Bomdod Namozi @bomdod_nomozi Channel on Telegram

Bomdod Namozi

@bomdod_nomozi


Namoz o’qishni o'rganishiz uchun
👉 @Bomdodnamozbot ga kiring,botni ishlatishga tushunmasangiz bu @tahoratvanamoz1 👈 kanalga kiring.

👇 Savol yoki takliflaringiz bo'lsa
@Tahoratbot ga murojaat qiling. Alloh hammamizni ibodatda bardavom qilsin.
Amiin.

Bomdod Namozi (Uzbek)

Assalomu alaykum, sevgli foydalanuvchilar! Bugun sizga juda ma'qul va foydali bir kanaldan so'z ochmoqchiman! Demak, Bomdod Namozi kanali nimani aytadi? Bu kanal orqali siz namoz o'qishni o'rganishingiz uchun yordam olishingiz mumkin. Kanalda sizga @Bomdodnamozbot dan foydalanishni o'rgatuvchi ma'lumotlar va qo'llanmalar mavjud. Agar siz botni qanday ishlatishni bilmagan bo'lsangiz, shunday holatda @tahoratvanamoz1 kanaliga kirishingiz mumkin. Unda siz barcha kerakli qo'llanmalardan foydalanishingiz mumkin. Agar sizda savol yoki takliflar bo'lsa, @Tahoratbot ga murojaat qilishingiz mumkin. Bularni alohga manga qilsin. Kanalda o'z-o'zini o'rganishni istaganlar uchun ham juda ko'p foydali ma'lumotlar mavjud. Siz ham kanalga a'zo bo'ling va namoz o'qishda o'z malakangizni oshiring. Barchamiz birga ibodat qilishda bardavom qilamiz. Amiin.

Bomdod Namozi

06 Jan, 15:32


Dunyoda mukammal oila, komil do‘stlik, namunaviy hayot, foydali tijorat, nurli kelajak yo‘q. Aqlingizni g‘ayrivoqeiy (bo‘lmaydigan) kutilmalardan ozod qiling!

Hamma qiynaladi. Lekin:
farq rozi bilan norozi o‘rtasida bo‘ladi. Haqiqatini topgan bilan unda chuqur ketgan o‘rtasida bo‘ladi.

Agar hayotni abadiy jannat emas, balki nuqsonli deya muomala qilsangiz, u go‘zallashadi. Uning asliga qarab muomala qiling, huzurlanasiz.

Ayman Yog‘iy

#Muammo

Nadiya Ramazon

@Bomdod_nomozi

Bomdod Namozi

07 Dec, 11:21


Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: “Агар банда: “Алҳамдулиллаҳи касийро”, деса, Аллоҳ таоло: “Бандамга кўпгина раҳматимни ёзинглар”, дейди”, дедилар.

Имом Табаронийнинг «Дуо» китобидаги ривояти.

Bomdod Namozi

24 Nov, 21:22


📌

Bomdod Namozi

24 Nov, 21:16


Кеча келгумдур дебон ул сарви гулрў келмади,
Кўзларимға кеча тонг отгунча уйқу келмади.

Лаҳза-лаҳза чиқдиму, чекдим йўлида интизор,
Келди жон оғзимғаю, ул шўхи бадхў келмади.
Оразидек ойдин эрконда гар этти эҳтиёт,
Рўзғоримдек ҳам ўлғонда қоронғу келмади.
Ул париваш ҳажридинким, йиғладим девонавор,
Кимса бормуким, анга кўрганда кулгу келмади.
Кўзларингдин неча сув келгай, деб ўлтурманг мени,
Ким бори қон эрди келган, бу кеча сув келмади.
Толиби содиқ топилмас, йўқса ким қўйди қадам,
Йўлғаким, аввалқадам маъшуқе ўтру келмади.
Эй Навоий, бода бирла хуррам эт кўнглин уйин,
Не учунким, бода келган уйга қайғу келмади…

Alisher Navoiy

Bomdod Namozi

23 Nov, 19:51


🧕Ayollarning yaxshisi kim

🌸A’robiydan ayollarning yaxshisi qanday ekani so‘raldi. U: “Ayollarning yaxshisi:
• gapirsang tasdiqlaydigan,
• g‘azablansang, muloyimlik ko‘rsatadigan,
• kulganingda tabassum qiladigan,   
• biror ishni bajarsa, chiroyli qiladigan,
• uyini lozim tutadigan,
• eriga itoatsizlik qilmaydigan,
• qavmi ichida hurmat ko‘rsatadigan, 
• o‘zini hokisor tutadigan,
• yoqimli, ko‘p farzand ko‘radigan va    
• barcha ishlari maqtovga loyiq bo‘lganidir”, deb javob berdi.

Rosululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Ayollaringiz ichida ahli jannatlari kim, aytib beraymi? Istarasi issiq yoqimli, aziyat ko‘rsa yoki aziyat berib qo‘ysa, erining qo‘lini ushlab, “Allohga qasamki, toki mendan rozi bo‘lib, kechirmasangiz, biron ta’mni totmayman” deydiganlaridir. U ayol jannatdadir, u ayol  jannatdadir, u ayol jannatdadir”, dedilar  

📚(Imom Nasoiy rivoyati).

Bomdod Namozi

18 Nov, 05:05


Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Ким таом еса-ю, кейин: «Алҳамдулиллаҳиллазий атъаманий ҳазат тоъама ва розақонийҳи мин ғойри ҳавлин минний ва лаа қуввата» деса, унинг аввалги гуноҳлари мағфират қилинади», дедилар».
(Маъноси: “Ушбу таомни менинг куч-қувватимсиз менга таомлантириб, у ила мени ризқлантирган Аллоҳга ҳамд бўлсин»).

Bomdod Namozi

04 Nov, 09:54


🤎«والله في عون العبد ما كان العبد في عون أخيه.»

”Modomiki banda o'z birodarining ko'magida turar ekan, Alloh taolo ham o'sha bandaning ko'magida bo'ladi.”

Bomdod Namozi

03 Nov, 20:58


Men bir qo'lim bilan butun dunyoni olishim mumkin. Agar ikkinchi qo'limdan sen tutib tursang.

Bomdod Namozi

01 Nov, 13:28


#ТАЪРИФ

• Яхшини тан олмасанг майли, аммо яхшилигини инкор қилма!
• Ҳатто қўй уни бўридан ҳимоя қилган итнинг яхшилигига ташаккур айтгандек бўйин эгмоқда, кўнгил сўрамоқда, гўё!

©️ Маҳбубий

Bomdod Namozi

30 Oct, 13:07


ishq 🪴

Bomdod Namozi

29 Oct, 03:54


Baʼzan inson shunchaki oddiylikni istab qoladi...

Bir finjon qahva, yomgʻir tomchilarining yoqimli ovozi va samimiy suhbatdosh...

Suhbat nima haqidaligi muhim emas, muhimi, seni javob qaytarish uchun emas tushunish uchun tinglasin, seni sendek his etsin, tamam...

#shunchaki

Nadiya Ramazon

Bomdod Namozi

28 Oct, 18:11


Qul huvallohu ahad. Allohus-somad. Lam yalid. Va lam yuvlad va lam yakullahu kufuvan ahad.


Mazmuni: (Ey Muhammad,) ayting: «U — Alloh yagonadir. Alloh behojat, (lekin) hojatbarordir. U tug'magan va tug'ilmagan ham. Shuningdek, Unga teng biror zot yo'qdir».

@Bomdod_Nomozi

Bomdod Namozi

28 Oct, 18:11


Ихлос сурасини 200 марта ўқиш гуноҳларни ўчиради
Анас ибн Молик розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади, Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: “Кимки кун давомида икки юз маротаба “Қул ҳуваллоҳу аҳад”ни ўқиса, ундан эллик йиллик гуноҳи ўчирилади. Илло қарзи бўлмаса”, дедилар.

Сунани Термизийдан.

@Bomdod_nomozi

Bomdod Namozi

28 Oct, 16:24


Kimlardir g‘urur dedi, kimlardir muhabbat!
Kimlardir boylik dedi, kimlardir manfaat!
Ammo doim Alloh deganlar yutaverdi..

Bomdod Namozi

26 Oct, 21:16


— Менсиз манзилларда омонмисат айт,
Менсиз маконларда бахтиёрмисан?

Мен сени йўлингни зор кутган бир пайт,
Сен-чи, ўзга йўлга интизормисан?

Яшадим қисматдан орқада қолиб,
Бахтим қувиб ҳечҳам етолмаяпман.

