Aholi xonadonlarida tomorqa maydonlaridan samrali foydalanishni targ‘ib qilish, Sayxunobod tajribasini ommalashtirish hamda “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida iste’molbop sabzavot yetishtirishni rag‘batlantirish maqsadida ko‘rgazmali seminarlar o‘tkazilmoqda.
Navnatdagi tadbir Sarqipchoq mahallasida tashkil qilindi. Mahalla raislari va hokim yordamchilari, qishloq faollari ishtirok etgan tadbirda tajribali tomorqachi Kamoliddin Jumanov xonadoni taqdimot qilindi.
Ushbu oila 20 sotix maydonda ismaloq, sarimsoq, piyoz, sabzi, sholg‘om kabi iste’mol mahsulotlari, beda misolidagi ozuqabop ekinlar parvarishlamoqda. Bundan tashqari, tomorqada 100 tupdan ortiq mevali daraxtlar, 3 bosh qoramol, 20 bosh tovuq mavjud. Oilaning yillik daromadi 100 million so‘mga yaqin.
Seminarda ularning ijobiy tajribasini ommalashtirish yuzasidan vazifalar belgilandi.
Ulaning va ulashing:
Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram