23-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi PQ-5148-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 8 ta tijorat banklari xodimlari o‘rtasida "Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha sport sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida"gi nizomga muvofiq sport sinovlari o‘tkazildi. Jami 369 nafar bank xodimlaridan spоrt sinovlari qabul qilindi.
Test sinovlarini topshirish davomida xodimlarning jismoniy tayyorgarligi baholandi. Sport sinovlarini topshirish istagini bildirgan xodimlar tezlik, kuch, chidamlilik va egiluvchanlik sifatlarini aniqlashga qaratilgan mezonlar bo‘yicha ixtiyoriy va maxsus talablar asosida sport sinovlarini topshirdi. Reja asosida joriy yilning 30-noyabrga qadar qolgan 6 ta tijorat banklaridan sinovlar qbul qilinishi rejalashtirilgan.
💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot xizmati
🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube