidorli talabalarimizni ushbu forumda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

11 Feb, 17:39


#Mulohaza
#Chellenj

“Men oʻz ilmiy faoliyatim bilan yurtim taraqqiyotiga hissa qoʻshaman!”


Bugun yurtimizda faoliyat olib borayotgan olimalar ham ilm-fan sohasida yuqori marralarni egallamoqdalar. Albatta, ularning ezgu maqsadi mamlakatimiz qudratini oshirish, taraqqiyotiga hissa qoʻshishdan iborat.

Qaysi jamiyatda ayollar qadrlansa, eʼzozlansa, bu jamiyat farovon boʻladi. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti professori, "Innovatsion iqtisodiyot" kafedrasi mudiri Sayyora Hamroyevaning fikrlari shu xususda...

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

07 Feb, 15:46


#E'lon #Amaliyot #Tanlov

"SHO'RTAN GAZ KIMYO MAJMUASI" MAS'ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI 2024-2025-O‘QUV YILI UCHUN AMALIYOT DАSTURINI E'LON QILADI!!!

"Sho'rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Joriy yilning 11-fevral kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti 3-bosqich talabalari orasidan iqtidorli yoshlarni amaliyot dasturiga tanlab olish maqsadida imtihonlar oʻtkazilishini ma'lum qiladi.

Amaliyot dasturi quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻtkaziladi:
–Issiqlik energetikasi
–Elektr energetikasi
–Texnologik mashinalar va jihozlar
–Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish
–Yuqori molekulyar birikmalar
–Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi

Amaliyot dasturi uchun imtihonlar bir necha bosqichda amalga oshiriladi va har bir bosqich imtihon natijalari majmuaning rasmiy veb-sayti www.sgcc.uz  va @sgcc_uzb Telegram kanali orqali e'lon qilib boriladi.

Amaliyot dasturi gʻoliblari 2024-2025-oʻquv yilidagi amaliyot davrida "Sho'rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJda barcha qulayliklarga ega boʻlgan amaliyot jarayonini oʻtaydilar.

👇Bizni kuzating

🌐 web-sayt |📹instagram |
👍 youtube |👨facebook

QarMII axborot xizmati

07 Feb, 15:44


#2025_OAVda_biz

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining (Edu.uz) telegram kanalida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida “Milliy qadriyatlar – millat maʼnaviyatining koʻzgusi” mavzusidagi oʻtkazilgan madaniy-maʼrifiy tadbir haqidagi videoroligimiz eʼlon qilindi.

Bizni birga kuzating: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

07 Feb, 15:44


#Qadriyat
#Chellenj

Milliy liboslarda tariximiz va bugunimiz o‘z ifodasini topgan.


Bizni birga kuzating: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

07 Feb, 11:18


#Ajdodlar_yodi

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida viloyat bolalar kutubxonasi mutaxassislari bilan hamkorlikda Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bagʻishlab "Buyuk maʼrifatparvar hayotiga bir nazar" mavzusida kitobxonlik tadbiri tashkil etildi.


Tadbirda litseyning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi F.Rajabov tomonidan Behbudiyning "Padarkush" dramasining mazmuni haqida va viloyat bolalar kutubxonasi mutaxassisi N.Qurbonova tomonidan esa Behbudiyning hayoti va ijodi haqida oʻquvchilarga maʼlumotlar berildi.

Bizni birga kuzating: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

07 Feb, 10:34


#Diqqat_tanlov

Innovatsion rivojlanish agentligi yosh olimlarni stajirovkalarga yuborish boʻyicha maqsadli tanlov eʼlon qiladi


Stajirovka Turkiyaning “BALIKESIR” universitetida 2025-yil davomida 30 kunlik muddatda amalga oshiriladi.

Stajirovka oʻtash uchun 40 nafar yosh olim saralab olinadi va tanlov gʻoliblari 1-ilovada keltirilgan yoʻnalishlar kesimida stajirovka oʻtaydilar.

Stajirovka oʻtashga tavsiya qilinuvchi nomzodlarning hujjatlari belgilangan tartibda 2025-yilning 5-martiga qadar (mazkur sanada ham) qabul qilinadi.

Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar: ishtirok etish uchun yosh chegarasi 40 yosh va nomzodlar taqdim etilgan yoʻnalishlarga koʻra turk yoki ingliz tilini bilishlari shart.

Mutaxassisligi va til bilish darajasi 1-ilovaga mos keladigan nomzodlar Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti xalqaro hamkorlik boʻlimiga murojaat qilishlari mumkin.

Batafsil ushbu 👉 havolada.

Bizni birga kuzating: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

06 Feb, 18:09


#Qadriyat

Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda, biz yangi Oʻzbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli maʼnaviyat.


Bugungi milliy liboslar targʻibotiga bagʻishlangan birgina shu tadbirning oʻzi ham xalqimizning maʼnaviy va madaniy merosi naqadar boy, serjilo ekanini namoyon etdi.

Iqtisodiyot fakulteti olimalari va talaba qizlari ham tadbirda faollik koʻrsatdilar.

Bizni birga kuzating: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

06 Feb, 17:48


#Qadriyat
#Chellenj

Milliy liboslar – xalqimizning madaniyati va ma
'naviy merosi.

Bizni birga kuzating: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

06 Feb, 17:45


#Qadriyat

Bugungi kunda uzoq tarixni bosib o‘tgan, ajdodlarimiz mafkurasi va dunyoqarashi haqida so‘zlaydigan milliy liboslarimizni saqlab qolish va targ‘ib etish milliyligimizni saqlab qolish demakdir.


Elektronika va avtomatika fakulteti xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi N.Istatova tashabbusi bilan talaba qizlar tomonidan milliy liboslar namoyish etildi.

Bizni birga kuzating: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

02 Feb, 17:58


#Kasting

🎭 "Nihol" talabalar teatr studiyasi o'zining yangi mavsumiga iste’dodli va ijodkor yoshlarni qabul qiladi!
🎬

Agar Sizda sahna san’atiga qiziqish, aktyorlikka ishtiyoq bo'lsa, bizning safimizga qo'shiling!

