Kip Avtomatika va Elektronika @kip_avtomatikauz Channel on Telegram

Kip Avtomatika va Elektronika

@kip_avtomatikauz


NO'A va A (КИП и А)
👨‍🔧Sizni avtomatika va energetikaga oid eng so'ngi yangiliklar.
📝 sxemalar bilan tanishtirib boramiz.

Guruhimiz:https://t.me/+D8yzpk9EhKRkM2My

Reklama va hamkorlik uchun: @avtomatik_ads

Kip Avtomatika va Elektronika (Uzbek)

🌟 Kip Avtomatika va Elektronika Kanali 🌟nnKim uchun?nKip Avtomatika va Elektronika kanali avtomatika va elektronika sohasida qiziqarli yangiliklar va ma'lumotlar izlovchilari uchun mo'ljallangan. Bu hamkorlik va ko'mak sifatida mavjud vaftiz qilingan kanal

Nima uchun?nKip Avtomatika va Elektronika kanali sizni avtomatika va energetikaga oid eng so'ngi yangiliklar bilan ta'minlaydi. Siz bu kanal orqali avtomatika va elektronika sohasidagi eng so'nggi sxemalar va ma'lumotlarga ega bo'lasiz

Guruhimiz: [Kip Avtomatika va Elektronika Guruh](https://t.me/kip_avtomatikauz1)nn
nAgar siz ham reklama va hamkorlik bo'lsa, bizga @avtomatik_ads foydalaning.

Kip Avtomatika va Elektronika

09 Dec, 15:11


⚡️ Aktiv, reaktiv va to'la quvvat!

https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

09 Dec, 08:24


#elektromontaj #avtomat

‼️Tez – tez ro‘y beradigan xato – orttirilgan tok ishlab chiqqaruvchi avtomatni qo‘llash.

Bu aslida xatoning o‘zigina emas balki qoidani buzish ham hisoblanadi.

⚠️ Agar o‘tkazilgan rozetkalarni 10 A li avtomat himoya qilayotgan bo‘lsa va uy egasi 2,2 kVt quvvat iste’mol qiluvchi elektr choynakni sotib olsa hamda uni yoqsa nima ro‘y beradi? Avtomat ishlaydi. Uy egasi uzoq o‘ylab o‘tirmay avtomatni kattaroq ishlab ketish tokiga ega, 16 A li hattoki 25 A lisi (qo‘liga tushib qolgan avtomat) bilan almashtiriladi. Bundan keyin avtomat olib tashlanmaydi. Bunday toklarga hisoblanmagan tarmoq ortiqcha yuklanish bilan ishlaydi va o‘tkazgichlar qizib ketadi. Agar omad kulib boqsa, sim izolyatsiyasi kuyib erish natijasida qisqa tutashuv ro‘y berganida, avtomat ulab – uzgich ishga tushadi.

⚠️ Hayotiy voqealar shuni ko‘rsatadiki, bunday hollarda dastlab tarmoqning yonib ketishi kuzatiladi.

https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

09 Dec, 03:56


#lifehack

📌 Ko‘ring va o'rganing.

Yoritgichni uch yoki undan ko‘p joydan boshqarish uchun o‘tish kalitlarini ulash.

https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

08 Dec, 16:51


#himoyavositalari

📌 Elektr uskunalarida ish bajarish mobaynida ishlatiladigan yordamchi himoya vositalari.

https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

08 Dec, 03:49


#himoyavositalari

📌 Elektr uskunalarida ish bajarish mobaynida ishlatiladigan asosiy himoya vositalari.

https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

07 Dec, 12:13


⚡️Yerlashtirgich (заземления )!

Yerlashtirgich nima uchun zarurligi haqida ajoyib tushuntirish berilgan surat!

https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

07 Dec, 07:08


#buni_bilarmidingiz #elektr_xavfsizligi_guruhi

Elektr xavfsizligi bo‘yicha V guruhga ega bo‘lgan shaxslar nimalarni bilishi kerak?

O‘z uchastkasidagi uskunalar va sxemalarni bilish.

Texnika xafsizligi qoidalarini hamda maxsus boblarni mustahkam bilish.

U yoki bu bandning talablari nimaga asoslanganligi to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lish.

Har qanday kuchlanishli elektr qurilmalaridagi ishlarning xavfsiz bajarilishini tashkil etish va nazoratni amalga oshirishni bilish.

Elektr tokidan jarohatlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish (sun’iy nafas oldirish usullari va boshqa) qoidalarini bilish va amalda birinchi yordamni ko‘rsata olish.

Boshqa guruh xodimlariga elektr tokidan jarohatlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatishni (sun’iy nafas oldirish usullarini va boshqalarni) va xavfsizlik texnikasi qoidalarini o‘rgata olish.

https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

07 Dec, 03:53


#buni_bilarmidingiz #elektr_xavfsizligi_guruhi

Elektr xavfsizligi bo‘yicha IV guruhga ega bo‘lgan shaxslar nimalarni bilishi kerak?

Maxsus kollej hajmida elektrotexnika ma’lumotiga ega bo‘lish.

Elektr kurilmalarida ishlashda mavjud xavflar to‘g‘risida to‘lik tasavvurga ega bo‘lish.

Egallab turgan lavozimi hajmida mazkur Qoidalarni bilish.

Qurilmada ishlashda uning aynan kaysi elementa o‘chirilishini bilish, uning barcha elementlarini amalda topa olish hamda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha zarur chora- tadbirlar bajarilganligini tekshirishni bilish.

Ishlar xavfsiz bajarilishini tashkil etishni bilish va ular ustidan nazoratni amalga oshirishni bilish.

Elektr tokidan jarohatlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish koidalarini bilishi va amalda ko‘rsata olishi.

O‘z uchastkasidagi uskunalarni va sxemalarni bilish.

Boshqa guruh xodimlariga elektr tokidan jarohatlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatishni va xavfsizlik texnikasi koidalarini o‘rgata olish.

https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

07 Dec, 02:09


Kip Avtomatika va Elektronika pinned «#buni_bilarmidingiz #elektr_xavfsizligi_guruhi Elektr xavfsizligi bo‘yicha I guruhga ega bo‘lgan shaxslar nimalarni bilishi kerak? Elektr xavfsizligi bo‘yicha I guruhga ega  bo‘lgan shaxslar elektr tokining xavfliligi, elektr jihozlari bilan ishlashda…»

Kip Avtomatika va Elektronika

06 Dec, 14:33


#viktorina

📌Diqqat: bu qanaqa instrument?

Javobingizni guruhga yozishingiz mumkin.

https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

06 Dec, 13:20


#buni_bilarmidingiz #elektr_xavfsizligi_guruhi

Elektr xavfsizligi bo‘yicha III guruhga ega bo‘lgan shaxslar nimalarni bilishi kerak?

Elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatishi va ularning tuzilishi bilan tanish bo‘lishi.

Elektr qurilmalarida ishlashda mavjud xavflar to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lishi.

Xavfsizlik texnikasi umumiy qoidalarini bilishi.

Kuchlanshi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalarida ishga ijozat berish qoidalarini bilishi.

Mazkur shaxs vazifasiga kiruvchi ish turlari bo‘yicha maxsus xavfsizlik texnikasi qoidalarini bilishi.

Elektr qurilmalarida ishlayotganlarni nazorat qilishni bilishi.

Elektr tokidan jarohatlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish (sun’iy nafas oldirish usullari va boshqa) koidalarini bilishi va amalda birinchi yordamni ko‘rsata olishi.

https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

06 Dec, 10:47


#buni_bilarmidingiz #elektr_xavfsizligi_guruhi

Elektr xavfsizligi bo‘yicha II guruhga ega bo‘lgan shaxslar nimalarni bilishi kerak?

Elektr qurilmalari haqida dastlabki texnik ma’lumotga ega bo‘lishi.

Tok o‘tkazuvchi qismlarga yaqinlashish hamda elektr toki xavfi haqida anik tasavvurga ega bo‘lishi.

Elektr qurilmalarida ishlashda asosiy ehtiyot choralarini bilishi.

Elektr tokidan jarohatlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi.

https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

06 Dec, 05:45


#buni_bilarmidingiz #elektr_xavfsizligi_guruhi

Elektr xavfsizligi bo‘yicha I guruhga ega bo‘lgan shaxslar nimalarni bilishi kerak?

Elektr xavfsizligi bo‘yicha I guruhga ega  bo‘lgan shaxslar elektr tokining xavfliligi, elektr jihozlari bilan ishlashda xavfsizlik choralari haqida tushunchaga ega bo‘lishi, elektr tokidan jarohatlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish qoidalari bilan tanishgan bo‘lishi lozim.

Elektr xavfsizligi bo‘yicha I guruh kimlarga beriladi?

Maxsus elektrotexnik tayyorgarlikdan o‘tmagan, ammo xizmat ko‘rsatilayotgan uchastkada, elektr uskunasi va kurilmasida ishlaganda, elektr tokining xavfi va xavfsizlik choralari hakida elementar tasavvurga ega bo‘lgan shaxslar beriladi.


https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

05 Dec, 12:45


#buni_bilarmidingiz

📌 Tayanchlarni bandaj qilish.

Tayanchlar bandajlari diametri 4 mm va undan ortiq bo‘lgan ruxlangan yumshoq simlardan qilinishi lozim.

Diametri 5-6 mm bo‘lgan ruxlanmagan simlarni qo‘llashga, agar ular asfalt laki bilan qoplangan bo‘lsa, ruxsat etiladi.

Loyihada maxsus ko‘rsatmalar bo‘lmaganda, bandaj o‘ramlarining soni quyidagicha qabul qilinadi:

👉 sim diametri 4 mm bo‘lganda — 12;
👉 sim diametri 5 mm bo‘lganda — 10;
👉 sim diametri 6 mm bo‘lganda — 8.

https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

05 Dec, 05:45


#bu_qiziq

📌 Kuchlanish relesining ishlash prinsipi.

O‘rnatilgan oraliqdagi kuchlanish o'zgarishi (belgilangan qiymatdan kuchlanishning tushishi yoki ko‘tarilishi) elektr ta'minotini kuchlanish relesi orqali uzilishiga sabab bo‘ladi.

https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

04 Dec, 10:25


#bu_qiziq

📌 Elektr qurilmalarini yerga ulash.

Yerga ulash qarshiligi qancha bo‘ladi va qancha muddatda hamda qanday tekshiriladi?

Standart talablari bo'yicha quvvati 100 KVt gacha bo‘lgan elektr qurilmalarining yerga ulash garshiligi 10 Om gacha, quvvati 100 kVt dan ortiq bo‘lgan elektr qurilmalari uchun esa 4 Om  gacha bo‘lishi talab etiladi.

👉 Elektr qurilmalari yerga ulash tizimlarining ish holatini tekshirishda elektrodlar va o'tkazgichlarning holati ko'zdan kechirilib, qarshiligi o‘lchanadi.

❗️Tashqi tekshirish har olti oyda bir marta, yuqori va o'ta xavfli elektr uskunalarida esa har uch oyda bir marta o'tkazilishi zarur.

‼️ Elektrodlar va o'tkazgichlarning qarshiligi esa har yili kamida bir marta o'tkazilishi kerak.

https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

04 Dec, 05:30


#bu_qiziq #lifehack

Kabellarni bir-biriga ulash endi oson😄.

https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

03 Dec, 16:26


NO'A va A (КИП и А)
👨‍🔧Sizni avtomatika oid eng so'ngi yangiliklar,📝 sxemalar bilan tanishtirib boramiz.
Biz bilan bog'lanish uchun aloqa:
@kipavtomatika_bot
Bizning muhokama guruhimiz:https://t.me/kip_avtomatikauz1
https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

03 Dec, 04:55


#bu_qiziq

📌 Lampochka yordamida elektr motorni izolyatsiyasini tekshirish.

