Ostonov Minbari @ostonovminbari Channel on Telegram

Ostonov Minbari

@ostonovminbari


Asosan, tarix, ba'zan siyosat, ba'zan achchiq satira... Tarixchi-jurnalist Jahongir Oston blogi

Taklif, mulohaza va reklama uchun: @tilmoc
Qo'llab-quvvatlash uchun donat: https://tirikchilik.uz/ostonovminbari

Ostonov Minbari (Uzbek)

Ostonov Minbari kanaliga xush kelibsiz! Bu kanalda Asosan, tarix, ba'zan siyosat, ba'zan achchiq satira mavzularida maqolalar va fikrlar paylashiladi. Bu kanal Jahongir Oston tomonidan boshlangan va uning tarixchi-jurnalistlik bilan mashhur bo'lgan blogidir.

Ostonov Minbari kanali orqali siz o'z fikrlaringizni ifodalayishingiz, yangi ma'lumotlar olishingiz, va ma'nosiz mazmunlar bilan tanishishingiz mumkin. Jahongir Ostonning blogida o'zbek tili va matnning chuqur tushunilishi uchun uning so'z ustida ishlashiga e'tibor beriladi.

Agar sizga bu kanal yoqgan bo'lsa, takliflaringiz, mulohazalaringiz yoki reklama buyurtmalar uchun @tilmoc bilan bog'lanishingiz mumkin. Kanalni rivojlantirish va uning ixtiyoriyini ta'minlash uchun esa https://tirikchilik.uz/ostonovminbari saytida moliyaviy qo'llab-quvvatlash orqali yordam berishingiz mumkin. Ostonov Minbari kanaliga a'zo bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling!

Ostonov Minbari

22 Jan, 15:50


Xalq hunarmandchiligida gilamchilik ancha sermahsul soha hisoblanadi. Sharq gilamlari doim xaridorgirligi bilan ajralib turgan. Turkman, Eron, Turkiya, Buxoro, Ozarbayjon, arman gilamlari, ayniqsa, mashhur. Oyina nashriga Ozarbayjon gilami haqida maqolam chiqdi. Marhamat.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

22 Jan, 13:29


Antik davrda quyoshning ta'siri natijasida qora tanlilarning teri rangi o‘zgargan va bu xususiyat ularning urug‘lari evolyutsiyasi tufayli nasldan-naslga o‘tib borgan, degan fikr keng tarqalgan edi. Bu haqda Gippokrat yoki Strabon o‘z asarlarida eslatib o‘tgan. Xuddi shunday, Ibn Sino, Ibn Sa’id yoki Ibn Xaldun ham iqlimni nafaqat teri rangi va xalqning xususiyatlariga, balki sivilizatsiyalarning rivojlanish darajasiga ta’sir qiluvchi omil sifatida ko‘rsatgan.

Ibn Sinoning ta'kidlashicha, Xudo juda sovuq yoki juda issiq hududlarda qullarni, ya'ni turklar va Afrika qora tanlilarini joylashtirgan. Bunday nazariyani Kermoniy kabi ilohiyotshunoslar ham tasdiqlab, uni turklar, zanjilar va berberlarga nisbatan ishlatadi.

Ibn Sa’idning "Millatlar toifalari kitobi"ga ko‘ra, to‘rtinchi millatga mansub bo‘lgan bir qancha xalqlar ilmga qobiliyatli millatlar safidan chiqarilgan. Ular xitoyliklar, yajuj va majuj, sudanliklar, habashlar, nubiyaliklar va zanjlar bo‘lib, ular haqida shunday deydi: "Ular ilmni rivojlantirmagan va odamlarga emas, balki hayvonlarga o‘xshashroq," deya ta'riflangan. Chunki "ekvator chizig‘i yaqinida yoki undan narida, dunyoning chegaralarida yashaydiganlar qizigan iqlim va quyoshning uzoq vaqt zenitda bo‘lishi natijasida hosil bo‘lgan haddan tashqari issiq osmon ostida hayot kechiradilar. Shu sababli, ularning tabiatlari qizishgan, fe’l-atvori jo‘shqin bo‘lgan, terilari qoraygan va sochlari jingalak bo‘lib qolgan. Shuningdek, ularda muvozanatli fazilatlar va barqaror qarashlarning yo‘qligi sababli, bu xalqlarda notinchlik ustunlik qiladi, ahmoqlik va umumiy johillik keng tarqalgan. Sudan aholisining bunday xususiyatlari, jumladan, Habashiston, Nubiya va Zanj hududlarining chegaralarida yashovchi xalqlarga xosdir".

XIII asrda Dimishqiy ushbu fikrlarni o‘ziga xos tarzda qayta ishlagan, XIV asrda esa Ibn Xaldun bu masalani yanada kengroq tahlil qilgan. U teri rangi quyosh nurlanishining ta'siri natijasi ekanini va iqlimning qat'iyligi insonning mehnat qilishga qobiliyatli yoki qobiliyatsiz bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlagan.

Ta'kidlash joizki, bu astrologik yoki iqlimiy nazariyalar faqat mo‘tadil hududlarni, ya'ni bugungi kunda o‘rta kengliklar deb atalayotgan mintaqalarni yuksak maqomga ko‘tarib, sivilizatsiyani qadimgi Abbosiylar imperiyasining yuragi bo‘lgan Suriya-Mesopotamiya hududiga nisbat berishga xizmat qilgan. Ibn Qutayba (828–889) fikrlariga o‘xshash yondashuvda iqlimiy determinizm arab-musulmon dunyosini "ideal, na juda qora, na juda ochiq rangga ega, aqliy va jismoniy jihatdan mukammal tuzilgan" deb tasvirlashga imkon beradi.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

21 Jan, 11:05


Chunki texnarlar, itishniklar dunyoni xarob qilyapti.

Ostonov Minbari

21 Jan, 10:36


Amerikadagi saylovlardan xulosa qiladigan bo'lsak, gumanitariylarsiz dunyo odam bo'lmaydi.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

20 Jan, 19:29


Bonne route Kodir. Incredible. Haliyam ishonilmas voqea bo'ldi. Endi ishonch bilan debyut qilsa, qolgani bo'laveradi.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

20 Jan, 09:49


Qaysi kalla (boshi bo'lsa bu ishni qilasdi) bilan yosh bolalar oldiga juda xavfli kobralarni ochiq holda tomosha ko'rsatish mumkin? Shunchalik ham befahm bo'ladimi inson? Bolalar hayotini xavf ostiga qoldirgani uchun bog'cha mudirasi ishdan olinishi va ilonbozga jazo qo'llanishi shart, deb o'ylayman. Ko'rib haliyam o'zimga kelolganim yo'q birorta bolani chaqib olsa nima bo'lardi, degan o'y bilan.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

19 Jan, 19:54


Bir yilda o'ntalab kitob yozadiganlarni tushunmayman. Bir yaxshi fundamental maqola uchun o'zi bir necha yil sarflash mumkin. Bir fundamental kitob uchun 5-6 yil kerak. Shu bir yilda 20ta kitob yozadiganlar uyalmasmikin? "Yana kitob yozdingizmi", degan savoldan ko'ra, "qachon yana kitob yozasiz", degan savol yaxshi emasmi?

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

19 Jan, 15:03


Boya televizorda Omad shou o'yini bo'ldi. O'yinda ikkita Samarqand viloyatidan, bitta Farg'ona viloyatidan ishtirokchi yutdi. Har bir yutgan odam uchun musiqa qo'yib raqsga tushishdi. Ikki samarqandlik uchun xorazmcha qo'shiq, farg'onalik uchun esa vodiycha qo'shiq qo'yildi.

Juda qiziq narsa shu. Xorazmcha qo'shiqlar juda keng geografik hududda tinglanadi. Qoraqalpog'istondan Toshkentgacha. Lekin negadir Dovondan oshib o'tolmaydi. Farg'ona vodiysi alohida bir hududdek bo'lganiga, doim integratsiyada qiynaladi. Qo'shiqlaram faqat vodiycha, boshqa viloyat qo'shiqlari deyarli tinglanmaydi.

Buxoro-Samarqand ham o'ziga xos qo'shiqchilik san'atiga ega bo'lsa ham, qobiqni yorib chiqolmagan. Ikkisi ham markaziy shaharlardagina ommabop. Eng chekkaga chiqqani shu viloyat tumanlarida. Samarqandning ham shahar va tumanlar o'rtasidagi farqi juda katta.

Shu kichkina davlatimizda shuncha xilma-xillik.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

19 Jan, 12:16


Abduvali Nurhoji Nurmuhammad o'g'li tomonidan chizilgan usta Abdulaziz Tabriziy portreti. U Turkistondagi Ahmad Yassaviy maqbarasidagi Katta qozon (Tay Kazan) ni quygan usta hisoblanadi. Mazkur qozon Temur davri bezak san'atining eng yuksak shohasarlaridan biri hisoblanadi.

Suratda usta o'zi quygan va bezaklarini ham o'zi qilgan qozon yonida turibdi.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

19 Jan, 11:27


Menimcha, bu ham bir Realning nayrangi. GOATni tekin qo'lga kiritish ilinjida Betisni ishga solgan ko'rinadi.

Ostonov Minbari

19 Jan, 08:32


Halisa (halim) Buxoroda katta bayramlar, ayniqsa Navro'zda, xudoyilarda pishirladigan eng ommabop taom hisoblanadi. Ha, palovdan ham ommabop. Buni bir qancha sabablari bor. Birinchidan, unga solinadigan masalliqlar soni kam: butun qo'y, bug'doy yormasi va suv. Ziravorlar qo'shilishi mumkin. Ikkinchidan, to'yimli ovqat bo'lgani uchun ko'pchilikni to'ydirish uchun eng ideal taom. Uchinchidan, masalliqlar soni kamligi uning tan narxini pasaytiradi va shuning uchun katta jamoa uchun kamxarj hisoblanadi.

Halisa arab taomi bo'lib, u haqdagi ilk yozma manbalar X asrga oid. Arab tilida "Haris" deyiladi. Buxoroda arabchadan kirgan shakl o'zgarishga uchrab o'zlashgan. Ozarbayjonda harisa, kurdlarda heliseh deb nomalanadi. O'zbekistonning boshqa hududlarida halim deyiladi. Hindistonning Haydarabad shahriga kirib borgandan keyin haris halimga aylandi. Shu shakl keyinchalik bizga kirib kelgan bo'lishi mumkin.

Eron yahudiylar, katta ehtimol bilan Buxoro yahudiylari ham shabbat bayramida halisa iste'mol qilgan. Avvalari, tasavvuf shayxlarining maqbaralarida halisa tayyorlab xalqqa tarqatish urf bo'lgan. Ayniqsa, Turkiston shahridagi Ahmad Yassaviy maqbarasida "halim oshi" tarqatilgani vaqfnoma va manbalarda yozib qoldirilgan.

Halisani ertalab suzish uchun bir kun oldindan harakatni boshlash kerak. Tunda damlab qo'yish uchun 6-7 soat kavlab pishiriladi. Suratda Buxoroda halisa pishirish jarayoni.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

18 Jan, 18:57


Qozoqlar nima qilsa ham biz bilan raqobatlashgisi kelaveradi. Doim O'zbekiston bilan solishtiradi o'zini. Nega O'zbekistonda bo'ldi, bizda yo'q kabi gaplar. Xuddi biz ularning quyrug'ini bosib olgandek.

Turkiy birlik, Markaziy Osiyo birligi kabi pafosniy gaplar chiqqanda qozoqlarning shunaqa qiliqlarini eslayman doim. Turkiyaning Suriyada o'zbeklardan foydalangani endi, orqadan urilgan pichoq bo'ldi. Shuning uchun oxirgi paytlarda bunaqa birlikka ishonchsiz qaraydigan bo'ldim.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

18 Jan, 16:35


Sizlarga bir kichik sirni ochib qo'ymasam bo'lmaydi. Turizm sohasida turli chet el nashrlari O'zbekiston haqida materiallar tayyorlaydi yoki O'zbekistonni eng yaxshi yo'nalishlar ro'yxatiga kiritadi. Bu turdagi xabarlarni o'qib tursanglar kerak. Mana shu materiallarning hammasi pulli piar material hisoblanadi. Ya'ni O'zbekiston tomoni o'sha nashrlarga buning uchun pul to'laydi. Ortiqcha eyforiyaga berilib yurgan bo'lsanglar, mabodo.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

17 Jan, 20:00


Markaziy Osiyoning ikki yirik daryosidan biri bo'lmish Amudaryo azaldan juda muhim strategik nuqta bo'lib kelgan. U nafaqat suv manbasi, balki tabiiy chegara sifatida uzoq asrlar mobaynida turli davlatlarni ajratib turgan. Uning tabiiy chegara ekanligi afsonalargacha singib ketgan. Masalan, Shohnomada Manuchehr va Afrosiyob tinchlik sulhi tuzganda Amudaryo tabiiy chegara sifatida Turon va Eronni ajratib turuvchi chiziq bo'lib xizmat qilgan.

Tabariy ham Amudaryoni tabiiy chegara sifatida ko'p ta'kidlagan. Eron an'analarida Amudaryodan shimolda joylashgan hudud dushmanlik hududi sifatida qaralgan. Tabariy ham, garchi u xalifalik vazirlariga xizmat qilsa ham, o'zining eroniy ildizlariga sodiq qolib, Amudaryo shimolini yovvoyilik manzili sifatida tasvirlashga harakat qilgan. Shuningdek, daryo shimoli turklar yashaydigan hudud sifatida ham xizmat qilgan.

Amudaryoning tabiiy chegara sifatidagi ahamiyatini XIX asrda rus va ingliz kolonial siyosatchilari ham yaxshi anglagan va ushbu daryo uzoq davr mobaynida G'arb va Rossiya (keyinchalik SSSR) o'rtasidagi janubiy chegara sifatida xizmat qilib keldi. Balki, hozir ham xizmat qilayotgandir.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

17 Jan, 19:33


O'zi bitta "Kanallani bobosi" degan kanal ochib, hamma yog'dan info o'g'irlab, logotib bosib ishlatish kerak ekan. Shunda odam ko'payarkan

Ostonov Minbari

17 Jan, 08:49


Sharqshunoslik instituti barcha soha mutaxassislarini xalqaro konferensiyada ishtirok etishga chaqiradi.

@sharqinstituti

Ostonov Minbari

17 Jan, 03:50


HAMAS va Isroil o'rtasida harbiy harakatlar to'xtadi. G'azoni qayta qurish ham ko'zda tutilgan. Shu qayta qurish haqida Fransiyaning mashhur Charlie Hebdo jurnali navbatdagi karikaturani taqdim etdi. Menimcha ortiqcha izohlash shart bo'lmagan karikatura.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

16 Jan, 18:58


⚡️ Hozirgi kunda TARIX kanallari juda ko'p. Ammo har bir kanalning o'z o'rni bor.

Mandan juda ko'p so'ragan qadrli yaqinlarim uchun SIFATLI, ANIQ, OSON yo'ldan foydalanib o'z ilmini boshqalarga ulashadigan, asosiysi GAPdan ko'ra ISHni birinchi o'ringa qo'ygan kanalimiz xaritasini ulashmoqchiman.

SIFATLI KONTENT ila O'ZGACHA formatdagi kontentlar SIZ uchun

👉👉@TARIXAUDIOKURS👈👈

☑️ Milliy sertifikat testlari👈
☑️ Qo'llanmalar(Barcha sinf)👈
☑️ Kanal xaritasi👈


👉@Tarixaudiokurs👈

Ostonov Minbari

16 Jan, 18:48


Manchester City klubi tomonidan Abduqodirni olib kelish uchun Parijga yuborilgan samolyot Angliya osmonida. 15 daqiqalarda Manchesterga qo'nadi.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

16 Jan, 15:52


Kanalni faol yuritaman deganda odamlar chiqib ketishni boshladi yana(((

Ostonov Minbari

16 Jan, 10:40


To'pqopi saroyi muzeyi arxivlarida A. Bennigsen va Sh. Lemercier-Quelquejay tomonidan topilgan hujjatlar orasida E. 7120 raqamli hujjat bor. Ushbu hujjat Sadorat tomonidan saroyga yuborilgan hisobot bo'lib, unda 1833-yilda Qo'qon xoni Muhammad Alixonning Istanbulga yuborgan elchilarining qabul marosimi hamda Qo'qon tavsifi haqida so'z boradi. Mamlakat ta'rifi haqidagi qismda bugungi katta Markaziy Osiyoni XIX asr boshlarida O'zbekiston ham deyilgani diqqatga arzigulik deb hisobladim va ushbu xatdan o'sha joylarini sizlarga ham keltirishni lozim topdim. Matn usmonlichada bo'lib, o'zbekchaga sal moslashtirib beraman.

"Mamoliki Turonki Totoriston va Turkiston va O'zbekiston va Mo'g'uliston dohi derlar... Faridun shoh Peshdodining Tur ismli o'g'li bir muddat mutasarrif bo'lgani jihatidan Turon demishlar, ul tarafning aholisi Turk ibn Yofas ibn Nuh avlodidan bo'lganidan Turkiston demishlar... aholisining aksari o'zbeklar bo'lgani sababidan O'zbekiston demishlar. Mamoliki Turonning hududi sharqda Chin, janubda Tibet, Hindiston va Eron, g'arbda sahroi kabiri Dashti Qipchoq va Bahri Hazar, shimolda yana Dashti Qipchoq bilan tutashadi..."