"Nihol" Sizga o'z iste’dodingizni namoyish etish, ijodingizni yanada charxlash imkoniyatini beradi.

Teatrimizda o'zingizni professional sahnada sinab ko'rish, o'z ijodingizni tomoshabinlar bilan baham ko'rish imkoniyatini qo'lga kiriting!

Kasting sanasi: 2025-yil 3-febraldan boshlab har kuni soat 17:00 dan keyin.

Manzil: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti 1-talabalar turar joyi.

Murojaat uchun: +998913217356 Ahmad Hamrayev

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

01 Feb, 17:42


#Muhim_sana

Bugun Talimarjon shahridagi 13-sonli musiqa maktabi faollar zalida 2-fevral – Butunjahon suv-botqoq hududlari kuni munosabati bilan “Suv-botqoq hududlar bioxilma-xilligini saqlash masalalari” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.


Mazkur tadbir Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Oʻzbekiston qushlarni muhofaza qilish jamiyati, Qashqadaryo viloyati ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi hamda Qarshi magistral kanallardan foydalanish boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.

Batafsil ushbu 👉 havolada.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

01 Feb, 17:42


#2025_OAVda_biz

🔰 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etilgan “Yoshlar va ilm-fan” ilmiy-ommabop, oʻquv-metodik va maʼnaviy-maʼrifiy jurnalning 2-soni chop etildi.

🖌 Jurnalda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, "Elektr energetikasi" kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchi Azizbek Imomnazarov hamda Energetika fakulteti 2-kurs talabasi (bakalavr) Komil Karimovning “Suv inshootlarining elektr taʼminoti tizimida reaktiv quvvatni kompensatsiyalash” sarlavhali maqolasi eʼlon qilindi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

01 Feb, 17:41


#Muloqot

Neft va gaz fakultetida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining ilm-fan boʻyicha bosh muhandisi oʻrinbosari, texnika fanlari doktori, professor Abdurashid Hasanovning fakultet pedagoglari va talaba-yoshlar bilan muloqoti oʻtkazildi.


Muloqot davomida respublikamizda konchilik va metallurgiya sanoati yildan-yilga rivojlanib borayotganligi taʼkidlandi. Ona zaminimiz bagʻridagi nodir, rangli va qimmatbaho metallarni qazib olish hamda ularni qayta ishlashga ixtisoslashgan kombinat haqida maʼlumot berildi.

Shuningdek, hozirgi kunda ilm-fanda yuz berayotgan oʻzgarishlar, nanotexnologiyalar va innovatsiyalar taraqqiyoti tilga olindi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

22 Jan, 17:48


#Sarhisob

Bugun viloyat musiqali drama teatrida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining oʻtgan yillardagi faoliyati tahlil qilindi hamda 2024 yilgi natijalar eʼtirof etildi.


Institut rektori Orifjon Bozorov soʻnggi besh yillik koʻrsatkichlar boʻyicha hisobot berdi. Yutuqlar va ijobiy natijalar bir-bir yodga olindi. Ilmiy salohiyatning 2020 yildagi 21,3 foizdan 2024 yilda 52,2 foizga yetgani alohida qayd etildi.

2024 yilda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Asian University Rankings” reytingida “Reporter” maqomini qoʻlga kirib, SDG (Sustainable Development Goals) barqaror rivojlanish maqsadlari yoʻnalishida 601-800 oʻrinni egalladi.

Batafsil ushbu 👉 havolada.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

22 Jan, 16:56


#Ogohlik

Bugun Sanoat texnologiyasi fakulteti talabalari ishtirokida “Terrorizm, ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashishda yoshlarning oʻrni” mavzusida profilaktik tadbir boʻlib oʻtdi.


Tadbirda Qarshi shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi terrorizmga qarshi kurashish boʻlimi masʼul xodimi, kapitan Saodat Haqberdiyeva, institut profilaktika inspektori, kapitan Abror Kattamov, Sanoat texnologiyasi fakulteti tyutorlari Saodat Siddiqova, Dildora Murodova qatnashdilar.

Bugun dunyoda tinchlik va osoyishtalikning qadri yuksalib borayotgan bir paytda ogohlik har bir kishining asosiy tamoyiliga aylanishi lozim. Bunda har bir axborot, voqelikni fikr tarozisida oʻlchash, uning tub mohiyatini anglash lozim.

Profilaktik tadbirda terrorizm, ekstremizm va radikalizm kabi illatlarning oldini olish, bu borada yoshlarning faolligini oshirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

18 Jan, 17:37


#2025_OAVda_biz

📻 Viloyat “Oltin voha” radiosining
"Yakshanba dasturxonida" eshittirishining navbatdagi sonida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyi oʻqituvchisi, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat kо‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni sohibasi Manzura Ochilova bilan suhbat oʻtkazildi.

🎤 Eshittirishda mamlakatimiz taʼlim tizimidagi oʻzgarishlar, muallimlik masʼuliyati, oʻqituvchilarga koʻrsatilayotgan eʼtibor, bolalar isteʼdodini yuzaga chiqarish omillari haqida fikr yuritildi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

18 Jan, 15:56


#Nazorat

Havo haroratining keskin sovib ketishi isitish bilan bogʻliq muammolarni yuzaga keltirishi mumkin. Shu bois bu kabi muammolarning oldini olish muhim vazifa hisoblanadi.


Bugun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rahbariyati va dekanlar oʻrinbosarlari talabalar turar joylarida istiqomat qilayotganlar holidan xabar oldilar. Talabalar bilan suhbatlashdilar. Shart-sharoitlarni oʻrgandilar. Isitish vositalarining sozligini koʻzdan kechirdilar.

Talabalar bilan muloqot davomida xonalarning tozaligini saqlash, elektr jihozlaridan ehtiyotkorona foydalanish boʻyicha kerakli tavsiyalar berildi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

18 Jan, 12:07


#Jarayon

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti kunduzgi boʻlim bakalavriat taʼlim yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalar uchun kuzgi semestr yakuniy nazorat imtihonlari qizg‘in kechmoqda.


