MAHLIYO KARIMOVA @mahliyo_karimova_official Channel on Telegram

MAHLIYO KARIMOVA

@mahliyo_karimova_official


📃O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo’limi a’zosi Mahliyo Karimova ijodidan she'riy namunalar

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻 (Uzbek)

MAHLIYO KARIMOVA - rasmiy Telegram kanaliga xush kelibsiz! Bu kanal O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo’limi a’zosi Mahliyo Karimova ijodidan she'riy namunalar bilan sizni qiziqtiradigan va ilhomlantiradigan joy. Mahliyo Karimova o'zining eng yaratqich va o'rnatilgan she'rlarini siz bilan bulishni xohlaydigan yozuvchi. Kanalga a'zo bo'lib, Mahliyo Karimova'ning so'z ustasi yaratqichlik dunyosiga oid ajoyib ijodiy namunalardan xabardor bo'ling!

MAHLIYO KARIMOVA

09 Feb, 18:58


…………………………………………..

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

09 Feb, 18:42


Ko’p tikildim tosh qoplagan qalbinga men
Endi suvday erisa ham befoydadir…

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

08 Feb, 16:06


* * *

Og’ir havolarni ko’tarib yurib
Sabri oxiriga yetgan oy fevral,
Bahor sal ertaroq kelishi uchun
O’zi sal ertaroq ketgan oy fevral.

To’g’ri!
Qishning qahratoni senda mujassam
Ayozlari bilan qo’rqitgan sensan,
Yigirma sakkiz kun qorlar qo’ynida
Lolani bag’riga berkitgan sensan.

Sen biroz kammisan, bir kam dunyoda
Bu jumboqqa o’zing qozi bo’l fevral,
Uch kun olgan bo’lsang sendan rozimiz
Bergan bo’lsang sen ham rozi bo’l fevral…!!!

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

07 Feb, 17:43


Ranglimidi dunyo o'shanda...
Iroda Rahmonaliyeva

* * *

Rangli edi dunyo o'shanda
Atirgullar qizilroq edi.
Quyosh rangi olovdan-olov
Daraxtlar yashilroq edi.

Rangli edi dunyo o'shanda
Qorlar yog'di oppoqdan-oppoq,
Tunlarning ham bag'ri tim qora
Osmon edi hatto moviyroq.

Rangli edi dunyo o'shanda
Dengiz rangi ko'm-ko'kroq edi,
Butun zamin, butun koinot
Borliq rangi tiniqroq edi.

Sen bor eding chunki o'shanda...

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

06 Feb, 16:03


Istardimki sen hadya qilsang
Eng sevimli kitoblarimni…

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

05 Feb, 14:35


✍🏻 Mahliyo Karimova
🎤 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

05 Feb, 14:35


* * *

Bir bahorlar kelib ketdi, bir bahorlar
Quyoshlari olov sochib yoqdi dilni,
Qurisa ham kitobimda saqlab yurdim
O'sha kezlar sen keltirgan atirgulni.

Bir bahorlar kelib ketdi, bir bahorlar
Yomg'irlarga yuzimizni tutib berdik,
Yolg'on emas, o'yin emas, ikkimiz ham
G'urur uchun qul bo'lmasdan sevdik, sevdik...

Bir bahorlar kelib ketdi, bir bahorlar
Ovozingni qo'shiq qilib tingladim men,
Xudo guvoh seningdayin hech kimsani
Sevmadim men, sevmadim men, sevmadim men!

Bir bahorlar kelib ketdi, bir bahorlar
Ketayotib ishqimizni sudrab ketdi,
Shundan keyin erimadi mening qalbim
U bahorlar balki meni qarg'ab ketdi...

Bir bahorlar kelib ketdi, bir bahorlar...

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

04 Feb, 14:52


Qalbimga yaqin…

To’g’ri, kimligingni bilmayman hanuz
Qaysi manzillarda menga mushtoqsan,
Men hayotda ko’rgan-bilganlarimdan
Ko’rmagan bo’lsamda sen azizroqsan.

Chunki Sen Allohning menga qo’ygani
Chunki sen tasodif, chunki sen qismat,
Va buning bor bo’lsa necha xil nomi
Hammasi men uchun bitta muhabbat.

Bilaman, sen kelgan kuning albatta
Haydab chiqarasan dildan g’amlarni,
Alqissa boqiy bir sadoqat bilan
Kutish ham go’zaldir arziganlarni.

Bilaman, kelasan bir kuni mutloq
Yuz-ko’zing, taniyman qadamingni ham,
Sog’indim… Sog’inish mumkin ekanda
Hech qachon ko’rmagan odamingni ham…

Axir sen qalbimga yaqinsan juda!

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

03 Feb, 17:50


…………………………………………..

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

03 Feb, 17:14


Tushlaringga she’r yozib kirsam
Eshit meni, to’lib ketganman…

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

02 Feb, 14:53


Uzoq kutdik bu diydorni
Kelding og’ir yo’llar bilan,
Kunim yetsin yakuniga
Sen keltirgan gullar bilan…

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

31 Jan, 18:23


Hayotimga sig’maganim,
suymaganim
Kelish, ketish sababingni
bilmagayman,
Xayolimdan haydolmadim
seni hatto
Tushlarimdan axir qanday
haydagayman…

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

30 Jan, 16:53


* * *

Indamasdan sog’inishmi?
Mendan so’ra, mendan so’ra,
Va noiloj ho’rsinishmi
Mendan so’ra, mendan so’ra.

Yoshsiz yig’lagan ko’zlarni
Ichga yutilgan so’zlarni,
Uyqusiz tun, kunduzlarni
Mendan so’ra, mendan so’ra.

Tutab-tutab yonish mumkin
Kulday sovib qolish mumkin,
Sevib-sevib tonish mumkin
Mendan so’ra, mendan so’ra.

Aytsang aytib bo’lmas lekin
Qaytsang qaytib bo’lmas lekin,
Ilojsizlik nimaligin
Mendan so’ra, mendan so’ra…

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

29 Jan, 14:21


* * *

Sen meni mehrga o’rab boqqansan
Meni kaftlaringda asrab yashading,
O soddam, go’zalim, sof ko’ngilligim
Meni sizlaganni sizlab yashading!

