𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃 @avfet Channel on Telegram

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

@avfet


• Канал сизни ибодатдан тўсаётган бўлса, канални кузатманг!

Каналда ўзим ўқиган иқтибослар ва ёқтирган постлар. Менга тегишли бўлган изоҳлар шахсий ва субектив фикрлар)) 😊

• Ер ости оламим: @alone0ctopus 💙

• Мурожаат учун: @KarievRobot ✍🏻

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃 (Uzbek)

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃 канали сизни ибодатдан тўсаётган бўлса, канални кузатманг! Каналда ўзим ўқиган иқтибослар ва ёқтирган постларни топиш имкониятингиз бор. Менга тегишли бўлган изоҳлар шахсий ва субектив фикрлардан иборат. Биз @alone0ctopus дан кейинги эр ости оламимизда келиб чиқадиган мазмунларни тавсия қиламиз. Агар саволжонингиз бўлса, мурожаат учун @KarievRobot га мурожаат қилинг. Ҳақиқий билмлигингизни янада кенгайтириш учун 𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃 каналинга обуна бўлинг ва янги мазмунлардан куришни бошланг!

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

14 Jan, 14:44


Ёлғиз қолганингда ким бўлсанг, сен "ўша"сан!

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

14 Jan, 02:43


Kitob ko'tarib yurgan har kim ham hikmat egasi bo‘lavermaydi. Chunki bilim qog‘ozning og‘irligida emas, balki tushunishning yuksakligi va anglashning chuqurligidadir.

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

13 Jan, 14:56


Ming yil oʻqisam-u, mendan "nimani bilding?" deb soʻrasalar, "haddimni", deyman.

• Jaloliddin Rumiy

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

13 Jan, 10:20


Аллоҳни таниш энг лаззатли иш. Ундан ўтадиган лаззат йўқ!

Имом Абу Ҳомид Ғаззолий

@MubashshirAhmad

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

12 Jan, 14:28


Osmondan tushadigan eng mayda yomg'ir tomchilarini ham bir - biriga tekkizmaydigan Robbingiz bor.
Tuproqqa tushgan bir dona urug'ni mingga aylantirgan Robbingiz bor.
Suvsiz tuproqdan sersuv meva, sabzavotlar undirgan Robbingiz bor.

Siz yana nimadan buncha havotirdasiz?

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

12 Jan, 10:40


Bolaning lug‘atini boyitish, nutqini yaxshilash, o‘z holatini samimiy bayon qilishga o‘rgatish lozim. Toki u hayotning har bir holatiga mos keladigan so‘zni topa bilsin. Toki u ismsiz dardining ismini topsin! Toki u hayot bilan kitob o‘rtasida hech qanday farq sezmasin.

• Erkin Vohidov

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

12 Jan, 05:48


Hamma xatoning boshi dunyoga muhabbat qoʻyishdan boshlanadi...

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

10 Jan, 13:38


Сизни тушунишмаса ёки нотўғри тушунишса, асло хафа бўлманг. Зарур бўлса, очиқроқ тушунтириб кўринг.

Чунки кўнгил, тушунча ва ҳиссиётлар ҳаммада ҳар хил бўлади. Ҳамма бир хил хатни ўқийди, бир хил гапни эшитади лекин муносабатлар турлича акс этади...

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

09 Jan, 15:33


Tark etish mumkin bo‘lmagan gunoh yo‘q. Agar tark etib bo‘lmaydigan gunoh bor desang, demak o‘zing bu gunohni tark etishni istamaysan.

• Mojid Ayyub

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

09 Jan, 07:10


Kim kuchliroq, kim aqlliroq, kim go'zalroq, kim boyroq — farqi yo‘q. Chunki faqat bir narsa muhim: sen baxtli odammisan yoki yo‘q

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

08 Jan, 14:57


Insonlarning ichida aqli noqisi - o‘zini boshqalardan yuqori qo‘yib, fazilatli sanovchi kishidir. Insonlarning eng aqli sobiti esa o‘z nafsini eng ko‘p malomat qilib, ayblovchi kishidir.

• Abu Homid G‘azzoliy rohimahulloh.

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

08 Jan, 02:52


Inson ilm olishga butun fikri, aqli va jismini ishga solmas ekan, u ilmdan biror narsani qo’lga kirita olmaydi.

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

07 Jan, 17:47


{ أَمۡ حَسِبۡتُمۡ أَن تَدۡخُلُوا۟ ٱلۡجَنَّةَ وَلَمَّا یَأۡتِكُم مَّثَلُ ٱلَّذِینَ خَلَوۡا۟ مِن قَبۡلِكُم }
[Baqara surasi: 214]

Sizdan avval o‘tganlarga kelganga o‘xshash narsa (sinov, musibat) sizlarga kelmasdan turib, jannatga (osongina) kiramiz, deb o‘yladingizmi?