Bunday paytda imtihonlarning adolatli va shaffof oʻtishini taʼminlash muhim masala hisoblanadi. Shu sababli institut korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish boʻlimi tomonidan nazorat ishlari olib borilmoqda.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

18 Jan, 11:12


RASMIY MUNOSABAT

“Telegram” messenjeridagi
“Otabek Artikov” kanalida eʼlon qilingan maʼlumotda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti uchun xarid qilingan quyosh panellari savdosi haqida mulohazalar bildirilgan. Mazkur mulohazalar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida, Qarshi shahar prokuraturasining 2024-yil 29-apreldagi talabnomasiga asosan, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi E.Joʻrayev tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi, “Raqobat toʻgʻrisida”gi va sohaga oid boshqa qonunchilik hujjatlari ijrosi yuzasidan oʻrganish oʻtkazilgan.

Mazkur oʻrganishda institut ehtiyojiga muvofiq 2021-yil 1-iyundan 2024-yil 1-aprelgacha boʻlgan davrlarda 5 ta lot boʻyicha xarid qilingan barcha turdagi quyosh panellarini xarid qilish jarayonlari tegishli qonunchilik talablari asosida oʻtkazilganligi va baholash mezonlariga amal qilinganligi aniqlangan. Shuningdek, tanlash yakuni boʻyicha shakllangan elektron bayonnomalar va tuzilgan shartnomalarning qonun talablariga muvofiqligi boʻyicha hech qanday qonunbuzilish holatlari qayd etilmagan.

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasining oʻrganishlari yakuni boʻyicha 2024-yilning 13-iyun kunida rasmiylashtirilgan maʼlumotnomada Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida 2021-2024-yil aprel oyigacha boʻlgan davrlarda oʻtkazilgan tanlov savdolarida Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi hamda “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonun talablari buzilish holatlari aniqlanmaganligi maʼlum qilingan va ijobiy xulosa berilgan.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

18 Jan, 06:53


#Tabiat

❄️ Qish nafasi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

17 Jan, 18:31


#Kun_voqeasi

Bugun Neft va gaz fakulteti faollar zalida “Rahbar va yoshlar” mavzusida o‘tkazilgan tadbir videosharhi.


Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

17 Jan, 18:25


#Tanlov

Bugun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti talabalari oʻrtasida "Jadidlar jasorati – millatimiz faxri" hamda "Jadidlar: milliy oʻzlik, istiqlol va davlatchilik gʻoyalari" mavzularida insholar tanlovining institut bosqichi oʻtkazildi.


Mazkur tanlov ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularning faoliyati va merosini yangicha tafakkur asosida oʻrganish, jadidlarimizning badiiy asarlari roli va ahamiyatini yoshlar ongiga singdirish, jadid bobolarimiz faoliyatini oʻrganish, shuningdek ularning ibratli hayoti va ijodi bilan tanishish maqsadida tashkil etilmoqda.

Tanlov ikki bosqichdan iborat boʻlib, gʻoliblar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplomlar va pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

11 Jan, 06:30


#Vatan_himoyachilari_kuni
#Live

Ayni hozir Qarshi shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan harbiy texnikalar va harbiy xizmatchilarning yurishi (parad) oʻtkazilmoqda.


Tomoshabinlar orasida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti professor-oʻqituvchilari, boʻlim boshliqlari, dekanlar oʻrinbosarlari, tyutorlar va talaba-yoshlar ham bor.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

10 Jan, 18:45


#2025_OAVda_biz

📻 Viloyat “Oltin voha” radiosining “Ekoolam” eshittirishida Geologiya va konchilik ishi fakulteti “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” kafedrasi assistenti Jaloliddin Mamanov bilan muloqot oʻtkazildi.


🎤 Eshittirishda 2025 yilning “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb nomlanishining mohiyati, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, tabiatni asrash masʼuliyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

10 Jan, 18:33


#Zakovat

Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari tashkil topganining 33 yilligi munosabati bilan “Yangi Oʻzbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri” shiori ostida “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi.


Mazkur bellashuvda viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari talabalaridan iborat jamoalar ishtirok etdi. Unda institutimiz talabalari 3-oʻrinni egalladilar.

Gʻolib va sovrindorlar yoshlar ittifoqi viloyat kengashining esdalik sovgʻalari hamda diplomlar bilan taqdirlandilar.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

10 Jan, 16:56


#2025_OAVda_biz

📻 Viloyat “Oltin voha” radiosining “Turist boʻl” eshittirishida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti talabasi, viloyat turizm boshqarmasi masʼul xodimi Gulzoda Shodmonova bilan muloqot oʻtkazildi.

Eshittirishda viloyatimizda turizmni rivojlantirish borasida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi, istiqbolli loyihalarning ahamiyati xususida soʻz yuritildi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

01 Jan, 08:33


#Bayram_tabrigi

Assalomu alaykum, hurmatli ustoz-murabbiylar!
Aziz talabalar!


Barchangizni Yangi – 2025-yil bilan samimiy muborakbod etaman. Xonadoningizdan qut-baraka, tinchlik-osoyishtalik, baxt va quvonch sira arimasin. Ezgu ishlaringiz va maqsadlaringizga erishish yoʻlida Yaratganning oʻzi hamisha madadkor boʻlsin.

Avvalo, shuni maʼlum qilishim lozimki, 2024-yil yakuniga kelib, institutimiz Qarshi davlat texnika universiteti maqomini oldi. Bu har birimizning zimmamizga yangicha masʼuliyat yuklaydi. Taʼlim samaradorligi yanada oshiriladi, dunyoning nufuzli universitetlari bilan hamkorlik kuchaytiriladi, yetakchi korxonalar bilan dual taʼlim asosida faoliyat yuritiladi. Eʼtiborli tomoni, 2024/2025 oʻquv yilining bitiruvchilari Qarshi davlat texnika universitetining birinchi diplomlariga sazovor boʻlishadi.

Tabrikning to‘liq matni

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

01 Jan, 07:31


#2024_OAVda_biz

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining (Edu.uz) telegram kanalida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyining 2024-yildagi faoliyati sarhisobiga bagʻishlangan tadbir tafsiloti haqidagi axborotimiz eʼlon qilindi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

01 Jan, 05:32


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

QarMII axborot xizmati

01 Jan, 05:32


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

QarMII axborot xizmati

01 Jan, 05:32


Assalomu alaykum!

Boshlangan yangi yilingiz xayrli va barakali boʻlsin! Yil davomida omad, sogʻlik, quvonch, baxt Sizni aslo tark etmasin. Xonadoningizdan fayzu barakot arimasin.


Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

31 Dec, 13:53


Президент Шавкат Мирзиёевнинг 2024 йилдаги ташқи сиёсий тадбирларга, давлат ва жамият ҳаётига дахлдор воқеаларга бой бўлган серқирра фаолияти факт ва рақамларда

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

QarMII axborot xizmati

31 Dec, 01:02


#2024_OAVda_biz

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining
(Edu.uz) kanalida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining bir guruh professor-oʻqituvchilari, boʻlim boshliqlari, tyutorlari tomonidan viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazida oʻtkazilgan xayriya tadbiri haqidagi axborotimiz eʼlon qilindi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

29 Dec, 09:15


#Xushxabar

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyining ingliz tili oʻqituvchisi Asila Abdurahmonova 2025-yilning 7-9 fevral kunlari Amerika Qoʻshma Shtatlarining Massachusets shtatidagi Garvard kollejining Osiyo va xalqaro aloqalar loyihasidagi xalqaro anjumanda ishtirok etish uchun tanlovda gʻolib boʻldi.


Mazkur anjumanda muhim masalalar muhokama qilinadi. Shuningdek, loyiha doirasida turli davlatlar prezidentlari va Nobel mukofoti sovrindorlari bilan uchrashuvlar tashkil etilishi moʻljallangan.

Asila Abdurahmonovani shunday nufuzli tadbirda ishtirok etish imkoniga ega boʻlganligi bilan samimiy tabriklaymiz!

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

29 Dec, 07:32


#Ezgulik

Yangi yil bayrami munosabati bilan viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi masʼullari va QarMII “Biznes va innovatsion menejment” kafedrasi mudiri Feruza Norqobilova onaxonlar holidan xabar oldilar.


Hokimlik, sud, prokuratura, harbiy sohada samarali mehnat qilgan va bugun esa keksalik gashtini surayotgan Gulnora Azizova, Tamara Mamanova, Muqim Xoʻjamova, Dilorom Azizova xonadonida ana shunday uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. Ular suhbat chogʻida oʻz hayotiy tajriba va oʻgitlarini aytib berdilar.

Yangi yil bayrami ham ezgulik, mehr-oqibat shodiyonasidir. Shu bois hamma bir-biriga yaxshi tilaklar, xursandchilik va goʻzal niyatlarini ilinadi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

26 Dec, 17:25


#Mutolaa

Qishki taʼtil nafaqat dam olish, balki sevimli asarlarni oʻqish, mushohada yuritish uchun muhim fursatdir. Buning uchun biz Sizga Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asarini tavsiya qilamiz. Zero, ulugʻ olim Rene Dekart aytganidek, yaxshi kitoblarni oʻqish – dunyoning eng dono kishilarining suhbatida boʻlish demak.


Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

26 Dec, 17:23


#2024_OAVda_biz

📺 Qashqadaryo televideniyesining “Yangiliklar” informatsion dasturda kuni kecha viloyat musiqali drama teatrida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining 2024-yil yakunlariga bagʻishlab oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri tafsilotlari haqida soʻz yuritildi.


🎤 Axborotlarda “Innovatsion iqtisodiyot” kafedrasi Sayyora Hamroyeva hamda institut talabasi Sevinch Mahmutullayevaning mulohazalari berilgan.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

26 Dec, 17:17


#2024_OAVda_biz

📻 Viloyat “Oltin voha” radiosining “Biznes uchrashuv” eshittirishida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Energetika fakulteti magistranti Medxun Sohibov bilan muloqot oʻtkazildi.


🎤 Eshittirishda iqtidorli talabalar va yosh olimlarning ilmiy tadqiqot ishlari, tadbirkorlik boʻyicha intilishlari natijalari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

25 Dec, 11:40


#2024_OAVda_biz

💻 Oʻzbekiston milliy axborot agentligi saytida “Rektor stipendiyasi topshirildi” sarlavhali axborot eʼlon qilindi. Unda Chiroqchi tumanidagi 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabi huzuridagi "Inson kapitali va sunʼiy intellekt" ilmiy maktabida oʻtkazilgan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori stipendiyasini topshirish tadbiri tafsiloti, bu hamkorlik mohiyati haqida soʻz yuritilgan.

🖋 Axborotda rektor Orifjon Bozorov va ushbu stipendiya sohibasi Sevinch Poʻlatovaning mulohazalari berilgan.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

25 Dec, 11:32


#Bilgan_yaxshi

Is gazi toʻgʻrisida koʻp va xoʻb eshitgansiz. U haqidagi bilimingiz va tushunchangiz qay darajada? Yuqoridagi videotest buni aniqlashda Sizga yordam beradi. Keling, oʻzingizni bir sinab koʻring.


Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

25 Dec, 11:23


#2024_OAVda_biz

📺 “Oʻzbekiston 24” telekanalining
“Axborot 24” hamda Qashqadaryo televideniyesining “Yangiliklar” informatsion dasturlarida Qashqadaryo viloyati boʻyicha milliy gvardiya boshqarmasida oʻtkazilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tafsilotlari haqida soʻz yuritildi.

🎤 Axborotlarda QarMII talabasi Asal Orolovaning mulohazasi berilgan.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

25 Dec, 11:22


#Mulohaza_chorrahasi

Har bir onimiz sinovlardan iborat. Hamma gap ana shu “imtihon”lardan “aʼlo” baholarda oʻtishdi. Bunda eng muhimi – kishining oʻziga boʻlgan ishonchi, kelajakka dadil boqa olishi.

Siz-chi? Bu sinovlardan qanday oʻtayapsiz?

