Maqsadjon Olimjanov | Volcano @blogolimjanov Channel on Telegram

Maqsadjon Olimjanov | Volcano

@blogolimjanov


Maqsadjon Olimjanov
Grafik dizayner va mentor

> Grafik dizaynda ustozlik
> Logo va brend dizayn

Konsultatsiya: @olimjanov_17

Maqsadjon Olimjanov | Volcano (English)

Are you a fan of creative typography, unique branding, and thought-provoking memes? Look no further than the Telegram channel 'Maqsadjon Olimjanov | Volcano' managed by the talented individual behind the username @blogolimjanov. This channel is a treasure trove of artistic inspiration, featuring a mix of typography showcases, identity design discussions, branding tips, hilarious memes, and deep metaphors.

Maqsadjon Olimjanov is a visionary in the world of design, constantly pushing the boundaries of creativity and innovation. His work is not only visually stunning but also conceptually rich, making viewers think and feel on a deeper level.

Whether you're a design enthusiast, a budding artist, or simply someone who appreciates aesthetics, this channel is sure to spark your imagination and ignite your passion for all things creative. Connect with Maqsadjon Olimjanov on Telegram by following @blogolimjanov and delve into a world of design excellence.

For collaborations, inquiries, or simply to admire more of Maqsadjon Olimjanov's work, feel free to reach out to @olimjanov_17. You can also explore his impressive portfolio at be.
et/byolimjanov or operabranding.uz. Don't miss out on the opportunity to be inspired by one of the brightest minds in the design industry. Join the 'Maqsadjon Olimjanov | Volcano' Telegram channel today!

Maqsadjon Olimjanov | Volcano

06 Feb, 06:29


#beforeAfter #najotTalim

One love one Figma 🫶
🤕O'quvchilar bilan og'ir ahvoldagi bemor infografik dizaynlarni redizayn qildik.

P.S To'g'ri aytasiz soat yaxshi kesilmagan🙃

@blogolimjanov

Maqsadjon Olimjanov | Volcano

25 Jan, 16:06


#branding #tavsiuuuu

Brend strateg kim? Brend qanday quriladi?

Brending sohasi vakillariga "Marketing Club" tomonidan tashkillashtirilgan ushbu Master Class'ni ko'rishni tavsiya qilaman, ayniqsa brend dizaynerlarga)

🌋 Bu safar Depot Branding Agency strategik direktori Farxod Kuchkarov chiqish qilganlar.

Maqsadjon Olimjanov | Volcano

20 Jan, 13:34


#tavsiuuuu

https://www.youtube.com/watch?v=K8wM3QRL_pQ

Maqsadjon Olimjanov | Volcano

17 Jan, 05:26


#reDesign #typography

🥋Typography matters.

Dars jarayonidagi tipografika bo'yicha amaliy ishlardan namuna. Hozir o'quvchilar bilan kasallarni davolayapmiz🩺

@blogolimjanov

Maqsadjon Olimjanov | Volcano

15 Jan, 06:02


#guide

Oxirgi paytlarda brendlarni qo'llanmalari website holatida taqdim qilinyapti. Wallmart'da ham xuddi shunday qilinibdi. Bu hozirga payt uchun PDF yoki kitobcha shaklidan ancha qulay.

Korzinka ham logosini ishlatish bo'yicha qo'llanmani o'zini saytiga joylab qo'ygan edi.

@blogolimjanov

Maqsadjon Olimjanov | Volcano

14 Jan, 12:38


#ui

Muammo emas yechim *yarating


Ijtimoiy tarmoqda HONOR telefoni uchun tayyorlangan ushbu posterga ko'zim tushdi. Dizaynda juda mayda bo'lgan matnlar yozilgan. Odatda bu kabi posterlarni telefonlarda ko'ramiz va kichik matnlar shundoq ham o'qilishi qiyin. Lekin bunisi imkonsiz.

Agar bu orqali qurilmaning operatsion tizimi(MagicOS) haqida ma'lumot berishmoqchi bo'lsa nega undan ma'lumot olish imkonsiz qilib yozilgan. Balans uchun desangiz ham to'g'ri kelmayapti. Muhim bo'lmasachi, unda shunchaki yozma)

Nima sababdan bunday qilishgan deb o'ylaysiz?