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

07 Jan, 17:35


«Нафсидан узоклашган Аллохга якинлашар»

📚 LOL

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

06 Jan, 16:47


- Yoshligingda o’rgansang, qariguncha ko'nikasan. Qariganda o’rgansang, ko'nikguncha ko'milasan.

• Husayn Buxoriy

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

06 Jan, 03:05


#Sher

Yurakka qadalib qolgan alam choʻgʻ,
Aytarlar, koʻz oshkor qila oladi.
Lekin bu koʻzlardan yolgʻonchisi yoʻq,
Dil yigʻlab tursa ham kula oladi.

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

05 Jan, 19:36


Suzishni biladigan odam, cho'kmaydi deyishadi. Lekin botqoqda bo'lsang buning ahamiyati yo'q...)

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

05 Jan, 13:35


#onam_aytganidek

...Kampot muzdek ekan, issiq choydan qo'shib ich tomog'ing og'riydi

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

05 Jan, 07:27


Ba'zida qalbingizni sindirgan narsalar ko‘zingizni ham ochadi...

• "Kichkina shahzoda"

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

04 Jan, 18:23


#tavsiyam #manfaatli

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohning asarlarini o‘rganish tartibi

BIRINCHI BOSQICH

1. Iymon
2. Sof tabiat dini
3. Amallar niyatga bog‘liqdir («Islomning madori bo‘lgan hadislar» rukni)
4. Mo‘minning meroji – mufassal namoz kitobi (kiril va lotin alifbolarida)
5. Mo‘minning qalqoni – mufassal ro‘za kitobi
6. Mo‘minning najoti – mufassal zakot kitobi
7. Mo‘minning umr safari - mufassal haj kitobi
8. Yolg‘on
9. Ijtimoiy odoblar.
10. Baxtiyor oila
11. Isrof
12. Sunniy aqiydalar
13. Ixtiloflar: sabablar, yechimlar
14. Vasatiya – hayot yo‘li
15. Tasavvuf haqida tasavvur
16. Samarqandning sara ulamolari
17. Zikr ahlidan so‘rang (turkumi) 1-qism

IKKINCHI BOSQICH

18. Mukammal saodat yo‘li
19. Aqoid ilmi va unga bog‘liq masalalar
20. Kifoya (1, 2, 3-juzlar).
21. Yaxshilik va silai rahm (1, 2-juzlar)
22. Bozor va unga bog‘liq masalalar
23. Folbinlik, sehrgarlik, jin chiqarish va noan’anaviy davolash kabi ishlar haqiqati
24. Din nasihatdir.
25. Ochiq xat
26. Ruhiy tarbiya (1, 2, 3-juzlar)
27. «Hadis va Hayot» turkumi (1‒10-juzlar)
28. Zuhd va hayo («Islomning madori bo‘lgan hadislar» rukni)
29. Zikr ahlidan so‘rang (turkumi) 2-qism

UCHINCHI BOSQICH

30. Qur’on ilmlari
31. Tafsiri Hilol (1, 2, 3-juzlar)
32. Hadis va Hayot silsilasi (11‒20-juzlar)
33. Odoblar xazinasi («Adabul mufrad»: 1, 2, 3, 4-juzlar).
34. Mazhablar – birlik ramzi
35. Sog‘lom bola
36. Hidoyat imomi (Imom Abu Mansur Moturidiy)
37. Halol ochiq oydindir, harom ochiq oydindir («Islomning madori bo‘lgan hadislar» rukni)
38. Zikr ahlidan so‘rang (turkumi) 3-qism

TO‘RTINCHI BOSQICH

39. Aqidatut-Tahoviya sharhining talxiysi
40. Tafsiri Hilol (4, 5, 6-juzlar).
41. Mustalahul hadis
42. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
43. Hadis va Hayot silsilasi (21-30 hamda 34, 35, 36, 37-juzlar)
44. Xislatli hikmatlar sharhi (1, 2, 3, 4-juz)
45. Fiqhiy yo‘nalishlar va kitoblar
46. Usulul fiqh
47. Din nasihatdir («Islomning madori bo‘lgan hadislar» rukni)
48. Zikr ahlidan so‘rang (turkumi) 4-qism

ERKIN MAVZULAR

50. Keksalarni e’zozlash
51. Mazhabsizlik – Islom shariatiga tahdid soluvchi eng xatarli bid’atdir
52. Zikr ahlidan so‘rang (turkumi) 5-qism
53. Qarz va unga bog‘liq masalalar
54. Qur’on Karim va o‘zbek tilidagi ma’nolari tarjimasi
55. Oltin silsila («Sahihul Buxoriy»)

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

04 Jan, 04:58


Go'zallik bizni bezab turgan kiyimda emas, Go'zallik - aql va odobning go'zalligidadir. Otasi vafot etgan, yetim emas. Yetim - ilm va odobni o'ldirgan kishidir.

