© gulomov design @gulomovdesignblog Channel on Telegram

© gulomov design

@gulomovdesignblog


Jahongir G'ulomov - grafik dizayner
Brend dizayn va neyming yo'nalishlari bo'yicha chuqurlashuvchi faoliyat olib boraman

Hamda LOOOK brendining dizayn bo'limini boshqarib boraman.

Blogda sohaviy bilim va tajribalar bilan bo'lishib boriladi.

gulomov design (Uzbek)

Salom! Sizni o'zaro hurmat bilan 'gulomov design' Telegram kanaliga taklif qilamiz. Kanalimiz jahon standartlarida dizaynning eng yangi trendlarini ko'rsatadi. Kanalda g'ulomovdesignning asosiy dizayneri Jahongir G'ulomovning ishi va ijodiy mahoratini ko'rish, uning logotip va brend dizayni, tizimlar tayyorlash, va boshqa xizmatlari haqida eng so'nggi malumotlarga ega bo'lasiz. Agar siz ham dizayn sohasida yangiliklardan habardor bo'lishni istasangiz, @jakhongirgulomov bilan bog'laning va 'gulomov design' Telegram kanaliga obuna bo'ling. Bizning jamoamiz sizni yangi va maqul dizayn dunyosiga olib keladi. Umarim, sizga yoqadi! Marhamat!

© gulomov design

23 Jan, 06:01


20 kunda 100 ta logo belgilar chizish
Sohaviy chellenj

Ushbu ishda dizayner uchun 3 ta juda kuchli murakkablik mavjud
1-sifatga zarar bermaslik, 2-kunlik intizom, 3-perfeksionizmni muvozanatlash

Kelayotgan ushbu shanbadan (25-yanvar) jarayonni boshlayman. Kunda kamida 5-10 ta yaxshi belgilar chizish kerak bo'ladi. Jarayonni murakkablik holatini to'g'ri baholay olishingiz uchun 1 ta yaxshi belgi chizish uchun, odatda kamida 5-10 ta yomon belgilar chizishga to'g'ri keladi.

Kunlik natijalarni asosan instagram sahifamning story qismida ulashib boraman

© gulomov design

19 Jan, 13:04


Marketing yo'nalishida bo'lganimda edi, hozirda meni raqobatchi hamkasb do'stlarim juda ko'p bo'lar edi. Sababi maydonda o'yinchilar ko'p va yanada ko'payib bormoqda.

Dizaynda esa maydonda sanoqli sondagi hamkasblar mavjud. Shunda ham mendagi SWOT tahlil bo'yicha mavjudlarni o'zlarida ham ba'zi ma'lum bir jiddiy kamchilik va tahdidlar mavjud.

Ushbu ma'lumot bizni yo'nalishdagi raqobat maydoni hali - blue ocean darajada ekanligini bildiradi.

© gulomov design

19 Jan, 08:34


Barchaga xayrli kun! Bir nechta bo'limlar bo'yicha kelishib olishimiz vaqti kelibdi.

Telegram blog & +3000 followers
Grafik dizayner uchun bu raqam yaxshi natija. Odatda dizayner blogining maksimal natijasi 500 va 1000+ kuzatuvchi. Nega bunday ekanligini sabablari menga ayon. Lekin bu haqida keyinroq.

Blogimdagi ushbu raqamlar menga ma'lum bir darajdagi sohaviy javobgarligim mavjud ekanligini anglatadi. Lekin bu bilan men doim blogda aktiv bo'lishim kerak ekanligini bildirmaydi. Men birinchi darajada dizaynerman, asosiy vaqtim va boshqa resurslarimni backgrounddagi ishlar uchun sarflashim to'g'ri bo'ladi va boshqa dizaynerlarga shuni tavsiya beraman. Blog uchun esa 5-10% vaqtim yetarlicha.

Kuzatuvchilar uchun
Umumiy barcha va bir necha oylardan beri yangi qo'shilgan kuzatuvchilar uchun ushbu blogni nega kuzatishingiz kerak yoki kerak emasligini filtr qilib olishingiz uchun, blogda men ushbu yaqin yillar ichida yoritib borishga harakat qiluvchi sohaviy maqsadlar haqida bir nechtasi bilan bo'lishib boraman.

Sohaviy maqsadlar
1. Dizayner sifatida ushbu 2-3 yillik vaqt ichida sohaviy strategiya asosida - yurtimizda TOP dizayner darajasiga chiqish.