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

25 Dec, 10:18


#2024_OAVda_biz

🗞 “Yurt tarovati” gazetasining 2024-yil 23-dekabrdagi 12-sonida Iqtisodiyot fakulteti "Innovatsion iqtisodiyot" kafedrasi dotsentlari Nigora Xoʻjaqulovaning “Maʼnaviy boyliklarimiz sarchashmasi”, Munisa Alimovaning “Konstitutsiya - erkin va farovon jamiyat poydevori” hamda mazkur kafedra assistenti Gulshoda Xoʻjanovaning “Muomala – inson ziynati” sarlavhali maqolalari eʼlon qilindi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

25 Dec, 06:22


#Bayram_kayfiyati

Sanoat texnologiyasi fakulteti talabasi Mohlaroyim Komilova institut rahbariyati va ustozlarini barcha yoshlar nomidan Yangi yil bayrami bilan samimiy tabrikladi.


Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

25 Dec, 06:22


#2024_OAVda_biz

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining (Edu.uz) hamda vazirlik huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazining Manaviyat.edu.uz telegram kanallarida institutimiz talaba-yoshlari tomonidan Yangi yil bayrami munosabati bilan tayyorlangan videorolik eʼlon qilindi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

24 Dec, 16:04


Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Янги йил байрамини нишонлаш даврида қўшимча ишланмайдиган кунни белгилаш ва дам олиш кунини кўчириш тўғрисида”ги қарори

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

QarMII axborot xizmati

06 Dec, 11:26


#Bayram_shukuhi

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida Asosiy qonunimiz qabul qilinganligining 32 yilligiga bagʻishlab "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – erkin va farovon hayot garovi" shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.


Unda institut rahbariyati, professor-oʻqituvchilar, dekanlar oʻrinbosarlari, tyutorlar, talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbirda yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Azamat Xayriddinov, “Oʻzbekiston tarixi va ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti Otabek Oqmamatov barchani bayram bilan tabrikladilar. Konstitutsiyamizning milliy davlatchiligimizdagi oʻrni, yangilanishlar mohiyati haqida soʻz yuritdilar.

Bayram tadbirida Vatanni madh etuvchi qoʻshiqlar yangradi. Jadidlarimizning yurt ozodligi yoʻlidagi jasorati, bugungi shukuhli kunlar saodati eʼtirof etildi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

06 Dec, 06:40


#Ogohlik

Neft va gaz fakulteti dekan oʻrinbosari Gʻulom Sharipov tashabbusi bilan “Kiberjinoyatchilik – oʻsib borayotgan tahdid” mavzusida profilaktik tadbir boʻlib oʻtdi.


Tadbirda viloyat ichki ishlar tezkor qidiruv xizmati kiberxavfsizlik boʻlimi katta mutaxassisi, kapitan Suhrob Muhammadiyev, tyutorlar va talabalar ishtirok etdilar.

Mazkur tadbir davomida bugungi kunda global axborot maydonida kibermakon bilan bogʻliq yangidan-yangi tahdidlar yuzaga kelayotganligi taʼkidlandi. Yoshlarda internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish bilan bogʻliq bilim, koʻnikma va madaniyatni shakllantirish lozimligi qayd etildi. Bir qator amaliy taklif va tavsiyalar bildirildi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

06 Dec, 06:18


#Seminar

Energetika fakultetida 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bagʻishlab, “Aksilkorrupsiya oyligi" doirasida “Korrupsiya: tushuncha, tamoyil va tartib” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi.


Seminarda institut korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Rajabov, dekan oʻrinbosari Bahodir Hazratqulov, tyutorlar va talabalar ishtirok etdilar.

Muloqot davomida korrupsion holatlarning turlari, unga qarshi kurash jarayonlari, qonunchilikda belgilangan jazo choralari haqida tushuncha berildi. Bu illatga qarshi kurashda talaba-yoshlarning ham faolligi muhim ahamiyat kasb etishi alohida taʼkidlandi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

01 Dec, 16:36


#2024_OAVda_biz

“Yurt tarovati” gazetasining
telegram kanalida Neft va gaz fakulteti faollar zalida 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bagʻishlab, “Aksilkorrupsiya oyligi" doirasida oʻtkazilgan ochiq eshiklar kuni tadbiri tafsilotlari yoritildi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

01 Dec, 16:24


#Haftanoma

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti faoliyatiga doir haftaning muhim voqealari sharhi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

01 Dec, 15:33


#2024_OAVda_biz

Viloyat adliya boshqarmasi rasmiy telegram kanalida Energiya fakultetining 3-kurs talabalari ishtirokida mazkur boshqarmada oʻtkazilgan
"Ochiq eshiklar kuni" tadbiri haqidagi axborot eʼlon qilindi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

01 Dec, 11:30


#Ma'rifat_ulashib
#Mutolaa

OʻTTIZ YIL SOGʻINCHI
Daftarlarda qoldi kunlarim,
Xotiramni koʻmayotir vaqt.
Sen qaytmagin, qaro tunlarim,
Sen qaydasan, men izlagan Baxt?!

Oʻtinib yolvordim falakka,
Koʻrsatma, koʻz yosh-u alamni.
Oʻttiz yil yashadim – dil yara,
Oʻttiz yil sogʻindim onamni.

Olis qishloq yana chorlaydi,
Tushlarimda oqshom-u sahar.
Sogʻinchim quyoshday porlaydi,
Meni tushunmaydi tosh shahar.

Koʻngilginam, toshga aylanding,
Unutdingmi, uyni, qishloqni?
Oʻzimdan oʻzgaga boylanding,
Onamday sogʻindim tuproqni.

Endi qayga borasan koʻngil,
Qay bir yurak tinglar soʻzimni?
Izlayapman seni oʻttiz yil,
Oʻzimga qaytargin oʻzimni…

Norqobil Jalil

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

01 Dec, 11:20


#Ma'rifat_ulashib

📚 "Maʼrifat ulashib" loyihasi – Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida!

📃 Institutimizda "Maʼrifat ulashib" loyihasi doirasidagi el ardogʻidagi shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar, "Munozara" debatlari, mushoiralar, “Zakovat” intellektual o‘yini va boshqa ko‘plab tadbirlar oʻtkaziladi.

