Bazarov Orifjan Shadiyevich @rektor_qarmii Channel on Telegram

Bazarov Orifjan Shadiyevich

@rektor_qarmii


Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori

rektor_qarmii (Uzbek)

Salom, aziz do'stlar! Bugun biz sizlarga Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori Orifjan Shadiyevich Bazarov haqida ma'lumotlar beramiz. rektor_qarmii Telegram kanali orqali, siz O'zbekistonning muhim obrazini o'rganganing hamda uning yangi loyiha va yangiliklarini bilib olishingiz mumkin. Orifjan Shadiyevich Bazarov, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori sifatida, oliy ta'lim muassasasining o'zaro hamkorlik, innovatsiyalar va muhim tadbirlar to'g'risida sizni xabardor qiladi. Kanalga obuna bo'lib, ta'lim sohasidagi rivojlangan yangiliklardan xabardor bo'ling va O'zbekistonning ta'lim tizimini muvaffaqiyatli boshqarishning ahamiyatini tushunib chiqing. rektor_qarmii kanalida eng so'nggi maqolalar, video darslar va interaktiv kontentlar orqali, muhandislik va iqtisodiyot sohasidagi so'nggi yangiliklarni o'rganishingiz mumkin. Sizga eng to'g'ri va samarali ma'lumotlar bilan ta'minlovchi va qiziqarli tajriba bo'lsa, rektor_qarmii kanaliga obuna bo'lishni unutmang! Iltimos, kanalga ulangan ma'lumotlardan foydalanib, o'z bilimingizni oshiring va O'zbekistonning rivojlanayotgan ta'lim tizimida, yangil va muhim g'oyalar bilan o'z hissangizni qo'shing. rektor_qarmii kanali orqali, dunyoqarashli oliy ta'lim muassasasi rektori bilan bog'liq o'zgarishlari to'g'risida xabardor bo'lib, O'zbekistonning mustaqil islohotlarini o'rganishingiz mumkin. Keyincha, qulaylik bilan obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling!

Bazarov Orifjan Shadiyevich

11 Feb, 12:01


#Imtihon

Bugun "Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi" MChJ tomonidan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining 3-bosqich talabalari orasidan iqtidorlilarni tanlab olish maqsadida 2024-2025 oʻquv yili uchun belgilangan amaliyot dasturi doirasida sinov imtihonlari bo‘lib oʻtdi.


Amaliyot dasturi issiqlik energetikasi, elektr energetikasi, texnologik mashinalar va jihozlar, texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish, yuqori molekulyar birikmalar, neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi yoʻnalishlari boʻyicha oʻtkazildi.

Mazkur amaliyot dasturi uchun imtihonlar bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Amaliyot dasturi gʻoliblari 2024-2025-oʻquv yilida davrida "Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi" MChJda barcha qulayliklarga ega boʻlgan amaliyot jarayonini oʻtaydilar.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

✍️ rektor_qarmii

Bazarov Orifjan Shadiyevich

27 Jan, 01:41


#Haftalik_dayjest

Institutning haftalik faoliyati
(20 - 26-yanvar kunlari)

Psixofaol moddalar, kiberjinoyatlar va ularning oldini olish.

🌺 “Rahbar ayollar maktabi”ning toʻrtinchi mavsumi.

⚡️ Kiberjinoyatlarning turlari.

📚 Terrorizm, ekstremizm va yoshlar.

💥 2024-yil yakunlari: natijalar va eʼtiroflar.

🔰 Huquqbuzarlikning ildizi qayerda?

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

✍️ rektor_qarmii

Bazarov Orifjan Shadiyevich

23 Jan, 15:41


#2025_OAVda_biz

📺 Qashqadaryo televideniyesining
“Qashqadaryo axboroti” informatsion dasturda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori mazmun-mohiyati xususida soʻz yuritildi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

✍️ rektor_qarmii

Bazarov Orifjan Shadiyevich

22 Jan, 17:51


#Sarhisob

Bugun viloyat musiqali drama teatrida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining oʻtgan yillardagi faoliyati tahlil qilindi hamda 2024 yilgi natijalar eʼtirof etildi.


Soʻnggi besh yillik koʻrsatkichlar boʻyicha yutuqlar va ijobiy natijalar bir-bir yodga olindi. Ilmiy salohiyatning 2020 yildagi 21,3 foizdan 2024 yilda 52,2 foizga yetgani alohida qayd etildi.

2024 yilda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Asian University Rankings” reytingida “Reporter” maqomini qoʻlga kirib, SDG (Sustainable Development Goals) barqaror rivojlanish maqsadlari yoʻnalishida 601-800 oʻrinni egalladi.

Batafsil ushbu 👉 havolada.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

✍️ rektor_qarmii

Bazarov Orifjan Shadiyevich

18 Jan, 15:58


#Nazorat

Havo haroratining keskin sovib ketishi isitish bilan bogʻliq muammolarni yuzaga keltirishi mumkin. Shu bois bu kabi muammolarning oldini olish muhim vazifa hisoblanadi.


Bugun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rahbariyati va dekanlar oʻrinbosarlari talabalar turar joylarida istiqomat qilayotganlar holidan xabar oldilar. Talabalar bilan suhbatlashdilar. Shart-sharoitlarni oʻrgandilar. Isitish vositalarining sozligini koʻzdan kechirdilar.

Talabalar bilan muloqot davomida xonalarning tozaligini saqlash, elektr jihozlaridan ehtiyotkorona foydalanish boʻyicha kerakli tavsiyalar berildi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

✍️ rektor_qarmii

Bazarov Orifjan Shadiyevich

17 Jan, 17:06


#Xalqaro_hamkorlik

Bir semestr davomida oʻqishini Yevropa oliy taʼlim muassasalarida davom ettiradigan iqtidorli talabalar bilan muloqot oʻtkazdik.


7 nafar talaba Yevropa Ittifoqi Erasmus+ ICM KA 171 loyihasi boʻyicha bahorgi semestr davomida Vengriya, Polsha, Ruminiya, Serbiya va Ispaniya oliy taʼlim muassasalarida tahsil oladilar.

Muloqot davomida xorijiy davlatda oʻqishning afzalliklari haqida soʻz bordi, nufuzli oliygohlarning professorlari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

✍️ rektor_qarmii

Bazarov Orifjan Shadiyevich

17 Jan, 11:05


#Muloqot

Neft va gaz fakulteti faollar zalida “Rahbar va yoshlar” mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi.


Uchrashuvda institut rahbariyati, “Uzbekistan GTL” MChJ bosh direktori Alisher Bahodirov, institut va fakultet rahbariyati, professor-oʻqituvchilar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Batafsil ushbu 👉 havolada.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

✍️ rektor_qarmii

Bazarov Orifjan Shadiyevich

14 Jan, 14:03


#Vatan_himoyasi_muqaddas

Sanoat texnologiyasi fakulteti talabasi Mohlaroyim Komilova institut rahbariyati va ustozlarini barcha yoshlar nomidan 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami bilan samimiy tabrikladi.


Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

✍️ rektor_qarmii

Bazarov Orifjan Shadiyevich

14 Jan, 13:47


Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 33 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан байрам табриги

Праздничное поздравление в связи с 33-й годовщиной образования Вооруженных Сил Республики Узбекистан и Днём защитников Родины

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Bazarov Orifjan Shadiyevich

14 Jan, 11:56


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Бирлашган Араб Амирликлари пойтахтида ўтаётган “Абу-Даби барқарор ривожланиш ҳафталиги” саммитида нутқ сўзлади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев выступил на саммите «Неделя устойчивого развития Абу-Даби», проходящем в столице Объединенных Арабских Эмиратов.

#Mirziyoyev #sammit #AbuDabi #barqarorrivojlanish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Bazarov Orifjan Shadiyevich

13 Jan, 07:16


#Jarayon

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti kunduzgi boʻlim bakalavriat taʼlim yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalar uchun kuzgi semestr yakuniy nazorat imtihonlari boshlandi.


To‘rt oy davomida olingan bilimlar sarhisob qilinadigan fursatlar keldi. Bilimli talabalar uchun savollar hech qanday qiyinchilik tug‘dirmasligi tayin. Hamma gap ishonchda.

Institut korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish boʻlimi tomonidan attestatsiya jarayonlarining adolatli va shaffof oʻtishini taʼminlash yuzasidan nazorat ishlari olib borilmoqda.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

✍️ rektor_qarmii

Bazarov Orifjan Shadiyevich

11 Jan, 12:53


#Vatan_himoyachilari_kuni

Bugun Qarshi shahrining Mustaqillik koʻchasi boʻylab Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlab harbiy xizmatchilarning yurishi (parad) boʻlib oʻtdi.


Ushbu parad viloyat musiqali drama teatri oldida tashkil etilgan bayram tadbiriga ulanib ketdi.

Tadbirda harbiy xizmatchilarning koʻrgazmali chiqishlari namoyish qilindi. Harbiy orkestr va viloyat sanʼatkorlarining konsert dasturi tomoshabinlarga koʻtarinki kayfiyatni tuhfa etdi.

Tomoshabinlar safida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti professor-oʻqituvchilari, boʻlim boshliqlari, dekanlar oʻrinbosarlari, tyutorlar va talaba-yoshlar ham bo‘ldilar.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

✍️ rektor_qarmii

Bazarov Orifjan Shadiyevich

07 Jan, 17:26


#Sport_salomatlik_garovi
#Rektor_kubogi

Bugungi sport musobaqalaridan videoreportaj.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

✍️ rektor_qarmii

Bazarov Orifjan Shadiyevich

07 Jan, 17:21


#Sport_salomatlik_garovi
#Rektor_kubogi

Bugun ham institut professor-oʻqituvchilari va xodimlari oʻrtasida oʻtkazilayotgan “Rektor kubogi” musobaqalarining navbatdagi bellashuvlari boʻlib oʻtdi.


Xabar berganimizdek, bahslar, asosan, voleybol (faqat erkaklar oʻrtasida) hamda stol tennisi (erkaklar va ayollar ishtirokida) sport turlari boʻyicha tashkil etildi.

Qishki taʼtilni mazmunli oʻtkazish hamda professor-oʻqituvchilar va xodimlarning sportga boʻlgan mehrini yanada oshirish maqsadida oʻtkazilgan bellashuvlar koʻpchilikda katta qiziqish uygʻotdi.

Batafsil

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

✍️ rektor_qarmii

Bazarov Orifjan Shadiyevich

01 Jan, 18:34


#YILNOMA

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining 2024-yildagi faoliyatiga doir muhim voqealar sharhi.


Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

✍️ rektor_qarmii

Bazarov Orifjan Shadiyevich

01 Jan, 08:34


#Bayram_tabrigi

Assalomu alaykum, hurmatli ustoz-murabbiylar!
Aziz talabalar!


Barchangizni Yangi – 2025-yil bilan samimiy muborakbod etaman. Xonadoningizdan qut-baraka, tinchlik-osoyishtalik, baxt va quvonch sira arimasin. Ezgu ishlaringiz va maqsadlaringizga erishish yoʻlida Yaratganning oʻzi hamisha madadkor boʻlsin.

Avvalo, shuni maʼlum qilishim lozimki, 2024-yil yakuniga kelib, institutimiz Qarshi davlat texnika universiteti maqomini oldi. Bu har birimizning zimmamizga yangicha masʼuliyat yuklaydi. Taʼlim samaradorligi yanada oshiriladi, dunyoning nufuzli universitetlari bilan hamkorlik kuchaytiriladi, yetakchi korxonalar bilan dual taʼlim asosida faoliyat yuritiladi. Eʼtiborli tomoni, 2024/2025 oʻquv yilining bitiruvchilari Qarshi davlat texnika universitetining birinchi diplomlariga sazovor boʻlishadi.

Tabrikning to‘liq matni

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

✍️ rektor_qarmii

Bazarov Orifjan Shadiyevich

01 Jan, 07:39


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Bazarov Orifjan Shadiyevich

31 Dec, 13:54


Президент Шавкат Мирзиёевнинг 2024 йилдаги ташқи сиёсий тадбирларга, давлат ва жамият ҳаётига дахлдор воқеаларга бой бўлган серқирра фаолияти факт ва рақамларда

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Bazarov Orifjan Shadiyevich

25 Dec, 11:41


#2024_OAVda_biz

💻 Oʻzbekiston milliy axborot agentligi saytida “Rektor stipendiyasi topshirildi” sarlavhali axborot eʼlon qilindi. Unda Chiroqchi tumanidagi 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabi huzuridagi "Inson kapitali va sunʼiy intellekt" ilmiy maktabida oʻtkazilgan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori stipendiyasini topshirish tadbiri tafsiloti, bu hamkorlik mohiyati haqida soʻz yuritilgan.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

✍️
rektor_qarmii

Bazarov Orifjan Shadiyevich

25 Dec, 06:23


#Bayram_kayfiyati

Sanoat texnologiyasi fakulteti talabasi Mohlaroyim Komilova institut rahbariyati va ustozlarini barcha yoshlar nomidan Yangi yil bayrami bilan samimiy tabrikladi.


Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

✍️
rektor_qarmii

Bazarov Orifjan Shadiyevich

24 Dec, 16:05


Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Янги йил байрамини нишонлаш даврида қўшимча ишланмайдиган кунни белгилаш ва дам олиш кунини кўчириш тўғрисида”ги қарори

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Bazarov Orifjan Shadiyevich

24 Dec, 02:19


#Bayram_shukuhi

Institutimizning qaysi bir fakultetida boʻlmang, bayramona kayfiyatga guvoh boʻlasiz. Professor-oʻqituvchilarimiz va talaba-yoshlar Yangi yilni ana shunday koʻtarinkilik bilan qarshi olmoqdalar.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

✍️ rektor_qarmii

Bazarov Orifjan Shadiyevich

19 Dec, 16:06


#Bayram_tadbiri

Bugun viloyat musiqali drama teatrida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti tomonidan 2024-yil sarhisobi va Yangi yil bayrami munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.


Tadbir avvalida institutning joriy yildagi faoliyati, yangiliklar, professor-oʻqituvchilar va talabalarning erishgan yutuqlari eʼtirof etildi.

Prezident hamda nomli stipendiyalar sohiblari, yil davomida turli tanlovlar va musobaqalarda gʻolib boʻlgan talabalar taqdirlandilar.

Albatta, bayram kuy-qoʻshiqlar, dilrabo raqslar, hazil-mutoyibalar bilan yanada fayzli boʻladi. Viloyat musiqali drama teatri aktyorlari tomonidan namoyish etilgan badiiy-musiqiy dastur barchaga quvonch bagʻishladi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

✍️ rektor_qarmii

Bazarov Orifjan Shadiyevich

26 Nov, 11:57


#Yil_talabasi_2024

Har yili anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan, yoshlarning imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga xizmat qilayotgan, oʻnlab iqtidor egalarini kashf etayotgan “Yil talabasi” tanlovining Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti bosqichi gʻoliblari nomi maʼlum boʻldi.


Talabalarimiz belgilangan nominatsiyalar boʻyicha saralab olindi va hakamlar hayʼati aʼzolarining yakuniy xulosalari eʼlon qilindi.

Batafsil ushbu 👉 havolada.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

✍️ rektor_qarmii

Bazarov Orifjan Shadiyevich

26 Nov, 11:57


#Ma'rifat_ulashib

📚 "Maʼrifat ulashib" loyihasi – Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida!

📃 Institutimizda "Maʼrifat ulashib" loyihasi doirasidagi el ardogʻidagi shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar, "Munozara" debatlari, mushoiralar, “Zakovat” intellektual o‘yini va boshqa ko‘plab tadbirlar oʻtkaziladi.

🖋 Loyiha mehmonlari – Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari: Nazar Eshonqul, Abdumajid Azim, Norqobil Jalil.

📆 Tadbirning oʻtkazilish vaqti: 2024-yil 4-dekabr.

Barcha professor-oʻqituvchilarimiz va talaba-yoshlarimizni loyihada faol ishtirok etishga chorlaymiz!

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

✍️ rektor_qarmii

Bazarov Orifjan Shadiyevich

22 Nov, 15:03


Янги Ўзбекистонимиз янги парламенти билан бирга ўз тараққиётининг ҳал қилувчи босқичига қадам қўймоқда

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Bazarov Orifjan Shadiyevich

19 Nov, 18:58


#Talabalar_ligasi
#Rektor_kubogi

Bugun institutimiz talabalari oʻrtasida “Talabalar ligasi” doirasida kurash boʻyicha institut birinchiligi – "Rektor kubogi” musobaqasi oʻtkazild
i.

Bellashuvlar asosan 6 ta – 60, 66, 73, 81, 90 va 100 kilogrammdan yuqori vazn toifalarida boʻlib oʻtdi.

Batafsil ushbu 👉 havolada.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

✍️ rektor_qarmii

Bazarov Orifjan Shadiyevich

11 Nov, 16:23


#Jarayon

Xotin-qizlar maslahat kengashi faoliyati oʻrganildi


Namangan davlat universiteti hamda Toshkent davlat agrar universiteti xotin-qizlar maslahat kengashlari raislari S.Usmonova va G.Shodmonovadan iborat ishchi guruh Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida oʻrganish ishlarini olib bordi.

Mazkur oʻrganishlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 20-avgustdagi “Xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahat kengashlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 316-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida olib borilmoqda.

Ishchi guruh aʼzolari dastlab meʼyoriy hujjatlarning yuritilishini, ayol pedagog xodimlar va talaba qizlarning ijtimoiy holati umumiy roʻyxati bazasi, "Qizlarjon", "Lider qizlar" klublari faoliyatini oʻrgandilar.

