⚡ O'quvchilaringizni muvaffaqiyatga yetkazishda ota - onalar ko'magidan foydalaning
👩🎓 Hamroyeva Xadichabonu Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanidagi "Akademik innovatsion school" xususiy maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi
Qahramonlarni tanitishda davom etar ekanmiz, navbatdagi qahramonimiz o'quvchilarini muvaffaqiyatga yetkazishda ota - onalar faoliyatidan faol foydalana olgan pedagoglarimizdan biridir
📸 Keling pedagogimiz fikrlari bilan batafsil tanishamiz
Assalomu aleykum "Kreativ pedagog" onlayn kursi tashkilotchilari. Men yaqindan sizning ushbu kursingizda o'qidim va tez orada muvaffaqiyatlarga erisha boshladim. Bu kursda juda koʻp oʻzimga kerakli boʻlgan maʼlumotlarni, yangi va zamonaviy metodlarni oʻrgandim, buning natijasida esa oʻzimda katta ishonch paydo boʻldi. Hozir maktabimizdagi eng namunali oʻqituvchilar qatoridan joy oldim.Buning uchun sizlarga minnatdorlik bildirishni oʻz burchim deb bilaman .
♻️ Kurs davomida o'rganganlarimdan foydalanib har bir o'quvchimning ota - onasiga " Tashakkurnoma xati" yo'lladim. Ishonasizmi natija shu qadar ajoyib bo'ldiki ota - onalar ham menga ishonch bildira boshladi va farzandlarining uyda o'zini qanday tutishi, uy vazifalarni bajarishi, o'zlashtirishida qanday qiyinchiliklar borligi haqida xatlar kela boshladi.
Bu metod orqali nafaqat ota - onalar bilan yaxshi munosabatlarni yo'lga qo'yib oldim, balki o'quvchilarimning yutuq va kamchiliklari haqida yanada ko'proq ma'lumotlarga ega bo'ldim. Bu esa menga o'quvchilarim bilan ishlashimda aynan nimalarga ko'proq e'tibor berishim kerakligini bilib olishimga yordam berdi.
👉 @Qahramon_Pedagog