🖋 Loyiha mehmonlari – Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari: Nazar Eshonqul, Abdumajid Azim, Norqobil Jalil.

📆 Tadbirning oʻtkazilish vaqti: 2024-yil 4-dekabr.

Barcha professor-oʻqituvchilarimiz va talaba-yoshlarimizni loyihada faol ishtirok etishga chorlaymiz!

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

01 Dec, 06:08


#Konstitutsiyam_qomusim_faxrim

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan Energetika fakulteti 4-kurs talabalari “Issiqlik energetikasi” kafedrasi dotsenti Shoira Samadova bilan birgalikda Qarshi shahridagi 3-son markaziy qozonxonasiga sayohat uyushtirdilar.

Ushbu tadbir davomida qozonxona mutaxassisi Faxriddin Xoʻjayev talabalarga issiqlik energiyasining uzluksiz taʼminoti, zamonaviy texnologiyalar va ularni boshqarish usullari haqida batafsil maʼlumot berdi.

Bu kabi mashgʻulotlar nazariy bilimlarni amaliy tajriba bilan boyitishga, talabalarning kasbiy koʻnikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Shu orqali yosh mutaxassislar ishlab chiqarishning haqiqiy jarayonlarini chuqurroq anglaydilar.

Bir soʻz bilan aytganda, nazariya va amaliyot uygʻunlashganda, natija har doim samarali boʻladi.


Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

01 Dec, 02:53


#2024_OAVda_biz

🗞 “Yurt tarovati” gazetasining 2024-yil 25-noyabrdagi 11-sonida Iqtisodiyot fakulteti "Innovatsion iqtisodiyot" kafedrasi dotsentlari Nargiza Ochilovaning “Maʼnaviyat – jamiyat taraqqiyoti va shaxs barkamolligi asosi” hamda Shuhrat Amirqulovning “Koʻngillardan joy olgan daraxtcha” sarlavhali maqolalari eʼlon qilindi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

01 Dec, 01:28


#Diqqat_tanlov

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti talabalari oʻrtasida 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bagʻishlab, “Aksilkorrupsiya oyligi" doirasida “KORRUPSIYA – TARAQQIYOT KUSHANDASI” mavzusida insholar tanlovi oʻtkaziladi.

Tanlovning boshlanish vaqti va joyi: 2024-yil 3-dekabr soat 10:00 da, 7-bino 2-qavatdagi “Zakovat” xonasida.

Murojaat uchun telefonlar: 75 221-17-08, 91 263-22-77.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

30 Nov, 15:53


#2024_OAVda_biz

📻 “Oltin voha” radiosining “Ekoolam” eshittirishida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti 1-kurs magistrantlari Rufaydo Bahodirxoʻjayeva va Guliza Rahmatova bilan muloqot oʻtkazildi.


🎤 Suhbat davomida ekologik muammolar, yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish kabi muhim masalalar haqida soʻz yuritildi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

30 Nov, 15:12


#Konstitutsiyam_qomusim_faxrim

Konstitutsiya kuni munosabati bilan Geologiya va konchilik ishi fakulteti ekologiya va atrof-muhit muhofazasi taʼlim yoʻnalishi 3-kurs talabalarining viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasiga sayohati tashkil etildi.


Tadbir davomida boshqarma boʻlim boshligʻi Xurshid Samadov talabalarga Oʻzbekiston Respublikasining yangilangan Konstitutsiyasida aks etgan ekologiyaga doir moddalarni taʼriflab, ularning mazmun-mohiyati toʻgʻrisida tushuncha berdi.

Fuqarolarning atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishga majburligi bilan bogʻliq burchlari haqida ham fikr-mulohazalar bildirildi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

28 Nov, 13:47


#Bugunning_gapi

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida targʻibot ishlarini kuchaytirish yuzasidan profilaktik tadbir boʻlib oʻtdi.


Tadbirda Qarshi shahar IIO FMB boshligʻi, polkovnik F.Ibrohimov, Qarshi shahar prokurori muovini D.Tursunov, institut rahbariyati, rektor maslahatchisi N.Jo‘rayev, institut profilaktika inspektori, kapitan A.Kattamov, ichki ishlar idoralari xodimlari, dekanlar oʻrinbosarlari, tyutorlar va talabalar ishtirok etdilar.

Muloqot davomida viloyatimizda yoshlar ishtirokida sodir etilayotgan jinoyatlar va ularning sabablari tahlil qilindi. Talabalarning boʻsh vaqtdan mazmunli foydalanishi lozimligi uqtirildi.

Profilaktik ishlarni samarali tashkil etish, oliy taʼlim muassasalari, ichki ishlar organlari va mahallalar oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash haqida mulohazalar bildirildi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

28 Nov, 12:19


#Madaniyat

Bugungi lektoriy konsert tadbiridan fotolavhalar.


Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

28 Nov, 12:19


#Hamkorlik

Qarshi shahridagi madaniyat markazida Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi viloyat boʻlinmasi va Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti hamkorligida "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida “Qadriyatdan kuylagan azal sanʼatim” deb nomlangan lektoriy konsert boʻlib oʻtdi.


Unda musiqa muxlislari qatorida institut rahbariyati, dekanlar oʻrinbosarlari, talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Bugungi tadbir ana shu vazifalarga hamohang tarzda tashkil etildi. El ardogʻidagi sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan musiqiy kompozitsiyalar – diltortar qoʻshiqlar, shoʻx raqslar, dilrabo musiqa barchaga shodlik, xush kayfiyat ulashdi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

27 Nov, 13:12


#Zakovat

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan Butunjahon ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish kuniga bagʻishlab talaba qizlar oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi.


Zukkolar bellashuvida barcha fakultetlardan jamoalar ishtirok etdi. Har bir jamoa gʻoliblik uchun qizgʻin bahs olib bordi.

Yakunda Sanoat texnologiyasi fakultetining “Texnologlar” jamoasi 1-oʻrinni egalladi va “Zakovat” intellektual oʻyini gʻolibi boʻldi. Keyingi sovrinli oʻrinlar esa Energetika fakultetining “Yosh energetiklar” va Iqtisodiyot fakultetining “Iqtisodchilar” jamoalariga nasib qildi.

Gʻolib va sovrindorlarga diplomlar, ishirokchi jamoalarga esa faxriy yorliqlar topshirildi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

27 Nov, 12:20


#Profilaktika_kuni

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida “Profilaktika kuni” munosabati bilan “Dolzarb 50 kun” doirasida qurol va pirotexnika vositalaridan foydalanmaslik mavzusida huquqiy-profilaktik tadbir oʻtkazildi.


Tadbirda viloyat IIB jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi inspektori, mayor Suhrob Rahmonov, institut profilaktika inspektori, kapitan Abror Kattamov, Sanoat texnologiyasi fakulteti dekan maslahatchisi Sadoqat Siddiqova, tyutorlar va talabalar ishtirok etdilar.

Mavzu yuzasidan aholining oʻqotar qurollardan foydalanish boʻyicha huquq va majburiyatlari haqida keng maʼlumot berildi. Bu boradagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan normalar va ularning ahamiyati haqida soʻz yuritildi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

27 Nov, 09:38


#Diqqat
#Zakovat

“Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti talabalari oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini boʻlib oʻtadi.


Barcha fakultetlar bilimdonlarining jamoalarini ushbu bellashuvga taklif etamiz!

“Zakovat” intellektual oʻyinining boshlanish vaqti va joyi: 2024-yil 28-noyabr soat 14:00 da, 7-bino 2-qavatdagi “Zakovat” xonasida.

Bilim va zakovatingizni namoyon eting!


Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

26 Nov, 18:10


#Talabalar_ligasi
#Rektor_kubogi

Bugun institutimiz talaba qizlari oʻrtasida “Talabalar ligasi” doirasida qoʻl toʻpi boʻyicha institut birinchiligi – "Rektor kubogi” musobaqasi boʻlib oʻtdi.


Garchi ushbu sport turi talabalar uchun u qadar doimiy boʻlmasa-da, musobaqadagi uchrashuvlar qiziqarli kechdi.

Yakunda Sanoat texnologiyasi hamda Geologiya va konchilik ishi fakultetlari 2- va 3-oʻrinlarni egalladilar.

Gʻoliblik esa Elektronika va avtomatika fakulteti talaba qizlariga nasib qildi. Ular bosh sovrin – rektor kubogiga sazovor boʻldilar.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

20 Nov, 18:56


#Talabalar_ligasi
#Rektor_kubogi

Bugun institutimiz talabalari oʻrtasida “Talabalar ligasi” doirasida stol tennisi boʻyicha institut birinchiligi – "Rektor kubogi” musobaqasi boʻlib oʻtdi.


Stol tennisi hamisha qiziqarli kurashlarga boy boʻladi. Ayniqsa, bu sportga qiziquvchi yoshlarning koʻpligi uning ommaviyligidan dalolat beradi.

Bellashuvlar ikki yoʻnalishda – yigitlar va qizlar oʻrtasida oʻtkazildi.

Batafsil ushbu havolada.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

20 Nov, 17:32


#Bugunning_gapi

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida “Dolzarb 50 kun” doirasida qurol va pirotexnika vositalaridan foydalanmaslik mavzusida huquqiy-profilaktik tadbir oʻtkazildi.


Tadbirda viloyat IIB jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi inspektori, mayor Suhrob Rahmonov, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Azamat Xayriddinov, dekan oʻrinbosarlari, tyutorlar va talabalar ishtirok etdilar.

Mavzu yuzasidan aholining oʻqotar qurollardan foydalanish boʻyicha huquq va majburiyatlari haqida keng maʼlumot berildi. Bu boradagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan normalar va ularning ahamiyati haqida soʻz yuritildi.

Muloqot jonli kechdi. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan javob oldilar.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

17 Nov, 18:04


#Haftanoma

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti faoliyatiga doir haftaning muhim voqealari sharhi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

16 Nov, 17:29


#Seminar

Bugun institut tyutorlarining navbatdagi seminari boʻlib oʻtdi.


Seminarda yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor A.Xayriddinov, tyutorlar kengashi raisi S.Ibrohimov, talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi boʻlimi boshligʻi Oybek Dilov ishtirok etdilar.

Tadbirda Qarshi shahar favqulodda vaziyatlar boʻlimi masʼul xodimlari T.Tursunboyev va S.Abdullayev xonadonlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini oʻrganish ishlarini yanada kuchaytirish, talabalar oʻrtasida is gazidan zaharlanishning oldini olish boʻyicha tushuntirish ishlarini tizimli tashkil etish lozimligini taʼkidladilar.

Shuningdek, “Oʻzbekiston tarixi va ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti Bobur Imomov yurtimizda ustuvor boʻlgan millatlararo totuvlik, bagʻrikenglik tamoyillari haqida oʻz mulohazalarini bildirdi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

11 Nov, 12:41


#Jarayon

Xotin-qizlar maslahat kengashi faoliyati oʻrganildi


Namangan davlat universiteti hamda Toshkent davlat agrar universiteti xotin-qizlar maslahat kengashlari raislari S.Usmonova va G.Shodmonovadan iborat ishchi guruh Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida oʻrganish ishlarini olib bordi.

Mazkur oʻrganishlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 20-avgustdagi “Xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahat kengashlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 316-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida olib borilmoqda.

Ishchi guruh aʼzolari dastlab meʼyoriy hujjatlarning yuritilishini, ayol pedagog xodimlar va talaba qizlarning ijtimoiy holati umumiy roʻyxati bazasi, "Qizlarjon", "Lider qizlar" klublari faoliyatini oʻrgandilar.

Shundan soʻng 3-talabalar turar joyidagi shart-sharoitlar koʻzdan kechirildi. Talaba qizlar bilan muloqot davomida ularning boʻsh vaqtini qanday oʻtkazayotgani, ijtimoiy himoya masalalari haqida soʻz bordi.