• Umar ibn Xattob

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

03 Jan, 23:04


Muammoni hal qilishni iloji bo'lsa, siqilishga sabab yo'q. Muammoni hal qilishni iloji bo'lmasa, unda siqilishni foydasi yo'q

• Muhammad Ali Eshonqulov

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

03 Jan, 16:31


Sevaman! deysanu, etasan isyon
Bu holing ajoyib, bo'laman hayron
Itoat qilginda, sevsang gar albatt
Sevgan suyganiga etar itoat...

• "Mukashafatul qulub" kitobidan
(She'r Allohga muhabbat haqida...)

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

03 Jan, 15:17


#sher

O'zini dono bilgan uch-to'rtta nodon
Eshak tabiatin qilur namoyon,
Eshaklar oldida sen ham eshak bo'l
Bo'lmasa kofir deb qilishur e'lon...

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

03 Jan, 14:03


Ҳадеб ўзингизни муаммоларингиз ҳақида гапиравермасдан, "Сен-чи? Сени нима қийнаяпти?" деб сўраб қўйинг. Йиғлаворади...

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

03 Jan, 13:04


Умр билан улғайиш мажбурий жараён. Ақл билан улғайиш эса ихтиёрий жараёндир.

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

01 Jan, 16:36


#save

Қасамки, умринг туғилган кунингдан эмас, балки Аллоҳ таолони таниган кунингдан бошланади.

• Ибн Атоуллоҳ Сакандарий раҳимаҳуллоҳ

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

01 Jan, 15:29


Bu ovozni ham sog'indim...

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

01 Jan, 15:20


Ramazon hidini sog'indim...

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

01 Jan, 04:26


Inson hammasini teskari qiladi. Katta bo‘lishga shoshiladi, so‘ng o‘tgan bolaligini sog‘inadi. Pul topish uchun sog‘ligini sarflaydi va keyin sog‘ligini tiklash uchun pul sarflaydi. Kelajakni shu qadar intizorlik bilan o‘ylaydiki, hozirgi vaqtni e’tiborsiz qoldiradi, natijada na bugungi kundan, na kelajakdan zavq ololmaydi. U shunday yashaydiki, go‘yo hech qachon o‘lmaydi, va shunday o‘ladi-ki, go‘yo hech qachon yashamagan kabi.

• Paulo Koelo

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

31 Dec, 16:44


#onam_aytganidek

Ўчиринглар телевизорни, янги йил кўрмаганмисизлар. Ундан кўра ухланглар, эрталаб бомдодга туришларинг керак. Бошқалар кутаверсин янги йилни, биз улардек эмасмиз...

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

31 Dec, 15:45


Sening tizzalaringga boshimni qo’yib,
Qur’on tilovatingdan tinglab,
ta’sirlanib ko’z yosh to’kishim,
sen ham menga qarab ko’zlaring namlanishi emasmidi ishq deganlari…?)

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

31 Dec, 03:51


Сендан нафратланмайман 2024.

Лекин сен - дарслар, ўзгаришлар ва оғриқлар билан бироз қийин йил бўлдинг.
Сен менга ҳаёт кўз очиб, юмгунча ўзгариб кетиши мумкинлигини ва шу вақтларда энг кўп ўзимга ишонишим кераклигини ўргатдинг.
Баъзи саволларга аниқ жавоб топиб бўлмаслигини ва йўқотишлар ҳар доим ҳам "йўқотиш" эмаслигини кўрсатдинг.
Умуман олганда, кўп нарсани ўзимга ташлаб қўйиб, мени қайта қурганинг учун ташаккур. Шу дарслар мен учун керакли бўлган бўлса, бошдан ўтказган ҳамма нарсам учун розиман)

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

29 Dec, 11:44


Bitta oddiy haqiqatni tushunishingiz va qabul qilishingiz kerak:

...Siz hamma uchun emassiz
va hamma siz uchun emas...
Bo'sh umidlar yukini tashlab, o'zingizni sinxronlashtiring¹...
O'z yo'nalishingizga boring,
Siz bilan bir yo'lda bo'lgan,
O'zini sinxronlashtiradi¹...
............
¹) синхронизация - sinxronizatsiya, sinxronlash, sinxron qilish, bir-biriga moslash, bir-biriga moslanish, mos boʻlish;

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

28 Dec, 15:51


Shunchaki ketgim bor.
Bilmadim qayerga?
Bilmadim nega?
Bilmadim kim bilan?
Lekin shunday joy bo'lsin-u qalbim tinchlansin.
Hech narsani, hech kimni o'ylamay. Meni hozirgi hamma - hammasidan chalg'ita olsin

