Ochiq dars | O‘qituvchilar @ochiqdarsim Channel on Telegram

Ochiq dars | O‘qituvchilar

@ochiqdarsim


💡 Ochiq dars — Kreativ dars o‘tish usullari bo‘yicha eng so‘nggi xabarlar

🪄 Qiziqarli maqolalar
🪄 Zamonaviy metodlar
🪄 Foydali maslahatlar

📲 Reklama uchun: @talimdareklama

Ochiq dars | O‘qituvchilar (Uzbek)

Ochiq dars kanali - bu o‘qituvchilar va ta'lim sohasidagi muhitda sodda, yetakchi va tajribali o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan Telegram kanalidir. Bu kanalda kreativ dars o‘tish usullari bo‘yicha eng so‘nggi xabarlar, qiziqarli maqolalar, zamonaviy metodlar va foydali maslahatlar bilan tanishishingiz mumkin. Ochiq dars kanalida ta'lim sohasida o‘z bilim va tajribangizni oshirishingiz, yangi metodlar va maslahatlar bilan tanishingiz mumkin. Agar siz o‘qituvchi bo‘lsangiz, yoki ta'lim sohasida qiziqgan bo‘lsangiz, Ochiq dars kanali siz uchun mo‘ljallangan. Reklama uchun: @talimdareklama

Ochiq dars | O‘qituvchilar

09 Feb, 08:15


🎨 9-fevral - buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavallud topgan kun

O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa,
Oltin boshning kalla bo‘lgani shudir.
Bedil qolib Demyan Bedniyni suysa,
Qora sochning malla bo‘lgani shudir.

O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa,
Dod demoqqa palla bo‘lgani shudir.
Ma’rifatdan ayri o‘ynasa, kulsa,
Aza chog‘i yalla bo‘lgani shudir.

O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa,
Aldangani, alla bo‘lgani shudir.
Yulg‘ich aziz bo‘lib, bilgich xor bo‘lsa,
Paytavaning salla bo‘lgani shudir.

El komil bo‘lmasa, yurt emas ulug‘,
Beqadr mahalla bo‘lgani shudir.
Qalb to‘la nur xalqning rizqi ham to‘lig‘,
Ombor to‘la g‘alla bo‘lgani shudir.

O‘zbek o‘zligini anglasa bekam,
Uning "Barakalla" bo‘lgani shudir.
Olamga Navoiy nasliman degan
Ovozi baralla bo‘lgani shudir...

© Erkin Vohidov

@Kreativ_pedagog - Kreativ ustozlar kanali!

Ochiq dars | O‘qituvchilar

05 Feb, 05:01


🌐 Dunyoda e’tirof etilgan innovatsion o‘qitish metodlari

Turli davlatlar o‘z ta’lim tizimlarida yangi va samarali usullarni tatbiq etmoqda. Quyidagi metodlar hozirgi kunda eng mashhur va qo‘llash oson bo‘lganlari hisoblanadi:

🏠 Flipped Classroom (Teskarilangan sinf)

An’anaviy uy vazifasi va sinfdagi faoliyatni almashtiradigan usul. O‘quvchilar darslarni uyda ko‘rib chiqadilar va sinfda muammolarni amaliy hal qiladilar

🗃 Gemifikatsiya (O‘yinga asoslangan o‘qitish)

O‘yin elementlarini darsga kiritish orqali o‘quvchilarni rag‘batlantiring Masalan, ball to‘plash, reyting jadvallari va mukofotlar ularga motivatsiya beradi

🙋 Savolga asoslangan o‘qitish (Inquiry-Based Learning)

O‘quvchilarga mustaqil savol qo‘yish va o‘zlari izlanish olib borish imkoniyatini bering

◽️ Mindfulness texnikalari

Diqqat markazida bo‘lishni o‘rganish uchun nafas olish mashqlari va meditatsiya amaliyotlarini o‘quv jarayoniga kiriting

⭐️Bu metodlarni o‘z darslaringizga joriy qilish orqali o‘quvchilar ishtirokini sezilarli darajada oshirishingiz mumkin

🙂 Zamonaviy kreativ metodlarni qayerdan o'rgansam bo'ladi demoqdamisiz? Albatta "Kreativ Pedagog" kursidan o'rgana olasiz

@Kreativ_pedagog - kreativ ustozlar kanali!

Ochiq dars | O‘qituvchilar

04 Feb, 14:33


📱 Kreativ Pedagog videodarslari - istalgan vaqtda o'rganish imkoniyati!

Ertalabdan kechgacha maktabdasiz. Darslaringiz ko'p. Qolaversa, uy ishlari bilan bo'lib, aniq bir vaqtda bo'ladigan kurslarga ulgurolmayapsiz. Shundaymi? Bizda buning ajoyib yechimi bor.
"Kreativ Pedagog" kursi video formatda bo‘lib, uni siz istalgan vaqtda o‘rganishingiz mumkin.

📺 To‘liq 70 ga yaqin videodarslar;

🕐 Qulay grafik – bosim yo‘q;

🔄 Cheklanmagan qayta ko‘rish imkoniyati!

Kursdan bitta namuna dars ko'rishga nima deysiz?

➡️ Krepeduz_admin'ga "Avtofokus", "Xat", "Kreativ rag'bat" metodlaridan istalgan birini yozib yuboring. Xuddi shu metodni sizga tashlab beramiz

Ko'rib, xulosa qilib, asosiysi ishonch hosil qilasiz va Kursga qo'shilib olasiz 🙂

@Kreativ_pedagog - Kreativ ustozlar kanali!

Ochiq dars | O‘qituvchilar

04 Feb, 04:05


Zamonaviy darslarni qiziqarli o‘tkazish bo‘yicha qo‘llanma

An’anaviy ma’ruza usuli endi yetarli emas. O'quvchilar bu usuldan zerikishgan. Bugungi zamonaviy davr interaktiv va o‘quvchilarga moslashtirilgan darslarni talab qiladi. Mana shunday yondashuvlarni sinfga olib kirish uchun muhim tavsiyalar:

🎨Texnologiyadan va Kreativ dars o'tish metodlaridan foydalaning

Agar sinfingizda Interaktiv doska, undagi mobil ilovalar va virtual laboratoriyalar bo'lsa, ular yordamida mavzuni tushuntirish darsni yanada qiziqarli qiladi. Agar bunday texnalogiyalar bo'lmasa, sizga kreativ metodlar yordam beradi

🔄 Har xil metodlarni aralashtirib "miks" qiling

O‘quvchilarning turli o‘rganish uslublarini inobatga olib, vizual, amaliy va muhokamaga asoslangan metodlarni aralashtiring

💰 45 daqiqa - aniq bir foyda!

Har bir dars boshlanishi oldidan bugungi mavzudan nima o'rganishi, qanday natija olishini tushuntirib bering. O‘quvchilar nimani o‘rganayotganini bilsa, ularga motivatsiya oshadi.

👥 Jamoaviy ishlashga e’tibor bering

Guruhda ishlash va muhokama o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini oshiradi va ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantiradi

🙂 Shu yondashuvlar orqali siz zamonaviy, samarali va qiziqarli darslarni o‘tkazishingiz mumkin

@Kreativ_pedagog - Kreativ ustozlar kanali!

Ochiq dars | O‘qituvchilar

04 Feb, 02:56


😍 "Kreativ pedagog" kursiga qo'shilgan ustozlarni nimalar kutmoqda👇

🔥 O'z faniga moslangan, darsda qo'llash uchun kreativ  55 ta videodars va 70 ga yaqin metodlar;

🔥 3 ta maxsus to'plam: "Kreativ pedagog maxsus elektron qo‘llanmasi", "Kreativ FM audio kursi" to'plami, "ustozlar uchun top-15 biznes g'oya" to'plami;

🔥 Kreativ Pedagog rag‘bat sertifikati;

🔥 Kurs darslari o'zlariga qulay istalgan vaqtda ko'ra olish imkoniyati;

🔥 "Qahramon Pedagog" sifatida kanalimizda tanilish imkoniyati;

🔥 Maktabi kreativ pedagog bo'lgan ilk o'qituvchi bo'lish imkoniyati;

Kurs 13-yanvardan boshlanadi. Darslar videodars formatida yopiq telegram kanalda bo'ladi!

👉 Hoziroq metodlarni olish uchun @Krepeduz_admin ga "Kreativ metodlar" so‘zini yozib yuboring!

Ochiq dars | O‘qituvchilar

03 Feb, 12:37


Nima uchun fevral oyida "Kreativ Pedagog" kursida o'qishingiz kerak?

Fevral – pedagogik mahoratingizni oshirish uchun eng yaxshi vaqtligini bilarmidingiz? 2025-yil endi boshlandi, hali oldinda yilni 90% dan ortig'i bor. Yil boshidan sizda yuqori saviyali ustoz bo'lishga imkoniyat bor

Kreativ Pedagog" kursi sizga ta’lim jarayonini butunlay o‘zgartirishga yordam beradi. Kursda nimalar bor deysizmi?!

✈️ 70 dan ortiq innovatsion, zamonaviy metodlar
📺 Video darslar – istalgan vaqtda ko‘rish imkoni
💳 Dars materiallari o‘chirib tashlanmaydi, sizda saqlanib qolinadi
📧 Maxsus bonuslar, qo'shimcha fayllar, qo'llanmalar

Xo'sh, kursga qo'shimcha Sertifikat va bonuslar ham beriladi. Qanday bonusligiga qiziqyapsizmi?

😀 Kreativ pedagogning elektron qo‘llanmasi
👑 O‘qituvchilar uchun 10 biznes g‘oya
💤 "Creative FM" yopiq kanaliga a’zo bo‘lish imkoniyati

🎂 Yangi Kreativ Pedagog Fevral guruhi 10-fevraldan boshlanadi. Kursga joylar cheklangan. Yopiq kurs kanalimizda joylar oz qoldi

➡️ Kurs haqida yanada batafsil ma'lumot beraylikmi? @Krepeduz_admin'ga hoziroq yozib yuboring

@Kreativ_pedagog - Kreativ ustozlar kanali!

Ochiq dars | O‘qituvchilar

03 Feb, 03:24


🛑Darsda kreativ muhit yaratishning 5 usuli

Bugungi kunda ta’limning rivojlanib borayotganligi kreativ dars o'tishni muhim omilga aylantirmoqda. Kreativ pedagog nafaqat bilim berishi, balki o‘quvchilarni mustaqil fikrlash va innovatsion yondashuvga ham ilhomlantirishi kerak. Darsingizga kreativlik qo'shishni bilmayapsizmi? Sizga bu borada 5 ta ajoyib tavsiya beramiz

Shaxsiy fikrni talab etuvchi savollardan bering;

Ko‘p javobli savollar berish o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini oshirib, ularni turli imkoniyatlarni o‘rganishga undaydi. Masalan, nima deb o'ylaysan, Amir Temurning janglarda ustunligi nimadan iborat edi? Yengilmasligining sabablari fingringcha qanday?

🔄 Fanlararo yondashuvni tatbiq eting;

San’at, musiqa yoki teatr elementlarini darslarga qo‘shing. Masalan, tarix darsida rol o‘ynash usuli voqealarni jonlantiradi va tushunarli qiladi. O'z faningizga qo'shimcha boshqa biror fan elementlarini ham qo'shing

🙋 O‘quvchilar uchun erkin muhit yarating

O‘quvchilar fikrini ochiq-oydin ifodalashi uchun xavfsiz muhit yaratish muhim. Ularning fikrlarini baholashdan oldin tinglashga harakat qiling. O'quvchi fikrini erkin va uyalmasdan ifoda etishi juda muhim

Muammo asosida o‘qitish usulini qo‘llang;

O‘quvchilarga real hayot muammolarini yechish vazifasini bering. Ular izlanish olib borib, jamoaviy yechimlarni ishlab chiqishsin.

🎨 Darsingizni tahlil qiling va har safar ozroq bo'lsada yaxshilang

Har bir darsdan keyin natijalarni tahlil qiling. O‘quvchilarning fikr-mulohazalarini tinglang va uslublaringizni yaxshilang

⭐️ Tavsiyalar sizga foydali bo'ldimi? Hamkasblaringizga ham ulashing. Ular ham foydalanishsin

@Kreativ_pedagog - Kreativ ustozlar kanali!

Ochiq dars | O‘qituvchilar

01 Feb, 04:43


⚡️ Kreativ pedagog kursiga qabul ochildi!

Ko‘pchilik ustozlar talabiga binoan Fevral oyi uchun "Kreativ pedagog" kursiga qabul ochildi! 

🔔 Qadrli ustozlar, yangi oyning yangi guruhiga ro'yhatdan o'tish boshlandi. Ha aytgancha, siz hozir ro‘yxatdan o‘tib qo‘ying, to‘lovni (99 ming) keyinroq qilaverasiz) Bu 10-fevraldan boshlanadigan kursdan o'rningizni kafolatlaydi.

❗️Ro‘yxatdan o‘tish uchun @Krepeduz_admin ga, "Metodlarni olmoqchiman" deb yozishingiz kerak! Nima uchun deysizmi? Birinchi bo‘lib shu jumlani jo‘natganlarga ajoyib bonus bor!

"Kreativ pedagog" kursini tanlagan ustozlar hozir "mazza" qilib dars o‘tishmoqda! Sizda ham zamonaviy va kreativ metodlar bormi?

🤩 O'qituvchi kasbida muvaffaqiyatga erishish uchun eng qisqa yo'l qaysi? Albatta, Kreativ Pedagog bo'lish!!!

Ro'yxatdan o'tish uchun:
👉
@Krepeduz_admin ga "metodlarni olmoqchiman" deya murojaat qiling!

Ochiq dars | O‘qituvchilar

25 Jan, 03:36


⚡️ Zamonaviy o'qitish usullari

😎 O'qitishning yangi uslublaridan foydalanishda oʻqituvchilar bilimlarni shunday shaklda berishi kerakki, u o'quvchilarda qiziqish uyg'otishi, buni amalga oshirishda texnologiya va oʻzaro ma'lumot almashinuvi muhim rol o'ynaydi va an'anaviy sinf muhitining o'zgarishiga olib keladi. Ushbu oʻzgarishlarni hisobga olib o'qituvchilar yangi o'qitish usullaridan foydalanishi talab etiladi:

🤝 Hamkorlikda o'rganish: Ayro holda o'rganish eskirgan usuldir. Zamonaviy ta'lim yondashuvi talabalarga birgalikda o'rganish orqali muvaffaqiyatga erishish uchun platforma taqdim etishdan iborat.

🕹 Intervalli ta'lim: Muayyan darsni mustahkamlash uchun o'qituvchi darsni 10 daqiqalik pauza bilan bir necha marta takrorlaydi. Bu, odatda, jismoniy faollik yoki ongni rivojlantirish usullari orqali miyaning yaxshi holatga kelishiga imkon berish uchun amalga oshiriladi.

😄 Flipped classroom: Ushbu uslub o'quvchilarga uyga berilgan video darslikni tomosha qilib uni dars davomida muhokama qilish orqali amalga oshiriladi. Uy vazifasi (an'anaviy ravishda uyda bajariladi) o'quvchilarning vaqtini va o'rganish tajribasini optimallashtirish uchun sinfda ham bajariladi.

🔴 Mustaqil o'rganish: Zamonaviy o'qitish usullari mustaqil o'rganish samarali deb baholaydi. Biror mavzuga yaxshiroq eʼtibor berish orqali oʻquvchilar o'zlari uchun qiziqarliroq bo'lgan mavzularni chuqurroq o'rganishga undashadi.

🎮 Gamifikatsiya: Video o'yinlar orqali o'qitish, ayniqsa, boshlang'ich va maktabgacha ta'lim tizimlarida eng foydali zamonaviy o'qitish strategiyalaridan biri bo'lib xizmat qiladi. Bu nisbatan yangi o‘qitish metodikasi oliy ta’limda samarali zamonaviy o‘qitish usuli hisoblanadi.

🔥 VAK o'qitish: Vizual, audio va kinestetik (harakat) o'qitish yoki VAK o'qitish - bu o'qituvchilar oʻquvchi tushadigan toifani aniqlaydigan eng so'nggi o'qitish usuli bo'lib, ular vizual o'quvchilarmi, audio o'rganuvchilarmi yoki kinestetik o'rganuvchilarmi. Ushbu turkumlashdan so'ng, o'qituvchi o'z shaxsiy qobiliyatlarini qondirish uchun darsni yaxshiroq tayyorlashi mumkin.

💥 Krossover o'rganish: Krossover o'rganish - bu rasmiy va norasmiy ta'limning aralashmasi. Krossover ta'limda rasmiy sinfda o'qitish o'quvchilarning kundalik tajribalaridan foydalanish va ularning atrofi bilan o'zaro ta'siri bilan birga keladi, bu ta'limning ushbu usulining norasmiy qismini tashkil qiladi.

@Kreativ_pedagog - Kreativ o'qituvchilar kanali

Ochiq dars | O‘qituvchilar

20 Jan, 12:08


#firibgar

📣 Diqqat, firibgarlar!

Sizga hech kim sovg’a yuborgani yo’q. Ko'k yozuvni ustiga bossangiz, firibgarlar o’zi yaratgan soxta saytga kirib qolasiz. Natijada Telegram profilingiz firibgarlar qo’liga o’tib ketadi va sizning nomingizdan kontaktingizdagi hamma odamga virusli xabar tarqatishni boshlaydi.

Agar sizga yaqin insoningizdan shunaqa xabar kelsa ham, ishonmang, hech narsani bosmang, chunki o’sha inson ham firibgarlar tuzog’iga ilingan bo’ladi.

Qadrli ustozlar, mana shunday xabarlardan ogoh bo'ling. Peshona teringiz bilan topgan mablag'ingizdan mana shunday soxta linklarni bosib ayrilib qolmang

📌 Barcha hamkasblaringizni ogohlantiring!

@Kreativ_pedagog - Kreativ ustozlar kanali!

Ochiq dars | O‘qituvchilar

13 Jan, 05:28


Har bir o‘zbek o‘qishi kerak bo‘lgan uch kitob

Bugungi kunga kelib vatanimizda kitob mutolaasiga alohida e'tibor berila boshladi. Kitob o‘qiyotganlar esa "SPARK" minish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Siz ham mutolaa zavqidan bahramand bo‘lishni xohlayotgan bo‘lsangiz biz tavsiya qilamiz

📚 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf "Ruhiy tarbiya"

“Ruhiy tarbiya” asari dinimizning tamal toshlaridan biri bo'lmish nafs tarbiyasi masalalariga bag'ishlangan. Ushbu majmuaga nafsni poklash, axloqni sayqallash kabi ruhiy kamolot bosqichlariga oid masalalar kiritilgan.

📚 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf " Hadis va hayot"

Payg'ambarimiz Muhammad mustafo alayhissalomning eng mo‘tabar hadis kitoblarida kelgan sara hadislarning zamonaviy sharhi haqida.

📚 Abdulla Qodiriy " O'tkan kunlar"

Ushbu kitobda insoniy taqdirlar, ijtimoiy - siyosiy, ma'naviy - axloqiy, oilaviy - ishqiy muammolar qalamga olingan.

📌 Biz sizga faqat eng yaxshilarini tavsiya qilamiz

@Kreativ_pedagog - Kreativ o‘qituvchilar kanali

Ochiq dars | O‘qituvchilar

06 Jan, 14:17


⚡️ "Xat metodi orqali oʻquvchim darsga toʻliq qatnashib uyga vazifa qiladigan boʻldi..."