Sen meni mehrga o’rab boqqansan
Nima yaxshim bo’lsa sendan o’tgan his,
Hayot siltaganda yelkalarimdan
Sinib ketishlardan tutolding olis.

Sen meni mehrga o’rab boqqansan
Qo’lim tilinsa ham sen chekding ozor,
Ona qo’limdanmas yuragimdan o’p
Hozir faqat shunga ehtiyojim bor…

Mening faqat shunga ehtiyojim bor…

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

28 Jan, 14:03


* * *

Kurashdim, men eng ko'p hislarim bilan
G'urur bilan chopdim ular qo'lini,
Endi o'ylanaman, endi hayronman
Bilmasdan yopdimmi baxtning yo'lini?

Kurashdim, men eng ko'p o'z-o'zim bilan
Hammasi ichimda... Kimga aytaman?
Qo'rqqaning oldingga kelar deydilar
Men Sendan qo'rqaman! Sendan qo'rqaman...

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

27 Jan, 17:49


Ichimda bir kuch bor, jilovlanmas kuch
Seni sevaverar mendan so’roqsiz…

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

26 Jan, 14:56


* * *

Umid qilamanki yaxshisan, yaxshi
Umid qilamanki nurli kunlaring,
Bir oqshom sog’inching quchadi meni
Bir kuni quchadi xavotirlaring…

Umid qilamanki baxtlisan, baxtli
Hayoting ranglidir, emasdir kulrang,
Yaxshi bo’l! Omon bo’l! Baxtli bo’l, chunki
Chunki, sening endi yo’q boshqa chorang…

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

25 Jan, 12:55


Umr bir yo’l! Yo’ldoshlikka
Yaray olsang oshiqsandir…

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

23 Jan, 14:18


✍🏻 Mahliyo Karimova
🎤 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

23 Jan, 14:17


Bir gün herkesten kaçmak istedim…
Tek başıma kaçmak istedim.
Sensiz hayatımdan sensiz yerlere kaçmak istedim.
Gittim... Doğaya kaçtım...
Her şey çok güzeldi!
Senin burada olduğunu öğrenene kadar her şey çok güzeldi…
Bir bakacağım İki kişilik bir masa hazırlamşım.
Masadaki her şey iki kişiliktir.
Yolculuk için getirdiğim diğer eşyaları hemen gözden geçirdim, her şey iki kişi içindi.
Olduğum yerde dondum…
Senden kaçamayacağımı anladım.
Senden kaçacak yerim yokmuş.
Sonuçta kalbimdesin, kendimden kaçtığım zaman nereye giderim…!?

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

23 Jan, 08:44


Gar qaytishga imkon bo'lsa
buning bojin
Balki butun dunyo bilan
to'lardim men,
Qaytishga-ku imkon yo'qdir...
Hech bo'lmasa
Bolalikka mo'ralagan bo'lardim men...!

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

22 Jan, 18:24


Ko'ringanga ishonmoq xato
Baxt oshkordir! Yashirin alam.
Yig'lash mumkin qahqaha otib
Qulash mumkin tikka turib ham…

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

21 Jan, 17:11


* * *

O’rtada gina bor, araz bor ulkan
O’rtada g’urur bor bo’ylari baland
O’zing ayt! O’zing ayt, yoki shulardan
Kichkina edimi bizning muhabbat?

O’rtada sog’inch bor qudrati tengsiz
Va bostirib kelar xavotir buncha,
Aqlim bovar qilmas ular kuchli-yu
Bizning jur’atimiz ojizmi shuncha?

O’rtada qo’rquv bor vahima solgan
Biz qora hislarga asirmiz nechun?
Oppoq hislarmiz ulg’aysin endi
Bizni kishanlardan qutqarmoq uchun…

Katta jur’at kerak katta ishq uchun!

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

21 Jan, 15:50


…………………………………………..

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

21 Jan, 14:06


O’rtamizda yo’l bor uzoq
Va g’urur bor yaqin-yaqin…

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

20 Jan, 13:05


Oshiqlikdan umidim bor
Tosh qotishga shoshma ko'nglim...

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

19 Jan, 17:49


* * *

Bugun biroz toliqqanman
Ulgurganman, kechikkanman…
Nimalarga ichikkanman
Alla aytib bergin Ona!

Sezma deb kulib yashadim
Sezganing bilib yashadim,
Yaxshiyam senga o’xshadim
Alla aytib bergin Ona!

Hayot sinov oxir azal
Bu sinovlar mohir azal,
She’rlarimdan ming bor go’zal
Alla aytib bergin Ona!

Horg’in qalbim uyg’otaman
Tonglarimga gul otaman,
Tizzangni quchib yotaman
Alla aytib bergin Ona!

Oradan vaqt o’tmaganday
Bo’yim senga yetmaganday…
Qaynoq mehringdan o’rgilay
Alla aytib bergin Ona…!!!

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

18 Jan, 18:11


Uch fasl bahona qildi erta deb
Vaqti yetgan bo’lsa, qishlarimga kel!
O’nglarim sen uchun tormi azizim
Cheki-poyoni yo’q tushlarimga kel…

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

18 Jan, 09:28


- Seni sevaman

- Sen bilan birga qarishni istayman

-Seni sevaman deyapman, sen aytmaysanmi?

- Aytyapman-ku!
Sen bilan birga qarishni istayman...

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

17 Jan, 15:00


Yana yangi she’r tug’ilajak
Sen eskisan she’rimda faqat…

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

16 Jan, 15:45


✍🏻 Mahliyo Karimova
🎤 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

16 Jan, 15:45


* * *

Xorg’inman…Toliqqan juda ham
Ne haqda o’ylanib turibman?
O’tmishga aylangan yo’llardan
O’zimni qidirib yuribman.

O, o’zim! Sen bilan ketgan u
U menga butunlay begona,
Sen ketgach qorong’u tushlardan
Uyg’ona olmadim, uyg’ona…

O’zimni qidirib yuribman...

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

15 Jan, 10:56


* * *

Loyim ishq bilan qorilgan
Sevmaslikka ilojim yo'q,
Jon o'rtagan yor yoniga
Kelmaslikka ilojim yo'q.

Otdim olovga jonimni
Keldim taqdirga basma-bas,
Yonmoq bo’lsa gar qismatim
Yonmaslikka ilojim yo’q.

