e-gov.uz @egovuz Channel on Telegram

e-gov.uz

@egovuz


Рақамли ҳукумат марказининг расмий телеграм канали

Фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим:
🤖 @egovuz_bot
📞+998 55-501-36-06

✉️ E-mail: [email protected]
🌐 Web: e-gov.uz

Facebook: link.egov.uz/fb
Instagram: link.egov.uz/ig
Youtube: link.egov.uz/yt

e-gov.uz Promotional Article (Uzbek)

E-Government Center's Official Telegram Channelnne-gov.uz is the official Telegram channel of the E-Government Center, where you can stay updated on the latest news and developments related to e-governance in Uzbekistan. This channel is a hub of information for citizens who want to access government services online and stay informed about digital initiatives.

Who is it?
This channel is for anyone interested in e-governance, digital services, and government updates in Uzbekistan. Whether you are a citizen looking to access government services conveniently or a tech enthusiast curious about the latest digital innovations in governance, this channel is for you.

What is it?
e-gov.uz is your go-to source for official announcements, news, and updates from the E-Government Center. From new digital services to information on government initiatives, this channel provides valuable insights into the digital transformation of governance in Uzbekistan.

Stay connected with e-gov.uz to access the latest information on e-governance, government services, and digital initiatives in Uzbekistan. Be part of the digital revolution and join the conversation on e-gov.uz's Telegram channel today!
For more information:n🤖 @egovuz_botn📞 +998 55-501-36-06n✉️ E-mail: [email protected]🌐 Web: e-gov.uznnFollow us on social media:nFacebook: link.egov.uz/fbnInstagram: link.egov.uz/ignYoutube: link.egov.uz/yt

e-gov.uz

09 Feb, 03:48


Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi!

2025-yil 9-fevral kuni biz buyuk shoir, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligini nishonlaymiz. Uning asarlari nafaqat o‘zbek adabiyotining eng yirik yodgorliklari, balki butun dunyo madaniyatining qimmatli xazinasidir. Navoiy nafaqat adabiyotda, balki ilm-fan, falsafa va axloqda ham o‘zining chuqur izini qoldirgan.

Bugungi kunda Navoiy asarlari, uning g‘oyalari va ilmiy ishlanmalari internetda mavjud bo‘lib, ular har bir inson uchun oson va bepul foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.

Yosh avlodni Navoiy merosi bilan tanishtirish, uning adabiy va ma’naviy qadriyatlarini anglatish uchun raqamli platformalar, onlayn kutubxonalar va virtual ekskursiyalar tashkil qilinmoqda. Navoiy singari buyuk mutafakkirlarning asarlari yordamida biz zamonaviy jamiyatni ma’naviy va ilmiy jihatdan yanada boyitishimiz mumkin.

Raqamli texnologiyalar yordamida Navoiy merosini asrash va unga ehtirom ko‘rsatish — bu bizning burchimiz. Uning g‘oyalari bugungi kunda ham dolzarb va ijobiy o‘zgarishlarni yaratishda davom etmoqda.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

08 Feb, 07:01


Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan:

Yozuvchilar uchun elektron davlat xizmatlarini taqdim etamiz 📚

📆 9-fevral — buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy tavalludi kuni. Ushbu sana munosabati bilan biz siz, aziz yozuvchilar va nashriyotchilarga o‘z asarlaringizni keng auditoriyaga yetkazishda ko‘maklashuvchi zamonaviy imkoniyatlar haqida so‘zlamoqchimiz.

📖 Ijodingizni yangi bosqichga olib chiqing!

Agar siz kitoblar yoki davriy nashrlar yaratish bilan shug‘ullansangiz, quyidagi elektron davlat xizmatlari siz uchun juda foydali bo‘lishi mumkin:

📚 BBK indeksi (Kutubxona-bibliografik tasnif)

Kitobingiz kutubxonalarda munosib o‘rin egallashini istaysizmi? Ushbu indeks adabiyotlarni to‘g‘ri tasniflashga yordam beradi va ularning o‘quvchilar tomonidan oson topilishini ta’minlaydi.

📖 UDK indeksi (Universal o‘nlik tasnif)

Butun dunyo bo‘ylab ilmiy va badiiy nashrlarni tizimlashtirishda qo‘llaniladigan ushbu tizim ilmiy nashrlar, darsliklar va boshqa asarlar uchun majburiy hisoblanadi.

📕 ISBN — kitobingiz "pasporti"

Kitobingiz butun dunyoga tanilishini xohlaysizmi? Xalqaro standart kitob raqamini (ISBN) olish orqali kitobingiz rasmiy ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Bu uni tarqatish va sotishni osonlashtiradi.

📰 ISSN — davriy nashrlar uchun noyob raqam

Agar siz jurnal yoki boshqa serial nashrlarni chiqarayotgan bo‘lsangiz, Xalqaro standart serial raqami (ISSN) uning rasmiy maqomini tasdiqlaydi va kataloglarda ro‘yxatdan o‘tkazishni osonlashtiradi.

📱 Zamonaviy texnologiyalar — ijodkorlarga yordamchi!

🔵Bugungi texnologiyalar mualliflarga eng muhim jihat — ijodkorlikka e’tibor qaratish imkonini beradi. Kitoblar va nashrlarning shakllanishi esa elektron davlat xizmatlari tufayli yanada osonlashadi.

🟡 Alisher Navoiyning bebaho merosi sizga ilhom bersin, biz esa sizning asarlaringizni har bir o‘quvchiga yetkazishda yaqindan ko‘maklashamiz!

📝 Onlayn xizmatlardan foydalaning va kitobxonlar ijodingizdan bahramand bo‘lishidan zavqlaning!

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

07 Feb, 07:37


"Qaysi rahbar raqamlashtirishni kechiktirsa – ochiqlik siyosatimizga qarshi chiqqan bo‘ladi” — Prezident

Prezident xizmatlar sohasida raqobatbardoshlikni oshirish bevosita hudud va tarmoqlarni raqamlashtirish darajasi bilan bog‘liqligini ta’kidladi.

Kadastr agentligiga ko‘chmas mulk manzillarining yagona reyestrini tez fursatda oxiriga yetkazish, Transport vazirligiga barcha turdagi yo‘lovchi transportiga chipta olish imkonini beradigan yagona platformani ishga tushirish kechikayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

“Takror aytaman. Qaysi rahbar raqamlashtirishni kechiktirsa – ochiqlik siyosatimizga qarshi chiqqan bo‘ladi”, — dedi Prezident.

Vazirlar Mahkamasiga har bir vazir va hokimga raqamlashtirish bo‘yicha alohida KPI, aniq vazifa va muddatlarni belgilab berish topshirildi.

Misol uchun, Turizm qo‘mitasi turistlar mehmonxona, dam olish maskanlarini “bron” qilish, avia va temir yo‘l, muzey, teatrga chipta sotib olish, gid va tarjimonlarni yollash kabi xizmatlarni masofadan turib olish imkonini beradigan yagona platformani ishga tushirishi lozim.

Yoki, Tashqi ishlar va Adliya vazirliklari O‘zbekistonga kirish uchun elektron vizani 3 kunda rasmiylashtirish imkonini yaratishi kerak.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

07 Feb, 07:27


Masofaviy xizmatlar eksportini yangi bosqichga olib chiqish vaqti kelgani ta’kidlandi.

Faqat texnik xizmat ko‘rsatish bilan cheklanmay, buxgalteriya, konsalting, sug‘urta, yuridik va boshqa professional xizmatlar eksportini yo‘lga qo‘yish kerakligi qayd etildi.

Mutasaddilarga xorijiy davlatlarning xizmatlar importini va talablarini tahlil qilib, o‘quv dasturlarini shunga moslash va tegishli mutaxassislarni tayyorlash topshirildi.

Bu yil kreativ iqtisodiyotdagi startap loyihalar uchun 50 million dollar ajratildi.

Misol uchun, “Amazon”da ishlab, Nukusga qaytib kelgan Beknazar Abdukamolov startap loyihasiga “Facebook”dan 3 million dollar jalb qilgani uchun bugungi kunda aktivlari 15 million dollarga baholanmoqda.

Hozirda dunyoning yirik IT kompaniyalarida ishlayotgan bunday yuzlab yoshlarimiz bor. Raqamli texnologiyalar vazirligiga eng avvalo shunday yoshlar bilan birgalikda startap loyihalarini amalga oshirish lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Umuman, 2025-yilda IT xizmatlari hajmini 30 foizga o‘stirib, 80 trillion so‘mdan, eksportini 1 milliard dollardan oshirish zarurligi ta’kidlandi.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

07 Feb, 07:25


Kreativ sohalar – IT, turizm, loyiha, dizayn, injiniring kabi xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha aniq ish va natija kerakligi qayd etildi.

Yangi farmonga ko‘ra, 1-martdan 6 oy davomida sotilmagan 10 ming kvadratgacha bo‘lgan davlat obyektlari tadbirkorlarga 10 yilga to‘g‘ridan to‘g‘ri ijaraga beriladi.

To‘rt yil davomida ijara vaqtida to‘lansa, bu joy tadbirkorga xususiylashtirib beriladi.

Yoshlarni IT va chet tiliga o‘qitib, xalqaro tan olingan sertifikat beradigan tadbirkorlar birinchi yil ijara to‘lamasligi belgilandi.

Buning hisobiga bu yil har bir viloyatda 5 tadan davlat obyektini tadbirkorlarga ijaraga berib, kamida 100 ming yoshlarni IT va chet tiliga o‘qitish zarurligi ta’kidlandi.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

07 Feb, 07:21


IT, moliyaviy xizmatlar, turizm, aviatsiya, ta’lim va tibbiyot sohalarida “katta sakrash” bo‘ldi – Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Uch yil oldin qabul qilingan xizmatlar sektorini rivojlantirish bo‘yicha katta dastur bugun natijasini berayotgani ta’kidlandi.

Qo‘shimcha 1,5 million aholi servis sohasida doimiy daromadga ega bo‘ldi. Xizmatlar 2018-yildagi 19 milliarddan 65 milliard dollarga oshdi (o‘sish – 3,5 barobar).

Ayniqsa, IT, moliyaviy xizmatlar, turizm, aviatsiya, ta’lim va tibbiyot sohalarida “katta sakrash” bo‘ldi.

So‘nggi yetti yilda aholi daromadi va to‘lov qobiliyati 2 karra o‘sgani natijasida aholida yangicha xizmat va servis turlariga talab ortmoqda.

Shunga yarasha vazirlar va hokimlar talabga mos ravishda xizmatlarni rivojlantirishi kerakligi qayd etildi.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

05 Feb, 10:18


#OAV_biz_haqimizda

▶️ «O‘zbekiston 24» telekanali my.gov.uz portali imkoniyatlari haqida reportaj tayyorladi.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

05 Feb, 09:26


#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Bolalarda nogironlikning oldini olishga koʻmaklashuvchi tizim yaratiladi

📱2025-yil 1-martgacha “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida “Kunduzgi parvarish xizmatini boshqarish” axborot moduli hamda uning mobil ilovasi yaratiladi.

📝 Prezident qaroriga koʻra, 2027-yil 1-iyulgacha kunduzgi parvarish xizmatini yoʻlga qoʻygan tadbirkorlarga Markaziy bankning asosiy stavkasida davlat-xususiy sheriklik loyihasi doirasida mebel va jihozlar xaridi uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi.

👉 Ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatishni tashkil etish jarayonlarini raqamlashtirish maqsadida, quyidagilar yaratiladi:

2025-yil 1-martgacha “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida “Kunduzgi parvarish xizmatini boshqarish” axborot moduli hamda uning mobil ilovasi;
2025-yil 1-sentyabrgacha bolalarning rivojlanishida kuzatiladigan nuqsonlarni erta aniqlash va oʻz vaqtida kompleks ijtimoiy-tibbiy yordam bilan qamrab olish, ularda nogironlikning oldini olish hamda nogironligi boʻlgan bolalarda muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvni taʼminlashga koʻmaklashuvchi “Bolalar salomatligi” axborot tizimi.

👉 Shuningdek, uch oy muddatda Soliq kodeksiga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflar Hukumatga kiritiladi:

davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmatini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarini 2030-yil 1-yanvarga qadar barcha turdagi soliqlarni (bundan ijtimoiy soliq mustasno) toʻlashdan ozod qilish;
ota-ona ning kunduzgi parvarish xizmatlaridan foydalangani uchun oyiga 3 million soʻmgacha boʻlgan toʻlovlarini soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritish.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

04 Feb, 10:41


#OAV_biz_haqimizda

«O‘zbekiston 24» telekanalida "Davlat xizmatlari ko‘rsatish: maqsad, natija va rejalar" mavzusida tok-shou tashkil etildi. Unda Raqamli hukumat markazi mutaxassislari ishtirok etishdi.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

03 Feb, 12:59


#OAV_biz_haqimizda

"Yangi taraqqiyot davri" ko‘rsatuvining navbatdagi sonida Raqamli hukumat markazi mutaxassislari ekspert sifatida ishtirok etishdi


📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

03 Feb, 12:40


#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Haydovchining xorijga chiqish taqiqi elektron navbatda tekshiriladi

“O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali jismoniy shaxslar harakatlanishi hamda ular tomonidan tovar va transport vositalarini olib o‘tish jarayonlarini yanada soddalashtirish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (44-son, 29.01.2025-y.) qabul qilindi.


Qarorga ko‘ra, ikkita nizom tasdiqlandi:

1️⃣ “Elektron navbat” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda, avtotransport vositalarining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktidan harakatlanish tartibi to‘g‘risida"gi nizom.

📌 Bunda xizmatdan foydalanish uchun vakolatli shaxs Bojxona qo‘mitasining rasmiy veb-sayti yoki navbatlarni boshqarish tizimi joriy etilgan kutish zonalarida navbat olishi mumkin.

🚫 Avtotransport vositasi navbatlarni boshqarish tizimida belgilangan vaqtda yetib kelmaganda, olingan elektron navbat o‘z kuchini yo‘qotadi.

2️⃣ “Jismoniy shaxslarning Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktidan harakatlanishida “Fast-track” xizmatidan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.

📝 Unga ko‘ra, xizmatdan foydalanish uchun jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxsning vakili Bojxona qo‘mitasining rasmiy veb-sayti yoki elektron to‘lov tizimlari orqali harakatlanishdan oldin elektron yoki o‘tkazish punktiga harakatlanish chog‘ida og‘zaki ravishda murojaat qiladi.

🔍 Xizmatdan foydalanadigan shaxslar hamda ularning qo‘l yuki va bagajlari nazorati ushbu xizmat uchun ajratilgan alohida joylarda davlat nazorati organlari tomonidan navbatsiz amalga oshiriladi, mazkur xizmatdan foydalanayotgan jismoniy shaxslar navbati bundan mustasno.

📜 Xizmatdan foydalanganlik uchun to‘lov 18 yoshga to‘lgan har bir jismoniy shaxs uchun navbat olinadigan kundagi BHMning 15 foizi miqdorida to‘lanadi.

❗️Endilikda haydovchining chiqishdagi cheklovlari (qarzi, qidiruv, ruxsatnoma) navbat olishda tekshiriladi.

Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan sanadan e’tiboran 3 oydan so‘ng kuchga kiradi.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

31 Jan, 09:36


⚡️Raqamlashtirish va sun’iy intellektning dolzarb masalalari

Olmaota shahrida bugun, 31-yanvar kuni «Digital Almaty 2025» xalqaro raqamli forumining yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov mamlakatimizda raqamlashtirishni jadallashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, yurtimizni sun’iy idrok texnologiyalaridan foydalanuvchi dunyoning yetakchi davlatlari qatoriga kirishiga erishish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida taqdimot qildi.

Davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha 2030-yilgacha bo‘lgan strategiya tasdiqlanib, muayyan maqsadli ko‘rsatkichlar belgilab berilgani qayd etildi.

Xususan, sun’iy ongga asoslangan dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va raqamli xizmatlar ko‘rsatish hajmini 1,5 milliard dollargacha oshirish, bir qator ilmiy laboratoriyalar yaratish, yuqori samarali server infratuzilmasini shakllantirish singari ko‘plab ustuvor vazifalar maqsad qilib olingan.

Yalpi majlisda Strategiya doirasida yigirmadan ortiq loyiha amalga oshirilgani hamda iqtisodiyotning asosiy tarmoqlariga sun’iy intellekt texnologiyalari jadal tatbiq etilayotgani natijasida qator yutuqlarga erishilgani ma’lum qilindi.

Jumladan, Toshkent metropolitenida «Palm Pay», to‘lov tizimi joriy etilib, to‘lovlarni amalga oshirishda yo‘lovchilarga qulaylik yaratildi, banklar va yirik savdo majmualarida «My ID» va «UzFace» tizimi yo‘lga qo‘yilgani esa mijozlarni identifikatsiyalashni tezlashtirish va raqamli firibgarlik xavfini kamaytirish imkonini berdi, soliq tizimi va davlat xizmatlari portalida aholiga maslahatlar berish va elektron xizmat olishga yordam beruvchi virtual yordamchilar ishga tushirildi.

Natijada, O‘zbekiston 2024-yilda «Hukumatning sun’iy intellektga tayyorligi reytingi»da 17 pog‘onaga ko‘tarildi.

Yalpi majlisda sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan Strategiyasiga muvofiq, O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Bunda, ayniqsa, birinchi navbatda, IT infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani bildirildi.

Shu maqsadda, O‘zbekiston sun’iy idrokni tartibga solish standartlarini ishlab chiqish, kadrlar tayyorlash va zarur infratuzilmani yaratish bo‘yicha yetakchi tashkilotlar va IT kompaniyalar bilan xalqaro hamkorlikni faol kengaytirmoqda.

Shuningdek, raqamlashtirish va sun’iy intellektning dolzarb masalalari, shu jumladan, mazkur yo‘nalishda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari to‘g‘risida atroflicha fikr almashildi.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

28 Jan, 14:08


🌐 Raqamli hukumat markazida Janubiy Koreya elchixonasi vakillari kutib olindi

🇺🇿🇰🇷Bugun, 28-yanvar kuni Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazida Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi elchixonasi birinchi kotibi Cho Xyon Xye xonim bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🤝 Uchrashuvda O‘zbekistonning elektron hukumat to‘g‘risidagi qonunchiligi, xususan, aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatishni soddalashtirish va idoralararo ma'lumotlar almashinuvini muvofiqlashtirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.

📱Shuningdek, “yagona darcha” yondashuvi orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, idoralar mustaqil ravishda zarur hujjat va ma’lumotlarni elektron shaklda to‘plashi, buning evaziga fuqarolar zimmasidagi yukning kamayishi haqida ma'lumotlar berildi. Muhokama qilingan yana bir masalalardan biri – ortiqcha maʼlumot soʻrash holatlarining oldini olish uchun idoralar oʻrtasida uzluksiz hamkorlikni taʼminlashga erishish boʻldi.

🔵Janubiy Koreya vakillari Markazning faoliyati va raqamli boshqaruvni rivojlantirish borasidagi yutuqlari bilan ham yaqindan tanishdi. O'z o'rnida Cho Xyon Xye xonim O‘zbekistonning raqamlashtirish sohasida erishayotgan natijalarini yuqori baholadi.

Tomonlar kelgusida ikki mamlakat oʻrtasidagi raqamli hukumat sohasidagi loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

28 Jan, 06:35


⚡️Hurmatli Davlat feldyegerlik xizmati xodimlari!

O‘zbekiston Respublikasi Davlat feldyegerlik xizmati tashkil etilganligining 33-yilligi munosabati bilan barchangizni samimiy muborakbod etamiz!

1992-yil 28-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan, Davlat feldyegerlik xizmati tashkil etilgan va shundan beri mamlakatimizdagi muhim vazifalarni bajarishda beqiyos hissa qo‘shib kelmoqda.

Hozirgi zamon texnika va texnologiyalari qanchalik rivojlangan bo‘lmasin, Davlat feldyegerlik xizmati o‘zining ishonchliligi va muhim ahamiyati bilan hali ham mamlakatimiz aloqa tizimining asosiy bo‘g‘ini bo‘lib qolmoqda.

Hurmatli xizmat xodimlari, sizlarning fidoyi mehnatingiz, mas’uliyatingiz va kasbga sadoqatingiz barchamiz uchun o‘rnakdir. Davlatimiz kelajagi va rivoji yo‘lida olib borayotgan mashaqqatli xizmatlaringizga ulkan muvaffaqiyatlar, oilaviy farovonlik va yangi yutuqlar tilaymiz!

Davlat feldyegerlik xizmati tashkil topgan kun muborak bo‘lsin!

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X

e-gov.uz

27 Jan, 11:34


#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️1-fevraldan nimalar o‘zgaradi?

2025-yil 1-fevraldan Oʻzbekiston qonunchiligida ayrim oʻzgarishlar roʻy beradi. Quyida ularning raqamlashtirishga oid qismlarini eslatib oʻtamiz.

Batafsil 👉 https://egov.uz/news/1-fevraldan-nimalar-ozgaradi-1609

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

24 Jan, 06:32


#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Nufuzli xalqaro brendlardan jalb qilingan texnolog, dizayner, marketolog kabi mutaxassislar uchun yig‘im undirilmaydi


📝 Vazirlar Mahkamasining qarori (30-son, 22.01.2025-y.) bilan Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

🟡 Unga ko‘ra, Hukumatning ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

▪️maxsus iqtisodiy zona hududida investisiya loyihasini amalga oshirish uchun elektron-onlayn auksion savdolari g‘olibi bo‘lgan yuridik shaxslar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisi maqomini olish uchun qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini amaliyotga tatbiq etiladi;

▪️yuridik shaxsni qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda soliq va kadastr ma’lumotlar bazalaridan qat’iy foydalanadi;

▪️O‘zbekiston Respublikasiga sanoat sohasidagi nufuzli xalqaro brend mutaxassislarini jalb qilishda yig‘im undirilishidan ozod etiladi;

▪️milliy brendlarni yaratish uchun jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarning O‘zbekiston hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalarni berish tartibi soddalashtiriladi.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

22 Jan, 06:34


#Qulay_hayot

🟡 Raqamli transformatsiya: Statistika sohasidagi yangi imkoniyatlar

🌐 Zamonaviy dunyoda axborot texnologiyalari jadal rivojlanib, hayotimizning barcha jabhalariga kirib bormoqda. Davlat boshqaruvi ham bundan mustasno emas. O‘zbekistonda raqamli hukumatni shakllantirish, davlat xizmatlarini elektronlashtirish va aholiga qulayliklar yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda statistik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish jarayonlari ham raqamlashtirilmoqda. Statistika agentligi bu borada qanday ishlarni amalga oshirmoqda? Raqamli texnologiyalar sohadagi jarayonlarni qanday o‘zgartirmoqda? Ma’lumotlar xavfsizligi va maxfiyligi qanday ta’minlanmoqda?

🎙 Shu va boshqa savollarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Zohidjon Ziyayev bilan bo‘lib o‘tgan intervyumizda javob topishingiz mumkin.

👉 Batafsil: https://egov.uz/news/raqamli-transformatsiya-statistika-sohasidagi-yangi-imkoniyatlar-1608

▶️ Video: https://www.youtube.com/watch?v=maXA2p2TPzk

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

21 Jan, 10:42


#Raqamlashtirish

🟡 Ichki ishlarga xizmatga qabul qilinayotgan nomzodlarning intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemosional barqarorligini aniqlash jarayoni endilikda “E-nomzod” axborot tizimi orqali amalga oshirilmoqda

🧑‍💻 Shu bilan birga, psixologik ta’minot jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish maqsadida “E-psixologiya” axborot tizimi ishlab chiqilmoqda.

👮‍♂️Sohaning mutaxassis-psixologlariga mazkur tizimlardan foydalanish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berilmoqda. Xususan, mutaxassis-psixologlar uchun “poligraf” qurilmasi yordamida psixofiziologik tekshiruvlarni o‘tkazish, yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

📱 Ichki ishlar vazirligida psixologik ta’minot sohasida amalga oshirilayotgan raqamlashtirish ishlari tizimning yanada samarali va shaffof bo‘lishiga xizmat qilishi shubhasiz.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

17 Jan, 11:49


#OAV_biz_haqimizda

▶️"Yangi hayot" ijtimoiy-siyosiy tok-shousida raqamli texnologiyalar, jumladan my.gov.uz xizmatlari qulayliklari haqida so‘z bordi.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

17 Jan, 11:41


#OAV_biz_haqimizda

▶️ "Madaniyat va ma’rifat" telekanalining "Agar..." ko‘rsatuvida IT-sohasida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlarning yil sarhisobiga bag‘ishlangan suhbat tashkil etildi.

📱 Unda Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi mutaxassisi Alisher Gʻaniyev hamda Elshodbek Omonqulovlar ham ishtirok etishdi.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

15 Jan, 07:29


#OAV_biz_haqimizda

▶️My.gov.uz portali orqali nogironligi bo’lgan shaxslar bepul subsidiya olishi mumkin

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

14 Jan, 09:10


#OAV_biz_haqimizda

"Yangi taraqqiyot davri" ko‘rsatuvida Raqamli hukumat markazi mutaxassisi ishtirok etdi


📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

14 Jan, 04:42


Aziz Vatan himoyachilari❗️

🇺🇿 Sizlarni 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 33 yilligi bilan Raqamli hukumat markazi jamoasi nomidan chin qalbdan muborakbod etamiz!

🟡 Bugungi qutlug‘ ayyomda Sizlarning timsolingizda xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida tunu kun xizmat qilayotgan barcha harbiy xizmatchilar, Vatan sarhadlarini mardonavor qo‘riqlayotgan jasur o‘g‘lonlarimizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Mardlik, jasurlik va fidoyilik kabi oliyjanob fazilatlarni o‘zida mujassam etgan Siz azizlarning xizmatlaringiz har qanday tahsin va olqishlarga loyiqdir.