Ushbu parchadan anglashiladiki, O'zbekiston nomini Sovet hokimiyati yaratib bermagan, balki avvaldan mavjud bo'lgan keng geografik nom kichik bir davlat nomiga aylanib qolgan. Totoriston va Mo'g'uliston deyilishining ham sabablari bor albatta. Totoriston deyilishiga Chingizxon sababchi bo'lsa, Mo'g'uliston deyilishiga sabab Boburiylarning asl vatani bo'lganligi. Bu katta ehtimol bilan Hindistondagi inglizlar tomonidan ishlatilgan atama bo'lishi ham mumkin.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

10 Jan, 09:45


Онлайн қаллобликлар ҳақида эшитиб, ўқиб, одамлар намунча осон алданади деб ўйлаб қўяман. Лекин қаллобликнинг мураккаброқ йўллариям кўпайиб кетибди.

Анча йиллар олдин менга ҳам қўнғироқ бўлиб, алдаб Telegram'даги аккаунтимга кирволмоқчи бўлишган эди (аммо қаллоблар мени алдолмаган, аксинча, ўзим 84 минг фойда билан чиққан эдим). Кеча яна шунақа қўнғироқ бўлди. Ўтган сафаргидан фарқли, қаллобликни бирдан сезмадим, гумонларимни тасдиқлашимга вақт кетди.

Хуллас, қўнғироқ бўлди. Биттаси ўзини ИИВ ходими катта терговчи Отабек Хаджаев деб таништирди (ҳатто гувоҳнома рақамигача айтди). Менинг исм-фамилиямни ҳам билар экан. Кимдир "Ипотека банк"дан номимга кредит очмоқчи бўлганини, менинг номимдан ишончнома билан келганини айтди. Бошида қаллоблик масаласи хаёлимга келмай, у банкдан кўп йиллардан бери фойдаланмаганимни, бир замонлар ҳисобим бўлганини айтдим.

Кейин бирдан мияга уриб қолди. Биринчидан, гапириши мутлақо ИИВ ходиминикидай эмас (тилшунос сифатида ҳар бир касб, ижтимоий гуруҳнинг ўз жаргони бўлишини биламан), кўпроқ дастурчилардай гапиряпти, яна русча. Иккинчидан, қаллоблик иши тергови процедураларини нотўғри тушунтиряпти. Ниҳоят, мен сизни ҳозир Марказий банкка улаб қўяман деганида тамом бўлдим. ИИВни МБ билан боғлайдиган тўғри линия борлигини билмас эканман.

Шу жойида ўчириб қўйдим. Кейин минг хил номердан қайта териб, Telegram'данам ёзишди. "Ипотека банк"ка ва 102 га телефон қилиб, вазиятга ойдинлик киритдим, участка нозирига ариза ёздим.

Шу аснода билдимки, бу турдаги қаллоблик жуда кўпайиб кетибди, кибержиноятлар билан шуғулланувчи масъуллар кейсларни ўрганиб, тафтиш қилиб улгурмаяпти экан.

Мен бошидан сезиб қолганим учун ҳеч қандай ортиқча маълумот бермадим. Мабодо сизга ва яқинларингизга шунақа қўнғироқ бўлиб қолса, ҳеч кимга ҳеч қанақа шахсий маълумот берманг. ИИВ ёки прокуратура ходими телефондан тергов қилиб ўтирмаслигини ҳам унутманг.

@AsanovEldar

Ostonov Minbari

09 Jan, 21:34


Pepni hurmati Cityga muxlislik qipturardim. Endi Husanov uchun muxlislik qilamiz) o'yinga tushirsinda endi)

Ostonov Minbari

09 Jan, 21:15


Abduqodir Husanov 50 (L'équipe nashri bo'yicha 40) million Yevro evaziga Cityga o'tishi vopros vremeni. Ertalarga aniq bo'lib qoladi, agar bugun tunda aniq bo'lmasa.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

09 Jan, 19:44


"1000 Kitob" loyihasida haqida fikr bildirishimni so'rashganda men:

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

07 Jan, 17:07


😎 Where’s the future destination of the Uzbek phenomenon Abdukodir Khusanov?
Real Madrid ❤️
Man City 🔥
Newcastle 👍
مقصد آینده ی خوسانوف پدیده ی ازبکا کجا میتونه باشه؟

Ostonov Minbari

07 Jan, 16:31


DAFA tomonidan Afg'onistonda 1922-yildan buyon olib borilgan qazishmalar natijasida katta topilmalar topilgan. Eng ko'zga ko'ringanlar buddaviylik diniga oida topilmalar. Aksariyat ashyolar Parijdagi Guimet muzeyida saqlanadi. Bu yerda Osiyoning katta qismida topilgan san'at asarlari saqlanadi.

Yana bir yaxshi yangilik, Frantz Grenet bilan suhbatda aytdiki, Tolibon DAFAning Afg'onistonga qaytishini istamoqda. Chunki qazishmalarda ancha-muncha odam tirikchilik qilgan. Delegatsiya hozirda Parijda faoliyatini davom ettiryapti.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

06 Jan, 20:57


🇪🇸 👨‍⚖️ Президент Высшего спортивного совета Испании Хосе Мануэль Урибес является болельщиком «Реала» и постоянным членом VIP-ложи на «Бернабеу» (Diario Sport)

🇪🇸 Барса | ⚽️ Спортс“ | ❤️ Приложение

Ostonov Minbari

06 Jan, 04:25


Endi asablaringni dam oldiradigan xabar olib keldim. "Bardavom" bo'lsin.

Ostonov Minbari

05 Jan, 21:05


Yangi maqol o'ylab topdim. Ishsizlar, ish izlab yurganlar uchun mos keladi: "Yaxshi niyat - yarim stavka". Niyatlar yaxshi bo'lsin, stavkalar butun bo'lsin)))

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

05 Jan, 20:01


Azoblaninglar silar ham, nega faqat men aziyat chekib, qiynalishim kerak?

Ostonov Minbari

04 Jan, 17:45


Hech qaysi tashkilotning monitoring bo'limida ishlamayman. Bekorchiman))

Ostonov Minbari

03 Jan, 19:14


Mabodo izlab yurgan bo'lsanglar. Oxirgi yillarda o'zbek estradasi eshitgan eng saviyali qo'shiq shu bo'ldi. Bo'lar ekan-ku.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

03 Jan, 10:42


La Liganing direktori Tebas Real Madridning ashaddiy fanati. Barselonani sindirish uchun maksimal harakat qilyapti.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

03 Jan, 09:07


Haligi Media futbolni bizga maqtayotganlarga aytadiganim: G'ijduvonda chiqqan koka kolani haqiqiysi deb bizga ichirishga urinmang. Biz durni toshdan farqlay olamiz.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

02 Jan, 14:29


Hamza TVga qaytdi. O'zbekiston tarixi telekanalida Tarixiy savol ko'rsatuvida Hamza haqida gapirilyapti.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

01 Jan, 19:36


Suriya jamiyati doim shunaqa bo'lgan. Necha asrlar mobaynida u yerda turfa dinlar yashab kelgan. Suriyani yagona din vakillari yashaydigan joyga aylantiramiz, deb yurganlar qattiq yanglishadi. Saudiya Arabistonida ham bunday emas. Endi yana tinch va osuda Suriyani ko'rish nasib etsin.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

31 Dec, 15:19


Barchaga kirib kelayotgan 2025-yil qutlug' bo'lsin. Soqqa va sog'lik doim hamroh bo'lsin.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

30 Dec, 11:52


Aytgancha, haligi qo'qonlik ashulachini qo'ymaganiga avtobuschilarga alohida rahmat.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

30 Dec, 11:20


Avtobusda G'ijduvonga ketyapman. Eng rasvo, krinj kliplar shu yerda. O'zbek estrada kliplarining 90 foizi uylanish, onasiga kelin topish, bir kun kuchayib ketish haqida. Bunaqa axlatga chidab ketayotganim uchun temiryo'llari va havo yo'llariga rahmat. Agar ular normal ishlaganda avtobusda ketmagan bo'lardim.

Kolbasani hidi alohida masala.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

29 Dec, 18:25


Rossiyaning razil agressiv propagandasidan qanday qilib "hikmat" izlash mumkin? Turklar qanday qilib kurashyapti ekan? Istanbuldagi Yangi yil bayrami vaybini ko'rmagansiz shekilli? Bizdagi qor bobolar aynan ruslarniki ekanini bilmaysizlarmi?