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

28 Dec, 13:39


Kemaning suzishi uchun, suvga ehtiyoji bor. Ammo suv, kemaning ichiga kirsa, uni cho'ktiradi. Kema uchun suv nima bo'lsa, inson uchun dunyo ham shudir

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

27 Dec, 02:07


Musiqa va ashula aytish orqali juma bilan tabriklashniyam koʻrdik.
Juma bilan tabriklash oʻsha kun ibodatlari uchun baraka soʻrab duo qilish demakdir. Duoni musiqa bilan qilish choʻchqa soʻyib, “ehson” qilishdek beoʻxshov, halol-pok taomni najosat tekkan idishga suzib yeyishdek gʻalati.
Keyingi bekat nima?! Gitara chalib namoz oʻqishmi?!
Allohdan qoʻrqaylik. Amallarimizning maʼno-mohiyatini anglash uchun Alloh bizga inʼom qilgan aql - farosatni ishlataylik!
Alloh taolo barchamizni yaxshilikka boshlasin. Dinda faqih qilsin!

• Mahmud Usmon

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

26 Dec, 19:13


{ ٱعۡلَمُوۤا۟ أَنَّمَا ٱلۡحَیَوٰةُ ٱلدُّنۡیَا لَعِبࣱ وَلَهۡوࣱ وَزِینَةࣱ وَتَفَاخُرُۢ بَیۡنَكُمۡ وَتَكَاثُرࣱ فِی ٱلۡأَمۡوَ ٰ⁠لِ وَٱلۡأَوۡلَـٰدِۖ كَمَثَلِ غَیۡثٍ أَعۡجَبَ ٱلۡكُفَّارَ نَبَاتُهُۥ ثُمَّ یَهِیجُ فَتَرَىٰهُ مُصۡفَرࣰّا ثُمَّ یَكُونُ حُطَـٰمࣰاۖ وَفِی ٱلۡـَٔاخِرَةِ عَذَابࣱ شَدِیدࣱ وَمَغۡفِرَةࣱ مِّنَ ٱللَّهِ وَرِضۡوَ ٰ⁠نࣱۚ وَمَا ٱلۡحَیَوٰةُ ٱلدُّنۡیَاۤ إِلَّا مَتَـٰعُ ٱلۡغُرُورِ } [Hadid surasi: 20]

Билингки, албатта, бу дунё ҳаёти ўйин, кўнгил эрмаги ва зеб-зийнатдан, ўзаро фахрланишдан, мол-мулкни ва бола-чақани кўпайтиришдан иборатдир. Худди ўсимлиги деҳқонларни ажаблантирган ёмғирга ўхшайдир. Кейинроқ бу ўсимликлар қурийдир ва сарғайганини кўрасан. У сўнгра хас-чўпга айланиб кетадир. Охиратда эса қаттиқ азоб бор, Аллоҳдан мағфират ва розилик бор. Бу дунё ҳаёти ғурурга кетгазувчи матодан ўзга ҳеч нарса эмас. (Яъни, бу дунё ҳаёти шундай бир ёмғирга ўхшайдики, у ёққандан сўнг чиққан наботот деҳқонларни ҳайратга солади, завқлантиради. Аслида эса бу ҳол ўткинчидир. Яъни, ўсимликлар тезда қурийди. ранги сарғаяди ва қуриб, қовжираб, уқаланиб кетади. Ҳа, бу дунё ҳаёти ҳам шу каби алдамчидир. Шу билангина овуниб қолмаслиги керак. Чунки охиратда кофирларга қаттиқ азоб, мўминларга эса Аллоҳнинг мағфирати ва розилиги бор. Албатта, бу гаплар тарки дунё қилишга, ҳамма нарсадан юз ўгиришга чақириқ эмас. Балки мезон ва ўлчовларни тўғри йўлга солишга, ўткинчи ҳой-ҳавасдан устун бўлишга даъват, холос.)

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

26 Dec, 17:28


Ba'zan shu qadar hayajonlanib ketasizki, bir savolga soatlab yig'lagingiz keladi....

"Nima bo'ldi ?..."

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

26 Dec, 02:42


Нафс ҳар доим ўзини ҳақ деб билгани учун, инсон баъзида ўз хатоларини кўра олмайди.

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

25 Dec, 17:25


Бир куни орқага қараб, аслида ахамиятсиз бўлган нарсалар учун кўп ташвишланганингизни тушунасиз

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

25 Dec, 16:13


Iso alayhissalom iblis shayton bilan gaplashib qolishibdi, shunda shayton: Ey Iso! Shu tepalikdan o'zingni tashla, axir sen e'tiqodlisanku, ajaling yetgan bo'lsa o'lasan, yetmagan bo'lsa tirik qolasan, qani o'zingni tashla debdi.