🎉 Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, xotirjamlik va farovonlik tilaymiz. Yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi sharafli xizmatingizda ulkan zafarlar yor bo‘lsin!

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

13 Jan, 12:12


#OAV_biz_haqimizda

YASHASHNI TANLA
❗️

🟡 Zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollar uchun yangi imkoniyat yaratildi!

👤Endilikda siz my.gov.uz portali orqali “Himoya orderi“ni olish uchun onlayn tarzda ariza topshirishingiz mumkin.

👮‍♂️ Murojaatlaringiz profilaktika inspektoriga taqdim etilgan vaqtdan boshlab, 24 soat ichida ko‘rib chiqiladi.

🪪 Himoya orderi zo‘ravonlik sodir etgan shaxsga nisbatan bir qator cheklovlar qo‘yadi.

🧑‍💻 Aziz ayollar, zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymang! O‘zingizni himoya qiling!

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

13 Jan, 06:40


#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Endilikda mehnat shartnomalari elektron shaklda tuziladi!

🟡 Hukumat qaroriga muvofiq ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi mehnat shartnomalari “Yagona milliy mehnat tizimi” (YAMMT) orqali elektron tarzda rasmiylashtiriladi.

🧑‍💻Xodimlar imzolangan elektron mehnat shartnomasini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi (my.gov.uz) shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin.

Barcha ish beruvchilar YAMMT platformasi orqali elektron mehnat shartnomalarini tuzishi va unda qog‘oz shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazishi shart.

❗️Davlat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi hamda shtat jadvali maxfiy bo‘lgan ish beruvchilar bundan mustasno.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

13 Jan, 05:25


#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Bolalar oromgohlariga yo‘llanma olish qulaylashadi

📝 “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-1-son, 11.01.2024 y.) qabul qilindi.

📱 Unga ko‘ra, “Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlariga yo‘llanma olish axborot tizimi “FHDYOning yagona elektron arxivi” axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi.

🪪 Bunda yo‘llanma xarid qilish jarayonida Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlariga yo‘llanma olish axborot tizimiga bolalarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining ma’lumotlari (JSHSHIR yoki guvohnoma seriyasi va raqami) kiritilganda ushbu bolaning to‘liq ism-sharifi, jinsi, tug‘ilgan sanasi, oyi va yili haqidagi ma’lumotlar avtomatik ravishda shakllanadi.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

08 Jan, 04:52


#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️my.gov.uz da raqamli servislardan foydalanish imkoniyati yaratiladi

📝 Hukumat qarori bilan 2025-yil 1-iyuldan boshlab "Raqamli hukumat" tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi doirasida hujjatlarning unifikatsiyalangan raqamli servislari joriy etiladi.

📱 Bunda my.gov.uz da ushbu raqamli servislardan foydalanish imkoniyati yaratiladi va ular O‘zbekiston Respublikasi hududida majburiy tartibda qabul qilinadi.

🗂 Raqamli servislarning qog‘oz nusxalari banklarda, notarial idoralarda, aeroportlarda ichki reyslarni ro‘yxatdan o‘tkazishda va O‘zbekiston hududidan o‘tuvchi poyezdlarga chiqishda, davlat, korporativ va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish, shu jumladan, elektron xizmat ko‘rsatish hamda fuqarolarni qabul qilishda tegishli hujjatlarni taqdim etishni talab qiladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarda talab etilmaydi.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

07 Jan, 03:44


#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️ Ijtimoiy kartani berish va undan foydalanish uchun arizalar my.gov.uz orqali qabul qilinadi

📝 Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 897-sonli qarori bilan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda "ijtimoiy karta" tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

🟡 Unga ko‘ra, "Ijtimoiy karta" AT ma’lumotlar bazasi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan fuqarolar va davlat organlari taqdim etgan ma’lumotlar, shu jumladan biometrik ma’lumotlar asosida shakllantiriladi va yuritiladi hamda moliyaviy agent sifatida ishtirok etuvchi respublikaning rezident tijorat banklari tomonidan taqdim etiladi.

👉 Ijtimoiy kartani berish va undan foydalanish uchun arizalar quyidagilar orqali murojaat qilish yo‘li bilan topshiriladi:
"Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz);
"Ijtimoiy karta" mobil ilovasi;
"Inson" ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazlari;
moliyaviy agentlar.

💰Jismoniy shaxslarga ijtimoiy karta berish bo‘yicha bank xizmatlari uchun to‘lov BHMning 10 foizidan oshmasligi kerak. Hujjatda ijtimoiy karta uch ish kuni ichida bepul beriladigan shaxslar ro‘yxati keltirilgan.

📆 2025-yil 1-fevraldan ijtimoiy kartalarni muomalaga chiqarish va foydalanishga taqdim etish masalalari bo‘yicha "1070" – "Ishonch telefoni" sinov tartibida ishga tushiriladi.

❗️Eslatib o‘tamiz, ushbu karta barcha hujjatlarni o‘rnini bosadigan bitta ijtimoiy karta hisoblanadi.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

06 Jan, 08:29


🟦🟦🟦 📺📺

🏷 2024-yil IT sohasi yangi marralarga boy bo‘ldi. Elektron hukumatni rivojlantirish reytingida O‘zbekistonda 6 pog‘onaga yuqorilab, indeksning juda baland (Very High EGDI) guruhiga qo‘shildi. Avvalgi reytingda 18 pog‘ona yuqorilagani inobatga olinsa, 2 ta reytingda umumiy 24 pog‘onaga ko‘tarildi.

🦠 Hukumatning sun’iy intellektga tayyorlik indeksida esa mamlakatimiz bir yilda 17 pog‘onaga yuqoriladi.

📈 IT eksporti yil sayin karrasiga oshmoqda. O‘sish dinamikasiga e’tibor qaratilsa, 2017-yilda 600 ming dollarlik eksport qilingan, 2023-yilda 344 mln dollar, 2024-yil yakunlariga ko‘ra, sohaninig umumiy eksportida 900 mln dollarlik marra zabt etildi.

🖥️ O‘zbekiston bugun chet el kompaniyalari uchun nafaqat jozibali, balki ishonchli bozorga ham aylanmoqda. Soha rivojiga Prezident darajasida e’tibor qaratilayotgani esa, xorijiy kompaniyalar oqimini yanada oshirmoqda. Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 2017-yilga nisbatan 8,5 barobarga o‘sib, ularning soni 1000 dan oshdi. Shuningdek, 7 yil avval 12 ta eksportchi kompaniya bo‘lgan bo‘lsa, 2024 yilda 650 taga yetdi.

📶 Shuningdek, so‘nggi 2 yilda AKT eng jadal rivojlanayotgan sohaga aylandi. 2024-yilda xizmatlar hajmining o‘sishi 125 foizni tashkil qildi.

👨‍💻 Sohada o‘zini band qilgan aholi soni 2019-yilda 10 mingdan kam bo‘lgan bo‘lsa, 2024-yilda 100 ming nafardan oshdi.

☑️ Raqamlashtirishdagi yana bir muhim yo‘nalish – bu Elektron davlat xizmatlari. U insonlar hayotiga yengillik olib kirib, har bir tarmoqda iqtisodiy samara ham bermoqda. Bugungi kunda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro‘yxatdan o‘tganlar soni 10 mlndan ortdi. Bu 2023-yilga nisbatan 152 foizga o‘sish degani.

🖥 My.gov.uz orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar soni 700 tadan oshib, ushbu xizmatlardan 2024-yilda 32 mln marotaba foydalanildi.

📺 “O‘zbekiston 24” telekanalining “Inson qadri uchun” deb nomlangan maxsus ko‘rsatuvi O‘zbekiston IT sohasida olib borilayotgan islohotlar va erishilayotgan natijalarga bag‘ishlandi.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X

e-gov.uz

31 Dec, 15:01


2️⃣0️⃣2️⃣5️⃣🚩🚩🚩

❄️ Yangi yil – bu yangi boshlanishlar vaqti! ❄️Qordek oppoq orzular va sof niyatlar qilish, qalblarni qizdiruvchi iliq tilaklar bildirish oni!

📱Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi jamoasi barchani mana shunday go‘zal bayram bilan qutlaydi! 2025-yil yorqin taassurotlar, yutuqlar va ijobiy o‘zgarishlar yili bo‘lsin.

🇺🇿Raqamli O‘zbekistonni yaratishda bizga ishonch bildirayotgan hamda my.gov.uz xizmatlaridan foydalanayotgan yurtdoshlarimizga samimiy minnatdorligimizni bildiramiz.

