Abit.uz | Rasmiy kanali @abit_uz Channel on Telegram

Abit.uz | Rasmiy kanali

@abit_uz


Abit.uz | Rasmiy sahifasining telegram kanali☑️

Reklama: t.me/m/LyIsVspGM2Uy
@talim_admin

📩 @abitmurojaatbot

Abit.uz | Rasmiy kanali (Uzbek)

Abit.uz Telegram kanaliga xush kelibsiz! Agar siz talaba yoki o'quvchi bo'lsangiz, bu kanal siz uchun! Abit.uz rasmiy sahifasining telegram kanalida eng so'nggi yangiliklar, maqolalar, va savollar haqida ma'lumotlar paydo bo'ladi. Talim sohasiga oid reklamalar ham bu kanalda e'lon qilinadi. Agarda siz o'zingizga oid savollaringiz yoki takliflaringiz bo'lsa, @abitmurojaatbot orqali murojaat qilishingiz mumkin. Boshqa savollaringiz uchun esa, @talim_admin ga yozishingiz mumkin. Sizga eng so'nggi yangiliklar, ma'lumotlar va reklamalar bilan ta'minlovchi Abit.uz telegram kanaliga obuna bo'ling va talimingizni yanada rivojlantiring!

Abit.uz | Rasmiy kanali

28 Sep, 08:57


⚡️To‘lagan kontraktingizdan 12 foizini qaytarib olishingiz mumkin!

To‘langan kontraktdan 12 foiz daromad solig‘ini kimlar va qanday qilib qaytarib olish bo‘yicha ushbu videolavhada batafsil tushuntirilgan.

Super-kontrakt to'laganlar ham huddi shunday 12% soliq yig'imini qaytarib olish huquqiga egalar!

@abit_uz — Abituriyentlar uchun maxsus!

Abit.uz | Rasmiy kanali

26 Sep, 10:03


⚡️Texnologik ta'lim yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?

Faoliyat obyektlari:
➡️ Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida;
➡️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi idoralarda;
➡️ O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida;
➡️ Tabiiy, iqtisodiy-ijtimoiy geografiya, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, geografiya ta’limi, iqtisodiyot sohalaridagi muammolar va ularning yechimlari sohalarida;
➡️ Davlat boshqaruv organlari, o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida.

Bitiruvchilar quyidagi kasbiy faoliyat sohalari bo'yicha ishlashlari mumkin:
➡️ Texnologiya fani va kasb tanlashga yo‘llash o‘qituvchisi;
➡️ O‘rta maxsus va professional ta’limda mutaxassislik fanlari o‘qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;
➡️ Maktabdan tashqari ta’limda to‘garak fanlari o‘qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;
➡️ Tashkilotlarda hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash ishlari bilan shug‘ullanish va fan o‘qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;
➡️ O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish;
➡️ Umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori;
➡️ laborant;
➡️ kabinet mudiri;
➡️ tyutor.

😀😃😄😊☺️

@abit_uz — Abituriyentlar uchun maxsus 🔴

Abit.uz | Rasmiy kanali

26 Sep, 08:58


⚡️«Yosh ziyokor» uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan nodavlat OTMlar reytingi

Xotin-qizlar tanlovi katta bo‘lgan OTMlar (100 talabaga to‘g‘ri keladigan ayol talaba):
Urganch Innovatsion Universiteti - 91
Xalqaro Nordik universiteti - 88
Profi University Navoiy filliali - 86
Yangi Asr Universiteti - 85
Ipak yo‘li innovatsiyalar universiteti - 80

O‘qituvchilar soni bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichga ega OTMlar (100 talabaga to‘g‘ri keladigan professor-o‘qituvchi):
Samarqand Xalqaro Texnologiya Universiteti - 43
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti - 25
Toshkent xalqaro universiteti - 12
British Management University in Tashkent - 10
IMPULS tibbiyot instituti - 10

Grantlar taqdim etish ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yaxshi natija ega OTMlar (100 talabaga to‘g‘ri keladigan grant o‘rinlari):
Toshkent xalqaro universiteti - 15
British Management University in Tashkent - 13
Japan Digital University - 13
Samarqand Xalqaro Texnologiya Universiteti - 10
Acharya Universiteti - 10

Boshqa viloyatlardan kelib o‘qish ko‘rsatkichi bo‘yicha yuqori OTMlar (100 talabaga to‘g‘ri keladigan boshqa viloyatlik talabalar):
Nukus innovatsion instituti - 100
Ipak yo‘li innovatsiyalar universiteti - 99
Xalqaro innovatsion universitet - 99
Toshkent gumanitar fanlar universiteti - 95
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti - 94

Nodavlat OTMlar orasida sirtqi ta’limga e’tibor kuchli bo‘lishiga qaramay, ularning 20 tasida sirtqi ta’lim shaklida ta’lim olayotgan talabalar mavjud emas.

Xorijiy talabalar ta’lim olishi ko‘rsatkichi bo‘yicha holat ijobiy emas. Masalan, Andijon iqtisodiyot va pedagogika universitetida 100 ta talabaga bor yo‘g‘i 1 ta xorijiy talaba to‘g‘ri kelsa, boshqa nodavlat OTMlarda bu qiymat nolga teng.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Abit.uz | Rasmiy kanali

23 Sep, 08:30


⚡️Chet tillarini bilish darajasini baholashning ko‘p darajali(multilevel) tizimida gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati bo‘yicha videoyo‘riqnoma.

❗️Ushbu yangi format talabgorlarning ingliz, fransuz, nemis va arab tillaridan gapirish ko‘nikmasini baholashda joriy etiladi.

👉 Gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin: https://uzbmb.uz/page/cefr_speaking

@abit_uz — Abituriyentlar uchun maxsus!

