Shovot.Uz |Rasmiy| @shovothokimlik Channel on Telegram

Shovot.Uz |Rasmiy|

@shovothokimlik


Shovot tumani hokimligi axborot xizmatining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari.

Telegram: https: //t.me/shovothokimlik
Facebook: https://www.facebook.com/shovottumanihokimligi.axborotxizmati?mibextid=ZbWKwL
Instagram:

Official Channel of Shovot District Administration (Uzbek)

Shovot tumani hokimligi axborot xizmatining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari. Agar siz Shovot tumani hokimligi faoliyatiga doir so'nggi yangiliklarni o'rganishni istaysiz, ushbu kanal siz uchun mo'ljallangan. Kanalda rasmiy ma'lumotlar, hujjatlar, ijro etilayotgan loyihalar va boshqa ma'lumotlar bilan tanishing. Shovot tumani hokimligi ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati orqali jamiyatga xizmat qilishni maqsad qilgan. Agar siz ham bu hokimlik faoliyatiga qiziqish uyg'otib, so'nggi yangiliklardan birinchi bo'lib xabar qilishni istasangiz, ushbu kanalga obuna bo'lishni unutmang! Telegram: https://t.me/shovothokimlik Facebook: https://www.facebook.com/shovottumanihokimligi.axborotxizmati?mibextid=ZbWKwL Instagram:

Shovot.Uz |Rasmiy|

11 Jan, 07:39


#Infografika

Tekshiruvlar qanday o'tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Biznes Ombudsmani tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish maqsadida tekshiruv jarayonlari bo‘yicha infografika ishlab chiqdi. Bu ma’lumot tadbirkorlarga qonuniy jarayonlar va huquqlarini bilish imkoniyatini beradi.

🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | Telegram |🌐Instagram

Shovot.Uz |Rasmiy|

11 Jan, 06:54


😊😊😊😊😊

Avtomatlashtirilgan mahalla isteʼmol-nazorat balansini joriy etish boʻyicha “Shovot tajribasi”


💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

Shovot.Uz |Rasmiy|

10 Jan, 11:48


Bugun Shovot tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining ko‘chma hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda boshqarma boshlig‘i, boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari va qolgan o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari, sho‘ba mudirlari, mutaxassislar hamda Shovot tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablari direktorlari ishtirok qildilar.

Tuman va shahar studiyalaridan esa tuman, shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ul xodimlari, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablari direktorlariqatnashdilar.

Yig‘ilishni boshqarma boshlig‘i Xamro Bektemirov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Tadbir davomida maktabgacha ta’lim va umumta’lim maktablarida 2024-yil davomida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yakunlari, ta’lim sohasida 2025-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan mas’ullarning axboroti tinglandi.

Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda sohaga doir boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌

Shovot.Uz |Rasmiy|

09 Jan, 15:42


Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ul xodimi Sodiqjon Saidov, viloyat iqtisodiyot va moliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Shoxrux Gadaniyazov hamda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari San’at Saidov tomonidan, Shovot tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va amalga oshirilayotgan “drayver” loyihalar o‘rganildi.

Jumladan, Shovot kanalining ikki qirg‘oqida tunu-kun (24/7) rejimda faoliyat ko‘rsatadigan ko‘ngilochar va xizmat ko‘rsatish maskani, tumandagi “Mahtumquli” mahallasi hududidan 12,7 ga yer maydonida yengil va yuk avtomobillari uchun avtoturargoh hamda texnik xizmat ko‘rsatish “Logistika markazi”, “Shovot dehqon bozori” mas’uliyati cheklangan jamiyati hududiga qarashli bo‘sh turgan yer maydonidan samarali foydalanish maqsadida zamonaviy yopiq pavilyon qurish loyihalari bilan tanishdilar.

Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|Veb-sayt

Shovot.Uz |Rasmiy|

09 Jan, 06:02


Shovot tumani bo‘yicha "Tashabbusli byudjet" jarayonining 2024-yil IV chorak mablag‘lari yo‘naltirilishi va sarflanishi bo‘yicha hisobot.

Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|Veb-sayt

Shovot.Uz |Rasmiy|

08 Jan, 10:35


“Ijtimoiy karta” tizimini joriy etish bo'yicha hukumat qarori qabul qilindi

Qarorga ko'ra, ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish moliyaviy agent vazifasini bajaruvchi rezident tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi.

🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | Telegram |🌐Instagram

Shovot.Uz |Rasmiy|

08 Jan, 08:46


8 yanvar — O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni muborak bo‘lsin!

Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram

Shovot.Uz |Rasmiy|

07 Jan, 13:30


Ayni damda "Shovottumangaz" GTB tomonidan avariya tiklash ishlari yakuniga yetkazilmoqda.

Gaz hodimlari har qanday sharoitda ham aholi farovonligi uchun mehnat qilishadi.

Shovot.Uz |Rasmiy|

06 Jan, 16:35


"Shovot -1" gaz taqsimlash stantsiyasidan chiquvchi diametri 325 mm. bo‘lgan yuqori bosimli yer osti gaz quvurida aniqlangan gaz sizib chiqish holati bartaraf etilishi sababli Shovot tumanining Uzunko‘l, Archazor, Xitoy, Taraqqiyot, Do‘stlik, Shovot, Zamondosh, Bunyodkor, Asavey, Qumyop, Royat, Mevazor, Oq-oltin, Paxtakor, Istiqbol, Qirg‘oqbo‘yi, Arbob, Po‘lat, Oydin, Qunduz, Idaliqalʼa va Komiljon ota mahallalariga ertaga, 7-yanvar kuni soat 11:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.

Aholi xonadonlari soni - 13 814 ta
Ulgurji isteʼmolchilari soni - 372 ta

Ta'mirlash ishlari tugatilgandan so'ng, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi.

“Hududgaz Xorazm” GTF matbuot xizmati

Shovot.Uz |Rasmiy|

06 Jan, 13:47


2024-yil yoshlar hayotida qanday oʼzgarishlar olib keldi? (+video)

2024-yil – "Yoshlar va biznesni qoʼllab-quvvatlash" yilida koʼplab yoshlarimiz katta muvaffaqqiyatlarga erishdilar. Jumladan, Oʼzbekiston sanʼat va madaniyat instituti tayanch doktoranti, Yoshlar parlamenti aʼzosi va yaqindagi oʼz tadbirkorlik faoliyatini boshlagan Irodaxon Berdiyeva ham mana shunday faol va katta natijalar koʼrsatgan yoshlardandir.

🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | Telegram |🌐Instagram

Shovot.Uz |Rasmiy|

05 Jan, 10:01


DAVLAT DASTURLARI IJROSI TA'MINLANMOQDA

04.01.2025

📲@XorazmTELEKANAL✔️

📲DASTURNING HD versiyasi👇

🎥 YouTube

📺 OnlineTV
📻 Online Radio

Telegram kanalga ulanish⤵️
https://t.me/+Sc_gfY0E_0jvYofu

Shovot.Uz |Rasmiy|

04 Jan, 05:44


“Men G‘olib” musobaqasiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

Joriy yilning 3-yanvaridan Yugur.uz platformasida “Men G‘olib” harbiy-vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.

🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | Telegram |🌐Instagram

Shovot.Uz |Rasmiy|

04 Jan, 04:13


“E-auksion” elektron savdo platformasi orqali savdoga chiqarilgan
davlat aktivlari bo‘yicha to‘lovlarni, ularning miqdoridan qat’iy nazar 5 (besh) yil ichida bo’lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib oling!

🔷 Urganch shahrida 2 tа (ko'rish)
🔷 Bog'ot tumanida 5 tа (
ko'rish)
🔷 Gurlan tumanida 2 tа (
ko'rish)
🔷 Qo'shko'pir tumanida 2 tа (
ko'rish)
🔷 Urganch tumanida 1 tа (
ko'rish)
🔷 Tuproqqal'a tumanid 2 tа (
ko'rish)
🔷 Xiva tumanida 3 tа (
ko'rish)
🔷 Shovot tumanida 3 tа (
ko'rish)
🔷 Yangiariq tumanida 2 tа (
ko'rish)

Savollarga javob olish

☎️: 71 202 21 11
☎️: 99 207 26 03

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Shovot.Uz |Rasmiy|

03 Jan, 13:58


#yashil_energiya

Inson qadri uchun: O‘zbekistonda “yashil” elektr stansiyalar hajmi oshirilmoqda.