Shunda Iso alayhissalom: Ey iblis! Biz bu dunyoga imtihon qilingani kelganmiz, imtihon qilgani emas degan ekanlar...!

• Abdukarim Mirzayev

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

25 Dec, 14:49


Дунёвий дардлар билан кўп машғул бўлиш, бизга асл мақсадимизни унуттиради.

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

25 Dec, 14:22


Keksa kishi kampiri vafot etganidan keyin koʻzoynak taqmay qoʻyibdi.
Sababini soʻraganlarga:
- Undan keyin koʻrishga arziydigan hech narsa qolmadi bu dunyoda, - deya javob beradi...

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

25 Dec, 04:13


Муаммо гуноҳ қилишда эмас. Ҳақиқий муаммо ўша гуноҳ қилишда муаммо йўқ, деб билишдадир

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

24 Dec, 16:31


Уйғонганда турадиган бўлса,
одамни умри ўтиб кетади.

• Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф роҳимаҳуллоҳ

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

24 Dec, 15:28


Oʻziga ishonmaydigan odamning boshqalarga ishonishi kulgili va ayanchlidir.

• Abdukarim Mirzayev

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

23 Dec, 15:13


Не истар бу кўнглинг десалар агар, Дейман, мени Роббимла холи қўйинглар.

• Умму Ҳур

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

22 Dec, 12:16


Ko'r odam, ko'rgan kuni birinchi bo'lib unga butun umri davomida yordam bergan tayoqni tashlaydi...)

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

22 Dec, 02:58


Ona, yuragimda simirlar og'riq
Hayot girdobida berayapman jon
Doim yaxshilikni istardim biroq, afsus
Jajji qalbimda laxta-laxta qon
Ezgu tuyg'ularim bo'lmoqda barbod
Asli sof yurakka tushmoqda dog'lar
Insof, vijdonning bozori kasod
Ona, bu yashashda qolmaydi sog'lar

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

20 Dec, 18:02


Yarim  tunda qabul qilingan qarorlar, odatda, kunduzi o‘z kuchini yo‘qotadi.

• Diana Setterfild "O‘n uchinchi ertak"

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

20 Dec, 08:19


​​​​​Ҳеч кимни севмасликка уриниб кўринг ва сиз ҳаммага ёқа бошлайсиз. Ҳаммасини ўз ҳолига ташлаб қўйинг ва барча сизга қойил қола бошлашади. Ҳаммаси оддий - инсонлар яхши муносабатни қадрлашмайди.

• Жонни Депп

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

20 Dec, 03:32


Hazrati Xalovoniy rahmatullohi alayh:

“Men ilmimga uni hurmatlash bilan erishdim, chunki men biror kitobni betahorat ushlamadim”.

📚 Ta’lim va Tarbiya

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

19 Dec, 02:24


Тез кунларда умр ҳисобингизга янги 365 кун тушурилади.
Илтимос, уни муносиб сарфланг

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

17 Dec, 15:05


Irodasiz va sabrsiz inson o'z maqsadiga yetolmaydi. Yutuqqa erishish uchun intizom va qat'iyat zarur...

• Ibn Xaldum "Muqaddima" kitobidan

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

02 Dec, 17:03


Кунларнинг бирида сендан: Нега маҳзунсан? - деб сўрашса, тўғрисини айтгин:
- Истиғфор оз, Қуръон ташлаб қўйилган..

• Али Тантовий

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

02 Dec, 02:33


Bir bola tovuqni
endi bo'g'ziga pichoq
tortayotsa:
- Mani so‘yma man sexrli tovuqman  debdi.
- Qani sexr ko‘rsatchi desa.
- Gapiryapmanu тупой dermush...

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

01 Dec, 13:03


#taskin #sen

Yaratgan shoshmaydi, sen shoshyapsan, shuning uchun stressdasan. Charchading, havotirdasan, hafsalang pir bo'ldi. Ishon, bo'lishi kerak bo'lgan narsa seniki bo'ladi! Shoshilishni va tashvishlanishni bas qil...)

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

30 Nov, 16:53


Қуръоннинг гўзаллиги шундаки; сиз унинг сўзларидан бирортасини (энг кичигини) ҳам ўзгартира олмайсиз, лекин унинг сўзлари сизни ўзгартира олади....

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

29 Nov, 06:01


Ibodatlar aslida og’ir emas. Faqat gunohlari qalblarini harob qilgani uchun, ibodatlar ham og’ir kelishni boshlaydi.

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

27 Nov, 17:05


Бу йил ҳаётимда бошқа барча йилларга қараганда кўпроқ воқеалар содир бўлди. Ҳаммаси шунчаки кичик ва аҳамиятсиз бир бўлакдек туюлиши мумкин, аммо у бутун ҳаётимни тубдан ўзгартириб юборди. Менинг ўзимни, дунёқарашимни, атрофдаги воқеаларга ва одамларга бўлган муносабатимни ўзгартирди...