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

29 Dec, 11:59


Suriyada rejim almashinuviga ham aynan energiya inqirozi sabab deb o'ylayman va buni boshqa tahlilchilar ham keltiryapti. Ko'rfazdan gaz quvurlarining Yevropa va Turkiyaga olib borish uchun eng yaqin hudud Suriya. Shu sababli tinch Suriya Yevropada energetika muammosiga yechim topish uchun juda kerak. Shunchaki bir guruh jangarilar o'n kun ichida 15 yil turib bergan armiyani osonlik bilan mag'lub etishi yo tasodif yo qandaydir biz bilmaydigan kelishuvlar samarasi. Arab bahori voqealari boshlanganda ham asosiy motiv neft ekanligi ko'p ilgari surilgan edi. Hozir gaz bo'yicha muammos yo'q davlat Rossiya bo'lsa kerak))

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

27 Dec, 19:20


"Turon" nomini Firdavsiy piar qilgan.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

27 Dec, 17:34


Bugun Real muxlislari: Globe Soccer eng adolatli mukofot.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

25 Dec, 19:01


Mening Sharqshunoslik institutida faoliyat olib borishimni ko'pchilik bilsa kerak. Institutimizning Telegram kanali bor. U yerda institut hayoti va faoliyatiga doir yangiliklar berib boriladi. Kanalga obuna bo'lsanglar, ilm-fan borasidagi yangiliklardan ham xabardor bo'lib borasizlar.

Obuna bo'lish: https://t.me/sharqinstituti

Ostonov Minbari

22 Dec, 18:36


Tarixiy manbalarda ham bunday "ziyoratgoh"lar ko‘p bo‘lgani haqida dalillar keltiriladi. Masalan, Muhammadhakimxonto‘raning "Muntaxab ut-tavorix" asarida 19-asrning birinchi yarmida Qo‘qon xonligida minglab "Mo‘yi muborak" (payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v.ning mo‘ylari) ziyoratgohlari mavjud ekanini, biroq, aslida ularning hammasi pul ishlash niyatida ochilganini yozadi. Batafsil keyinroq yozaman.

@vatanparvarmas

Ostonov Minbari

22 Dec, 18:22


Qiziq, O'zbekistonda nechta ekan shunaqa bo'sh ziyoratgohlar? Hamzani shunaqa ziyoratgohlarga qarshi kurashgani uchun toshbo'ron qilishgan, aslida.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

22 Dec, 11:41


Bugun O'zbekiston tarixi telekanalida an'anaviy "Tarix e'tirofi" mukofotlarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston ilm-fanida jonbozlik ko'rsatayotgan olimlar taqdirlandi. Jumladan, Sharqshunoslik institutining ikki nafar ilmiy xodimi, t.f.d Surayyo Karimova hamda f.f.d Baxtiyor Karimovlar ham taqdirlandi.

Institut jamoasi nomidan ularni muborakbod etamiz.

@sharqinstituti

Ostonov Minbari

22 Dec, 10:02


Real muxlislari: The Best mukofotining qadri yo'q.
Yana o'sha muxlislar: Dunyodagi eng haqqoniy mukofot The Best.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

21 Dec, 16:06


Shu mavzuda bir-ikki yil oldin kichikroq bir maqola yozgandim. Shuni yana bir bor eslatishning ayni vaqti.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

21 Dec, 16:02


Бухоро Халқ Шўро Жумҳурияти де юре мустақил давлат бўлган. Большевиклар секинлик билан уни назорат остига олиб борган, ташқи алоқаларини чеклаган, маҳаллий компартияни ўз филиалига айлантиришга уринган.

БХШЖ (БХСР) раҳбарияти бунга қаршилик кўрсатган. Бошқа давлатлар, хусусан, Европа билан алоқалар ўрнатишга уринган. Лекин жумҳуриятнинг Афғонистонга, Туркияга юборган элчиликларини большевиклар йўлда тўхтатиб қолган.

Бухоро раҳбари Усмон Хўжаев бунга қарши исён кўтарган. У Шарқий Бухорода босмачилар билан бирлашиб, большевикларга ҳужум қилган, аммо мағлуб бўлиб, Бухорони тарк этган.

Биз Туркистон мухториятини мустақил дунёвий давлат яратишга уриниш сифатида кўп эслаймиз, лекин БХШЖ ҳам эслашга арзийди. У ҳам модерн давлат қуришга бир уриниш бўлган эди.

@AsanovEldar

Ostonov Minbari

21 Dec, 06:47


@ostonovminbari

Ostonov Minbari

19 Dec, 13:05


O'zbek tilshunosligida inqilob, siltab sakrash. Bunaqa nazariya uchun Nobel mukofoti berilishi kerak. Xorazmsentrik nazariyani fanga kiritmasak bo'lmaydi. Bu yo'nalishdagilarga Shnobel mukofotini beramiz keyin.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

18 Dec, 17:30


Ushbu konferensiyada qatnashish o'zbekistonliklar uchun bepul. Magistratura va doktorantura talabalari, yosh ilmiy xodim va o'qituvchilar maqola topshirishinglar mumkin. Cheklov yo'q.

Ostonov Minbari

17 Dec, 13:19


Bugun men o'qigan eng yaxshi xabar.

Ostonov Minbari

14 Dec, 00:39


Sharqshunoslik institutining Meros jurnalida navbatdagi maqolam chop etildi. Sharqshunoslik tarixiga qiziquvchilar uchun foydali bo'ladi deb umid qilaman. Maqola o'zbek tilida va uni Academiadagi sahifamdan yuklab qolishingiz mumkin.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

13 Dec, 19:06


Men Skuf ekanman.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

27 Nov, 21:12


Ser Endrick Charlton tusharmikin

Ostonov Minbari

27 Nov, 16:00


Энди фирибгарлар Телеграмда МИБ номидан шунақа таҳдидли хабар жўнатиб, бириктирилган иловани ишга туширишни сўрашмоқда экан.

Apk кенгайтмали иловани ўрнатманг ва ишга туширманг — бу маълумотларингизни ўғирловчи вирус!

Эътиборли ва ҳушёр бўлинг!

➡️ @shokirjonov

Ostonov Minbari

25 Nov, 21:56


Kazzoblik bir kun oshkor bo'lishiga yaqqol misol. Endi "zato bizda 15ta ChL" deydigan madridistalarning betiga tortadigan ma'lumot ekan. Madrid muxlisi tarqatgani uchun tekshirib o'tirmadim)) aytgancha, skrin qilib qo'yinglar postni, ertaga o'chib ketishiyam mumkinda.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

24 Nov, 17:12


HAMID SAHARI шунақа видео чиқарибди

Ostonov Minbari

24 Nov, 16:32


Bugun Real bizni bir xursand qilsa yaxshi bo'lardi, albatta mag'lubiyat orqali

Ostonov Minbari

24 Nov, 01:14


Allplay Rossiya seriallari ba'zasiga aylanib qolibdiku. Udalit qilaman endi

Ostonov Minbari

22 Nov, 12:36


Sening poroxning hidini yoqtiradigan pasifist dyusting

Ostonov Minbari

21 Nov, 15:08


Endi hamma Da Vinchining asarini yaxshi biladi, shunga haykal haqida ozgina ma'lumot berib qo'ysam. Luvr muzeyidagi ikki qo‘li kesilgan ushbu mashhur yunon haykali — bu “Milos Afroditasi”, ko‘pincha “Venus de Milo” nomi bilan tanilgan haykaldir. Ushbu haykal eramizdan avvalgi 130-100-yillarda yaratilgan deb taxmin qilinadi va yunon haykaltaroshi Aleksandros Antioxiyalik tomonidan ishlangan bo‘lishi mumkin. U Milos orolida 1820-yilda topilgan va bugungi kunda Luvr muzeyining eng diqqatga sazovor eksponatlaridan biri hisoblanadi.

Haykal qadimgi yunon ma'budasi Afrodita (rimliklar uni Venera deb atashgan) timsolidir. Afrodita sevgi, go‘zallik va shahvoniylik ma'budasi bo‘lgan. Haykalning aslida ikki qo‘li ham bo‘lgan, biroq topilgan paytda ular singan va hozirgi kunga yetib kelmagan. Shu sababli haykalning asl shakli qanday bo‘lgani haqida turli farazlar mavjud. Ba’zi tadqiqotchilar qo‘llaridan biri olma yoki boshqa bir narsani ushlab turganini taxmin qilishadi.

Milos Afroditasi haykalining go‘zallik me’yorlariga mos keladigan proportsiyalari va mahorat bilan ishlangan detallar qadimgi yunon san’ati yuksakligini aks ettiradi. Haykal Luvr muzeyining markaziy galereyalaridan birida namoyish qilinadi va har yili minglab san’at ixlosmandlarini o‘ziga jalb qiladi.

Ostonov Minbari

20 Nov, 21:27


Louvre muzeyining ikki buyuk asari. Eng ko'p odam yig'adigan ikki asar. Suratlar qaynoq.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

20 Nov, 15:50


📽 ЯНГИ ВИДЕО!

Франция Инқилобининг энг баҳсли тимсоли – Гильотина ҳақида барчасини билишни истайсизми?

Бугунги кўрсатувимизда Францияда яратилган ўлим машинаси нимаси билан бошқа қуроллардан афзал эди?

Тарихда қанча одам унинг ёрдами билан қатл қилинган?