Seytnazarova Zarafshan, Qoraqolpoqston Respublikasi Chimboy tumani 9- sonli umumtalim maktabning texnologiya fani o'qituvshisi

😊 Qahramon pedagog ruknining bugungi mehmoni kreativ, ilmga chanqoq va o'zini rivojlantirishdan tolmaydigan jonkuyar ustozlarimizdan biridir.

📸 Keling, ularning fikrlari va dars faoliyatifan fotolavhalar bilan batafsil tanishamiz:

Kreativ pedagog kursi metodlarini barchasini darslarda qo'llasa boʻladi. Metodlar oʻta oddiy, oson, tushunarli va oʻquvchilarga yengil boʻlib, oʻquvchilarni har taraflama rivojlanishiga yordam beradi. Har qanday oʻquvchlsrda bu metodlarni qoʻllab dars oʻtsak darsimiz samarasini beradi.

Men "Xat" metodini qoʻllab, darsga oʻquv qurollarini toʻliq olib kelmaydigan oʻquvchimning ota- onasiga xat yetkazdim va ular meni tushunib ugʻliga rangli qogʻoz, yelim, qaychi olib berishdi va oʼquvchim darsga toʻliq qatnashib, uy vazifa va sinf ishlarini bajaradigan boʻldi. Bu metod dangasa oʻquvchilarga qoʻllashda juda ahamiyatli ekan. "Start" metodini qoʻllab koʻrdim, dars oxirida oʻquvchilar charshab qoladi shu paytlar qoʼllansa samarasi a'lo ekan.

Men asta sekin metodlarni oʻzim oʻrganib darsda qoʻllashga harakat qilyabman. Menga bu metodlar juda yoqadi. Kreativ pedagog kursida oʻqiganim yaxshi boʻldi, sababi ilgari koʻrmagan va eshitmagan metodlarni koʻrib oʻqib, uzimni yaxshi oʻqituvchi boʻlishimga yordam berdim. Zamanoviy va kreativ fikrlashga oʻzimga oʻzim yordam berdim.

"Kreativ Pedagog" kursi tashkilotchilaridan minnatdorman, rahmat sizlarga, bundanda yaxshi metodlarni kashf etishingizni kutib qolaman, yangi betakror metod va darslarni kutib qolaman.


👉 Kursga qo‘shilish uchun @Krepeduz_admin ga + qoldiring

Ochiq dars | O‘qituvchilar

03 Jan, 06:55


❤️ 2025-yilni yangi maqsadlar bilan boshlashni istagan o‘qituvchilar diqqatiga

Kreativ Pedagog kursining asosiy maqsadi siz aziz ustozlarga har sohada ko'maklashib, mahoratli va kreativ pedagogga aylanishingizga o'z hissasini qo'shishdan iborat. Shu sababli biz sizga nega aynan dekabr oyi ushbu kursda o'qishingiz uchun bir nechta sabablar keltirib o'tamiz. Demak, boshladik!

😄 Kafolatlangan natija va yuqori samaradorlik

Onlayn kurslar xarid qilib o'z bilimingizga sarmoya kiritishingiz yaxshi, lekin sifatli va natijasi kafolatlangan kurslarni topish rostda ham qiyin masala.  Bunda siz kursning vaqt sinovidan o'tganligi va kursni tugatgan o'qituvchilarning fikr hamda natijalari eng ishonchli isbotdir. Kreativ Pedagog kursi 3 yildan beri kreativ pedagoglarni tayyorlab keladi!

🎁 Bonuslar va sovg'alar miqdorining ko'pligi

Krepeduz har bir guruhiga o'zgacha sovg'alar tayyorlab keladi. Kursning aynan yanvar guruhiga 2 ta sovg'a qo'shishga qaror qildik. Biri "kreativ pedagog kitobchasi" hamda "KrepeduzFM premium" audio kursi

❤️‍🔥 2024-yilni ajoyib yakunlash va 2025-yilni yuqori notada boshlash

O'z bilim va mahoratining yanada oshishi, o'z kasbining bilmagan jabhalarini bilish insonga qo'shimcha kuch va energiya beradi. Shunday ekan, yangi yil arafasida moddiyatga ega, ma'naviyatga e'tiboringizni qaratish ayni muddaodir. Qolaversa, yangi yilni qanday boshlasangiz, yil davomida shu tarzda davom etasiz

🎚️ Xullas, xulosa o'rnida shuni aytish lozimki, biz hech narsaga shunchaki erishib qolmaymiz. "Olma pish og'zimga tush" deganimiz bilan muammolarimiz hal bo'lib qolmaydi. Shunday ekan, harakatni aynan bugundan boshlashimiz lozim.

👨‍💻 Kreativ Pedagog kursiga ro'yhatdan o'tish uchun adminstrator

👉 @Kreativ_pedagog - Kreativ o'qituvchilar kanali!

Ochiq dars | O‘qituvchilar

02 Jan, 14:06


⚡️ Kreativ pedagoglar doim bir qadam oldinda...

🎚️ "Kreativ Pedagog" kursi ishtirokchilari darsga o'quvchilarni qiziqtirish, sinf bilan ishlashning turli usullari, kreativ metodlar, o'zgacha ochiq dars o'tish sirlari, xullas o'qituvchi uchun eng kerakli bilimlarni o'rganishmoqda

👆 Yuqoridagi rasmlarga e'tibor berishingizni so'raymiz. Qachonki, o'quvchi sizni faningizga qiziqsa, sizni darsingizni intilsa, shunda ta'limda rivojlanish bo'ladi. Kelajak avlodlarimizga kreativ metodlar asosida ta'lim berish zamon talabiga aylanmoqda

👉 @Kreativ_pedagog - Kreativ pedagoglar kanali

Ochiq dars | O‘qituvchilar

28 Dec, 10:11


😄 2024-yilda "Ochiq dars" kanalini ko‘rishlar soni 2,5 mlnga yetibdi!

"Ochiq dars" kanali bilan birga bo‘lib, o‘z sohangizga yangilik kirita olgan bo‘lsangiz jamoamiz shu yilgi missiyasini a'lo darajada yakunladi deya olamiz!

🧩 Bizni kuzatishda davom eting, qisqa tanaffusdan keyin siz uchun yana qiziqarli postlar va maqolalarni ulashishda davom etamiz!

❤️ Tilaklaringiz bo‘lsa, kommentda kutamiz ❤️

🎥 @Ochiqdarsim - Kreativ o'qituvchilar kanali!

Ochiq dars | O‘qituvchilar

17 Dec, 04:46


Nega ko'pchilik o'qituvchilar kreativ dars o'tishni qiyin deb o'ylashadi?

Har bir o'qituvchi borki, darsini o'zgacha tarzda o'tishni orzu qiladi. O'quvchilarga fanini qiziqtirishga bel bog'lashadi. Bunda bir necha usullardan foydalib, har xil metodlarni sinab ko'rishadi

Ko'ryapsizmi, hatto siz ham har kuni har xil metodlardan foydalanasiz. Lekin, bu usullar sizga foyda bermasa, birdaniga "metod qo'llashdan foyda yo'q" degan fikr uyg'onib qoladi

Aslida ham shundaymi? Hozirgi o'quvchilarga metodlar foyda bermayaptimi? Aslida qanday metodlar samarali?

Ochig'i, Kreativ Pedagog kursida o'qishga yozilgan barcha ustozlar shu fikrda bo'lishadi, lekin 1 oydan so'ng, kreativ metodlarning "mazasini" tatib ko'rib, "kreativ dars o'tish judayam maroqli va samarali" degan javobni olamiz

🧕 Shundan xulosa qilish mumkinki, aslida muammo biror metodning foydasizligida emas, aksincha o'qituvchining kreativ mahoratida ekanligi oydinlashadi

😀 Siz ham kreativ ustoz bo'lishni va 70 ga yaqin betakror jozibali metodlarga ega bo'lishni istasangiz, qaysi kursda o'qishni bilasiz-a?!

@Kreativ_pedagog - kreativ ustozlar kanali!

Ochiq dars | O‘qituvchilar

16 Dec, 04:06


🔥 1 oylik "Kreativ Pedagog 23- va 24-guruh"larda qatnashgan o'qituvchilarning fikrlari

Oktyabr va Noyabrda kursga qo'shilgan ustozlar kursni yakunlashdi. Barcha samimiy tilak va ta'riflarni o'qib chiqdik

Ko'rinib turibdiki, kursda qatnashgan barcha ustozlar metodlarni darslarida qo'llashgan, o'quvchilarga bu metodlar yoqqan.

🟢"Oktyabr oyida namuna ochiq dars o'tib, O'IBDO' va uslubchi 90 ball berib darsini ommalashtirdim" deydi kursda o'qigan Oydin ustozimiz

🟢"Xat metodi, fokus, shturm, 3D, qadamba qadam metodlari bilan 11-sinflarga darsda qo'llab qo'llashi va yuqori sinf o'quvchilarim har darsda shu metodlarni qo'lashimni xohlashadi" degan kurs ishtirokchisi Iroda ustozimiz

😊 Kursdan foyda olgan boshqa ustozlarimizning ta'riflarini yuqoridagi skrinshotlarda o'qib olsangiz bo'ladi

@Kreativ_pedagog - kreativ ustozlar kanali!

Ochiq dars | O‘qituvchilar

12 Dec, 05:30


🌎 Tabiiy fanlarni o'rganishda mantiqiy metodning ahamiyati...

🟢 Mantiqiy metodlar biologiyani oʻqitishda foydalaniladigan eng samarali metodlardan biri hisoblanadi.