❗️Bu tavsiya etilmaydi. Sababi bajarilayotgan ishda texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmagan hamda izolyatsiya qismini to'laqonli ko'rish uchun megaommetrdan foydalanish kerak bo‘ladi.

https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

30 Nov, 06:50


#bu_qiziq
Termostatlarining ishlash prinsipi.

Bu qanday ishlaydi?

Ishchi kontaktlar maxsus plastinkaga qotirilgan bo'ladi. Issiqlik natijasida plastinka shakli 1 holatdan boshqa holatga o'tganda kontaktlar orasi ochiladi va elektr toki oqib o'tishi to'xtaydi. Plastinka harorati ma'lum miqdorda sovuganda plastinka oldingi holatiga qaytadi ya'ni kontaktlarni qo'shadi, hamda elektr toki oqib o'tishni boshlaydi.  

https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

30 Nov, 04:51


#lifehack

Harakatni ilg‘ovchi moslamani yoritgichga ulash sxemasi.

https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

29 Nov, 13:05


O'tkazgichlarni ulangan joyini skotch bilan izolyatsiya qilish mumkinmi?

Qoida bo'yicha bu taqiqlanadi. Chunki izolyatsiya qilish maxsus kembrik, issiqda torayuvchi termousadka trubkasi yoki izolenta yordamida bajarilishi kerak.Vaqtinchalik ilojsizlikdan  foydalansa bo'ladi, biroq imkon bo'lishi bilan olib tashlash kerak, chunki skotch sertifikatlangan izolyatsiya materiali hisoblanmaydi

Yana bir jihati simarni ulangan joylari kontakti yaxshi bo'lmasa, yoki istemol toki ortsa qiziydi, temperatura 100 gradusga yetib borsa skotch erishni boshlaydi, kley xususiyatini yo'qotadi, qizish natijasida, skotch yonib ketadi

Simdan skotchni olgandan keyin uni kley qoldig'ini yo'qotish, tozalash juda qiyin, shuning uchun yangidan kusachka bilan qirqib tashlab, yangidan ulash mumkin

Skoch ishlatish zarur bo'lib qolgan taqdirda, faqat kam quvvatli iste'molchilarga ishlatsa bo'ladi, izolentadan ancha yupqa bo'lganligi uchun ko'proq qatlam qilib o'rash kerak bo'ladi
https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

28 Nov, 10:32


#bu_qiziq

📌 Nollash (Зануление)

Nollash (Зануление) - 1 kVgacha bo‘lgan elektr qurilmasidagi neytral o‘tkazgich qismini nimstansiyadagi transformatorning yеrlatilgan neytrali bilan elektr ulash.

Nollash - xavfli kuchlanish uning korpusiga kirganda elektr jihozlarini himoya qilish uchun mo'ljallangan xavfsizlik tizimi. Himoya qilishning ushbu usuli to'liq yerlatish tizimini o‘rnatishning iloji bo'lmagan kvartiralar va uylar uchun juda mos keladi.

https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

28 Nov, 06:30


#lifehack

📌 Ko‘ring va o'rganing.


https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

27 Nov, 14:28


#lifehack

https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

27 Nov, 06:30


Yerlashtirgichni tuğri mantaj qilish.

https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

26 Nov, 12:04


#lifehack

Ko‘ring va o'rganing.

https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

26 Nov, 08:00


📌3-fazali matorni 1 fazali tarmoqga ulash.

Asinxron motorlar 380V va 220V tarmoqqa ulanish uchun mo'ljallangan bo‘lsa cho‘lg‘amlarni uchburchakda ulab, ishchi va ishga tushirish kondensatorlarini ulash orqali ishga tushiramiz.

Kondensatorlarning kuchlanishi  o'zgaruvchan kamida 300 - 400V bo'lishi k-k.

Murakkab hisob-kitoblarga murojaat qilmasdan ishchi kondensatorlarning kerakli quvvatini qanday hisoblash mumkin?

Har 100 Vt uchun biz 7 mkF (1kVt = 70 mkF) olamiz.

Ishga tushirish kondensatorlarning sig'imi ishchi kondensatorlardan uch barobar ko'p bo'lishi kerak.

❗️Ishga tushirish kondensatorlari faqat dvigatelni ishga tushirganda kerak bo'ladi.

Dvigatel ishlayotgan paytda ishga tushirish kondensatorlari ajratilmasa nima bo'ladi?

❗️Bu mumkin emas. Dvigatel nominal tezlikka o‘tganda, ishga tushirish kondensatorlari motor cho‘lg‘amlarida katta oqim nomutanosibligini keltirib chiqaradi, bu dvigatel cho‘lg‘amlarining haddan tashqari qizib ketishiga olib keladi.

https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

26 Nov, 04:00


📌 Bir fazali asinxron motor orqaga va oldinga harakatlanishi uchun qanday ulanadi?

https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

25 Nov, 13:30


https://t.me/kip_avtomatikauz/995
1000 voltgacha bo'lgan elektr qurilmalarida saqlagichni va erish o'rnatmasini almashtirishda quyidagi ximoya vositalaridan foydalaniladi
Rezina qo'lqop
Ko'zoynak
Izolyatsiyalangan atvyorka va omburlar.
Vediodagi holatda bizga kerak boʻladigan ximoya vositalari.
https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

25 Nov, 09:00


#avtomat

❗️Avtomatning Amper miqdori kabelga qarab tanlanadi, quvvatga qarab emas!

https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

25 Nov, 03:55


#magnitliyuritgich

START va STOP knopkalalarini magnitli yuritgichga ulanishi.

📌 Magnitli yuritgichni ulanishini o‘rganamiz.

https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

24 Nov, 12:49


📌 Qadam kuchlanish.

Potensiallar farqini keltirib chiqarmaslik uchun qanday harakatlanish kerak?

https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

24 Nov, 07:33


Faza va liniya kuchlanish nima?

