2-mutaxassislik | Ikkinchi mutahassislik @ikkinchimutaxassislik2024 Channel on Telegram

2-mutaxassislik | Ikkinchi mutahassislik

@ikkinchimutaxassislik2024


Ikkinchi ta'lim va boshqa online platformalarga online ariza to'ldirib berish xizmati mavjud.
Xizmat haqqi: kelishiladi
Tel +998932836566
Telegram @mrjoshqinbek

Kanalga ulanish: https://t.me/joinchat/AAAAAFL7Upj0Kcm7IVWadg

Ikkinchi Mutaxassislik Channel Promotion (Uzbek)

Ikkinchi Mutaxassislik Telegram channel is a platform dedicated to providing valuable information and resources for those pursuing a career in a specialized field. With the title '2-mutaxassislik | Ikkinchi mutahassislik,' the channel aims to cater to the needs of individuals looking to further their expertise in a specific area of study or profession. Whether you are a student, a professional, or someone interested in expanding their knowledge, this channel offers a wealth of content to help you succeed. From tips and tricks to industry insights and career guidance, Ikkinchi Mutaxassislik is your go-to source for all things related to specialization. Join the channel, @ikkinchimutaxassislik2024, today and take your expertise to the next level!

2-mutaxassislik | Ikkinchi mutahassislik

12 Nov, 13:52


Сиз катта бўлганингизда, дунёда бир шарт билангина қандайдир яшаш мумкинлигини тушунасиз: инсоннинг эгоизми — унинг табиий хислати эканлигини англаш зарур. Сиз бошқалардан фидойилик талаб қиласиз, аммо бу жуда адолатсиз талаб эмасми? Сиз улар ўз хоҳишларидан воз кечиб, сизнинг хоҳишларингизни қондиришини истаяпсиз. Нима учун улар бунга мажбур? Ҳар бир инсон фақат ўзи учун яшашини англаганингизда, яқинларингизга нисбатан кўпроқ мулойим бўласиз. Улар умидларингизни оқламайди ва сиз уларга нисбатан янада меҳрибонроқ муносабатда бўласиз. Инсонлар ҳаётда фақат бир нарсага интилишади — лаззатланишга.

Сомерсет Моэм
“Инсон эҳтирослари бадали”

Kanalga ulanish👇🏼
👉https://t.me/joinchat/AAAAAFL7Upj0Kcm7IVWadg

2-mutaxassislik | Ikkinchi mutahassislik

10 Nov, 07:59


❗️Ёлғонга тўла ҳаёт

Азизлар, ижтимоий тармоқларда кўраётган ҳамма нарсангизга ишонаверманг. Ҳаммага ҳам ҳавас қилманг, ўз оилангизни ва ўзингизни борингизча қабул қилинг!

Kanalga ulanish👇🏼
👉https://t.me/joinchat/AAAAAFL7Upj0Kcm7IVWadg

2-mutaxassislik | Ikkinchi mutahassislik

05 Nov, 18:26


Ўз ҳикоянгизнинг ёзувчиси бўлинг.

Ҳар тонг Саваннада бир арслон уйғонади, у жуда тез югуриши керак, акс ҳолда оч қолади ва ўлади. Ҳар тонг Саваннада бир жайрон уйғонади, у ҳам жуда тез ҳаракат қилиши керак, акс ҳолда арслонга ем бўлади.

Айтмоқчи бўлганим, арслон ёки жайронга айланиш эмас, доимий ҳаракат қилиш керак, ўхшайди, ўхшамайди бу иккинчи масала. Доимо ўз ҳаёт ҳикоянгизни ёзиш ҳаракатида бўлинг, акс ҳолда ҳаракатда бўлганларнинг ҳикоясини эшитишга мажбур бўласиз.

@mrjoshqinbek

2-mutaxassislik | Ikkinchi mutahassislik

29 Oct, 15:45


Кутиш.

Ҳаёт доимо нимадир кутган ҳолда ўтади. Фильмлар, китоблар, сериаллар, воқеалар, одамлар, автобусларни кутамиз. Қишни, баҳорни, ёзни, кузни кутамиз. Қўнғироқлар, хабарлар, учрашувларни кутамиз. Маошни, илиқ об-ҳавони, дам олиш кунларини кутамиз. Ҳаммаси ўзгаришини кутамиз. Бир куни барчаси яхши бўлишига умид қиламиз. Доимий кутиш билан ҳаёт ўтиб кетганини ҳам билмай қоламиз. Яшашни бошлаш керак.

Элчин Сафарли
“Бахт рецептлари”

Kanalga ulanish👇🏼
👉https://t.me/joinchat/AAAAAFL7Upj0Kcm7IVWadg

2-mutaxassislik | Ikkinchi mutahassislik

28 Oct, 14:45


⚡️Magistraturaga qo‘shimcha qabul qilish uchun ruxsat berildi

Davlat qabul komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayonida talab darajasidagi xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lib, qabul kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etilmagan talabgorlarni oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi to‘lov-kontrakt asosida qabul qilishga ruxsat berildi.

❗️Qo‘shimcha qabul asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar bevosita oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga murojaat qilishlari so‘raladi.


Kanalga ulanish👇🏼
👉https://t.me/joinchat/AAAAAFL7Upj0Kcm7IVWadg

2-mutaxassislik | Ikkinchi mutahassislik

18 Oct, 04:09


⚡️ Keyingi yildan chet tili 1-blok bo'lgan abituriyentlar uchun sertifikat majburiy bo'ladi

🏛 Bu haqda Bilimlarni baholash agentligi eslatdi.

2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

❗️Bunda fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlardan belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etish talab etiladi.

✉️ Abituriyentlarga tarqating.

Kanalga ulanish👇🏼
👉https://t.me/joinchat/AAAAAFL7Upj0Kcm7IVWadg

2-mutaxassislik | Ikkinchi mutahassislik

14 Oct, 17:46


Шунчаки эслолмайсиз…

Талабалик давримда бир асар ўқиган эдим, тўғриси, ҳозир номини унча эслолмайман, лекин асар сюжети шундай: қиз ва йигит севишади, аммо қиз йигитга рад жавобини беради, йигит бошқа шаҳарга кетади, орадан бироз вақт ўтиб қиз йигитга мактуб ёзади ва унга розилигини билдиради.

Йигит ҳам дарҳол мактубга жавоб ёзишга ўтиради, лекин қизнинг исмини эслолмайди, бир пайтлар унинг ҳаётида муҳим рол ўйнаган, усиз ҳаётини тасаввур ҳам қилолмайдиган инсоннинг исмини ҳам эслолмайди. Шундан сўнг йигит қизга умуман ҳеч нарса ёзмайди.

Аммо ижодкор бу билан инсон ҳаётининг бошқа томонига урғу қаратган, баъзан биз баъзи бир ҳаётимиздаги муаммоларга шунчалик жиддий тус бериб юборамизки, унга бор вужудимиз билан ёпишиб оламиз, эрта-ю кеч шу ҳақида ўйлаймиз.

Лекин бир муддатдан кейин эса ўша муаммони муаммо қилиб кўтариб юрганимиздан ўзимиз уялиб ҳам қоламиз, ҳатто ўша муаммонинг моҳиятини ҳам эслолмай қоламиз. Бўш қўйинг, ҳаммаси сиз истагандек бўлади. Вақт ўтиб ҳозирги муаммони шунчаки эслолмайсиз.


Kanalga ulanish👇🏼
👉https://t.me/joinchat/AAAAAFL7Upj0Kcm7IVWadg

2-mutaxassislik | Ikkinchi mutahassislik

07 Oct, 04:55


#Иқтибос

Сиз дунёга яланғоч келдингиз, худди шундай кетасиз. Сиз кучсиз туғилгансиз, ўзингиз каби заиф ўласиз. Пулсиз ва моддий нарсаларсиз келдингиз, пулсиз ва моддий нарсаларсиз кетасиз.

Сизнинг биринчи ғуслингиз ювиниш ва кийинишдир. Сизнинг охирги ғуслингиз ҳам худди шундай бўлади. Шунақа бўлади одам дегани!

Хўш, нега бунчалик очкўзлик, ғурур, ёвузлик, ҳасад, нафрат, худбинлик бор?

Умар Хайём.