🔁 Bu metodning maqsadi o'quv materiali mazmuni yo'nalishini belgilab, o'ragilayotgan obyektni tahlil qilish, qiyoslash, umumlashtirish va abstrakt tafakkurni rivojlantirish imkonini beradi.

💥 Masalan, bu guruh metodiga kiruvchi induktiv metodni olaylik. Bu metod avval o'quvchilarni e'tiborini xususiy faktlarni o'rganishga jalb qiladi va keyin xususiydan umumiy xulosalar chiqarishga yoʻnaltiradi.
Misol sifatida, daraxt, buta, yarim buta va koʻp yillik o'simliklar. Bular xususiy faktlar va bularni umumlashtirsak o'simliklarning hayotiy shakllari kelib chiqadi.

🔥 Bu metod yana bir turi bu deduktiv metoddir. Bunda o'quvchilarga avval umumiy qonuniyatlar o'rgatiladi va so'ngra umumiydan xususiy xulosalar chiqarish o'rgatiladi.
Masalan, hujayra organoidlari bu umumiy tushuncha va bunda xususiy tushunchalar endoplazmatik toʻr, ribosoma, mitoxondriya va lizasoma xulosa qilinadi.

@Ochiqdarsim - Kreativ o'qituvchilar kanali!

Ochiq dars | O‘qituvchilar

12 Dec, 04:01


🎉​​ "Tushuntirishning mohiyati..."

Mavzuni o'quvchilarga tushuntirish shunchaki oddiy ish emas, agar shunday boʻlganda biz hozir yangi metodlarni oʻrganmayotgan bo'lardik.

Tushuntirish qachon mukammal bo'ladi?

Qachonki, o'quvchi sizdan qayta savol so'ramasa. Ha baʼzida savol so'ramaydi lekin darsga eʼtibori yoʻqoladi. Masalan, o'tirgan joyida qimirlab o'tirishi, varoqlarni shitirlatishi, ruchkasi yozmasligini bahonasi bu mavzuni to'liq anglamaganidan dalolat beradi.

🎉 Tasavvur qiling, yosh bola sizdan bu nima deb so'raydi biror narsani masalan, pichoq bo'lsin. Biroz vaqtdan keyin yana qayta so'raydi bu nima? Yana aytasiz. Birozdan so'ng yana so'raydi. Bola qachon uni so'rayshdan to'xtaydi qachonki, u sizning javobingizdan qoniqsagina. Ya'ni siz tushuntirsangiz, bu pichoq sabzavotlarni tozalash uchun ishlatiladi lekin bu bolalar uchun xavfli uni ushlamasligi kerak.

🔥 Shunday ekan, mavzuni oʻquvchilarga tushuntirganda erinmasdan detallar bilan tushuntirish kerak. Masalan, aytaylik ingliz tilida savollar berilgan boʻlsa uni siz o'quvchilarga tarjima qilishga koʻmaklashmay turib javob yoz desangiz, ular buni tarjimasini bilmasligi tufayli oddiy savol bo'lsada javob berolmaydilar.

@Ochiqdarsim - Kreativ o'qituvchilar kanali!

Ochiq dars | O‘qituvchilar

11 Dec, 06:11


☃️ ​​YIl yil arafasida o‘quvchilarni qaday qilib darsga jalb qilish mumkin?

Dekabr oyining kirib kelishi bilan barcha bolalar yangi yilga tayyorgarlik ko‘rish, bayram uchun rejalar tuzish bilan mashg‘ul bo‘lib qolishadi. O‘qituvchining sa‘y harakatlariga qaramay bir joyda o‘tirishmaydi va qiziqarli darsni tinglashmaydi.

🔖 O‘qituvchilarni ko‘pincha bayram oldidan qanday qilib o‘quvchilar umidsizlik darajasini pasaytirish, ta‘til oldidan o‘rganishni davom ettirishiga undash kabi savollar qiynay boshlaydi.

Buning yechimi esa o‘rganishni kengaytirish uchun bayram tadbirlarini qabul qilishdir. Ya‘ni darsni bayramdagi hodisalar bilan bog‘lash.

Masalan yaqinlashayotgan yangi yil bayramida asosiy mavzu QOR.

Qor parchasining tuzilishi;
Qorning og‘irligi uylar, binolarning arxitekturasi va qurilishiga qanday ta'sir qilishi;
Qishda to‘plangan qorning yil davomida jamiyatdagi suv sathiga ta‘siri;
Sovuq qorning yalang‘och teriga fiziologik ta‘siri;
Eng ko‘p qor yog‘adigan geografik joylar;
Qorda yashaydigan odamlarning urf- odatlari, madaniyati va tarixi

Shu kabi boshqa misollarni darsingiz bilan bog‘lash orqali darsni qaytadan loyihalang va bayramning so‘nggi kuniga qadar o‘quvchilarning o‘qishga qiziqish darajasini yuqori darajada saqlab qoling.

@Ochiqdarsim - Kreativ o‘qituvchilar kanali

Ochiq dars | O‘qituvchilar

11 Dec, 04:01


#bilarmidingiz

😅 ​​Ushbu suratni ko‘rib kimdir ajablanishi, yana kimdir kulishi mumkin

🇨🇳Lekin Xitoyda tartib shunday: bitiruvchilar imtihon chog‘ida yonidagi sheriklarining yozuviga ko‘z tashlamasligi uchun ularga gazeta yoki kartondan yasalgan "shlyapa" kiydirib qo‘yiladi.

🧕 Mamlakatda qabul qilingan qonunga ko‘ra, bitiruv imtihonlarida ko‘chirmachilik qilish ("shpargalka" ishlatish, yonidagi sherigidan yoki internetdan ko‘chirib olish) jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

😳 Ya’ni, ko‘chirmachilik qilgan bitiruvchi 3 yildan 7 yilgacha muddatga qamalishi mumkin. Shuningdek, u yana uch yil mobaynida qayta imtihon topshirish huquqidan mahrum etiladi.

@Ochiqdarsim - Kreativ o'qituvchilar kanali!

Ochiq dars | O‘qituvchilar

02 Dec, 06:01


​​⚡️ O'quvchini qanday ruhlantirish kerak?

1. O'quvchining qilayotgan mehnati va erishgan natijalarini e'tirof etish. Bu oddiy maqtov so'z yoki qandaydir mukofot bo'lishi mumkin. Lekin, maqtov eshitish yoki mukofot olish o'quvchining maqsadiga aylanib qolmasligi lozim.

2.O'qishning ahamiyati va o'quvchilarning asl maqsadlarini eslatib turish, ilm olish majburiyat emas, shaxsiy tanlov ekanligini uqtirish.

3. Bir xillikdan qochish. Vaqti-vaqti bilan topshiriqlarning shaklini ozgartirib turish mumkin yoki hatto ba'zida darsga boshqa o'qituvchini, mashhur shaxslarni, ota-onalarni taklif qilib turishi ham mumkin.

4. Real hayot bilan bog'lash. Darsdagi misollar, topshiriqlar o'quvchilarga yaxshi tanish bo'lgan insonlar, hodisalar atrofida jamlansa, o'quvchilarga qiziqroq bo'lishi mumkin.

5. O'qituvchining o'zi ishtiyoqi baland bo'lishi. Ruhiy horg'in inson boshqalarda motivatsiya uyg'otishi qiyin.

✔️ @Ochiqdarsim - Kreativ o'qituvchilar kanali

Ochiq dars | O‘qituvchilar

01 Dec, 04:16


⚡️ Yilning so‘nggi oyi keldi!

🤗 Barcha ustozlarimizga dekabr oyi mazmunli va samarali bo'lishini tilab qolamiz

🔁 5 yil oldin qabul qilgan to'g'ri qaroringiz bugungi kuningizni, bugun qilgan eng to'g'ri qaroringiz esa kelajagingizni belgilab beradi. Bunga shubha yo'q. Shunday ekan biz doim Tanlovlar qarshisida bo'lamiz

- Hech narsa qilmaslik YOKI bilim olish
- Dekabrdan maksimal foydalanish YOKI shunchaki ishlash

😊 Bunday tanlovlar har birimizga har kuni taqdim etiladi. Darsingizda o'quvchilarga to'g'ri tanlov qilishni o'rgating. Yosh o'g'il-qizlarga hozirdan boshlab yoshligini, quvvatini, vaqtini, zehnini eng tog'ri yo'lga sarf etishiga ko'maklashing.

🏫 Maktab intelektual bilim bozori. Hech kim bozorga borib pulni berib baqqoldan mahsulotni olmay qaytmaydi. O'quvchi ham maktabdan bilimsiz qaytmasligi kerak. Bu o'rinda siz ustoz sifatida buni yoshlarga tushuntira olishingiz shart.

☺️ Tanlovlar mavzusi sizga yoqdimi? Unda ushbu maqolani ulashishni unutmang.

@Ochiqdarsim - Kreativ o‘qituvchilar kanal!

Ochiq dars | O‘qituvchilar

26 Nov, 03:10


​​O'qituvchilarning o'z sohasi bo'lmagan fanlarni oʻqitishi toʻgʻrimi?

Maktablarda koʻp kuzatiladigan holatlardan biri bu aslida sohani boshqa bo'la turib boshqa fandan kirib o'quvchilarga dars berishdir. Misol qilib aytsak, ingliz tili oʻqituvchisi matematika fanidan dars oʻtishi.

Buning bir nechta sabablari bor.
🙂 Shu maktabda aynan biror fandan kadrlar yetishmasligi
🙂 Shu fan oʻqituvchini shaxsiy muammolari tufayli darsini boshqaga topshirishi

Bunday holatlar tufayli oʻquvchilarning biror fandan bilim darajasi rivojlanishdan toʻxtaydi va darsga bo'lgan qiziqizishi ham so'nadi. Xoʻsh nega?