Abit.uz | Rasmiy kanali

19 Sep, 10:01


⚡️Rasman: Kontrakt to‘lovini amalga oshirish muddatlari belgilandi

2024/2025-oʻquv yilidan boshlab respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda tahsil olayotgan talabalar uchun toʻlov muddatlari quyidagicha belgilandi:

🔹belgilangan toʻlov miqdorining kamida 25 foizi talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 2024-yil 15-sentyabrgacha yoki Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha hamda ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun 2024-yil 1-oktyabrgacha yoki oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha;

🔸belgilangan toʻlov miqdorining kamida 50 foizi 2025-yil 1-yanvargacha, 75 foizini 2025-yil 1-martgacha va 100 foizini 2025-yil 1-maygacha yoki oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha.

Bunda, mazkur tartib moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari uchun tavsiyaviy xarakterga ega.

@abit_uz — Abituriyentlar uchun maxsus!

Abit.uz | Rasmiy kanali

17 Sep, 13:25


🗺 Toshkent metro xaritasi.

Saqlab oling, albatta foydasi tegadi.

@talimuz

Abit.uz | Rasmiy kanali

06 Sep, 18:49


⚡️ Chet tilini bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi bo‘yicha diagnostik test sinovi (mock exam) uchun ro‘yxatga olish davom etmoqda

18-sentyabr kuni Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan chet tilini (ingliz, nemis, arab tillari) bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha navbatdagi diagnostik test sinovi (mock exam) o‘tkaziladi.

📍 Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar my.uzbmb.uz saytining “Ilmiy markaz” bo‘limi orqali 12-sentyabr soat 18:00 ga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

☎️ Murojaat uchun: (95) 515-68-68

@abit_uz — Abituriyentlar uchun maxsus 🔴

Abit.uz | Rasmiy kanali

06 Sep, 03:02


#qabul2024

⚡️Super” kontrakt boʻyicha qoʻshimcha tartiblar belgilandi

Davlat komissiyasi bayoniga koʻra, kirish imtihonlari natijasi boʻyicha tanlovda ishtirok etib, ikkinchi-beshinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlaridan biri boʻyicha davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga oʻz xohishlariga koʻra, ustuvorligi boʻyicha tanlagan birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga ruxsat berildi. Ushbu holatda abituriyent toʻplagan bali birinchi taʼlim yoʻnalishida toʻlov-kontrakt asosidagi oʻtish balidan past boʻlishi lozim.

❗️Bunda kontrakt summasini hisoblash Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatining minimal miqdorlari asosida amalga oshiriladi.

Shuningdek, tanlagan barcha yoʻnalishlarga oʻqishga tavsiya etilmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan yoʻnalishlaridan birida tabaqalashtirilgan kontrakt asosida oʻqishiga ruxsat beriladi.

❗️Bunda, oliy taʼlim muassasalari tomonidan talabalikka qabul qilish tanlov boʻyicha birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida eʼlon qilingan test sinovlari natijalariga koʻra, abituriyentlaring toʻplagan balini asos sifatida qabul qilib, murojaat etgan abituriyentlarning arizalariga muvofiq, toʻplagan ballari qatʼiy ketma-ketligiga rioya etgan holda amalga oshiriladi.

Eslatma:Super” kontraktning bir yillik oʻqitish qiymatidan kamida 50 foizi miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshirgan abituriyentlar talabalar safiga qabul qilinadi. Super kontraktni 2024-yil 15-oktyabrga qadar toʻliq (100 foiz) toʻlagan abituriyentlarga, istisno tariqasida 10 foiz chegirma taqdim etiladi.

@abit_uz — Abituriyentlar uchun maxsus 🔴

Abit.uz | Rasmiy kanali

03 Sep, 15:57


😂

Abit.uz | Rasmiy kanali

30 Aug, 10:28


#talabaga_qulaylik #foydali

Zamonaviy “maklerlar” xizmatingizda!


Toshkent kimyo-texnologiya institutining ijarada turmoqchi bo‘lgan talabalari uchun institut volontyorlari tomonidan suratga olingan kreativ ijtimoiy rolik.

Qo‘shimcha ma’lumot bu yerda👈

@abit_uz — Abituriyentlar uchun maxsus 🔴

Abit.uz | Rasmiy kanali

28 Aug, 05:15


⚡️Rasman: O'qishni ko'chirish bo'yicha aloqa xatlari berish boshlandi.

Xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish imtihonlaridan muvaffaqqiyatli o'tgan talabgorlar uchun aloqa xatlari berish boshlanmoqda.

Birinchi bo'lib Andijon davlat chet tillari instituti aloqa xatlarini berishni boshladi.

Siz ham o'qishingizni ko'chirgan oliygohingiz rasmiy sahifalarini kuzatib boring, aloqa xatlari bo'yicha har bir oliygoh o'zining sahifasida xabar beradi.

@abit_uz — Abituriyentlar uchun maxsus 🔴

Abit.uz | Rasmiy kanali

27 Aug, 12:07


DIQQAT!

Agar siz 17-28 yosh orasida bo'lsangiz:
Pastda sizga bir havola qoldiramiz, siz uni to'ldirib shaxsiy rivojlanish va INTIZOM orqali o'z darajangizni bilib olasiz va "Intizom motivatsiyadan ustun" nomli kursimizni yutib olish imkoniyatini qo'lga kiriting!

So'rab qolamiz-ki, savollarga rostgo'ylik bilan javob berishingizni, oldindan rahmat 🤩
Siz ham o'z darajangizni bilib oling!

👉 So'rovnomaga qatnashish:
https://forms.gle/jYVUTcMemSzRjLkP6