Sherbek Safariy @sherbek_safariy Channel on Telegram

Sherbek Safariy

@sherbek_safariy


Dizayn, AI va yana boshqa mavzularda gurunglashamiz!

Contact: @SherbekErgashovBot

https://instagram.com/sherbek.safariy

Sherbek Safariy (Uzbek)

Sherbek Safariy kanali sizni dizayn, Iqtisodiyot (AI), va boshqa turli mavzularda gurunglashadi! Bu yerda siz dizayn sohasidagi so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lishingiz, Iqtisodiyot (AI) haqida ko'proq ma'lumot olishingiz, va yana ko'plab turli mavzularda bilim olishingiz mumkin. Sherbek Safariy - bu sizning rivojlanishingiz va yangicha fikrlar olishingiz uchun mo'ljallangan kanal. Kanalga o'ting va yangi bilimlarni o'rganing, yangi yaratishlarni kuzating! Agar siz bilimni, dizaynni, yoki Iqtisodiyot (AI)ni sevuvchi bo'lsangiz, Sherbek Safariy kanali siz uchun! Ulanish: @SherbekErgashovBot. Ayni paytda, kerakli ma'lumotlar uchun Instagram sahifamizga o'ting: https://instagram.com/sherbek.safariy

Sherbek Safariy

11 Feb, 10:55


O'zbekistonda shunaqa ishlar chizadigan digital artist Muhiddin Risqiyev degan ijodkor bor ekan, Art Sationdan topib oldim)

Ars Station profili

Sherbek Safariy

10 Feb, 14:48


Ushbu rasmlarni saralashga endi vaqt boʻldi, galereyam burchagida qolmasin, shu yerga ulashib qoʻyaman)

Sherbek Safariy

09 Feb, 17:39


Bugun SeeYou Uzbekistan jamoasi bilan Toshkent viloyati Parkent tumanidagi Quyosh instutiga bordik.

Ob-havo va umumiy arxitektura bir-biriga singib ketdi oʻziyam! Shunchaki judayam chiroyli joy, ortiqcha izoh yoʻq!

@sherbek_safariy

Sherbek Safariy

09 Feb, 14:41


🦅🦅🦅

Ahiri Sherbek Safariy(@sherbek_safariy) qo’limga tushdi))

@isakovxusniddin

Sherbek Safariy

25 Jan, 13:02


👍 Suratingizdan personaj yaratishni xohlaysizmi?

🎙 Vebinarda:
• Suratingizdan personaj yaratish texnikasi
• Qadoqlash shakli va dizaynni yaratish bo‘yicha ko‘nikmalar
• Tezkor ishlash uchun dizayner vositalari haqida bilib olasiz

💎 Master-klass davomida bonuslar va sovg‘alar kutmoqda!

Spiker:
Sherbek Safariy – sun’iy intellekt texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis.

Qatnashish uchun:
1. Qisqacha ro‘yxatdan o‘ting
2. Telegramdagi Al Community guruhiga qo‘shiling

🗓 Sana: 1-fevral, shanba
Vaqt: 18:00
🗺Platforma: Telegram

O‘zingizni yangi bilimlar va ilhom bilan to‘ldirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Sherbek Safariy

24 Jan, 10:36


Ushbu ish 100% Google Imagen 3 tomonidan bajarilgan)

Shunchaki no comment 🤐

Sun'iy intellekt qo'llarni chizolmaydi deydigan tanishlarga jo'natib qo'yamiz)

Sherbek Safariy

24 Jan, 10:25


Google Imagen 3 haqida fikrlarim

Sherbek Safariy

24 Jan, 10:25


Shu rasmlarning hammasini Freepik'ning Google Imagen 3 modelida hozir test qilib tayyorlab tashladim. O'nlab bir-biridan chiroyli, sifatli generatsiyalar chiqdi. Uyqim ham o'chib ketdi natijalarni ko'rib.

Freepik lol qoldirishda davom etyapti. Google baribir Top darajada ishlar qiladi.

@behzod_otajonov

Sherbek Safariy

21 Jan, 04:59


Biz bilgandik, biz kutgandik

Va nihoyat Adobe kompaniyasi Photoshopga xuddi Figma va boshqa ko'plab zamonaviy dizayn instrumentlaridagidek Live co-editing funskiyasini qo'shish arafasida

Hozircha bu funksiya Adobe Photoshop beta dasturiga qo'shilishi kutilmoqda va buning uchun siz waitlist ya'ni navbatga yozilishingiz kerak, va sizni emailingizga betaning yangi versiyasi jo'natilar ekan)

Waitlistga yozilish

P.s. Adobe'dagilarga rahmat sal zamon bilan hamnafas bo'lish eslariga tushib qolgani uchun 😁

@sherbek_safariy

Sherbek Safariy

15 Jan, 13:09


Freepik muhitni propmt orqali o'zgartirish funksiyasini taqdim etdi

Uzoq kutilgan funksiya va nihoyat Freepik'ga qo'shildi, endi har qanday suratni har xil muhit va joylarda tasvirlash mumkin bo'ladi!

@sherbek_safariy

Sherbek Safariy

15 Jan, 12:28


Bu David Matevosyan, 15 yillik tajribaga ega dizayner va art direktor, Apelsin, Humo, Safia, Salom tv, Samauto va oʻnlab katta loyihalarning logo va aydentikalari muallifi, shunchaki GURU deyiladi bunday odamlar)

Hozirda We Digital’da faoliyat olib boryaptilar!

Behance sahifa

P.s. Sen emas portfolio gapirsin deyilsa endi shu odam xayolimga keladi)

@sherbek_safariy

Sherbek Safariy

15 Jan, 09:07


Endi portfoliomizda xalqaro loyiha ham bor

Fitrat media group bilan hamkorlikda yurtimizda bo'lib o'tgan UzChess cup xalqaro shaxmat musobaqasiga birgalikda logo aydentika ishlab chiqqan edik, endi ushbu ishni to'liq Behancega joylashtirdik!

Havola bu yerda

@sherbek_safariy

Sherbek Safariy

13 Jan, 17:54


Ilk tayyorlagan dizayn loyihamiz Sizga qiziqmi?

O‘zbekiston bolalar tashkilotiga Respublika bolalar forumi uchun tayyorlagan dizaynlarimizni e'tiboringizga havola etamiz:

👉 Havola

Hoziroq ko‘ring va fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring!

#BolalarForumi #Brending

⚡️@fitratmediagroup

Sherbek Safariy

13 Jan, 10:48


"Humo" to'lov tizimini Paynet sotib olibdi, naqd 65 million dollar, bu summa 7 819 515 179 990 so'm bo'larkan)

Mem X'da olindi

@sherbek_safariy

Sherbek Safariy

11 Jan, 20:37


Uzoqqa bormaylik, Rossiya kompaniyalari dizayn orqali kommunikatsiya qilib, mijozlarini hurmat qilgan holda interface va dizaynlarini mavsumlarga moslashtiradi, lekin bizdagi ba'zi gigant kompaniyalar mijozlariga tupurib qo'yishgan afsuski.

Integratsiya qilish uchun mavzular va bayramlar topiladi, lekin qiziq emas foydalanuvchilar bilan kommunikatsiya yo'lga qo'yish, bu judayam achinarli holat.

@sherbek_safariy

Sherbek Safariy

09 Jan, 11:20


Yuzma yuz gaplashish eng katta yechim

Ko'pincha dizayner va mijoz o'rtasidagi muammolardan biri mijoz va dizayner o'rtasidagi diskomunikatsiya. Aslida bunga aynan dizaynerning o'zi aybdor: dizayner yaxshi brif bermagan, mijoz bilan yuzma-yuz yoki hech bo'lmasa telefon orqali jonli muloqot qilmagan, shunchaki dizayner mijozning telegramda yozgan kutilmalari asosida ishlagan. Ha bunga istisnolar bo'lishi mumkin, lekin baribir ko'p gap dizaynerlarning o'ziga borib taqaladi.

Shaxsiy maslahatim, qandaydir yangi mijoz bilan ishlayotganingizda yoki umuman har qanday mijoz bilan muammolar yuzaga kelishni boshlashi bilan shunchaki suhbatga taklif qiling, ijtimoiy tarmoqlar orqali suhbatlashib muammoni hal qilishdan ko'ra yuzma-yuz suhbat ancha samaraliroq. Bu qoidaga endi-endi o'zim amal qilayotgan odam sifatida aytolamanki, bu judayam zo'r yechim!

@sherbek_safariy

Sherbek Safariy

07 Jan, 23:11


Naqshlar yog'dusi

O'zi libos dizayneri bo'lmasam merch va shunga o'xshash kiyimlar uchun konseptlar yasashni juda ham yaxshi ko'raman,bu konsept esa menga uyqumni qochirib keldi)

Nega shunaqa zo'r patternlarimizdan foydalanib Milliy Futbol terma jamoamiz kiyimlarini bezolmaymiz? Bunday ishlarni qilib ko'nglim yayraydi, photoshopim arxivida emas, kanalimda tursin deyman)

@sherbek_safariy

Sherbek Safariy

07 Jan, 16:07


Agar biror reklama banneri tayyorlatmoqchi bo'lsangiz, dizaynda chap tarafga aslo rasm joylashtirishga ruxsat bermang, undan tashqari hech qachon hech kim bannerni to'xtab ma'lumot o'qimaydi, shuning uchun tekstni maksimal kamaytiring.

Men ham ma'lumotlarni hammasini olib tashlamoqchi edim, lekin biror kreativ keywordslar o'ylashga erindim va kasalliklar nomini shunchaki shakllar ichiga qo'yib mahsulot atrofiga qo'ya qoldim, vizual tarafdan bomba deyolmayman lekin eskisidan ancha yaxshiroq menimcha)

Bu ishni judayam tez (taxminan 10 daqiqa) qildim, shunchaki misol sifatida ko'rsatmoqdaman.

#tahlil #maslahat

@sherbek_safariy

Sherbek Safariy

07 Jan, 13:48


Ba'zida ma'nosi bir-biriga umuman zid vizual va so'zlar yordamida ham ajoyib sarkazm orqali metafora chiqarish mumkin.

Misol uchun, men ushbu konseptda Paxta simboli va Hur so'zini birgalikda foydalandim, lekin bilamizki Paxta oramizda ko'pchilikning yodida aynan erksizlik va mehnatga majburlov ma'nosida qolib ulgurgan)

Doimiy savolim, bitta shunaqasidan bo'lsa sotib olarmidingiz?

@sherbek_safariy

Sherbek Safariy

07 Jan, 11:09


Suratlarni black-whitega o‘tkazishda kuchli kontrastni saqlash rasmni chiroyli chiqishida muhim hisoblanadi.

Shunchaki tabiat qo'ynida yoki duch kelgan rasmingizni black white qilishdan qochishni maslahat beraman)

P.s. Ozgina fotografiya va kompozitsiya bo'yicha bilimlarimni ham ulashib turaman endi)

@sherbek_safariy

Sherbek Safariy

07 Jan, 09:49


Qalampir logosidagi wordmark qismidagi Q harfini tinchgina yozib qo'yish tarafdoriman, to'g'ri o'z auditoriyasi tomonidan bu qiyinchiliksiz o'qilar, lekin Javohir aka Nazarov aytganlaridek:
"Har qanday forma logotipning qaysidir bir harfini eslatsa ham uni harf o'rnida ishlatish tavsiya etilmaydi."

@sherbek_safariy

Sherbek Safariy

03 Jan, 11:59


Inson qadri uchun ozodlik

Habikatura tomonidan chizilgan rasmni Sherbek Safariy Instagram'ga Stories qolipi sifatida joylagan ekan.

Hozircha 55 mingdan ziyod foydalanuvchi sahifasida ulashgan. Bundan tashqari, tarmoqlarda odamlar oʻz oyoq kiyimi ostini koʻrsatib, soʻnggi haftalar energoqahramoniga taqlidan suratga tushishyapti.

Tarmoqlardagi bunday shov-shuvli holat soʻnggi oylar ichida Boysundagi avariya, oktyabrdagi voqea va uning davomiga ulanib kelayotgan ochiqlamalardan keyin uchinchi diqqatga sazovor keys boʻlsa-da, har uchala vaziyat ham davlat OAV tomonidan yoritilmadi.

Odatda bunday ishlar jahon tajribasida jonli efirlar, rasmiylarning faol munosabatlari bilan kechadi.

#Raqamlar #Media

@mirzo_zominiy

Sherbek Safariy

27 Dec, 11:12


2024-yil kanal ancha rivojlandi, nasib qilsa keyingi yilda bundanda ko'proq e'tibor qaratib, foydali postlar yozishga harakat qilaman!

Barchangizga rahmat ❤️

@sherbek_safariy

Sherbek Safariy

27 Dec, 08:16


Agar "жиза" bo'lsa 🗿 reaksiyasini qoldiring)

Sherbek Safariy

25 Dec, 19:50


Milliy naqshlarga yaxshilab tikilib o'tirib, yangi yil bayrami uchun chiroyli va estetik ishlar qilsa bo'larkan degan g'oya tug'ildi)

Rasmda ham Yirik yulduzgulning bir qismidan shu konseptni tayyorlab ko'rdim.

#tungijod

@sherbek_safariy

Sherbek Safariy

25 Dec, 05:12


2025-yil uchun niyatim 2024-yildagi proyektlarimdan eson-omon qutilish 😭

Sherbek Safariy

23 Dec, 09:33


Bir-ikki yil ichida biz Pixar sifatidagi to‘liq sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan multfilmni albatta ko‘ramiz!

Aziz o‘zbek animator va multiplikatorlari, kelajak shu yerda. Sun’iy intellekt sanoatni faol tarzda o‘zgartirmoqda: u jarayonlarni tezlashtiradi, murakkab vazifalarni yengillashtiradi va ijod uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

O‘z ishingizga sun’iy intellektni joriy etishdan cho‘chimang - bu o‘zbek animatsiyasini yangi bosqichga olib chiqish imkoniyatidir! Ushbu qiziqarli davrda yetakchi bo‘lish uchun hoziroq tajriba qilishni boshlang.

___
Через пару лет мы наверняка увидим полноценный, полностью сгенерированный ИИ мультфильм качества Pixar!

Дорогие узбекские мультипликаторы и аниматоры, будущее уже здесь. Искусственный интеллект активно трансформирует индустрию: он ускоряет процессы, упрощает сложные задачи и открывает новые возможности для творчества.

Не бойтесь внедрять ИИ в свою работу — это ваш шанс вывести узбекскую анимацию на новый уровень! Начинайте экспериментировать уже сейчас, чтобы стать лидерами в этой захватывающей эре.

@pulatov_kh

Sherbek Safariy

19 Dec, 19:07


Masterclass with masterpiecer

Bugun O'zbekiston bo'yicha Behance'dagi "номер один" dizayner Utkir aka bilan logo tayyorlashda unikallikka e'tibor berish va metaforani aks ettirish bo'yicha suhbatlashdik.

To'g'risi Utkir akaning ishlarini ko'rib, ularda juda kuchli va qattiq rejim orqali ishlaydi deb o'ylardim, yo'q ular ham xuddi o'zimizdek jaydari dizaynerlardan ekan. Go'shtli ma'lumotlar ham kam bo'lmadi)

@sherbek_safariy

Sherbek Safariy

18 Dec, 05:34


Какую повесить на стену? 🤔

@pulatov_kh

Sherbek Safariy

15 Dec, 19:04


Networking day

Bugun networking qilish maqsadida Tasnif dizayn studiyasi bosh dizayneri Abdurahmon aka bilan suhbat qurib, aniq praktika ustida ish olib bordik. Fikrlar va g'oyalar almashdik Ulardan logo va aydentika uchun referenslar yig'ish va ularni qanday birlashitirish ko'nikmalarini oz bo'lsada o'rganib oldim.

@sherbek_safariy

Sherbek Safariy

10 Dec, 09:32


Mahalliy tadbirkorlar kopiraytingni suv qilib ichmagan boʻlsa ham odamlarni nima jalb qilishini yaxshi biladi) Katta kompaniyalarning translatedan qilingan katta bannerlaridan ancha yaxshi menimcha.

Sherbek Safariy

09 Dec, 19:36


Uzoq kutilgan yangilik SORA da tayyorlangan videoni bir qarangchi) Fikringiz qanday?)

Sherbek Safariy

09 Dec, 19:35


😏

@pulatov_kh