Sevgi hikoyalari ♥️⛓ @sevgi_hikoyalari_hayotiy Channel on Telegram

Sevgi hikoyalari ♥️

@sevgi_hikoyalari_hayotiy


Kanalimizga xush kelibsiz☺️

💞Baxtli💞
🥀G'amli🥀
😅Kulguli😅
💌Hayotiy Hikoyalar Kanali😇

Kanalda hikoya joylash 📝
Taklif...🤝
Shikoyat...👊
Va boshqa narsalar uchun CREATOR : @Mr_Numonov

Sevgi hikoyalari ♥️⛓ (Uzbek)

Sevgi hikoyalari kanali hayot bo'yicha birinchi qo'shiq va o'ylar bilan to'ldirilgan romantik hikoyalardan iborat. Kanalga kirib, siz baxtlilik, g'amlik va kulgu hislarini birgalikda yashashingiz mumkin. Hayotiy hikoyalar kanalida siz o'z hikoyalaringizni joylash, takliflar berish va shikoyatlaringizni bildirish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Kanal hissasiyatli va muhabbat dolu hikoyalarga ega bo'lgan odamlar uchun mo'ljallangan. Kanalda sizga qiziqarli va o'ylantiruvchi hikoyalarni topishingiz mumkin. Kanal yaratuvchisi @Mr_Numonov.

Sevgi hikoyalari ♥️

20 Nov, 20:32


Uyğola bormi

@sevgi_hikoyalari_hayotiy

Sevgi hikoyalari ♥️

20 Nov, 19:29


Агар қизингиз сизга биринчи бўлиб СМС ёзса:
1.у сизни севади
2.сиз тормозсиз


@sevgi_hikoyalari_hayotiy

Sevgi hikoyalari ♥️

20 Nov, 17:52


Koʻzi koʻkargan.. yaxshigina musht tushirilgani sezilib turgan uch yigit eshik oldida bosh egib turishadi..😞
-Nega sizlarni eshik oldiga qoʻydim..😡 Bir biring bilan ayollardek gʻiyjat qilishingiz uchunmi..😬
Uch kishi bitta qizni koʻzdan qochirib oʻtirsaya..😠
-Koʻzimdan yoʻqollaring..😡 Hoziroq..!!!

Xona sukunatga toʻldi..😠 Mirfayz esa gʻazabga.. Kimdir Zahroga yordam bergani aniq..🤨 oʻzi uddalay olmagan boʻlardi..😒
Lekin kim..? Bilishicha uning yaqinlari yoʻq.. Mirshoxid allaqachon shtatlarda.. u uch kundan beri instagtam sahifasini suratlariga toʻldirdi.. yana kimdan gumon qilish mumkin..
-Kirsam maylimi xoʻjayin..😑
-Kel Zayn..😐
-Xoʻjayin menimcha kasalxonalar va.. oʻlikxonalarni tekshirish zarur..🙄
-Bu bilan nima demoqchisan..😬
Zayn yonidagi bir martalik selofanga oʻralgan pichoqni koʻrsatdi..🔪

-Ekspertiza pichoqdagi qon Zahroniki ekanligini isbotladi..😕 ehtimol..
-Yoʻq..!! Boʻlishi mumkin emas.. u tirik..
Mirfayz yuragini biroz tinchlantirish uchun shu jumlani ichiga yutadi..
-U tirik..❤️‍🩹

#Сабоша❤️‍🩹

@sevgi_hikoyalari_hayotiy

Sevgi hikoyalari ♥️

20 Nov, 17:52


❤️‍🩹..NAFRAT OGʻUSHIDAGI MUHABBAT..❤️‍🩹

10-qism.

Zahro unga xiyol jilmayib turgan Mirshoxidga qarab jilmayishdan oʻzini tuta olmaydi..🥹. Mirshoxid shunday u har qanday vaziyatda ham mana shu tabassum uchun Zahroning yoniga qaytadi..☺️
-Ketishimiz kerak..😉
-Qanday qilib..🥺
-Zahro sen bilishing kerak boʻlgan bir narsa bor..😕
Men oʻgʻriman..
-Nima..😳
-Avvaliga akangni.. keyin umidlaringni.. ilk quchoqlaringni oʻgʻirladim..😔 endi seni oʻgʻirlamoqchiman..☺️ Men bilan ketasanmi..
-Nima ham derdim.. hammaga ham oliyjanob shahzodalar nasib qilavermaydi..🥹
Mirshoxid Zahroning chakkalaridan toʻkilib.. sochlari orasida yoʻqolgan koʻz yoshlarini artib jilmayadi.. keyin esa Zahroni yetaklab aeroportning ichkarisi tomon yoʻl oldi..✈️ ularni chiptalar bilan Davron kutib oldi..🔖. Zahro hayrat bilan unga qaraydi..😳
-Davron..🙂 mendan oldin qanday yetib keldingiz..
-Chalgʻitish uchun seni aylanma yoʻllar orqali aeroportga olib keldik.. men esa vaqtliroq kelib shaxsiy reysga buyurtma berdim..😉
-Qolganini samalyotda gaplashamiz..🤫 Zahroga qoʻyib bersang shafyorni qon guruhini ham soʻraydi..😂
Zahro jahli chiqsada oʻzi haqidagi hazilga miriqib kuladi..😄. Anchadan buyon Zahro oʻzini bu qadar yaxshi his qilmagan..😌 goʻyo yelkangdan togʻ qulagandek..
Roʻyhatdan oʻtib.. oʻrindiqlarini egallashgachgina Zahro Mirfayz haqida oʻyladi..😞
Agar qochib ketganini bilsa nima boʻladi..😖. Topib olsachi..?
Zahroning allaqayerga tikilib shubhali tarzda qoshlarini chimirib olganini koʻrgan Mirshoxid havotir bilan unga qaradi..👀

-Biron nima boʻldimi..🙄
-Mirshoxid.. qoʻrqyapman.. agar Mirfayz bizni topib olsa nima boʻladi..😟
-Havotir olma.. biz u topa olmaydigan joyga ketyapmiz..😉
-Qayerga..🫠
-Hech Las Vegas kazinolarida boʻlganmisiz xonim..😄
-Yoʻq..😁
-Unda men sizga shunday imkon beraman.. rohatlaning..😇

