"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti @buxtrbi Channel on Telegram

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

@buxtrbi


''TIQXMMI'' milliy tadqiqotlar universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti hayotiga oid xabar va media almashinuvi.
Creator: Navruz Saidov
Admin bilan aloqa: Matbuot kotib
@Suxrobbek_Xurshidovich

TIQXMMI (Uzbek)

TIQXMMI kanalida Buxoro tabiiy resurslarini boshqarish instituti hayoti va tadqiqotlari haqida eng so'nggi yangiliklar va media materiallari kuzatiladi. Kanal yaratuvchisi Navruz Saidov, va admin bilan aloqa uchun @Suxrobbek_Xurshidovichga murojaat qilishingiz mumkin. Bu kanal Buxoro tabiiy resurslarini o'rganish, ulardan foydalanish va ular bilan qiziqarli tadqiqotlar olib borishni istaganlar uchun mo'ljallangan. Agar siz Buxoro tabiiy resurslariga qiziqib, ularni o'rganishni va ulardan foydalanishni istasangiz, 'TIQXMMI' kanaliga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling!

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

20 Feb, 02:44


#қарор_ва_ижро

Тошкент ирригация ва қишлоқ хўжалигини механизациялаш муҳандислари институти , Миллий тадқиқот университети ,Бухоро табиий ресурсларни бошқариш институтида 2020-2024 йиллар давомида амалга оширилган ишлар ва қарорлар ижроси.


Batafsil 👇
https://tezkor-yangiliklar.uz/?p=5404

Facebook 👉 https://www.facebook.com/share/18gt9WqaLD/?mibextid=wwXIfr

Obuna bo'ling 👇
Sayt | Telegram | YouTube | Facebook | Instagram

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

19 Feb, 13:55


https://uza.uz/uz/posts/sifatli-talim-imkoniyat-izlanish-va-hamkorlik_690108

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

19 Feb, 05:32


#munosabat

⚡️"Yoshlar kelajagi – davlat e’tiborida: Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan ochiq muloqot"

👉🏻 Batafsil

Buxoro davlat texnika unversitet 2-bosqich magistranti Husenov O'lmasbek.

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

18 Feb, 15:03


Shavkat Imomov “Suvchilar maktabi”ga tashrif buyurdi

Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti rektori Shavkat Imomov “Suvchilar maktabi”ga tashrif buyurib, u yerda o‘quv jarayonlari bilan tanishdi.

Ayni damda ushbu maktabda Buxoro viloyati, Vobkent tumani fermerlari suv resurslaridan samarali foydalanish va suv tejovchi texnologiyalar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.

Shavkat Imomov fermerlar bilan samimiy suhbat qurib, ularning tajribalari va bilimlari bilan o‘rtoqlashdi. Muloqot davomida suv resurslarini boshqarish, zamonaviy sug‘orish tizimlarini joriy etish va hosildorlikni oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv natijasida fermerlar suvni tejash va unumdorlikni oshirish bo‘yicha yangi bilimlarga ega bo‘lishdi. Shavkat Imomov bunday o‘quv dasturlarining ahamiyatini ta’kidlab, kelgusida ham fermerlar uchun foydali seminar va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilishini ma’lum qildi.

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

18 Feb, 15:03


Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan talabalar va mehmonlar milliy kiyimlarning boy tarixi bilan tanishish, ularning bezak va naqshlarini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Shuningdek, tadbir doirasida milliy kiyimlar dizayni bo‘yicha mahorat darslari, zamonaviy va an’anaviy uslub uyg‘unlashgan moda namoyishlari ham o‘tkazildi.

Mazkur ko‘rgazma institut jamoasi va talabalar orasida katta qiziqish uyg‘otdi hamda milliy merosimizni chuqur anglash va qadrlashga xizmat qildi. Bunday tadbirlar yosh avlodning milliy o‘ziga xoslikni saqlash va rivojlantirishga bo‘lgan e’tiborini yanada oshirishiga ishonch bildiramiz.

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

18 Feb, 15:03


Institutda Milliy Liboslar Ko‘rgazmasi O‘tkazildi

Institutimizda milliy madaniyatimizni targ‘ib qilish va yoshlar orasida an’anaviy liboslarga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida Milliy Liboslar Ko‘rgazmasi tashkil etildi. Tadbir doirasida o‘zbek xalqining turli tarixiy davrlarga oid milliy kiyimlari, kashtado‘zlik san’ati, atlas, adras, shoyi matolaridan tikilgan liboslar hamda milliy bosh kiyimlar namoyish etildi.

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

08 Feb, 14:19


Rasmiy ma’lumot

Endilikda Buxoro davlat texnika unversitet rasmiy telegram kanaliga obuna bo’ling👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻

https://t.me/bdtu_uz_rasmiy

Unversitetda jarayonlari endilikda rasmiy kanalda berib boriladi.

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

08 Feb, 10:29


⚡️🇺🇿BuxTRBIda yakuniy nazorat imtihonlari: adolat va shaffoflik ta’minlanmoqda

Institutda imtihonlarning shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlash maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi faol ishtirok etmoqda. Mazkur jarayonlar bo‘lim boshlig‘i Nafosat Ibragimova tomonidan xolislik va haqqoniylik tamoyillariga qat’iy rioya qilgan holda nazorat qilinmoqda.

Institut rahbariyati va professor-o‘qituvchilar tarkibi ushbu nazorat jarayonlarining adolatli, shaffof va betaraf o‘tishini qat’iy ta’minlash yo‘lida ish olib bormoqda. Bu esa talabalar bilimini xolis baholashga, ularning intellektual va kasbiy rivojlanishiga xizmat qiladi.

BuxTRBIda ta’lim sifati va akademik halollikka bo‘lgan bunday yondashuv kelajakda yuqori malakali mutaxassislar yetishib chiqishiga zamin yaratadi.

@BuxTRBI

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

08 Feb, 10:22


"Бухоронома" газетасининг 2025 йилдаги 10-сони билан танишинг.

⭕️ Уланиш учун: @buxoronoma1920

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

08 Feb, 09:55


📝 Senat huzuridagi Yoshlar parlamentining yangi tarkibi tasdiqlandi.

Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamentining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda Yoshlar parlamentining yangi tarkibi tasdiqlandi. Yangi tarkib 100 nafardan iborat bo‘lib, uning 95 foizini oliy maʼlumotli yoshlar hamda 30 foizini xotin-qizlar tashkil etadi.

Yoshlar parlamenti qonun ijodkorligida ishtirok etish, yoshlar bandligi va muammolarini o‘rganish, jinoyatchilikning oldini olish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirishni o‘zining asosiy maqsadlari sifatida belgilagan.

Instututning "Qishloq va suv xo'jaligi texnika-texnologiyalari" kafedrasi o'qituvchisi Xalq deputatlari Olot tuman Kengashi deputati, "Ma'rifat" targ'ibotchilari jamiyati a'zosi Jasurbek Ro'ziqulov ham ishtirok etib Yoshlar parlamenti a'zosi sifatida tasdiqlandi. Kelajakdagi faoliyatingizga ulkan zafarlar tilaymiz.

🌍 Batafsil: https://uza.uz/posts/685703

🇺🇿 "TIQXMMI" MTU BuxTRBI
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 tiiamebb.uz

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

08 Feb, 09:01


"Qishgi perevod" natijalari e’lon qilinishi uchun 7 kun qoldi

🔰 "Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida nizom"ning ilovasiga ko‘ra, bahorgi semestr bo‘yicha (xalq tilida qishki perevod) arizalar natijasi fuqaroga 25 yanvardan 15 fevralgacha muddat oralig‘ida ma’lum qilinadi.

📌Demak "qishki perevod" natijasi e’lon qilinishining so‘nggi kuni 15 fevral hisoblanib, yakuniy sanagacha 7 kun muxlat qoldi.

@BuxTRBI

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

08 Feb, 05:06


Institutda xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish kelgusida istiqbolli natijalarga erishish maqsasida 2025 yil 7 fevral soat 12.00 da Rossiya Federatsiyasi Moskva davlat texnika va boshqaruv universiteti bilan onlayn muzorkara o'tkazildi. Mazkur tadbirda institutning fevral oyi oxirida Moskva shahriga xizmat safari rejalashtirilgan delligatsiya a’zolari ishtirok etdilar. Sunbat davomida ikki davlat oliy ta'lim muassasalaridagi talabalar va professor o'qituvchilar almashinuvi shu bilan birga mos keluvchi ta'lim yo'nalishlarining qo'shma ta'lim dasturini yo'lga qo’yish masalalari to'g'risida so'z bordi. Tadbirda o'quv ishlar bo'yicha prorektor I.Xasanov, o'quv - uslubiy bo'lim boshlig'i J.Qo'chqorov, institut tayanch doktoranti, Rossiya universitetlari bilan ishlash bo'yicha koordinator M.Kurbanov va boshqalar ishtirok etishdi. Bundan kuzlagan maqsad ilm fan va innovatsiyalarni rivojlantirishdan iborat.

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

07 Feb, 19:22


Maxsus reportaj

Sifatli ta’lim: imkoniyat, izlanish va xalqaro hamkorlik
. Buxoro davlat texnika universitetini tashkil etish to‘g‘risida

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

05 Feb, 04:18


4-fevral kuni 1-2-sonli TTJ larda Ijtimoiy-gumanitar fanlar, tillar va jismoniy madaniyat kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan "Buyuk mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning ijodida insonparvarlik g'oyalari" hamda "G'urbatda g'arib..." mavzularida davra suhbati bo'lib o'tdi. Suhbat davomida shoir hayoti va adabiy merosi yuzasidan ma'lumot berilib, qiziqarli bahs-munozara va g'azalxonlik mushoirasi olib borildi. Talabalarning yod olgan ruboiy va g'azallari tinglandi va tahlil etildi. Ushbu tadbirdan ko'zlangan maqsad, avvalo, talabalarimizning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etgan holda kitobxonlikka bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirish, buyuk mutafakkir ijodiy merosini keng targ'ib etish, uning asarlarida ilgari surilgan ezgu g'oyalarni yoshlarga yetkazishdan iborat.

@BuxTRBI

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

26 Jan, 11:36


💐💐💐"Gidrologiya va ekologiya" kafedrasi oʻqituvchisi Hasanov Xusen Xamrayevich bugun oʻzlarining tavallud ayyomlarini nishonlamoqdalar.

💐💐💐Ustozimizga uzoq umr va sihat-salomatlik tilaymiz. Shogirdlar tarbiyalashdan aslo charchamang.

Deydilar o'tkinchi dunyosi bir kam
O'tkinchi dunyoda chekmang g'am alam
Biz shogirdlar baxtiga sogʻ boʻling har dam
Tavallud kuningiz muborak bo'lsin



👉 @BuxTRBI

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

25 Jan, 16:08


2025-yil 22-27-yanvar kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish institutida “Xotin-qizlar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida malaka oshirish o‘quv kurslari tashkil etildi.

Ushbu o‘quv kurslari xotin-qizlarning ma’naviy saviyasini oshirish, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash va sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, turli soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar hamda ekspertlar tomonidan qizg‘in muhokamalar olib borildi.

Mazkur kursda institut dotsenti Abera Hasanova ham faol ishtirok etib, o‘zining qimmatli tajriba va bilimlari bilan o‘rtoqlashdi. Uning chiqishlari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otib, mavzuga doir chuqur tahlillar va muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Bunday tadbirlar xotin-qizlarning ma’naviy va ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etib, jamiyatda sog‘lom tafakkur va barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi.

@BuxTRBI

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

25 Jan, 12:01


Buxoro muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi PhD 03/29.10.2021.T.101.03 raqamli ilmiy kengash huzuridagi bir martalik ilmiy seminar yig‘ilishida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti mustaqil tadqiqotchisi Jumayev Axrom Asror o‘g‘lining 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika) ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan “Bo‘lajak pedagog kadrlarning energetikaga oid kreativligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokamasi 100 % ovoz bilan keyingi bosqichga tafsiya etildi.

🇺🇿 "TIQXMMI" MTU BuxTRBI
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 tiiamebb.uz

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

25 Jan, 07:28


1 va 2-sonli talabalar turar joyida professor-o'qituvchilar tomonidan 2025 yilning 24 yanvar kuni Ijtimoiy gumanitar fanlar, tillar va jismoniy madaniyat kafedrasi dotsenti X.Qurbonova, R. Bozorova, S. Xodjayeva va talaba-qizlarni katta hayotga tayyorlash maqsadida "Sarishtali qiz - farishtali qiz" mavzusida tadbir o'tkazildi. Tadbirda noodatiy qo'ziqorin salati, moshxo'rda taomi pishirish jarayoni bo’lib o’tdi. Tajribali ustozlarning yoshlarga pazandachilik sirlarini o’rgatishi, ular bilan samimiy, do’stona suhbat asosida ishlash ko’nikmasini shakllantirishi ibrat namunasidir.

@BuxTRBI

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

25 Jan, 04:02


23-yanvar 2025-yilda Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti Gidrologiya va Ekologiya kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “Suv huquqi” fanidan Qishki Online Olimpiada natijalari:
1-o'rin Zafarbek Yusupov Ergash o‘g‘li (Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Ekologiya va atrof muhit muhofazasi ta'lim yo'nalishi 3-bosqich talabasi);
2-o'rin Bexruzjon Ramazonov Elektr energetika 3/1
3-o'rin Suyunov Javohir (Gidrologiya (Daryo va suv omborlari gidrologiyasi) ta'lim yo'nalishi 4-bosqich talabasi);
4-o'rin Shukrullayev Azizbek Azamat o'g'li (Suv xo'jaligi va melioratsiya ta'lim yo'nalishi 2-bosqich talabasi);
5-o'rin O'lmasov Suxrobbek Xurshidovich (Melioratsiya sug'orma dehqonchilik ta'lim yo'nalishi 1-bosqich magistr talabasi);
6-o'rin Jurabek Eshpulatov Mansurovich (Meliorativ gidrogeologiya ta'lim yo'nalishi 4-bosqich talabasi);

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

22 Jan, 16:33


📢 Buxoro viloyati hokimligining xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha 2025-yilgi rejasi doirasida

📌 Institutning Ijtimoiy fanlar, tillar va jismoniy madaniyat kafedrasi dotsenti Abera Hasanovna
📅 2025-yil 21-22-yanvar kunlari
🏢 9113-harbiy qismning Chegara qo‘shinlari bo‘limlarida bo‘lib, ularning oilalari bilan “Chegarachi hayotining bir kuni” mavzusida seminar-trening o‘tkazdi.

🎯 Tadbirning maqsadi – oilalar tinchligi va mustahkamligini ta’minlashga ko‘maklashish.

📚 Seminar davomida chegara xizmatchilarining oilaviy hayoti, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va mustahkam oilaviy qadriyatlar muhokama qilindi.

💐 Barcha ishtirokchilarga tashakkur bildiramiz!

@BuxTRBI

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

22 Jan, 15:54


1-2-talabalar turar joylari (TTJ) o‘rtasida “Eng yaxshi xona” nominatsiyasi bo‘yicha tanlov o‘tkazildi.

Mazkur tanlov Institutning Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan tashkil etilib, unda Yer resurslarini boshqarish va ekologiya fakultetining Gidrologiya va ekologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etdilar.

Natijada, eng namunali deb topilgan xonalar g‘olib deb e’tirof etilib, ularning egalariga esdalik sovg‘alari topshirildi. G‘oliblar Institutning Xotin-qizlar kengashi raisi hamda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan taqdirlandi.

@BuxTRBI

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

22 Jan, 12:47


Bugun 22-yanvar kuni Buxoro davlat universitetida USAIDning Biznesni qo'llab-quvvatlash loyihasi doirasida Birinchi komponent menejer Usmon Raximjonov tomonidan "Innovatsiyalar va texnologiyalar asosi, startap tushunchasi va amalga oshirish yondashuvlari" mavzusida seminar-trening o'tkazildi.

👨‍💻Seminar-treningda institutimizning Iqtidorli talabalari ishtirok etishdi va talabalar startup loyihalar, ularni boshqa loyihalardan farqli jihatlari hamda ularni amalga oshirish bosqichlari, moliyalashtirish manbaalari tog'risida qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

@BuxTRBI

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

22 Jan, 07:46


#Xushxabar #reyting #THE

Bugun, 22-yanvar kuni Buyuk Britaniyaning nufuzli “Times Higher Education-THE” reyting tashkiloti “World University Rankings 2025 by Subject” fanlar boʻyicha dunyoning eng nufuzli oliygohlar roʻyxatini eʼlon qildi.

Mazkur roʻyxatga muvofiq, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti THE tashkiloti tomonidan eʼlon qilingan fan reytingidan joy oldi:

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti — Tabiiy fanlar, matematika va statistika yoʻnalishida 301–400, Muhandislik yoʻnalishida 501–600;

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

19 Jan, 15:51


📜 Tarixga nazar tashlaymiz!

2020-yilda Buxoro Tabiiy Resurslarni Boshqarish Instituti Talabalar Teatr Studiyasi tomonidan buyuk jadid ma’rifatparvari Mahmudxo‘ja Behbudiy qalamiga mansub “Padarkush” asari sahnalashtirildi. Ushbu mahorat bilan sahnaga olib chiqilgan spektakl katta e’tirofga sazovor bo‘lib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi! 🏆

Bu yutuq – yosh ijodkorlarning san’atga bo‘lgan yuksak mehr-muhabbati, ularning iste’dodi va mashaqqatli mehnati samarasidir. Behbudiy ijodining sahnada jonlantirilishi nafaqat milliy teatrimiz rivojiga hissa qo‘shdi, balki yosh avlodga buyuk jadidlarning ibratli hayoti va asarlarini chuqur anglash imkonini ham berdi.

San’at va ma’rifat birlashgan joyda taraqqiyot bo‘ladi! Teatr – bu hayot maktabi! 🎭

https://t.me/BuxTRBI/11553

@BuxTRBI

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

19 Jan, 14:00


#jadidchilik

Mahmudxoʻja Behbudiy: Turkiston jadidchilik harakatining yoʻlboshchisi, milliy maʼrifat rahnamosi

@BuxTRBI

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

19 Jan, 04:06


#DIQQAT #TARQATING

⚡️Bugun Xamdam Sobirov buxoroliklar uchun konsert dasturi namoyish etadi

📍
Buxoro shahri, “Universal” sport majmuasi.

📍 Mo‘ljal: Buxoro viloyat bolalar ko’p tarmoqli tibbiyot markazi yoki “Minor” savdo va ko‘ngilochar markazi.

💰 Konsert dasturiga kirish – BEPUL.

Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institut professor-o’qiruvchilar va talabalar uchun maxsus C1 hamda C2 bo’limlar ajratilgan.

Barchani taklif etamiz.


@BuxTRBI

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

18 Jan, 15:47


Yer resurslaridan foydalanish va davlat kafadarslari kafedrasi Yer kadastri va yer tuzish ta'lim yo'nalishi 2-bosqich talabalari kafedra o'qituchisi E. Izzatov boshchiligida DAVLAT KADASTRLARI PALATASI BUXORO TUMAN FILIALIGA TASHRIF BUYURDILAR.Talabalarga palata muhandislari tomonidam UZKAD dasturining ishlash tizimi, ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatiga olish, ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni belgilash va bekor qilish,yer uchastkalari, bino va inshootlar va ko'p yillik darxtlarga kadastr raqamlarini shakllantirish, ko'chmas mulkka bo'lgan kadastr pasportini tayyorlash tog'risida qator ma'lumotlar berildi.Talabalar institutda egallagan nazariy bilimlarini Davlat kadastrlari palatasida tashkil etilgan amaliyot darsida yanada mustahkamladilar.KAFEDRA TOMONIDAN BU SOHA TASHKILOTLARIDAGI AMALIYOT DARSLARI MUNTAZAM DAVOM ETTIRILMOQDA.

@BuxTRBI

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

18 Jan, 14:51


“Kitobxon qizlar” kuni munosabati bilan adabiy taqdimot va mushoira tashkil etildi

Har oyning 18-sanasi “Kitobxon qizlar” kuni deb e’lon qilingan bo‘lib, bu kun kitobsevar qizlarning bilim va tafakkur bayramiga aylanib ulgurdi. Shu munosabat bilan “Gidrologiya va ekologiya” kafedrasi o‘qituvchilari M.M. Radjabova va H.U. Murodova boshchiligida kitob taqdimotlari va mushoiralar tashkil etildi.

Tadbir davomida qizlar o‘qigan asarlari haqida fikr almashib, o‘z taassurotlari bilan bo‘lishdilar. Adabiyotga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, badiiy tafakkurlarini kengaytirish maqsadida qiziqarli bahs-munozaralar ham olib borildi.

Tadbir yakunida eng faol ishtirokchilar saralanib, 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan talabalar diplom hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. Ushbu tashabbus yosh avlodning kitobga bo‘lgan mehrini oshirish, tafakkurini yuksaltirish va intellektual salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

@BuxTRBI

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

18 Jan, 06:09


Bugun, 18-yanvar kuni institut profilaktika inspektori, mayor Rajabov J. hamda tyutorlar bilan hamkorlikda talaba-yoshlarning ijara va TТJda yashash sharoitlarini o‘rganish bo‘yicha profilaktik suhbat olib borildi. Suhbat davomida talabalar yashash joylarining xavfsizlik holati, huquqiy va ijtimoiy muammolari muhokama qilindi. Shuningdek, ularning huquqiy madaniyatini oshirish, noqonuniy harakatlarning oldini olish va xavfsiz muhit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur tadbir talabalar hayotining barqarorligi va farovonligini ta’minlashga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlardan biri sifatida tashkil etildi.