Kanalga ulanish👇🏼
👉https://t.me/joinchat/AAAAAFL7Upj0Kcm7IVWadg

2-mutaxassislik | Ikkinchi mutahassislik

19 Sep, 09:00


⚡️Ta'lim krediti berish tartibiga o'zgartirish kiritildi

Vazirlar Mahkamasining (19.09.2024) №-579-sonli qaroriga ko'ra,

2024/2025 o‘quv yilidan boshlab ta’lim krediti ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi "3" dan past bo‘lgan taqdirda, to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi, bunda kredit to‘lov-kontrakt summasining dastlabki 20 foizi talaba tomonidan to‘langandan keyin ajratiladi;

"3" va undan yuqori bo‘lgan taqdirda va (yoki) "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan oilalarning ta’lim olayotgan a’zolari uchun ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasi miqdorida ajratiladi.

Joriy o‘quv yili uchun ta’lim kreditini olmoqchi bo‘lgan talabaning fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi avvalgi o‘quv yili yakuni bo‘yicha "Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimidan olinadi.

Talabaning fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi ko‘rsatkichi va tegishli ma’lumotlari "Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimi, to‘lov-kontrakt to‘g‘risidagi ma’lumotlari esa "Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish" (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi.

Kredit oluvchi ta’lim krediti olish uchun belgilangan tartibda Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan tijorat banklariga "Yagona interaktiv davlat xizmatlari" (my.gov.uz) portali, "Ta’lim krediti" (talim-krediti.mf.uz) axborot tizimi yoki to‘g‘ridan- to‘g‘ri murojaat qiladi.

Kredit oluvchi tomonidan ta’lim kreditini olish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri tijorat bankiga murojaat qilinganda, tijorat banki ular uchun ochilgan "Ta’lim krediti" (talim-krediti.mf.uz) axborot tizimidagi shaxsiy kabinet orqali ta’lim krediti olish to‘g‘risidagi arizani shakllantiradi.

Kanalga ulanish👇🏼
👉https://t.me/joinchat/AAAAAFL7Upj0Kcm7IVWadg

2-mutaxassislik | Ikkinchi mutahassislik

15 Sep, 17:03


#Tundaliklar

Ertalab o‘ylaydigan birinchi odaming va kechasi o‘ylaydigan so‘nggi odaming — yo baxting, yoki og‘riqlaringning sababchisidir.

© Erix Mariya Remark

Kanalga ulanish👇🏼
👉https://t.me/joinchat/AAAAAFL7Upj0Kcm7IVWadg

2-mutaxassislik | Ikkinchi mutahassislik

15 Sep, 12:23


18 минг олам ва жуда кичик зарраларга қадар...

Бу видеода сиз кўп нарсани бир зумга унутасиз, завқ оласиз.

Кайфиятни кўтаринг, борлиқ жуда кенг...

Kanalga ulanish👇🏼
👉https://t.me/joinchat/AAAAAFL7Upj0Kcm7IVWadg

2-mutaxassislik | Ikkinchi mutahassislik

10 Sep, 17:13


Bir yo‘nalishda o‘qib, ikkita fandan dars berishingiz mumkin

Prezidentning 2022-2026-yillarda xalq taʼlimini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risidagi Farmoni ko‘ra, 2022/2023-o‘quv yilidan o‘quv dasturlari o‘zaro yaqin bo‘lgan 4 ta bakalavriat taʼlim yo‘nalishi:

Matematika va informatika (qo‘shimcha informatika fani o‘qituvchisi),
Pedagogika (qo‘shimcha tarbiya fani o‘qituvchisi),
Biologiya (qo‘shimcha tabiiy fanlar o‘qituvchisi),
Maxsus pedagogika: surdopedagogika (qo‘shimcha surdotarjimon)
bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha mutaxassislik (kvalifikatsiya) berish tartibi joriy qilingan.

Kanalga ulanish👇🏼
👉https://t.me/joinchat/AAAAAFL7Upj0Kcm7IVWadg

2-mutaxassislik | Ikkinchi mutahassislik

09 Sep, 08:42


#2024-2025

Bugun oʻqishning birinchi kuni. Birinchi kurs talabalarining ayni damdagi holati.
😂😂😂

Kanalga ulanish👇🏼
👉https://t.me/joinchat/AAAAAFL7Upj0Kcm7IVWadg

2-mutaxassislik | Ikkinchi mutahassislik

06 Sep, 18:37


❗️Dars vaqti telefondan foydalanish mumkinmi?