PS: Reklama emas)

@blogolimjanov

Maqsadjon Olimjanov | Volcano

27 Dec, 18:33


#hustle

Bugun Alibek meni "Hustle" mentorlik dasturiga mentor sifatida taklif qildilar. Taklif uchun alohida rahmat🙌

Juda yaxshi mavzu(metafora)da seminar o'tdik. Atmosfera, community va networking juda ajoyib bo'ldi🔥 Seminar qiziq bo'lganidan 2 soatdan o'tganini sezmay ham qolibmiz. Qatnashganlarga ham alohida rahmat.

@blogolimjanov

Maqsadjon Olimjanov | Volcano

22 Dec, 21:08


#najotTalim

Bugun Najot Ta'limning yillik sarhisobi bo'lib o'tdi. Jamoa bilan erishilgan yutuqlar, natijalar sarhisob qilindi. Shu bilan birgalikda keyingi 3 yillik uchun katta rejalar qo'yildi🔥

Ushbu tadbirda ozmi-ko'pmi qilgan mehnatimizni e'tirof qilgan holda meni ham "Yilning eng yaxshi grafik dizayn ustozi" deb taqdirlashdi. Yuqorida jamoaning eng TOP ustozlari, bu safda ustozimiz Quvonchbek Matchanov ham borlar faqat tadbirda qatnasha olmadilar.

Bilim va tajriba ulashishda davom etamiz🌋

@blogolimjanov

Maqsadjon Olimjanov | Volcano

18 Dec, 22:25


#meetup

Men bilgan eng TOP dizaynerlar, jamoa va videochat (369 kun)🔥

Meetup hozirgina tugadi va u 3 soatdan ko'proq davom etdi. Juda foydali bo'ldi, o'zimiz uchun juda yaxshi insightlar oldik. Fikr almashdik, rejalar tuzdik. Asosan mindset bo'yicha gaplashdik.

Shu kabi meetuplar uyushtirib turishni tavsiya qilaman. Nafaqat dizaynerlar balki boshqa soha vakillari bilan ham. Mendayam meetup uchun vaqt topiladi kimgadur soha bo'yicha foydam tegsa xursand bo'laman. Bemalol aloqaga chiqishinglar mumkin.

Ha aytgancha hozir nechinchi yil biz Miller sayyorasida ekanligimiz esimizdan chiqib qolibdi😅

@blogolimjanov

Maqsadjon Olimjanov | Volcano

18 Dec, 19:36


#siuuuuuuuuuuu

Old school🐊🌋🧢

Maqsadjon Olimjanov | Volcano

15 Dec, 14:57


O'zingizga yordamchi qidirib yurgan bo'lsangiz unda uni topdim deyavering🦾

Kurs haqida batafsil ma’lumot olish uchun: @Muhammadrizvon_Admin ga murojaat qiling.

#ad😎

Maqsadjon Olimjanov | Volcano

02 Dec, 10:53


#tavsiuuuuu

Dizayn emas - g'oya o'ylang!

@blogolimjanov

Maqsadjon Olimjanov | Volcano

29 Nov, 15:16


#insight #tavsiuuuu

Birinchi navbatda qilayotgan ishingiz muammoga yechim ekanligiga o'zingiz ishonishingiz kerak. Shundagina mijozni ishontira olasiz.

Hamma gap sizda🫵

@blogolimjanov

Maqsadjon Olimjanov | Volcano

27 Nov, 08:51


Elektr avtomobillarni ichki saloniga e’tibor qilyapsizmi, interyerda jismoniy tugmalarni kamayib boryapti, qaysilarda umuman tugmachalar yoq. Barchasi faqat ekrandan boshqariladi.

Rosti bu masala meni boshidan qiynab keladi. Qanchalik xavfsiz bu?

Meni subyektiv fikrim - juda noqulay va xavfli. 

Mashina haydayotgan vaqtingizda, oddiy isitish tizimini ishga tushirish uchun barcha nazaringizni yo‘lda emas, ekranga qaratish kerak bo‘ladi. Bu degani o‘zingizni va atrofdagilarni hayotini xavfga qoyasiz.

Bir tomondan o‘ylab qolaman, men qariyapman va zamonaviylik qabul qila olmayapmanmi deb..

Keyin ko'zim Hyundai avtomobil dizayneri gaplariga tushdi.
Tugmachalar bo‘lishi xavfsizlikni oshiradi deb yozibdi.
https://www.techradar.com/tech/evs-are-finally-embracing-physical-buttons-with-hyundai-being-the-latest-to-admit-to-a-touchscreen-backlash

Kuningiz xayrli o‘tsin va chiroyli UI bilan birga qulaylikni yodda tuting.