Shundan soʻng 3-talabalar turar joyidagi shart-sharoitlar koʻzdan kechirildi. Talaba qizlar bilan muloqot davomida ularning boʻsh vaqtini qanday oʻtkazayotgani, ijtimoiy himoya masalalari haqida soʻz bordi.

QarMII axborot xizmati ✍️

Bazarov Orifjan Shadiyevich

10 Nov, 11:12


#Hafta_voqeasi

Nukus shahrida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barcha oliy va kasbiy taʼlim muassasalari ishtirokidagi “Yashil kelajak” umumrespublika marafoniga start berildi.


Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

👉rektor_qarmii

Bazarov Orifjan Shadiyevich

09 Nov, 18:59


#yashil_kelajak #marafon

9-noyabr kuni Nukus shahrida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barcha oliy va kasbiy taʼlim muassasalari ishtirokidagi “Yashil kelajak” umumrespublika marafoniga start berildi.

Marafon doirasida Nukus shahridagi 8 gektar yer maydoniga ega “Ziyolilar bogʻi”da 3000 tup, respublikaning 14 ta hududidagi barcha oliy va kasbiy taʼlim muassasalariga ajratilgan yer maydonida qariyb 100 ming tup daraxt koʻchatlari ekildi.

Rektor Orifjon Bozorov boshchiligida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti professor-oʻqituvchilari va koʻngilli talabalari Nukusda oʻtkazilgan tadbirlarda ishtirok etdilar. Qolaversa, institut hovlisida ham buta va daraxtlar koʻchatlari yerga qadaldi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

👉rektor_qarmii

Bazarov Orifjan Shadiyevich

09 Nov, 11:33


#Hayʼat_yigʻilishi

Bugun Nukus shahrida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining kengaytirilgan Hayʼat yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutasaddilari, hududiy boshqarmalari rahbarlari, respublika oliy taʼlim muassasalari rektorlari va direktorlari ishtirok etdilar.


Hayʼat yigʻilishi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov raisligida boʻlib oʻtdi. Yigʻilishni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Farhod Ermanov ochib berdi.

Hayʼat yigʻilishida Prezidentimiz tomonidan 2024-yil 16-oktabrda imzolangan “Kasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–158-son farmonida oliy taʼlim muassasalari va texnikumlar rahbarlari oldiga qoʻyilgan ustuvor vazifalarning amalga oshirilishiga oid masalalar muhokama qilindi.

Batafsil ushbu havolada.

👉rektor_qarmii

Bazarov Orifjan Shadiyevich

28 Oct, 06:00


#2024_OAVda_biz

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining
(Edu.uz) telegram kanalida QarMII va Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi korxonasi hamkorligida tashkil etilgan “Gaz-kimyo va energetika” ilgʻor muhandislik maktabi faoliyati, maqsadi va rejalari haqida soʻz yuritildi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

👉rektor_qarmii

Bazarov Orifjan Shadiyevich

27 Oct, 10:00


#Saylov_2024

Bugun yurtimizda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga saylovlar oʻtkazilmoqda.


Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti hududidagi 31-, 41- va 58-saylov uchastkalarida ham ovoz berish jarayonlari qizgʻin kechmoqda.

Mahalliy aholi vakillari bilan birga institutimiz talabalari ham oʻzlari munosib deb bilgan nomzodlarga va siyosiy partiyani maʼqullab ovoz bermoqdalar.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

👉rektor_qarmii

Bazarov Orifjan Shadiyevich

26 Oct, 11:05


#Xizmat_safari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov yaqinda o‘z faoliyatini boshlagan “Gaz-kimyo va energetika” ilgʻor muhandislik maktabi faoliyati bilan tanishdi.

Vazir Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi korxonasidagi laboratoriyalarda va ilgʻor muhandislik maktabida boʻldi, istiqboldagi rejalar taqdimoti bilan tanishdi, oliy taʼlim va korxona integratsiyasiga asoslangan yangi yoʻnalishdagi maktablarni ochish yuzasidan tavsiyalar berdi.

Taqdimotda Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi korxonasidagi muammolar yechimiga qaratilgan 3 ta yirik loyiha institutimiz professor-oʻqituvchilari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Oʻz navbatida, ilgʻor muhandislik maktabi tashkilotchilari tomonidan ham magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlash sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va mulohazalar bildirildi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🔵 Facebook | Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz

👉rektor_qarmii