Oʻzbekiston va Turkmaniston Mudofaa vazirliklari oʻrtasida mudofaa sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim ratifikatsiya qilindi. Prezident bu boʻyicha tegishli (OʻRQ-965-son) qonunni imzoladi.
Keltirilishicha, bitim 5 yil muddatga tuziladi va uning amal qilish muddati, basharti u tugatilmasa, oʻz-oʻzidan navbatdagi besh yillik muddatlarga uzayaveradi. Bitimning asosiy maqsadi tomonlar davlatlarining qonunchiligiga muvofiq teng huquqlik prinsipi asosida harbiy sohada oʻzaro manfaatli hamkorlikni oʻrnatish va yanada rivojlantirishdan iborat.