Uchrashuvda davlatlarimiz yetakchilarining saʼy-harakatlari tufayli anʼanaviy do‘stlik va birodarlik aloqalarimiz strategik sheriklik ruhida izchil rivojlanayotganligi aytib o‘tildi.
O‘zbekiston va Pokiston xalqlarining mushtarak tarixi hamda o‘xshash qadriyatlarini inobatga olib, madaniy loyihalarni tatbiq etish va savdo-iqtisodiy munosabatlarni yana-da rivojlantirish yuzasidan fikr almashdik.
Shu bilan birga, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish maqsadida qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish, do‘stlik guruhlari faoliyati hamda o‘zaro tashriflar va muloqotni faollashtirishga kelishib oldik.
Yusuf Rizo G‘iloni 2025 yil 5-9-aprel kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasida Pokiston parlamenti delegatsiyasi ishtirok etishi masalasiga katta qiziqish bildirdi.
#parlamentdiplomatiyasi
#osiyoparlamenti
@tanzilanarbaeva