🔰Qonunchilikka asosan, o‘quv mashg‘ulotlari va tadbirlar boshlanishidan oldin ta’lim oluvchilar telefonini o‘chirib qo‘yishi hamda sumkasiga solib qo‘yishi shart.

❗️Ta’lim oluvchilarga quyidagilar qat’iyan taqiqlanadi:

👉 telefonini bo‘yniga osib olish, ko‘krak cho‘ntaklarida, shim, yubkalari cho‘ntaklarida va shu kabilarda saqlash;
👉 telefon akkumulyatorini zaryadlash uchun ta’lim muassasasi elektr tarmoqlariga ulash;

telefoni yordamida:
👉 atrofdagilarga zo‘ravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targ‘ib qiluvchi video va suratlarni namoyish qilish;
👉 ta’lim muassasasining nufuziga, shu jumladan, zo‘ravonlik va vandalizm holatlarini suratga olish va keyinchalik ularni atrofdagilarga namoyish etish yo‘li bilan zarar yetkazish;

o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida:
👉 telefon orqali so‘zlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni jo‘natish;
👉 telefonni stol ustiga qo‘yish;
👉 musiqa tinglash;
👉 surat va video tasvirlarni ko‘rsatishda telefondan foydalanish, tasvir ko‘rish, diktofon, kalkulyator, kalendar, bloknot, yon daftarcha kabilar sifatida foydalanish;
👉 suratga olish va video tasvirga tushirish;
👉 telefon orqali boshqa xizmatlardan foydalanish.

❗️RUXSAT ETILADI
Ta’lim muassasasida ta’lim oluvchilarga mashg‘ulotlar va tadbirlar oralig‘ida faqat asosli va kechiktirib bo‘lmaydigan zarur holatlarda ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchilar), yaqin qarindoshlari, ta’lim muassasalarining rahbarlari yoki xodimlari bilan zudlik bilan bog‘lanish maqsadida telefonlardan foydalanishga ruxsat etiladi.

❗️TARTIBNI BUZSA
Ushbu talablar buzilgan taqdirda ta’lim muassasasining har qanday pedagog xodimi ta’lim oluvchidan telefonni olib qo‘yish, bildirishnoma rasmiylashtirish va uni telefon bilan birga ta’lim muassasasining rahbariyatiga, keyinchalik uni ota-onalarga berish huquqiga ega.

Demak, ta’lim muassasasida mobil telefondan foydalanish tartibi buzilgan taqdirda, o‘qituvchi uning telefonini muassasa rahbariyatiga yoki ota-onasiga berish sharti bilan olib qo‘yishi mumkin.

Kanalga ulanish👇🏼
👉https://t.me/joinchat/AAAAAFL7Upj0Kcm7IVWadg

2-mutaxassislik | Ikkinchi mutahassislik

06 Sep, 09:27


#HappyBirthday #31yearsold

Shu kunlarda kanalga ma'lumot tashlashga vaqtim bo'lmayapti. Chunki oliy ta'limda o'quv jarayonlari boshlangan, yangi lavozimlarda ish boshladik. Kimlargadir xizmatimiz orqali ozgina bo'lsada yordamimiz tekkanidan xursandman. Bugun mana rasman yoshlar safidan chiqdim desa ham bo'laveradi. Chunki O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunining 3-moddasida yoshlar (yosh fuqarolar) o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan shaxslar deb belgilangan.

Qisqasi bugun tug'ilgan kunim 😉😂😊

Kimdir tabriklamoqchi bo'lsa bemalol @mrjoshqinbek

Yana kimdir tabriklamoqchi bo'lsa 😁😁😁 8600332988883231

2-mutaxassislik | Ikkinchi mutahassislik

03 Sep, 10:34


⚡️Super-kontrakt uchun ta’lim krediti berilmaydi

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super-kontrakt) uchun ta’lim krediti berilmaydi. Ammo ayrim banklar tijoriy shartlarda oddiy kredit berishi mumkin va uni foizi yuqori bo'ladi.

Biroq super-kontraktga kirganlar 2-kursdan oddiy kontrakt to’lashga o’tadi, shu sababli bemalol 2-kursdan taʼlim krediti olishi mumkin. Ta’lim krediti joriy yildan boshlab faqat kunduzgi ta’limda o'qiydiganlarga beriladi.

Super-kontraktni 4 ga bo’lib to’lash mumkin.

Eslatib o'tamiz, “Super-kontrakt”ga kirgan talabalar ham keyinchalik grant asosida oʻqishi mumkin

Kanalga ulanish👇🏼
👉https://t.me/joinchat/AAAAAFL7Upj0Kcm7IVWadg

2-mutaxassislik | Ikkinchi mutahassislik

03 Sep, 10:30


⚡️Talabalarga akademik ta’til o‘quv yilining istalgan davrida, quyidagi muddatlarga beriladi:

harbiy xizmatni o‘tash uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan harbiy xizmatni o‘tash muddatiga;

homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari muddatiga (MK 233-234-moddalar);

salomatligini tiklash hamda oilasining betob a’zosini parvarish qilish uchun — keyingi yilning talaba tomonidan to‘liq o‘zlashtirilmagan semestri boshlanguniga qadar bo‘lgan muddatga (agar mazkur Nizomning 11-bandiga muvofiq talaba akademik ta’til muddatiga ta’limning mavjud sirtqi, masofaviy yoki eksternat ta’lim shakliga o‘tkazilsa, navbatdagi semestrning boshlanguniga qadar bo‘lgan muddatga).
Bunda, qayd etilgan muddatlardan biri talabaning arizasiga muvofiq OTM rektori (direktori) tomonidan belgilanadi.
Kanalga ulanish👇🏼
👉https://t.me/joinchat/AAAAAFL7Upj0Kcm7IVWadg

2-mutaxassislik | Ikkinchi mutahassislik

31 Aug, 15:06


Самарқанд сити асосчиси  миллиардер (Хуршид Тўраев)
Дунё қарашимиздаги муаммо!

Гапни ёриб парчалаб ташлади қойил ҳақ гаплар!

P/S: Инсон ўзинг, инсон ўзинг🥹

Kanalga ulanish👇🏼
👉https://t.me/joinchat/AAAAAFL7Upj0Kcm7IVWadg

2-mutaxassislik | Ikkinchi mutahassislik

30 Aug, 19:30


#rivoyat time
Бозорда карамларнинг сўлиган баргларини тозалаётган амакидан «Шу баргларни қуёнларимиз учун олсак майлими?» деб сўради кўринишидан соддалик уфуриб турган аёл енида беш яшар илтижоли боқиб турган қизалоғини қўлидан ушлаб турган ҳолда.
– Олаверинг, барибир чиқиндига олиб кетишади" деди илтифотли амаки.
Она бола қуёнлари учун карам баргларининг сараларини териб, халталарини тўлдиришди ва қайта-қайта раҳмат айтишди.
Кечқурун карам шўрва ичиб ўтирган қизча:
– Ойижон, бизнинг қуёнларимиз йўқку, – деди.
– Сен менинг қуёнчамсан, болажоним, – деб қизининг бурнини чимчилаб қўйди она.
– Унақада эртага қуёнчангиз учун бозордан нима сўраймиз, – деди қизалоқ ўзини қуёнчадек тасаввур қилиб.
– Эртага жўжачам учун новвойхонадан тандир ушламаган нонларни сўраймиз, – деди она ўзининг ғамгинлигини беркитиш учун жилмайиб.
– Ойижон, бугун сиз билан ишга борай, полни артишга ёрдам бераман, шунда кечга қолмасдан бирпасда бўламиз, – қизалоқ ҳам хушчақчақ оҳангда ойисига ялинди.
Она кўз ёшларини кўрсатмаслик учун қизини маҳкам бағрига босди. «Ўқимаган онангни кечир, болам» дея унсиз йиғлади...

P/S: Хулоса қилиш ўзингиздан яхшилар

Kanalga ulanish👇🏼
👉https://t.me/joinchat/AAAAAFL7Upj0Kcm7IVWadg