Сен бор маконларга бошимни олиб,
Сен йўқ манзиллардан кетолмаяпман

Bomdod Namozi

26 Oct, 14:22


Бир киши айтади: “Бир куни ўзим имом бўлган масжидга отамни олиб бордим. У ерда беш минг намозхон жамоатга йиғилди. Жамоат салобатли бўлди. (Менинг қироатимдан таъсирланган) намозхонларнинг йиғилари узоқ вақт тинмади. Намоз тугагач отамдан: “Нима дейсиз, фикрингиз қандай?”, деб сўрадим. Отам доно зот эдилар, менга жавоб бермадилар. Эртаси куни яна қайта сўрасам: “Эй болам! Ўзи намозга келганларнинг бари Аллоҳ учун келишган экан. Фақат сендан бошқа...”, дедилар. Бу мен учун энг кучли мавъиза бўлганди”.

Bomdod Namozi

25 Oct, 04:14


🤍

Bomdod Namozi

25 Oct, 03:46


Ҳамма нарсани тушунтирса бўлади. Аммо ҳаммага эмас…

Bomdod Namozi

24 Oct, 11:28


Juft tanlamoq kitob tanlashga oʻxshaydi.
Bejirim muqova diqqatingizni tortishi mumkin, ammo sahifalarida mazmun boʻlmasa oxirigacha oʻqiy olmaysiz.

Bomdod Namozi

24 Oct, 11:28


They call me differently ....
That's right, I have my own world ...

Meni boshqacha deyishadi....
To'g'ri, mening o'z dunyoyim bor...)

Bomdod Namozi

23 Oct, 18:14


❤️

Bomdod Namozi

23 Oct, 16:29


Hadis🍃
(Abu Dovud va Termiziydan rivoyat qilinadi)

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilarki:
“Qiyomat kuni bandaning eng birinchi hisob qilinadigan amali namozdir.
Agar namozi yaxshi boʻlsa, zafarga erishadi. Namozi yomon boʻlsa, ziyonkor, noumidlardan boʻladi. Agar farz namozlaridan biron kami chiqib qolsa, Alloh taolo: (farishtalariga) «Qaranglar, bandamning nafl namozlari bormi?” deydi. Agar nafl namozlari boʻlsa ular bilan farz namozlarning kamchiligi toʻldirib qoʻyiladi. Keyin boshqa amallari ham xuddi shunday hisob qilinadi»

Bomdod Namozi

23 Oct, 16:25


"وفي النهاية سوف يبقي من يحبك، و ليس من تحب."🌚

"Охирида сени севган колади, сенинг севганинг эмас ❗️"

Bomdod Namozi

23 Oct, 15:54


...)

Bomdod Namozi

23 Oct, 15:50


Oshiqlik nima?
- Men bo‘l va bil!

🌱«Ishq - da’voga,
jafo tortmoq esa guvohga o‘xshaydi. Guvohing bo‘lmasa, da’voda yutib chiqolmaysan-ku!»

🌱Ishq, bilak kuchi emas, yurak kuchi. Yuraging yetmasa yo‘lga tushma!

Bomdod Namozi

22 Oct, 12:06


Hech kimdan olmagan,hech kimda ko'rmagan nimangiz bor bilasizmi?
Qalbingiz bor,eng go'zal,
eng latif yuragingiz..bor..❗️

Bomdod Namozi

22 Oct, 06:42


Taqvoning foydalaridan:

1. Taqvo oʻz egasini Alloh taolo bilan birga qiladi.
2. Taqvo oʻz egasi uchun ikrom bashoratidir.
3. Taqvo gunohlarning kechirilishiga sababdir.
4. Taqvo ajrning koʻpayishiga sababdir.
5. Taqvo magʻfirat vaʼdasidir.
6. Taqvo nafsdan xavfning ketishidir.
7. Taqvo ishda yengillik va osonlikdir.
8. Taqvo oʻz egasiga Alloh taoloning yordami va nusratidir.
9. Taqvo balolardan omonlikdir.
10. Taqvo visol va qurbat vositasidir.
11. Taqvo boshqalardan ustunlik izzatidir.
12. Taqvo gʻam-gʻussadan chiqishdir.
13. Taqvo keng rizq vaʼdasidir.
14. Taqvo azob va uqubatdan najotdir.
15. Taqvo jannatga erishish yoʻlidir.
16. Taqvo sodiqlik guvohnomasidir.
17. Taqvo Alloh taoloning muhabbatidir...

Bomdod Namozi

21 Oct, 11:52


🇬🇧 Love is not about "owning" a beloved man or woman. Love is the ability to be non-judgmental. Seeking love, you will find peace. If you seek peace and quiet, love will grow in your heart.

🇺🇿 Sevgi - bu sevimli erkak yoki sevimli ayolga "egalik qilish" degani emas. Sevgi - hukm qilmaslik qobiliyatidir. Sevgiga intilib, hotirjamlikni topasiz. Tinchlik va hotirjamlikni izlasangiz, qalbingizda muhabbat hosil bo'ladi.

Bomdod Namozi

21 Oct, 06:46


One day🤍

Bomdod Namozi

20 Oct, 07:25


Sinov turli hayʼatlarga koʻra kelishi mumkindir!

Ehtimol sizga sinov
- Uzoq davom etmagan turmush bilan, yoki
- Itoatsiz farzand bilan, yoki
- Jigardan ayrilish bilan, yoki
- Yaqin kishingizni yoʻqotish bilan, yoki
- Biror betoblik, yoki
- Tijoratda inqirozga uchrash bilan, yoki
- Sizga ozor beradigan kishilar bilan, yoki
- Yaqinlaringiz qilmishidan alam chekish bilan, yoki
- Rizqda torchilik bilan, yoki
- Oilaviy muommolar bilan kelgandir..

Lekin bu sinovlarni darhol koʻtarilishini istasangiz, sinov kelishi bilanoq toʻgʻridan-toʻgʻri samoga boqing, va
“Allohga hamdlar boʻlsin!” deb ayting!

Shu payt Alloh  azza va jalla qalbingizga nazar soladi. Agar, qadarga rizolik koʻrsa, sizni ikki narsa bilan mukofotlaydi:
- Sinovni yengillashtiradi.
- Soʻng sinovini koʻtarib, sizni rozi qiladi.
Agar qalbingizda norizolik koʻrsa, musibatingizni koʻtarmay, uni sizda davomiy qilib qoʻyadi.

Sinov uchun yaraldik, sinovlarga rozi boʻlishimiz bilan, sinovdan yengil oʻtib, buyuk ajr olgaymiz)

Bomdod Namozi

20 Oct, 07:22


- Nima qilsam ekan-a?

-“Kim Allohga taqvo qilsa U Zot uning yoʻlini ochib qoʻyur” (65:2)

- Amalga osharmikin?!...

-“Bu esa Allohga qiyin emas” (14:20)

- Lekin qoʻrqyapman...

-“Bas Robbing hukmiga sabr qil. Albatta, sen koʻz oʻngimizdasan” (52:48)

“Men ishimni Allohni Oʻziga topshirdim” (40:44)

Bomdod Namozi

20 Oct, 03:32


Baxtli yashashning oltin qoidasi:

🟢sendan kichkinalar seni ranjitsa, ichingda 15 gacha sanab keyin javob qaytar,
🟢sen tenglar seni ranjitsa, ichingda 30 gacha sanab keyin javob qaytar,
🟢sendan kattalar seni ranjitsa, ichingda 50 gacha sanab keyin javob qaytar,
🟢ayoling seni ranjitsa ichingda sanab tur, lekin javob qaytarma:)

#biroz_tabassum

Bomdod Namozi

19 Oct, 18:00


Sabr uchun beriladigan ajrni bilganingizda edi, dardlaringizni sevar edingiz...

Sabr - ko'zlaring ichi to'la yosh, sizib tushay deydi, ammo buni hech kim payqamaydi. Chunki sen ko'z yoshlaringni hech kimga sezdirmay darrov artib, yana tabassum qilasan...

Sabr - gulzorni orzu qilish, ammo tikonzorni bosib o'tishdir...

Sabr - nasibangda boriga va yo'g'iga rozi bo'lishingdir...

Sabr - Alloh sen bilan birga ekanligini ich-ichingdan his qilishingdir...)

Bomdod Namozi

18 Oct, 10:34


#muhabbat 🌹

Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan suhbatlashib o‘tirganlarida u zot: «Oisha, siz menga sariyog‘ bilan xurmo solingan  taomdan ham mahbubsiz», dedilar.
Shunda Oisha roziyallohu anho tabassum qilib, «Ey Allohning Rasuli, siz esa men uchun sariyog‘ bilan asal solingan taomdan ham ortiqroq mahbubsiz», deb javob berdilar. Rasululloh alayhissalom ham tabassum qilib, «Sizning javobingiz go‘zalroq bo‘ldi», dedilar..