***

Tushlikda samalyot xalqaro "Harry Reid" aeroportiga behavotir qoʻndi..🛩
Samalyotdan chiqishi bilan Zahroning yuziga issiq havo oqimi uriladi..🥵 bu yerda havo sezilarli darajada issiq ekanini sezishi qiyin emas.. Las Vegas eng gavjum sayyohlik shahri.. Qoʻshma shtatlarning sayyohlik yuragi deyish mumkin.. Mirshoxid Zahroni oʻzidan uzoqlashtirmaydi..🫠 hech qachon universitetidan uzoqroqqa chiqmagan qizni dunyoning eng katta shaharlaridan birida yoʻqotib qoʻyishni istamaydi..😐
Las Vegasni "gunohlar shahri" deyishadi.. bu yerda turli xil koʻngilochar manzillar shu qadar koʻpki, boshingiz aylanishi hech gap emas..😵‍💫
Mirshoxid bu shaharni bejizga tanlamagan.. bu Mirfayzning chegaralaridan ancha uzoqda boʻlgan.. "umumiy" hudud..
Bu yerga hech bir toʻda vakillarining qonunlari "ishlamaydi"
Zahro oʻzini yosh boladek tutadi..🫠 u bunday joylarni ilk marta koʻrayotgani aniq..🤩
Aeroportdan farqli oʻlaroq koʻchalarda odamlar siyrak koʻrinadi.. bularning barchasi vulqon oldidagi sokinlik ekanligini Mirshoxid juda yaxshi biladi.. u bir necha oʻnlab martalab Las Vegasni ziyorat qilishga ulgurdi..🫠
Mirshoxid eng yaxshi joylarni juda yaxshi biladi albatta.. lekin bu safar yolgʻiz emas..😐 yonida Zahro bor ekan Mirshoxid oʻzining sayohat yoʻnalishini tubdan oʻzgartirishiga toʻgʻri keladi..🤦‍♂

***

Zahro ingliz tilida oʻz tilidan ham soʻzamolroq boʻlib qolgan Mirshoxidga hayrat bilan qaraydi..👀
Mirshoxid soʻzi oxirida mehmonxona qabulxonasidagi qizga koʻz qisib qoʻygandagina Zahro qarshisidagi qizga eʼtibor berdi..🙄
Qiz chiroyli koʻrinadi.. sariq jingalaksimon sochlar.. chiroyli yuz xususiyatlari..
U Mirshoxid bilan quyuq xayrlashishiga qaraganda ular tanish boʻlsa kerak..😑
Zahro ortiq ular tomonga qaramadi.. Davronni oldiga oʻtib olib nimalarnidir gʻudurlay boshladi..🗣

-Liza senga bir iltimos qilsam boʻladimi..
Mirshoxid ovozini pasaytirib qiz tomon egildi..
-Bemalol Mir..
-Agar anavi qiz koʻchaga chiqmoqchi.. men yoki Davronsiz ketmoqchi boʻlsa darrov menga xabar bering..
-Muammosiz..😌

***


@sevgi_hikoyalari_hayotiy

Sevgi hikoyalari ♥️

20 Nov, 17:51


Zahro taksi tomon yugurdi.. Taksiga joyidan siljishi bilan hovli tomondan gʻala gʻovur eshitila boshladi..😵‍💫.
Zahro qayerga borishini.. nima qilishini bilmaydi..🤦🏼‍♀. Kvartirasiga bora olmaydi.. uni birinchi boʻlib oʻsha yerdan izlashlari aniq..
Ehtimol shafyor qayerga borishni biladi.. U manzil haqida hech nima soʻramadi.. yoʻl boʻyi mum tishlagandek jim edi..🤐

Mashina aeroport oldida toʻxtadi.. Haydovchi ortiga oʻgirilib Zahroga mashinadan tushishi kerakligini uni olib ketishlarini aytdi..🗣. Zahro mashinadan tushib biroz taraddudlanib turdi.. Davron hech qayerda koʻrinmaydi..👀
-Meni izlayapsanmi..?
Boʻgʻiq.. biroz chuqur ovozni tanib olish uchun ortga oʻgirilish shart emas..🥲

#Сабоша❤️‍🩹

@sevgi_hikoyalari_hayotiy

Sevgi hikoyalari ♥️

20 Nov, 17:51


❤️‍🩹.. NAFRAT OGʻUSHIDAGI MUHABBAT..❤️‍🩹

9-qism.

-Kechir..😑
Mirshoxid Zahroni chetlab oʻtib eshikdan chiqib ketdi..
Zahro yana yigʻlaydi.. tomogʻi boʻgʻilib.. nafasi qisilib qolsa-da issiq koʻz yoshlar yuzni yuvaveradi..🥲 Yurak tomonda allaqachon oʻtkir ogʻriq turadi..💔
Ha baʼzi orzular tugʻilishi bilan oʻlimga mahkum qilinadi..😔

***
Unashtiruv ortiqcha dabdabalarsiz boʻlib oʻtdi..
Zahroning qoʻlini band qilgan unashtiruv uzugi chiroyli koʻrinadi..💍
Mirshoxid eng chekkada.. imkon boʻlishi bilan ketishga umid qiladi..💔
Unga oson emas.. bir tomonda uni yoʻqdan bor qilgan akasi boʻlsa.. ikkinchi tomonda qisqa vaqt ichida butun dunyosini oʻzgartirib yuborgan oddiygina qiz..💔

Hafta sokinlikda oʻtdi.. Neft shirkatidagi aksiyalarning Mirshoxidning nomiga oʻtishi uni maʼlum darajada band qilgan edi..📑 Mirshoxid ichidagi yonayotgan olovni koʻrsatmaydi.. gʻazabini ichiga yutib.. baʼzida chekka chekkadan unga tikilib qoladigan tanish nigoh egasini koʻrmagandek tutadi oʻzini..😑
Zahro qanchalik umidsizlikda qolganini u juda yaxshi biladi..😵‍💫
Mirfayz ancha oʻzgargan.. u endi xuddi koʻrinishidek sovuq energiya tarqatadi..😠
Mirshoxid baʼzi baʼzida Zahroning ahvoli haqida Davrondan soʻrab turadi..🙄
Soʻnngi haftada Zahroning injiqliklariyu.. janjallari ancha koʻpaydi.. toʻyga oz vaqt qoldi..🤦‍♂
Mirshoxid esa bu jinniliklarga ortiq bardosh berishni istamaydi.. Qandaydir bahona bilan bu yerdan uzoqroqqa ketishi.. Zahroni ham endigina nish ura boshlagan.. hali oʻzi ham nomini bilmaydigan sirli hislarini qalbiga koʻmishga majbur..🥀

***

Tongda Mirshoxid barcha hujjatlar va narsalarini yigʻdi.. Samalyot uchun chiptalar allaqachon band qilingan..✈️
U bugun akasiga barcha maʼlumotlarni topshirib ketishi haqida aytishi kerak..😐 ehtimol Mirfayz allaqachon bundan xabar topgan..
Mirshoxid eshikka yaqinlashishi bilan eshitilgan qattiq ovoz uni joyiga mixlab qoʻydi..🤔
Ichkaridan Mirfayzning baland kulgisi eshitiladi..