🎉 Yangi yilda barcha ezgu niyatlar amalga oshsin, xonadonlarimizdan fayzu baraka arimasin! 2025-yil oilalarimizga salomatlik, baxt va omad, muvaffaqiyatlar olib kelsin, har bir kunimiz quvonchu shodliklarga to‘lsin!

Bayram muborak, azizlar!

▶️https://youtu.be/WoMHNPanHx4

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

28 Dec, 10:49


⚡️“Raqamli hukumat”: 2024-yil sarhisobi

❗️Zamonaviy dunyoda inson qadrining ulug‘lanishi, tadbirkorlikka keng yo‘l ochish va odamlar turmushi darajasi yaxshilanishida “Raqamli hukumat”ning o‘rni tobora ortib bormoqda.

🟡 Quyidagi videoda keltirilgan ma’lumotlar buning yaqqol isbotini ko‘rsatadi.

▶️https://youtu.be/QDah_IIIf7Y

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

27 Dec, 16:20


Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish rejalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-dekabr kuni sun’iy intellekt texnologiyalarini hamda telekommunikatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha rejalar taqdimoti bilan tanishdi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/31593/

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X

e-gov.uz

26 Dec, 04:59


❗️Toshkent davlat iqtsodiyot universitetida seminar-trening tashkil etildi

🧑‍💻Toshkent davlat iqtsodiyot universitetida joriy yilning 25-dekabr sanasida professor o'qituvchilar uchun my.gov.uz portalidan foydalanish afzalliklari mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

📱Trening davomida tadbir ishtirokchilari my.gov.uz portalida joriy etilgan imkoniyatlar, yangi turdagi raqamli xizmatlar va ulardan foydalanish tartiblari bilan tanishtirildi. Shu bilan birgalikda Yagona portalda yoshlar uchun yoʻlga qoʻyilgan xizmatlar va imtiyozlar haqida ham maʼlumotlar berildi.

Tadbir yakunida professor o'qituvchilar tomonidan my.gov.uz portalida joriy etilgan elektron xizmatlarni takomillashtirish bo'yicha takliflar bildirildi.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

20 Dec, 11:57


Яхши хабар: Ўзбекистон Сунъий интеллектга тайёргарлик индексида 17 поғонага кўтарилди

Good news: Uzbekistan improved its ranking +17 positions in AI Readiness index

e-gov.uz

19 Dec, 18:12


#Qulay_hayot

💻 my.gov.uz — hamma uchun oson va qulay bo‘ladi!

▶️"Qulay hayot" loyihasida bu gal inklyuziv raqamli xizmatlarni loyihalashda muhim yutuqlarga erishayotgan mutaxassis bilan suhbatlashdik.

💬 Ushbu loyihada qahramonimiz inklyuziv texnologiyalar olamiga yo'l, ishlab chiquvchilar duch keladigan qiyinchilik va muammolar haqida gapirib berdi, shuningdek, foydalanish mumkin bo'lgan davlat xizmatlari kelajagi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

🧑‍💻Qanday qilib texnologiyalar, masalan, ovozli interfeyslar va ekranni oʻqish dasturlari nogironlarga davlat xizmatlari bilan oson tillashishga yordam beradi? Dizayn interfeysini ular uchun qanday moslashtirish mumkin? Shu kabi savollarga Yagona portalni rivojlantirish bo‘limi mutaxassisi Abdulaziz Salimovdan javob oldik!

👉 Videoni tomosha qiling:

▶️https://www.youtube.com/watch?v=T925viVvXPo

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

19 Dec, 15:42


💻 AKT mutaxassislari malakasini reyting baholash jarayonlari bo‘lib o‘tdi

📱 Raqamli hukumat markazi tomonidan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining AKTni rivojlantirishga mas’ul xodimlarining AKT bo‘yicha savodxonlik darajasini reyting baholash jarayonlari davom etmoqda.

👉 Navbatdagi malaka reyting baholash tadbirlari

Joriy yilning noyabr oyida Andijon, Farg‘ona, Qashqadaryo, Sirdaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlaridagi ijro etuvchi hokimiyat organlarining mas’ul xodimlari malakasi reyting baholandi.
Dekabr oyida esa Toshkent shahri va Samarqand viloyatidagi ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlari uchun reyting baholash jarayonlari o‘tkazildi.
14 nafar xodim reyting baholashdan o‘tib, 11 nafariga guvohnomalar, 3 nafariga esa qayta malaka oshirish uchun ma’lumotnomalar berildi.

Qanday qatnashish mumkin?

🧑‍💻Reyting baholash jarayonlarida qatnashish uchun my.gov.uz portalidagi "Davlat organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga mas’ul xodimlari malakasini reyting baholash" xizmatidan foydalanishingiz mumkin.

Batafsil ma’lumot uchun:
🌐 https://attestat.egov.uz/
📞 55 501 36 06 (1110, 1120)

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

18 Dec, 08:28


#OAV_biz_haqimizda

▶️ Raqamli hukumat markazida QUIZ TIME intellektual oʻyini tashkil etildi

🟡 Team Building nafaqat xodimlar o‘rtasida muloqotni yaxshilashga, balki birgalikda harakat qilishni o‘rganishga, nostandart vaziyatlarda murakkab muammolarni hal qilishga yordam beradi. Ana shunday jamoaviy tadbirlardan biri kuni kecha, 16-dekabr kuni Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazida bo‘lib o‘tdi.

❗️Bu galgi tadbir QUIZ TIME intellektual oʻyini formatida tashkil etilib, mantiq va jamoaviy ish uchun haqiqiy sinovga aylandi. Jamoalar murakkab masalalarni yechish, nostandart javoblarni topish va ajoyib yumorga boy o‘yin namoyish etish bo‘yicha bellashdilar. Tadbir uchun maxsus ishlab chiqilgan savollar ishtirokchilarni xuddi real dunyodagi raqamli hukumat ishlarida bo‘lgani kabi tez va qat’iy fikrlashga chorladi.

🔴 Ammo, ishtirokchilarning o‘zlari e’tirof etganidek, haqiqiy g‘alaba eng ko‘p ochko to‘plagan jamoaga emas, balki yagona mexanizm sifatida va maksimal samaradorlik bilan ishlay olgan jamoaga nasib etdi. Barcha ishtirokchilar nafaqat yangi bilimlarni, balki keyingi ish uchun energiya zaryadini ham oldilar, chunki jamoaviy ruh va aql ish samaradorligini oldinga siljitadi.

▶️https://www.youtube.com/watch?v=v0G4WS4OrSI

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

17 Dec, 08:49


🍏 "Bolahuquqlari.uz" mobil ilovasi – bolalar huquqlarini himoyalashga qaratilgan innovatsion platforma

📱 Axborot texnologiyalari jadal rivojlanib, odamlar hayotining barcha jabhalariga kirib kelmoqda. Bolalar huquqlarini himoya qilish sohasida ham zamonaviy yechimlar paydo bo‘lmoqda. Shunday loyihalardan biri – "Bolahuquqlari.uz" mobil ilovasi.

🟡 Axborot texnologiyalari jadal rivojlanib, odamlar hayotining barcha jabhalariga kirib kelmoqda. Bolalar huquqlarini himoya qilish sohasida ham zamonaviy yechimlar paydo bo‘lmoqda. Shunday loyihalardan biri – "Bolahuquqlari.uz" mobil ilovasi.

👉 Batafsil: https://egov.uz/news/bolahuquqlariuz-mobil-ilovasi-bolalar-huquqlarini-himoyalashga-qaratilgan-innovatsion-platforma-1582

📱Mobil ilova: https://apps.apple.com/uz/app/bola-huquqlari/id1574148233

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

13 Dec, 06:35


❗️Yagona ijtimoiy karta joriy etilishi e’lon qilindi

Hozirgi kunda 65 turdagi ijtimoiy xizmat va yordam olish uchun fuqarolarimiz tug‘ilganlik, nogironlik to‘g‘risida, pensiya, talabalik guvohnomasi, bank kartasi kabi 10 dan ortiq hujjatni ko‘tarib yurishga majbur.

Bunday ovoragarchilikka chek qo‘yish vaqti kelganini ta’kidlab, Prezident barcha hujjatlarni o‘rnini bosadigan bitta – ijtimoiy karta joriy etilishini e’lon qildi.

Ijtimoiy karta bilan avtobus va metroda bepul yurish, elektr, gaz va o‘qish xarajatiga kompensatsiya olish mumkin bo‘ladi, nafaqa va yordam pullari ham shu kartaga tushadi.

Bu tizim 1-iyulgacha Toshkent shahri va Yangiyo‘l tumanida sinovdan o‘tkaziladi, yil yakunigacha hamma joyda ishga tushiriladi.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

11 Dec, 07:03


Портал будущего — уже сейчас

my.gov.uz становится доступным для всех...