2. Mustaqil va erkin faoliyatga yetib borish.

3. Dizaynerlar bilan emas, agentliklar bilan raqobatlashish.

4. Grafik dizayn orqali jiddiy darajadagi daromadga erishish.
...

Ushbu blog yuqoridagi bo'limlarga bog'liq bo'lgan mavzular asosida yuritib boriladi. Ushbu mavzular sizga qiziqarli va aloqador bo'lsa blogni kuzatib borsangiz bo'ladi. Aksi bo'lsa, bexijolat. Vaqtingizni qadrlang va o'zingizga qiziqarli va foydali bloglarni kuzating.

© gulomov design

12 Jan, 16:40


Kompaniyada strateg bormi demak bu branding agentlik. Strateg yo’qmi demak dizayn agentlik.

Mijoz agentlik ortidan emas, odam ortidan keladi.

Dunyoda bir zavod bor - bu Xitoy. U bilan ishlab chiqarish bo’yicha raqobatlashish kerak emas.

Farhod Kuchkarov - marketing club tadbirlaridan

© gulomov design

10 Jan, 13:05


18 mln uzs - reels ishlab chiqish qismini o'ziga

Ushbu raqamlar mendagi ma'lum vaqt uchun mo'ljallangan personal promotion ishlardan bir bo'lak xarajat qismlari ekan

Bundan tashqari yana boshqa turdagi xarajat qismlar ham mavjud.

Bular nega kerak? Ancha vaqtdan beri murakkab levelga tayyorgarlik ko'rib kelmoqdaman.

Ushbu jarayonlar uchun - moddiy investitsiya bu eng oxirgi bosqich edi.

Undan avval turli juda muhim bo'lgan bilimlar, tartiblar, ko'nikmalar, fikrlashlar ustida rivojlanishlar qilish kerak edi.

© gulomov design

08 Jan, 09:10


Bu kitobni biz ulkan va go‘zal tog‘ yonbag'ridagi ko‘l bo‘yida yozib tugatdik. Bizda rahbarlar yo‘q, stress yo‘q, foydasiz yig‘ilishlar yo‘q, ammo ilmiy ijod va biznesga to‘liq e’tibor bor. Buni faqatgina frilans bera oladi – haqiqiy ijodiy va ishbilarmonlik erkinligini his etganingizdan so‘ng, siz hech qachon ofisga qaytishni xohlamaysiz.

Frilans asoslari kitobi

Kitobni ham yakunladim. Juda foydali va kerakli tajribalar.

© gulomov design

07 Jan, 16:03


Instagram lentam - yillik reja tuzishni o’rgatuvchi offerlarga to’lib ketdi. Tushunaman hozir yilni boshi - hamma yilni qanday yashashni o’rgatuvchi darsliklarga targetni yoqishmoqda.

Lekin eng asosiy muammo. Bundan avval oylik ham emas, haftalik reja asosida yashamagan insonlar qanday qilib yillik rejalariga amal qila olishadi?

Holatlar, jarayonlar, kayfiyatlar - kuniga emas, soniyasiga o’zgarib boruvchi hayotda.

Bizni tabiatimiz baribir ratsionallikdan ko’ra, emotsional harakatlanish линия поведения - xulq atvor chizig’iga moyil.

Avvalgi asrdagi - qanday yashash haqida kitoblar yozib ketgan ko’p insonlar, o’zlari yozgan kitoblaridagi kabi yashab o’ta olmaganlar.

Bunga turli omillar sababchi va ushbu omillarni katta qismi yuqori ehtimol bilan ichki emotsional va ruhiy holatlarga bog’liq bo’lib chiqadi.

O’zi eng qiyin ish - insonni harakatga keltirish. Muvaffaqiyatga olib boruvchi 10 xil yo’llarni kalit qilib insonni qo’liga tutqazsangiz ham, ichkaridan olov bo’lmasa hammasi samarasiz.

Yillik reja tuzish kerak emasmi?
Kerak. Faqat undan avval inson shaxsiy ko’nikma va sifatlari ustida ish olib borishi kerak.

Bu holatlar - motori yetib kelgan mashina bilan bu yil palon ming km bosib o’tishni rejalashga o’xshaydi.

© gulomov design

06 Jan, 19:06


Manashu belgiga bir e'tibor bering. Saviyali did bilan, muvozanatdagi tartib va o'lchamlar bilan yaxshi tayyorlangan belgi dizayni.

Ushbu ishni pinterest lentamdan uchratib qoldim. Alohida e'tibor berganimni sababi esa - logo sketchlarim orasida vizual g'oya tarafdan ushbu belgiga o'xshash bir nechta sketchlar bo'lganligi sababli.

So'ng bu ishni yuklangan sanasiga qiziqdim. 2018-yil ekan. Qoyil. Men bugunda yetib kelgan minimalizm vizual darajaga, kimdur 2018-yilda yetib kelib bo'lganligini anglash hayratli jarayon.