@BuxTRBI

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

17 Jan, 14:51


#Jiu_Jitsu
#Milliy_kontent

❗️Jiu-jitsu sport turi bo'yicha "BUKHARA OPEN" Buxoro viloyat ochiq turniri musobaqasidan lavhalar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

17 Jan, 14:43


#Jiu_Jitsu
#Diyor_yangiliklari

❗️Jiu-jitsu sport turi bo'yicha "BUKHARA OPEN" Buxoro viloyat ochiq turniri musobaqasi haqida batafsil.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

17 Jan, 13:57


Yer resurslaridan foydalanish va davlat kafadastrlari kafedrasi Yer kadastri va yer tuzish ta'lim yo'nalishi 2-bosqich talabalariga kafedra o'qituchisi E. Izzatov tomonidan Yer resurslarini boshqarish fanidan "Yer resurslarini boshqarishda davlat yer nazorati" mavzusida innovatsion amaliy mashg'ulot darsi olib borildi.Dars mashg'ulotiga KADASTR AGENTLIGI BUXORO VILOYATI BOSHQARMASI mutaxassislari ham Zoom dasturi orqali qatnashdilar.Dars mashg'ulotida tashkilot muhandislari tomonidan talabalarga YER NAZORAT AAT platformasining ishlash tizimi, yerga oid qonunbuzilishlarni o'z vaqtida aniqlash va platformaga kiritish, yerga oid qonunbuzilish bo'yicha fuqarolarni ogohlantirish va ularga qarshi ma'muriy jarima va jinoiy jazo choralarni qo'llash mexanizmlari, yerlarni ro'yxatdan o'tkazmaslik holatlari va ularning sabablari, yerlarda qurilgan noqonuniy binolarni buzish va yerni avvalgi holatiga qaytarish kabi qator ma'lumotlar berildi.KAFEDRA TOMONIDAN BU KABI INNOVATSION DARSLAR MUNTAZAM OLIB BORILMOQDA.

@BuxTRBI

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

13 Jan, 04:12


🎉 "TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshaqarish instituti "Qishloq va suv xo'jaligi texnika - texnologiyalari" kafedrasi o'qituvchisi va institut tayanch doktoranti(Phd) Boysoatov Abduxoliq Charshanbi o'g'lning tavallud ayyomlari. Ustozimizni mazkur quvonchli kun bilan chin qalbdan tabriklaymiz. Sizga sihat-salomatlik, ilmiy va oilaviy hayotingizga omad tilaymiz.

🎉Bugun yo‘lingizga gullar poyondoz,
Sezib sezmay o‘tgan yillar poyondoz,
Mehringizga tashna dillar poyondoz.
Tug‘ulgan kuningiz muborak bo‘lsin.
Allohning mehri ila yaralgan inson,
Boringizga shukurlar aytayin shodon,
Sizni baxtlar quchsin har lahza har on,
Tug‘ulgan kuningiz muborak bo‘lsin.

Hurmat va ehtirom bilan hamkasblaringiz!
👉 @BuxTRBI

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

12 Jan, 16:25


#talaba_holidan_xabar_olindi
#jarayon

⚡️ Tabiiy resurslar muhandisligi fakulteti Qishloq va suv xo’jaligi texnika-texnologiyalari kafedrasi assistenti J.Ro’ziqulov 4-sonli talabalar turar joyida bo’lib ularning xolidan xabar oldi. Talabalarga xona ozodaligi, umumiy foydalanish joylarida gigiyenaga e’tibor berish va shu kabi mavzularda keraklicha suhbat o’tkazdi. Shu bilan birgalikda kechki payt talabalarning TTJ ga kirib chiqishi va belgilangan soatlarda o’z xonalarida bo’lishi nazorat qilindi.

🇺🇿 "TIQXMMI" MTU BuxTRBI
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 tiiamebb.uz

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

12 Jan, 10:13


Buxoro viloyati hokiminning tadbirlari rejasiga muvofiq, 11-12 yanvar kunlari Buxoro Tabiiy Resurslarni Boshqarish Institutining yangi foydalanishga topshirilgan sport majmuasida “Vatan himoyachilari kuni”ga bag’ishlab, jiu-jitsu sport turi bo’yicha bolalar, o’smirlar, yoshlar va kattalar o’rtasida “BUKHARA OPEN” Buxoro viloyati ochiq turniri bo’lib o’tdi.

Ushbu turnirda Buxoro, Qashqadaryo, Xorazm va Qoraqalpog’iston Respublikasidan kelgan 300 nafardan ortiq sportchilar o’z yosh va vazn toifalariga bo’lingan holda bellashdilar.

Turnir Buxoro Tabiiy Resurslarni Boshqarish Instituti, Buxoro viloyati sport boshqarmasi va Buxoro viloyati jiu-jitsu federatsiyasi hamkorligida tashkil etildi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi sportchilarning tajriba va mahoratlarini oshirish, iqtidorli sportchilarni rag’batlantirish, Vatanga sadoqat, uni sevish hamda shukronalik ruhini singdirish, yosh avlodni bir-birini hurmat qilishga o’rgatishdan iborat edi.

🇺🇿 "TIQXMMI" MTU BuxTRBI
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 tiiamebb.uz

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

11 Jan, 16:15


⚡️ʼʼTIQXMMIʼʼ MTU BuxTRBI tayanch doktaranti Atamurodov Behruz Ne'mat oʻgʻlining 06.01.02–Melioratsiya va sugʼorma dehqonchilik ixtisosligi boʼyicha qishloq xoʼjaligi fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi muhokama qilindi.

Ushbu muhokama Paxta seleksiyasi, urugʼchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining tegishli ilmiy kengashi qoshidagi ilmiy seminar yigʼilishida bo’lib o’tdi.

Seminar aʼzolarining to’liq ovozi bilan  asosiy himoyaga tavsiya etildi.
Mazkur yutuq bilan institutimiz doktorantini qutlaymiz.

💐Qoʻshaloq bayram bugun ustozimiz B.Atamurodov oʻz tavallud ayyomlarini ham nishonlamoqdalar. Ustozimizga uzoq umr va sogʻ-salomatlik tilaymiz.


@BuxTRBI

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

11 Jan, 11:06


14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan institutimiz xotin-qizlar tomonidan “Mardlar qo’riqlaydi Vatanni” shiori ostida tadbir tashkil etildi. Tadbirni institutimiz rektori Shavkat Imomov ochib berdi.

Tadbir davomida turli qiziqarli o’yinlar va musobaqalar tashkil etildi. Talabalar va xodimlar jamoalarga bo’linib, bilim va mahoratlarini sinovdan o’tkazishdi.

👉@BuxTRBI

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

09 Jan, 13:33


‼️DIQQAT

''TIQXMMI'' milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutining "QALQON" jamoatchilik guruhi a'zoligiga qabul uchun suhbat bo’lib o’tdi

Izoh;

"QALQON" jamoatchilik guruhi a'zosi bo'lgan institut talabalari
✔️ ''TIQXMMI'' milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti tomonidan moddiy rag'batlantirilib boriladi;
✔️ Maxsus ajratuvchi belgilarga ega bo'lgan kiyim (forma) va a'zolik guvohnomasi bilan ta’minlanadi.

@BuxTRBI_Yoshlari

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

09 Jan, 12:20


Har payshanba – Jismoniy tarbiya va sport kuni hamda 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan sportning mini futbol turi bo’yicha mosobaqa tashil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 18 dekabrdagi “Yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi PQ-443-sonli qaroriga muvofiq, har payshanba kuni respublika bo‘ylab Jismoniy tarbiya va sport kuni deb belgilangan.

Shu munosabat bilan institutimizda har haftalik sport o‘yinlari tashkil etilmoqda. Sport tadbirlari belgilangan grafik asosida o‘tkazilib, unda professor -o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etadi.

Tashkil etiladigan vaqt:

Har payshanba, soat 14:00 dan 18:00 gacha

Barchani sport o‘yinlarida faol ishtirok etishga taklif etamiz! Bu nafaqat sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, balki jamoaviy ruhni mustahkamlash uchun ham ajoyib imkoniyatdir.

Sog‘lom tanada – sog‘lom aql!

🇺🇿 "TIQXMMI" MTU BuxTRBI
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 tiiamebb.uz

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

09 Jan, 10:20


#kasting
#musiqa

Jarayondan lavhalar

🇺🇿 "TIQXMMI" MTU BuxTRBI
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 tiiamebb.uz

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

09 Jan, 10:06


#kasting
#musiqa

Talabalarni milliy qadriyatlar, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy musiqa asboblari ijrosida yuksak badiiy qimmatga ega asarlar yaratilishini rag‘batlantirish, milliy musiqa madaniyatini keng yoyish, yoshlarni milliy meros bilan yaqindan tanishtirish ishlarini tizimli tashkil etishga qaratilgan “Milliy musiqa cholg‘ulari” ansambllarini tashkil etish maqsadida ''TIQXMMI'' milliy tadqiqotlar universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutida tahsil olayotgan iqtidorli talaba-yoshlarni qabul qilish uchun KASTING bo'lib o'tdi.

🇺🇿 "TIQXMMI" MTU BuxTRBI
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 tiiamebb.uz

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

09 Jan, 08:33


♻️Bugun profilaktika kuni munosabati bilan inspektor J.Rajabov bilan hamkorlikda yoshlar o'rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik, ta'qiqlangan diniy saytlarga a'zo bo'lmaslik va tarqatmaslik haqida davra suhbati tashkil etishdi.

Undan tashqari telegram ijtimoiy tarmogi orqali tarqalayatgan APK fayllarni ochmaslik, ulardan ogoh bo'lish haqida ma'lumot berildi.

Har xil ishonchsiz onlayn magazinlarga ishonib plastik kartalarni kodini yubormaslik kerakligi aytib o'tildi.

@BuxTRBI

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

08 Jan, 13:04


O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan internet jahon tarmog‘idagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan hamda O‘zbekiston Respublikasining hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manba va kontentlar (materiallar) ro‘yxati

🇺🇿 "TIQXMMI" MTU BuxTRBI
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 tiiamebb.uz

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

08 Jan, 12:33


TARBIYA, MADANIYAT, MAʼNAVIYAT VA MAʼRIFAT MASKANI TEATRGA TASHRIF

Inson maʼnaviy olamini yuksaltirishda, ong va tafakkurini teranlashtirishda teatr sanʼatining oʻrni beqiyos. Zero, sanʼat odamlarni ezgulikka chorlaydi, yaxshilikka undaydi, eng goʻzal his-tuygʻularni inʼom etadi. Teatr shunchaki oddiy tomoshaxona emas, balki tarbiya, madaniyat, maʼnaviyat va maʼrifat maskanidir.

Shu maqsadda “TIQXMMI” MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti jamoasi Buxoro viloyati musiqali dramma teatrida namoyish etiladigan “Chor darvesh” nomli spektakl premyerasiga tashrif buyurdilar.

“Chor Darvesh” asari Ahmad Yassaviy qalamiga mansub bo‘lib, spektakl bugungi kun odamlari, ular orasidagi mehr-oqibat, sadoqat va jigarchilik munosabatlarining buzilib borayotgani, shaytonning gapiga kirib, gunoh yo‘lga qadam bosishning ayanchli oqibatlari haqida fikr yuritilgan. Bir so‘z bilan aytadigan bo‘lsa, bu asar hammamizni o‘zimiz va o‘zimiz yashab turgan hayotni yanada teranroq nazar tashlab, o‘zimizni o‘zimiz nazorat etishimizga, har bir ishimizni chuqur tahlil qilib ko‘rishimiz lozimligiga undaydi.

Asar institut jamoasiga manzur bo‘ldi.

🇺🇿 "TIQXMMI" MTU BuxTRBI
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 tiiamebb.uz

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

08 Jan, 07:29


E’lon

Har payshanba – Jismoniy tarbiya va sport kuni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 18 dekabrdagi “Yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi PQ-443-sonli qaroriga muvofiq, har payshanba kuni respublika bo‘ylab Jismoniy tarbiya va sport kuni deb belgilangan.

Shu munosabat bilan institutimizda har haftalik sport o‘yinlari tashkil etilmoqda. Sport tadbirlari belgilangan grafik asosida o‘tkazilib, unda professor -o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etadi.

Tashkil etiladigan vaqt:

Har payshanba, soat 14:00 dan 18:00 gacha

Barchani sport o‘yinlarida faol ishtirok etishga taklif etamiz! Bu nafaqat sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, balki jamoaviy ruhni mustahkamlash uchun ham ajoyib imkoniyatdir.

Murojaat uchun:+998970540078
+998912441141

Sog‘lom tanada – sog‘lom aql!

🇺🇿 "TIQXMMI" MTU BuxTRBI
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 tiiamebb.uz

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

08 Jan, 06:59


HAMKORLIK ALOQALAR YANGI BOSQICHGA KO‘TARILMOQDA

“TIQXMMI” MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutiga viloyatimizdagi nafaqat boshqa viloyatlardagi bir qator texnikumlar biriktirilgan bo‘lib, ular bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda. O‘tgan davrda texnikumlar bilan ilmiy, o‘quv-uslubiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarda salmoqli natijalarga erishildi. Buning natijasida o‘quv jarayonlarini takomillashtirish, o‘quvchilarni sifatli bilim bilan ta’minlash va amaliy ko‘nikmalarni oshirishga erishildi. Biriktirilgan ilm maskanlarining talabalari institutimiz mutaxassislari tomonidan taqdim etiladigan mahorat darslari va seminar-treninglarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bundan tashqari, texnikum bitiruvchilari institutimizda o‘qishni davom ettirish uchun imtiyozli o‘qishga qabul qilish jarayonlari bo‘lib o‘tdi. Yuqoridagilarni yanada rivojlantirish maqsadida hamda 2024-yilda erishilgan natijalarni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida institut rektori va mas’ullar ishtirokida 2025-yildagi rejalar kelishilib olindi. Bu esa o‘z navbatida yangi avlod mutaxassislarini tayyorlash, o‘quvchi va talabalar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratishdan iboratdir.

🇺🇿 "TIQXMMI" MTU BuxTRBI
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 tiiamebb.uz

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

08 Jan, 06:31


DIQQAT E’LON!

🔴Talabalarni milliy qadriyatlar, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy musiqa asboblari ijrosida yuksak badiiy qimmatga ega asarlar yaratilishini rag‘batlantirish, milliy musiqa madaniyatini keng yoyish, yoshlarni milliy meros bilan yaqindan tanishtirish ishlarini tizimli tashkil etishga qaratilgan “Milliy musiqa cholg‘ulari” ansambllarini tashkil etish maqsadida Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutida tahsil olayotgan iqtidorli talaba-yoshlarni qabul qilish uchun KASTING e’lon qilamiz.

Kasting bo‘lib o‘tadigan joy: Arm
Bo‘lib o‘tadigan sanasi: 2025-yil 9-yanvar
Boshlanish vaqti: 13:30
Qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olishingiz mumkin: +998914474465

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

02 Jan, 19:01


Peshko' tumanidagi 2-son politexnikumda ham xuddi shunday uchrashuv bo'lib o'tdi.

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

02 Jan, 16:02


Yakunlangan 2024-yil BuxTRBI mutasaddilari uchun nafaqat ilm-fan, ta’lim va xalqaro hamkorlik, balki ijtimoiy ko’mak ko’rsatish bobida ham samarali bo’ldi.
Vakillarimizning institutga biriktirilgan G'ijduvon 3-son politexnikumida o’qituvchilar, o’quvchi va mahalla aholisi bilan uchrashganlari fikrimiz dalilidir.

Xususan, rektor Sh. Imomov hamda o’quv ishlari bo’yicha prorektor I. Hasanovlar mazkur uchrashuvda davlatimiz rahbarining o’tgan yil 16-oktabrdagi PF-158-sonli farmoni mazmun-mohiyati, ushbu huquqiy hujjatda ilgari surilgan vazifalari ijrosi to’g’risida to’xtaldilar.

Farmondagi maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda BuxTRBIning texnikum bilan hamkorligi hamda o’zaro ko’magi haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuv asnosida institut mas’ullari G'ijduvon 3-son politexnikumidagi ta’lim va tadqiqotlar jarayoni, moddiy-texnik baza, shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

https://t.me/BuxTRBI

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

02 Jan, 13:40


Sayyoramizning 2024-yil 31-dekabr va 2025-yil 1-yanvar kunlari oralig'ida olingan tasviri. Ya'ni bu vaqtda Yerning yarmida eski yil tugayotgan, qolgan yarmida esa yangi yil boshlangandi.

Bu suratni uchinchi avlodga mansub Meteosat Imager-1 sun'iy yo'ldoshi tasvirga olgan.

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

31 Dec, 20:37


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

31 Dec, 19:14


Kirib kelgan yangi 2025-yil barchaga muborak bo'lsin. Yil yangi baxt, yangi omadlar keltirsin!

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

31 Dec, 15:42


Rubik kubikidan "2025" mozaikasi.

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

31 Dec, 15:13


Hurmatli professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar!

Yangi yilni qarshi olayotgan shu lahzalarda sizlarni chin qalbimdan tabriklashga ijozat bergaysiz. Yaqinlashib kelayotgan 2025-yil barchamiz uchun ulkan rejalar, yangi imkoniyatlar va yuksak marralar yili bo‘lsin!

O‘tib borayotgan yil institutimiz uchun katta yutuqlar va muhim o‘zgarishlar davri bo‘ldi. Bu muvaffaqiyatlarda har biringizning munosib hissangiz bor. Sizning mehnatingiz, fidoyiligingiz va tashabbuslaringiz institutimiz taraqqiyotining mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda.

Yangi yilda barchamizga sog‘liq-salomatlik, baxt-saodat va zafarlar tilayman. Har bir oilaga tinchlik va farovonlik, har bir talaba hayotiga bilim va muvaffaqiyat, har bir xodim ishiga esa rivoj va baraka yor bo‘lsin!

Kelgusi yilda yangi marralarni zabt etish, institutimizni yanada yuqori cho‘qqilarga olib chiqish yo‘lida birgalikda davom etamiz.

Yangi yil qutlug‘ va muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Suxrobbek O‘lmasov
Institut matbuot kotibi

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

31 Dec, 14:46


Dino BUTSATI
(1906-1972)

YANGI YILNING AKS SADOSI

Aytishlaricha, naq yarim kechasi, ayni tashrifi chog‘i yangi yil ham o‘zidan allaqanday aks sado berarmish va galdagi yil qay taxlit kechishini shu tovushdan ilg‘ash mumkin ekan. Ammo odatda tun bo‘yi shovqin-suron tinmaydi... To‘g‘ri, g‘ovur-g‘uvur ichra vaqtichog‘lik qilmayotgan kishilar ham uchraydi-yu, lekin bundaylar yanvar kirib kelgan dam jilla qursa havas-u qiziquvchanlik vajidangina uyg‘oq bo‘lishadi. Ehtimol, ular allaqachon to‘shakka cho‘zilgan ko‘yi atrofga diqqat bilan quloq solishar. Illo shunga qaramay, yon-beridagilarning o‘yin-kulgisi haligi ovozni eshitishga imkon bermas.

Faqat hayhotdek dalalar, tog‘lar, dengiz-u sahrolar uzra ulkan sukunat cho‘kkandagina o‘shal aks sadoni, o‘zga hech narsani emas, balki aynan o‘sha sadoni tinglash mumkin. Biroq shundayam biron bir kishining tamoman yolg‘iz o‘tirishi dargumon. 31-dekabr naq yarim kechasi hatto qandaydir daydi ham o‘ziga o‘xshaganni uchratish payida bo‘ladiki, fursat tug‘ilgan hamono ularning har ikkisi bir-birini “Yangi yilingiz bilan!” deya muborakbod etadi. Boyagi mashhur aks sado esa shu tariqa o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketadi.

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

31 Dec, 14:43


Sun'iy intellekt yordamida yaratilgan ajoyib manzara.

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

31 Dec, 14:18


🇦🇺 Австралияга янги йил кириб келди.

Батафсил Gorizontда...

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

25 Dec, 07:48


#korrupsiya

Biz yoshlar “Korrupsiyaga qarshimiz”

🇺🇿 "TIQXMMI" MTU BuxTRBI
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 tiiamebb.uz

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

24 Dec, 14:57


Navoiy viloyatida qishki ob-havoning barcha qiyinchiliklariga qaramay, Enter Engineering kompaniyasi mutaxassislari neft slanetslarini qayta ishlash majmuasini qurish loyihasini amalga oshirishda davom etmoqda.

Batafsil

Web | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | VK

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

24 Dec, 13:57


❗️2024 йил 28 декабрдан 2025 йил 3 январгача дам олиш куни қилиб белгиланди.

Бунда:
👉 28-декабрь, шанба — 6 кунликлар учун иш куни, 5 кунликлар учун дам олиш куни;
👉 29-декабрь, якшанба — барча учун одатий дам олиш куни;
👉 30-декабрь, душанба — 6 кунликлар учун қўшимча дам олиш куни, 5 кунликлар учун 14-декабрь (шанба) кунидан кўчирилган дам олиш куни;
👉 31-декабрь, сешанба — барча учун қўшимча дам олиш куни;
👉 1-январ, чоршанба — Янги йил байрами;
👉 2-январ, пайшанба — 6 кунликлар учун дам олиш куни, 5 кунликлар учун 4-январ (шанба) кунидан кўчирилган дам олиш куни.

@Tezkor_Bukhara

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

24 Dec, 11:48


📚Jo‘rayev Asliddin Nasriddin o‘g‘lining texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

🔻OʻzAning telegram kanallariga aʼzo boʻling

O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

24 Dec, 10:59


Korrupsiyaga qarshi kurashishning 10 usuli

🇺🇿 "TIQXMMI" MTU BuxTRBI
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 tiiamebb.uz

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

02 Dec, 08:27


“TIQXMMI” MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutida Ijtimoiy gumanitar,tillar va jismoniy madaniyat kafedrasi o'qituvchisi T.Xudoyqulov tomonidan "O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi - erkin va farovon hayot garovi" mavzusida Konstitutsiya darsi tashkil etildi.

@BuxTRBI

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

02 Dec, 07:56


#Stop_korrupsiya

Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti korrupsiyaga yoq deydi.

Siz xam yurtimiz ravnaqi uchun korrupsiyaga yoq deng.

@BuxTRBI

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

30 Nov, 10:27


#Tugʻilgan_kun

⚡️ Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

🎉 "TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti Umumtexnika fanlar Katta o‘qituvchisi EGAMOV NODIRBEK MURODILLOYEVICH tavallud topgan kunlari.Mazkur quvonchli kun bilan chin qalbdan tabriklaymiz. Sizga sihat-salomatlik, ilmiy va oilaviy hayotingizga omad tilaymiz. Har doim yuzingizdan kulgu arimasin.

💐Ko'kda parvoz qilgan qush misol,
Siz doimo baxtga intilib yashang.
Baxtdan bir qasr qurib,
Unda muhabbatga ko'milib yashang.
Olamni bezovchi oppoq qor misol,
Orzularingiz ham ro’yobga chiqsin.
Hayotingiz esa asaldek shirin,
Tongdek munavvar va nurafshon kechsin.
Tark etmasin sizni shodlik va quvonch,
Hayotingiz doimo nurlarga tolsin.


🇺🇿 "TIQXMMI" MTU BuxTRBI
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 tiiamebb.uz

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

29 Nov, 14:11


"TIQXMMI" MTU BuxTRB instituti

Dasturlash sohasiga qiziqadigan talaba-yoshlar uchun soha mutaxassislari bilan fikr almashish, o‘z loyihasi taqdimotini namoyish qilish maqsadida Tabiiy resurslar muhandisligi fakulteti “Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi tomonidan “Eng yaxshi dasturchi” musobaqasiga start berildi.

Tashkil etilgan mazkur tanlovda:
➡️ axborot texnologiyalari sohasida iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash,
➡️yoshlar orasida kompyuter texnologiyalaridan samarali foydalanishni targ‘ib etish,
➡️ kundan-kun rivojlanib borayotgan sun’iy intellekt bo‘yicha ko‘p yillik tajribaga ega soha mutaxassislari bilan tajriba almashish imkonini yaratish;
➡️ eng iste’dodli yoshlarni taqdirlash maqsadida o‘tkazilmoqda.

🇺🇿 "TIQXMMI" MTU BuxTRBI
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 tiiamebb.uz

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

29 Nov, 11:25


"Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi"

Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutida 9-dekabr "Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni" munosabati bilan talaba-yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oqibatlari, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish yo'llarini topish, hamda korrupsiyaning turlari, kelib chiqish sabablari va uning oqibatlari haqida ma'lumot berish, talaba-yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish hamda iqtidorli yoshlarga o'z imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun:

Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi" mavzusida “Eng yaxshi rasmlar” va “Eng yaxshi vido roliklar” tanlovilari o’tkazildi.


🇺🇿 "TIQXMMI" MTU BuxTRBI
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 tiiamebb.uz

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

29 Nov, 10:42


"TIQXMMI" MTU BuxTRB instituti

YRB va Ekologiya fakultetining MG 3/1 va MG 1/1 hamda Kartagrafiya 1/1 guruhi
faol talabalari Buxoro shahar Davlat xizmatlari markazida bo’lishdi.

Markazda talabalar fuqorolarga qanday xizmat ko’rsatishni va markaz majburiyatlarini bilib olishdi.


🇺🇿 "TIQXMMI" MTU BuxTRBI
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 tiiamebb.uz

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

21 Nov, 09:15


#besh_tashabbus #sport

Buxoro viloyati oliy ta'lim muassasalari o'rtasida "BESH TASHABBUS" olimpiadasi (VOLEYBOL) sport turi bo'yicha talaba yigitlar o'rtasida viloyat bosqichi bo'lib o'tdi. Viloyat bosqichida o'nta oliy ta'lim muassasa talabalari musobaqada qatnashishib Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institut talabalari 3-o'rini qo'lga kiritdi.

Bugun institut prorektori Ibrohim Hasanov talabalarini yana bir bor taqdirlandi

🇺🇿 "TIQXMMI" MTU BuxTRBI matbuot xizmati
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 tiiamebb.uz

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

21 Nov, 09:08


🟦🟦🟦
🟦🟦

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti Tabiiy resurslar muhandisligi fakulteti Yoshlar bilan ishlash ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari J.Xolliyev hamda Buxoro viloyati statistika boshqarmasi Ro'yxatga olish bo'limi boshlig'i Fattoyev Husenjon fakultet talabalari bilan birgalikda "Aholi ro'yxatga olish"  mavzusida davra suhbati o'tkazdilar.

🇺🇿 "TIQXMMI" MTU BuxTRBI matbuot xizmati
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 tiiamebb.uz

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

21 Nov, 08:11


🟦🟦🟦
🟦🟦

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

Hozirda 4-son TTJ da turuvchi talaba yigitlar bilan davra suhbati tashkil etildi. Unda institut rektori SH.J.Imomov talabalarga yotoqxona tartib qoidalari va turish qoidalari tog’risida ma’lumot berdi.
Suhbat davomida talabalar o’zini qiziqtirgan savollarini berib, to’liq javob olishdi.

🇺🇿 "TIQXMMI" MTU BuxTRBI matbuot xizmati
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 tiiamebb.uz

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

19 Nov, 15:02


https://youtu.be/wDpRiUpNlsM?si=-Ylo4wFlSSSpy5lQ

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

19 Nov, 08:14


🟦🟦🟦
🟦🟦

⚡️🇺🇿 "TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutining

"1 - kurs GGI va 4-kurs QXM" yo‘nalishi talabalari bilan "OIV" infeksiyasini oldini olish va unga qarshi kurashishda Tibbiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi unda institut tyutorlari U.Mavlyanov va B.Vafayevlar tushuntirish ishlarini olib bordi.


🇺🇿 "TIQXMMI" MTU BuxTRBI matbuot xizmati
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 tiiamebb.uz

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

19 Nov, 04:32


https://youtu.be/FA57E2dQWu0?si=an_88gotlpndgH5Y

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

19 Nov, 04:00


https://youtu.be/bfmuq5YqseI?si=JavL1ZnEDHj3mCFq

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

18 Nov, 14:51


https://youtu.be/56vMF8r2hmQ?si=OZkMlbnDLvmKotUm

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

18 Nov, 12:58


#Yashil_makon
#Buxoro_Ekopartiya

🌱 Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universitetining Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti o‘qituvchilari, talabalari va Ekologik partiya faollari hamkorligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish aksiyasi tashkil etildi.


🌱 Mazkur tadbir davomida Buxoro shahrining iqlim va tuproq sharoitlariga mos 500 dan ortiq manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Bu tashabbus shahrimizning ekologik holatini yaxshilash va toza havo ta’minotiga hissa qo‘shishga qaratilgan bo‘lib, hududning obodonlashuviga ham alohida e’tibor qaratildi.

Bizga obuna bo’ling
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/Eco_partiya www.ecouz.uz

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

18 Nov, 09:31


🏆🏆🏆🏐🏐🏐🏐

🔈 "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning voleybol turi bo‘yicha B-liga qizlar o‘rtasida respublika final bosqichining tugash marosimi BuxDU huzuridagi "Universal" sport majmuasida o‘tkazilmoqda.

Unda Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutidan 500 nafar rahbar-xodimlar hamda talabalar faol ishtirok etmoqda.

🇺🇿 "TIQXMMI" MTU BuxTRBI
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 tiiamebb.uz

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

18 Nov, 09:01


🟦🟦🟦

Bugun O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'ining 33 yilligi munosabati bilan "Millat bayrog'i" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tanlovda Ijtimoiy gumanitar' tillar va jismoniy madaniyat kafedrasi o’qituvchisi N.Boltayeva, Yer resurslarini boshqarish va ekalogiya fakulteti tyutori Djalilov Firdavs va Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi uslubchisi G.Rajabovalar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar.

🇺🇿 "TIQXMMI" MTU BuxTRBI
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 tiiamebb.uz

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

16 Nov, 12:27


#ilm_fan
#astronomiya
#tarix
🇺🇸AQSh astronavti, "Apollo 16" missiyasi komandiri John Watts Young Oyda mashina haydayotgani aks etgan tasvir.
1972-yilning 21-apreli.

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

15 Nov, 16:50


#yoshlar_akademiyasi
#innoweek2024

"InnoWeek-2024" doirasida Yoshlar akademiyasi assambleyasi o'tkazildi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.Sharipov, Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Sa’dullayev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o’rinbosari O.Mahkamov, Ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish xalqaro “Ziyo Forum” fondi direktori B.Farmonov hamda 40 nafar Yoshlar Akademiyasining oliy ta’lim muassasalaridagi liderlari, 11 nafar Yoshlar Akademiyasining hududlardagi liderlari, 60 nafar Yoshlar Akademiyasi a’zolari ishtirok etdilar.

Mazkur Assambleyada oliy ta’lim muassasalari va hududlarda ilmiy innovatsion faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan takliflar, tashabbuslar va g’oyalar muhokama qilindi. Takliflari qo’llab-quvvatlangan yoshlarga kerakli barcha shart-sharoitlar yaratib berish aytib oʻtildi.

Yoshlar Akademiyasi Assambleyasida Buxoro viloyat hudud lideri Hamroyev Ilxomjon hamda Husenov Oʻlmasbeklar faol ishtirok etishmoqda.

🇺🇿 "TIQXMMI" MTU BuxTRBI
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 tiiamebb.uz

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

15 Nov, 12:39


🟦🟦🟦

⚡️🇺🇿"TIQXMMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutida 16-noyabr "Xalqaro bag'rikenglik" kuni va 17-noyabr "Xalqaro talabalar" kuniga bag'ishlangan ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

🇺🇿 "TIQXMMI" MTU BuxTRBI
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 tiiamebb.uz

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

15 Nov, 12:12


🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Tadbir so'ngida bir qator tanlovlarda ishtirok etib faxrli o'rinlarni qo'lga kiritgan talabalarni institut rektori Sh.J.Imomov munosib pul yutuqlari va diplom bilan taqdirladi.

🇺🇿 "TIQXMMI" MTU BuxTRBI
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 tiiamebb.uz

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

11 Nov, 02:21


⚡️❗️Бугун, 11 ноябрь Ўзбекистонда Касаба уюшмалари куни!

Байрам муносабати билан соҳа вакилларини барчаларини самимий табриклаймиз. Фурсатдан фойдаланиб сизга тан соғлиги, барокатли умр, иш фаолиятингизда янги зафарлар тилаймиз!

Касаба уюшмасидагиларга юборинг!


@Tezkor_Bukhara

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

10 Nov, 03:36


ҲАМКОРЛИК МЕМОРАНДУМИ ИМЗОЛАНДИ

Қорақалпоғистон Республикаси Сув хўжалиги вазирлигида «Тошкент ирригация ва қишлоқ хўжалигини механизациялаш муҳандислари институти» Миллий тадқиқот университети Бухоро табиий ресурсларни бошқариш институтининг профессор олимлари билан учрашув бўлиб ўтди.
Учрашувда Қорақалпоғистон Республикаси Сув хўжалиги вазирлиги билан «Тошкент ирригация ва қишлоқ хўжалигини механизациялаш муҳандислари институти» Миллий тадқиқот университети Бухоро табиий ресурсларни бошқариш институти ўртасида ҳамкорлик Меморандум имзоланди.
-Сув хўжалигига ҳам замонавий бошқарув тизими, янгича суғориш усуллари кириб келмоқда ва биз Меморандумда ҳам кадрларнинг малакасини ошириш, қайта тайёрлаш курсларини ташкил этишни ҳам назарда тутмоқдамиз, - дейди «Тошкент ирригация ва қишлоқ хўжалигини механизациялаш муҳандислари институти» Миллий тадқиқот университети Бухоро табиий ресурсларни бошқариш институти ректори, профессор Шавкат Имомов.

Сайтимизда тўлиқ ўқиш: 👇

https://krminwater.uz/09/11/2024/3435/

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

10 Nov, 02:40


🟦🟦🟦
🟦🟦
#yashil_makon

Jarayondan lavhalar;

🇺🇿 "TIQXMMI" MTU BuxTRBI
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 tiiamebb.uz

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

09 Nov, 15:34


QARSHI MUHANDISLIK IQTISODIYOT INSTITUTI HUZURIDAGI ILMIY DARAJALAR BERUVCHI PHD.03/30.06.2020.T.111.02 RAQAMLI ILMIY KENGASH ning 9-noyabr 6-sonli yig’ilishida institutning 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va
melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash ixtisosligi
tayanch doktoranti J.Ro’ziqulovning “Muvaqqat ariqqazgichni takomillashtirish va parametrlarini asoslash” mavzusidagi PhD ilmiy darajasini olish uchun dis
sertatsiya ishi himoyasi Ilmiy seminarida 100 % ovoz bilan asosiy himoyaga tavsiya etildi.

@BuxTRBI

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

09 Nov, 12:28


QARSHI MUHANDISLIK IQTISODIYOT INSTITUTI HUZURIDAGI ILMIY DARAJALAR BERUVCHI PHD.03/30.06.2020.T.111.02 RAQAMLI ILMIY KENGASH ning 9-noyabr 6-sonli yig’ilishida institutning 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va
melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash ixtisosligi
tayanch doktoranti J.Xalilovning “Tomchilatib sug’oriladigan intensiv bog’ qator oralariga ishlov beradigan mashinaning parametrlarini asoslash” mavzusidagi PhD ilmiy darajasini olish uchun dis
sertatsiya ishi himoyasi Ilmiy seminarida 100 % ovoz bilan asosiy himoyaga taqdim etildi.

@BuxTRBI

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

09 Nov, 12:18


"Gidrotexnika qurilishi" yo’nalishining 4- kurs talabalari Amu-Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasiga qarashli Tozako'l va To'dako’l suv omborlariga borib, kunlik amaliyot o’tadilar.

Ularga gidromelioratsiya fakultetining "Gidrotexnik inshootlar va nasos stansiyalari" kafedrasi o'qituvchilari F. Jamolov, A. Yavov va R. To'rayevlar, shuningdek, institutning marketing va amaliyot bo'limi xodimasi Z. Otaqulova hamrohlik qildilar.

Amaliyot davomida professor-o'qituvchilarimiz hamda boshqarma mutaxasislari suv omborlari faoliyati va ahamiyati, u yerlarda joylashgan gidrotexnik inshootlar to'g'risida batafsil ma'lumotlar berdilar.

https://t.me/BuxTRBI

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

09 Nov, 11:43


🟦🟦🟦
#yashil_makon

⚡️🇺🇿 Ma’lumki, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilayotgan mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari yurtimiz ekologiyasi, atrof-muxit musaffoligini saqlash hamda aholi salomatligini yaxshilashda muhim omil bo‘lish bilan birgalikda mamlakatimizda ekologik vaziyatni yanada yaxshilash hamda iqlim o‘zgarishlariga milliy yechim sifatidagi noyob loyiha bo‘ldi. Joriy yilning 9 noyabr sanasida Nukus shahrida «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida barcha oliy va kasbiy ta’lim muassasalari ishtirokidagi «Yashil kelajak» umumrespublika marafoniga start berildi. Marafon doirasida Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institut ko‘ngililari ishtirokida ko‘chat o‘tqazish tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etildi. Bunday sa’y-harakatlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, xalqimizga xos ezgu fazilatlarni qadrlash, ezgulikni yoshlar qalbiga singdirish, qishloq va shaharlar, mahallalarni ko‘rkam ko‘rinishga keltirishdan iborat.

🇺🇿 "TIQXMMI" MTU BuxTRBI
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 tiiamebb.uz

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

06 Nov, 05:39


💙💙💙

#BuxTRBI_QVZ

♾️Siz aziz talaba-yoshlarga yuqori kayfiyat bag‘ishlash maqsadida...

🥳 ''TIQXMMI'' milliy tadqiqotlar universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutida yoshlarni bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish va 17-noyabr "Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan " Quvnoqlar va Zukkolar" ko'rib tanlovning fakultet bosqichiga start berildi.

3ta fakultet bo'yicha "Quvnoqlar va Zukkolar"ga qiziquvchi talaba-yoshlar ishtirok eta oladi.


Shartlari
🔰Jamoa nomi
🔰Eng kamida 5ta ishtirokchi

Manzil:"TIQXMMMI" MTU BuxTRBI
"Aktiv zalida"
Vaqt: 6-noyabr soat 12:00 da bo’lib o’tadi.

@BuxTRBI_Yoshlari

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

05 Nov, 16:50


🟦🟦

“TIQXMMI” MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti Yer resurslarini boshqarish va ekologiya fakulteti Yer resurslaridan foydalanish va davlat kadastrlari kafedrasining tashabbusi bilan o’tkazilgan MASTER KLASS darsi Buxoro tv nigohida.

@BuxaTRBI

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

05 Nov, 16:19


Bugun "TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti professor-o'qituvchilari, ishchi- xodimlari o'z oila a'zolari bilan shuningdek, talabalari Buxoro viloyatidagi Qo'g'irchoq teatriga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida " Qari bilganni pari bilmas" spektakli namoyishidan bahramand bo'ldilar.

@BuxTRBI_Manaviyat

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

05 Nov, 13:58


🟦🟦🟦

Islom taraqqiyot banki homiyligida “Umumtexnika fanlar” kafedrasi tomonidan institutimizga zamonaviy laboratoriya jihozlari olib kelingan edi. Ushbu yangi texnologik vositalardan foydalangan holda “Qurilish materiallari” o’quv fanidan mahorat darsi o’tkazildi. Institut hududida bo’lib o’tgan mazkur mashg’ulotni kafedra o'qituvchisi Bozorov Bustonjon olib bordi. Unda Gidrotexnika qurilish (suv xo'jaligida) yo’nalishining 2-bosqich talabalari ishtirok etdilar.
Ular laboratoriyadagi mavjud jihozlardan foydalanish tartibi, shuningdek, o’z bilim va izlanishlari natijalarini amaliyotda qo‘llash yo’l-yo’riqlari bo‘yicha zarur ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

🇺🇿 "TIQXMMI" MTU BuxTRBI
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 tiiamebb.uz

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

05 Nov, 13:11


🟦🟦🟦

“Elektr energetikasi va elektrotexnika” kafedrasi dotsenti A.A.Xudoyberdiyev 4-kurs Elektr energetika (sirtqi) guruhda "Qishloq xo'jaligida elektr ta'minoti" fanidan amaliy mashg'ulotda elektr o'lchov asboblarini ish prinsplarini o'rgandilar.
😑Talabalar laboratoriyadagi mavjud jihozlardan foydalanish tartibi, shuningdek, o’z bilim va izlanishlari natijalarini amaliyotda qo‘llash yo’l-yo’riqlari va montaj qilish ishlari bo‘yicha zarur ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

🇺🇿 "TIQXMMI" MTU BuxTRBI
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 tiiamebb.uz

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

05 Nov, 12:08


BuxTRBI sirtqi ta'lim yo’nalishining "TJ va IChAB" 4/1 guruhida RONIX stendi asosida amaliy mashg'ulotlar bo’lib o’tdi.
"Avtomatik tizimlarning montaji, sozlash va ekspluatatsiyasi" o’quv fanidan o’tkazilgan ushbu mashg’ulotlar "Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va boshqarish" kafedrasi o'qituvchisi A. Navruzova boshchiligida olib borildi.

https://t.me/BuxTRBI

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

28 Oct, 07:21


📌Hozirgi globallashuv zamonda ekstremizm va terrorizm butunjahon miqyosida xavfli kuchga aylanmoqda. Mafkuraviy bo‘shliq va eng zararli bo‘lgan loqaydlik va beparvolikdir. Beparvo odam dushmandanda xavfliroq ekanligini donolarimiz azal-azaldan kelajak avlodlarga ta’kidlab kemoqdalar.

🏢
TIQXMMI” MTU BuxTRB instituti psixologi D.Saidova hamda, profilaktika inspektori J.Rajabovlar tomonidan “Terrorizm va ekstremizm jamiyat taraqqiyotiga tahdid, kiber hujumlardan himoyalanish yo‘llari” borasida davra suhbati o‘tkazildi.

Suhbat davomida yoshlarga ekstremistik va terroristik tashkilotlar o‘zlarining g‘arazli maqsadlaridan kelib chiqib, islom ta’limotining ayrim g‘oya va tamoyillarini mazmun-mohiyatan tamomila yoki bir yoqlama o‘zgartirib, o‘zlaricha talqin qilib yoshlarni to‘g‘ri yo‘ldan adashtirayotgani tushuntirildi.


🇺🇿 "TIQXMMI" MTU BuxTRBI
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 tiiamebb.uz

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

28 Oct, 06:28


⚡️🇺🇿"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutida atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li hayoti va ijodiga bag'ishlangan tadbir tashkil etildi. Aytish joizki, Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li o‘zining betakror va sermazmun ijodi bilan xalqimiz madaniyati va adabiyotini rivojlantirish, yosh avlodni vatanparvarlik va ezgu g‘oyalar ruhida tarbiyalash, o‘zbek va qoraqalpoq xalqlari o‘rtasidagi azaliy do‘stlikni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan ulkan ijodkordir.

Shoirning she’r va dostonlarida aks etgan insoniy qarashlar el-yurtimiz qalbidan chuqur joy egallagan.

🇺🇿 "TIQXMMI" MTU BuxTRBI
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 tiiamebb.uz

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

25 Oct, 20:54


Rubik kubiki – koni foyda!
Endi esa bu boshqotirma o‘yinchoqning har birimizga keltirishi mumkin bo‘lgan ham aqliy, ham ruhiy, ham jismoniy naflarini sanab o‘tsak:
Barmoqlar sensorligining, sezuvchanlik qobiliyatining yaxshilanishi.
Bilak va barmoqlar gimnastikasi;
Barmoqlar harakatchanligi va chaqqonligining oshishi;
Ko‘z va qo‘l koordinatsiyasi hamda ko‘z fokusining to‘g‘rilanishi;
Diqqatning bir yerga jamlanishi;
Qisqa vaqt davomida hisob-kitob qilish mahoratining charxlanishi;
Qisqa vaqt ichida turli harakatlarni ketma-ketlikda to‘g‘ri, xatosiz va aniq bajara olish layoqatining o‘sishi;
Bir paytning o‘zida bir necha vazifani bajara olish qobiliyatining o‘sishi;
Tez fikrlash ko‘nikmasining shakllanishi;
Xotiraning yaxshilanishi;
Matematik qobiliyat va aql-zakovatning charxlanishi;
Asab tizimiga ijobiy ta'sir, asabiy taranglikning pasayishi;
Murakkab, chigal vaziyatlardan chiqib keta olish mahoratining o‘sishi:
Iroda, sabr-toqat fazilatlarining mustahkamlanishi.


Unga xos foydali jihatlar shulargina emas, albatta. Fikrimizcha, bog‘cha va maktablarda Rubik kubikini terish bo‘yicha alohida to‘garaklar, o‘quv kurslari tashkil etilsa, matematika, geometriya singari fanlarning o‘quv dasturlaridan bolalarga kubik yig‘ishni o‘rgatish vazifalari o‘rin olsa, ayni muddao bo‘lardi. Bu hol o‘quvchilarning darsga qizqishini ham, saboqlarni o‘zlashtirish darajasini ham oshirishi shubhasiz.

@BuxTRBI

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

25 Oct, 20:49


O‘zbekistonda speedcubing
Kezi kelganda, oxirgi yillarda mamlakatimizda Rubik kubikini tez terish bo‘yicha o‘tkazilgan ayrim musobaqalar haqida qisqacha bildirib o‘tsak.

2017-yilning oktabrida Toshkentda yurtimiz tarixida birinchi marta speedcubing bo‘yicha xalqaro musobaqa – Uzbekistan Open 2017 o‘tkazildi.
O‘sha yilning noyabrida esa Samarqandda Umumjahon talabalar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan haftalik chog‘ida yosh yigit-qizlar va talabalar o‘rtasida shunday bellashuv bo‘lib o‘tgandi.
Bundan tashqari, aynan 2017-yilning dekabrida Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda WCA tomonidan o‘tkazilgan Kyrgyzstan Open 2017 (First Inernational Competition in Kyrgyzstan)da qozog‘istonlik yoshlar va mezbonlar qatori yurtimiz o‘quvchilari ham speedcubing bo‘yicha bellashgandilar. Ikki yuzga yaqin ishtirokchi 3x3x3 Cube, 2x2x2 Cube, 4x4x4 Cube, 3x3x3 One-Handed (bir qo‘lda terish), Pyraminx, Skewb yo‘nalishlarida kuch sinashgan mazkur chempionatda to‘rt nafar yurtdoshimiz yuqori natijalarni ko‘rsatishgandi. Jumladan, toshkentlik o‘quvchi Timur Mavlyanov to‘rt nominatsiyada birinchi o‘rinni egallagan va 3x3x3 kubini 10,3 sekundda terib, musobaqa rekordchisi bo‘lgandi.
Ikki yilcha avval iyunь oyida poytaxtda O‘zbekiston yoshlari va talabalari forumida ham Rubik kubogini tez terish bo‘yicha intellektual bellashuvlar uyushtirildi. Shuningdek, “Kosonsoyliklar” telegram kanali va “Murodim” o‘quv markazi tashabbusi bilan o‘tkazilgan musobaqada sakkiz yoshdan oltmish yoshgacha bo‘lgan yuzdan ortiq ishtirokchi qatnashdi.
Bultur Toshkentdagi Botanika bog‘ida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston yoshlari va talabalari forumida mnemonika, shaxmat, mental arifmetika bahslari qatori Rubik kubini tez terish bo‘yicha o‘tkazilgan bellashuv ham ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otdi.
Darvoqe, o‘tgan yili Buxoro shahrida STEP UP o‘quv markazi tomonidan o‘quvchilar o‘rtasida ana shunday musobaqa uyushtirildi.

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

25 Oct, 20:44


Bu boshqotirmani kamroq harakatlar bilan juda tez terishning shu singari mukammal usullari aniqlangach, turli davlatlarda speedcubing bo‘yicha musobaqalar o‘tkazila boshlangan. Va yildan yilga rekordchilar ham ko‘payib borgan. 2004-yilda tashkil topgan World Cube Association (WCA), ya'ni Jahon Kub assotsiatsiyasi shunday rasmiy musobaqalarning o‘tkazilishiga boshchilik qiladi.
Shu paytgacha 3x3x3 kubini eng tez yig‘ish bo‘yicha rasmiy rekord xitoylik Yusheng Du degan yigitga tegishli edi. U to‘rt yilcha avval 3.47 sekundlik natijaga erishgandi. Yaqinda amerikalik Maks Park 3.13 soniyalik ko‘rsatkichni qayd etib, bu boradagi rekordni yangiladi.
Professionallarga mo‘ljallangan Jessika Fridrix uslubi hamda boshqa metodlardan tashqari boshlovchilarga va havaskorlarga mos usullar ham bor. Garchi ular yordamida 10-15 sekundda 3x3x3 kubni terib bo‘lmasa-da, har qalay sifati yaxshi, aylanishi tez kubikni chaqqonlik, tez fikrlash evaziga 45-48 sekundda yig‘ish imkoni mavjud.
Speedcubing musobaqalari kubni bir qo‘lda terish, ko‘zni bog‘lab terish, oyoqlar bilan terish yo‘nalishlari bo‘yicha ham o‘tkaziladi.

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

25 Oct, 20:39


Dars qurolini sportga aylantirgan metod
Yuqorida Rubik kubikining ibtidosi matematika saboqlari uchun yaratilgan o‘quv materialiga borib taqalishini ta'kidladik. Qizig‘i, vaqt o‘tishi bilan shu oddiy buyum endilikda jahon miqyosida uyushtirilayotgan o‘ziga xos nufuzli sport musobaqalarning sababchisi va bosh ashyosi bo‘lib qoldi. Ha, ro‘yi zaminda shunday sport turi bor va u “speedcubing” deb ataladi. Erinmagan kishilar borki, kubikni tez yig‘ish bo‘yicha o‘z salohiyatlarini aynan speedcubing bahslarida ham ko‘rsatishyapti. Albatta, bir necha soniyada jami yigirma oltita kubcha yig‘indisini ranglariga mos holda tartibli ko‘rinishga keltirish o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Buning uchun ma'lum formulalar ketma-ketligidan, o‘ta chapdastlik bilan terish usullaridan puxta xabardorlik talab etiladi.

Ta'kidlash joizki, o‘tgan asrning 80-yillaridan dunyodagi bir qancha hisoblash dasturlari yordamida 3x3x3 kubini imkon qadar kam harakatlar bilan tez yig‘ish yo‘llari, algoritmlari aniqlangan. Bu bo‘yicha ko‘pgina uslublar hisob-kitoblar orqali ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda Jessika Fridrix metodi ular orasida eng ommalashganidir. Bu uslubdan odatda spidkuberlar, ya'ni kubni juda tez terish bilan professional tarzda shug‘ullanuvchilar foydalanishadi.
Nyu-Yorkdagi Binghamton universiteti professori, asli chexiyalik Jessika Fridrix 3x3x3 kubini o‘ta qisqa vaqtda to‘liq yig‘ish algoritmlarini ishlab chiqqan. Bu metodni odatda spidkuberlar qo‘llashadi. Ular shu uslub yordamida o‘rtacha 8-10 sekund davomida kubikni bekam-u-ko‘st yig‘ishadi.

Fridrix yaratgan metod CFOP ham deyiladi. U – “Cross – F2L – OLL – PLL” qisqartmalarining ixcham ifodasi bo‘lib, ayni shu to‘rt narsa kubni terishning to‘rt bosqichini bildiradi. Shu o‘rinda ularning har birini to‘liq shakllarda va ma'nosi bilan aytib o‘tsak:
Cross – Krest shaklini terish.
First 2 Layers – Dastlabki ikki qatorni terish.
Orienting the Last Layer – Oxirgi qatorni mo‘ljallash.
Permuting the Last Layer – Oxirgi qatorni almashtirish.
Ushbu uslub mohiyatini yanada aniqroq tushuntirsak. 3x3x3 kubini oxirigacha yig‘ishning 1-bosqichi (Cross) krest terishdan, 2-bosqichi (F2L) dastlabki ikki qatorni terishdan, 3-bosqichi (OLL) yuqori qator tepasiga bir xil ranglarni keltirishdan, so‘ngi bosqichi (PLL) esa oxirgi qatorni almashtirishdan iborat.

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

25 Oct, 20:30


Rubik kubikining qisqacha tarixi
Vengriyalik muallim, arxitektor, ixtirochi Ernyo Rubik o‘tgan asrning 70-yillarida Budapeshtdagi Amaliy san'at kollejida dizayn yo‘nalishida ishlagan. Bir kuni u o‘z talabalariga uch o‘lchamli fazoviy jismlarni tushuntirish uchun yog‘ochdan kublar yasagan. So‘ng har bir kubni olti xil rangga bo‘yagan. Shunda bu odam ulardan bitta yaxlit kub yaratish mumkinligini anglab yetgan. Shu tariqa Rubik 3x3x3 o‘lchamli antiqa narsani yaratgan. 1975 yilda u bu ixtirosi uchun patent olgan. O‘sha paytlarda ushbu o‘yinchoq “Sehrli kub” deb atalgan.
1977 yilda esa Rubik kublari Budapesht shahridagi o‘yinchoq do‘konlari uchun ishlab chiqarila boshlangan. Oradan ikki yilcha o‘tib Amerikaning Ideal Toy Corp kompaniyasi bilan hamkorlikda AQShga million dona kub yetkazib berish bo‘yicha bitim tuzilgan. Shunday qilib, oddiy arxitektura o‘qituvchisining ixtirosi dunyo bo‘ylab mashhur bo‘lgan. U endilikda ko‘proq ixtirochi nomi bilan “Rubik kubi” deyiladi.
Bugungi kunda sayyora miqyosida eng ko‘p sotiladigan bunday o‘yinchoq kubni Ernyo Rubikning o‘zi ancha vaqtgacha to‘liq tera olmagan.
3x3x3 kubi yaratilganidan keyin dunyo bo‘ylab turli o‘lcham va shakllardagi ko‘pgina kublar ixtiro qilingan. Ulardan ayrimlarini boya tilga oldik. Hozirgacha yangi-yangi xillardagi boshqotirma o‘yinchoqlar yaratilib, jahon bozorlariga chiqarilmoqda.

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

25 Oct, 20:27


Hozir yurtimiz yoshlari orasida ushbu o‘yinchoqlarga qiziqish tobora ortib boryapti. O‘quvchilar qo‘lida bunday kubikni tez-tez ko‘rish mumkin. Ularning ko‘pchiligi deylik, 3x3x3 kubikini to‘liq yig‘a olishmasa ham, loaqal bir qavatni terishga, har xil bezaklar hosil qilishga tirishishlarini kuzatish yoqimli. Uni oxirigacha yig‘ishni eplaydigan bolalar esa tezkorlik bobida, imkon qadar qisqa vaqt ichida shu vazifani bajarish bo‘yicha bellashayotganlari ham diqqatni tortmay qo‘ymaydi. Negaki, hozirgi navqiron avlod asosan nimalarga ko‘proq qiziqayotganiga e'tiborli bo‘lish, ta'lim-tarbiyada xuddi shu omillarni hisobga olish ota-onalar hamda pedagoglarning vazifasi ekanligi kunday ravshan. Xo‘sh, bolalar va hatto ayrim kattalar uchun tuppa-tuzuk o‘quv quroliga, hobbiga, sevimli mashg‘ulot vositasiga aylanib borayotgan mazkur o‘yinchoq boshqotirmaning jozibasi, sir-asrori nimada?!
Bu savolga javob berish maqsadida “sehrli kub”ning kelib chiqishi-yu ayricha xususiyatlariga, respublikamizda ommalashuviga, pedagogik jarayondagi ijobiy ta'sirlariga, qolaversa, shu bo‘yicha O‘zbekistonda o‘tayotgan ayrim musobaqalarga birma-bir to‘xtalsak.

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

25 Oct, 20:25


Avvalo eslatib o‘tsak: Rubik kubigi dastlab 3x3x3 o‘lchamda, olti tomoni olti rangli kub shaklida yaratilgan boshqotirma o‘yinchoq bo‘lib, ayni paytda dunyoda uning har xil geometrik shakl va hajmlardagi, turli-tuman ko‘rinishlardagi juda ko‘p turlari tarqalgan. Ixtiro qilinganiga yarim asrga yaqinlashayotgan, diyorimizga kirib kelganiga esa qirq yildan oshayozgan bunday o‘ziga xos matematik qurilma tilga olinganda endilikda ildam barmoqlar va albatta, aql hamda xotira kuchi yordamida burib, yig‘iladigan qator antiqa matohlar ko‘z oldimizga keladi: 2x2x2 Cube, 3x3x3 Cube, 4x4x4 Cube, 5x5x5 Cube, 6x6x6 Cube, 7x7x7 Cube, Twisty Cube, Pyraminx, Penrose Cube, Mirror Cube, Windmill Cube, Mirror Windmill Cube, Megaminx, Kilominx, Barrel Cube, Square-1, Dino Cube, Skewb va hokazo, va hokazo... Ularning nomlari ham, ko‘rinishlari, ichki strukturasi, xilma-xil xususiyatlari ham ajoyib. Har birini to‘liq terish jarayonidagi “aqliy zo‘riqish”larni ta'riflashga esa til ojiz.

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

25 Oct, 20:23


Kubiklarning mo‘jizakor olami

Tafakkurni charxlashda, yoshlarning yashirin qobiliyatlarini namoyon etishda, dunyoga bir necha o‘lchamlardagi nigoh bilan qarashni o‘rganishda so‘nggi vaqtlarda dunyo bo‘ylab, shu qatori, diyorimizda ommalashayotgan muhim bir vosita, aniqrog‘i, aqliy o‘yinchoq g‘oyat asqotmoqda.
Uni “Mo‘jizakor kubik” yoki oddiy qilib “Rubik kubiki” deydilar.

@BuxTRBI

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

25 Oct, 16:07


#BuxTRBI_Yangiliklar
#Marifat_ulashib
#Adiblar

📍 “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida adiblar tashrifi.




"TIQXMMI" MTU BuxTRBI:
Matbuot xizmati;


🇺🇿 "TIQXMMI" MTU BuxTRBI
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 tiiamebb.uz

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

25 Oct, 06:13


Барча Ички ишлар органлари ходимлари ва фахрийларини 25 октябрь - Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар органлари ходимлари куни билан самимий муборакбод этамиз!

Йигитлар, омад! Ватан Сизга ишонади!

@Tezkor_Bukhara

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

24 Oct, 15:13


⚡️🇺🇿“TIQXMMI” MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti.

“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq talabalarning kasblar va mutaxassisliklarni egallashga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash uchun keng imkoniyatlar yaratish hamda oliy ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish masalasi ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan.

Dual ta'lim tizimini amalda keng qo'llash va uning ta'lim tizimidagi samaradorligini yanada oshirish maqsadida Yer resurslarini boshqarish va ekologiya fakultetining tashabbusi bilan Yer resurslaridan foydalanish va davlat kadastrlari kafedrasining Yer kadastri va yer tuzish ta'lim yo'nalishining bitiruvchi bosqich talabalari Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyat boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasining Kogon tuman filialiga tashrif buyurdilar. Talabalar yer resurslaridan foydalanish va davlat kadastrlari sohasida amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar va istiqbolli rejalar bilan keng tanishgan holda o'z bilim va malakalarini yanada oshirdilar.

Talabalarga mutaxassislar tomonidan Kadastr pasportini tayyorlash, uy joylarni va yer uchastkalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish, noqonuniy egallangan yer uchastkalari va bino inshootlarga ijara va mulk huquq e'tirof etish, bino va inshootlarga kadastr raqamlarini shakllantirish, bino va inshootlarning kadastr qiymatini baholash kabi qator bo'yicha atroflicha ma'lumotlar berildi.

Talabalar sohaga oid o'z bilimlarini yanada mustahkamladilar.Institutda olgan bilimlariga qo'shimcha sifatida ishlab chiqarish korxonasida olgan ushbu bilimlari mutaxassis bo'lib yetishishlariga zamin sifatida xizmat qiladi.


🇺🇿 "TIQXMMI" MTU BuxTRBI
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 tiiamebb.uz

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

23 Oct, 07:57


#Tugʻilgan_kun

⚡️ Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

🎉 "TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Jo’rayev Fazliddin O’rinovichning bugun tavallud ayyomlari. Mazkur quvonchli kun bilan chin qalbdan tabriklaymiz. Sizga sihat-salomatlik, ilmiy va oilaviy hayotingizga omad tilaymiz. Har doim yuzingizdan kulgu arimasin.

💐Ko'kga parvoz qilgan qush misol,
Siz doimo baxtga intilib yashang.
Baxtdan bir qasr qurib,
Unda muhabbatga ko'milib yashang.
Olamni bezovchi oppoq qor misol,
Orzularingiz ham royobga chiqsin.
Hayotingiz esa asaldek shirin,
Tongdek munavvar va nurafshon kechsin.
Tark etmasin sizni shodlik va quvonch,
Hayotingiz doimo nurlarga tolsin.
Hamroh bolsin sizga mehr va ishonch,

🇺🇿 "TIQXMMI" MTU BuxTRBI
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 tiiamebb.uz

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

23 Oct, 07:21


🟦🟦 🟦🟦🟦🟦🟦

⚡️🇺🇿Ayni damda Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutida "Global iqlim o'zgarishi va suv tanqisligi kontekstida suv-energetika va oziq- ovqat xavsizligi" xalqaro ilmiy konferensiyasi bo'lib o'tmoqda.

🇺🇿 "TIQXMMI" MTU BuxTRBI
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 tiiamebb.uz

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

23 Oct, 05:01


🟦🟦

⚡️🇺🇿“TIQXMMI” MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti va “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ bilan hamkorlikda olib borilayotgan dual ta’lim asosida tashkillashtirilgan amaliyot jarayoni Buxoro tv nigohida.

🇺🇿 "TIQXMMI" MTU BuxTRBI
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 tiiamebb.uz

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

23 Oct, 04:38


BuxTRBIning Yer resurslaridan foydalanish va davlat kadastrlari kafedrasi a’zolari 1-son talabalar turar joyida talaba qizlar bilan suhbat olib bordilar.

Shu yo’sin ularni o’ylantirayotgan masalalar muhokama etildi.

https://t.me/BuxTRBI

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

22 Oct, 16:21


Olmaliqqa safar manzaralari.

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

22 Oct, 16:21


Joriy yilning 15-oktabrida mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrifi davomida Olmaliqdagi muhandislar tayyorlash maktabida bo’ldi.

Ushbu tashrif davomida mazkur ta’lim dargohida amalga oshirilayotgan ishlarni, xususan, muhandislik-texnika oliygohlari hamda ularning sanoat hamkorlarini tanishtirish, mazkur tajribani boshqa muhandislik oliy ta’lim tashkilotlarida ommalashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Davlat rahbarining bu boradagi topshiriqlarining o‘z vaqtida, to’laqonli ijro etish maqsadida vazirlik tomonidan reja-grafik ishlab chiqilgan.

Shunga muvofiq BuxTRBI rektori Shavkat Imomov hamda “Qishloq va suv xo’jaligi texnika-texnologiyalari” kafedrasi assistenti M. Kurbanovlar Toshkent viloyatida safarda bo’ldilar. Vakillarimiz Olmaliqdagi muhandislar tayyorlash maktabida o’tkazilgan ilmiy-amaliy anjuman va ko’rgazmada qatnashdilar. Qolaversa, ushbu maskandagi imkoniyatlar, ish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.

https://t.me/ShJImomov