В 248-м номере газеты «Народное слово» от 6 декабря 2024 года опубликована статья сотрудников Центра управления проектами цифрового правительства под названием «Портал будущего — уже сейчас».

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

11 Dec, 06:42


#OAV_biz_haqimizda

⌨️ Pensiya tayinlash uchun qanday hujjatlar talab etiladi?

Bugungi kunda fuqarolar ularga pensiya tayinlanishi uchun uydan chiqmagan holda murojaat qilishlari mumkin.

Bu jarayonni my.gov.uz portali orqali onlayn amalga oshirishlari mumkin.

👉 https://yuz.uz/uz/news/pensiya-tayinlash-uchun-qanday-hujjatlar-talab-etiladi

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

10 Dec, 17:45


“Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat” tashabbusi qo‘llab-quvvatlanmoqda

Toshkentda Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat” tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda

Ushbu tashabbus doirasida bugun, 10-dekabr kuni Raqamli texnologiyalar vazirligida ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/29921/

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X

e-gov.uz

06 Dec, 07:19


🥇Sogʻlom turmush tarzi va sport: Markazda stol tennisi musobaqasi boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi bayrami munosabati bilan Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazida xodimlar oʻrtasida stol tennisi musobaqasi tashkil etildi.

Ushbu sport tadbiri xodimlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, ularning sportga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish va bayramni munosib tarzda nishonlash maqsadida oʻtkazildi. Musobaqada markaz xodimlari faol ishtirok etib, oʻzaro qizgʻin bahs olib borishdi.

Doʻstona kechgan bellashuvda: Konstantin Soy hamda Elyor Karimov – 1-oʻrin; Zafar Xolmanov va Oʻtkirjon Jumaqulov – 2-oʻrin; Murodilla Sabirov va Dilshod Gʻayipovlar jamoasi – 3-oʻrinni egallashdi.

Musobaqa yakunida gʻolib va sovrindorlar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Barchani Konstitutsiya bayrami bilan tabriklaymiz!

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

04 Dec, 05:41


#OAV_biz_haqimizda

▶️"Korrupsiyaga qarshi kurashish" mavzusidagi o‘quv-seminaridan videoreportaj

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

03 Dec, 07:04


❗️Adolat va poklik yoʻlidagi harakatda har bir xodimning hissasi muhim!

🌐 Bugun, 3-dekabr kuni Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida oʻquv-seminari boʻlib oʻtdi.

💬 Mazkur tadbir 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan tashkil etildi.

🟡 Tadbir avvalida Markaz direktori Anvar Mansurov korrupsiyaning zarari, oqibatlari va unga qarshi kurashish choralariga alohida toʻxtalib, ushbu illatga raqamlashtirish orqali barham berish mumkinligini taʼkidladi.

👉 https://egov.uz/news/adolat-va-poklik-yolidagi-harakatda-har-bir-xodimning-hissasi-muhim-1568

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

28 Nov, 15:02


⚡️ Singapur menejmentni rivojlantirish institutida uchrashuv

📆 27-noyabr kuni Raqamli hukumat markazi mutaxassislari tomonidan Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutining talabalari uchun my.gov.uz portali orqali elektron davlat xizmatlaridan foydalanish mavzusiga bag’ishlangan seminar-trening oʻtkazildi.

📱 Mazkur tadbir ishtirokchilari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joriy etilgan imkoniyatlar, yangi turdagi elektron davlat xizmatlari va ulardan foydalanish tartiblari bilan tanishtirildi.

🧑‍💻Taqdimotlardan so’ng, markaz xodimlari viktorina shaklidagi o’yinlarga talabalarni jalb qildi va seminar qiziqarli savol javoblar bilan boyidi.

🆓 Tadbir yakunida eng faol talabalar sovg’alar bilan taqirlandilar.

▶️https://youtu.be/ZwRuCKA6foI?si=FFzSDae9fnoRgs_C

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

28 Nov, 05:10


❗️"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi xayriya hashari

Kecha, 27 noyabr kuni Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi xodimlari va Yakkasaroy tumani Armug’on MFY aholisi "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi xayriya hasharida qatnashishdi.

Ushbu ezgu tashabbusda markaz xodimlari hududda ko’chat ekish barobarida hududni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, tozalash ishlarida faol qatnashdilar.

Bu kabi tadbirlar yurtimizning nafaqat gullab-yashnashi va obod bo‘lishi, balki mehr-oqibat, hamjihatlik va o‘zaro yordam ruhining yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Markaz ekologik muammolarni hal etish uchun raqamli texnologiyalarni qoʻllash va yashil maydonga boʻlgan ishtiyoqni kuchaytirishda boshqa tashkilotlar va aholi bilan doimiy hamkorlik qilib keladi.

▶️https://www.youtube.com/watch?v=_tYHsLq2E-0

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

26 Nov, 15:33


Raqamli hukumat markazida sayyor dars❗️

Joriy yilning 25-noyabr kuni O'zbekiston xalqaro islom akademiyasining Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakulteti 1-kurs talabalari uchun Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazida qiziqarli sayyor dars bo'lib o'tdi.

Unda talabalar my.gov.uz portalining imkoniyatlari, yangi xizmatlar va raqamli hukumatning istiqbolli rejalari bilan tanishishdi.

Markaz mutaxassislari ijtimoiy himoya, yosh oilalar, keksalar va yoshlar uchun yaratilgan raqamli xizmatlar haqida batafsil ma'lumot berishdi.

Eng qizig'i, endi davlat xizmatlari insonning tug'ilishidan to nafaqaga chiqishgacha bo'lgan hayotini qamrab oladi!

Sayyor dars davomida talabalar o'z savollariga javob olish barobarida raqamli kelajak haqidagi bilimlarini ham oshirishdi.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

25 Nov, 13:10


⚡️O‘zbekiston raqamli transformatsiya sohasidagi global muhokamaga qo‘shildi!

🟡 19-20 noyabr kunlari Tallinn Digital Sammit doirasida BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti (UN DESA) tomonidan tashkil etilgan "Raqamli transformatsiya imkoniyatlarini kengaytirish" mavzusidagi sessiya bo‘lib o‘tdi.

🌐 Ushbu nufuzli tadbirda turli mamlakatlar va tashkilotlar vakillari raqamli transformatsiyaning muhim jihatlarini muhokama qilish uchun birlashdilar. O‘zbekiston nomidan tadbirda Raqamli texnologiyalar vazirligi va Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi xodimlari ishtirok etishdi.

👉 Batafsil: https://e-gov.uz/news/ozbekiston-raqamli-transformatsiya-sohasidagi-global-muhokamaga-qoshildi-1557

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

16 Nov, 04:33


#Raqamlashtirish

❗️Jizzax shahridagi pullik avtoturargohlarda onlayn to‘lov imkoniyatlari joriy etildi

“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga asosan respublika hududlaridagi pullik avtoturargohlarda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini va onlayn to‘lov imkoniyatlarini joriy etish belgilab berilgan.

Shu asosda, joriy yilda Jizzax shahridagi mavjud 2ta bozorlar hududidagi 3 ta pullik avtoturargohlar avtotransport vositalarining kirish va chiqishini avtomatik nazorat qilish bo‘yicha zarur dasturiy ta’minot va jihozlar bilan jihozlandi hamda  avtoturargohlardan foydalanganlik uchun to‘lovlarni onlayn tarzda amalga oshirish imkoniyatlari yaratilib, mahalliy byudjetga tushayotgan tushumlarning iqtisodiy samaradorligi oshishiga erishildi.

📲 egov.uz | Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

15 Nov, 17:04


#OAV_biz_haqimizda

“Digital inclusion”: my.gov.uz portalining imkoniyatlari haqida amaliy seminar (video)

▶️https://youtu.be/H1OakMxa5SY?si=zO2KG1XhAMZ5VS3p

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

15 Nov, 16:48


🟡 “Digital inclusion” tamoyili asosida trening

Bugun, 15-noyabr kuni “Raqamli hukumat” loyihalarini boshqarish markazi tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarni my.gov.uz portalidan foydalanishga o‘rgatishga qaratilgan amaliy seminar tashkil etildi.

Shu kabi amaliy mashg‘ulotlar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘liq inklyuzivlik va ulardan foydalanish imkoniyatini ta’minlash, barcha toifadagi fuqarolar uchun raqamli xizmatlardan foydalanishni yanada qulay va xavfsiz qilish maqsadida portal takomillashtirilgani bilan alohida ahamiyatga ega. Mutaxassislar portalning asosiy funksiyalarini namoyish etdilar va ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollariga javob berishdi.