-Nima meni ahmoq deb oʻylayapsanmi..?
-Lekin Mirfayz Ziyoyev toʻsatdan toʻy haqida oʻzingiz xabar bergandingiz..🙄
-Seningcha hamma sevib turmush quradimi Zayn..? Bu nikoh men uchun hech nimani anglatmaydi..😏. Toʻgʻri avvaliga bu qizga qiziqib qoldim.. lekin meni bilasan.. men tez zerikaman..😑
-Unda bu toʻy nega kerak..😳
-Bular Mirshoxid uchun..
-Kichik xoʻjayin uchunmi..😟
-Men Mirshoxidni toʻgʻri yoʻlda boʻlishini xohlayman.. U birinchi koʻziga yaxshiroq koʻringan qiz uchun meni unutmasligi kerak..😒 Lekin meni bilasan Zayn.. Men mehribon akaman..😎 Bu toʻy Mirshoxidning koʻzlarini shunday ochadiki.. u ikkinchi marta menga qarshi chiqishdan oldin yaxshilab oʻylab koʻradi..😠

Mirfayzning Zayn bilan suhbati oʻchgan olovga sepilgan moydek edi..🔥 Mirshoxid tezda ortiga qaytdi..😡

***

Ertaga toʻy..😖. Zahro nonushta olib kirilganda yashirgan pichogʻini olib qoʻl terisi ustidan yengil oʻtkazadi..🔪 Mayda qon tomchilari tezda koʻzga tashlanadi..🩸
Mirshoxid ketdi.. endi Mirfayz unga parvo qilmaydi..😏. Bu shunchaki tomosha koʻrsatish ekanligini hatto xizmatkorlar ham anglagandi.. Zahro hayotidan maʼno koʻrmadi..😣
Oʻqishidan ajraldi.. Akasi chet elga yuborildi.. Mirshoxid uni tashlab ketdi..🥲 Xuddi unga laʼnat tekkandek.. uni sevgan har bir kishi uni tark etadi..🥺
Zahro pichoqni tomiriga qattiqroq botirishi bilan..😖 derazaga kichik tosh urildi..🙄
Zahro avvaliga parvo qilmadi.. ammo derazaga otilayotgan mayda tosh yomgʻiri tinmagach.. Zahro pichoqni chetga surib qoʻydi..🫠 Deraza ostida unga jilmayib qoʻl silkib turgan Davronni koʻrgach Zahroning haftalab yiqqan qatʼiyati nomaʼlum tomonga yoʻqoldi..🥹
Davron unga nimalarnidir otdi.. Bu chigal arqon..😟
Davron pastga tushishini ishora qilib pichirladi..🗣

-Pastga tush Zahro..! Boʻlaqol..

Zahro tezda pastga tushdi.. kichik umid hali ham bor.. Ehtimol Davron unga yordam bermoqchi..🫠
-Ketdik..!

Davron orqa tomondagi Zahro ilgari koʻrmagan yoʻl bilan uni koʻchaga olib chiqdi..
-Men soqchilarni chalgʻitaman Zahro.. Tashqarida oʻtirgan taksiga oʻtir.. Xudo yor boʻlsin..😉
-Rahmat Davron..!!!


@sevgi_hikoyalari_hayotiy

Sevgi hikoyalari ♥️

20 Nov, 15:15


Yozgan misralaringdan nechta odam o‘zini topsa, sen o‘sha odamlar uchun qadrlisan..))

        ❤️   


@sevgi_hikoyalari_hayotiy

Sevgi hikoyalari ♥️

20 Nov, 13:06


Аллоҳ кимни қайси конгилга жойлаб қойишни яхши билади

@sevgi_hikoyalari_hayotiy

Sevgi hikoyalari ♥️

20 Nov, 11:49


Balki gapimiz yo’qligi uchun emas, foydasi yo’qligi uchun jim turgandirmiz.🙂

#Gulbadanbegim

@sevgi_hikoyalari_hayotiy

Sevgi hikoyalari ♥️

20 Nov, 09:06


Bir ajoyib jumla bor "Koʻzi qiymadi!" degan... Ammo bu dunyoda koʻproq koʻzimiz emas, koʻnglimiz qiymaydigan insonlar, tuygʻular bor...

       ❤️💫


@sevgi_hikoyalari_hayotiy

Sevgi hikoyalari ♥️

20 Nov, 08:14


***
Koʻzlari qizargan ikki qoʻriqchi tomonidan qoʻllaridan ushlangan Zahroning olib kirilishi Mirshoxid va Mirfayzni birvarakayiga hayratda qoldirdi..👀
-U qoshishga urinayotganida qoʻlga olindi..😑
Mirfayz gʻazabdan tishlarini gʻijirlatgancha Zahrodan koʻz uzmaydi..😠.
Kelinning toʻydan oldin qochib ketishga urinishi hammasini oshkor qildi..☹️

-Yaxshi Zahro seni tushundim.. hammasi sen xohalaganingdek boʻladi.. Unashtiruvimizni ertagayoq oʻtkazamiz..😏
Zahro bu safar koʻz yoshlarini yashirishga urinmadi..

