🔶Bugun Milliy gvardiyaning Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi Kitob tumani bolalar bilan ishlash bo‘limi inspektor-psixologlari tashabbusi bilan 18-umumiy o‘rta taʼlim maktabida navbatdagi profilaktik uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman IIB xodimlari va mahalla yetakchilari ishtirok etib, 10-11-sinf o‘quvchilari bilan muhim mavzularda suhbatlashildi. Uchrashuvda “Bir mushtning oqibati, so‘ngi pushaymon” mavzusi keng muhokama qilindi.
✅Tadbir davomida o‘quvchilarga qonunchilik talablari, huquq va burchlar haqida tushuntirishlar berilib, salbiy xatti-harakatlarning kelajakka salbiy taʼsiri misollar asosida ko‘rsatib berildi. O‘quvchi yoshlarni jinoyatlardan ogoh etish va huquqiy madaniyatini oshirish bunday uchrashuvlarning asosiy maqsadidir.
♦️ Kanalimizga obuna bo'ling
#Kitob_hikmati