👉 Batafsil: https://egov.uz/news/digital-inclusion-tamoyili-asosida-trening-1554

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

15 Nov, 14:04


🌍 Telegrafdan raqamlashtirishga: Markaz xodimlari Aloqa tarixi muzeyida bo’lishdi

📡 Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi xodimlari Aloqa tarixi muzeyiga tashrif buyurib, soha o'tmishiga qiziqarli sayohat qilishdi. Muzey eksponatlari bir necha o'n yilliklar davomida aloqa sohasi oddiy pochta yozishmalaridan zamonaviy raqamli texnologiyalarga qanday o'tganini yaqqol namoyish etdi.

📺 Xodimlar mamlakatimizning kommunikatsiya sohasi rivojlanishi tarixini o‘rganar ekan, O‘zbekistonning raqamli kelajagini yaratishda Markaz hissasi naqadar muhimligini anglashdi. Zero, aynan innovatsiyalar va texnologiyalar tufayli biz bugun bir zumda muloqot qilishimiz, dunyoning istalgan nuqtasidan ma’lumot olishimiz, davlat xizmatlarini onlayn tarzda boshqarishimiz mumkin.

📶 Muzeyga tashrif raqamlashtirish nafaqat texnologiyalar majmuasi, balki kommunikatsiyalar rivojlanishining ko‘p asrlik tarixi davom etishini ham eslatdi.

📲 egov.uz | Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

15 Nov, 09:02


Talabalarga raqamli davlat xizmatlaridan foydalanish bo'yicha seminar trening o'tkazildi

📱 O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida talabalar uchun “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanish tartibi, imkoniyatlari va afzalliklari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

🧑‍💻 O’quv-mashg’uloti davomida talaba-yoshlarga my.gov.uz portali orqali ko’rsatilayotgan ommabop raqamli xizmatlar hamda ulardan foydalanish tartiblari tushuntirildi. Shuningdek, Yagona portal orqali ariza yo’llanganda pullik xizmatlarga chegirmalar mavjudligi haqida ma’lumot berildi.

📱Seminar davomida Yagona portalning MyGov mobil ilovasi qulayliklari ham sanab o’tildi.

👩‍🎓Talaba yoshlar tomonidan o'zlarini qiziqtirigan savollarga javoblar berildi.

📲 egov.uz | Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

12 Nov, 03:44


⚡️Talabalarga raqamli davlat xizmatlaridan foydalanish bo'yicha seminar trening o'tkazildi.

📱 Joriy yilning 11-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti  Nurafshon filialida talabalar uchun “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanish tartibi, imkoniyatlari va afzalliklari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

🧑‍💻 O’quv-mashg’uloti davomida talaba-yoshlarga my.gov.uz portali orqali ko’rsatilayotgan ommabop raqamli xizmatlar hamda ulardan foydalanish tartiblari tushuntirildi. Shuningdek, Yagona portal orqali ariza yo’llanganda pullik xizmatlarga chegirmalar mavjudligi haqida ma’lumot berildi.

📱Seminar davomida Yagona portalning MyGov mobil ilovasi qulayliklari ham sanab o’tildi. Bunda MyID yuzni tanish yordamida identifikatsiyadan o'tish bo'yicha yaratilgan imkoniyatlar talabalarda katta qiziqish uyg'otdi.

📲 egov.uz | Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

08 Nov, 14:01


📱Hayotiy vaziyatlarda my.gov.uzdan foydalaning!

📱Jizzax Politexnika universiteti talabalari uchun my.gov.uz portali va uning mobil ilovasi imkoniyatlariga doir seminar-trening oʻtkazildi. Unda ishtirokchilar elektron davlat xizmatlaridan foydalanish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirishga muvaffaq boʻlishdi.

💻 Tadbir davomida tinglovchilar portalda joriy etilgan xizmatlar, ulardan foydalanish tartiblari, mobil ilovaga qoʻshilgan yangi qulaylik va funksiyalar bilan tanishtirildi. Shuningdek, pulli xizmatlardan foydalanishda mavjud chegirmalar boʻyicha maʼlumotlar berildi.

Seminarda ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar olishdi.

📱Siz ham my.gov.uz imkoniyatlaridan foydalanishni oʻrganing va hayotingizni yanada osonlashtiring!

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

06 Nov, 13:33


🇺🇿🇹🇷 Oʻzbekiston – Turkiya: raqamli texnologiyalar sohasidagi hamkorlik yoʻlida muhim qadam

🌐 Turkiyaning Istanbul shahrida boʻlib oʻtgan Islom hamkorlik tashkiloti Iqtisodiy va savdo hamkorlik qoʻmitasining (COMCEC) 40-sessiyasi doirasida Oʻzbekiston Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi rahbari Anvar Mansurov hamda Star of Bosphorus maʼlumotlar markazi rahbariyati oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi.

👉 Batafsil: https://egov.uz/news/ozbekiston-turkiya-raqamli-texnologiyalar-sohasidagi-hamkorlik-yolida-muhim-qadam-1553

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

06 Nov, 05:21


#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Xorijga chiqish biometrik pasportini pochta xizmati orqali yetkazib berish xizmati yoʻlga qoʻyiladi


Qaror (PQ-380-son, 04.11.2024-y.) bilan Prezidentning ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

📝 Unga koʻra, quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:

🔸xorijga chiqish biometrik pasportini berganlik uchun undiriladigan davlat boji summasini qayta taqsimlash;

🔸xorijga chiqish biometrik pasportini pochta xizmati orqali yetkazib berish;

🔸voyaga yetmagan shaxslarga xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirilganda uning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi yoxud hamrohlik qiluvchi shaxslarni bolani chet davlat hududida nazoratsiz qoldirganlik uchun javobgarlik haqida ogohlantirish.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

29 Oct, 10:58


👉 So‘rovnoma

🟡 Sizning fikringiz davlat xizmatlaridan foydalanishni yengillashtirishga sabab bo‘lishi mumkin.

📱 Bugun raqamlashtirish tufayli aholiga 670 dan ortiq davlat xizmatlari onlayn shaklda ko‘rsatilmoqda.

❗️ Shunga qaramay, byurokratik to‘siqlarni kamaytirish, davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladigan ishlar ko‘p. Bu jarayonda har bir yurtdoshimizning ishtiroki juda muhim.

🧑‍💻 Ushbu maqsadlarga erishish uchun Sizni qisqa so‘rovnomamizda ishtirok etishga taklif etamiz.

💬💬💬💬💬💬

👉 Опрос

🟡 Ваше мнение может облегчить пользование госуслугами.

📱 Сегодня, благодаря цифровизации, более 670 государственных услуг предоставляются населению онлайн.

❗️Однако, вместе с тем, необходимо проделать большую работу в плане сокращения бюрократических барьеров и обеспечения открытости государственных органов. Участие каждого гражданина в этом процессе очень важно.

🧑‍💻В целях достижения поставленных задач мы приглашаем Вас принять участие в нашем небольшом опросе.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

25 Oct, 17:25


🇺🇿Oʻzbekiston xalqaro elektronika sohasida yetakchilikka intilmoqda

“Oʻzbekiston xalqaro biznesning yangi markazi sifatida: xorijiy kompaniyalar uchun imkoniyatlar” mavzusida boʻlib oʻtgan tadbirda Xalqaro telekommunikatsiya ittifoqining sobiq bosh kotibi Xamadun Ture Oʻzbekistonning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ulkan yutuqlarini eʼtirof etdi.

Turening taʼkidlashicha, soʻnggi yillarda Oʻzbekiston elektron hukumatni rivojlantirish borasida sezilarli yutuqlarga erishgan. Xususan, BMTning Elektron hukumatni rivojlantirish reytingida 193 ta davlat orasida +24 pogʻonaga koʻtarilib, 63-oʻrinni egallab, eng katta pogʻona yuqorilagan mamlakatlar TOP-10 taligidan joy olgan.

Batafsil: 👉 https://egov.uz/news/ozbekiston-xalqaro-elektronika-sohasida-yetakchilikka-intilmoqda-1545

💬💬💬🟡

🇺🇿Узбекистан стремится к лидерству в сфере международной электроники

На мероприятии на тему “Узбекистан как новый центр международного бизнеса: возможности для иностранных компаний”, бывший генеральный секретарь Международного союза электросвязи Хамадун Туре отметил большие достижения Узбекистана в сфере информационно-коммуникационных технологий.

Туре подчеркнул, что за последние годы Узбекистан добился значительных успехов в развитии электронного правительства. В частности, в Рейтинге развития электронного правительства ООН Узбекистан поднялся на 24 позиции, заняв 63-е место среди 193 стран, и вошел в ТОП-10 стран с наибольшим ростом.