🚫 Har bir fanning oʻziga xos qiyinchiliklari mavjud. Hamma fanning oʻziga tegishli metodlari bor va shu fanga yondoshuv ham boshqa fannikidan farq qiladi va buni faqat shu fanning ustasi tushunadi va o'quvchilarga tushuntira oladi.

⚡️ Shunday ekan iloji boricha tezroq maktablarimizda bunday holatlarni bartaraf etishimiz lozim zero darsga beparvo qarash kelajakka xiyonatdir.

👀 @Ochiqdarsim - Kreativ o'qituvchilar kanali

Ochiq dars | O‘qituvchilar

25 Nov, 03:10


​​⚡️ O'quvchining to'satdan berilgan savoliga javob bera olmaslik sizni yomon o'qituvchiga aylantiradimi?

Ayrim hollarda o'quvchilar sizga darsga mutlaqo aloqasi bo'lmagan g'ayrioddiy ya'ni siz bilmagan savollar bilan murojaat qilishadi, balki atayin sizni sinab ko'rmoqchi bo'ladi.

😱 Daxshat. Javobni bilmaslik darsga yaxshi tayyor emasligingizni anglatadimi, sizni yomon o'qituvchiga aylantiradimi, o'quvchilaringiz sizni qobiliyatsiz deb o'ylashiga sabab bo'ladimi?

Aslo yo'q. Bu sizning tajribasiz ekanligingizni anglatmaydi. Savolga javob bera olmasangiz aslo vahimaga tushmang va savolga javobni shu vaqtning o'zida tuzishga harakat qiling. Ammo noto'g'ri javob berib qo'yishingiz ham bundan mustasno emas. Siz xavfli holatdasiz.

🔖 Bunday vaziyatlarda savolni bilmasligingizni tan oling. Albatta bu jasorat talab qiladi lekin no'tog'ri javob berishdan ko'ra afzalroq. O'quvchilarga javobni bilib olishingiz va kelgusi darsda tushuntirib berishingizni ayting.

Savolni bilmaslik siz yomon o'qituvchi ekanligingizni anglatmaydi. Bu vaqtda shunchaki vaziyatdan chiqishning eng yaxshi yo'lini topishingiz kerak xolos.

👀 @Ochiqdarsim - Kreativ o'qituvchilar kanali!

Ochiq dars | O‘qituvchilar

24 Nov, 03:10


Bugun dam olish kuni ekanligini unutmadingizmi?

Ish haftasini tugatgandan so'ng, dam olish kuni o'z - o'zidan keladi deb o'ylaysiz. Bir necha daqiqa oldin Juma bo'lganga o'xshaydi va siz dam olishni xohlayotgan edingiz, endi esa yana Dushanba boshlanmoqda, siz esa yana charchagan va stressli holatdasiz.

Keling bugun siz bilan dam olish kunlarini ish haftasi kabi qimmatli qilish uchun bir nechta tavsiyalar bilan tanishib chiqamiz.

Birinchi o'rinda bajarilishi kerak bo'lmagan ishlar ro'yxatini tuzing va ular uchun vaqt sarflamang.

Dam olish kunining ahamiyatini anglang va dam olishni unutib qo'ymang. Axir dam olish keyingi hafta qattiq ishlashda yetarli energiyaga ega bo'lish uchun juda muhim.

O'zingizga dam olishga ruxsat bering, stress samarali emasligini his qiling va o'zingiz uchun zavq oladigan mashg'ulot tanlang.

Oddiy ish ustida ishlash ham dam olishingizga yordam berishi mumkin. O'zingiz va oilangiz uchun ajoyib taom tayyorlash dam olish kuni uchun zo'r mashg'ulot bo'lishi mumkin.

Azizlar bugun dam olish kuni ekanligini unutmang

👀 @Ochiqdarsim - Kreativ o'qituvchilar kanali

Ochiq dars | O‘qituvchilar

23 Nov, 03:10


🎉 ​​Darsga kech qolish kechiriladigan holatmi?

O'quvchilarda juda koʻp kuzatiladigan muammolardan biri bu darsga kech qolish holatidir. Lekin bu degani o'quvchini darsga kirmasligi kerak degani emas. Agar o'qituvchi uni darsga kiritmasa bu uning xatosi hisoblanadi. Xoʻsh nega?

❗️ Avvalo, darsdan soʻng oʻqituvchi bilan yuzma-yuz suhbat qilib kechikishining sabablarini o'rganish lozim. Balki u oʻziga bogʻliq boʻlmagan muammolar tufayli kechikayotgandir. Agar oddiy bahonalar bunga sabab bo'layotgan bo'lsa, u holda bu o'ziga to'g'ri tushuntirib bu yaxshi emasligini va bilim olishiga va boshqalarga taʼsir qilishini uqtirish lozim.

Tanganing ikki tomoni bo'lganidek, bu vaziyatda o'qituvchilar kechiksachi? Bu qanchalar toʻgʻri holat?

O'qituvchi darsga kech qolsa koʻp hollarda o'quvchi ustozini darsni oxirigacha kutib o'tirmaydi. Ular ketib qolmasliklari kerakdir lekin koʻpincha ular bunday qilishmaydi.

🔥 Aslida o'qituvchining kechikishi yanglish holatdir va ustozlar aksincha dars vaqtidan oldinroq kelib o'quvchilarni kutib olishi va ularga yaxshi kayfiyatda dars o'tishi kerak.

👀 @Ochiqdarsim - Kreativ o'qituvchilar kanali

Ochiq dars | O‘qituvchilar

22 Nov, 03:10


🔢​​ Matematik olim Al-Xorazmiydan inson haqidagi fikrini so‘radilar

Olim quyidagicha javob qildi:
Agar inson go‘zal axloq egasi bo‘lsa, u birga tengdir, yaʼni axloqli inson = 1;

😊 Buning ustiga u xushsurat bo‘lsa, birning yoniga nol raqamini qo‘shing, yaʼni axloqli+xushsurat inson = 10;

😇 Boz ustiga u badavlat bo‘lsa, hosil bo‘lgan songa yana bir nolni qo‘shing, yaʼni axloqli+xushsurat+badavlat inson = 100;

☺️ Agar uning naslu nasabi toza bo‘lsa, songa yana bir nolni qo‘shing, yaʼni axloqli+xushsurat+badavlat+nasli toza inson = 1000.

🎄 Biroq ushbu sondan axloqni ifoda etuvchi bir (1) tushib qolsa, bilingki, insonning qiymati yo‘qoladi, saqlanib qolgan nollarning esa, hech qanday qadri yo‘qdir!

Agarda rivoyat yoqqan bo'lsa, uni o'quvchilaringizga ham aytib bering!🙃

👀 @Ochiqdarsim - Kreativ o'qituvchilar kanali!

Ochiq dars | O‘qituvchilar

21 Nov, 03:10


​​😄 Yaxshi maktabning asosiy to'rt belgisi:

(Farzandini maktabga qo'yayotgan ota - onalarga uchun tavsiyalar)

〰️ Maktab toʻgʻrisida maʼlumotlar ochiq boʻlishi kerak. Uning nafaqat reytinglari, balki u haqida boshqa qiziqarli maʼlumotlari boʻlsa yanada yaxshi. Bu yerda siz maktab oʻqituvchilari va ota-onalar oʻrtasidagi fikr almashishlarni bilishingiz mumkin boʻlsa, nur ustiga aʼlo nur boʻladi.

〰️ Aynan bir bogʻchadan bolalarning qanchasi ayni bir maktabga berilganiga eʼtibor bering. Agar bolalar soni 50% dan koʻp boʻlsa, farzandingizni u yerga bemalol bersangiz boʻladi.

〰️ Maktab devorlari «gapirishi» kerak. Agar ulardan sizga faqat olimlar portretlari qarab turishgan boʻlsa yoki ularga zerikarli maʼlumotlar yozilgan plakatlar osilgan boʻlsa, bu juda ham achinarli. Maktab devorlarida tadbirlar, sayohatlar, toʻgaraklar, voqealar toʻgʻrisida eʼlonlar boʻlishi kerak.

〰️ Maktab oʻquvchilarining oʻzlariga eʼtibor bering. Agar ular sizni tanishmasa ham, salom berishsa – bu yaxshi maktab. Agar bolalar salom berishda koʻzlaringizga qarashsa, unda bu juda yaxshi maktab boʻladi.

👀 @Ochiqdarsim - Kreativ oʻqituvchilar kanali!

Ochiq dars | O‘qituvchilar

20 Nov, 12:05


Sizning o'qituvchilik kasbida o'z qadriyatlaringiz bormi?

🎓 O'qituvchilik - kasblar ichida eng qadrli, jamiyatning ustuni hisoblangan muqaddas kasb hisoblanadi. O'qituvchida aniq bir prinsiplar bo'lishi, o'z oliy maqsadi va qadriyatlariga ega bo'lishi esa, nur ustiga a'lo nur bo'ladi

1️⃣Kreativ o'qituvchida birinchi navbatda maqsad bo'ladi.
O'qituvchilik kasbini tanlashdagi muhim turtki, dars berishdagi zavq, o'quvchilarga bilim ulashishdagi ezgu maqsad bu kasbda sizni ushlab turishi kerak. Quyidagi savolga javob berishga harakat qilib ko'ring:

o'qituvchilik kasbida sizni qanday turtki ushlab turibdi?

2️⃣ O'z qadriyatlaringizga aniqlab oling va bloknotingizga yozib qo'ying

Har bir insonning o'z qadriyatlari, ichki konstitutsiyasi, buzilmas qonunlari bor. Har bir loyiha va korxonada ham shunday qadriyatlar bor. Masalan, Kreativ Pedagog loyihasining qadriyatlari quyidagicha:

😎biz bir oilamiz, kursdagi har bir o'qituvchining rivojlanishiga bor e'tiborimizni qaratamiz;
😎har bir o'qituvchi ortida yuzlab ilmga chanqoq yoshlar borligini chin dildan his etib, butun millat ta'limiga hissa qo'shayotganimizdan faxrlanamiz;
😎Kreativ Pedagog doim rivojlanishda, har bir ustozning fikri biz uchun muhim...

Siz ham o'z qadriyatlaringizni aniqlab oling va har kuni ko'zingiz tushadigan joyga yozib qo'ying. Shu orqali sizda shijoat doim yuqori bo'ladi

Maqola yoqqan bo'lsa, hamkasblaringizga ulashishni ham unutmang

👀 @Ochiqdarsim - Kreativ o'qituvchilar kanali!

Ochiq dars | O‘qituvchilar

20 Nov, 08:57


❗️❗️❗️❗️

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda 2025-yilni “Atrof-muhitni asrash va «yashil” iqtisodiyot yili» deb eʼlon qilishni taklif qildi.

✔️ @Kreativ_pedagog - kreativ o'qituvchilar kanali!

Ochiq dars | O‘qituvchilar

07 Nov, 04:05


⚡️ OʻQUVCHILARINGIZ OʻQISHNI XOHLASHMAYAPTIMI?

Unda quyidagi usullardan foydalaning:

🫥 Oʻquvchilar bilan muhokama qiling;

Oʻquvchilaringizga oʻzining kuchli va zaif tomonlarini yozishi mumkin boʻlgan anketalar bering. Bu orqali ularni oʻziga beradigan bahosi qay darajada ekanligini bilib olasiz. Va javoblarni ular bilan birga muhokama qiling. Ushbu munosabat doirasida o'quvchilaringiz o'zlarini qadrli va hurmatli his qilishadi.

📈 Taʼlim uslublaringizni oʻzgartiring;

O'qitish uslublaringizni o'zgartiring. Oʻquvchilaringizga doska yonida ma'ruza o'qishdan ko'ra, rejalashtirilgan taqdimotlar va metodlar bilan dars oʻting. Ularni koʻproq doskaga chaqiring, iloji boricha rolli o'yinlardan foydalaning. O'quv jarayonini qiziqarli qilish uchun kichik hazillardan foydalanish ham zarar qilmaydi..)

Faol tinglash qobiliyatlaridan foydalaning;

Faol tinglash ko'nikmalaridan foydalaning (ko'z bilan aloqa qilish, rag'batlantiruvchi yuz ifodalari) va o'quvchilarga aytayotgan gaplarini kengaytirishga imkon beradigan savollar bering.  Bu orqali oʻquvchi oʻziga va fikriga e'tibor qaratilayotganini his qiladi.

🔎 Kuchli tomonlarini koʻrsating;

Oʻquvchilaringizning kuchli tomonlarini ko'rsating.  Agar insho yaxshi yozilgan bo'lsa yoki oʻquvchi mavzuni yaxshi tushunsa, buning uchun uni maqtang.  Siz oʻtadigan mavzu oʻquvchilaringiz uchun yangi material bo'lib, ular butun o'quv jarayonida rag'batlantirilishi kerak.  Bu ularning qobiliyatlarini tasdiqlash orqali ularni rag'batlantiradi va muvaffaqiyatga erishayotganiga ishontiradi.

💠 Yuqoridagi usullar oʻquvchilaringizni oʻqishga boʻlgan qiziqishini oshirishga va oʻzaro hurmat munosabatlarini oʻrnatishga yordam beradi.

Kreativ Pedagog kursida esa bundanda qiziqarli video darslarni o‘rganishingiz mumkin, oldindan kursga joy band qilish uchun 👉 @Krepeduz_admin ga yozing.

✔️@Ochiqdarsim - Kreativ oʻqituvchilar kanali!

Ochiq dars | O‘qituvchilar

06 Nov, 04:40


🔋 "Energiya" metodi uchun savollar:

Sevimli kitobingiz yoki filmingiz qaysi?

Haqiqiy hayotda kim bilan ko'proq uchrashishni xohlaysiz?

Sizni mazza qilib kulishiyizga sabab boʻlgan oxirgi voqea yoki narsa nima?

Dam olish uchun qayerga borishni xohlaysiz?

Siz olgan eng yaxshi sovg'a nima?

Agar siz superqahramon bo'lganingizda, qanday super kuchlarga ega bo'lishni xohlar edingiz?

Agar siz hayvon bo'lganingizda, qaysi hayvon bo'lishni boʻlardingiz?

Qaysi uchta narsasiz yashay olmaysiz?

Agar siz bir kun qirol / malika bo'lsangiz, nima qilgan bo'lar edingiz?

Sizningcha, yaxshi o'qituvchi qanday bo'ladi?

Agar sizda vaqt mashinasi bo'lsa, qaysi davrga sayohat qilgan bo'lardingiz?

Bo'sh vaqtingiz bo'lganda nima qilasiz?

Savollarni oʻzingiz va sinfingiz uchun moslab tuzishingiz ham mumkin. Bu sizning qay darajada kreativ ekanligingizga bogʻliq.

✔️ @Ochiqdarsim - Kreativ oʻqituvchilar kanali!

Ochiq dars | O‘qituvchilar

06 Nov, 03:40


💧 "ENERGIYA" metodi

Bu o'yin juda qiziqarli boʻlib, koʻproq yuqori sinf o'quvchilari uchun mosdir. Ushbu oʻyinga tayyorgarlik ko'rish uchun siz bir qancha savollar tayyorlashingiz kerak bo'ladi. Siz har qanday savoldan foydalanishingiz mumkin, ular xoh mavzuga oid boʻlsin, xoh oʻquvchilarning oʻziga.

📝 Oʻyin uchun tayyorgarlik. Savollaringiz roʻyxatini yozib oling va ularni har bir satrga alohida joylashtirib A4 formatdagi qog'ozga chop eting. Keyin, qaychi bilan har bir savol orasidagi chiziqni kesib chiqing. Lekin qogʻozning oxirigacha kesmang, savollar bir - biriga bogʻlangan boʻlishi kerak. Oxirida savollarni doskaga mahkam yopishtiring va yaqinroqqa axlat qutisini ham joylashtirib qoʻying.

🔥 Oʻyinni oʻtkazish. Ikkita jamoa tuzing va ular sinfning eng oxirida ikki qator turishlari kerak. O'qituvchi “Boring!” deganida, har bir jamoadan bitta oʻquvchi doskaga yugurib chiqib, qog'ozdan birini yirtib oladi. Bunda ular qog'ozdagi savolni ovoz chiqarib o'qishlari va savolga imkon qadar tezroq javob berishlari kerak.

🔖 Bu oʻyin qiziqarli davom etishi koʻproq savollarga bogʻliq. Savollar qanchalik qiziqarli va kutilmagan boʻlsa, oʻyin ham yuqori kayfiyatga boy tarzda oʻtadi. Agar sizda oʻyin uchun savollar boʻlmasa keyingi postda keltirilgan savollardan foydalanishingiz mumkin:👇

✔️@Ochiqdarsim - Kreativ oʻqituvchilar kanali!

Ochiq dars | O‘qituvchilar

05 Nov, 05:10


⚡️ Oʻquvchilarni yoshiga qarab qanday oʻqitish usullaridan foydalanish mumkin?

👬 Boshlang'ich sinf o'quvchilari

Boshlang'ich sinf o'quvchilari hali bir tonna energiyaga ega bolalardir. Shu sababli bu yoshda bolalarga turli rolli oʻyinlar o'ynash orqali oʻrganish samarali bo'ladi, chunki o'quvchilar o'zlarini kichik "kattalar" sifatida ko'rishni yaxshi ko'radilar. Darsingizga energiyaga boy boʻlgan va koʻproq harakatlarni oʻz ichiga olgan metodlar qoʻshishingiz kerak. Chunki bu yoshds bolalar bitta joyda uzoq oʻtirishni yoqtirmaydi.

🧑‍💼 Oʻrta yoshli maktab oʻquvchilari

Bu yosh guruhini o'qitishning o'ziga xos qiyinchiliklari bor. O'smir bo'lish oson ish emas va ularning hayotida va tanasida juda ko'p o'zgarishlar ro'y berayotgani sababli, ularning ishonchi bir yuqoriga koʻtarilsa, bir pastga tushadi. Shu sababli oʻsmirlar uchun ushbu darslarni ishlashning eng yaxshi usuli ularni o'zaro bog'lashdir.  Avvalo ularning qiziqishlarini bilib oling (buni dastlabki darslaringizda amalga oshirgan yaxshiroq), soʻng esa darsingizni aynan ular qiziqadigan ma'lumotlar bilan bogʻlang. Bu ularni darsga jalb qilishning yaxshi usulidir.

👨‍🎓 Yuqori sinf oʻquvchilari

Ko'pgina o'qituvchilar yuqori sinflarini o'qitishdan qo'rqishadi. Lekin bu xatodir, chunki qoʻrquv bilan hech samaraga erishib boʻlmaydi. Siz bu oʻquvchilarni psixologik metodlar bilan darsga jalb qilishingiz mumkin. Sinfdagi muhit koʻproq doʻstlar uchrashuvi, bir-biridan oʻrganish va yordam berish joyi kabi boʻlishi kerak. Ularga kichik oʻquvchilardek maqtov soʻzlarni ishlatmang, chunki bu ularga kamsitidh boʻlib tuyulishi mumkin. Sizning ushbu oʻquvchilarga bo'lgan munosabatingiz kattalarga boʻlgani kabi shaffof, ochiq va halol bo'lishi kerak.

Xoʻsh, siz oʻquvchilaringiz yoshiga qarab qanday oʻqitish usullaridan foydalanasiz?

✔️ @Ochiqdarsim - Kreativ oʻqituvchilar kanali!

Ochiq dars | O‘qituvchilar

04 Nov, 09:15


#mulohaza

Maktab tizimiga kadrlar tayyorlash keskin ko'paymoqda! Sezdingizmi?

🤔 Siz ham sezgan bo'lsangiz kerak, o'tgan 4-5 yilda Universitatlarda qabul hajmi oshdi. Sirtqli, kechgi va endi mana masofaviy tizimlari joriy etilmoqda. Superkontrakt so'zi ham ta'lim sohasiga kirib kelganiga ko'p bo'lmadi. Bugungi kunga kelib yosh talabalar o'qishni bitirishmoqda va ilk boradigan joyi maktab bo'lmoqda

🧐 Siz ham sezgan bo'lsangiz kerak, avvallari o'rta maxsus o'qituvchilar maktabda "bemalol" ishlashgan bo'lsa, endi ular o'z o'rnini oliyga bo'shatishi kerak yoki sirtqli shaklda o'qib olishi lozim

😉 Hammasi borib borib, kadrlarning kuchli raqobatiga sabab bo'lmoqda. Endi o'z o'rningizni saqlab qolish uchun har yili, har oy va har kuni kurashishingiz kerak. Masalan, attestatsiyadan o'tishingiz, o'quvchingiz olimpiadada yaxshi natija olishi, sifatli dars o'tish mahoratiga ega bo'lishingiz kerak va hokazo

💬 Nima deb o'ylaysiz, bugun siz o'z o'rningizni kreativ yosh mahoratli kadrlarga bo'shatib qo'ymaslik uchun nimalar qilmoqdasiz?👇

✔️ @Ochiqdarsim - Kreativ o'qituvchilar kanali!

Ochiq dars | O‘qituvchilar

04 Nov, 06:01


⚡️ Dars qanday tashkil etilishi kerak? Eng e'tiborli jihatlar:

1. O‘quvchilarni faol jalb qilish;

lloji boricha har bitta o'quvchi darsdagi savol-javob mashg'ulotlarida qatnashishini nazorat qilish kerak. O'qituvchining nutqi jonli va lo'nda bo'lishi ham o'quvchilar e'tiborini saqlab turish uchun juda muhim.

2. O'quvchilar tushunganligiga ishonch hosil qilish;

O'quvchilardan qanday "Tushundinglarmi?" deb so'rash yetarli emas, o'qituvchi o'zi tushuntirgan mavzuga savollar berib ko'rishi, mashqlar bajartirib ko'rishi zarur. Ana shunda o'quvchilar nimani yaxshi o'zlashtirgan-u, nimani tushunmaganligini bilib olish mumkin.

3. Ko'nikma shakllantirish;

O'tilgan mavzudagi ma'lumotlarni o'quvchilar amalda ko'rishlari kerak. Masalan, Geometriya darsida Pifagor teoremasi o'tilgan bo'lsa, shu teoremaga doir masalalarni o'quvchilar bir emas, bir nechtasini ishlab ko'rishlari kerak.

4. Zeriktirib qo'ymaslik;

Topshiriqlarning o'ta sodda va o'ta murakkab bo'Imasligi, lo'nda va tushunarli gapirish, darsning mazmunini boyitish, o'quvchilarning kundaligiga bog'lash kabi ishlar bolalarni qiziqtirishga xizmat qiladi.

5. Tez-tez takrorlash;

"Bilim takrorlash mevasi" degan naql bejiz emas. O'tgan darsni qisqa bo'Isa ham takrorlash, bugun o'tgan darsni takrorlab o'tish ham o'quvchilarning o'zlashtirishiga yaxshi tasir qiladi. Takrorlash turli shakllarda bo'lishi mumkin: o'qituvchi o'zi qisqacha mavzuni qaytadan bayon qilishi mumkin, o'quvchilardan asosiy narsalarni so'rab chiqishi mumkin yoki kichikroq yozma sinovni o'tkazishi ham mumkin.

6. Fikrlashga chorlash;

Tushunchalarni quruq yodlab olish emas, ular ustida bosh qotirish mavzuni yaxshilashga va eslab qolishga yordam beradi. Buning uchun o'qituvchi o'quvchilarni o'ylashga undaydigan savollarni o'rtaga tashlab turishi kerak.

7. "Feedback" berib turish;

O'qish ishlari to'g'rimi, darslarni yaxshi o'zlashtiryaptimi - bularni bilib turishi kerak. Shu sabab o'qituvchi muntazam ravishda "feedback" berib tursa yaxshi bo'ladi.

Manba: Internetdan olindi

✔️ @Ochiqdarsim - Kreativ oʻqituvchilar kanali!

Ochiq dars | O‘qituvchilar

03 Nov, 04:15


​​⚡️ Davlatdagi "moʻjiza" larni qilgan insonlar – muallimlardir.

​​“Ko‘pchilik mendan Singapurning rivojlangani haqida so‘rab, shunday savol berishadi: “Qanday qilib ulkan davlatdan ajralib chiqib, mittigina hudud bilan rivojlangan davlatga aylandinglar? Bu moʻjizani qanday amalga oshirdingiz?”

Ularga javoban shunday dedim: “Men Singapurda moʻjiza yaratmadim. Men faqat Vatanim oldidagi burchimni bajardim, xolos. Davlat byudjetini taʼlimga yo‘naltirdim. Muallimni eng quyi tabaqadan Singapurdagi eng yuqori martabaga ko‘tardim. Davlatdagi moʻjizalarni qilgan insonlar – muallimlardir. Ular ilm, axloq, mehnat va haqiqatni sevadigan, kamtar avlodni yetishtirib chiqardilar. Buning uchun ulardan minnatdormiz!”

Li Kuan Yu,
Singapur sobiq bosh vaziri


😊 Ha, albatta har bir muallim bir moʻjizaga timsol bo‘la oladi. Chunki u o‘zining bilimdonligi, jonkuyarligi, yaratuvchanligi va mehri bilan bir millatning buyuk kelajagini yarata oladi! Ustoz ana shunday buyuk zotlardan biridir!

👉 @Ochiqdarsim — Kreativ pedagoglar kanali

Ochiq dars | O‘qituvchilar

30 Oct, 07:26


🔵 O‘qituvchilar quyidagi top 5 ta mummolariga kreativ pedagog kursidan yechim topishmoqda

Shu sababli kreativ pedagog darslarini olishni lozim topishdi va natijaga ega bo‘lishmoqda!

👍@Ochiqdarsim - Kreativ fikrlovchi jamiyat!

Ochiq dars | O‘qituvchilar

19 Oct, 10:26


💙Xitoy maktablarida doskaga kim chiqishini neyrotarmoq aniqlab bermoqda

Sun’iy idrok barcha o‘quvchilarning emosiyasi va mimikasini o‘qib, darsga yomon tayyorgarlik ko‘rgan o‘quvchini doskaga chorlaydi.

💬 Nima deb o'ylaysiz, mana shunday innovatsion texnalogiyalar bizning ta'lim tizimiga foyda beradimi? Tasavvur qilib ko'ringchi, ushbu dastur bizda bo'lganda qanday bo'lardi?😅

© kunonline

✔️ @Ochiqdarsim - Barchasi ustozlar uchun!

Ochiq dars | O‘qituvchilar

17 Oct, 04:10


⚡️ Lider ustoz bo‘lishni xohlaysizmi?

⌛️ Davomiyligi: 1:06

✔️ @Ochiqdarsim - Barchasi ustozlar uchun!

Ochiq dars | O‘qituvchilar

17 Oct, 04:05


⚡️ O‘quvchiga baqirishning 5 ta salbiy oqibatlari

⌛️ Davomiyligi: 1:17

✔️ @Ochiqdarsim - Barchasi ustozlar uchun!

Ochiq dars | O‘qituvchilar

17 Oct, 04:01


🎙 Bugungi efirda

1. O‘quvchiga baqirishning 5 ta salbiy oqibatlari
2. Lider ustoz bo‘lishni xohlaysizmi
?

🧕 "Kreativ Pedagog" jamoasi siz azizlarga ajoyib audio tavsiyalarni tayyorlashda davom etadi. Bugun ham 2 ta audioni tinglaymiz. Birida "o'quvchiga baqirishning 5 ta salbiy oqibatlari"ni bilib olsak, ikkinchisida esa barchamiz xohlaydigan "Lider ustoz bo'lishning sirlari" bilan tanishamiz😊

✔️ @Ochiqdarsim - Barchasi ustozlar uchun!

Ochiq dars | O‘qituvchilar

16 Oct, 04:10


⚡️ Darslaringizga "sir" qo'shing

⌛️ Davomiyligi: 0:58

✔️ @Ochiqdarsim - Barchasi ustozlar uchun!

Ochiq dars | O‘qituvchilar

16 Oct, 04:05


⚡️ Siz real misollar orqali bolalarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishingiz mumkin!

⌛️ Davomiyligi: 1:13

✔️ @Ochiqdarsim - Barchasi ustozlar uchun!

Ochiq dars | O‘qituvchilar

16 Oct, 04:00


🎙 Bugungi efirda

1. Siz real misollar orqali bolalarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishingiz mumkin!
2. Darslaringizga "sir" qo'shing

💋 Dars jarayonida hayotiy misollar topishga qiynalasizmi, aziz ustoz!? Ko'pchilikda shunday muammo borligi sir emas. Real misollarni ko'p qo'llash, o'quvchi mavzuni yana aniq tushunishiga yordam beradi. Qolaversa, darslaringizga "sir" qo'shish ham o'quvchida fanga yanada qiziqish uyg'otadi😊

✔️ @Ochiqdarsim - Barchasi ustozlar uchun!

Ochiq dars | O‘qituvchilar

15 Oct, 15:57


🤔 Kreativ Pedagog kursi qanchalik samarali?

Barchaga qiziq ushbu savolga kursda bugundan o'qishni boshlagan ustozdan javob olamiz🤩

*Kurs kechadan boshlangan. Kurs 5 hafta davom etadi. Keyin hamma darslar kurs ishtirokchilarida bir umr saqlanib qolinadi

✔️ @Kreativ_Pedagog - Kreativ ustozlar kanali!

Ochiq dars | O‘qituvchilar

15 Oct, 04:10


⚡️ Yangi ish haftasiga tayyorlanishning 5 usuli

⌛️ Davomiyligi: 1:30

✔️ @Ochiqdarsim - Barchasi ustozlar uchun!

Ochiq dars | O‘qituvchilar

15 Oct, 04:05


⚡️ "Eng qiyin mavzu"- eng oson tushuntirish

⌛️ Davomiyligi: 1:34

✔️ @Ochiqdarsim - Barchasi ustozlar uchun!

Ochiq dars | O‘qituvchilar

15 Oct, 04:01


🎙 Bugungi efirda

1. "Eng qiyin mavzu"- eng oson tushuntirish;
2. Yangi ish haftasiga tayyorlanishning 5 usuli

🧕 Ko'pchilik ustozlar "qiyin mavzuni tushuntirish ham qiyinda" deb qolganiga guvoh bo'lamiz. Yo'q, aksincha, bugun sizga "eng qiyin mavzu - oson tushuntirish" usulini o'rgatmoqchimiz. Va yana siz azizlarga yangi ish haftasiga samarali tayyorlanishning 5 usulini ham audio tarzida taqdim etishni lozim topdik

Tinglang va amal qiling, aziz ustoz! Hamkasblarga ulashishni ham unutmang😊

✔️ @Ochiqdarsim - Barchasi ustozlar uchun!

Ochiq dars | O‘qituvchilar

14 Oct, 10:31


⚡️ Ularni qo‘rquvga emas, o‘rganishga undaylik

⌛️ Davomiyligi: 1:20

✔️ @Ochiqdarsim - Barchasi ustozlar uchun!

Ochiq dars | O‘qituvchilar

14 Oct, 10:20


⚡️ Sinfingiz shovqin bo‘lsa, 5 dan 1 gacha sanash qoidasini sinab ko‘ring

⌛️ Davomiyligi: 1:26

✔️ @Ochiq_darsim - Barchasi ustozlar uchun!

Ochiq dars | O‘qituvchilar

14 Oct, 10:11


🎙 Bugungi efirda

1. Sinfingiz shovqin bo‘lsa, 5 dan 1 gacha sanash qoidasini sinab ko‘ring;
2. Ularni qo‘rquvga emas, o‘rganishga undaylik

🧕 Hozirgi kunda darsi shovqin bo'lmaydigan ustozni topish qiyin bo'lib qoldi, shunday emasmi!? Biz sizga kichik bir samarali yechimni taqdim etmoqchimiz. Quyidagi audio tavsiyamizni tinglab amal qilsangiz, albatta foyda olasiz. Qolaversa, o'quvchilarni qo'rquvga emas, o'rganishga undash borasida ham audio maslahat sizga foydali bo'ladi 😊

✔️ @Ochiqdarsim - Barchasi ustozlar uchun!

Ochiq dars | O‘qituvchilar

09 Oct, 14:55


#диққат

​​​​⚡️Дарс бериш жараёнини қизиқарли қилишни истовчи устозлар диққатига!

🔥 Ҳар бир ўқитувчи: Дарсни шовқинсиз ўтиш, дарс жараёнини қизиқарли қилиш ва барча учун севимли устоз бўлишни истайди! Лекин бирор бир замонавий метод билмасангиз бу орзуларни тушингизда кўраверинг.)

🎁  Шу вазиятда сизга, «Креатив педагог» интенсив курси орқали «энг топ методларни» ўрганишни тавсия этамиз! Бу орқали сиз:

Синфни 1 дақиқада тинчлантириш;
Саёҳат методи орқали қийин мавзуни тушунтириш;
Автофокус методи билан барчанинг диққатини дарсга қаратишни ўрганасиз!

🎁 Бундан ташқари «турли қизиқарли кўргазмалар ва электрон китобча» бонус тарзида барчага берилади!

😍 Бунинг учун ҳозироқ 👉 @Krepeduz_admin профилига «Методларни олмоқчиман» деб ёзиб қолдиринг.

Каналимиз 👉 @Kreativ_Pedagog

Ochiq dars | O‘qituvchilar

09 Oct, 07:28


💡O'quvchilar qanday holatlarda sizni darsingizga intilishadi?

🔍 Shunday kreativ o'qituvchilar borki, bu o'qituvchilar oldida psixologlar ijobiy ma'noda "ip esholmay" qoladi. Kreativ o'qituvchilar o'quvchi miyasida o'z faniga nisbatan ijobiy assatsatsiyalar hosil qilishadi

🧐 O'quvchilar qanday holatlarda sizni darsingizga intilishadi:

✈️Darsda o'z ishtirokini erkin his qiladigan;
✈️ 45 daqiqa ichida o'qituvchidan maqtov eshitishga harakat qiladigan;
✈️ Tengdoshlaridan ustunroq ekanini his qiladigan...

🟢 Endi siz o'qituvchi sifatida shunday muhitni hosil qilishingiz uchun "Kreativ rag'bat" metodini bilishingiz kerak. Bu metod orqali o'quvchilar psixologiyasida faningiz bilan ijobiy assatsatsiyalar hosil qilasiz. Darsda atiga 20 daqiqa ushbu metodni qo'llab, o'quvchilarda bir umrlik ishtiyoqni paydo qila olasiz

📊 Formula shunday: "Kreativ rag'bat" metodi + faningiz = darsingizga qiziqqan o'quvchilar

🗣️ Hech darsingizda o'quvchilar boshqa fan darsini qilib o'tirishganmi? Agar shunday bo'lsa, demak, o'quvchilar o'sha fanga intilishmoqda. Sizni darsingizni esa qizig'i ham yo'q. Qadrli ustoz, xavotirga tushmang, Kreativ Pedagog kursida "Kreativ rag'bat" metodini o'rganing

🔥 "Kreativ Rag'bat" metodini o'rganib siz "Birinchi raqamli" ustozga aylanasiz

Izoh: "Kreativ rag'bat" metodi videodars shaklida Kursda o'rgatiladi

👉 @Ochiqdarsim - Kreativ o'qituvchilar kanali!

Ochiq dars | O‘qituvchilar

01 Oct, 06:11


#qiziqarli_maqola

🧠 Miyaning vazni va aqliy salohiyat bir-biriga bogʻliqmi?

Aksariyat odamlar oʻta aqlli, geniy odamlarning miya hajmi va vazni boshqalarnikidan farq qiladi deb hisoblashadi. Undaylar kattaroq va ogʻirroq miyaga ega boʻladi degan gaplar bor. Rostdan ham shundaymi?

🙅‍♂ Yoʻq!

Aniqlanishicha, odam miyasining oʻrtacha vazni 1500 gramm atrofida boʻlar ekan.

⚡️ Qiziq maʼlumot:

Albert Eynshteynning miya vazni 1300 gramm boʻlgan ekan. Eng ogʻir miya vazni 2200 grammni tashkil qilgan, lekin u axmoq odamga tegishli boʻlgan.

💭 Bundan ko'rinadiki, har bir statistika va faktga ham to'liq ishonib ketavermang. Factchacking, ya'ni ma'lumotni ishonchli ekanligini tekshirish ko'nikmasini shakllantiraylik!

©foydali_moliya

@Ochiqdarsim - barchasi ustozlar uchun!

Ochiq dars | O‘qituvchilar

01 Oct, 02:43


👏 Aytishadiki, "Quruvchi xato qilsa bir uy qulaydi, agar o'qituvchi xato qilsa butun bir jamiyat"

💐 Barchangizni bugungi bayramingiz bilan biz "Kreativ pedagog" onlayn loyihasi jamoasi chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Hech qachon o'rganishdan va rivojlanishdan to'xtamang azizlar!

@Ochiqdarsim - Barchasi ustozlar uchun!

Ochiq dars | O‘qituvchilar

30 Sep, 03:40


#qiziqarli_maqola

🇧🇷 Braziliya qamoqxonalarida o'qilgan har bir kitob jazo muddatini 4 kunga qisqartiradi!

Faqat bu qoida yiliga 12 tagacha kitob oʻqishga amal qiladi. Shunday boʻlsa-da, mahbus oʻqish orqali bir yillik muddatning 48 kunidan qutulishi mumkin.

📖 Kitob o'qish hatto mahbuslarga ham yordam beradi, siz esa hali ham mutolaaga vaqt ajratmayapsizmi...?

©foydali_moliya

@Ochiqdarsim - Barchasi ustozlar uchun!

Ochiq dars | O‘qituvchilar

29 Sep, 03:20


#foydali_maqola

🧠 Unutuvchanlik miya uchun foydali

⚡️ Keraksiz ma'lumotlarni olib tashlash asab tizimining moslashuvchanligini saqlab qolishga yordam beradi. Biz har kuni turli xil kerakli va keraksiz ma'lumotlarni qabul qilaveramiz. Miya bu jarayonda filtr qilmaydi

👨‍🏫 Ayniqsa, ta'limda jarayonida biz ustoz sifatida doimiy o'qib o'rganishda, izlanishda bo'lamiz. Agar bizning xotiramiz tozalanib turmasa, ma'lum vaqtdan keyin aqldan ozgan bo'lar edik

Shunday ekan, keraksiz ma'lumotlarni unutib yuborish, avtomatik ravishda foydali va kerakli ilmni yodimizda oson va tez qolishiga sabab bo'ladi

💭 Siz ushbu fikrlarga qanchalik qo'shilasiz?

© @foydali_moliya

@Ochiqdarsim - Barchasi ustozlar uchun!

18,719

subscribers

791

photos

33

videos