Obuna Pay @obuna Channel on Telegram

Obuna Pay

@obuna


Obuna Pay — mualliflarni o’z obunachilari tomonidan moliyaviy qo’llab-quvvatlash imkoniyatini taqdim etadi.

🤖 @obuna_supportbot

Obuna Pay (Uzbek)

Obuna Pay — bu sizning mualliflaringizni o'z obunachilari tomonidan moliyaviy ravishda qo'llab-quvvatlash imkoniyatini taqdim etadigan Telegram kanalidir. Bu kanal orqali siz mualliflar va ularning yangi loyihalari bilan tanishishingiz mumkin. Obuna Pay sizga mualliflarning qo'llab-quvvatlash uchun yordam kerak bo'lganda ko'rsatiladigan platforma bo'lib, ularning mahsulotlarini qo'llab-quvvatlash, ularning yangi loyihalarini yaratishlariga yordam beradigan juft yarashning o'rin oladi. Agar siz ham mualliflarni o'z qo'llab-quvvatlashingizni oshirishni xohlaysiz, Obuna Pay kanaliga obuna bo'ling va mualliflar uchun moliyaviy qo'llab-quvvatlashda qatnashishning qulayliklaridan foydalaning. Obuna Pay — bu sizning mualliflaringizga o'z fikrlaringiz va qo'llab-quvvatni ko'rsatishning eng yaxshi usuli!

Obuna Pay

11 May, 11:09


💡Hurmatli ijodkor!

Agar bizning xizmatimiz bilan hamkorlik qilishni istasangiz quyidagi ariza shaklini to’ldirishingizni so’rab qolamiz. Biz albatta siz bilan bog’lanamiz.
📋 https://forms.gle/HHvDJfzRiS13sfMz6

Hurmat bilan “Obuna Pay” jamoasi!

Obuna Pay

10 May, 15:49


🏴‍☠️ Xavfsizlik davr talabi!

Hurmatli foydalanuvchilar barchangizdan moliyaviy amaliyotlarda ehtiyot bo’lishingizni so’rab qolamiz. Xizmatimizdan xavfsiz foydalanish uchun quyidagi ko’rsatmalar bilan tanishib chiqing:

🗂 “Obuna Pay” xizmati orqali bank kartangiz bilan amalga oshiriladigan barcha moliyaviy amaliyotlaringiz “Payme” xizmati yordamida amalga oshiriladi.

🛡 Bank kartangiz ma’lumotlari faqatgina “Payme” xizmatining serverlarida saqlanadi. “Obuna Pay” xizmati sizning bank kartangiz ma’lumotlarini saqlamaydi va qayta ishlamaydi.

🚀 Siz obuna bo’lmoqchi bo’lgan yopiq Telegram kanalining havolasi ushbu “@obunapaybot” manziliga sizni yo’naltiradi. Rasmiy bot manzili “@obunapaybot” hisoblanadi. Firibgar botlarga aldanib qolmang!

👮‍♀️ “Obuna Pay” ma’muriyati hech qachon sizga to’lov qilishingizni so’rab xabar yozmaydi. Obuna uchun to’lovlar faqatgina @obunapaybot orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi.

🔵 Yopiq kanal obunasini bekor qilmoqchi bo’lsangiz, botdagi “Obunalar” bo’limi orqali obunangizni bekor qilishingiz kerak. Aks holda obuna uchun to’lovlar siz tanlagan tarif bo’yicha qaytadan yechib olinadi.

Hurmat bilan “Obuna Pay” jamoasi!

Obuna Pay

20 Apr, 04:55


👨🏻‍🎨Obuna Pay xizmati ijodkorlar uchun qanday imkoniyat yaratadi?

1. Erkin ijod.
Odatda ko’plab yaxshi loyihalar va ijodkorlarning ijod qilishda davom etishi uchun ularga reklama beruvchilar kerak bo’ladi. Ammo pulli obunaga asoslangan kontent egalarining aksariyati reklamalarsiz ijod qiladi va ular o’z obunachilari tomonidan moddiy qo’llab-quvvatlanadi.

2. Hamjamiyat.
Obunaga asoslangan kontent hamjamiyat yaratishga yordam beradi. Ijodkor o’z obunachilari bilan fikr-mulohazalarini almashadi. Hamjamiyatning bildirgan fikrlari yangidan-yangi g’oyalarga eshik ochadi. Natijada ijodkor va hamjamiyat o’zaro yaqinlashadi.

3. Samaradorlik.
Odatda ijodkorlarning o’z ijodlari orqali daromad topishlari va loyihalarining davom etishi uchun uzoq vaqt va katta resurs talab qilinadi. Agar ijodkor pulli obunaga asoslangan holda ijod qilsa, samaradorlikka erishish uchun uzoq vaqt va millionlab obunachiga ega bo’lishi kerak bo’lmaydi.

Umuman olganda, obunaga asoslangan kontent ijodkor uchun erkin ijod qilish va o’z ijodining yangi qirralarini kashf etishga yordam beradi.

Obuna Pay

06 Apr, 20:58


⭐️Obuna Pay — xizmati obunachilar uchun qanday imkoniyat yaratadi?

Obunachilar “Obuna Pay” xizmati orqali o’zlari sevgan ijodkorning noyob kontentiga ega bo’lishlari va ijodkorni moliyaviy qo’llab-quvvatlashlari mumkin.
Shu bilan birga, pulli kontent obunachilarga bir qator afzalliklarni ham taqdim etadi, jumladan:

1. Sifatli kontent.
Pulli kontent odatda bepul kontentga qaraganda yuqori sifatda va professionalroq bo’ladi. O'z kontenti uchun haq oladigan ijodkorlar ko'pincha uni yaratish uchun ko'proq kuch va e’tibor sarflaydi, natijada yanada noyob va foydali mahsulot paydo bo'ladi.

2. Noyoblik.
Pulli kontent odatda obunachilarga omma uchun mavjud bo'lmagan kontentdan tashkil topadi.

3. O’zaro yaqinlik.
Pulli kontent kuzatuvchilari ko'pincha ijodkor bilan yaqindan muloqot qiladi. Ijodkorlar tomonidan yakkama-yakka maslahatlar, eksklyuziv savol-javoblar va mavzulashtirilgan fikr-mulohazalar tashkil etiladi.

4. Ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash.
Pulli kontentni xarid qilish orqali ijodkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mumkin. Bu esa ijodkorlarga sifatli kontent yaratishda davom etishga yordam beradi.

5. Reklamalarsiz kontent.
Pulli kontent odatda reklamasiz bo’ladi va obunachilarga turli xil mahsulotlarni reklamasiga chalg’imasdan sevimli kontentlariga ega bo’lish imkonini beradi.

Umuman olganda, pulli kontent va uning narxi kuzatuvchilar uchun ma’qul bo'lsa, bu obunachilarga sezilarli qiymat yaratishi mumkin.

Obuna Pay

08 Oct, 08:03


Obuna Pay — mualliflarni o’z obunachilari tomonidan moliyaviy qo’llab-quvvatlash imkoniyatini taqdim etadi.

Obuna Pay

29 Aug, 19:09


Channel created