***

Havodagi yengil atir hidi ichkariga kim qadam bosganini bir zumda maʼlum qildi..🍃
-Mirshoxid..🥹
Zahro otilib Mirshoxidning boʻyniga osildi..🫂
-Mir.. Mirshoxid yolvoraman meni qutqaring..🥲 Mirfayz ruhiy kasal..!! Men toʻyga rozi boʻlmadim.. chin soʻzim..😢 U siz bilan tahdid qildi Mirshoxid..😭
Zahro tinmay hiqqillab yolvoradi.. Mirshoxid uni biroz tinchlantiradi.. mahkam bagʻriga bosib tinchlanguncha qoʻyib yubormaydi..❤️‍🩹
Zahro biroz oʻziga kelgach.. ikkalasi ham divanga joylashadi..
-Zahro bilaman hammasi bunchalar tez boʻlishini tushunolmayapsan.. lekin Mirfayz yomon odam emas.. Menga ishon..🫠
-Mirshoxid..!!
-U seni telbalarcha sevgani uchun shunday qilyapti..! Hali koʻrasan hammasi yaxshi boʻladi..😐
-Shu gaplarni siz aytyapsizmi..
Zahro asta sekin Mirshoxiddan uzoqlashadi..🥲
-Zahro..☹️
-Meni sevmaganmisiz..? Bir zumga boʻlsa ham sevmaganmisiz.. Javob bering Mirshoxid..!!!

#Сабоша❤️‍🩹

@sevgi_hikoyalari_hayotiy

Sevgi hikoyalari ♥️

20 Nov, 08:13


❤️‍🩹..NAFRAT OGʻUSHIDAGI MUHABBAT..❤️‍🩹

8-qism.

Mirshoxid keng majlislar zalida tilini yutib yuborgandek jim turadi..🤐 Mirfayz barchaga uylanayotganini.. shuningdek nomidagi barcha aksiyalarning teng yarmini Mirshoxidga topshirayotganini eʼlon qildi..🗣 Lekin hech qanday aksiyalar Mirshoxidga zarracha qiziq emas..😑 Mirshoxidning fikrlari butun majlis davomida koʻzlarini yerdan uzmagan Zahroda..😞
Zahro koʻzini pirpiratsa yigʻlab yuborishi aniq.. Shuning uchun butun yigʻilish davomida u hatto jilmayib ham qoʻymadi..😔
Mirfayzdan boshqa hech kim toʻy kayfiyatida emas.. Aʼzolar kutilmagan toʻy xabaridan hayratda boʻlsa.. Mirshoxid gʻazabda.. Zahro boʻlsa yoʻq boʻlib qolish uchun chin dildan niyat qiladi..😣. Uning yagona umidi Mirshoxiddan..🥲

***

-Aka..😐
-Mirshoxid charchadim.. nima masala boʻlsa ham keyinroq..
-Aka toʻy haqida balki biroz oʻylab olishimiz kerak edimi..🙄
-Men oʻylash uchun sabab koʻrmayapman.. biz bir-birimizni yaxshi koʻramiz.. Sen toʻyga qarshimisan..🤨
Mirfayz hatto oʻyinni boshqalarning qoidalari bilan oʻynasa ham doim yutishga odatlangan..😠. Mirfayz oʻzini xuddi hech nimani bilmagandek tutib, vaziyatdan foydalanadi..☹️
Mirshoxid akasining bu odatini yaxshi biladi.. u hech qachon oʻziga yoqqan narsani birovga berib qoʻymagan..😑

Mirshoxid oʻz uyida begona boʻlib qoldi.. Endi Mirfayz ham shu uyda yashaydi, akasi oʻzini hech nimani boʻlmagandek tutsada koʻp narsa oʻzgargan..😬
Zahro yigʻilishdan beri hech qachon xonadan chiqarilmadi.. eshik oldidagi soqchilarga qaraganda Mirshoxid ichkariga kiritilishi dargumon..😑

***

Zahro hech nimaga tushunmaydi..🥲. Mirfayz uni asossiz jazolaydi.. Uy qamogʻiga olinganining ikkinchi haftasi oʻtdi hamki u eshik oldidagi soqchilardan boshqa hech kimni koʻrmadi..😖. Mirfayz uni xuddi bir buyumdek oʻziniki qilib olgani juda ogʻir.. Birinchi haftada koʻz yoshlari tinimsiz oqqan Zahro endi bu koʻz yoshlarda maʼno koʻrmaydi..🥲

Eshikning qattiq ochilishi eshitilib Mirfayz tezda ichkariga kirdi.. Zahro hatto oʻrnidan ham qoʻzgʻalmadi..😑
Mirfayz nega Zahro undan bu qadar xafa ekanligini tushunmaydi.. u har doim Zahroga yaxshi muomalada boʻldi.. uni asrashga.. sevishini tushuntirishga harakat qildi..🥹
Lekin janr qonuniga koʻra, biz bizni sevgan.. avaylaganlarni hech qachon sevmaymiz..💔 har doim bizga ozor berganlarga talpinamiz..❤️‍🩹
Mirshoxid koʻrsatgan kichik eʼtibor va muhabbat oldida Mirfayzning butun mehri hech qanday qiymatga ega emasdi..🥲
Zahroga gʻazablangan.. oʻsha rashkchi.. ega Mirshoxid kerak.. uning dakkilarini eshitishi.. bolalarcha kechirim soʻrashlariga mahliyo boʻlishi zarur..🥹

-Zahro..
Mirfayzning sekin ayni damda qatʼiy ovozi Zahroni hayollarini bir zumda tarqatib yubordi..😔
-Zahro gaplashib olishimiz kerak..😑 Unashtiruvimizga ikki hafta qoldi..
-Nimani gaplashib olishimiz kerak..😣 barchasi meni roziligimsiz amalga oshirildi.. buyogʻiga ham mensiz davom etavering..😖
Mirfayz jahl bilan Zahroni qoʻlidan siltab tortib oʻziga qaratdi..
-Nega oʼzingni bunday tutyapsan..🤨 Zahro seni koʻnglingga qarashga harakat qildim.. ozod qildim.. lekin birinchi imkoniyatdayoq Mirshoxidni oldida qolding..😬. Nega menga bunday qilding..? Gapir..😠

