Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti Yoshlari @qiatiyoshlari Channel on Telegram

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti Yoshlari

@qiatiyoshlari


"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetining
Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutining Yoshlariga oid yangiliklar yoritib boriladigan axborot kanali!!!

Murojaat va eʼlonlar uchun
👉 @Davron942914548

Yoshlar yetakchisi
👉 @Aziz_Fayziyev96

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti Yoshlari (Uzbek)

TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutining Yoshlariga oid yangiliklar yoritib boriladigan axborot kanali! Bu kanal orqali Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti yoshlari haqida eng so'nggi yangiliklarni olishingiz mumkin. Kanalda murojaat va e'lonlar uchun @Davron942914548 ga murojaat qilishingiz mumkin. Yoshlar yetakchisi @Aziz_Fayziyev96 ga ham murojaat qilishingiz mumkin. Agar siz Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti yoshlari bilan bog'liq yangiliklardan xabardor bo'lishni istasangiz, ushbu axborot kanaliga obuna bo'ling! Bu kanal siz uchun foydali va ma'lumotlar bilan to'la bo'lgan mahsulotlar taklif etadi.

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti Yoshlari

18 Jan, 16:15


Kuch bilim borida o'qib olish kerak yoshlar.

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti Yoshlari

16 Jan, 18:51


#Mirzo_Ulugbek_vorislari

⚡️2025-yilgi “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanloviga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda tegishli davlat organlari hamkorligida respublikamizdagi iqtidorli yoshlarni kashf qilish uchun “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovi e’lon qilindi.

Ushbu tanlov barcha yoshlarning imkoniyat eshiklarini ochuvchi kalit hisoblanadi. Ushbu tanlovga 16-25 yosh oralig'idagi barcha o'z startap va innovatsion go'yalariga ega yoshlar qatnashish mumkin.

1-bosqich tuman BHMning 5
2- bosqich viloyat BHMning 10
3- bosqich respublika BHMning 20 barobarida pul mukofoti va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.


Tanlovda ishtirok etishni istagan yoshlar https://vorislar.uz/ sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari yoki o‘zi tahsil olayotgan OTM mas’ullariga murojaat qilishlari mumkin.

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefonlar: +99894 128-92-62 , +99855 520-08-08 (ichki raqam 357).

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti Yoshlari

13 Jan, 06:12


🇺🇿O‘zbekistondagi oliy taʼlim muassasalari sonini bilarmidingiz?

➡️1940/1941-o‘quv yilida O‘zbekistonda 30 ta oliy o‘quv yurti bo‘lib, ularda 19.061 nafar talaba o‘qigan.
➡️Keyinchalik, jahon urushi o‘qishga salbiy taʼsir qilib, taʼlim oladigan talabalar soni keskin kamayib ketgan.

↪️Mustaqillik arafasida O‘zbekistonda 41 ta oliy o‘quv yurti bo‘lib, ulardan: 3 tasi universitet, 15 tasi pedagogika, 7 tasi texnika, 5 tasi tibbiyot, 3 tasi iqtisod, 4 tasi qishloq xo‘jaligi, 3 tasi sanʼat, 1 tasi jismoniy tarbiya va sport instituti.

↪️2002-yil O‘zbekistonda oliy o‘quv yurtlari soni 61 tani tashkil etdi. Bulardan 18 tasi universitet bo‘lib, 2001/2002-o‘quv yilida 61 ta oliy o‘quv yurtlarida 207,2 ming nafar talaba taʼlim oldi.

↪️Bugungi kunga kelib esa O‘zbekistondagi oliy taʼlim muassasalari soni 213 taga yetdi. Bulardan: 116 tasi davlat, 67 tasi nodavlat, 30 tasi esa xorijiy oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.

Institut Yoshlar ittifoqining
Axborot xizmati ✍️

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti Yoshlari

03 Jan, 10:25


#Obunachilar #RasmiySahifa

🗣 Biz Instagramda 19 mingta bo‘ldik!

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi kuzatuvchilari soni 19 mingtaga yetdi. Bugungi kunga qadar sahifamiz orqali ulashgan postlarimiz esa 3 000 tadan oshdi.

🙋 Yoshlar hayotiga oid so‘ngi va foydali yangiliklarni sevimli ijtimoiy tarmog‘ingizdagi sahifamiz orqali kuzatib boring.

📱Instagramda kuzatish - instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti Yoshlari

31 Dec, 19:03


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti Yoshlari

31 Dec, 18:59


2025 йил — Мамлакатимизда атроф муҳитни асраш ва яшил иқтисодиёт йили деб эълон қилинди.

Бу ҳақда Шавкат Мирзиёев ўзбек халқига йўллаган янги йил табригида маълум қилди.

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti Yoshlari

30 Dec, 07:40


“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi ichimlik suvini asrashga chaqirdi

https://t.me/QIATIYoshlari
https://t.me/QIATIYoshlari
https://t.me/QIATIYoshlari

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti Yoshlari

28 Dec, 15:14


#E’tirof#Qashqadaryo

🇺🇿 Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Kengashining 2024-yil yakunlari yuzasidan hisobot yigʻilishi hamda tizimdagi faol yoshlar yetakchilarining taqdirlash marosimi oʻtkazildi.


Tadbirda O'zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Kengashi raisi Baxtiyor Norqobilov hamda Harbiy aviatsiya instituti boshlig'i o'rinbosari Sardor Qobulov soʻzga chiqib yil yakuni yuzasidan hisobot hamda yangi 2025-yil uchun dasturiy rejalarni aytib oʻtdi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram 🚀Instagram 🌎Facebook

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti Yoshlari

28 Dec, 15:13


#TaqdirlashMarosimi #Qashqadaryo

🗣 Qashqadaryoda yil yakunlari bo‘yicha bir guruh yoshlar Harbiy aviatsiya institutida taqdirlandi

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Kengashi tomonidan yil davomida samarali faoliyat olib borgan hududdagi barcha oliy ta'lim muassasalari boshlang‘ich tashkilotlaridagi Yoshlar yetakchilari Markaziy Kengash raisining tashakkurnomasi, tashkilotning maxsus statuetkalari va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bizning sahifalarimiz
:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti Yoshlari

02 Dec, 15:39


📌 8 dekabr - Oʻzbekiston konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan necha kun dam beriladi?

Dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga toʻgʻri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga koʻchiriladi. (MK 208-modda 2-q . Bu yil 8-dekabr yakshanba kuniga toʻgʻri kelayotgani munosabati bilan bayram uchun dam olish kuni dushanba kunga koʻchiriladi. Shu sababli:

👉 Haftada 5 kun ishlovchilar uchun 7,8,9 dekabr kunlari dam olish kuni.

👉 Haftada 6 kun ishlovchilar uchun 8,9 dekabr kunlari dam olish kuni hisoblanadi.

Kanalga obuna boʻling⤵️
https://t.me/OTM_Minbari

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti Yoshlari

02 Dec, 09:58


📚 Sarmonov Nodirbek O‘tkir o‘g‘lining texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

🔻OʻzAning telegram kanallariga aʼzo boʻling

O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti Yoshlari

02 Dec, 06:31


❗️Huquqni muhofaza qilish akademiyasi sovrin jamg‘armasi 45 mln so‘m bo‘lgan tanlov e'lon qildi

Tanlov energiya resurslaridan foydalanishda huquqbuzarliklarning oldini olish hamda sohada samarali nazoratni tashkil etishda innovatsion yondashuvlar boʻyicha o‘tkaziladi.

Tanlovda kimlar qatnasha oladi?

🔹sohadagi amaliyotchi mutaxassislar;
🔹barcha OTM va ilmiy tadqiqot muassasalarining xodimlari (Akademiya xodimlari bundan mustasno);
🔹tadqiqotchilar va talabalar.

💰Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:

🥇1-oʻrin: 20 mln soʻm;
🥈2-oʻrin: 15 mln soʻm;
🥉3-oʻrin: 10 mln soʻm.

Tanlov shartlari:

tanlov mavzusi doirasida hajmi 3-5 betdan oshmagan ilmiy-amaliy tahlillarga asoslangan takliflar tayyorlash;
amaliyotdagi muammo va huquqbuzarliklarni misollar yordamida tahlil qilish;
huquqbuzarliklar shakllari va koʻrinishlarini bayon qilish hamda ularning oldini olish boʻyicha aniq takliflar tayyorlash;
takliflarni tayyorlashda ilgʻor xorijiy tajribaga asoslanish.

📩 Tahlil va takliflarni 10-dekabrga qadar Akademiyaning [email protected] elektron pochtasiga (Word yoki PDF formatda) yuborish talab etiladi.

Ishtirokchilarning takliflari Akademiya tomonidan baholanadi va natijalar 10 ish kuni ichida eʼlon qilinadi.


👉 @xushnudbek 👈

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti Yoshlari

02 Dec, 06:29


💙💙💙

💧Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti Rektori Muqimov Zarip Majlisovichning tashabbuslari bilan ta'lim jarayonlarini samarali tashkil etish maqsadida va talabalarning muammolarini tezkor hal qilish uchun Rektor murojat boti ish boshladi.

MUROJAAT QILISH TARTIBI:
-Familiya, Ism, Sharif
-Tahsil olayotgan akademik guruhingiz (to‘liq)
-Telefon raqamingiz!
-Murojaatingiz (to'liq)

#ESLATMA
Anonim murojaatlar o‘rganib chiqilmaydi.

💧“TIQXMMI” MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti Rektori murojaat boti 📲@talabalarmurojaati_bot

Bizning rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifalarimiz:
💧 tiiamekb.uz  📝Telegram 
💻  Instagram   📹 You tube

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti Yoshlari

27 Nov, 08:49


"Илм олиш – ўзингизни кашф этишнинг бир йўлидир. Вазиятнинг яхшиланиши ёки тақдирнинг ғойибона совғасини кутиб ўтирманг. Биринчи қадамни СИЗ ташланг ва ҳаммасини ўз қўлингизга олинг!"

"
ishonch.uz"нинг бугунги суҳбатдоши Зулфия номидаги давлат мукофоти соҳибаси,  "Эл-юрт умиди" стипендияси соҳибаси ҳамда дунёнинг "ТОП-100" талик рейтингидан жой олган Буюк Британиянинг Глазго университети битирувчиси Мухлиса Мамажонова.

▶️Видео: https://youtu.be/CZqZcT3RJLM

Расмий саҳифаларимиз 👇
Telegram / Facebook  / Twitter / instagram  / You tube

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti Yoshlari

27 Nov, 05:42


«ТИҚХММИ» Миллий тадқиқот университетига “Техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги” директори маслаҳатчиси Мамадалиева Ноибахон Саидаминовна раҳбарлигидаги делегация ҳамкорликнинг янги босқичларини белгилаш мақсадида ташриф буюрди.

Университет ректори билан бўлиб ўтган учрашувда делегация раҳбари университетда олиб борилаетган юқори даражадаги ҳамкорлик ишлари, биргаликда амалга оширилаётган лойиҳалар учун ташаккур билдирди. Учрашувда икки ташкилотнинг ҳамкорлик йўналишларини кенгайтириш мақсадида қуйидаги таклифлар муҳокама қилинди:

- «ТИҚХММИ» Миллий тадқиқот университети ҳузурида агентликнинг илмий-техник кенгашини ташкил этиш, талаба ва магистрларнинг битирув малакавий иши, магистрлик ва PhD диссертация мавзуларини соҳадаги муаммоларга йўналтириш ҳамда ҳимоясини Агентликда ташкиллаштириш;
Ўзбекистон миллий метрология институти ва «ТИҚХММИ» Миллий тадқиқот университети олимлари ҳамкорликда қўшма илмий лойиҳаларни тайерлаш;
- “Техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги” ишчи ходимлари, соҳа мутахассислари ва университет профессор-ўқитувчилари, ёш олимлари, талабалар иштирокида учрашув ташкил этиш ва муаммолар ечимига қаратилган давра суҳбати ўтказиш, метрология йўналишида Start-up лойиҳалар амалга ошириш ва агентликнинг махсус стипендияларини талабалар учун жорий этиш бўйича келишувга эришилди


Tiiame.uz | Facebook | Instagram | Telegram | Youtube

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti Yoshlari

26 Nov, 11:33


🎯 Barcha talabalar va ilmiy izlanuvchilar diqqatiga!

🔍 “Orzuyingiz sari ilk qadamni tashlang!”
Har yili minglab talabalar davlat va xalqaro stipendiyalarni qo‘lga kiritadi. Nima uchun siz ham ulardan biri bo‘la olmaysiz?

💡 Qiziqyapsizmi,unda eshiting
Bizning kanalda:
Nomli Davlat stipendiyalariga va xalqaro stipendiyalarga hujjat tayyorlash
Maqola yozish bo'yicha ko'nikmalar berib o'tiladi.
CV tayyorlash bo‘yicha maslahatlar berib boriladi.
Scopus, Web of science ,Google scholar bazalaridan foydalanish bo'yicha boshlang'ich ko'nikmalar
Ilmiy yangiliklardan habardor bo'lasiz!

💫Kanalimizning sizga foydasi tegsa ilm yo'lingizda sizga manfaatli bo'lsa biz bundan faqatgina mamnun bo'lamiz!
📲 Harakat qiling!
Bugunoq kanalimizga qo‘shiling va yangi imkoniyatlar sari ilk qadamni tashlang!

https://t.me/+Rl6J7WoXHLExMzgy – Ilm yoʻlida biz bilan birga bo'ling🕊

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti Yoshlari

25 Nov, 11:39


#GrantVaStipendiya

🗣 Belarus elchixonasidan O‘zbekiston yoshlari uchun imtiyozli grant dasturi!

🇧🇾 Belarus Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi mamlakatimiz yoshlari uchun 2025/2026-o‘quv yili uchun Belarusdagi oliy ta'lim muassasalariga bakalavr va magistratura bosqichlari uchun imtiyozli grant dasturini taklif qiladi.

🗒 Dastur doirasida quyidagi ta'lim yo‘nalishlari taklif qilinmoqda:

Bakalavr darajasi uchun:

➡️ Axborot tizimlari va texnologiyalari;
➡️ Dasturlashtiriladigan mobil tizimlar;
➡️ Kompyuter fanlari va dasturlash texnologiyalari;
➡️ Tibbiyot;
➡️ Dorixona va farmatsevtika;
➡️ Biotibbiyot fani;
➡️ Elektr va avtonom transport;
➡️ Texnologik mashinalar va uskunalar.

Magistratura darajasi uchun:
➡️ Agrosanoat majmuasida texnik xizmat ko‘rsatish;
➡️ Jahon iqtisodiyoti.

🎓 Grant dasturi stipendiya, ilmiy ishlar uchun moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, yotoqxona bilan ta'minlashni o‘z ichiga oladi.

💳 Batafsil ma'lumot va zaruriy hujjatlar namunalarini quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin!

➡️ Yuklash

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti Yoshlari

11 Nov, 12:55


Nemis, Koreys, Yapon, Turk, Arab tillarida ravon so’zlasha olsangiz Sizni yuqori maoshli ishga taklif qilamiz!

Chet el kapitali ishtirokidagi IT Park rezidenti bo'lgan kompaniyalar soni ortishi bilan birga ularning yurtimizdagi chet tillarini biladigan kadrlarga talabi ortmoqda.

Quyidagi tillarda ravon so‘zlasha oladigan iqtidorli kadrlarni izlamoqdamiz:
🔹Nemis tili (800+ bo‘sh ish o‘rni)
🔹Koreys tili (300+ bo‘sh ish o‘rni)
🔹Yapon tili (300+ bo‘sh ish o‘rni)
🔹Turk tili (200+ bo‘sh ish o‘rni)
🔹Arab tili (200+ bo‘sh ish o‘rni)

Agar siz ushbu tillardan birini bilsangiz va ingliz tilini kamida B1 darajasida o‘zlashtirgan bo‘lsangiz, bu yetakchi xalqaro kompaniyalarda karyerangizni boshlash uchun noyob imkoniyatdir. Moslashuvchan ish jadvali, martaba o‘sishi va muvaffaqiyatga yetaklovchi lavozimdan bahramand bo‘ling.

Bu shunchaki ish emas, balki kasbiy imkoniyatlar dunyosiga ochilgan eshikdir! 🌐

Arizangizni topshirishga tayyormisiz? Boshlash uchun havola orqali o‘ting: https://forms.gle/FNcjS6ZPtZgqoDoeA

Jahonning eng yaxshi ish beruvchi kompaniyalarining O’zbekistondagi ofislarida yuqori maoshli, moslashuvchan karyerangiz sari birinchi qadamni qo‘ying!

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti Yoshlari

29 Oct, 04:24


🧐 Эрта тонгдан ақлни чархлаш

Ушбу жадвалда кетма-кет 1 дан 90 гача рақамларни топинг. Ушбу ишни 10 дақиқа ичида амалга оширишга ҳаракат қилинг.

Айтганча, ушбу машқ мия яримшарларининг ривожланишига ижобий таъсир қилади ва бу сизнинг ақлий салоҳиятингиз ошишига хизмат қилади.

Яқинларга юбориб қўямиз👇

👉 https://t.me/QIATIYoshlari

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti Yoshlari

28 Oct, 04:03


https://drive.google.com/file/d/1g5EgmFfeLy5zKCYqK7NrdScMb7lTa1Vn/view

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti Yoshlari

28 Oct, 02:27


📌 Kontrakt to'lovlaridan 12% pulni onlayn qaytarib olish mumkin:

OTMlarda oʻqiyotgan talabalar toʻlagan kontrakt pulidan yoki xususiy bog’cha va maktablar uchun qilingan to’lovlardan 12% qaytarib olish mumkin va buning uchun soliq organlariga borish shart emas.

Buning uchun my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
👉
kontrakt;
👉 ipoteka kreditlari;
👉 nodavlat bog’cha va maktablar.

❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

👉 Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma

👉 12% qaytarilishiga oid batafsil ma’lumot!

Ma'lumot uchun, 1-avgustdan boshlab to’lovlardan 12% qaytarib olish uchun yosh cheklovi olib tashlanmoqda.

Shuningdek Yangi o‘quv yilidan boshlab, oliygohda o‘qiyotgan xotin-qizlar uchun, kim to‘lashidan qatʼi nazar, kontrakt to‘lovi daromad solig‘idan ozod qilinadi.

Kanalga obuna bo’ling⤵️
https://t.me/OTM_Minbari

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti Yoshlari

22 Oct, 05:54


#KelajakUchun #SaylovgaBoraman

🙋 Oʻz kelajaging uchun oʻzing ovoz ber! Qashqadaryoda “Yosh saylovchi” targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.

👤 Tadbir davomida turli xil tanlovlar sport musobaqalari va yakunida kansert dasturi boʻlib oʻtdi.

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti Yoshlari

22 Oct, 05:34


📣 DIQQAT EʼLON

🏢 "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti “Yilning eng faol yil talabasi” tanlovini eʼlon qiladi.

💙Tanlovda oliy ta’lim muassasasida uzluksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib kelayotgan 2-, 3-, 4-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin. Mazkur tanlovda oldingi yillarda ishtirok etib 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan talabalarning qayta ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

➡️ Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi:
✅️Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi;
✅️Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi;
✅️Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
✅️Yilning eng faol sportchi talabasi;
✅️Yilning eng faol iqtidorli talabasi (rangtasvir, grafika, dizayn, amaliy san’at, haykaltaroshlik bo‘yicha);
✅️Yilning eng faol ijodkor talabasi;
✅️Yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uchun).

❗️Tanlov nominatsiyalari bo‘yicha birinchi institut bosqichida yuqori o‘rinlarni egallagan g‘oliblar:
🥇1-oʻrin Bazaviy hisoblash miqdorining
8 barobari;
🥈2-oʻrin Bazaviy hisoblash miqdorining
6 barobari;
🥉3-oʻrin Bazaviy hisoblash miqdorining
4 barobari.

🚀 Respublika bosqichi esa joriy yilning noyabr oyida tashkil etiladi. Ushbu bosqich g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi diplomi, maxsus statuetka hamda  bazaviy hisoblash miqdorining 1-o‘rin 15 barobari, 2-o‘rin 10 barobari va 3-o‘rin 8 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

👍“Yil talabasi” tanlovi nizomi

📝Hurmatli talabalar hujjatlarni fakultet dekanatlariga taqdim etishingiz soʻraladi.
Hujjatlarni qabul qilish 25-31-oktabrgacha!!!

Murojaat uchun Yoshlar yetakchisi @Aziz_Fayziyev96
Tel:
+998912249896

Bizni kuzating
👦QIATI YOSHLARI "Yoshlar ittifoqining" rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling va do‘stlarga ham ulashing:
🔗 Telegram  Instagram  Facebook