© gulomov design

02 Jan, 17:00


Pozitsiyalashish haqida kichik fikrim. Yana keyinroq boshqa foydali fikrlar ham bo'ladi.

© gulomov design

02 Jan, 17:00


1. Ошибочное позиционирование.
Noto’g’ri pozitsiyalashish

© gulomov design

25 Dec, 05:54


Kecha bir fotograf inson bilan suhbatlashgan edim. Mijoz sifatida chiqib. Ularni birinchi savollari - "sizga pul muhimmi yoki sifat?"

Diqqat savol: Men dizaynerman va eng perfeksionist dizaynerman. Menga qay biri muhim bo'lishi mumkin?

Bunaqa savolni bermaslik kerakda, endi shakllanayotgan saviyali ta'surotlarni ko'madi.

© gulomov design

23 Dec, 13:31


2025-yil uchun o’zimga olib qo’ygan bir nechta tavsiyalarni yozib qoldiraman.

Potensialimiz juda katta, vaqtimiz va quvvatimiz esa hozir yoshligimizda ko'p, lekin ulg'aygan sari kamayib boraveradi.

1. Bir kunimizda 24 soat vaqtimiz bo’lgani bilan, quvvatimiz ancha kamroq va tez tugaydigan. Quvvatingiz ustida qayg’uring va keraksiz holatlardan himoyalang.

2. Instagram haqida. Ushbu tarmoqni insonga foydasidan ko'ra, zarari juda ko'p. Haqiqiy pushti olam. iloji boricha barcha vaynerlardan, nokamtar hashamatli hayotni ko'rsatuvchi turli soha vakillaridan obunani bekor qilish kerak. Obuna bo'lmagan bo'lsangiz ham, kuzatishga ham nuqta qo'yish kerak. Faqatgina saviyali, foydali kontent ishlovchilarni kuzatish kerak. Shunda ham obuna sonlaringiz ko’payib ketmasin. Bizga umuman kerak bo’lmaydigan turli foydali yo’nalishdagi kontentlar juda ko’p.

3. Biror kimga, narsaga, holatga hafa bo'lish, siqilishga vaqt yo’q.

4. Boshqa odamlar bilan yomon ma'noda dushman bo’lmaslik kerak. Sababi u insonni ham va sizni ham asosiy raqibingiz bor. Bu hayotning o'zi. Hayotdek raqobatchini oldida, bizni boshqa odamlar bilan dushmandchiligimiz o’ta ortiqcha va keraksiz daxmaza holatlar.

@gulomovdesignblog

© gulomov design

19 Dec, 12:29


Menimcha reklama uchun yangi va ommalashayotgan maydon bu - izohlar yozish qismi.

Izohlarni o’qish, kontentlarni ko’rishdan ham oldinlab ketmoqda. Yumor borasida ham izohlar - yangi komediya janriga aylanib bormoqda.

Brendlarimiz - bu imkoniyatdan tobora faol foydalanishni boshlab olishlari kerak.
@gulomovdesignblog

© gulomov design

17 Dec, 06:31


Soddalashtirish / zamonga moslashtirish

Chap tarafdagi illustrativ logotip o'tgan yillar davrlariga mos, ma'romida bo'lgan uslub edi. Lekin hozirgi zamonimizda esa deyarli barcha sohalarda murakkablik, og'irliklardan - soddalik, yengillik uslublariga o'tib borilmoqda.

https://www.behance.net/gallery/21758733/Rebranding-of-Gdansk-graduation-project

© gulomov design

15 Dec, 16:43


O'ylab ko'rganmisiz, nega bizda motivatsiya kontentlar juda ko'p?

Bizda juda ham ko'p mavzular oxir-oqibat shaxsiyatni o'ziga borib taqaladi. Shaxsiy/sohaviy rivojlanish yo'lida 10 lab kitob va kurslarda o'qib chiqsangiz ham, baribir olgan bilimlaringizni qo'llash uchun shaxsiyat bariyerlariga duch kelasiz.

Aslida ko'p holatda bizni fikrlash darajamiz va hozirgi holatimizdagi mavjud bilimlarimiz ham - bizni o'zimiz istagan B nuqtaga olib borishi uchun yetarli bo'lishi mumkin. Shu sababli ham turli podkastlarda, bloglarda, shaxsiy muvaffaqiyat hikoyalarda - qandaydir to'liq yangiliklarni uchratmasligimiz mumkin, podkastni ko'rib bo'lib "bularni hammasini deyarli bilar edimku" deymiz.

Bu narsalarni deyarli bilgan bo'lsak, o'zimizga "nega unda natijamiz podkastdagi inson kabi emas?" deb savol berishimiz mumkin. Manashu nuqtada biz bilgan va qilmagan ishlarni asta anglab boramiz. Mana shu nuqta shaxsiy rivojlanishning boshlanishi bo'ladi.

To'g'ri podkastlardagi insonlar muvaffaqiyatlari ortidagi ba'zi muhim omillarni yashirishi, aytmasligi mumkin. Lekin bunga ahamiyat bermaslik kerak.
@gulomovdesignblog

© gulomov design

06 Dec, 03:51


Agar asoschini o’zlari yuqori didga ega inson bo’lsalar (misol uchun grafik dizayner) -biznes loyihalari qanday vizual darajada qadoqlanishiga yorqin misol.

Jahongir aka Soipov - milliy taomlarimizdan bo’lgan - Somsa mahsulotlari bo’yicha vizual tarafdan brend darajasiga javob bera oluvchi loyiha asoschilaridir.

Menimcha bizni bozorda bunday darajada mehr bilan qadoqlangan boshqa somsaxona tarmog’i mavjud emas edi @jakhongirgulomov

© gulomov design

03 Dec, 19:29


Yaqinda ishxona tarafda yangi bir butik kafe ochildi. Juda ham estetik joy hamda qimmat kafe ekanligi ichki interyer dizaynlaridan shundoq bilinib turadi. Lekin kafe fasad qismidagi logotip uchun tanlangan shrift, ranglari - umuman ichkaridagi noziklik bilan to'g'ri kelmaydi. Brendni qadoqlash jarayonini o'zida logotip/tanlangan shrift va interyer dizaynlarining xarakterlari bir-biri bilan konflikt yaratmoqda.

Vizual aydentika brendning missiya, qadriyat va xarakterlarini o‘zida aks ettirishi kerak. Shu sababli ham ishni aynan ushbu bo‘limga aniqlik kiritib olishdan boshlash kerak bo‘ladi

Mohiyat shundan iboratki - istalgancha vizuallash imkoniyati mavjud, lekin ushbu jarayon ham brendning asoslariga moslashtirilgan holda tayyorlanishi kerak.

Brend arxetiplarini chuqurroq o‘rganib borish kerak bo‘ladi.
@gulomovdesignblog

© gulomov design

02 Dec, 08:15


50 mln⚡️1 oyda
Frilanslar orqali

© gulomov design

01 Dec, 13:18


Bunday holatlarni samalari yechimi - brend dizayner - logo stilizatsiya ko'nikmasi tarafdan kuchli bo'lishidir.

Logotip belgisida toj bo'lishi kerakligi normal holat. Kelajakda hali bunday texnik vazifadagi loyihalar juda ko'p bo'ladi.

Brend dizaynerni asosiy vazifasi esa - atrofidagi boshqa o'xshash loyihalarni logolariga o'xshab qoluvchi toj belgisini chizib qo'ymasligida.

STILIZATSIYA - tojni milliondan oshiq stillash mumkin.
@gulomovdesignblog

© gulomov design

01 Dec, 13:01


Logotiplarning belgilari skeleti bir xil ekanligini sezmoqdasizmi?

Holatning yagona omadli tarafi - ushbu 2 mahalliy brendlar turli yo'nalishlardan. Biri kiyim biznesi bo'lsa, ikkinchisi mashina saloni.

Vizual aydentika jarayonlarida ma'lum bir bosqichga yetib kelinganda - maksimal unikal belgi auditoriya ongiga biror brendning logotipi sifatida o'rnasha boshlaydi. Shunda bu holatda odamlar aynan ushbu belgilardan - qaysi birlarining mashxurlik darajalari yuqori bo'lsa, o'sha brend uchun eslab qolishni boshlashlari mumkin.

Tasavurran "Kingsman" brendi mashxurlashib ketilsa, odamlar "King Motors" logotipini ko'rib qolishganida - "bu logotip Kingsman logotipi bilan bir xil ekanmi" deb eslab qolishni boshlaydilar. Ya'ni ikkinchi o'rinda. Va bu belgi ularni onglari ostida faqatgina "Kingsman" belgisi sifatida saqlanib qolaveradi.

Belgini xotiralarga joylashtirib borishda - birinchi bo'lib ko'rinish hamda doimiy tarzda ko'proq ko'rinish holatlarini o'zi yetarli.
@gulomovdesignblog

© gulomov design

01 Dec, 07:42


Bugun umumiy voice chat bor. Dizayner - sarafan marketing.
Ravshan Komilovich / marketolog

22:00

© gulomov design

30 Nov, 20:30


Upgrade qilish nuqtalari juda ko'p

Faqat tahlil asosida to'g'ri tanlay bilishni o'rganish kerak. Agar o'zingiz bilmasangiz, tajribali vakil bilan maslahatlashgan ma'qul. Eng asosiysi test qilib ko'raverish kerak.

Yuqoridagi bo'limlar - aynan bizning sohada upgrade qilish uchun kerakli ko'nikma va funksiyalar to'plamidir

@gulomovdesignblog

© gulomov design

29 Nov, 13:45


Gacha 50%

Matnlar bilan ishlovchi inson Rus bo’lsa, unda kamida biror O’zbek tilini biluvchi odamga ko’rsatib yuborish kerak-da.

@gulomovdesignblog

© gulomov design

29 Nov, 06:21


Yaqinda dizaynerlar uchun KPI mavzusini yozgan edim

Kechagina yaqin marketolog hamkasbim bilan suhbatlashib qoldim. "Bizni dizayner postingizni o'qib KPI dan himoyalanishni boshlab oldilar" deb qoldilar. So'ng men ularga sizda KPI yaxshi va to'g'ri bo'lsa, unda ular nega himoyalanmoqdalar deb so'radim va holat ichiga biroz chuqurroq qarasam - dizayner juda bemalollashib ketgan ekan. Ishga kech keladi, vahli ketadi. Berilgan vazifalarni vaqti-vaqtida bajarishni o'rniga, o'zini ishlari bilan band bo'lar ekan. Uni haydab yuborishmasligi uchun - KPI bilan intizomlashtirishga harakat qilishgan ekan. Va ularni hisoblarida 80% KPI ishlar = 100% oylik maoshlariga teng ekan. Bu juda yaxshi muvozanat.

Postni olib tashladim. KPI tizimini - umumiy salbiy qarab qolishingizga va bunga men sababchi bo'lib qolishimni umuman istamas edim. Adolatli KPI tizimlar ham atrofimizda yetarlicha mavjud. @gulomovdesignblog

© gulomov design

27 Nov, 15:44


Shu hafta yakun va kelasi hafta boshlariga 2 ta ovozli suhbat tashkillaymiz.

Biri umumiy shu yerda bo'ladi. Ikkinchi suhbat esa alohida guruhda va faqatgina dizaynerlar orasida bo'ladi. Muhokama uchun kerakli mavzu bor.

Faqatgina grafik dizaynerlar qabul qilinadilar. Bu biror kurs jarayoni emas. Bu mavzu hozir qiziqarli emas.

Ushbu post izohlariga "+" va sohada nechi yillik faoliyatingiz bo'lganini yozib qoldirsangiz, barchani sahifalarini tekshirib, qulay vaqt bo'lganida guruh uchun havola ulashib qo'yaman. 30-40-50 ta dizayner bo'lsa yetarli.

Ushbu ovozli suhbat yaqin orada sohaga qo'shilgan dizaynerlar uchun mo'ljallanmagan.
@gulomovdesignblog

© gulomov design

26 Nov, 14:27


Brend dizayn / brend ranglar va murakkablik jarayonlari haqida
@gulomovdesignblog

© gulomov design

20 Nov, 17:50


SAG grafik dizayner / Samarqand / 1+ yillik tajriba / 7 000 000 +
Samarqandlik dizaynerlar uchun qiziqarli e'lon.

Vakansiya aktiv emas.

Batafsil ma'lumotlar:
https://t.me/marketingdaishla/627

© gulomov design

18 Nov, 19:38


Mindset

Ba’zi dizaynerlar sohaning potensialini ko‘rmasdan, boshqa yo‘nalishlarga o‘tib ketadilar. Har safar yangi sohaga o‘tishdan oldin o‘zingizga quyidagi savollarni bering:

• Hozirgi sohamda maksimal natijaga erishish uchun nima qildim?
• Nechta kuchli dizaynerlarning suhbatini oldim?
• Bozorga qanday kuchli takliflar berdim?
• Meni qaysi segmentdagi insonlar taniydi? Mijozlar orasida qanchalik mashhurman?
• Qaysi biznes muammolarini hal qildim?
• O‘z bilimlarimni qanday monetizatsiya qildim?
• …

Bunaqa turdagi savollar ko‘p. Faqat tashqi omillar yoki mayda sabablar tufayli faoliyatingizni o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz unda shoshmang. Har bir kasbning o‘ziga xos yorqin taraflari bor, siz shunchaki ularni topishingiz kerak. Don’t be a quitter.

@alibekzimovv

© gulomov design

14 Nov, 19:00


O'zingizda veb dizayn yo'nalishlarini sinab ko'rishga nima deysiz?

Ismoil aka Safarov aynan ushbu yo'nalishga moslashtirilgan kurslarini dizayn auditoriyasiga bepulga taqdim qilmoqda ekanlar.

Ushbu yo'nalishni o'zingizda test qilib ko'rish uchun menimcha yaxshi imkoniyat.

1. Sotuv saytlariga talab ham ortib bormoqda
2. Veb dizayn yo'nalishida ham qiziqarli kariera qilish yo'llari mavjud.

Foydalanib ko'ring ismoilsafarov.uz

© gulomov design

11 Nov, 18:00


Ancha vaqtdan beri bir mavzuda izlanib yurgan edim. Ya'ni o'zimga ustoz qidirishda.

Topdim. Qizig'i u inson bizni sohaga umuman yaqin kelmaydilar. Boshqa sohadanlar. Lekin ulardan olishim mumkin bo'lgan qiymatlar va aynan menga kerakli tajribalar barchasi ularda mujassam.

Yangi bosqichga o'tish uchun ustoz baribir kerak zotdir.
@gulomovdesignblog

© gulomov design

08 Nov, 20:50


Alibek Azimov ushbu dasturlari ustida ancha ishladilar va mana endi jarayonni boshlab olmoqdalar.
O'rgatishni reja qilgan mavzulari haqida qisman xabarim bor. Umumiy zo'r narsalar.

Barcha sohada boshlang'ich 2-3 yillik tajribadagi dizaynerlarga ushbu dasturga yozilishlarini tavsiya beraman.
https://t.me/alibekzimovv/285

© gulomov design

02 Nov, 06:57


VIZUAL SWOT TAHLIL
Ishxonangizda belgilangan vazifalar doirasida qolib ketmang. Balki siz hissangizni qo'shishingiz mumkin bo'lgan, ishberuvchingiz/boshqaruvchingiz payqay olishmagan ko'p boshqa nuqtalar bordir. Shu sababli ham doim vizual SWOT tahlil olib boraverish kerak.

1. Sizga yangi tajriba 2. Kompaniya uchun foyda 3. Kompaniya a'zosi sifatida sizning alohida qiymatingiz shakllanishiga sabab.

SWOT - S — Strengths (Kuchli tomonlar) W — Weaknesses (Zaif tomonlar) O — Opportunities (Imkoniyatlar) T — Threats (Tahdidlar)

@gulomovdesignblog

© gulomov design

30 Oct, 07:49


Menga LOOOKda shogird kerak edi.
Strong junior (1-2 yil) yoki middle.

Asosiy e'tiborga olinishi kerak bo'lgan taraflar:
1. Vizual estetika boshlang'ich darajada bo'lsa ham yaxshi bo'lishi kerak.
2. Digital dizaynga qiziqish + minimal tajriba.
3. Mobilograflikka qiziqish + minimal tajriba.

Qolganlariga o'zim o'rgatib olaveraman. Start ko'rinishda 500$ maosh.

Ushbu post izohlariga ism familyangiz va portfolio link qoldirsangiz.

© gulomov design

29 Oct, 12:37


1. Marketologlar bilan ishlash orqali qanday foydalar olish mumkin? ⚡️

2. Alif Uzbekiston dizaynerlarining ish tajribalari haqida Akmalbek Muhammadjonov bilan professional ovozli suhbat 🌋

Ushbu 2 mavzuda kelayotgan Juma kuni batafsil suhbatlashamiz.
1-noyabr, 22:00 @gulomovdesignblog

© gulomov design

28 Oct, 18:14


Qiziq ishlarni boshlab qo'ydik. Qiyin test.
@gulomovdesignblog

© gulomov design

23 Oct, 18:28


Menga bir mavzuda yordamingiz kerak edi. Blogda 2-3 kishilik kombo-professional ovozli suhbatlar tashkillash kerak.

Yo'nalish - turli kompaniya/agentliklarda ishlayotgan dizaynerlar bilan doimiy ishlari haqida suhbatlashish, o'sish va rivojlantirish mumkin bo'lgan nuqtalarni aniqlash bo'yicha intervyu va o'ziga hos sohaviy razbor suhbatlar tashkillash.

Ushbu post izohiga hozirda faoliyat olib borayotgan ishxonalaringizni yozib qoldirsangiz.

@gulomovdesignblog

© gulomov design

19 Oct, 10:32


Grafik dizaynerlarning mingdan oshiq vakillari bir e'longa xat yuborishgan.

Bir eski tanishim o'zining dizayn studiosiga dizayner izlab e'lon yozgan. To'rt yuzdan oshiq kandidat chiqqan. Shundan atigi 5 kishini loyiqroq deb tanlashibdi va shunda ham 3 tasi ochiq suhbatdan o'tisholmabdi. 2 tasi esa bir oyga ham bormadi, ishdan bo'shatdik, dedi tanishim.

Sababi: ular qo'ygan o'rtacha standartlarga darajalari ko'tara olishmaganligi ekan.

Ularning talablari: rus tilini bilishi, brend yarata olish, eng kamida dizayn asoslari qoidalarini ular allaqachon bilib, amaliyotda qo'llay olishlari.

Ishga xat yozadiganlarning aksariyat muammolari quyidagicha bo'ladi:
- ish beruvchining talablariga mos keladimi yo'qmi, bu haqida o'z kuchini tahlil ham qilmaslik;
- ish beruvchining biznesini, kompaniyasini o'rganib chiqmaslik;
- o'z kasbini umuman rivojlantirmaslik, vaqtini bekor o'tkazib, kasbida to'xtab qolishlik;
- grafik dizaynda faqatgina SMM dizayn bilangina o'ralashib qolib, juda tor doiradagina ishlash.

© gulomov design

15 Oct, 07:55


Iloji boricha telegramdagi chatlarni 2 tarafdan o'chirib yubormang.

Barchaga xayrli kun! Dizayner hamkasblar uchun bir aytilishi kerak bo'lgan tavsiya bilan bo'lishib o'taman.

Yaqinda shu kabi holat yana takrorlanmoqda. Mijoz avvalgi ishlarni sizga ko'rsata olmayman, sababi 2 dizaynerlar ham chatlarni mendan ham o'chirib yuboribdilar demoqdalar.

Qisqa tavsiya. Kerak emas bunday qilish. Ushbu odat dizaynerni - dizayner emas, kaprizniy bolakay qilib ko'rsatib qo'yadi. Reputatsiyaga zarar keltirmang.

@gulomovdesignblog

© gulomov design

12 Oct, 22:08


LOOOK dan tez orada brend xarakteriga mos bo'lgan videolar taqdim qilina boshlaydi

Brend ko'p vaqt davomida asosan mahsulot sifati va servisi haqida qayg'urgan. Shu sababli ham mahalliy fast-food brendlari ichida auditoriya simpatiyasi yuqori. Endilikda media va marketingga e'tibor berish leveliga yetib kelinmoqda. Ichkarida nafaqat dizayn, boshqa ancha ishlarni amalga oshirmoqdamiz.

Umumiy nazar solinganda jarayonlar qiziqarli. Brendga turli yo'nalishlar orqali ijobiy ta'sir ko'rsatish insonni o'ziga ham baxtliylik kayfiyatini berib turadi.
@gulomovdesignblog

© gulomov design

12 Oct, 17:24


605 agency 2024-yilning eng yaxshi reklama agentligi.
TAF!24

Tabriklaymiz! @gulomovdesignblog

© gulomov design

11 Oct, 06:20


Did bilan yondashilgan reklama mahsulotlar - shaharga o'zgacha chiroy va aynan yetishmayotgan vizual element sifatida to'ldirib turuvchi manba bo'lib xizmat qiladi.

Lekin ko'p holatda brendlar "shaharning qayeri bo'sh bo'lsa, o'sha joyga reklama joylashtirish kerak" degan qarashlari juda kuchli shakllangan. Bu esa shaharni vizual taraflama asil ko'rinishini berkitib, yashirib tashlashga olib keladi.

Misol uchun biror brend - biror yangi teritoriyaga kirib keldi. Oflayn reklama tarafdan birinchi navbatda o'z atrofini tahlil qiladi.
1. Ushbu atrofda nechta tijoriy reklama ildirish/joylashtirish obyektlari bor?

2. Ushbu atrofda nechta o'zimiz alohida ruxsat olgan holda reklamalar joylashtirishimiz mumkin bo'lgan, hali boshqalar yetib kelmagan joylar bor?


2-savol shahar chiroyi uchun xavfliroq bo'lgan bosqich hisoblanadi. Misol uchun metroga tushing. U yerda foydalanilmaydigan joylarni o'zi qolmagan. Tez orada patalog va yerga ham reklamalar joylashtirishni boshlashsa hayron qolmayman (yuqori ehtimol bilan yerga reklama joylash boshlanib bo'lgan)

@gulomovdesignblog

© gulomov design

10 Oct, 19:12


Bugun hamkasblar bilan qiziq mavzuni suhbatlashib qoldik. Iphone haqida.

Iphone sotib olish - didli yoki estetik inson degan xulosa emas. O'sha sotib olingan iphonega tanlangan g'ilof (chexol) va interface theme - foydalanuvchini haqiqiy didini ko'rsatib beradi.
@gulomovdesignblog

© gulomov design

02 Oct, 05:58


GO stilizatsiyasi 🔥

© gulomov design

16 Sep, 07:07


Ustoz AI

Mavjud belgi vizual uslubi yumshoqdan - qattiq uslubga moslashtirildi.

Hozirgi belgi ham juda chiroyli va xech qanday e’tiroz yo’q. Faqatgina mavjud noziklik sababli vizual assosatsiyalar tarafdan ko’proq milliylik, mumtozliylik va adabiyot yo’nalishlariga ko’proq tortib ketadi.

@gulomovdesignblog

© gulomov design

15 Sep, 20:12


Dizayn agentliklarni - aynan dizaynerlar asos solishlari manashu missiyani bajarilishiga hissa qo'shadi.
@gulomovdesignblog

© gulomov design

15 Sep, 20:03


Dizayn qanday potensialga ega instrument ekanligini ko'pchilik tushunmaydi. Lekin aynan biz sohaviy missiya tarafdan o'ylab qarasak - vizual estetikani rivojlantirish vazifasini ijro etuvchi jamiyat hisoblanamiz.

Inson tabiati - tartib va chiroyga tabiiy intiluvchandir. Biz esa ushbu maqsadda unga ko'maklashishimiz kerak.

Dizayn agentliklar tub mohiyatda qaraladigan bo'lsa - ular jamiyatni vizual estetik darajasini oshirish instituti bo'lishi kerak edi.

Videoni to'liq versiyasi:
https://www.youtube.com/watch?v=8suzl6V4VFc&t=1475s

@gulomovdesignblog

© gulomov design

14 Sep, 19:45


Oramizda dizayn bloglar va blog obunachilari ko'payib borishi ham yuqoridagi muammoga yechim bo'lib borishi mumkin.

Dizaynerlar bir-birlari bilan muloqot qilishni boshlasalar, yaxshi bo'lmagan ishxonalar o'zlariga dizayner izlashda yaxshigina muammoga duch keladilar. O'zi ko'pchilik bu signalni his qilayotgan bo'lishlari kerak. Nega marketologlarni ko'pi mustaqil faoliyatga chiqib ketmoqda. Men mustaqil dasturchilarni ham ko'rdim va boshqa tanishlardan ham eshitdim. Zoomer avlod ishda ishlashlarni qopol qilib aytganda poslat qilib yuborishmoqda. Millenial avloddan ustunliklari ham shunda. Hali Alfani qanday karomati bo'ladi, bu ham qiziq.

@gulomovdesignblog

© gulomov design

14 Sep, 19:20


Bir zo'r, yosh istedodli dizaynerni bloglaridagi oxirgi postlarini o'qib qoldim.

Umumiy oxirgi vaqt bir necha agentliklari bilan fail natijalar bo'lgan ekanligini, ichlaridagi olov o'chib qolganini yozib o'tganlar.
Men u postni o'qib sohamizga qiziqishi yuqori bo'lgan, entuziast bolani moralno o'chirib qo'yishganini tushundim. Achinarli holat. Jaxlim chiqdi.

Ular bilan suhbatlashib ham oldik. Oramizda shu kabi holatlarni boshidan o'tqazmoqda bo'lgan boshqa dizaynerlar bo'lsa sizlarga samimiy tavsiyam.

Yaxshi agentlikda ishlayotgan bo'lsangiz, dam olishga, energiya to'plashlarga vaqtlaringiz yetayotgan bo'lsa unda zo'r. Davomli ishlayvering.
Lekin bunday bo'lmasa - unda tinchgina kompaniyalarga ishga kirishga harakat qilavering. O'zingizni self-study qilishga ham vaqtingiz bo'ladi. Ish sifatingiz ham zarar ko'rmaydi.

Kompaniyada rutina. Bir xil ish bo'lib qotib qo'linadi deyuvchilar - kompaniyaga turli takliflar bilan chiqib, ish turlaringizni boyitib borishingiz mumkin. Agarda kompaniya takliflaringizni qabul qila olmasa ham, xech qisi yo'q. Ishdan keyingi vaqtlaringizni o'zingizni self-study qiling. Personal branding uchun ishlashni harakatini boshlang. Outsource ishlarga ko'proq urg'u bering. Shuncha imkoniyatlar bor.

Afsuski ko'p agentliklarimizda win/lose rejim. Dizayner lose - power, time, life, money va personal branding.
Kerakli tajribangizni olishga harakat qilavering. So'ng keyingi bosqichga o'tib keting.

@gulomovdesignblog

© gulomov design

26 Aug, 06:35


27 yillik tajribalarni bir guruhga to'pladik

Bir nechta kattaroq tajribali dizayner hamkasblarning sohaviy bloglarini bir guruh holatida jamladik.
Blogimizda yangi obunachilar ushbu ko'rsatilgan bloglarga ham qo'shilib olsangiz bo'ladi. Barchalarida ko'p foydali fikr va tajribalar mavjud.

https://t.me/addlist/e0kYwfXFOzZmM2Vi

© gulomov design

24 Aug, 18:41


Live stream finished (2 hours)