Zahro koʻzlarini yerdan uzmadi..😔 uni beradigan javobi yoʻq..😣

***

Tun qorongʻulashib.. yulduzlar siyraklashgan payt..🌑 Zahro soqchilar almashinishini kutib derazadan koʻz uzmadi..👀
Mirfayz unga hech kimni yaqinlashtirmaydi.. yagona imkon esa qochish.. Zahroning xonasi ikkinchi qavatda boʻlgani yaxshi..
Soqchilar birin ketin uzoqlashishi bilan Zahro avvaliga oʻzi tayyorlab qoʻygan bir uchi eshikka bogʻlangan bogʻichlar toʻplamini otib yubordi..😶 keyin oʻzi ham asta sekin pastga tusha boshladi..😥
Oyoqlari yerga tegishi bilan Zahro yengil nafas oldi..🫠
Zahro tez yuguradi..🏃‍♀ orqadan hech kim koʻrinmaydi.. Darvoza oldida toʻplanib turgan soqchilarni koʻrishi bilan Zahro nimadir xato ketganini tushundi..🤦🏼‍♀


@sevgi_hikoyalari_hayotiy

Sevgi hikoyalari ♥️

20 Nov, 08:13


****
Mirshoxid aeroportdan chiqishi bilan zudlik bilan akasining uyi tomon yoʻl oldi.. Mirshoxid hammasini tushuntirishi akasini biroz boʻlsada eritishi kerak..🫠
Eshik oldidagi mashinalar toʻdasi shubhali tuyuladi..🤔
Mirshoxid hech kimga eʼtibor bermasdan ichkariga yoʻnaldi..😶 Eshik oldidagi qoʻriqchini qarshiliklariga hech qanday munosabat bildirmasdan ichkariga yoʻnalgan Mirshoxid bir zum joyida muzladi..🥶
Kengash chaqirilgan.. va birinchi bor Mirshoxidsiz..!
Mirfayz jilmayib Mirshoxid tomon yurdi..
-Oʻz vaqtida kelding..🙂
-Aka nimalar boʻlyapti..🧐
-Avval sen menga aytchi raqobatchi shirkatni egallaganingni qachon menga aytmoqchi eding..🤨
-Aka bu haqida deyarli hamma bilardi.. sizga syurpriz qilmoqchi edik xolos..🙄
-Zahro haqidachi..😕
-Aka hammasini aytib bermoqchi edim.. faqat mavridimi kutayotgandim..😟
-Oʻsha mavridi hozir keldi.. lekin endi men senga u haqida aytib beraman..😉
Zahro bilan turmush quryapmiz..! U yaqinda rasman seni kelinoying boʻldi..😊

Mirshoxid soʻz topolmay akasidan koʻz uzmaydi..🤯. Ichidagi shayton yuragida alanga yoqsa.. eshikdan ichkariga kirgan.. Mirfayz qoʻllaridan ushlab turgan.. garimdori tishlab olgandek koʻzlarida ulkan dard bilan turgan Zahro alangaga moy sepgandek boʻldi..🔥

#Сабоша❤️‍🩹

@sevgi_hikoyalari_hayotiy

Sevgi hikoyalari ♥️

20 Nov, 08:13


❤️‍🩹.. NAFRAT OGʻUSHIDAGI MUHABBAT..❤️‍🩹

7-qism.

-Qara koʻkarib ketganini..🤨
-Nima endi men aybdormanmi..😳
-Albattada..! Meni koʻrishing bilan yonimga kelishing kerak..😶
-Nimaga ekan..🙄
-Nima butun kafedrani kasalxonaga joʻnatishimni xohlayapsanmi..🫠
-Ey Xudoyim menga oʻzing sabr ber..🤦🏼‍♀
-Biroz aql ham qoʻshib ber Xudoyim..🤲

Soʻnggi duosi uchun Mirshoxid yelkasidan yaxshigina zarba oldi..👋 Zahro Mirshoxidning jiddiylashgan nigohiga qarab biroz orqaga tortiladi..🙄 Har holda uni qachon jahli chiqishini hech qachon oldindan aytib boʻlmaydi..🫣
-Menga moʻltirab qarama Zahro seni yeb qoʻymayman..😑

Tanish jumla Zahroni bir zum toʻxtashga majbur qildi..😐 "Mirfayz" Uni boshqa hech qachon koʻrmadi.. balki u Zahroni eslamas ham.. Mirshoxiddan Mirfayz haqida soʻrash yaxshi fikr boʻlib koʻrinmadi.. shuning uchunmi Zahro indamay turishda davom etdi..
Mirshoxid bogʻichlarni tugatgach... Zahroning ancha toʻlishib rang kirgan yonoqlarini tortib qoʻydi..😊
-Men kelgunimcha yaxshi qiz boʻl kelishdikmi..😉
-Mirshoxid men yigirma ikkidaman uch yoshar boladek gapirmang..😑
-Umuman olganda seni uch yashar boladan farqing yoʻq..🤔😄

***
Mirshoxid ketishi bilan Zahro yolgʻizlanib qoldi..😶. Albatta biroz norozi boʻlmasin Davron Zahro bilan qoldirilgan.. lekin u xuddi oʻrgatilgan robotdek gap..🤦🏼‍♀. U har doim hatto eng arzimagan faktlar haqida ham jim turgan..🤐
Mirshoxid esa Zahroning tugamaydigan savollariga javob berishi.. hech qachon tan olmasada Zahroning maslahatlariga ham quloq tutishi mumkin..😌

Tushdan keyin bir qancha mashinalarning uy oldida toʻxtashidan Zahro biroz hayratlandi..😟. Axir mashina tanish..!! U Mirfayzniki..!!!
Davron shoshilib Mirfayzni kutib olish uchun chiqdi..😶. Mirfayz jiddiy sabablarsiz hech qachon kelmagan boʻlardi..😐
-Mirshoxid ketdimi..
-Ha bir soatcha oldin..🙄
-Qoʻriqchilar shu yerdami..😐
-Ha..😟
-Zahro ham uydami..🤨
-Ha....🤦
Davron yolgʻon gapirishga oʻrganmagan.. Mirfayz buni juda yaxshi biladi.. Davron hayolan oʻziga oʻzi tarsaki tushirdi..🤦 Mirfayz hech qachon qoʻriqchilar bilan qiziqmagan.. bu chalgʻituvchi savol edi.. Davron esa osongina chuv tushdi..☹️
-Qayerda u..🤨
-Yuqorida..
Endi aldashdan hech qanday natija yoʻqligini tushungan Davron osongina javob berdi..