Menga yorning yoni emas
Yorning yodi nasib bo’lsa,
Uning xotirasi bilan
Qolmaslikka ilojim yo’q.

Ishqqa qarshi kelmoq qayda
Qayda unga mone bo’lmoq,
Alamimni she’rlarimdan
Olmaslikka ilojim yo’q!

Ming bor so’ldim, ming bukildim
Qurib bitdi yashil hislar,
Qalbga qaytadan urug’lar
Solmaslikka ilojim yo’q.

Manglayimga bitilgandir
Ishqqa tutqun yashamoqlik,
Shoirlikning badali shu
Ko’nmaslikka ilojim yo’q!

Sevmaslikka ilojim yo’q…

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

14 Jan, 11:33


Yursam menga dunyo bir qadam
Sen bu dunyo ichidamasmi?!

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

14 Jan, 04:52


✍🏻 Mahliyo Karimova
🎤 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

14 Jan, 04:51


Og’alarim!

Siz shu el deb o’tni kechib o’tganlardan
Siz tonglarni chegarada kutganlardan,
Siz jonini Vatan uchun tikkanlardan
Yaratganga omonatsiz og’alarim!

Yurtga qalqon bo’lganlarni sher deydilar
Vatan asli har bir qarich yer deydilar,
Yurtni sevsang onangdayin sev deydilar
Yaratganga omonatsiz og’alarim!

Siz bor uchun ota ko’ksi tog’ bo’ladi
Siz sevgan yurt chaman bo’lar bog’ bo’ladi,
Boshingizda hilpirab bayroq bo’ladi
Yaratganga omonatsiz og’alarim!

Onalarning dilbandlari, nur - quyoshi
Yo’lamasin sizga zinhor g’anim toshi,
Omon bo’lsin har bir mardning aziz boshi
Yaratganga omonatsiz og’alarim!

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

13 Jan, 13:44


Jussam kichkina-yu, yolg’onim katta
Aldanma charaqlab kulganlarimga,
Ikkinchi bor so’ra! Rostini ayt de!
Ishonma yaxshiman deganlarimga…

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova

MAHLIYO KARIMOVA

11 Jan, 12:18


Bir tuyg’u bor….Yashirinsang ham
Topib olar Seni baribir…?!

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova

MAHLIYO KARIMOVA

10 Jan, 14:16


* * *

Qadriga yet, yig’lasang yig’lab
Kulganingda kula olganni,
Qadriga yet seni Xudodan
Omonat deb seva olganni!

Shukur qilgin boriga uning
Ishq bilan boq yuzlariga sen,
Baxtga to’yib, to’ymasdan yasha
Cho’kib yasha ko’zlariga sen!

Qadriga yet Seni sevganni…

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

09 Jan, 16:22


Bir dardni ikkiga bo’lib ko’tardik
Endi baxtlarni ham bo’lishishga kel…

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

09 Jan, 11:22


Sening tog’dayin keng yelkang qaydadir?
Suyab qolayapman o’zimni o’zim…

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

08 Jan, 13:26


* * *

Ko'zimdan sog'inchlar tomchilab tushdi
Ko'z yoshim yuzimni qamchilab tushdi,
Qalbimdagi hislar yonimga tushdi
Men sening yodingga tushmadimmi yor?!

Masofa istading, yoqlab yashadim
Sening qaroringni oqlab yashadim,
Birgina diydorni xohlab yashadim
Yo sening yodingga tushmadimmi yor?!

Qolgan xotirlarni erkalab yurdim
Ko'rgan tushlarimni allalab yurdim,
Xijronning kaftiga qumday to'kildim
Hech sening yodingga tushmadimmi yor?!

Manzili sen bo'lgan yo'llar hurmati
Senda to'xtab qolgan yillar hurmati,
Faqat seni yozgan qo'llar hurmati
Men sening yodinga tushmadimmi yor?!

Ayt!
Sening yodingga tushmadimmi yor?!

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

07 Jan, 16:50


……………………………………………

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

07 Jan, 15:10


- Mesafe aşkı öldürür mü?

- Öldürmez

- Ama herkes öldürdüğünü söylüyor

- Allah'ı görmeden seviyoruz
Kulunu uzaktan sevemez miyiz?!

- Sevebiliriz

- Sevebiliriz! Her iki dünyada da!

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

07 Jan, 09:39


Sen mening yodimga qolding qamalib
Men Sening yodingga asir tushdimmi!?

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

06 Jan, 14:06


✍🏻 Mahliyo Karimova
🎤 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

06 Jan, 14:06


* * *

Qish...
Sen bo'lmagan yo'llarda sovuq qotib boraman
Sog'inchning eng tubiga chunon botib boraman,
Aqlimni yo'qotdimmi? Hijron keldimi g'olib
Yig'laydigan holimga xandon otib boraman.

Boraman... Endi meni yozlar bilan kutib ol
Qalbimni eritguvchi so'zlar bilan kutib ol,
Demak, yetmagan ekan shu kungacha sevganing
Meni endi boshqacha, boshqacharoq sevib qol!

Sen bo'lmagan yo'llarda sovuq qotib boraman…

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

05 Jan, 17:10


Boshlansa bitmog’i dushvordir uning
Aql va ko’ngilning o’rtasida jang…

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

05 Jan, 08:21


* * *

To'qnashib ketasan kitobim bilan
Shapaloq tortadi she'rlarim. Kechir!
Uddalay olmadim... Qo'lingdan kelsa
She'rlarimga singan nomingni o'chir...

Istasang burdala varoqlarini
Jonim og'risa ham mayli chidayman,
Lek isming yozilgan yurak zarbiga
Qanday chidash mumkin? Buni bilmayman…

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

04 Jan, 18:58


………………………………………….

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

04 Jan, 18:27


Onu sevip sevmediğimi mi merak ediyorsun?

Eğer sabah gözlerini açtığında yüzü gözlerinin önüne geliyorsa

Çevrendeki her şey, hatta onunla alakası olmayan şeyler bile Onu hatırlatıyorsa

Hatırladığında ister istemez yüzüne bir gülümseme yayılacaksa

Günün herhangi bir saatinde onun sesini duymak istediğini fark ettiysen

Ve şimdi en sevdiğin şarkıları sırf onun için dinlemeye başlasan

Eğer onu düşünmeyi, onun hakkında endişelenmeyi bırakamıyorsan

Zihnin bunun imkansız olduğunu söylese bile, kalbin
Onu istiyorsa, sorulara gerek yok — SEVIYORSUN

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

04 Jan, 11:17


* * *

Mag’rur do’stim! Kuchli do’stim
Tor dunyoda omonmisan,
Ishqsiz dunyo keng-ku deding
Sen ishqsizlik tomonmisan?

Mag'rur do'stim! Komil do'stim
Buyuklikka da'vo nechun?
Muhabbatni totmasa dil
Yashamoqdan ma'no nechun?

Mag'rur do'stim! Oqil do'stim
Oqilllik bu hissizlikmas,
Har dilning bir orzusi bor
Armoni bor hech kim bilmas.

Mag'rur do'stim! Ko'p yugurma
Yurib senga yetadi ishq,
Qo'llaringni qattiq siqib
Salomlashib o’tadi ishq...!!!

Bu qismatdan qochish yo’qdir

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

03 Jan, 10:43


* * *

Bo'yim bo'yingga teng emas
Qalbim qalbingga tengdoshdir,
Bizlar boshqa-boshqa joydan
Hislarimiz vatandoshdir.

Bir qilmasdan ikkimizni
Jonni ming bir pora qilgan,
Qismatimiz beshavqatroq
Qismatimiz bag'ritoshdir.

Ochib ko'rsang ko'ksimni gar
Sog'inchingdan kuyib ketgan,
Butun ko'ringani bilan
Yuragimiz qontaloshdir.

Sen sabrni bayroq etding
Men sabrni bayroq etdim
Dunyoda bor go'zallikdan
Bayrog'imiz beqiyosdir.

Yuzimni sen silolmading
Yuzingni men silolmadim
Yuzlarimni siypalagan
Hijron bilan ko'zda yoshdir.

Alqissaki,
Biz bir joyda tug'ilmadik
Hislarimiz vatandoshdir,
Bo'yim bo'yingga teng emas
Qalbim qalbingga tengdoshdir!

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

03 Jan, 06:28


Çok uzun ifadeler kullanabiliyorum, çok güzel şiirler yazabilirim sana olan duygularımı ifade etmek için, ama bir cuma ile ifade ederim — sadece sana ait olmak istiyorum…

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

02 Jan, 18:38


Oppoq she’rlar o’qigayman senga bugun
Jur’at qilib tushlarimga kirar bo’lsang…

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

01 Jan, 18:56


Yil boshi! Birinchi yanvar!
Kunni qanday o’tkazdim?!
O’zim bilan gaplashdim.
Juda ko’p narsa haqida...
O’tgan bir yil haqida, yillar haqida…
Bo’lganlar, bo’lmaganlar…
Kelganlar, kelmaganlar…
Kutilganlar, kutilmaganlar…
Topilganlar, yo’qotilganlar…

Bu ro’yxatni uzoq davom ettirish mumkin.
Bilamizki, shular bizni ulg’aytiradi.
Har yili boshida shu so’zni aytamiz: Endi ulg’aydim…
Endi uni qilmayman, buni qilaman.
Bu mavzuda aqlim kirdi,
mana bu to’g’ri, bu xato ekan…
Endi ko’p narsaga tayyorman deb o’ylamiz o’zimizni.
Ammo, hayot bizga hamisha kutilmagan nimalarnidir tayyorlab qo’yaveradi.
Hayotdagi kutilmagan burilishlar hech bir yilda qolib ketmaydi…
Yangi yilda yana yangidan…
Bizni qilishimiz kerak bo’lgani esa hammasiga tayyor turish yoki tayyor bo’lmasakda qabul qilish.
Yaxshisiniyam yomoniniyam…
HAR HOLDA MEN KECHAGINA BIZNI TARK ETGAN YILDAN SHUNI O’RGANDIM — QABUL QILISHNI!

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

31 Dec, 08:28


* * *

Ortga boqsak uzun yil turar
Turar baxtlar! Xatolar, dardlar,
Jilmayishib qolishar bugun
Yo’qotishlar… Go’zal fursatlar!

Hammasini yashadik! Rahmat!
Birgalashib keldik bugunga,
Bizni kutar nimalar, bilmay
Salom deymiz yangi bir yilga!

Kel! Kutilgan baxtlar yili bo’l!

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

29 Dec, 12:14


Shukrona!

Ko’zlarimni yumib surdim xayollar…
Bugun bari o’ngda bo’lmoqda sodir!
Qiyindir orzuni amalga yo’ymoq
Va lekin Yaratgan har nega qodir!

Ba’zan ko’zyosh ichdim suvning o’rniga
Ustimga ko’rpadek yopdim alamni,
Bu foniy dunyoda buyuk hikmatim
Men o’zimdan ko’proq sevdim qalamni!

Goho dardlarimni yozdim u bilan
Kun keldi u sabab quvonchga to’ldim,
Otamning, onamning yolg’iz qizimas
Men shu buyuk xalqning shoiri bo’ldim!

SO’Zni sevganlarning shoiri bo’ldim!

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

25 Dec, 17:40


LOYIQ KO’RDI QALAMNI
YARATGANGA MING SHUKUR!

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

23 Dec, 10:06


Hayotda eng kutilgan, eng baxtli daqiqalaringni eng yaqinlaring bilan bo’lishging keladi!
SIZLAR HAM ENG YAQINLARIMSIZ MEN UCHUN!

“TASKIN”ni qabul qilar ekanman yonimda bo’lishingizni istardim albatta!

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

22 Dec, 19:05


* * *

Yo’llar meni sizga olib ketyapti
Yillar meni sizga olib ketyapti,
Balki taqdirimiz bizga uzatgan
Qo’llar meni sizga olib ketyapti.

Balki bag’ringgizni sinov tilgandir
Balki xabarim yo’q, birov tilgandir,
Biz nega yashadik shuncha hijronni
Bilsa faqat bitta Xudo bilgandir.

Sevinsak, yolg’ondan sevindik xolos,
Bir bo’lmay ikkiga bo’lindik, xolos
Yoki baxt neligin anglamay yashab
Va yoki baxtliday tuyuldik, xolos…

Yo’q
Taslim bo’lolmaymiz endi yo’llarga
Taslim bo’lolmaymiz endi yillarga,
Endi qo’limizni berishimiz shart
Toleyimiz cho’zgan nurli qo’llarga.

Taqdir Meni Sizga olib ketyapti…

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

22 Dec, 02:47


Agar vafo bo’lsa o’rtalarida
Kutilganlar baxtli! Kutganlar baxtli!

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

21 Dec, 18:35


Qo’rqma! Yuragimning tub-
tublarida
Men BIZni o’ldirmay asrab yuribman…

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

20 Dec, 13:06


✍🏻 Mahliyo Karimova
🎤 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

20 Dec, 13:06


* * *

Dekabr...
Xayrlashish fursati yetdi
Bir yilimga yasading yakun,
O'n ikki oy sizga tashakkur
Ortda qolgan xotirlar uchun...

Bir kun quvonch, bir kunida g'am
Ba'zan topdim, ba'zan yo'qotdim,
Ko'z yoshimga bog'ildim goho
Ba'zan kuldim, qahqaha otdim.

Og'ir keldi ba'zan kunlaring
Turtib qo'ydi yelkamdan biroz,
Ammo, mayli xayrli bo'lsin
Qilmagayman biror e'tiroz.

Ey so'nggi oy, izg'irinli oy
Sen kech otgan tongga o'xshaysan,
Umringizdan yana bir yilni
Oldim degan bongga o'xshaysan.

Mayli xayr! Mayli xush qolgin
Berganimga rozi ketyapman,
Yangi yilga faqat bir dunyo
Orzularni olib o'tyapman.

Mayli, xayr...

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

19 Dec, 19:13


Ishq illoki tilda anglatmoq emas
O’zing bilguvchisan sevganlarimni,
Tangrim panohingda asra iltimos
Men senga omonat qilganlarimni…

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

18 Dec, 18:58


Kelding! Qo’rqayapman! Qo’rquv degani
Go’zal bo’larmidi o’zi shunchalar…?!

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA

18 Dec, 06:52


* * *

Yana bir kun — uzun bir sog'inch
Yana qayta sinov boshlaydi,
Ikkimizning ichimizda ham
Aytilmagan gaplar yashaydi.

Yashaydilar dilni kuydirib
Men ularni she'r qildim doim,
Meni shoir qildi sen uchun
Sen buncha sevar Xudoyim?

Seni buncha sevar Xudoyim!

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

08 Dec, 05:58


Maylimi qor bo’lsam yuzinga tushgan
Million yil havoda qoldim muallaq…

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

07 Dec, 12:36


Uchrashsak, soatlab suhbat quramiz
Yoki jim bo’lamiz birga soatlab…

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

06 Dec, 12:55


Qismat qayta-qayta qo'zg’armish
Chala qolgan hikoyalarni…

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

05 Dec, 14:15


✍🏻 Mahliyo Karimova
🎤 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

05 Dec, 14:15


* * *

Eridimi qalbingda muzlar
Bir iliqlik sezganday bo'ldim,
Ochib yana eski daftarni
Va'dalarni buzganday bo'ldim.

Oldingda muz tog'lar bor edi
Meni ular Sendan qo'pordi,
Yodingdami ketar chog'imiz
Tog' poyida hislar yolvordi.

Baland edi so'zlaring ishqdan
BIZ emasdik senga muhimroq,
Men yariming bo'lolmagandim
O'zing bilan eding baxtliroq.

Eridimi ayt o'sha muzlar
Sog'inchlaring qalbga quyildi,
Yo men tomon yo'lga chiqqansan
Yoki menga shunday tuyuldi.

Eridimi muzlar chindan ham...

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

04 Dec, 15:51


Yuzlarim notanish senga hozircha
Va lekin qalbingga begonamasman…

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

03 Dec, 13:29


* * *

BALKI degan so'zni sevmayman
Arosatga ishora bu bir,
Va qaysidir tasodiflarni
Kutish uchun qisqadir umr.

EHTIMOLga yo'qdir toqatim
Ha yoki yo'q orasidir bu,
Bo'ladimi yoki bo'lmaydi
Azoblarning sarasidir bu.

AMMO demoq bir qo'rquv asli
Bu bariga so'zsiz ko'nishdir,
Qismat bu deb, qismatim bu deb
Sinovlarga taslim bo'lishdir.

LEKINlarni xushlamas ko'nglim
Bekor undan avval ne desang
Sen bularni aytma, azizim
Chindan sevsang, haqiqiy sevsang!

BALKI uchun qisqa bu umr...

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

02 Dec, 13:15


✍🏻 Mahliyo Karimova
🎤 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

02 Dec, 13:15


* * *

Bizga vido aytdi kuzak o'tgan kun
Yana uch oyimiz bo'ldi xotira,
Salom sovuq fasl, salom qahraton
Sen sovuq neligin kel mendan so'ra.

So'ra men kuzda ham qanday yonganim
So'ra, yozlarda ham izg'irin edi,
Qorishdi fasllar, qorishdi tuyg'u
Men qismat shartiga ko'nmayman endi.

Na bahor, na yoz, kuz, na qish o'rnida
Qo'llarimdan ketdi qalbim tizgini
To'rt faslni menga bir qilgan ODAM
Hanuz nega buncha sevaman seni?!

Qaniydi
Fasllar o'rniga sen vido aytsang...

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

01 Dec, 07:08


* * *

Men uzoq o’yladim, hayotim haqda
Ba’zan o’ylamasdan qilgan ma’qul ish,
Axir o’ylasak-da, o’ylamasak-da
Bizni topib olar ishq degan tashvish…

Men uzoq o’yladim ikkimiz haqda
Tuyg’ularga butkul topshirdim o’zni,
Bir umr… Bir yashash… Bitta tavakkal
Qaror — Aytmoqchiman KEL degan so’zni!

Uzoq o’ylama…

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

30 Nov, 17:04


……………………………………………

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

30 Nov, 16:22


Mukammal emasman, emassan
sen ham
Boringcha sevaman, borimcha sevsang…

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

30 Nov, 15:23


Yomon emish ahvollaring
Rosti men ham yaxshimasman…

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

29 Nov, 13:34


✍🏻 Mahliyo Karimova
🎤 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

29 Nov, 13:34


* * *

Kel! Kuzgi bog'larga meni olib qoch
Ertaga qish kelar... Qor bosar yo'lni,
Va men jur'at topib uzatolmayman
Bugun iymanmasdan uzatgan qo'lni.

Kel! Kuzgi bog'larga olib qoch meni
Bir ishq o'rtamizda kezdi bevatan,
Emishki, kuz fasli hijron faslimish
Kuzak ham qutilsin bunday tamg'adan.

Kel! Kuzgi bog'larga meni olib qoch
Yaproqlar raqs etsin baxtdan mastona,
Sen ham olov kechding buni bilaman
Seni kutaverdim men yona-yona.

Kel! Seni kutaverdim men yona-yona...

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

28 Nov, 17:53


* * *

Seni sog’insam, qalbdan bir daryo suv keladi
Ko’zlaringga ichikib ko’z yoshim duv keladi
Yetay desam diydorga, ko’ray desam o’zingni
Aldar meni hijronlar: Huv ana, huv keladi…

Umrning tarjimasi kutishmi-yo? Kutdik Biz
Chiqib ishq qarshisiga oq bayroqlar tutdik Biz,
Sen unda chorasizsan, Men ham bunda chorasiz
Bir yo’l… Ikki boshida sog’inishib o’tdik Biz…

Sog’inishib o’tdik Biz…

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

28 Nov, 13:30


✍🏻 Mahliyo Karimova
🎤 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

28 Nov, 13:30


Bugün yine ellerimde çiçekler var, bana hep getirdiğin çiçekler
Çiçek yapraklarını tek tek koparma oyunu oynuyorum
Ama biliyorum ki elimdeki çiçekleri değil, dünyadaki bütün çiçeklerin yapraklarını koparsam da gelmeyeceksin.

Çiçeklere boşuna zarar verdim...

Bugün saatlerce en sevdiğin müziği çaldım
sanki duyabiliyormuşsun gibi
Ama biliyorum ki bu müziği günlerce değil yıllarca çalsam da gelmeyeceksin.

Boş yere kalbimi incittim…

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

28 Nov, 02:23


Tong…
Derazamni chertdi nimadir, ochsam
Sog’inch turar senga elchilik qilib…

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

27 Nov, 18:59


* * *

Shu yerdasan! Bilaman buni…
Ancha bo’ldi qaytib kelgansan,
Sen menga tan olmaganingni
O’z-o’zingga aytib kelgansan.

Shu yerdasan! Sezar yuragim
Qorlar bosmish haroratingni,
Qayta yonmoq bo’lgaymi nasib
To’play olsang jasoratingni.

Shu yerdasan! Bundan tonish yo’q
Qochish degan yo’li yo’q buning
Kelganingga iqror bo’laman
Ko’zimga tik qaragan kuning…

Men keldim deb qaragan kuning…

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

27 Nov, 12:05


Bir kunda necha bor qolaman sezib
Meni duolaring asraydi Ona…!

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

26 Nov, 19:50


Uxlamasdan o’ylar surib
sevganim-eyy
Uxlar bo’lsam tushlar ko’rib
sevmanim-eyy…

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

26 Nov, 14:57


✍🏻 Mahliyo Karimova
🎤 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

26 Nov, 14:56


* * *

Yozning orqasidan yoz keladimi
Qishning orqasidan kelarmi qishlar?
Kuz tugamay turib kuz boshlanarmi
Unda qayga ketgay bahorli tushlar?

Men mudom uch fasl o’rtasidaman
Bunda yoz, kuz, qishlar men bilan faqat,
Endi keladi bahor kutaman
U meni kuttirib ko’rsatar toqat.

Jussam mittigina, xayolim ulkan
O’zimdan ming chandon kattaroq dardim,
Umrim bir savolning ichida qoldi
Bahor kelmay qolgan zaminmi qalbim?

Bahori kelmagan zaminmi qalbim?

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

25 Nov, 18:26


Qalbing oynasiga
urilavergan
Yomg’ir ham o’zimman,
qor ham o’zimman…

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

23 Nov, 17:30


* * *

Gul uzatding… Tikonlari bor
Chuqur-chuqur tilingan qo’lim,
Tikoni bor gullar quchishga
Men ko’nikib ketdim sevgilim!

Ko’nish mumkin tikonga, toshga
Ishq og’riqdir! Tonib bo’lmaydi,
Ishqda ko’nish mumkin har nega
Xiyonatga ko’nib bo’lmaydi!

“Bu tikonga ko’nib bo’lmaydi…”

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

22 Nov, 18:17


……………………………………………

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

22 Nov, 16:23


Ish bitmaydi sevamanni
aytgan bilan
Muhabbatning sinoviga
chidash boshqa…

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

21 Nov, 18:30


……………………………………………

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

21 Nov, 17:26


Xayolimning qanoti bor, senga uchar
Koshki uning qanotini qaychilasam…

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

20 Nov, 12:47


✍🏻 Mahliyo Karimova
🎤 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

20 Nov, 12:47


* * *

Yillar... To'rt faslni bahor dedim men
Tan olmay yashadim kuzak-qishlarni,
Men sendan bir dona gul kutib o'tdim
Bag'rimga uchirding olov qushlarni...

Endi bahorlarga ta'na qilish yo'q
Meni o'tmishlarga irg'it yomonim,
Kuzak eshigimga xazonbarg taqdi
Gulchambar taqishga kechikding, Jonim.

Kelaman deyishga kechikding, Jonim...

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

19 Nov, 17:50


.......……………………………………

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

28 Oct, 16:57


Hayot faqat quyosh emas, qirovlarga tashakkur
Shu qirovni kurab turgan birovlarga tashakkur,
Yaxshi, yomon birdek berar odamiylik darsini
Boshimizga kelib turgan sinovlarga tashakkur!