Faza kuchlanishi
- bu bir fazali kuchlanish, ya'ni bir faza va nol orasidagi kuchlanish, bu odatda foydalanish uchun 220 V ga teng.

Liniya kuchlanishi - ko'pincha fazadan fazaga, ya'ni har ikki faza orasidagi kuchlanish deb ataladi va elektr ta'minoti odatda 380V ga teng.

❗️Yulduzli ulanishning liniya kuchlanishi faza kuchlanishdan √3 marta katta.

❗️Uchburchak ulanishda elektr ta'minotining fazaviy kuchlanishi liniya kuchlanishiga teng.

https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

24 Nov, 03:09


Diod - nima? Uning ishlash prinsipi qanday?

Diod-(yunon. di... ikki martalikni bildiruvchi old qo’shimcha va еlektrod) – bir tomonlama еlektr o’tkazuvchanlik xossasiga еga bo’lgan ikki еlektrodli asbob.

Еlektrvakuumli, yarim o’tkazgichli diod, gazotron xillari bor.

Radiotexnika, еlektronika, еnetgetika va texnikaning boshqa sohalarida asosan, o’zgaruvchan tokni to’g’rilash, detektrlash, chastotani qayta o’zgartirish, еlektr zanjirlarni almashlab ulashda ishlatiladi.

https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

23 Nov, 13:40


ASKUE - bu Avtomatik hisob-kitob va nazorat tizimi bo'lib, elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilish uchun mo'ljallangan. Bu tizim yordamida energiya iste'moli, hisob-kitoblar va boshqa ko'rsatkichlarni avtomatik ravishda boshqarish va nazorat qilish imkonini beradi, shuningdek, energetika ta'minotining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.

https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

23 Nov, 09:19


Ish, ish, ish!

Qilayotgan ishlaringizga bir qarang.

U qancha daromad keltirmasin, agar bo‘sh vaqtingizni qoldirmasa, bu ish sizning xo‘jayiningiz.

Agar na oilangiz bilan vaqt o‘tkaza olsangiz, na o‘zingiz haqingizda o‘ylasangiz, na dam olsangiz, bu ish inson uchun to‘g‘ri emas.

Insonlar uchun ish — hayotini davom ettirish uchun vosita. Ish hayotining maqsadi bo‘lmasligi kerak.

Bugungi dunyo katta zavodga o‘xshab qolgan. Insonlarning bo‘sh vaqti yo‘q.

Fikr qilishga fursat yoʻqligi, insonlarning qalbini qotirib yuboryapti. Bunday insonlarda tinimsiz ish boʻladi, gʻaflat boʻladi, oʻlim kelgunicha dunyo matosi hirsi boʻladi.

Ishlash kerak, ishlamang demayman, ammo me’yorida bo‘lishi kerak. Ishning boshlanishi va tugashi bo‘lishi ham kerak!

P.S bu post negativ yozish uchun emas.
https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

15 Nov, 15:11


🔧 Электроника ва маиший техника таъмири учун зарурий маълумотлар ва маслаҳатлар!

Агар сиз электроника ёки маиший техника таъмири билан шуғуллансангиз — сизга актуал маълумотлар, янги маҳсулотлар ва амалий маслаҳатлар керак!

Tx Electronics Каналида сизни нималар кутяпти?

🔌 Янги маҳсулотлар ва ускуналар тўғрисидаги маълумотлар
🛠️ Таъмир ва хизмат кўрсатиш бўйича амалий маслаҳатлар ва ечимлар
📈 Мавсумий таклифлар ва акциялар, улардан фойдаланиш учун!

Обуна бўлинг ва биз билан янги имкониятларни қўлга киритинг👇🏻

https://t.me/+mvkFSPgfOfM5Njli

Kip Avtomatika va Elektronika

15 Nov, 12:12


Chet el kollejlarida elektronika boʻyicha amaliyot darslari!

Bizni nomdor universitet va institutlarimizda ham bunday laboratoriyalar mavjud emas.

Sizningcha bizda ham shu sharoitlar yaratilsa nimalar oʻzgarar edi?

https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

15 Nov, 08:05


🇨🇳Xitoyda led lampa yigʻish jarayoni.

https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

15 Nov, 03:50


📌Sizningcha lavha nima xaqida.

📝Kommentariyada javoblaringizni kutamiz.


https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

14 Nov, 14:19


NO'A va A (КИП и А)
👨‍🔧Sizni avtomatika oid eng so'ngi yangiliklar,📝 sxemalar bilan tanishtirib boramiz.
Biz bilan bog'lanish uchun aloqa:
@kipavtomatika_bot
Bizning muhokama guruhimiz:https://t.me/kip_avtomatikauz1
https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

14 Nov, 10:28


Kontaktorning ulanish sxemasi.

https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

14 Nov, 03:30


#foydali_kitob
📚📚Sohaga oid foydali kitob
https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

13 Nov, 15:30


NO'A va A (КИП и А)
👨‍🔧Sizni avtomatika oid eng so'ngi yangiliklar,📝 sxemalar bilan tanishtirib boramiz.
Biz bilan bog'lanish uchun aloqa:
@kipavtomatika_bot
Bizning muhokama guruhimiz:https://t.me/kip_avtomatikauz1
https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

13 Nov, 11:31


#himoyavositalari

Himoya vositalarini sinash.

https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

13 Nov, 06:25


Predoxranitil va avtomat o'chirgich farqi nimada?
Quvvat uz jamoasidan.
https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

13 Nov, 03:35


#foydali_kitob
📚📚Sohaga oid foydali kitob.
🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰
https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

12 Nov, 15:54


NO'A va A (КИП и А)
👨‍🔧Sizni avtomatika va energetikaga oid eng so'ngi yangiliklar,📝 sxemalar bilan tanishtirib boramiz. Guruhimiz:https://t.me/kip_avtomatikauz1
Reklama va xamkorlik uchun: @kipavtomatika_bot
Kanalimiz manzili:https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

12 Nov, 11:30


Xavfsiz binolar
Elektr toki urishi ehtimoli minimallashtirilgan xonalar odamlar uchun to'liq xavfsizdir.
Xavfsiz xonalarning mezonlari:
Quruqlik, namlik darajasi 40% dan 45% gacha;
Yaxshi ventilyatsiya qilingan;
Yaxshi isitiladi, havo harorati 18°-20° C;
Tok o'tkazuvchi changlarsiz;
Metall buyumlar bilan to'ldirish koeffitsienti 0,2 dan kam bo'lgan;
Tok o'tkazuvchi materialdan bo'lmagan pollar bilan (yog'och, parket, laminat).
Bunday sharoitda xodimlarning xavfsizligi eng yuqori deb hisoblanadi, ammo shuni esda tutish kerakki, faqat bir fazali kuchlanishga yaqinlashish odamga eng kam zarar keltiradi, lekin bir vaqtning o'zida ikki fazali kuchlanishga tegilganida elektr toki urishi muqarrar. Shuning uchun to'g'ri ish sharoitlarini ta'minlashdan tashqari, elektr jihozlari va boshqa jihozlardan foydalanish bo'yicha xodimlarga yo'l-yo'riq o'tkazish maqsadga muvofiqdir
https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

12 Nov, 04:30


Yaqin doʻstlaringizga yuboring.
https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

11 Nov, 14:11


Dogs loyihasi mualliflaridan yana bir loyiha PAWS.
Start bosing va doʻstlaringizni taklif qiling.

https://t.me/PAWSOG_bot/PAWS?startapp=Xfid41Nh

Kip Avtomatika va Elektronika

11 Nov, 09:35


Quyosh energiyasi.
https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

11 Nov, 04:35


Formulalar oʻzgaruvchan tokda.
https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

10 Nov, 13:25


NO'A va A (КИП и А)
👨‍🔧Sizni avtomatika va energetikaga oid eng so'ngi yangiliklar,📝 sxemalar bilan tanishtirib boramiz. Guruhimiz:https://t.me/kip_avtomatikauz1
Reklama va xamkorlik uchun: @kipavtomatika_bot
Kanalimiz manzili:https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

10 Nov, 09:59


Farmoyish bo‘yicha quyidagi ishlar bajarilishi mumkin:
a) kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan uzoqda bajariladigan davomiyligi bir smenadan ortiq bo‘lmagan ishlar;
b) ishlab chiqarish zaruratidan kelib chiqqan holda, davomiyligi 1 soatgacha bo‘lgan ishlar;
v) kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalarida kuchlanish olingan holda, davomiyligi bir smenadan ortiq bo‘lmagan ishlar
Farmoyish bo‘yicha bajarilishi ko‘zda tutilgan ishlar naryad beruvchi shaxsning ixtiyoriga ko‘ra naryad bo‘yicha bajarilishi mumkin.
https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

10 Nov, 04:14


❗️Oʻrganib oling.

Turli xil suv isitish tentlarining ulanishi.

https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

09 Nov, 11:59


Asosiy himoya vositalari.
https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

05 Nov, 04:05


‼️Tez – tez ro‘y beradigan xato – orttirilgan tok ishlab chiqqaruvchi avtomatni qo‘llash.

Bu aslida xatoning o‘zigina emas balki qoidani buzish ham hisoblanadi.

⚠️ Agar o‘tkazilgan rozetkalarni 10 A li avtomat himoya qilayotgan bo‘lsa va uy egasi 2,2 kVt quvvat iste’mol qiluvchi elektr choynakni sotib olsa hamda uni yoqsa nima ro‘y beradi? Avtomat ishlaydi. Uy egasi uzoq o‘ylab o‘tirmay avtomatni kattaroq ishlab ketish tokiga ega, 16 A li hattoki 25 A lisi (qo‘liga tushib qolgan avtomat) bilan almashtiriladi. Bundan keyin avtomat olib tashlanmaydi. Bunday toklarga hisoblanmagan tarmoq ortiqcha yuklanish bilan ishlaydi va o‘tkazgichlar qizib ketadi. Agar omad kulib boqsa, sim izolyatsiyasi kuyib erish natijasida qisqa tutashuv ro‘y berganida, avtomat ulab – uzgich ishga tushadi.

https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

04 Nov, 14:57


Dogs loyihasi mualliflaridan yana bir loyiha PAWS.
Start bosing va doʻstlaringizni taklif qiling.

https://t.me/PAWSOG_bot/PAWS?startapp=Xfid41Nh

Kip Avtomatika va Elektronika

04 Nov, 03:55


Tartibni jarima bilan emas innovatsiya bilan o‘rnatishga kirishganlar...
#nocomment
https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

03 Nov, 10:55


Испытание лампы на 20000 Ватт.

Yanada ko'proq ma'lumotlarga ega bo'lish uchun kanalimizga obuna bo'ling.
Kanal linki👇
🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰
https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

03 Nov, 04:17


Fotorelening oddiy sxemasi.
https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

03 Nov, 02:54


Sizning telegramingizni ochgan vaqtingizga qarab pul beradigan botni bilarmidingiz 🤔?
Bu botimiz sizga shu imkoniyatni taqdim qiladi marhamat foydalanib qoling.
Aytgancha botimiz sizni telegramdan qancha vaqtdan beri foydalanayotganizni ham aniqlab beradi.

https://t.me/Pandas_HouseBot?start=1756543156

Kip Avtomatika va Elektronika

02 Nov, 09:09


🔋Kondensator qanday tekshiriladi?

Vediomiz orqali kondensatorning ishlash yoki ishlamasligi qanday tekshirilishini oʻrganamiz
https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

02 Nov, 04:15


1-noyabrdan boshlab tabiiy gazning ijtimoiy norma miqdori 100 metr kubdan 500 metr kubgacha oshirildi, ya’ni oylik bazaviy me’yorlar isitish mavsumi uchun mo‘ljallangan shkalaga o‘tdi.

Noyabr, dekabr, yanvar va fevral oylarida bir oylik me’yorlar quyidagi tartibda bo‘ladi:

500 m3 gacha — 650 so‘m (1 m3 gaz uchun);
501 m3 dan 2500 m3 gacha — 1500 so‘m;
2501 m3 dan 5000 m3 gacha — 1950 so‘m;
5001 m3 dan 10000 m3 gacha — 2275 so‘m;
10001 m3 va undan yuqori — 2600 so‘m.
https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

01 Nov, 14:33


Dogs loyihasi mualliflaridan yana bir loyiha PAWS.
Start bosing va doʻstlaringizni taklif qiling.

https://t.me/PAWSOG_bot/PAWS?startapp=Xfid41Nh

Kip Avtomatika va Elektronika

01 Nov, 10:15


Modulli kontaktor.
https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

01 Nov, 04:01


Rele va kontaktor farqi qanday🤔.

Keling bugun shu haqida gaplashamiz.

Rele-elektr bilan boshqariladigan almashtiruvchi uskuna(viklyuchatel). U bitta yoki bir nechta boshqaruv signallari uchun kirish terminallari to'plamidan va ishlaydigan kontaktli terminallar to'plamidan iborat.

Kamida ikkita NO/NC kontaktidan iborat.

Hajmi kichikroq.

Maks boshqaruv, avtomatlashtirish sxemasi, himoya sxemalari va kommutatsiya kichik elektron sxemalarida qo'llaniladi.

Kontaktor-past kuchlanishli oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok zanjirlarini maʼlum masofadan turib ulab oʻzadigan elektromagnit apparat. Mustaqil va magnitli ishga tushirish, ish mashinasi va qurilma ichiga oʻrnatilgan xillari boʻladi. Elektromagnitdan tok oʻtganda elektromagnit gʻaltagi yakorni oʻziga tortadi va zanjir kontaktlari tutashadi.

3 fazali quvvat kontaktlari to'plamidan iborat va ba'zi hollarda qo'shimcha yordamchi kontaktlar ham mavjud.

• Kontaktörlar ichida yoy osma tartibi mavjud

• Dvigatel, kondensatör, yorug'lik va boshqalarni o'chirish uchun ishlatiladi.

https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

31 Oct, 10:02


#buni_bilarmidingiz

Joriy ekspluatatsiya nima?

Joriy ekspluatatsiya — bu tezkor (tezkor ta’mirlovchi) xodimlar tomonidan ularga biriktirilgan uchastkalarda mustaqil ravishda bir smena davomida TXQ larining 123-bandida keltirilgan ishlarning bajarilishi.

❗️Elektr qurilmalarida joriy ekspluatatsiya tartibida bajariladigan ishlar xavfsizligini ta’minlovchi tashkiliy chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:

👉 elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxs tomonidan TXQ belgilangan va  mahalliy sharoitlarga qarab to‘ldirilgan ishlar ro‘yxati tuzilishi va uni korxona bosh muhandisi (rahbari) tomonidan tasdiqlanishi;

👉 ish bajaruvchi tomonidan aniq ish bajarilishi zarurati va uning xavfsiz bajarilishi imkoniyati aniqlanishi.

https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

31 Oct, 05:40


💼 HH.UZ orqali rezyume yuborish bo‘yicha qadamma-qadam qo‘llanma

🔑 1-qadam: Platformada ro‘yxatdan o‘ting
◦  hh.uz saytiga kirib, ro‘yxatdan o‘ting.
◦  Shaxsiy ma’lumotlaringizni kiritib, login va parol yarating.

🖋 2-qadam: Rezyume yaratish
◦  “Rezyume yaratish” bo‘limiga o‘ting.
◦  Ta’lim, ish tajribasi, malakalaringizni aniq va batafsil kiriting.

🔍 3-qadam: Vakansiyalarni izlash
◦  Mos vakansiyalarni izlash uchun qidiruv panelidan foydalaning.
◦  Soha, shahar va maosh miqdori bo‘yicha filtrlardan foydalaning.

📤 4-qadam: Rezyume yuborish
◦  Tanlangan vakansiyaga “Rezyume yuborish” tugmachasini bosing.
◦  To‘g‘ri aloqa ma’lumotlaringizni taqdim eting.

📄 5-qadam: Motivatsion xat yozish (ixtiyoriy)
◦  Agar kerak bo‘lsa, motivatsion xat qo‘shing. Bu xatda o‘zingizni nega aynan ushbu ishga mos deb hisoblashingizni bayon qiling.

🕰 6-qadam: Javob kutish
◦  Rekruterlar bilan muloqotga tayyor bo‘ling. Telefon va elektron pochtangizga murojaatlar bo‘lishini kuting.

🔄 7-qadam: Rezyumeni doimiy yangilab turing
◦  Yangi malaka va tajribalaringizni qo‘shib, rezyumeni muntazam yangilang.

📌 Maslahatlar:
◦  Rezyumeni har bir vakansiyaga moslashtiring.
◦  Kalit so‘zlardan foydalanib, rezyumening qidiruv tizimida ko‘rinishini oshiring.
◦  Imloviy xatolardan saqlaning.

❗️Aniq va to‘g‘ri to‘ldirilgan rezyume bilan orzuingizdagi ishga erishish imkoniyati yuqori!

©Bankxabar
https://t.me/engineering_hh

Kip Avtomatika va Elektronika

30 Oct, 13:40


Kip Avtomatika va Elektronika pinned «Dogs loyihasi mualliflaridan yana bir loyiha PAWS. Start bosing va doʻstlaringizni taklif qiling. https://t.me/PAWSOG_bot/PAWS?startapp=Xfid41Nh»

Kip Avtomatika va Elektronika

30 Oct, 13:37


Elektriklar.
https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

24 Oct, 12:25


#buni_bilarmidingiz

📌 Kuchlanish olinib bajariladigan ishlar uchun ish joyini tayyorlash bo‘yicha quyidagi texnik chora-tadbirlar ko‘rsatilgan tartibda bajarilishi shart:
💠 zarur o‘chirishlarni amalga oshirish va ish joyiga kommutatsiya apparaturasining yanglishib yoki o‘z-o‘zidan ulanib qolishi oqibatida kuchlanish berilishini istisno etuvchi choralarni ko‘rish;

💠 qo‘lda boshqariladigan uzatmalarga va masofadan boshqariladigan kommutatsiya apparatlarining kalitlariga taqiqlovchi plakatlarni osib qo‘yish;

💠 odamlarni elektr tokidan jarohatlanishdan himoya qilish uchun yerga ulanishi zarur bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlarda kuchlanish yo‘qligini tekshirish;

💠 yerga ulagichni o‘rnatish (yerga ulagich pichoqlarini ulash, ular bo‘lmagan taqdirda, ko‘chma yerga ulagichlarni o‘rnatish);

💠 ogohlantiruvchi va ko‘rsatma beruvchi plakatlarni osib qo‘yish, zarur bo‘lgan taqdirda, ish joyini va kuchlanish ostida qolgan tok o‘tkazuvchi qismlarni to‘sish.

Manba: PTB 9- ilova 1-band.
https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

24 Oct, 08:25


ELЕKTR  USKUNALARIGA  XIZMAT  KO‘RSATUVCHI  XODIMLARNING ELЕKTR  XAVFSIZLIGI  BO‘YICHA GURUHLARI
1.18 yoshga to‘lmagan shaxslarga II–guruhdan yuqori guruh berishga ruxsat etilmaydi.
2. I–guruh olish uchun ushbu elektr uskunalar bo‘yicha elektr xavfsizligidan
yo‘riqnoma olishi va uni yo‘riqnomalarni ro‘yxatga olish jurnalida qayd
qilish kifoya, I–guruhali ishchilarga guvohnoma berish talab qilinmaydi.
3. II–V–guruh olish uchun xodim quyidagilarni bilishi shart:
elektr uskunalaridagi ishlar bilan bog‘liq bo‘lgan xavf–xatar to‘g‘risida aniq
tasavvurga ega bo‘lishi;
ushbu va boshqa xavfsizlik qoidalarini ishga tegishli hajmda amalda qo‘llay
bilishi;
elektr uskunalarining jihozlari va tuzilishlarini bilishi;
baxtsiz xodisalar sodir bo‘lganda jabrlanuvchiga amaliy birinchi yordam
berishi, shuningdek yurakni tashqaridan massaj qilish va sun’iy nafas
oldirishni bilishi zarur. Bundan tashqari, IV,V–guruh olish uchun elektr
uskunalar joylashishini va ishni xavfsiz tashkil qilishni bilishi zarur.
V–guruh olish uchun bundan tashqari yana xavfsizlik qoidasiga qayd qilingan
xar bir bandning kelib chiqish sababini aniq bilishi shart.
Ushbu talablar minimal hisoblanadi.
https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

24 Oct, 04:20


Hamma narsani unutib ishlaydigan joyi ekan😁.

Kip Avtomatika va Elektronika

23 Oct, 14:19


NO'A va A (КИП и А)
👨‍🔧Sizni avtomatika va energetikaga oid eng so'ngi yangiliklar,📝 sxemalar bilan tanishtirib boramiz. Guruhimiz:https://t.me/kip_avtomatikauz1
Reklama va xamkorlik uchun: @kipavtomatika_bot
Kanalimiz manzili:https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

23 Oct, 11:15


Avtomatik boshqaruv tizimlari ierarxiyasi

Boshqarish ob'ektlari ierarxiyasi (qurilma, liniya, ustaxona, korxona) boshqaruv tizimlari ierarxiyasini (PLC/DCS, SCADA, MES, ERP tizimlari) keltirib chiqaradi.
https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

23 Oct, 05:15


Haqiqiy elektriklar ish qurollari.
https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

22 Oct, 13:08


​​Biz o'z ish faoliyatimizni olib borar ekanmiz albatta texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishimiz zarur. Bugun birlamchi yong'in o'chirish vositalari xaqida gaplashamiz.
Birlamchi yong'in o'chirish vositalari- yong'in sodir bo'lganda yong'in o'chirish xizmati yetib kelguncha biz foydalanishimiz mumkin bulgan vositalar,bularga o't o'chirish yashiklari,qum,o't o'chirgichlar kiradi.
Biz bugun o't o'chirgichlar xaqida gaplashamiz.
O't o'chirgichlar (огнетушитель)
ОП-5,ОП-10 огнетушитель порошковые- kamida 1 metr xavfsiz masofa oralig'ida 1000v gacha kuchlanish ostidagi elektr jihozlarini o'chirish uchun mo'ljallangan xamda qattiq yonuvchi moddalar, yonuvchi suyuqliklar, yonuvchi gazlardan yong'in chiqganda qo'llaniladi.
Oʻt uchirish asbobidagi siquvchi gaz havodir.
Asbobning sof ogʻirligi 5 kg, 10 kg.
Asbob ishlatilganidan keyin darhol zaryadlanishi kerak. Monometr strelkasi yashil rangda tursa toʻla hisoblanadi.
Har 5 yilda bir marta sinovdan oʻtkazilib, qayta zaryadlanadi.
Har 2 yilda kamida 1 marta tekshiriladi.

ОУ-2, ОУ-5 огнетушитель углекислотный- Qattiq yonuvchi materiallar,yonuvchi gazlar 1000 v gacha kuchlanish ostidagi elektr jihozlaridan yong'in chiqganda ishlatiladi.

Ishlatish buyicha yoʻriqnoma.
1. Xalqa tortiladi
2. Dasta bosilib, purkagich olovga toʻgʻirlanadi
Yonuvchi suyuqliklardan yongʻin chiqqanda ishlatilmaydi.
Zaryad ogʻirligi 3,5 (±0,1) kg. Zaryad ogʻirligi oʻlchab koʻrish bilan aniqlanadi. Saqlash joyi -20 dan +50  °S gacha boʻlishi kerak.
ОВП- огнетушитель воздушный пенный- (xavoli ko'pikli o't o'chirgichlar)  yengil alangalanuvchi suyuqliklarda, skaladlarda,arxivda,kutubxonalarda ishlatiladi.
Havoli koʻpikli oʻt oʻchirgich
HKOʻOʻ -100 (OVP-100) bilan yengil alangalanuvchi suyuqliklarni (LVJ) va yonuvchi suyuqliklarni, omborxonalarda,  arxivlarda, kutubxonalarda yongʻinni oʻchirishda ishlatiladi. Tok uzilmagan vaqtda elektr uskunalari yonganda ishlatish mumkin emas.
Idish sigʻimi 100±2 l.
Oʻt oʻchirish birikmasi 90±2.4 l. shu jumladan suv 85±2 l.
Koʻpik hosil qiluvchi kukun (PO-1) 5±0.4 l.
Koʻpik uloqtirish uzoqligi: 5 metr.
Ishlash vaqti: 90±10 sek.
Shlang uzunligi: 5 m.
Ogʻirligi: 160 kg.


Yanada ko'proq ma'lumotlarga ega bo'lish uchun kanalimizga obuna bo'ling.
Kanal linki👇
🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰
https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

22 Oct, 04:55


Tayanchlarning balandligi va ulardan oʻtadigan kuchlanish.
https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

21 Oct, 10:03


Xavfliligi yuqori binolar
Ushbu turdagi binolarda elektr toki urishi ehtimoli xavfsiz binolarga qaraganda ancha yuqori, shuning uchun xodimlar o'z vazifalarini bajarishda ayniqsa ehtiyot bo'lishlari kerak.
Bunday hollarda rahbariyatning vazifasi baxtsiz hodisalarni minimallashtirish va mehnat sharoitlarini yaxshilashdir.
Elektr xavfsizligi uchun binolarning ushbu toifasiga quyidagi ob'ektlar kiradi:
Yuqori namlik 70-80% yoki namlik 100% gacha ko'tarilishi mumkin bo'lganlar;
Yomon ventilyatsiya qilingan;
Tok o'tkazich qobiliyatiga ega pollar bilan jixozlangan;
Yerga o'tkazgich mavjud;
Tok o'tkazuvchi chang bilan (chizish sexlari, ko'mir tegirmonlari va boshqalar);
Issiq, unda havo harorati 30 ° C dan oshadi;
Ko'p metall jihozlar bilan.
Bunday sharoitlarda xavfsizlikni oshirish pollarni miqsiz yotqizish, yaxshi shamollatish tizimlarini o'rnatish va ishchilar uchun xavfsizlik qoidalarini bilish talablarini oshirish orqali erishiladi. Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish jarohatlarni minimallashtirishga imkon beradi.
https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

21 Oct, 05:02


#symbols
https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

20 Oct, 14:02


Oddiy kuchaytirgich.

https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

20 Oct, 07:45


UZOni avtomatdan oldin qo'yish kerakmi yoki keyin qo'yish kerakmi?

UZO bilan avtomatni birga o'rnatishdagi, har xil variantlarni ko'rib chiqaylik.

1. Bitta UZO bir nechta avtomatlar guruhini himoya qilsa. ( 1-rasm )
Birinchi bo'lib UZO o'rnatiladi keyin bir nechta avtomatlar o'rnatiladi. Eng ko'p tarqalgan usul.

2. Har bir guruhni  alohida UZO va avtomat himoya qilsa.  (2-rasm)
Bunda birinchi avtomat o'natiladi keyin UZO o'rnatiladi.

Agar shitda bir nechta guruh bo'lsa, yuqoridagi DIN reykada guruh avtomatlari, pastdagi DIN reykada UZOlar o'rnatiladi. Har bir UZO o'zini avtomatiga ulanadi. (3-rasm)

Umuman olganda UZO va avtomatni birga o'rnatishda ketma-ketligini unchalik ahamiyati yo'q. Chunki ketma-ket ulanganligi sababli ikkalasidan ham bir xil tok oqib o'tadi. Asosiy vazifa himoyalash uchun nominal toklarini to'g'ri tanlansa bo'lgani.
🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰
https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

19 Oct, 13:39


Birinchi UZO 1928 yilda nemis kompaniyasi RWE - Rheinisch-Westfalisches Elektrizitatswerk AG (Patent No 552678) tomonidan patentlangan. Patentli qurilmaning asosiy farqi odamlarni elektr toki urishidan himoya qilish uchun oqimning differentsial himoyasi printsipidan foydalanish edi, bu esa ilgari faqat uskunalar - generatorlar, liniyalar, transformatorlarni himoya qilish uchun ishlatilgan.
https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

17 Oct, 16:58


NO'A va A (КИП и А)
👨‍🔧Sizni avtomatika va energetikaga oid eng so'ngi yangiliklar,📝 sxemalar bilan tanishtirib boramiz. Guruhimiz:https://t.me/kip_avtomatikauz1
Reklama va xamkorlik uchun: @kipavtomatika_bot
Kanalimiz manzili:https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

17 Oct, 05:40


Puskatel va kontaktor qanday farqi bor?
Kontaktor-bu qurilma,puskatel esa toʻliq sxema boʻlib ular bir birini toʻldiradi.
Quvvat.uzb jamoasidan.
https://t.me/kip_avtomatikauz

Kip Avtomatika va Elektronika

16 Oct, 05:50


Kuchlanish ostidagi elektr qurilmalarda ishlaganda yengi kalta yoki shimarilgan kiyimda ishlash, shuningdek, temir arralar, egovlar, metalldan qilingan metrlar va boshqa shunga o‘xshash asboblardan foydalanish taqiqlanadi.
https://t.me/kip_avtomatikauz