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

10 Nov, 16:29


#Haftanoma

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti faoliyatiga doir haftaning muhim voqealari sharhi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

03 Nov, 13:51


#Sarhisob

🧑🎓Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida 1-bosqich oʻquvchilari ishtirokida “Oʻquvchilik qasamyodi” tadbiri va ota-onalar yigʻilishi oʻtkazildi.


🔰Tadbirda akademik litsey oʻquvchilari tomonidan Vatanni madh etuvchi sheʼrlar, qoʻshiqlar ijro etildi.

Tadbirda 1-bosqich oʻquvchilariga ramziy maʼno kasb etuvchi “Reyting daftarchasi” va “Oʻquvchi guvohnomasi” topshirildi.

📌Tadbir soʻngida oktabr oyida boʻlib oʻtgan ichki test sinovlarida yuqori natijalar koʻrsatgan oʻquvchilar va ularning ota-onalariga tashakkurnomalar hamda bir oylik stipendiyalar topshirildi.

📕Shuningdek, oktabr oyi davomida tashkil qilingan asosiy fan olimpiadalarining akademik litsey bosqichi gʻoliblari hamda “Zakovat” intellektual bilimlar bellashuvi respublika bosqichi sovrindorlari taqdirlandi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

02 Nov, 17:44


#Seminar_trening

Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (“Green University”)da “Orol dengizi masalalari va BMT barqaror taraqqiyot mexanizmlari” mavzusida seminar-trening boʻlib oʻtdi.


Mazkur tadbirda institutimiz rektori Orifjon Bozorov hamda “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” kafedrasi mudiri Zafar Uzoqov ishtirok etdilar.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamkorligida tashkil etilgan seminarda hozirgi kunda Orol dengizining qurigan tubida amalga oshirilayotgan ishlar hamda BMT barqaror taraqqiyot maqsadlari va ularni amalga oshirish mexanizmlari mavzularida maʼruzalar tinglandi.

Bundan tashqari, seminar davomida zamonaviy ekologik muammolar, innovatsion yondashuvlar va taʼlim jarayonlarida ekologik jihatlarni inobatga olish masalalari muhokama qilindi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

02 Nov, 07:21


#Futbol

Kecha Toshkentda “Lokomotiv” jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda Akmal Mozgovoy tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga gʻalaba qozongan “Nasaf” jamoasi chempionat tugamasdan oʻz tarixida ilk marta Oʻzbekiston chempioni nomiga sazovor boʻldi.


Bugun Roʻziqul Berdiyev shogirdlari Qarshi aeroportida koʻp sonli muxlislari va Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti professor-oʻqituvchilari, tyutorlar va talabalar tomonidan zoʻr kayfiyatda kutib olindi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

02 Nov, 06:34


#2024_OAVda_biz

📻 “Oltin voha” radiosining
“E’zoz” eshittirishida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti talabasi Adolat Boyitova bilan muloqot oʻtkazildi.

🎤 Suhbat mavzusi ijod sehri, she’r tahlili, ilhom manbai, o‘qishdagi yutuqlar, orzu-maqsadlar haqida bo‘ldi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

02 Nov, 06:26


#2024_OAVda_biz

📻 “Oltin voha” radiosining “Ekoolam” eshittirishida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti 1-kurs magistranti Rufaydo Bahodirxoʻjayeva bilan muloqot oʻtkazildi.

🎤 Suhbat davomida ekologik muammolar, yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, noyob turdagi hayvonotlarni asrab-avaylash kabi muhim masalalar haqida soʻz yuritildi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

01 Nov, 16:39


#Bugun

Sharhsiz...

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

28 Oct, 05:59


#2024_OAVda_biz

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining
(Edu.uz) telegram kanalida QarMII va Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi korxonasi hamkorligida tashkil etilgan “Gaz-kimyo va energetika” ilgʻor muhandislik maktabi faoliyati, maqsadi va rejalari haqida soʻz yuritildi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

28 Oct, 05:48


#Jarayon

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi.


Tadbirda yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Azamat Xayriddinov, yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Umrbek Toshniyozov, institut yoshlari yetakchisi Abbos Vohidov, tyutorlar va talabalar ishtirok etdilar.

Oʻzaro muloqot ruhida kechgan ushbu tadbirda yoshlarning kitobga boʻlgan mehrini oshirish, kitobxonlikni keng targʻib qilish, talabalar oʻrtasida oʻtkazib kelinayotgan sport musobaqalari va tanlovlarda faol ishtirok etish haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, talabalar ham oʻz takliflarini oʻrtaga tashladilar.

Yakunda “Men saylovga befarq emasman!” mavzusidagi videoroliklar tanlovi gʻolib va sovrindorlari diplomlar hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

27 Oct, 17:00


#Haftanoma

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti faoliyatiga doir haftaning muhim voqealari sharhi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

24 Oct, 18:01


#Saylov_2024

Bizning tanlovimiz – obod Vatanimiz!


Bizni birga kuzatib boring:
👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

24 Oct, 14:06


#Saylov_2024
#Chellenj

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti 2-talabalar turar joyidagi yoshlar 27-oktabr kuni boʻlib oʻtadigan saylovga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Ular 1-talabalar turar joyi yoshlarini yakdillikka chorladilar.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

QarMII axborot xizmati ✍️

QarMII axborot xizmati

24 Oct, 12:23


#Muloqot

Bugun institutda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish omillari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining viloyat bo‘limi psixologi D.Rahimova, Qarshi shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, leytenant N.Maqsadova, voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlash guruhi katta inspektori, leytenant M.Xudoynazarova, institut profilaktika inspektori, kapitan A.Kattamov, xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Eshonqulova, dekan maslahatchilari hamda talaba qizlar ishtirok etdilar.

Suhbat davomida tazyiq va zo‘ravonlik sodir etilishi va shart-sharoitlar, bu kabi holatlarning kelib chiqish sabablari tahlil qilindi. Huquqiy ta’sir choralari haqida keng tushuncha berildi. Davlatimiz tomonidan xotin-qizlarning har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelinayotgani alohida e’tirof etildi.

QarMII axborot xizmati ✍️