Tahlil Buxoro viloyatida barpo etilayotgan (dastlabki quvvatlari ishga tushirilgan) yirik quvvatli shamol elektr stansiyalari misolida.

🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | Telegram |🌐Instagram

Shovot.Uz |Rasmiy|

03 Jan, 13:55


#yashil_energiya

Yil
voqeasi: Saudiya Arabistonining «ACWA Power» kompaniyasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qorao‘zak tumanida 100 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasi qurilmoqda.

🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | Telegram |🌐Instagram

Shovot.Uz |Rasmiy|

03 Jan, 13:51


Xitoydan munosabat: O‘zbekiston Markaziy Osiyoda maishiy chiqindilarni energiyaga aylantiradigan zavodlarga ega bo‘lgan birinchi davlatga aylanadi

Tom Shi, “Shanghai SUS Environment Co. Ltd” kompaniyasi vitse-prezidenti.

🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | Telegram |🌐Instagram

Shovot.Uz |Rasmiy|

03 Jan, 13:43


2024-yil raqamlarda: tahlil va natijalar

🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | Telegram |🌐Instagram

Shovot.Uz |Rasmiy|

31 Dec, 14:52


BAYRAM ARAFASIDA SAXOVAT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

Bugun Shovot tumani hokimi Oybek Xolboyev va tuman hokimining o'rinbosarlari, tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli bolalar bo'limida bo'lib, ushbu bo'limda davolanayotganlar holidan xabar oldilar. Yangi yil bayrami munosabati bilan bemorlarni tabriklab ularga bayram sovg'alarini topshirdilar.

Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|Veb-sayt

Shovot.Uz |Rasmiy|

06 Dec, 18:54


Xorazm viloyati hokimining o‘rinbosari Anvar Davletov tomonidan tadbirkorlik faoliyatida muammolari mavjud bo‘lgan, faoliyati to‘xtagan va qayta tiklash istagida bo‘lgan tadbirkorlarning muammolarini bartaraf etish maqsadida Shovot tumanida tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlar o‘z faoliyatlarini kengaytirish, kredit olish, soliq imtiyozlarini qo‘llash kabi muammoli masalalar yuzasidan murojaat qilib, yangi biznes g‘oyalari va takliflarini bildirdilar. Har bir murojaat tegishli soha rahbarlari ishtirokida shu joyning o‘zida muhokama qilindi, ko‘tarilgan masalalarning bir qismi joyida o‘z yechimini topdi, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|Veb-sayt

Shovot.Uz |Rasmiy|

06 Dec, 15:34


Shovot tumanida 2024-yil 2-mavsumida “Ochiq byudjet” loyihasi doirasida fuqarolar tomonidan ilgari surilgan va gʻolib boʻlgan takliflar asosida mahallalarga asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, Qiyot mahallasining Tadbirkor va Bunyodkor koʻchalariga loyiha asosida jami 2.4 km asfalt yotqizish belgilangan boʻlib, bugungi kunda pudratchi tashkilot tomonidan asfalt yotqizish ishlari toʻliq bajarildi.

Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|Veb-sayt

Shovot.Uz |Rasmiy|

06 Dec, 15:26


🌳 Shovot tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

🌱 Xususan, tumandagi Idaliqal’a mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari amalga oshirildi. Ko‘chat ekish jarayonlarida nuroniylar, yoshlar, turli soha vakillari ishtirok qilib, mahalla hududidagi ko‘cha va bo‘sh turgan yer maydonlariga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazdilar.

Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|Veb-sayt

Shovot.Uz |Rasmiy|

27 Nov, 11:11


Хоразм вилояти прокуратураси бўлим бошлиғи Д.Қурбанов ҳамда Шовот туман прокуратураси томонидан туманда Ўзбекистон Республикаси Президентининг 24.05.2023 йилдаги ПФ-77-сонли Фармони ҳамда ВМнинг 388-сонли Қарори ижросини таъминлаш мақсадида Ишчи гуруҳ аъзолари билан кунлик вазифалар белгилаб олинди.

Шунингдек, Шовот тумани "Ипакчи" маҳалласида энерготежамкор ускуналар жорий этиш бўйича амалий кўргазмали семинар ўтказилди.

Бундан ташқари, ижтимоий соха обектларининг мавсумга тайёрлиги ўрганилиб, мавжуд дебитор қарздорликларни ундириш ишлари олиб борилди.

  Шу каби, туман ФВБ ходимлари томонидан ахоли хонадонларида ис газидан сақланиш юзасидан тавсиялар берилмоқда.

Shovot.Uz |Rasmiy|

27 Nov, 05:22


YETTINCHI CHAQIRIQ XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI
KENGASHINING IKKINCHI SESSIYASI


Sessiyada tuman hokimi Oybek Xolboyev, sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, tuman kengashi deputatlari, tegishli idora-tashkilot rahbarlari, fermer xo'jaligi rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlarining hisobotlari tinglandi va belgilangan tartibda masalalar ko‘rib chiqildi.

Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan deputatlar o‘z fikrlarini bildirdilar. Shuningdek, sessiya kun tartibida muhokama qilingan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi.

Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|Veb-sayt

Shovot.Uz |Rasmiy|

27 Nov, 05:22


#tayinlov

Masharipov Izzatbek Masharipovich - Xalq deputatlari Shovot tumani kengashi kotibiyat mudiri lavozimiga tayinlandi.

I.Masharipov tayinlovga qadar Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|Veb-sayt

Shovot.Uz |Rasmiy|

26 Nov, 06:49


⚠️“Navoiyuran” davlat korxonasi xalqaro kredit reytingini qo‘lga kiritdi

🔅Transformatsiya mamlakat iqtisodiyoti faoliyatining barqarorligi va samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyuldagi PQ-319 sonli qaroriga muvofiq korxonani transformatsiya qilish natijasida xalqaro kredit reytingini olish hamda korxonaning investitsion jozibadorligini oshirish vazifasi belgilangan.

🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | Telegram |🌐Instagram

Shovot.Uz |Rasmiy|

26 Nov, 04:31


Noturar bino inshoot (Koʻmir mahsulotlarini sotish do‘koni binosi)

Manzil: Xorazm viloyati, Shovot tumani, Qo‘shko‘pir MFY, Qo‘shko‘pir ko‘chasi, 111-uy
Boshlang'ich narxi: 964,8 mln so'm
Yer maydoni: 20 sotix
Bino inshootlar maydoni: 648,8 kv.m
To'lov muddati: 60 oy

Batafsil: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=11857230

☎️: +998712022111

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Shovot.Uz |Rasmiy|

18 Nov, 07:22


🇺🇿18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

Bayroq qadim-qadimdan har bir xalqda mustaqillik, ozodlik, tinchlik va barqarorlik timsoli bo‘lib kelgan.

🇺🇿Bayrog‘imizdagi har bir rang, har bir belgi o‘ziga xos ma’noga ega:

Moviy rang – kuch-qudratni, tinchlik va barqarorlikni o‘zida aks ettiradi;

😎Oq rang – poklik, beg‘uborlikni ifodalab kelgan;

Yashil rang – yasharish va yangilanish ramzi, shuning barobarida ona tabiatimiz, asriy qadriyatlarimiz, iymon-e’tiqodimiz timsoli hisoblanadi.

Qizil chiziqlar tomirimizdagi ajdodlar qoni – mangulik nishonasidir.

🌜Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog‘liq. Ayni paytda u qo‘lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi ham.

Davlat bayrog‘imizdagi 12 yulduz tasvirini o‘zbek xalqi madaniyatining qadimiyligi, uning komillikka, o‘z tuprog‘ida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish lozim.

🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | Telegram |🌐Instagram

Shovot.Uz |Rasmiy|

17 Nov, 18:16


Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ozoda Parpiboyeva tomonidan Shovot tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida ishga joylashish, uy-joy, kadastr masalalari, tibbiy yordam va davolanish, oilaviy masalalar bo'yicha murojaatlar soha mutaxassislari ishtirokida o‘rganildi. Ushbu murojaatlarning bir qismi joyida ijobiy yechim topgan bo‘lsa, alohida o‘rganishni talab qilgan murojaatlar tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib ijrosi nazoratga olindi.

Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|Veb-sayt

Shovot.Uz |Rasmiy|

16 Nov, 04:23


Saida Mirziyoyeva talabalar bilan uchrashdi (foto)

“Yoshlarni tinglash nihoyatda muhim, chunki umumiy kelajagimizni aynan ular barpo etadilar”, deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | Telegram |🌐Instagram

Shovot.Uz |Rasmiy|

15 Nov, 12:46


Bokuda bo‘lib o‘tgan COP29da O‘zbekistonlik ekofaollar taqdimoti

🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | Telegram |🌐Instagram

Shovot.Uz |Rasmiy|

14 Nov, 10:14


Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan Shovot tumani hokimligi, tuman prokuraturasi va tuman ichki ishlar bo‘limi bilan hamkorlikda Arbek mahallasida kompleks tadbirlar va sport musobaqalari o‘tkazildi.

Jumladan:
- Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish
- “10 ming qadam” salomatlik aksiyasi
- Tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar
- Yosh musavvirlar tanlovi
- Stol tennis, shashka, shaxmat va kamondan o'q otish sport musobaqalari
- Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi
- Arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi
- Uch avlod uchrashuvi
- Hunarmandlarning qo‘l mehnati namunalari
- Mahalla fuqarolari uchun sayyor tibbiy ko‘rik tashkil etildi.


Shuningdek, mahallaning ichki tuproq ko‘chalariga qum tosh aralashmasi (SHPS) yotqizish ishlari boshlab yuborildi. Bunday kompleks tadbirlar markazdan olis joylashgan mahallalarda ham davom qildiriladi.

Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|Veb-sayt

Shovot.Uz |Rasmiy|

04 Nov, 05:44


“Xalqqa yordam-oliy qadriyat” shiori ostida kouching o‘tkazildi

Shovot tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami uchun kouching tashkil etildi. Unda markaz direktori R.Abduraxmonov va tegishli mutaxassislar tomonidan uchrashuv ishtirokchilariga huquqiy tushuntirish ishlari olib borildi va ular tomonidan berilgan savollarga asoslantirilgan javoblar berdilar.

Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad avvalo ijtimoiy himoya tizimida amalga oshirilayotgan ishlarni fuqarolarga yaqinlashtirish, davalatimiz tomonidan yaratib berilgan imkoniyatlar haqida kengroq tanishtirish hamda bu orqali insonlarni jamiyatga ijtimoiylashuvini ta’minlashga erishishdan iboratdir. Shuningdek, kouching so'ngida markaz psixologi tomonidan fuqarolar uchun psixologik trening tashkil etildi.

Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|Veb-sayt

Shovot.Uz |Rasmiy|

03 Nov, 15:14


Шовот туманида маҳаллалар инфратузилмасини яхшилаш, ички хўжалик йўлларига шағал аралашмасини ётқизиш, куз-қиш мавсумига тайёргарлик, “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси доирасида кузги кўчат экиш ва ободонлаштириш ишларини ташкил этиш, аҳоли бандлигини таъминлаш масалаларига бағишланган  амалий семинар  ўтказилди. Дастлабки босқичда тумандаги Чиғатой ва Қангли маҳаллаларида 10,3 км ички йўлларни таъмирлаш кўзда тутилган.

Тадбирда вилоят ҳокими Жўрабек Рахимов иштирок этиб, бу борадаги муҳим вазифалар хусусида тўхталди. Шунингдек, маҳаллаларда аҳоли бандлигини таъминлаш мақсадида бўш иш ўринлари меҳнат ярмаркалари ва чуқурлаштирилган тиббий кўриклар, энергия тежамкор технологиялар кўргазмаси  ташкил қилинди.

Хоразм вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати
Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram

Shovot.Uz |Rasmiy|

02 Nov, 03:55


Saida Mirziyoyeva Rossiya hukumati raisi o‘rinbosari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Yaqin kelajakda Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali ochilishi mamnuniyat bilan qayd etildi.

🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | Telegram |🌐Instagram

Shovot.Uz |Rasmiy|

01 Nov, 17:48


DIQQAT E’LON!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Shovot tumani ixtisoslashtirilgan maktab internatida, joriy yilning 2-noyabr kuni soat 11:00 da Shovot tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan tumanda istiqomat qiluvchi yurtdoshlarimiz uchun “Xalqqa yordam - oliy qadriyat” shiori ostida kouching tashkil etiladi.

Unda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar haqida batafsil ma’lumot beriladi. Siz ham unda ishtirok etib o‘zingizni qiziqtirgan savollaringizga batafsil javob topishingiz mumkin.

Kouchingga barchani taklif etamiz!

Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|Veb-sayt

Shovot.Uz |Rasmiy|

01 Nov, 12:18


👉 So‘rovnoma

🟡 Sizning fikringiz davlat xizmatlaridan foydalanishni yengillashtirishga sabab bo‘lishi mumkin.

📱 Bugun raqamlashtirish tufayli aholiga 670 dan ortiq davlat xizmatlari onlayn shaklda ko‘rsatilmoqda.

❗️ Shunga qaramay, byurokratik to‘siqlarni kamaytirish, davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladigan ishlar ko‘p. Bu jarayonda har bir yurtdoshimizning ishtiroki juda muhim. 

🧑‍💻 Ushbu maqsadlarga erishish uchun Sizni qisqa so‘rovnomamizda ishtirok etishga taklif etamiz.

💬💬💬💬💬💬

👉 Опрос

🟡 Ваше мнение может облегчить пользование госуслугами.

📱  Сегодня, благодаря цифровизации, более 670 государственных услуг предоставляются населению онлайн.

❗️Однако, вместе с тем, необходимо проделать большую работу в плане сокращения бюрократических барьеров и обеспечения открытости государственных органов. Участие каждого гражданина в этом процессе очень важно.

🧑‍💻В целях достижения поставленных задач мы приглашаем Вас принять участие в нашем небольшом опросе.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

Shovot.Uz |Rasmiy|

01 Nov, 04:28


"Zulfiya" nomidagi davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi

Shovot tumanida “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichi bo‘lib oʻtdi. Tanlovda ishtirokchilarning taʼlim, fan, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sport, axborot texnologiya va jamoatchilik faoliyati kabi yo‘nalishlarda erishgan yutuqlari komissiya a’zolari tomonidan o‘rganildi va baholab borildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra qatnashuvchilar tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan diplom hamda kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.

Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|Veb-sayt

Shovot.Uz |Rasmiy|

31 Oct, 12:39


O‘zbekiston COP29da ishtirok etadi: samarali hamkorlik va yangi imkoniyatlar

Oʻzbekistonda 2024-yilning 11–22-noyabr kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida boʻlib oʻtadigan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim oʻzgarishi boʻyicha doiraviy konvensiyasi (BMT UNFCCC) ishtirokchilari konferensiyasining 29-sessiyasiga (COP29) qizgʻin tayyorgarlik koʻrilmoqda.

COP29 doirasida Oʻzbekiston hukumati tomonidan oʻzbek madaniyati, tarixi va noyob muhiti asosidagi anʼanaviy tamoyillar va texnologiyalarni aks ettiruvchi Milliy pavilyon ochiladi.

🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | Telegram |🌐Instagram

Shovot.Uz |Rasmiy|

30 Oct, 04:48


“E-auksion” elektron savdo platformasi orqali savdoga chiqarilgan
davlat aktivlari bo‘yicha to‘lovlarni, ularning miqdoridan qat’iy nazar 5 (besh) yil ichida bo’lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib oling!

🔷 Urganch shahrida 2 tа (ko'rish)
🔷 Xiva shahrida 1 tа (
ko'rish)
🔷 Bog'ot tumanida 5 tа (
ko'rish)
🔷 Gurlan tumanida 2 tа (
ko'rish)
🔷 Qo'shko'pir tumanida 3 tа (
ko'rish)
🔷 Urganch tumanida 1 tа (
ko'rish)
🔷 Tuproqqal'a tumanid 3 tа (
ko'rish)
🔷 Xonqa tumanida 3 tа (
ko'rish)
🔷 Xiva tumanida 3 tа (
ko'rish)
🔷 Shovot tumanida 4 tа (
ko'rish)
🔷 Yangiariq tumanida 3 tа (
ko'rish)
🔷 Yangibozor tumanida 2 tа (
ko'rish)

Savollarga javob olish

☎️: 71 202 21 11
☎️: 99 207 26 03

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Shovot.Uz |Rasmiy|

29 Oct, 06:41


Saida Mirziyoyeva BMTning O‘zbekistondagi doimiy rezident-koordinatori bilan uchrashuv o‘tkazdi

Muloqot davomida Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.

🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | Telegram |🌐Instagram

Shovot.Uz |Rasmiy|

24 Oct, 17:59


DEMOKRATIK ISLOHOTLAR SAMARASI - FUQAROLIK JAMIYATI RIVOJIDA KOʻRINADI

2024-yil 24-oktabr kuni Toshkent shahrida Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi doirasida “Erkin fuqarolik jamiyati va nodavlat notijorat tashkilotlarini rivojlantirish” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

Konferensiyada O‘zbekistonning demokratik taraqqiyot yo‘lidagi islohotlari, ayniqsa fuqarolik jamiyati sohasidagi tub o‘zgarishlar, mamlakatning ochiqlik va shaffoflik borasidagi yutuqlari jahon hamjamiyati e’tiboriga havola etildi.

🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | Telegram |🌐Instagram

Shovot.Uz |Rasmiy|

24 Oct, 04:22


Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi tomonidan, tumandagi ishsiz yoshlarni bandligini ta’minlash maqsadida “Textile Finance Khorezm” MChJ korxonasiga ekskursiya tashkil etildi. Unda yoshlarimizga korxonaning ish faoliyati, xodimlarga yaratilgan sharoitlar, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma‘lumot berildi. Shuningdek, ishlash istagida bo‘lgan yoshlarni hujjatlari korxona tomonidan qabul qilindi.

Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|Veb-sayt

Shovot.Uz |Rasmiy|

23 Oct, 13:25


#QABUL

Shovot tumani hokimi Oybek Xolboyevning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabul jarayonida 40 nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Fuqarolar tomonidan davolanishda yordam, ishga joylashtirish, tadbirkorlik qilish uchun kredit ajratish, subsidiya ajratish, mahalla hududidagi yo‘llarni ta’mirlash, uy-joy, kadastr va boshqa masalalarda murojaatlar bo‘ldi. Yuqoridagi masalalarning bir qismi joyida ijobiy yechim topgan bo‘lsa, qolgan murojaatlarni joyiga chiqib o'rganish yuzasidan tegishli tashkilot xodimlariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|Veb-sayt

Shovot.Uz |Rasmiy|

23 Oct, 13:02


XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING TO‘QSON TO‘RTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.

Sessiyada tuman hokimi Oybek Xolboyev, sektor rahbarlari, tuman Xalq qabulxonasi mudiri, tuman hokimining o‘rinbosarlari, tuman kengashi deputatlari, tegishli idora-tashkilot rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlarining hisobotlari tinglandi va belgilangan tartibda masalalar ko‘rib chiqildi.

Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan deputatlar o‘z fikrlarini bildirdilar. Shuningdek, sessiya kun tartibida muhokama qilingan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi.

Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|Veb-sayt

Shovot.Uz |Rasmiy|

23 Oct, 10:37


#no_comment

Bugungi kunda Shovot tumanining 25 ta mahallasidagi 12 223 ta aholi xonadonlari va 13 ta ijtimoiy soha obʼektlariga suyultirilgan gaz o'z vaqtida yetkazib berilmoqda.

"Hududgaz Xorazm" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Shovot.Uz |Rasmiy|

23 Oct, 09:10


#AntiFake_uz_ogohlantiradi

💻So‘nggi kunlarda Telegram messenjerida onlayn firibgarlikning yangi usullari keng tarqalmoqda. Jinoyatchilar foydalanuvchilarni aldash uchun "Salom, bu senmisan suratda?" kabi soxta xabarlar va virusli fayllar yubormoqda.

⚡️Biriktirilgan ilovani yuklab olgan zahoti qurilmangiz xavf ostida qoladi va shaxsiy ma’lumotlar o‘g‘irlanishi mumkin.

‼️Firibgarlar aldoviga tushib qolmaslik uchun hushyorlikni oshiring va notanish akkauntlardan kelgan fayllarni yuklab olmang!

Shovot.Uz |Rasmiy|

22 Oct, 05:08


Iqtisodchi, Nobel mukofoti sovrindori boʻlgan fransuz olimi Jan Tirol 14-oktabr kuni Toshkentda ochiq maʼruza oʻtdi

Tadbir Yangi Oʻzbekiston universiteti hamda “Zakovat” klubi hamkorligida tashkil etildi. Maʼruzada Jan Tirol shaxsiy manfaatlar va ijtimoiy farovonlik oʻrtasidagi muvozanatni tushuntirib, xalq farovonligiga erishish boʻyicha oʻz izlanishlari haqida maʼlumot berdi.