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

26 Nov, 04:04


Агар бир одам чиқиндининг ичида эканлигини англамаса, вақт ўтиши билан худди бирор нарсани тузга солиб қўйганингизда у тузга айлангани каби, бу одам ҳам чиқиндига айланиб қолади.

• Абдукарим Мирзаев

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

24 Nov, 07:43


#tafakkur

Eshak ot poygasida hech qachon qatnashmaydi. Biroq, har doim magʻlub otning ustidan kuladi.

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

24 Nov, 05:16


#sarkazm #sher

- Nahot tarqaganman men ham maymundan?
Darvindan so'radi chiroyli bir qiz.
Darvin javob berdi o'ylanib obdon:
- Chiroyli maymundan tarqagansiz siz!

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

22 Nov, 14:09


#Sher

Chuqur ildiziga urilib bolta
Bahaybat daraxtlar yiqilar oni,
Der ekan, borliqqa dod solgan holda:
"Sopi o'zimizdan chiqqan haromi!"

Jon taslim qiladi daraxtlar so'ngra
Boltaning ko'ksini tirnaydi vijdon,
Boltaning aybi yo'q bunda aslida
Jigarni jigarga qayragan inson...

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

20 Nov, 05:04


Маъишатга мубтало бўлган ва овқатдан лаззатланган танага, нафс покланмаган қалбга - илм юқмайди.

•Устоз Ҳусайн Бухорий

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

19 Nov, 09:24


Avvaliga bu narsa menga
umuman ta'sir qilmadi deb
o'ylaysan.
Keyin esa, hayotingni
begona ko'zlardan butkul
qulflab, yaqiningga hech qanday notanish insonlarni yaqinlashtirmaydigan bo'lib
qolasan.
Va, hayotingda oilang va maqsadlaringdan boshqa hech qanday muhim narsa qolmaydi.

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

18 Nov, 15:14


“Odamiylik na jonu, na soqolu, na nutq bilandir. To’tida nutq, echkida soqol, eshakda jondur”

📚 Sof tabiat dini

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

17 Nov, 14:31


Eng go'zali, hammasidan voz kechib, shunchaki yo'q bo'lib ketish bo'lib tuyilyapdi...

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

16 Nov, 15:57


#typing

Bo'lar ish bo'ldi, ketdi. Endi bor e'tiborni keyingi bo'ladigan ishga qaratish kerak, afsus nadomat bu shunchaki vaqtni behuda sarflash xolos. Hech qachon to'xtamang, siz to'g'ri yo'ldasiz!

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

14 Nov, 06:11


Shunchaki ketgim bor.
Bilmadim qayerga?
Bilmadim nega?
Bilmadim kim bilan?
Lekin shunday joy bo'lsin-u qalbim tinchlansin.
Hech narsani, hech kimni o'ylamay. Meni hozirgi hamma - hammasidan chalg'ita olsin

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

12 Nov, 09:45


Ilm bilan yashagin, uning o‘rnini bosuvchi boshqa narsa yo‘qdir. Barcha odamlar o‘lik, faqat olimlar tirikdirlar.

• Ali ibn Abu Tolib rodiyallohu anhu.

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

10 Nov, 15:50


Farosat ajib narsa. U bor bo'lsa egasiga, u yo'q bo'lsa atrofdagilarga qiyin...

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

10 Nov, 13:39


Yomon ko'rgan kishing bilan yashagandan ko'ra yaxshi ko'rgan kishingni sog'inib yashash ancha yengil.

• Jan Labryuyer

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

10 Nov, 11:29


Menga kerak:
- hech kimning fikriga e'tibor bermaslik.
- hech kimni ig'vosiga ishonmaslik.
- hech kim bilan baxslashmaslik.
- qalbimdan boshqa hech kimga quloq solmaslik.

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

08 Nov, 13:08


Inson taqdiri oldindan belgilangan bo'lsa ham, qabul qilayotgan qarorlari masuliyati har doim uning zimmasiga.

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

07 Nov, 17:45


Men seni boshqalarga o'xshamaganing uchun uchun sevgandim...

- Nega ulardek bo'lib qolding?

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

07 Nov, 14:39


Shu yil tugashiga ham 54 kun qolibdi 😕

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

06 Nov, 06:59


Ko'chada yurganda yo'qdir ro'mollar
Tiriklar shahvatin qo'zg'ar hayollar,
Faqat qabristonda o'ralar ro'mol
O'likdan uyalar bizning ayollar....