------

@farkhod_com

Maqsadjon Olimjanov | Volcano

18 Nov, 10:06


#realIronMan

If anyone needs motivation, watch this video.

@blogolimjanov

Maqsadjon Olimjanov | Volcano

15 Nov, 11:00


Hamkasblarimiz 16-noyabr kuni "IXTIRO" va "BEXATAR" do‘konlarining ochilish marosimi munosabati bilan tanlov e’lon qilishibdi.

🎁 Sovg‘alar:
- Canon brendidan rangli printer;
- Cougar brendidan quloqchin;
- Cougar brendidan kreslo;
- Lenovo brendidan noutbuk;
- Rapoo brendidan klaviatura.

👉 Tanlov shartlari

Qatnashing, sovg’alar zo’r ekan lekin)

Maqsadjon Olimjanov | Volcano

12 Nov, 14:09


#najotTalim

Less — is more!

⚡️Dars jarayonida tayyorlangan express logo redizaynlar. Deadline: 15 daqiqa🧨

@blogolimjanov

Maqsadjon Olimjanov | Volcano

11 Nov, 12:17


#insight #najotTalim

Jamoa bo'lib ishlash — muvaffaqiyat kaliti!

O'quvchilar jamoaviy tayyorlagan ishlarini "bento ui" uslubida taqdimot qilib ko'rishdi. Qisqa va lo'nda. Bu yo'nalishdagi dastlabki ishlarini yuqorida ko'rishingiz mumkin.

Bu qizib olish uchun edi😎, tez orada vizual aydentika bo'yicha tayyorlashgan ishlarini ham ulashaman.

@blogolimjanov

Maqsadjon Olimjanov | Volcano

16 Oct, 14:23


#tavsiuuuuu

Agar sizda shu uslubda SMM dizaynlar qilish istagi bo'lsa ushbu kurs aynan siz uchun. Kursda SMM dizaynlar uchun uslub yaratish va sun'iy intellekt bo'yicha darslar bo'ladi. Ushbu kurs SMM dizayn yo'nalishiga ixtisoslashgan iqtidorli grafik dizayner hamda mentor Islomjon tomonidan olib boriladi.

Kursdagi o‘rinlar soni: 2—3
Kurs davomiyligi: 1 oy

Murojaat va batafsil ma'lumot uchun: @ismailovislam

Maqsadjon Olimjanov | Volcano

14 Oct, 12:20


#figmaTOP #najotTalim

⚡️Dars jarayonlarida bo'ladigan amaliyotlarni bosqichma-bosqich Figmaga ko'chirib o'tyapman.

🕔 Oldin o'quvchilar aynan nimada qiynalishayotganini va ularga qanday tushuntirish kerakligini bilish uchun proyektorga kompyuterlarini ulab birma-bir amaliy ish qildirib ko'rib bilardim. Bu o'z effektini berardi lekin vaqtdan yutqazib qo'yardim) Bu jarayonni ayni paytda figmaga olib o'tdim, o'zi avvalroq shu ishni qilishim kerak edi.

🥋Hammani bir vaqtni o'zida nazorat qilish va xatolarni o'z o'rnida to'g'rilab ketish ham qulaylashdi. Imkoniyatlar borligini bilish va ularni ishlata olish ham bir san'at.

@blogolimjanov

Maqsadjon Olimjanov | Volcano

09 Oct, 08:57


O'zbekistondagi yaxshi dizaynerlarni ishlari Behance ga kolleksiya qilib yuklanibdi. Ularni orasida meni ham "MARS IT School" uchun tayyorlagan logoyim o'rin oldi⚡️

https://www.behance.net/gallery/209771211/Logos-Marks-Collection-2024

Maqsadjon Olimjanov | Volcano

05 Oct, 14:44


#offTop

Futbolda muhlislik borasida hech omadim kelmadida😢
❤️💙

Maqsadjon Olimjanov | Volcano

18 Sep, 18:58


#share #taste

https://www.instagram.com/funky.agency/
https://www.instagram.com/onyagency/
https://www.instagram.com/shukagram/
https://www.instagram.com/formascope.agency/
https://www.instagram.com/jugger.studio/
https://www.instagram.com/brandgruppa/

Hayrli kech ahli dizaynerlar, bir iltimos bor edi o'zingiz kuzatadigan va TOP deb biladigan yuqoridagilar kabi agentlik nomlari yoki linklarini ulasha olasizlarmi? Hammamiz uchun ancha foydali post bo'lar edi😤

@blogolimjanov

Maqsadjon Olimjanov | Volcano

01 Sep, 12:52


🇺🇿 Mustaqillik bayrami muborak bo'lsin!