Нима учун французлар 20 аср охирларида ҳам бу қатл асбобини ишлатишарди?

Доктор Гильотен ҳам ўзи яратган ушбу ажал машинасининг домига тушганми?

Одамнинг танаси ва боши бир бирисиз яшай оладими? Ва шу каби бошқа кўплаб саволларга жавоб топасиз.

Гильотина нафақат ўлим қуроли, балки бутун бир даврнинг маданий рамзига айланган. Бизнинг янги видеомизда бу ҳақда батафсил маълумот оласиз.

🎥 Кўринг ва ўз фикрларингизни билдиринг: https://www.youtube.com/watch?v=Ft460_2K1DI&t=34s&ab_channel=Alimoff

👀 Видеони ўтказиб юборманг! Ҳамма тарихий сирлар шу ерда.

Лойиҳамизни сўм билан қўллаб қувватловчиларга бу ишни https://tirikchilik.uz/alimoff сайтида қилиш мумкинлигини эслатиб ўтамиз. Бунга имконингиз бўлмаса шунчаки лайк, подписка ва комментарий билан қўлласангиз ҳам хурсанд бўламиз🫡

🧠@nurbekalimov

Ostonov Minbari

20 Nov, 12:16


Louvre muzeyi, Parij shahrining yuragida joylashgan bo‘lib, dunyodagi eng mashhur san’at galereyalari va muzeylaridan biridir. Bu muzey qadimiy qirollik saroyi bo‘lgan Luvr binosida joylashgan. Uning tarixi 12-asrda Filip Avgust davrida qal’a sifatida qurilgan davrga borib taqaladi. Bugungi kunda muzey o‘zining keng qamrovli san’at kolleksiyalari bilan mashhur bo‘lib, ularda qadimiy Misr, Yunoniston, Rim, Osiyo va O‘rta asr Yevropasining boy madaniy yodgorliklari jamlangan.

Muzeyning eng e'tiborga molik eksponatlaridan biri Leonardo da Vinchi yaratgan mashhur "Mona Liza" asaridir. Shuningdek, "Samofrakiya qanotli g‘alabasi" haykali, "Afina Nyikasi" va boshqa dunyoviy ahamiyatga ega asarlar Luvrning durdonalari hisoblanadi. Har yili millionlab sayyohlar ushbu muzeyni tomosha qilish uchun Parijga tashrif buyuradilar, bu esa Luvrni nafaqat san’at ixlosmandlari uchun, balki tarixiy merosni qadrlovchilar uchun ham muhim maskanga aylantiradi.

Surat muallifi hurmatli Jahongir Ostonov

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

20 Nov, 03:20


O'zbekiston saytlaridagi xabarchilarning asosiy xabar manbasining bosh ofisi))

Ostonov Minbari

19 Nov, 19:06


Матиз ва мараз одамча ҳақида

Кеча бетонкада келятсам ортимдан битта Матиз 120 ларда йўл сўраб моргать қипкеляпти, мен 100км соатга добро йўлда 95 ларда кетаётгандим.

Ўнг полосада катта юк машинаси бор эди. Табиийки йўл бера олмадим фараси бақрайган Матизга. Ўша юк машинасидан ўтиб, машинамни ўнга олиб, Матизга йўл бердим. Унгача матизчи бироз кутиб қолди бечара. Кейин мени қувиб ўтиб, йўл бермаганимга (бера олмаганимга) зарда қилгандай тормоз босиб қўрқитган бўлдида яна учиб кетворди.

Номерига қараб олдим (йўлда тўхтаб турганини кўриб қосам моральний биғиллатаман деб)

Кейин эсимданам чиқиб кетибди. Аудиокитоб эшитиб келятодим кайп қилиб. Бир маҳал қарасам, ҳалиги Матиз тўхтаб турибди. Фақат йўлди четидамас, ўўўўртасида турибди. Мошинани башараси чачилиб кетибди, Матизди бақрайган “кўз”лари оқиб тушибди. Олдида битта Джентра чачилган.

Такой ибратли видео қўйберган Оталар сўзидаги отахон каби хааа азизлар деб ўтиб кетдим.

Афсуски, ичимдаги, қалбимни туб-тубига кўмворилган мараз одамча эса иях деб кулаётган эди…

🧠@nurbekalimov

Ostonov Minbari

19 Nov, 18:00


Avtomobilda odam urib o'ldiradigan shofyorlani ayamasdan jazolashni taklif qilaman. Qo'shimchasiga, bir umr haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish kerak. Uzoq yillik qamoz va guvohnomadan mahrum bo'lsa bir-ikkitasi, qolganlari ham shunga qarab harakatini qiladi. Aks holda, yo'llardagi bunaqa "bezpridel" davom etaveradi.

Qani keliyla endi "uyam odam uraman deb ko'chaga chiqmagan" deb

Ostonov Minbari

19 Nov, 16:57


Bizdan yegan BAAmi shu yoki bizni yutgan Qatarmi shu?

Ostonov Minbari

19 Nov, 16:48


Ижтимоий тармоқларда шунақа иддаоларга кўп кўзим тушади. Ишонманглар.

Хоразмий тили деб фанда минтақада туркларгача амалда бўлган эроний тилни айтишади. Ундан кейинги даврда эса бу ҳудудда кетма-кет қарлуқча адабий тилларда ёзишган.

Биринчиси — хоразм-қарлуқ тили. У хоқония тилининг давомчиси ҳисобланади. Хоқония тилининг яна бир авлоди — чиғатой тили Хоразмда XV асрдан XX аср бошигача ишлатилган. Хива хонлигидаги барча ҳужжатлар, бадиий асарлар, тарихий солномалар, форс тилидан таржималар чиғатой тилида бўлган.

Хоразм Халқ Республикасининг тили ҳам айнан мана шу тилнинг ўзи бўлган. Унинг авлоди эса ўзбек ва уйғур тилларидир.

@AsanovEldar

Ostonov Minbari

19 Nov, 14:11


Katanes O'zbekistonni mag'lubiyatiga kattaroq summa tikkanmi deymanda Xbetga

Ostonov Minbari

19 Nov, 13:59


Srechko Katanesning termada qolishiga arziydigan biror sabab topib beringlarchi?

Ostonov Minbari

19 Nov, 02:22


Bu yil O'zbekiston Respublika maqomini olganiga va rasman O'zbekiston nomini olganiga 100 yil to'ldi. Odatda, sovetparast média va faollar nomning Sovet "mahsuloti" ekaniga ko'p urg'u beradi. Lekin O'zbekiston nomi XIX asrda ham ishlatilganini manbalar bilan ishlagan tarixchilar yaxshi biladi. 1832-yilga oid bir Usmonli hujjatida Turon diyorining bir qancha nomlari sanab o'tilgan. Turkiston, Tatariston, Mo'g'uliston va O'zbekiston. Ushbu hujjatda aynan o'zbeklar yashagan ushbu hududning O'zbekiston deb atalishiga urg'u beriladi. Ko'pchilik, Sovet bo'lmasa, O'zbekiston ham bo'lmasdi, deydi. Unday emas, Sovet bo'lmasa, Katta O'zbekiston bo'lardi.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

19 Nov, 01:41


Masalan, shu jangda Tayson o'rnida faqat marhum Muhammad Ali bo'lgandagina shunaqa shov-shuv bo'lardi. Va Tayson. Agar Lyuis, Holifildlar urushgandayam bunaqa shou bo'lmas edi. Tayson Alidan keyingi boks afsonasiligicha qoladi. Fenomen!

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

18 Nov, 12:06


Iltimos, menga Telegram premium yubormanglar, kerakmas.

Hazil, lekin hamma virusga botib ketdimi deyman, mabobod Premium sizga deb kelsa ochib o'tirmanglar.

Ostonov Minbari

18 Nov, 10:58


Ko'chada naushnik taqib yurolmayman. Olamdan uzilgandek his qilaman. Aholining ko'pchiligi hozir garang. Chunki naushnik quloqdan tushmaydi. Naushnikning zarari haqida garang o'rtoqlaringizga tashlab qo'ying.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

14 Nov, 21:03


Masalan, Qatarning o'rnida biz urishimiz ham mumkin edi. Asosiy aybdor murabbiyda

Ostonov Minbari

14 Nov, 19:56


Shunda o'yin Qatar gol urgancha davom etdimi?

Ostonov Minbari

14 Nov, 16:59


Katanes keting, Katanes keting, Katanes keting!!! Federatsiya nega haligacha olib yuribdi, o'ziyam ketolmayapti shekilli. Shartnomani o'zi buzmaslik uchun ataylab yutqazyapti.