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

05 Nov, 12:56


Hadeb qiyinchilikni oʻylayversang, oʻsha qiyinchilik boshingga tushadi. Yaxshilik haqida oʻylaversang, tezda oʻsha yaxshilik ham keladi. Bu xuddi gipnozga oʻxshaydi.
Masalan, “Uxladim, uxladim”, deyaversang, uxlab qolasan. “Men kasal boʻldim” deyaversang, kasallikka chalinasan. “Shifo topdim” deyaversang, shifo topasan. “Kunim bitdi” deyaversang, oxirlab qolasan. Irodaning alanga misol sehri barcha narsani roʻyobga chiqaradi.

• Doktor Mustafo Mahmud

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

05 Nov, 01:38


#taskin

Fikr qilib ko'rgingda birodar, faqat jiddiy fikr qil. Jiddiy o'yla! Kallangni band qilib turgan hamma narsani bir chekkaga surib tasha; haqqing bor esdan chiqar, qarzing bor unut, darding bor. Xullas, hal bo'lmayotgan muammolar, kallangni band qilib turgan, hammasini bir chekkaga surib qo'yib jiddiy fikr qil. Quloq sol, fikr qil. Shunda, agar jiddiy fikr qilsang, shukur qilishdan boshqa chorang yo'qligini tushunasan. Shunda, qanchalar noshukur ekanligingni ko'rasan. Ustingdagi ne'matlarga qara birodar. Alloh taolo senga ato qilgan ne'matlarga bir qara...!

• Abdulloh domla

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

03 Nov, 16:19


#save

Nafs har doim o’zini haq deb bilgani uchun, inson ba’zida o’z xatolarini ko’ra olmaydi.

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

03 Nov, 15:02


"Ислом дини равнақи учун илм ўрганган киши сиддиқлардан бўлиб, даражаси пайғамбарлик даражасидан кейинги ўриндадир".

Манба: "Мифтаҳу дарис саода", 1/185

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

03 Nov, 02:38


"Dunyoda o‘tgan har bir soat qiyomat kunida bandaga ko‘rsatiladi. Shunda u Allohni zikr qilmay o‘tkazgan har bir soniyaga afsus chekadi. Endi kunlar, oylarni zikrsiz o‘tkazganiga qanday holatga tushadi bir o‘ylab ko‘r!"

• Avzaiy rohimahulloh

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

01 Nov, 14:00


#tafakkur

Odamlarni gaplariga emas, o'zingizni harakatlaringizga e'tibor qarating. Chunki odamlarning gaplari sizga o'zingiz xohlagan mashinani sotib olib berolmaydi :)

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

01 Nov, 09:47


It is November. My life is going to change. I feel it.

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

31 Oct, 04:49


Har bir narsa o'z vaqtini kutadi. Atirgul o'z vaqtidan oldin ochilmaydi va quyosh ham o'z vaqtidan oldin chiqmaydi. Sizniki o'z vaqtida sizga keladi.

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

31 Oct, 02:27


Fosiq qo'ygan bo'lsa,
soqolning aybi nima?
Odobsiz kiygan bo'lsa,
hijobning aybi nima?
Ketgan zolim bo'lsa,
hajning aybi nima?
O'qigan yolg'onchi bo'lsa,
namozda ayb nima?
Musulmon yashamayotgan bo'lsa,
Islomning aybi nima?
Aybdorlarning kasriga
Aybsizlar qolmasin...!

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

30 Oct, 12:07


- Do'stim! Tuproq ustidagilarni tuproq ostidagilar bilan qanday farqi bor, bilasanmi?
- Yo‘q, qanday farqi bor?
- Birida hali imkon bor..
Birida esa yo‘q...

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

29 Oct, 14:04


"Do'st achitib gapiradi", - deyishadi. Har achchiq so'z so'zlagan kishi, do'st bo'lib qolavermaydi. Seni sevmagan kishi ham, achchiq so'zlashi mumkin. Do'stingni senga so'zlaydigan so'zi achchiq bo'lsa ham, sening ko'nglingga og'ir botmaydigan shaklda shirin til bilan so'zlaydi

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

24 Oct, 13:31


Ba’zi farzandlar otalarining umriga umr qo‘shishsa, ayrimlari undan o‘g‘irlaydilar.

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

23 Oct, 12:54


#tafakkur

Agar mukofot qiyinchilikka qarab belgilanganida, eshak albatta oltindan yasalgan divanda uxlar edi. Shuning uchun nima qilayotganingizdan tashqari nima uchun qilayotganingizga ham qarab qo'ying. Chunki, qanchalik insonda aql ishlamasa, u shuncha hissiyotda beriluvchan bo'ladi. Ba'zi odamlar eshak felliligicha qolar ekan, uni egarlaydiganlar albatta topiladi

• Muslim Holdarov

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

23 Oct, 10:36


Odam o'z yuragini nazorat qila olmaydi. Unda kechayotgan tuyg'ular ham jism egasining boshqaruvi ostida emas. Shunday ekan, kimnidir sevib qolgani, yoki kimdandir nafratlana boshlagani uchun yurak egasini ayblamang

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

23 Oct, 05:18


Бегонамиз дунёга мутлақ,
бизни китоб "бузди" биродар...