Mustaqillik — ulug' ne'mat. Hurlikni his qilib yashash baxtdir. Bugun mamlakatimiz, millatimiz o'z erkiga erishganiga 33 yil bo'ldi.

Shu munosobati bilan barchangizni chin dildan muborakbod etaman!

Bayram kunlarini oila davrasida manfaatli oʻtkazishingizga tilakdoshman😊
©️nomzod agency

@blogolimjanov

Maqsadjon Olimjanov | Volcano

28 Aug, 12:42


#paradox

Bir qiziq savol bor:
Faoliyatingiz davomida sizga berilgan eng paradoks (g'alati, kutilmagan) buyurtma qaysi bo'lgan?

Misol uchun mendan: Dalani o'rtasida orqa tomoni bilan turgan odamni rasmini olib kelib, shu odamni old tarafga qaratib berishimni so'rashgan😅

Koment sizlar uchun muntazir🤗

@blogolimjanov

Maqsadjon Olimjanov | Volcano

26 Aug, 12:39


#vijivaniya

Universal soldat
Grafik dizayner


Kuzatishlarim natijasida endilikda grafik dizaynerlar yashab qolish uchun quyidagilarni bilishi "must have" bo'lib borayotgandek:

1. Soft skillarga ega bo'lish
2. Chet tillarini bilishi
3. AI (sun'iy intellekt) dan foydala olish
4. Naming qila olish
5. Animatsiyadan xabardor bo'lish yoki qila olish
6. 3D bo'yicha ko'nikmalarga ega bo'lish.

🪖Buyog'iga grafik dizaynerlarni "universal soldat" desa ham bo'laveradi. Sizlar qanday fikrdasizlar?

@blogolimjanov

Maqsadjon Olimjanov | Volcano

26 Aug, 06:46


27 yillik tajribalarni bir guruhga to'pladik

Bir nechta kattaroq tajribali dizayner hamkasblarning sohaviy bloglarini bir guruh holatida jamladik.
Blogimizda yangi obunachilar ushbu ko'rsatilgan bloglarga ham qo'shilib olsangiz bo'ladi. Barchalarida ko'p foydali fikr va tajribalar mavjud.

https://t.me/addlist/e0kYwfXFOzZmM2Vi

Maqsadjon Olimjanov | Volcano

09 Aug, 18:36


#arxiv #lettering

Uyimizdagi omborxonada ko'rib rasmga olib qo'ygandim. Adashmasam 2005-2006-yillarda chizgan edim. O'sha paytda dizaynga ilk qadam tashlagan ekanman😅. Lettering va kalligrafiyaga oid juda ko'p ishlarim bor edi ularni topa olmadim.

Bir pachka rasmdagi kabi perolarim va 3 xil rangli kraskam bor edi. Ko'chalarda yo'limdan qanday e'lonlar yoki shunga o'xshash yozuvli bannerlar chiqib qolsa va TV'da biror narsa yoqib qolsa ularni qaytadan chizib ko'rardim. Avval maktablardagi ko'rgazmali devorga ilinadigan bannerlar ham perolarda yozilardi. Hozir esa ko'rib turganingiz holatda tayyorlanmoqda🥲

Hozir imkoniyatlarimiz ancha keng shunchaki foydalanishni bilmaymiz. Bu eng avvalo o'zimga eslatma!

@blogolimjanov

Maqsadjon Olimjanov | Volcano

01 Aug, 19:53


#tavsiuuuuuuuuu #logo #identity

Ustoz Quvonchbek Matchanov "Logo dizayn va vizual aydentika" bo'yicha shogird loyihasini boshlayotgan ekanlar. O'zini qiymati oshirmoqchi va keyingi bosqichga chiqmoqchi bo'lgan grafik dizaynerlar uchun juda yaxshi imkoniyat🌋

Batafsil ma'lumot uchun shaxsiylariga a'loqaga chiqishingiz mumkin: @matchanovv

Maqsadjon Olimjanov | Volcano

01 Aug, 13:27


#buHateEmas

Yo'limdan chiqib qoldi qo'shni😅
https://www.behance.net/gallery/71996801/Madrid-Te-Abraza

@blogolimjanov