Ostonov Minbari

14 Nov, 10:20


Masalan, endi rasmga tushib uni qayergadir qo'ysanglar va nima falsafiy gap yozishni bilmasanglar, o'sha tushilgan joy nomini yozinglar. Masalan, "hojatxonadan esdalik uchun" deb))

Ostonov Minbari

14 Nov, 10:16


Eslaysizlarmi, eski fotolar albomda saqlanardi. Har bir rasm tagida "falon joyda, falonlar davrasida, vhk" deb yozib qo'yilardi. Ijtimoiy tarmoqlar chiqib bunaqa so'zlar o'rnini "falsafiy" gaplar egalladi.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

14 Nov, 09:23


Ichki ishlar mem qo’yishni boshlapti, qizig’i qoida buzuvchi avtoterroristlar zarariga. Biz buni oqlaymiz va qo’llab quvvatlaymiz)

@xoshimovuz

Ostonov Minbari

13 Nov, 14:43


Samarqandning mo'g'ullar yurishi paytida butunlay vayron qilingani haqida hamma yerda yozilgan. Mo'g'ullardan keyingi davr Samarqand tarixi Temur bilan boshlanadi. Ungacha o'tgan deyarli 150 yillik davr negadir uncha eslanmaydi. Yoki manbalar kamligi uchundir. Umuman arxeologik tadqiqotlar va qo'lyozmalar orqali bu davr tarixini qayta tiklash mumkin.

Lekin yana bir detalga ko'zim tushdi. Fransiya milliy kutubxonasida saqlanayotgan Nigoristoni Muini asarining qo'lyozmasidagi ma'lumotlarga ko'ra, ushbu qo'lyozma hijriy 737-yil rajab oyida, milodiy 1337-yil yanvar oyida Samarqandning Arki Oliyida xattot Muhammad ibn Guloqi Kalon Shoshiy Sug'diy tomonidan ko'chirilgani yozilgan.

Ushbu ma'lumotdan ikkita narsa haqida xulosa qilish mumkin. Birinchisi Samarqandning Arki Oliysi o'sha paytda buzilib ketmagan, ya'ni bugungi Afrosiyobdagi Arki oliy haqida gap ketmoqda. Bugungi Samarqanddagi Arki oliy Temur davrida qurilgan Ko'ksaroy. Temur Samarqandni yangidan qurdirganda Afrosiyob tashlab ketilgan bo'lishi kerak. Ikkinchisi, xattotning So'g'diy taxallusi XIV asrga kelib ham so'g'd nomining yo'qolmaganidan darak berishi mumkin.

Tarix shunday fanki, bir qarashda hamma narsa aniqdek, lekin izlanganing sari yangi narsa topilaveradi.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

13 Nov, 00:50


Davlatshoh Samarqandiyning Tazkirat ush shuaro asarida keltirilishicha, Rudakiy vafot etganda ortidan ikki yuzta qul va 400 ta tuya qoldirgan. Bu mulklar unga Amir Nasr ibn Ahmad Somoniy tomonidan berilgan. Shuningdek, unga Kalila va Dimnani forschaga tarjima qilgani uchun 80 ming kumush tanga miqdorda mukofot puli aynan Nasr tomonidan berilgan.

Aslida, shugina ma'lumotni shunchaki qoldirmoqchi edim, lekin quruq bo'lib qolmasin deb ChatGPT orqali 80 ming kumush tangani bugungi qiymatini bilishga harakat qildim. Endi qanchalik to'g'ri javob berdi bilmadim. Taxminiy hisob kitoblarga kora, Rudakiy olgan summa bugungi kumush narxida hisoblasak 1 million AQSh dollaridan oshar ekan. SI quyidagi hisoblab berdi:

Biroq, ba'zi taxminiy hisob-kitoblarni qilish mumkin:

Kumushning hozirgi narxi: Hozirgi kunda kumushning bir unsiyasi (yoki taxminan 31.1 gramm) narxi taxminan $24-30 atrofida bo'lishi mumkin (bu narxlar bozorda o'zgarib turadi).

Somoniylar davridagi tanga miqdori: Agar tanga o'rtacha 10 gramm kumushdan tashkil topgan deb faraz qilsak, 80,000 tanga jami 800,000 gramm kumushni tashkil etadi.

Jami kumushning dollar qiymati: Agar 1 gramm kumush $1.1-1.3 bo'lsa, 800,000 gramm kumushning qiymati taxminan $880,000 - $1,040,000 orasida bo'lishi mumkin.

Postning boshidagi ma'lumotdan yana bir qancha xulosalar chiqarsa bo'ladi-yu, lekin buni sizlarga qoldiraman.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

12 Nov, 13:50


Sharqshunoslik instituti desa, ko'pchilik "vostochka"ni tushunadi. Sababi u ham oldin institut deb nomlanar edi. Hozir universitet bo'lgan. Xo'sh, institut qaysi? Men doktoranturada o'qiyotgan Sharqshunoslik instituti 1943-yilda Fanlar akademiyasi tarkibida tashkil etilgan. Institutimiz haqida bilmoqchi bo'lsanglar, ushbu ko'rsatuvni tomosha qilishni tavsiya qilaman.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

12 Nov, 00:47


Dushanba kuni Fransiyada dam olish kuni edi. Nega? Chunki 11-noyabr sanasida Birinchi jahon urushi tugagan.

1918-yilning 11-noyabrida Fransiyaning Kompien o‘rmonida Antanta davlatlari va Germaniya o‘rtasida sulh shartnomasi imzolangan. Bu hujjat urushning rasmiy tugashini belgiladi va 11-noyabr soat 11:00 da jangovar harakatlar to‘xtatildi.

11-noyabr ko‘plab davlatlarda Tinchlik kuni yoki Sulh kuni sifatida yodga olinadi. Ayniqsa, Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada, Avstraliya va AQShda “Yod etish kuni” yoki “Armistice Day” nomi bilan nishonlanadi. Shu kuni urushda halok bo‘lganlar xotirlanadi, marosimlar va daqiqalik sukutlar o‘tkaziladi.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

11 Nov, 17:46


Isming xorijliklar uchun uzun va qiyin bo'lsa, shunaqa ahvolda😒

Ostonov Minbari

11 Nov, 10:42


Sila qanaqa eshitdinglar? Izohda yozaylikchi

Ostonov Minbari

10 Nov, 17:47


Nima deb o'ylaysizlar, qaysi zavodning dizaynerlarining ishiga o'xshaydi? To'g'ri topdinglar.

Aytish esdan chiqibdi, bu yerda bitta jurnalmas, ikkita jurnal mabodo "nimasi kulguli buni" deb o'tib ketganlar bo'lsa))

Ostonov Minbari

09 Nov, 20:22


https://t.me/barca_sports/38943

Ostonov Minbari

09 Nov, 14:10


Bellingem El Classicoda nimani va kimdan o'rganganini bildik

Ostonov Minbari

07 Nov, 15:10


Buni kimligini bilasizlarmi?

Ostonov Minbari

07 Nov, 14:56


Ajdarho bilan jang qilayotgan Rustam. Panjikentdan topilgan devoriy suratlar. Islomdan oldingi so'g'd shahar-davlatlarining har birida shunday devoriy suratlar urfda bo'lgan. Ayrim tadqiqotchilar bunday odatni mahalliy hukmdorlarning sosoniylarga taqlidi sifatida baholaydi. Nima bo'lganda ham, bunday devoriy tasvirlar o'sha davr hayoti haqida qandaydir miqdorda tasavvurlarni taqdim etadi.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

07 Nov, 13:36


Tarixiy geografiyaning naqadar xavfli fan ekanini Putin isbotlab berdi))

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

06 Nov, 21:23


Xavining qilib ketgan eng katta yaxshiligi La Masianing yosh futbolchilarini asosiy tarkibga olib chiqqani bo'ldi. Shundan keyin ularni Flik qabul qilib oldi va endi to'xtatib bo'lmayapti. Shu tempda davom etish kerak. Bu yil trebl qilmasa bo'lmaydi.

Ostonov Minbari

06 Nov, 12:29


Masonla sho'ttami?

Ostonov Minbari

03 Nov, 19:36


Qiziq fakt. Bugungi kunda butun dunyoda faqatgina 3 foiz aholi dengiz sathidan 2000 metr balandlikda yashar ekan. Faqatgina 1 foiz aholi 2500 metr balandlikda. Ular And va Tibet tog'lari aholisiga to'g'ri keladi.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

01 Nov, 21:04


Darbandda Temir darvoza borligi haqida eshitgan bo'lsanglar kerak. Surxondaryodagi emas, Ozarbayjondagi. Xullas, katolik dunyosida ham Aleksandr Makedonskiyning bosqinchi xalqlarga qarshi to'siq qurgani haqidagi qarashlar bor ekan. Bu to'siq aynan Kaspiy bo'yidagi Darbandda deb ishoniladi. Katolik missionerlari mo'g'ullarni Yajuj Ma'jujlar deb ham hisoblagan. Xullas, Saddi Iskandariy universal afsonaga aylanib bo'lgan ekan. Zulqarnayn bilan bog'lanishiga kelsak, unda to'siqning qayerdaligi noma'lum.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

01 Nov, 17:40


Shu videodagiga o'xshash lekin hamon sirligicha qolgan bir voqea hayotimda yuz bergan. Bolaligimda buvim pensiyalaridan bir qo'ycha olgandilar. U kichik qo'ycha yonimizda katta bo'ldi, xuddi itga o'xshab qayerga borsak ortimizdan ergashib yurardi. Hovlida bog'lamasdan, qo'tanga qamamasdan qo'yardik. Ammo hovlimiz yangi bo'lgani uchun hali mustahkam darvoza yo'q edi. Buvim yoki qaysi birimiz tundami, kundami tashqariga chiqsak, yugurib kelardi.

Kunlardan bir kuni buvim kelib bizni uyg'otdilar: qo'y yo'q. Chiqib rosa chaqirdik, rosa izladik. Butun qishloqni aylanib chiqdik, qayerdadir yurgandir adashib deb. Birozdan keyin hovlimiz yaqinidan terisini va kallasini topdik. Terisi timdalanib tashlangan edi. Kimdir bo'ri, kimdir chiyabo'ri yegan desa, kimdir birorta o'g'ri so'yib go'shtini olib ketgan dedi. Xullas, qo'y ketdi, buvimning va mening ko'z yoshlarim qoldi. Juda g'amgin voqea xullas. Baribir bir kun so'yilib ketishi mumkin edi-yu, lekin mehr qo'ygan edik. Videodagiga o'xshash voqeani qayerda ko'rsam, o'sha qo'yimiz esimga tushaveradi.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

01 Nov, 16:41


Rivaldo bo'lib ket-e...

Ostonov Minbari

01 Nov, 14:24


Mening esa janob Klintonga yana bir yangiligim bor. Ular (falastinliklar) doim shu hududlarda yashagan va isroilliklar bilan bir genetik kelib chiqishga ega. Klinton stoli ostida tarix kitobini saqlaganida foydaliroq bo'lardi. Din masalasi endi alohida. Gap aholi haqida ketarkan, bir qirg'inni qoralash uchun, ikkinchisini oqlash ikkiyuzlamachilik bo'ladi. Klinton nima deganini va nima demoqchiligini bilib turibdi, faqat kuchli manipulyatsiya qilyapti.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

01 Nov, 09:35


Sharqshunoslik institutiga ilk bor kelganimda imtihon oluvchi komissiyada juda salobatli olim o'tirgandi. Rostini aytsam, o'sha paytda tanimasdim. Keyin anglab yetganman. Buyuk sharq allomalari tarixi bo'yicha tengi yo'q mutaxassislardan biri edilar. Ushbu suratda eronlik bir olim ustozga hurmatini izhor qilmoqda. Surat oktabr oyida Samarqandda olingan. Shu suratdan ham darajani bilib olish mumkin.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

01 Nov, 08:24


#TA'ZIYA

O’zbek ilm-fani og'ir judolikka uchradi.

O
'zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti "Fan va madaniyat tarixi" bo'limi boshlig'i, taniqli sharqshunos olim Ashraf Ahmedov 2024-yilning 1-noyabr kuni 85 yoshida vafot etdi.
Ularning O‘zbekiston ilm-fan rivojiga qo’shgan hissasi, ezgu ishlari shogirdlari, yaqinlari qalbida mangu yashaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti nomidan marhumning oila aʼzolari va barcha yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

Ostonov Minbari

01 Nov, 08:16


Mantiq shuki, qaysi mukofotni Real futbolchisi olsa, u mukofot haqqoniy mukofot bo'ladi. Real futbolchilaridan boshqalar laylak haydab yuribdi faqat.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

01 Nov, 08:15


🏆 Globe Soccer Awards-bu futbolda qolgan yagona haqiqiy individual mukofot.‌‌

🇪🇸 "REAL MADRID" RASMIY KANALI 👇🏻
https://t.me/+PA3YFQxc3eMwZjky
https://t.me/+PA3YFQxc3eMwZjky

Ostonov Minbari

31 Oct, 15:59


Telegram'нинг ўзбек сегментида ҳуқуқ, санъат, илм-фан, ижтимоий ҳаёт, бизнес ва бошқа соҳаларга ихтисослашган энг фаол блогерларнинг каналларини тавсия қиламан. Бу каналлардан янги билимлар, қизиқарли фактлар, чиройли таҳлиллар топасиз.

Барча блогерларнинг каналларини битта ҳаволага жойлаб қўйдик. Уни босиб, истаганингизга ёки бирдан ҳаммасига обуна бўлишингиз мумкин.

Telegram'да кўп вақт ўтказсангиз, бу вақтни унумли сарфлашга ва фойдали маълумотлар олишга ҳаракат қилинг. Ушбу каналлар сизга мана шундай маълумот манбалари бўлиб хизмат қилади.

👉 https://t.me/addlist/Ooa-0GJofrcxODgy

Ostonov Minbari

31 Oct, 09:59


Obbo, bugun ham chiqish kerakmi unda

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

30 Oct, 16:39


Yangi topilgan shaharlar qoldiqlari haqida Fransiyaning mashhur Le Figaro nashri ham yozib chiqdi. Nature da chiqqan maqolani hali o'zim o'qimadim.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

30 Oct, 07:12


Фарёдим дунёнинг борлиғин бўғсин!
Умиднинг энг сўнгги иплари узсин!

Ғазабдан титраган ёш бир йигитнинг
Тоғдек сийнасига ўтлар ўрнашмиш,
Тоғларда эрк учун юрган кийикнинг
Қора кўзларига мотамлар кирмиш.

Дарёлар, тўлқинлар титраркан, бир эр
Зарбалар қаҳридан йиқилмиш қолмиш.
Қутқариш юлдузи йўқликка кирмиш,
Сенинг сўнг жонингни ёвларинг олмиш.

Мармара йўллари, Эдирна йўли,
Чаталжа кенглиги, Бўғоз торлиги,
Карпат баландлиги, Траблус чўли,
Гўзал Селаникнинг ширин боғлари.

Шаҳидлар юзига томгучи нурлар,
Қонлар йиғлатди-ку, бизни бу хабар.

Берлин кўчалари йигитнинг бирин
Тўп-тўлиқ ғалвалар қўйнига олди.
Тифлис ҳаволари бир нажот эрин
Қора қонга бўяб ерларга солди.

Тарихнинг рангини кўп қонлар билан
Қорартган, толдурган, бироқ Балжувон
Энг сўнгги умидни қонга бўяган
Оҳ, қандай уғурсиз замонлар келган.

Фарёдим дунёнинг борлиғин бўғсин!
Қоп-қора бахтимга шайтонлар кулсин!

Абдулҳамид Сулаймон ўғли Чўлпон.

🧠@Alimofflive

Ostonov Minbari

29 Oct, 08:43


Mindey tahlil qilib qarasak, oxirgi yillarda realning kuchayib ketgani Barsaning kuchsizlanish davriga to'g'ri kelarkan. Hatto Ronaldu o'ynagan davrda ham Realning ko'zini ochirmasdi Barsa kuchli zamonlarda. O'rtada Siti, Bavariya va Liverpul bir kuchanib oldi bahonada. Xullas, Barsadan kambek va bu davomli bo'ladi, deb umid qilamiz.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

28 Oct, 23:42


Parijdagi Vozj maydoni (Place des Vosges) Fransiyaning poytaxti Parijdagi eng qadimgi maydonlardan biridir. U XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida qurilgan bo‘lib, 1605-yilda Fransiya qiroli Anri IV tomonidan rasmiy ochilgan. Maydonning arxitektura uslubi klassik fransuz uslubida barpo etilgan va uni o‘rab turgan binolar qizil g‘isht va oq ganch ishlatilgan simmetrik tarzda qurilgan.

Vozj maydoni dastlab Place Royale deb atalgan, biroq 1800-yillarda Vozj departamentining inqilob davrida yig‘gan soliqlari uchun mamlakatdagi birinchi o‘rin egasi bo‘lgani tufayli, bu hududga uning nomi berilgan. Bu maydon Parijdagi Marais hududida joylashgan va hozirda mashhur sayyohlik manzili hisoblanadi.

Maydon Markazida qirol Lui XIII ning haykali, shuningdek, Viktor Gyugoning uyi ham joylashgan, hozirda u adibning muzeyiga aylantirilgan.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

28 Oct, 20:20


Messi keldi deb dezinformatsiya tarqatishibdi

Ostonov Minbari

22 Oct, 06:27


Korsarlar va dengiz qaroqchilari lug'ati ekan.