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

22 Oct, 18:26


Ishonib ko'nglimni berganlarim bor,
Xatto jondan ortiq sevganlarim bor.
Ulardan ketishga qilganman qaror,
Chunki kutkanlarim, kutilgandekmas.

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

22 Oct, 17:11


Dunyo bilan (qalban)
gaplashish baribir o'zgacha ))

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

22 Oct, 16:54


#kayfiyat

Маза қиб тел уйнаб ётувр, дарсларни катта холен қиберади 🦦

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

22 Oct, 14:28


Bilmam… kimning dardini ko‘tara olmay bulutlar ko‘z yoshin to‘kdi, bugun.
Balki seningdir…
Yo mening.
Yomg‘irdan so‘ng isi taralgan yerning hididek, har safar.. yoyiladi sog‘inch ifori sendan kecholmas dilimning.

• Taimaa Sattar

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

22 Oct, 11:56


Hayotdagi aksar muammolarimizning sababi ikkita:
– Oʻylamay ish qilamiz.
– Oʻylayveramiz, lekin ish qilmaymiz.

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

22 Oct, 08:32


Kechirishni bil, yaxshilikka undab, johillarning senga aytgan so‘ziga o‘xshab javob berma

• Muhammad (sollallohu alayhi vasallam )

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

21 Oct, 12:44


#save #sher

Tasodiflar yo'q bu dunyoda,
Uchrashmadik ikkimiz bekor
Allohimning rejalarida
Biz anglamas buyuk hikmat bor
Sen qaydayu, men qayda edik
Go'yo quyosh, go'yo oy ayro
Agar Alloh xohlamaganda
Bo'larmiding qarshimda paydo…

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

21 Oct, 12:17


"Hayot shaxmatdir, shaxmatda oq va qora kataklar bo'lgani kabi hayotda ham oq va qora kunlar bo'ladi", - deydiganlar bekorlarning beshtasini yebdi. Hayotda qora kun yo'q, oq va sinovli kun bor. Sinov esa aslida, oq kundan ham a'lo kundir. Nima uchunligini oxiratda ko'ramiz...

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

21 Oct, 11:36


Sahobalar sunnat amallarni sunnat bo'lgani uchun qilishar edi...
Men bilan sen esa sunnat bo'lgani uchun qilmay qo'ydik...

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

21 Oct, 06:17


#Men #save

"ok" - bu dunyodagi men eng yomon ko'rgan va o'zimga nisbatan hurmatsizlik sifatida qabul qiladigan so'zlarning eng asosiysi hisoblanadi.

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

21 Oct, 02:02


Imom Ahmad Rohimahulloh aytdilar:

"Agar Alloh o'zing sevgan narsangda doimiy bo'lishini xohlasang, U sevgan narsada doimiy bo'l."

• Manba: “al-bidoya va an-nihoya” 10/330.

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

20 Oct, 14:50


Goho g'am-anduhdan sochlari oqardi
Ba’zan tashvishlar deb keksaydi jasad,
Ammo sevgi doim, doim yoshardi
Ko'ngil go'dak qoldi abadul-abad.

• Abror Muxtor Aliy

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

20 Oct, 07:34


«Илмни қадрлаган қадр топади, хорлаган хор бўлади. Илм сенга келмайди, сен илмга борасан!».

• Имом Молик

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

20 Oct, 03:40


Қишнинг ёлғиз ўзи совуқ мавсум эмас,
Қўполлик совуқлик.
Кўнгил қолиши совуқлик.
Омадсизлик совуқлик.
Муҳаббат эгаларини айрилиғи совуқлик.
Дўстларни ўзгариши совуқлик.
Агар руҳ совуб қолса жасаднинг совушидан кўра ёмонроқдир…

Ҳотиржамлик иссиқлик.
Раҳимдиллик иссиқлик.
Тинчлик иссиқлик.
Тўғри фикрлаш иссиқлик.
Итоат қилиш иссиқлик.
Севганларингизни доимийлик висоли билан неъматлантиринг…

• Жасем ал-Мутаваъ

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

19 Oct, 14:51


#Men ҳаммага ақллиман, исталган пайт ажойиб тавсиялар ва кўрсатмалар бероламан.
Аммо ўзимга келганда...
Бу умуман тескариси.

𝐀 𝐕 𝐅 𝐄 𝐓 🍃

19 Oct, 14:02


Дунёдаги жаннат аҳиллари булар толиби илмлардир.

• Росулуллоҳ ﷺ