Mirfayz uni anchagina qidirdi..🧐 Zahro hech qachon tushlikda koʻrinmadi.. hatto tanaffuslarda ham uni koʻrish imkonsiz boʻlib qoldi..
Faqatgina Zahroni shoshilgancha mashinaga oʻtiryotganda koʻrib qoldi..👀. Mashina raqamlari juda tanish..🤨
Maʼlum boʻlishicha shuncha vaqtdan beri u tinimsiz qidirayotgan qiz shundoqqina "burni ostida" edi..😑

***
-Seni yaxshi qiz deb oʻylab adashdimmi..😒
Mirfayz Zahroga jirkanch nigoh bilan qaraydi.. ehtimol allaqachon yomon hayollarga borgan..
-Bu bilan nima demoqchisiz..?
-Bu yerda nima qilyapsan..🤨
-Bu savolni Mirshoxidga berganingiz maʼqul..😐
-Lekin men sendan soʻrayapman Zahro..😠. Bu yerda Mirshoxid yoʻq ekan oʻzing javob berishingga toʻgʻri keladi..
Shivirlagan ammo nafrat va gʻazabga limmo lim soʻzlar suyak suyaginggacha botib ketadi..😓

***
Mirshoxid halovatini yoʻqotgan.. Allaqachon atrofni tun pardasi egallagan.. Dubay tungi shahar.. chiroqlar yogʻdusi.. atrofda boʻridek oʻlja izlaydigan arab sheyxlari.. koʻzni qamashtirgan arabchi "bel raqsi" ohanglari mehmonxonaga qadar eshitiladi.. Agar bir oy oldin boʻlganida Mirshoxid lahzani qoʻldan bermasligi ehtimoldan holi emasdi.. Lekin hozir emas..😕
Mirshoxid Zahro bilan bogʻlanolmadi.. Davronni aytishicha Mirfayz kelgan.. va u ketganidan beri Zahro xonasida koʻz yoshlari bilan qulflangan..
Buni eshitgan Mirshoxid joyida tek tura olmaydi..😠. Akasi bilan hozir gaplashish ahmoqlik.. gʻazabga toʻlgan Mirshoxiddan ahmoqroq odam yoʻq dunyoda..
Va nihoyat bir necha soat va u ortga qaytadi..🙁
Ehtimol barchasini tuzatish uchun hali kech emas..


@sevgi_hikoyalari_hayotiy

Sevgi hikoyalari ♥️

20 Nov, 08:13


-Ketdik..🙂
Mirfayz oʻrnidan qoʻzgʻalishi bilan ikkita kattagina hujjatlar jildini koʻtargan Mirshoxid ichkariga kirdi..😕
-Aka bu oxirgi bir yillik hisobotlari.. koʻrib chiqishiz kerak..
-Ketishim kerak Mirshoxid, shoshilyapman..
-Aka bu chindan ham muhim..🙄. Ertagacha hammasini koʻzdan kechirishiz zarur..😶
Mirfayz uf tortgancha joyiga qaytdi..
Mirshoxid eshikdan tashqariga chiqib jilmayib, pichirlab qoʻydi..
"Kechirasiz aka.. hozircha u haqida bilmaganingiz maʼqul..😶"

***
Mirshoxid oʻzi uchun ancha tanish boʻlib qolgan eshikni taqillatib kiradi..🫠
Qoʻlidagi bogʻich.. malham va bintlar stol ustida oʻz oʻrnini topdi..
Zahro teskari oʻgirilib olgan.. baʼzan Mirshoxidning asossiz rashklari gʻazabga olib keladi.. Zahro bu gʻazabni jilovlay olmagani uchun jazosini olib oʻtiribdi..😟
Oʻng qoʻl koʻkarish darajasida siqilgan boʻlib bunda Mirshoxidning oʻrni beqiyos albatta..🤦‍♀
Hammasiga kusrdosh yigit Zahroga gap otgani sabab boʻldi.. Kursdohiku yaxshigina jarohat olgan.. Zahro oddiygina koʻkarish bilan qutulib qoldi..
Endi esa hovuridan tushgan.. nima qilganini anglagan.. ertaga boshqa davlatga uchib ketishini eslagan Mirshoxid dori quti bilan ostonada paydo boʻlishi ajablanarli emas..

-Siz boshqa xafa qilmayman degandiz..😒
-Sen esa yaxshi qiz boʻlishga vaʼda berganing..🤨

-Ertaga ketyapman..🙂
-Nimaga😟 qayerga..
-Ikkita loyiha bor.. unda investorlarni ishtiroki muhim..😐. Tezda qaytaman.. Meni sogʻinasanmi..😉
-Qaytganizda aytaman..🙃
-Unda juda tez qaytishim kerak boʻladi..😊

#Сабоша❤️‍🩹

@sevgi_hikoyalari_hayotiy

Sevgi hikoyalari ♥️

20 Nov, 08:12


❤️‍🩹.. NAFRAT OGʻUSHIDAGI MUHABBAT..❤️‍🩹

6-qism.

Eshikning taqqillash ovozidan Zahro choʻchib tushdi..😥
Eshikdan biroz jilmaygan Davronning kirishi.. havotirni biroz tarqatgandek boʻldi..😟. Har holda Davron hech qachon unga yomonlik qilmagan..😑
-Salom..🙂 bu yana men..😄
-Sizga ham salom Davron..🙄
-Senga tushlik keldi qizaloq.. ovqatlan..😋
-Davron aytdimku hech narsa yegim yoʻq..😞
Davron tushlik solingan patnisni stol ustiga qoʻyib Zahroni qoʻrqitmaslik uchun asta sekin divanga yaqinlashdi..😐
-Zahro hammasi sen oʻylaganchalik yomon emas.. Shunchaki Mirshoxid jahli chiqqanda oʻzi boʻlmay qoladi.. Sen esa "baxting kulib" faqat uni gʻazabiga duch kelyapsan..🫠. Unga biroz hurmat bilan muomala qil.. Koʻrasan u senga yomonlik qilishni istamaydi..
-Hurmat bilan..?! Hazillashyapsizmi..😑. U bilan hatto gaplashishni ham imkoni yoʻq..😓
-Oʻxshatmasdan uchratmas..💁
-Nima..🙎🏼‍♀
-Ol Zahro ovqatingni ye.. patnisni yana toʻliq olib chiqsam.. Mirshoxid oʻzi yedirib qoʻyish uchun keladi..😕