Ostonov Minbari

19 Oct, 09:45


Majlislar zali
Aktoviy zal
Yig'inlar o'tog'i

Menimcha, o'tov demoqchi bo'lishgan. O'toq deb ekinlarni begona o'tlardan tozalash jarayoniga aytiladi. O'tov ham ko'chma konstruksiya bo'lgani uchun, bugungi zal ma'nosiga uncha tushmaydi. Chunki, majlis zallari ko'chma emas hozirgi kunda.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

19 Oct, 08:58


XIX аср иккинчи ярмида Тошкент икки йирик вабо эпидемияси гирдобида қолади. Ҳар иккаласида ҳам минглаб инсонлар ушбу касалликдан вафот этади. Ушбу воқеалар фонида қўлланилган тақиқлар аҳолининг қаттиқ норозилигига сабаб бўлади.

Бугунги дастуримизда 1892 йил Тошкентда вабо тарқалишининг тарихи, қўзғолоннинг сабаб ва оқибатлари, Тошкентдаги иккита йирик маҳаллий элита кланининг мансаб учун курашиши, қўзғолон иштирокчилари ва йўлбошчиларнинг тақдири ҳамда Чор мустамлакачилик сиёсатининг қонли саҳифаларини очамиз.

Лойиҳамизни сўм билан қўллаб қувватловчиларга бу ишни https://tirikchilik.uz/alimoff сайтида қилиш мумкинлигини эслатиб ўтамиз. Бунга имконингиз бўлмаса шунчаки лайк, подписка ва комментарий билан қўлласангиз ҳам хурсанд бўламиз🫡

Видеони тўлиқ кўриш👉 https://youtu.be/rEF9tpaN_tk?si=GNDltUJ2G6vu9CHM

Ostonov Minbari

17 Oct, 11:23


Bugun shu haqda o'ylagan edim. O'qituvchilar haqida hamma fikr bildirib yotibdi. Hamma fikrlar bir xil, "dejurniy" tanqidlar. Masalan, men barcha o'qituvchidan nima bersa olganman. Biror marta ular haqida yomon gap gapirmaganman. Hamma ustozlarimni doim hurmat qilganman va qilaman ham. "O'qituvchilar unday bo'ldi, bunday bo'ldi, unaqa bo'lishi kerak, bunaqa bo'lishi kerak" deb hamma gapiradi.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

15 Oct, 17:21


Barcha zamonlarning eng top sketchlaridan biri. Marhamat, ko'zlaringa nostalgiya kirib ketsin, ko'rmaganlar, "iye shunaqasiyam bo'ganmi?" desin. Mirzo Teatri haqiqiy ijod qilgan zamonlar.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

14 Oct, 15:02


Меҳнатга оид яна битта фойдали инфо: https://t.me/hudud24official/28205

Карикатура: @habikatura

Ostonov Minbari

13 Oct, 16:56


O'zi, hech kim nazorat qilmaydigan, tekshirmaydigan, taqiq qo'yolmaydigan tushlarimiz bor edi. Shuniyam ko'p ko'rishyapti.

Ostonov Minbari

13 Oct, 15:54


XFactorda Barbara Pravining Voilà ashulasini aytayotgan qiz bexato talaffuz bilan aytyapti. Men juda qoyil qoldim fransuzcha talaffuziga. Kamdan kam uchraydi bunday ijrolar fransuzcha ashulalarda.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

12 Oct, 17:53


Nima buuuu! Musiqa - bu ilm! Oxirigacha eshitinglar! Sizlarga qilgan eng katta yaxshiligim shu bo'ladi.

Ostonov Minbari

12 Oct, 17:11


Kuni bilan ishladim, miyaga estetik dam berish uchun shuni tinglavordim. Sizlarga ham ilindim.

Ostonov Minbari

12 Oct, 15:59


Agar Avaz Oxunning konsertiga ikkita chipta olsak, uchinchisi tekin bo'ladimi? Akaga tashlab qo'yamiz😁

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

12 Oct, 09:21


Odatda ishdan charchagan paytda, zeriksam, ishlash yoqmasa stendap ko'raman. Odatda turkcha va fransuzcha ko'raman. Oxirgi yillarda o'zbekcha stendap ham yaxshi ketyapti. Ko'p stendapchilarni shaxsan taniyman. Shulardan biri Abbosjon Serobov. U va do'stlari tashkil qilgan EKG StandUp ertaga navbatdagi konsertini beryapti ekan. Toshkentdagilar boraverasizlar, chunki kirish tekin. Vaqtim bo'lsa, men ham o'taman.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

11 Oct, 16:44


Transfermarket bo'yicha futbolchilarning transfert narxlari ekan. 20talikka Barcelonadan faqatgina Yamal kirgan. Uning narxi 155 million yevro. Men shu yoshgacha 17 yoshda bunaqa baholangan futbolchini bilmayman. Balki bo'lgandir. Lekin bu bola fenomen allaqachon. O'yini shu zaylda stabil ketsa, jarohatlar xalal bermasa, Messining faoliyatini takrorlashi, balki undan ham o'tib ketishi mumkin. Hozircha u Barselonaning eng qimmat futbolchisi.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

11 Oct, 05:31


Moshinqullarning farosatsizligi bir tomon, yo'llarning juda kattaligi ikkinchi tomon. Yo'ldan o'tishga ulgurmaydi odam. Piyoda harakatini tugatsin, keyin yuraman deydigan shofyor juda kam bo'lsa kerak.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

10 Oct, 15:33


Eronga qarshi bir kishi ko'p bo'lib o'ynasak yutishimiz mumkin ekan. Shuyam hali noma'lum.

Ostonov Minbari

09 Oct, 16:46


Hizbulloh Eronning bir qo'lidek edi. Oxirgi kunlardagi voqealar fonida Eron qo'lidan voz kechdimikin, degan fikr paydo bo'lyapti menda. Avvaliga Hamas rahbari, keyin Hizbullohning bir nechta rahbari. Tahlilchilar fikricha, Eron Isroilga qarshi pozitsiyasini o'zgartirgan. U ko'proq ichki siyosat, avvalo respublikani asrab qolishga e'tibor qaratmoqchi. Konservator Raisiyning o'limi, reformator Pezeshkianning saylanishi ushbu fikrlarni haqiqatga yaqinlashtiradi. Qiziq jarayon ketyapti Yaqin Sharqda, balki bu qandaydir yangi tartibning boshlanishidir. Lekin ancha qonli kechmoqda.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

09 Oct, 16:00


😒😒😒

Ostonov Minbari

08 Oct, 06:05


Byurokratiyaning eng mukammal karikaturasini shu sketch ochib bergan. Karibidis legenda.

@ostonovminbari

Ostonov Minbari

07 Oct, 17:38


Bundan roppa-rosa bir yil oldin G'azo sektoridagi HAMAS guruhi jangarilari Isroil hududiga bostirib kirib, 2 mingga yaqin tinch aholi vakillarini o'ldirgan edi. Buning ortidan Isroil G'azoni kulini ko'kka sovurganini va sovurayotganini ko'rib turibmiz. Bir yildan buyon Isroil HAMASni yo'q qilishga harakat qilmoqda, lekin buning uddasidan chiqa olmayapti. Bir qator tahlilchilar va siyosiy sharhlovchilar fikricha, HAMASning G'azodagi mavjudligi Isroil uchun omad kaliti. Nega?

Isroilning amaldagi radikal o'ng millatchi hukumati va boshqa bir qator siyosiy partiyalar hududda Falastin davlati tuzilishiga doim qarshi bo'lib kelgan. Falastin tuzilishi uchun esa u yerda yagona hukumat yoki mushtarak maqsadlarga ega siyosiy elita bo'lishi lozim. G'azodagi HAMAS va G'arbiy sohildagi FATH esa o'za raqib siyosiy guruhlar hisoblanadi. G'azo amalda G'arbiy sohildan mustaqil hudud. U yerning o'z hukumati bor, o'z boshqaruv organlari bor. Ularning barchasi HAMAS a'zolari qo'lida jamlangan.

HAMASning asosiy moliyachisi esa Qatar davlati. Qatarning G'azodagi moliyaviy dasturlariga bir paytlar Netanyahu hukumati yo'l qo'yib bergan va qattiq tanqidga uchragan. Bunday tanqidlarga esa u ikkita asos keltiradi. Birinchidan, moliyalash dasturini nazorat qilish orqali pulni terrorchilar qo'liga emas, aholiga yo'naltirilishi ustidan nazoratga ega bo'lish. Ikkinchidan, bu narsa HAMAS va G'arbiy sohil o'rtasida chuqur paydo qiladi, degan. Isroil moliya vaziri Betsalel Yael Smotritz esa Isroil siyosati uzoq vaqt davomida FATHni yuk, HAMASni esa omad sifatida hisoblash asosida olib borilganini aytgan.

Shuningdek, Netanyahu boshqargan turli hukumat Falastin muxtoriyati rahbari Mahmud Abbosni tizzalatish va HAMASni kuchaytirishga qaratilgan choralar ko'rib kelganini qayd etadi, tahlilchilar. Xullas, HAMAS mavjud ekan, Falastin davlati tuzilmaydi.

@ostonovminbari