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

27 Oct, 16:54


Taq… Taq… Taq…

Qarama eshikka! U men emasman
U men bo’lmagayman endi hech qachon,
Beshavqat taqdirning o’yinlarida
Xudoyim saqlasin joningni omon…

Taq… Taq… Taq…

Yo’q bu mening qadam tovushim emas,
U boshqa birisi… Yurishi boshqa,
Nigohi, so’zlari, yaxshi-yomoni
Hayotingga kirib kelishi boshqa…

Taq… Taq… Taq…

Bo’ldi! U eshikka tikma ko’zingni
Alday desak faqat o’zni aldaymiz,
Sen qilgan qarorning badali shudir
Biz bu ostonada uchrashmagaymiz…

Taq… Taq… Taq…

Faqat bitta uzur qarzim bor sendan
Qarzimdan uzilay! Qo’rqoqlik nechun?!
KECHIR! Taqqillatib izn so’ramay
Yuragingga kirib ketganim uchun…

Taq! Taq! Taq…

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

26 Oct, 16:46


Terdim sog’inchni qator
Raqamingni termadim…

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

26 Oct, 10:23


Biz kuzak bog’laridan
Bir diydorga qarzdormiz

To’lash kerak… Kel endi…!

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

25 Oct, 13:32


✍🏻 Mahliyo Karimova
🎤 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

25 Oct, 13:32


* * *

Kechir desang
bo’yningni chopib ketarmi xanjar?
Ayta olmay turibsan.
Kechir desang
oyog’ing botib ketarmi qumga
Qayta olmay turibsan…

Kechir desam
tilimni tosh bosib qoladimi?
Ayta olmay sarsonman.
Uzatsam qo'llarimga
kishan osiladimi
Qayta olmay sarsonman...

Mahorati g'ururning!

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

25 Oct, 06:37


Mendan bir finjon qahva
Sendan bir dasta chechak,
Kel bugunni yashaymiz
Ertaga ne bo'lajak...?!

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

24 Oct, 12:39


Balki, tarjimasi hijrondir kuzning,
Lekin shu faslning oshig’iman men…

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

23 Oct, 13:20


✍🏻 Mahliyo Karimova
🎤 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

23 Oct, 13:19


Kuz...
Oktabr so'nggi...
Hademay eshigimizni taqillatib noyabr ham keladi. Vaqt huddi uchib o'tib ketayotganday. Fasllar bir-birini quvib yurganga o'xshaydi. Shunchalar tez almashishyaptiki, huddi hamma narsaga ulgurishga harakat qilib hech narsaga ulgura olmayotganday his qiladi ba'zan odam o'zini...
Ammo, ulgurish kerak, shu chopib o'tib ketayotgan vaqt oralig'ida, shu bir-birini quvib yetishga harakat qilayotgan fasllar oralig'ida biz yashashga ulgurishimiz kerak.
Ammo, yashash bu ertalab uyg'onib, ish bilan, hayot tashvishlari bilan ovvora bo'lish, qo'limizda boridan ko'prog'iga ega bo'lish uchun harakat qilishdan iboratmi?
Ulgurishimiz kerak bo'lgani aslida —qanchalik borishni istasak-da faqat o'zimizgagina ayon haqiqatlar sabab borolmaydigan qayergadir yoki KIMningdir yoniga borish!
Qayergadir yoki kimgadir kelish!
Yaqinlar diydoriga ulgurish!
Yozilmagan qonunlarni bir chetga uloqtirib Uni sevish!
Kechir deya olish!
Kechira olish! (Agar iloji bo'lsa...)
Baxtli bo'lish uchun o'zimizga imkon berish!
Baxtli bo'lishlari uchun atrofimizdagilarga ham imkon berish!
Insonlarni muhokama qilmaslik!
Qo'rquvlarsiz, hadiklarsiz, hasadlarsiz nafas olish...
( juda uzoq davom etishi mumkin bo'lgan ro'yhat bu)
Ammo inson zoti o'zini aldashga juda usta...
Aslida yuziga tarsakiday urilib turgan haqiqatlardan shunday mahorat bilan qochadi-ki, ana shu yugurib o'tib ketayotgan vaqt shamolida umrini sovurib yuboradi.
Tanlov har kimning o'z qo'lida, albatta.
Istagan odam o'z umrini, tuyg'ularini, istaklarini daydi shamollarga berib yuborishi mumkin...
Ammo eng yomoni ayrimlar o'sha shamollarga atrofidagilar umrini ham qo'shib sovurib yuboradi...
Aslida esa hayot CHIN MA'NODA YASHAMAY, O'Z HAQIQATLARINI BOSHQALARGA SINGDIRISHGA HARAKAT QILIB, ULAR UMRIGA HAM DAHL QILISH uchun juda qisqalik qiladi.
Bir gapni juda ko'p takrorlayman YASHASH KERAK SEVIB, QADRLAB, ULGURIB...

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

22 Oct, 14:17


✍🏻 Mahliyo Karimova
🎤 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

22 Oct, 14:17


Bir kuni kel...
Unutamiz barcha ginalarni shu bir kungina.
Qarshimga o'tir!
Sevimli musiqamizni chalib ber!
Charchagan ruhim orom olsin biroz...
Faqat keyin indamay ket.
So'zsiz, sadosiz...
Anglaginki, bu so'nggi diydor barcha go'zal kunlarimiz xotiri...
So'zsiz xotima bo'lsin...
Go'zal xotima bo'lsin!

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

22 Oct, 12:53


O'zi hayot yengil emas,
Og'ir dardlar bilan kelma.
Aziyatlar, nadomatlar va
Shum xiyonatlar bilan kelma...

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

21 Oct, 02:36


✍🏻 Mahliyo Karimova
🎤 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

21 Oct, 02:35


* * *

Men moziyni etsam xotir
Qirqta jonim o’rtanodir,
Kimlar haqqi bo’lib botir
O’zbekchada gapiraman!

Qancha jadid bobom tili
Qadoq qo’lli momom tili,
Tug’ilajak bolam tili
Men o’zbekcha gapiraman.

Ha! Qutlug’ yo’l bosib kelgan
Ha! Ulug’ yo’l bosib kelgan
Ko’ksiga shon osib kelgan
O’zbekchada gapiraman!

Yetishguncha sarson kezdik
Orzu edi, armon kezdik
Otam o’zbek! Onam o’zbek
Men o’zbekcha gapiraman.

Men har tilni qulgum hurmat
Egasini qilgum izzat,
Ona yurtda esa faqat
O'zbekchada gapiraman.

U har turli bezaklarsiz
O'zi go'zal, o'zi tengsiz,
O'zgarish-u, xotolarsiz
Men o’zbekcha gapiraman.

Yo'l chetida kelgani yo'q
Kecha paydo bo'lgani yo'q,
Singani yo'q, o'lgani yo'q
O'zbekchada gapiraman!

Til boqiylik bunyod etgay
Yursang yo'ling obod etgay,
Til millatni tirik tutgay
Men o'zbekcha gapiraman!

Ona tilda gapiraman!

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

20 Oct, 18:38


…………………………………………..

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

20 Oct, 16:16


Kitob javonining eng to’ridan joy olgan va ancha bo’ldi qo’lingga olinmagan qadrdon bir kitob…
Uyqu oldidan mutolaa uchun uni qo’lingga olasan, boshingni yostiqqa qo’yib endi kitobni ochasan hamki uning ichidan eski bir surat uchib tushib yuzingga uriladi…

Anglatib bo’ladimi bunday paytda ichingdan nimalar o’tganini…

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

18 Oct, 13:56


✍🏻 Mahliyo Karimova
🎤 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

18 Oct, 13:55


* * *

Kel... Indamasdan o'tir yonimga
Charchagan ruhimning boshini sila,
Kel mayli, seni meni sukutlarga ko'm
So'zlashib dilni qon qilgandan ko'ra.

Kel... Fasllar yuzimga urdi qamchisin
Boshimni egmadim, tik qarab turdim,
Men hali yashashga ulgurganim yo'q
Seni kutishlarga faqat ulgurdim.

Kel... Qo'limdan tut, yelkanga suya
Ayt-ki: "Endi g'amga mahbus emassan,
Men ham sensiz sarson emasman endi
Keldim, endi sen ham baxtsiz emassan"

Kel! Sen shularni aytish uchun kel...

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

18 Oct, 07:22


- Xush ko'rgan mevang qaysi?

- Anor

- Nega anor?

- Ham bus-butun, ham parcha-parcha...
( huddi qalbimdek... )

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

17 Oct, 13:59


* * *

Sog'intirdim... Sog'inding... Sezdim!
Va emasman men ham baxtiyor,
Kuchliroqsan axir, azizim,
G'ovlarni sen ag'darib yubor.

Biz xatoga bermadik qo'lni
Sinovlarga ro'baro keldik,
Bir-birovni izlab har kimdan
Birovlarga ro'baro keldik.

Ikki yurak bir holga mahkum
Sog'intirding, sog'indim, to'ydim,
O'zing kelib meni topib ol
Men o'zimni yo'qotib qo'ydim...

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

16 Oct, 13:14


Uzun bir ish kuni...
Charchaysan alabtta.
Shu kunning oxirida borishni istagan bir manziling, yoniga qochishni istagan bir odaming va taqillatishni istagan bir eshiging bo'ladi...

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

15 Oct, 12:54


✍🏻 Mahliyo Karimova
🎤 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

15 Oct, 12:53


Beni yürüyüşe davet et
istersen konuşalım…
İstersen bazı konuları uzun uzun tartışalım.
Ya da istersen sessizce dolaşalım...
Ama ikimizin de bu yürüyüşe ihtiyacı var.
Çünkü her zaman bir arada olan kalplerimiz ve ruhlarımız bizi bir araya getirememekten yoruldu…
Onlara eziyet etmeyelim
Beni yürüyüşe davet et...

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

15 Oct, 06:15


✍🏻 Mahliyo Karimova
🎤 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

15 Oct, 06:14


* * *

Kuz... Yaproqlar raqs etar qara
Ishq va g'urur bahs etar qara,
So'ra! Mening holimni so'ra
Sog'inchingdan tamom bo'ldim man.

Kuz... Oxirgi ilnj vaqti bu
Jur'atimning so'nggi shahdi bu,
So'nggi umid, oxirgi tuyg'u
Shular bilan omon bo'ldim man.

Kuz... Shamollar silar yuzimni
Rangi ketgan she'rim, so'zimni,
Men dardingga berdim o'zimni
Nega buncha yomon bo'ldim man.

Tamom bo'ldim... Tamom bo'ldim man...

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

13 Oct, 14:21


* * *

Ketdi. Tamom. Men ham o’ylanmayapman
Sog’inch odamiga aylanmayapman.
Qiynalish…?! Umuman qiynalmayapman
Deb sen ham o’zingni aldayapsanmi?!

Ayt bu qanday sevgi, bu qanday armon
Kim dadil, kim qo’rqoq, ayt kimda yolg’on,
Alqissa, biz uchun bermagan imkon,
Sen ham shum taqdirni qarg’ayapsanmi?!

Asli baxtlar bizni ketmadi tashlab,
Biz ketdik baxtlarning ko’zini yoshlab.
Kim bilar nelarni keladi boshlab,
Sen ham ertalardan qo’rqayapsanmi?!

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

12 Oct, 04:32


Bitta qahva, bitta kitob
Yetmaydimi ikkimizga…?

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

11 Oct, 18:58


Balki yolg'on mening
tabassumlarim
Balki ko'z yoshlarim yolg'ondir mening…

Meni o'zing angla, meni Sen o'qi...

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

11 Oct, 13:28


✍🏻 Mahliyo Karimova
🎤 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

11 Oct, 13:27


* * *

Fasllar qizg'anchiq, fasllar baxil
Seni mening bilan ko'rmaydi baham,
Men ular bilan hech kelisholmadim
Seni keltirmadi oktabrlar ham.

Fasllar beshavqat, fasllar qattiq
Yumshamas ekan ularning ko'ngli,
Endi yetdim desam, yetaman desam
Yana uzayadi sog'inchning yo'li.

Fasllar yolg'onchi, fasllar qo'rqoq
Hayiqishar bizni uchrashtirishdan,
O'tgan edi aldab qish, bahor, yozlar
Ular qatorida aldaydi kuz ham...

Yana uzayadi hijronning yo'li...

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

10 Oct, 17:22


……………………………………….….

@mahliyo_karimova_official

MAHLIYO KARIMOVA ✍🏻

10 Oct, 14:25


Keyin sen haqingda bo’lmas she’rlarim
Ko’niktirma meni sensizliklarga…

✍🏻 Mahliyo Karimova

@mahliyo_karimova_official