Yoki soʻnggi tahdid ish berdi.. yoki ikki kunlik ochlik.. Zahro indamay ovqatlana boshladi..😋. Ajoyib pishirilgan tovuq.. shirin sous bilan..🍗🫕
Zahro yonoqlarini toʻldirib ovqatlanarkan eshik ochildi.. bu safar taqqillamasdan..🫢
Zahro kim kelganini juda toʻgʻri tahmin qildi..🤦🏼‍♀
Mirshoxid ichkariga qadam bosib bir zum toʻla yonoq bilan ovqatlanayotgan Zahroga qarab qoʻydi..👀 keyin esa indamay chiqib ketdi..🤷🏼‍♀
Agar Mirshoxid qoʻlida malham bilan qaytib kelmaganida Zahro uni aniq jinni deb oʻylagan boʻlardi..😵‍💫. Lekin baxtga qarshi Mirshoxid tez qaytdi..
Bu vaqtda Zahro allaqachon ovqatlanishni toʻxtatgandi.. Mirshoxid indamay unga malhamni uzatdi..🧪
-Bu lab yorilishi uchun.. tezroq tuzaladi..😑
Zahro endigina Mirshoxidning oʻzi qoldirgan nishon(jarohat)ga tikilib qolganini.. malham olish uchun tezda ortiga qaytganini tushundi..😶
Zahro malhamni olsada indamadi..🤫 shunchaki koʻchani oyna orqali kuzatar ekan kimningdir qoʻlining eng kichik barmogʻi u tomonga uzatilganini tushundi..🙄
Mirshoxid xuddi boqcha bolalari ishorasida Zahrodan kechirim soʻradi..🫠
Zahro indamay barmoqlarini bogʻlab.. kechirildi ishorasini qilar ekan Mirshoxid ilk bor bu imo ishoraga chin dildan kulib qoʻydi..😶
-Meni jahlimni chiqarmaslikka vaʼda ber..😐
-Nima buni ataylab qilyapti deb oʻylaysizmi..😬
-Bas..😑
Mirshoxid Zahroni ikki yelkasidan ushlab oʻziga yaqinlashtiran ekan jimgina shivirlaydi..
-Kel bu haqida gaplashmaylik.. yana janjallashib qolishimizni xohlamayman..😶
Deraza ostidagi shivirlagan yomgʻirni tinglagan qisqa qisqa suhbatlar asta sekin uzaya boshlaydi..

***

-Tushlikka chiqishini bilan menga qoʻngʻiroq qil.. seni olib ketaman..
-Tushlikni odatda shu yerda qilaman.. meni olib ketishiz shart emas..🙄
-Ha bilaman.. sen hammani oʻzingga jalb qilib xiyobonda ovqatlanasan.. Lekin endi bunday boʻlmaydi..😑
-Men hech kimni oʻzimga jalb qilmadim..😠
-Unda men koʻr ekanmanda..🤨

Davron bu suhbatdan zerikib yoʻlovchi va shafyor oʻrindiqlari orasidagi oynani koʻtarib qoʻydi..😕. Hozirgina kech qolganini aytib tezlashishni soʻrayotgan Mirshoxid har qanday kechikishni unutib Zahro bilan erinmay tortishadi..😑
Zahro bir hafta davomida darsga bormadi.. lekin Mirshoxid har doim ishda edi.. birga oʻtkazgan bir necha soatlarida ular hech qachon janjallashishmagandi..🫠 va oʻqish mavzusi ochilishi bilan yana hammasi qaytadan boshlandi..🤦
Ular xuddi mini magnitlardek.. birga boʻlishmasa hech qanday uchqun taralmaydi..💣 lekin bir oz koʻproq qolishlari bilan hamma narsa portlab vayronaga aylanadi..💥

Nihoyat Zahro mashinadan tushdi.. Qoʻl silkib qoʻyishiga qaraganda..👋. Sulh tuzilgan..!!

***

-Mirfayz Ziyoyev..😟
-Nima boʻldi..😒
-Zahro bugundan darsga qatnasha boshlabdi..😐
-Adashmasanmi..😳
-Yoʻq Mirfayz Ziyoyev uni bir koʻrishda tanidim.. u oʻsha qiz edi..😶


@sevgi_hikoyalari_hayotiy

Sevgi hikoyalari ♥️

20 Nov, 08:12


Davron qaytib tushganida Mirshoxid hali ham pastda edi.. Koʻchada chelaklab yomgʻir yogʻadi..
-Davron uni bu yerdaligi haqida hech kim bilmasin..😑
-Tushundim Mirshoxid..!
-Hatto akam ham..😶
Davron endi hammasi qanchalar jiddiyligini tushungandek edi..🫣 Mirshoxid shu kungacha faqat chekishini akasidan yashirgan (unda ham 15 yoshigacha)
-Hammasini tushundim..😐

***
-U bugun darsga kelmadi..🙄
Mirfayz Zahroni ancha kutdi.. lekin har doim bir vaqtda darsga keladigan tartibli qiz koʻrinmagach.. noiloj dekanatga yoʻnaldi..😶
Talaba qizlardan surishtirish hech qanday foyda bermadi.. Xumoyun yana bir gʻalati yigitga qarab unga aytish vaziyatni yanada yomonlashtirishini oʻylab indamadi..🤐
Dekanatdan olingan manzilda ham hech kim topilmadi.. qoʻshnilar uni koʻchib ketganini aytishdi..🤦🏻
Mirfayz jahl bilan maʼlumotlar bazasidan soʻrov oldi.. yangi manzilda ham Zahro topilmadi.. uni hech kim koʻrmagan..😑 goʻyo bugʻlanib ketgandek..😶🌫
Zahro undan yashirinayotgan boʻlsa-chi degan shubha yurakni tirnaydi..💔
-Zayn.. top uni.. qayerda boʻlmasin top..!! Olib kel uni..😠
-Tushundim..

#Сабоша❤️‍🩹

@sevgi_hikoyalari_hayotiy

Sevgi hikoyalari ♥️

20 Nov, 08:12


Mirshoxid chuqur nafas oladi.. oʻziga kelishga urinib, Davronga ishora qiladi..
-Uni tepadagi xonalardan biriga olib bor.. U meni ruxsatimsiz ostona hatlab koʻchaga chiqmaydi..😡. Meni tushundingmi..
-Ha Mirshoxid siz aytgandek boʻladi..


@sevgi_hikoyalari_hayotiy

Sevgi hikoyalari ♥️

20 Nov, 08:12


❤️‍🩹..NAFRAT OGʻUSHIDAGI MUHABBAT..❤️‍🩹

5-qism

Zahro podyezd oldida allaqanday yigit bilan suhbatlashib turadi..🙂
Yigit unga nimalarnidir uqtiradi.. Zahroning yuziga har ikki daqiqada yuguradigan tabassumga qaraganda.. u ham xursand koʻrinadi..😅
Tabassum unga yarashadi..😌
Lekin Mirshoxid hozir bu haqida oʻylaydigan ahvolda emas..😠
Mirshoxid eshikni qarsillatib yopgancha oʻsha tomonga oshiqdi..😬
Mirshoxid yaqinlashayotganini payqagan Zahro qoʻrquv bilan qotib qolgan boʻlsa.. kursdoshi Xumoyun Zahroni tezda oʻzining orqasiga tortib uni "himoya" qildi..🤨
Mirshoxid oʻzini bosishga harakat qiladi..😤 katta koʻchada odam oʻldirish yaxshi fikr emasligini juda yaxshi tushunadi..😠
-Zahro bu yerga kel..😡
-Tinchlan doʻstim.. kimsan oʻzi..?
-Seni doʻsting emasligim aniq..😏. Zahro meni takrorlashga majbur qilma..😠

Zahro ichida Mirshoxidni laʼnatlab tursa-da.. bor yoʻgʻi bayram uchun qanday sovgʻa olishni muhokama qilish uchun kelgan kursdoshini xavf ostida qoldirishni istamaydi..☹️
Xumoyun esa boshini eggancha Mirshoxid tomon yurgan Zahroni tezda toʻxtatadi..😐
-U senga tahdid qilyaptimi..🤨. Seni majbur qilmoqchimi..
-Yoʻq Xumoyun unaqa emas..😕
-Ishon uni bir yoqlik qilishga kuchim yetadi..😎

"Koshki edi shunday boʻlganida.."
Zahro ichidagilarini sirtiga chiqarmaydi..😔

-Yoʻq Xumoyun havotir olmang.. borishim kerak..😐
Zahro hayrat bilan qotib qolgan Xumoyunni qoldirib Mirshoxidning mashinasi tomonga yuradi.. lekin Mirshoxid qoldirgan old eshikni qoldirib orqa tomonga oʻtiradi..😒
Mirshoxid indamay yoʻlga chiqadi..😶, toki aeroportga yetib kelishganini sezmagunicha Zahro yoʻlga eʼtibor bermadi..😑. Faqatgina yetib kelishganida Zahro Mirshoxidni savollarga koʻma boshladi..🙄
-Nega bu yermadiz..? Yana nimalarni oʻylayapsan oʻzi..🤨.
-Biroz jim tura olasanmi..😑

Besh daqiqalar oʻtmasidanoq mashina oynasi taqqiladi..🚙. Mirshoxid tezda pastga tushib, orqa tomonga oʻtirdi.. uning ortidan esa mashinaga qoshlari yorilgan..🤕 qoʻllari singan.. ehtimol kiyimi yashirib turgan joylarida yana bir qancha jarohatlar bilan toʻlib toshgan Farrux oʻtirdi..😓 Zahro hali ham nima boʻlayotganini anglamaydi..🥲
Akasi tirik..!!!
Farrux boshini egib turadi..😞 endi singlisi ham xavf ostida.. hammasi uning aybi.. Zahro akasining boʻyniga osilib yigʻlaydi..😭
Qancha muammolar keltirmasin.. qanchalar yomon boʻlmasin... siz yomon koʻra olmaydigan insonlar bor..🥲
Farruh singlisini oʻzidan uzoqlashtirib koʻz yoshlarini artadi..
-Zahro.. bilaman men yaxshi aka boʻla olmadim..😣. Hamma narsaga oʻzing erishding.. sen bilan har doim faxrlanganman.. Oʻqishingni davom ettir..
-Aka..🥲
-Qoʻrqma.. meni shunchaki chet elga joʻnatishyapti xolos..🙂
Farruh Mirshoxidga koʻz tashlab qoʻyib.. gapida davom etadi..👀
-Hammasi yaxshi boʻladi.. ishonaver..

Farruh mashinadan tushishi bilan ikki yigit hamrohligida aeroport tomon yurar ekan orqasiga oʻgirilib jilmayib qoʻyishni unutmaydi..🙂 qoraytirilgan oynalar ortida bir goʻzal uni koʻz yoshlari bilan kuzatib turganini yaxshi biladi..🥲
Mirshoxid Zahroni yelkasidan ushlab oʻziga tortadi.. yigʻlashiga imkon berib jimgina turadi.. koʻz yoshlar taʼsirida yelkalar tinmay titrasada.. Zahro Mirshoxidning pidjagini mahkam ushlab gʻijimlaydi..😣

***

-Endi shu yerda yashaysan..😐
Uch qavatli tashqaridan qaraganda zamonaviy villani eslatadigan uyga kirishlari bilan Mirshoxidning aytgan ilk gapi shu boʻldi..😶

-Qachongacha..😑
-Bu nima deganing..🤨
-Meni yana bitta odamingiz olib ketishga urinmagunchami..😒
-Ataylab jahlimni chiqarishga urinma Zahro..😠. Buning oqibatlari yaxshi boʻlmaydi..
-Seni yomon koʻraman..😡. Meni eshityapsanmi oʻzi..!! Yonimda boʻlsang oʻzimni yomon his qilaman..
-Mashinada oʻzingni yomon his qilganingni sezmadim..🤨
-Chunki koʻzlaring koʻr.! Xudbinsan.. Oʻzingdan boshqa hech kimni tuygʻulari haqida oʻylamaydigan xudbin..🥲
Qattiq tarsaki taʼsirida Zahro muvozanatini yoʻqotdi.. lekin yiqilmadi..😖


@sevgi_hikoyalari_hayotiy

Sevgi hikoyalari ♥️

19 Nov, 19:59


сиз хам кимнингдир орзусидаги инсонсиз

@sevgi_hikoyalari_hayotiy

4,503

subscribers

3,285

photos

2,110

videos