Подробно: 👉 https://egov.uz/ru/news/uzbekistan-stremitsya-k-liderstvu-v-sfere-mezhdunarodnoj-elektroniki-1546

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

24 Oct, 14:50


🟡 Raqamli boshqaruv boʻyicha xalqaro tajriba oʻrganildi

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi vakili Xitoyning Shanxay shahrida boʻlib oʻtgan nufuzli xalqaro anjumanda ishtirok etdi. Tadbirda dunyoning turli burchaklaridan kelgan mutaxassislar raqamli maʼlumotlarni boshqarish va ulardan foydalanishning dolzarb masalalarini muhokama qilishdi.

Konferensiyaning asosiy maqsadi – mamlakatlarga maʼlumotlardan toʻgʻri va samarali foydalanishga yordam berish, bu boradagi bilim va koʻnikmalarni oshirish hamda maʼlumotlarni boshqarish boʻyicha yangi usullarni joriy etishda duch kelinadigan muammolarni birgalikda hal qilishdan iborat. Ayniqsa, Afrika va Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi mamlakatlarga bu borada koʻmak berishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Anjumanda BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti (UN DESA)ning iqtisodiy rivojlanish boʻyicha bosh kotib yordamchisi Navid Hanif hamda Davlat institutlari va raqamli hukumat boʻlimi (DPIDG) boshligʻi Vinchenzo Akuaro kabi yetakchi mutaxassislarning maʼruzalari koʻpchilikda katta qiziqish uygʻotdi.

Tadbir davomida boʻlib oʻtgan davra suhbatlarida markaz vakili mamlakatimizda raqamli hukumat sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berib, boshqa mamlakatlar bilan tajriba almashish imkoniyatiga ega boʻldi.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

23 Oct, 12:12


❗️Yangi qonun loyihasi boʻyicha muhokamalar boshlandi

“Maʼlumotlarni boshqarishning milliy tizimi toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda.

Strategik islohotlar agentligi huzuridagi “Delivery Unit” ofisi va Raqamli texnologiyalar vazirligining qoʻshma tashabbusi bilan 35 dan ortiq vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida ishchi yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda “Maʼlumotlarni boshqarishning milliy tizimi toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasining barcha bandlari amaldagi qonunchilik va ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish asosida ishlab chiqilishi taʼkidlab oʻtildi.

Konsepsiya shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha amaldagi qonun talablarini inobatga olgan holda ishlab chiqilmoqda va shaxsiy maʼlumotlarning xavfsizligini kafolatlaydi.

Qonun loyihasini ishlab chiqish uchun 15 dan ortiq davlat boshqaruv organlari ishtirokida ishchi guruh tuzish rejalashtirilgan.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

22 Oct, 16:35


Ogoh boʻling❗️

🇺🇿Xabaringiz bor,  27-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi oʻtkaziladi.

🙅‍♂️ Muhim jarayonlar oldidan ijtimoiy tarmoqlarda “Markaziy saylov komissiyasi” nomi ostida feyk xabarlar koʻpaymoqda.

⌨️Soxta akkauntlar orqali yolgʻon maʼlumotlar tarqatilib, aholini aldashga harakat qilinmoqda. Ularning maqsadi – shaxsiy maʼlumotlarni oʻgʻirlash yoki siyosiy vaziyatga taʼsir koʻrsatish.

📱 Gʻarazli maqsaddagi shaxslar taʼsiriga tushib qolmaslik uchun aniq va toʻgʻri maʼlumotlarni Markaziy saylov komissiyasining rasmiy sahifalaridan oling:

🚀Telegram: http://t.me/electionsuz
Twitter: http://twitter.com/electionsuz
📱Facebook: http://fb.com/uzelections

❗️Eslatib oʻtamiz, saylov jarayonlari haqida boʻhton tarqatganlik uchun javobgarlik belgilangan!

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

21 Oct, 04:34


❗️O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin!

Butun O‘zbekiston xalqini 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan muborakbod etamiz!

Barchangizga sog‘lik-omonlik, baxtu saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilaymiz.

Ona tilimizning qadri baland, doimo e’zozda bo‘lsin!

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

18 Oct, 04:21


#Raqamlashtirish

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva UZINFOCOMda ishlab chiqilayotgan loyiha bilan tanishdi


«Bugun UZINFOCOMda sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan loyiha bilan tanishdim. Ishonchim komilki, loyiha rejadagidek amalga oshirilsa, barcha: soha xodimlari uchun ham, aholi uchun ham manfaatli bo‘ladi», deya yozadi Mirziyoyeva.

Ushbu tizim ishga tushishi natijasida tibbiyot muassasalaridagi barcha asosiy jarayonlar bosqichma-bosqich avtomatlashtiriladi, bemorlarning sog‘lig‘i haqida turli manbalardan olinadigan ma’lumotlarni yagona elektron tibbiy kartaga birlashtirish imkonini beruvchi dasturiy yechimlar joriy etiladi. Shuningdek, ish hajmini optimallashtirish orqali sog‘liqni saqlash muassasalarining barcha bo‘g‘inlarida faoliyat samaradorligi oshiriladi.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

17 Oct, 06:47


#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️my.gov.uzʻda sunʼiy intellekt asosida koʻrsatilayotgan xizmatlar ulushi 10 foizga yetkaziladi

🆕 “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-358-son, 14.10.2024-y.) qabul qilindi.

👉 Unga koʻra, sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish boʻyicha erishish lozim boʻlgan maqsadli koʻrsatkichlar, shu jumladan:

sunʼiy intellekt asosida yaratilgan dasturiy mahsulotlar va koʻrsatiladigan xizmatlar hajmini 1,5 milliard AQSH dollariga yetkazish;

YIDXP (my.gov.uz) da sunʼiy intellekt asosida koʻrsatilayotgan xizmatlar ulushini 10 foizga yetkazish;

sunʼiy intellekt yoʻnalishida faoliyat yurituvchi ilmiy laboratoriyalar sonini 10 taga yetkazish hamda yuqori quvvatli hisoblash serverlarini ishga tushirish;

Hukumatning sunʼiy intellektga tayyorlik indeksida (Government AI Readiness Index) Oʻzbekistonni birinchi 50 ta oʻrindagi davlatlar qatoriga kirishiga erishish.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

16 Oct, 09:30


#ona_tilim_faxrim

📚Markazda kitob yarmarkasi

🇺🇿 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni yaqinlashmoqda.

🟡 Shu munosabat bilan Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazida kitob yarmarkasi tashkil etildi.

Markazda “Oʻzbek tili bayrami kuni”ni keng nishonlash, kitob mutolaasi hamda kitobxonlik madaniyatini targʻib qilish maqsadida oʻtkazilgan ushbu tadbirda xodimlar oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalari, ilmiy-ommabop va maʼrifiy hamda tarbiyaviy mavzularidagi sara asarlar bilan tanishishga muvaffaq boʻlishdi.

🧑‍💻 Ushbu yarmarka markaz xodimlarining ona tilimizga, kitobga boʻlgan mehrini oshirib, ijodkorlik gʻoyalarini uygʻotishga xizmat qilishi shubhasiz.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

16 Oct, 05:55


#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Startap loyihalar ekotizimi yanada rivojlantiriladi


Prezident qaroriga koʻra, raqamli texnologiyalar sohasidagi startap loyihalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan Raqamli startaplar dasturi amalga oshiriladi.

Dasturda quyidagi rezident yuridik shaxslar ishtirok etishi mumkin:

▫️quyidagi talablarga mos keluvchi startap loyihalar:

— faoliyat davomiyligi – 6 oydan 7 yilgacha;

— kalendar yilida jami daromadi – 10 milliard soʻmdan oshmagan;

inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturini muvaffaqiyatli yakunlaganligini tasdiqlovchi hujjatga ega;

raqamli texnologiyalarga asoslangan, yuqori oʻsish va xorijiy bozorlarga chiqish salohiyati boʻlgan biznes modelga ega;

startap loyihalar ekotizimi platformasida roʻyxatdan oʻtgan;

▫️startap ekotizimi ishtirokchilari – venchur jamgʻarmalar va xususiy investorlar hamda startap loyihalar uchun akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarini tashkillashtirish xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlar.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram

e-gov.uz

15 Oct, 04:45


🌐My.gov.uz hayotiy vaziyatlar uchun!”

📱 Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi davlat muassasasi tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan samarali foydalanish yuzasidan Bandixon tumani hokimligida tumandagi tashkilot va korxonalarning rahbarlari hamda ijro intizomiga mas’ul xodimlari uchun “My.gov.uz hayotiy vaziyatlar uchun!” loyihasi doirasida seminar-trening tashkil etildi.

🔵 Seminar trening davomida OneID identifikatsiyalashning yagona tizimida ro‘yxatdan o‘tish, Mobile-ID, my.gov.uz hamda portaldan foydalanish, joriy etilgan imkoniyatlar va qulayliklar bo'yicha ma'lumotlar berildi.

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram