TATU rektori Baxtiyor Maxkamov @taturektori Channel on Telegram

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

@taturektori


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori
MAXKAMOV BAXTIYOR SHUXRATOVICHning
Telegram kanaliga xush kelibsiz!

Telegram bot: @taturasmiybot

www.facebook.com/BaxtiyorShuxratovichMaxkamov

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov (Uzbek)

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori MAXKAMOV BAXTIYOR SHUXRATOVICHning Telegram kanaliga xush kelibsiz! Bu kanal orqali siz, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi universitetimiz rektori Baxtiyor Maxkamov bilan aloqada bo'lishingiz mumkin. Kanalda yangiliklar, tadbirlar, so'nggi o'zgarishlar va ko'p narsa haqida ma'lumotlar paydo bo'ladi. Telegramda @taturasmiybot nomli bot orqali ham bilim olasiz. Agar siz uni Facebookda kuzatmoqchi bo'lsangiz, Baxtiyor Shuxratovich Maxkamovning www.facebook.com profiliga o'ting. Sizga eng so'nggi va zamonaviy axborotlarni oshkor etuvchi bu Telegram kanaliga obuna bo'ling va universitetimizning rektori bilan birga bo'lishingiz imkoniyatini qo'llab-quvvatlang!

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

19 Feb, 16:09


#тафаккур

Онанинг энг катта бахти — фарзандининг орзу қилган чўққиларини забт этаётганини кўриш. Бу кун шунчаки меҳнатнинг мукофоти эмас, балки ишонч, қўллаб-қувватлаш ва чексиз муҳаббат рамзидир.

———————————————

Нет большей радости для матери, чем видеть, как ее ребенок достигает высот, о которых мечтал. Этот день — не просто награда за годы труда, а символ веры, поддержки и безграничной любви.

✈️@taturektori

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

18 Feb, 15:42


#AkademikAlmashinuv #Ispaniya #Erasmus+

🇪🇸 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o'qituvchilari uchun Yevropa Ittifoqi ERASMUS+ KA171 dasturi doirasida, Ispaniyaning Seviliya universitetida 2025-yilning 19-23-may kunlari bo'lib o'tadigan akademik almashinuviga tanlov e’lon qilinadi!

📝 Tanlovda qatnashish istagini bildirgan professor-o'qituvchilar universitetning Xalqaro hamkorlik, xalqaro reytinglar va strategik rivojlantirish bo'limiga murojaat qilishlarini so'raymiz.

❗️ Arizalar 2025-yil 21-fevralgacha qabul qilinadi.
📞 Ma'lumot uchun: 71-235-09-00
Havola

—————————————————
 
🇪🇸 Announcement for professors and teachers of the Tashkent University of Information Technologies named after Muhammad al-Khwarizmi for an academic exchange at the University of Seville, Spain, within the framework of the European Union ERASMUS+ KA171 program, which will take place on May 19-23, 2025!

📝We kindly ask professors and teachers who wish to participate in the competition to contact the Department of International Cooperation, International Rankings and Strategic Development.

❗️ Applications will be accepted until February 21, 2025.
📞 For information: 71-235-09-00
Link

✈️@tuituz_official

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

16 Feb, 06:41


#Ŏzbekiston24 #TATUOAVnigohida

💻 Joriy yilning 14-fevral sanasida O'zbekistonda ilk bor, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Oliy muhandislik maktabi tarkibidagi laboratoriyalarda faoliyat olib borayotgan tadqiqotchilar va talabalarimiz tomonidan tayyorlangan “CanSat” mikro sun’iy yo‘ldosh modelini sinovdan o'tkazish uchun Yangi Hayot uchish zonasida uchirish jarayoni bo'lib o'tdi.

👩‍🚀 “O’zbekkosmos” Agentligi bilan hamkorlikda tashkil qilingan ushbu musobaqada universitetimizning "TUITSpaceCraft" jamoasi tomonidan yaratilgan ishlanma birinchi marta 1000 metr balandlikka ko'tarilib, real vaqt rejimida turli xil parametrlar (atmosfera bosimi, havoning harorati, namlik, tezlanish, GPS koordinatalari) va hudud tasvirlarini har 5 soniyada ma'lumotlarni qayta ishlash maxsus tizimiga uzatish vazifasini to'liq bajarib, UzCanSat loyihasining Respublika bosqichida qatnashish imkoniyatini qo'lga kiritdi.

🙋‍♂️ Shu haqida O'zbekiston 24 telekanalining Fakt 24 informatsion dasturi orqali maxsus reportaj tayyorlanib efirga uzatildi.

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

15 Feb, 14:22


#yiğilish

Universitetda rektor yig'ilishi bo'lib o'tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 13-fevral kuni bo'lib o'tgan "olimpiya va paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish" chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi hamda kuni kecha, 14-fevral kuni Prezidentimizning mamlakatimiz yoshlari bilan uchrashuvida "yoshlar bilan ishlash natijadorligini yanada oshirish, ularga yanada keng imkoniyatlar yaratish" chora-tadbirlari yuzasidan berilgan vazifalar bo'yicha yig'ilish o'tkazildi.

🗒 Yig'ilishda hurmatli Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqlarning ijrosini universitet rahbar xodimlari tomonidan o'z vaqtida va sifatli ta'minlanishi zarurligi ta'kidlab o'tildi.

✈️@taturekrori

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

15 Feb, 13:41


#Ŏzbekiston24 #Xalqarohamkorlik #TATUOAVnigohida

Fakt 24 | BAAning AL-Qosimia universiteti bilan hamkorlik

🇦🇪 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Al-Qosimia universiteti rektori Prof. Dr.Awad Al-Khalaf va Xalqaro aloqalar va talabalarni ishga qabul qilish boshqarmasi direktori Dr.Zakaria Nuhu tashrif buyurdi. Mazkur tashrif davomida muassasalarimiz o‘rtasida ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma loyihalar va ta’lim aloqalarini mustahkamlash masalasi kelishildi.

🙋‍♂️ Shu haqida O'zbekiston 24 telekanalining Fakt 24 informatsion dasturi orqali reportaj tayyorlanib efirga uzatildi.

✈️@taturektori

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

14 Feb, 07:36


#yangilik #TATU #Uzbekkosmos

🚀 Ayni vaqtlarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “O’zbekkosmos” Agentligi bilan hamkorlikda "Kompyuter injiniringi" hamda "Mexatronika va robototexnika" yo'nalishining kosmos, geoaxborot texnologiyalari va robototexnika sohalariga qiziquvchi talabalari bilan “CanSat” loyihasidagi mini sun’iy yo‘ldoshni test rejimida uchirishmoqda...

✈️@taturektori

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

13 Feb, 19:56


#Тафаккур

Бугун буюк аждодимиз шоҳ ва шоир Заҳириддин Муҳаммад Бобур таваллуд топган кун.

Заҳириддин Муҳаммад Бобур 1483 йил 14 февралда Андижонда таваллуд топган.

Ҳар кимки, вафо қилса, вафо топқусидир,
Ҳар кимки, жафо қилса, жафо топқусидир,
Яхши киши кўрмагай ёмонлиқ ҳаргиз,
Ҳар кимки, ёмон бўлса, жазо топқусидир
!

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

13 Feb, 17:10


#tashrif

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Birlashgan Arab Amirliklarining yetakchi oliy ta’lim muassasalari, jumladan Sharja universiteti, Sharja Amerika universiteti, Al-Qosimia universiteti bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yib kelmoqda.

🇦🇪 Bugun, 13-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Al-Qosimia universiteti rektori Prof. Dr.Awad Al-Khalaf va Xalqaro aloqalar va talabalarni ishga qabul qilish boshqarmasi direktori Dr.Zakaria Nuhu tashrif buyurdi. Mazkur tashrif davomida muassasalarimiz o‘rtasida ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma loyihalar va ta’lim aloqalarini mustahkamlash masalasi kelishildi.

🟢 Shuningdek, professor-o‘qituvchilarning qisqa muddatli stajirovkalari, talabalar almashinuvi, hamkorlikda ilmiy loyihalar ustida ishlash, ilmiy maqolalar chop etish masalalari yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

✈️@taturektori

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

12 Feb, 14:08


#milliyliboslar

💃 Bugun “Milliy liboslar –milliy qadriyatlar bezagi” shiori ostida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Milliy liboslar kuni“ bo'lib o'tdi.

⭐️ Barcha xotin-qizlar universitetga milliyligimiz ramzi boʻlmish Xon atlas, Beqasam, Banoras va Adras matolaridan tikilgan milliy liboslarda ishga keldilar.

✈️@tuituz_official

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

11 Feb, 18:50


#Тафаккур

Одамзод ҳаёти нима? Нега дунёга келамиз ва нега уни тарк этамиз? Бу савол ҳар бир инсонни ўйлантиради.

Ҳақиқатда, ҳар бир банданинг умри бир китобга ўхшайди. Унинг дебочаси – тақдир. Инсон ҳаёти давомида эса ҳар куни, ҳар лаҳзада ўз умр китобини ўзи ёзиб боради. Яхши ёки ёмон амаллар – барчаси шу китобда муҳрланади.

Умр поёни етган куни китоб ёпилади ва охир-оқибат, ҳисоб-китоб қилинади...

📌 Эзгулик билан умр саҳифаларини ёзиш ҳар биримизга насиб қилсин!

*Ўткир Ҳошимов

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

10 Feb, 11:53


#YN #ИК

✔️ Talabalar yakuniy nazoratlarni qanday topshirishdi?

Biz bu haqida TATU fakultet dekanlaridan so‘radik! Ular nafaqat natijalar haqida fikrlarini bildirishdi, balki talabalar uchun foydali maslahatlar ham berishdi.

📹 Batafsil videoda

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

07 Feb, 11:00


🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Malayziyaning texnika sohasi bo'yicha eng nufuzli oliy ta'lim muassasasi hisoblangan Malakka texnika universiteti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o'rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Delegatsiyamiz Malakka texnika universiteti prezidenti tomonidan kutib olindi va hamkorlik imkoniyatlariga bag’ishlangan rasmiy uchrashuv bo’lib o’tdi.

Samarali o’tgan muhokamalar natijasida ikki universitetning sun’iy intellekt tadqiqot markazlari o’rtasida shartnoma amalga oshirish xususan, Universitetimizda mavjud ishlanmalar tajribasi bilan ulashish, ularni tijoratlashtirish masalalari kelishib olindi.

📝 Ma’lumot uchun: Malakka texnika universiteti QS dunyo universitetlar reytingida fanlar yo’nalishida TOP-400 o’rindan joy olgan.

✈️@taturektori

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

07 Feb, 09:12


👍We are excited to announce that Huawei opens application for the Annual Internship Program 2025! This internship presents a unique opportunity for aspiring students to join Huawei family and gain valuable experience in various domains.

📌 Program Duration: 3 months
📌 Employment type: Part-time
📌 Schedule: 5/2
📌 Working hours: 4 hours per day
📌 Location: Office-based as required by the program.

🔍Who Can Apply?

✔️Final-year bachelor’s (4th year) or master’s (2nd year) students
✔️ Are fluent in English, Uzbek, and Russian (working language is English)
✔️ Students with basic ICT skills and knowledge in Project Management, Network Technology, or other related subjects within the Information and Communication Technology (ICT) industry will be more suitable for the program
✔️ Have strong communication and teamwork abilities
✔️ Are eager to learn, grow, and innovate in a dynamic tech environment

📩How to Apply?

Send your CV in English along with your contact details to:
📧 [email protected]

🕒Application Deadline: February 28, 2025

For more details about operation and activities of Huawei in Uzbekistan please visit official website: https://www.huawei.com/uz/careers

🌟What You Will Gain from the Program:
👨‍💻The best-performing interns may have an opportunity for future employment at Huawei.
🌐Hands-on experience with the latest and most relevant ICT knowledge and skills.
📖A chance to connect with outstanding peers from various universities.
📎The opportunity to work alongside experienced industry experts.
📑Daily internship allowance.

Join Huawei Uzbekistan and be part of the future of technology! 🚀

✈️@tuituz_official

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

07 Feb, 09:11


Channel photo updated

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

06 Feb, 17:14


#tashrif

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti delegatsiyasi Malayziyaning INTI Xalqaro Universitetiga tashrif buyurdi.

🇲🇾 Tashrif davomida INTI Xalqaro Universiteti va TATU oʻrtasida imzolangan Yo’l xaritasida belgilangan maqsadlarga erishish mexanizmlari muhokama etildi. Shuningdek, universitetning tadqiqot salohiyati va imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish maqsadida laboratoriyalar ham ko’zdan kechirildi.

➡️ Ta’kidlab o’tish joizki, birinchi Malayziya-O’zbekiston ta’lim forumi doirasida INTI Xalqaro Universiteti va TATU o’rtasida 2025-2026-yillarga mo’ljallangan hamkorlik Yo’l xaritasi imzolangan edi.

✈️@taturektori

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

06 Feb, 06:00


#hamkorlik #Õzbekiston_Malayziya #UPSI

Birinchi O'zbekiston-Malayziya ta'lim forumiga mezbonlik qilgan, Malayziya yetakchi oliy ta'lim muassasasi hisoblangan Sulton Idris ta'lim universiteti (UPSI) bilan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o'z hamkorligini rasmiylashtirdi.

🤝 Bo'lib o'tgan forum doirasida uzoq va qisqa muddatli almashinuv dasturlarini tashkil etish, qo'shma ta'lim dasturlarini ochish istiqbollari, magistratura va doktorantura talabalari uchun tadqiqot dasturlari, ikki universitet professor-o'qituvchilari o'rtasida aloqalarni o'rnatishni o'z ichiga olgan Hamkorlik memorandumi imzolandi.

🗒 Ma'lumot uchun: Sulton Idris ta'lim universiteti (UPSI) QS 2025 dunyo universitetlari reytingida Top-1000 o'rindan joy olgan, san'at, sport va texnologiya yo'nalishida sifatli ta'lim dasturlari bilan kuchli obroʻga ega boʻlgan Malayziyaning yetakchi oliy taʼlim muassasasi.

✈️@taturektori

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

30 Jan, 14:04


#markaz #tashrif #videolavha2

🎞  “Ma’naviyat va ma’rifat” markazining ochilish marosimidan videolavha

✈️@taturektori

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

30 Jan, 13:15


#markaz #tashrif #videolavha

🎞 “Ma’naviyat va ma’rifat” markazining ochilish marosimidan videolavha

✈️@taturektori

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

30 Jan, 13:15


#tadbir #tashrif #fotolavha

💻 Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida yangi tashkil etilgan “Ma’naviyat va ma’rifat” markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov ishtirok etib, yangi markazning ahamiyati haqida nutq so‘zladilar.

📝 Mazkur majmua talaba-yoshlarni milliy tariximiz, xalqimizning buyuk an’analari va ajdodlarimiz merosiga tayangan holda tarbiyalash, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda kreativ tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi. Yaxlit majmua jahon andozalariga mos tarzda jihozlangan bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

• Milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizni targ'ib qiluvchi ko'rgazmali pavilion;
• Jadidlar burchagi;
• Renessans poydevori namoyondalari burchagi;
• Taniqli yozuvchi va shoir Said Ahmad va Saida Zunnunovalarning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan muzey;
• Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash burchagi
.
• Ijodkor yoshlar klubi.

✈️@taturektori

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

27 Jan, 14:22


#UZB24 #TATU #TAHLILNOMA

💻 “Tarmoq – Korxona – Oliygoh” integratsiyasini mustahkamlash maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 15 ta zamonaviy laboratoriyalar kompleksidan iborat Oliy muhandislik maktabi tashkil etilgan. Ushbu maktab mahalliy va xorijiy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi yetakchi korxonalar bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Mazkur tashabbus ta’lim, fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, malakali kadrlarni tayyorlash va innovatsion texnologiyalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

📺 Shu haqida O‘zbekiston 24 telekanalining “Tahlilnoma” informatsion dasturi orqali rus va o'zbek tillarida maxsus reportaj tayyorlanib, efirga uzatildi.

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

24 Jan, 14:18


#Xushxabar #reyting #THE

TATU fanlar boʻyicha dunyoning eng nufuzli oliygohlari Top 1000 roʻyxatida

Joriy yilning 22-yanvar kuni Buyuk Britaniyaning nufuzli “Times Higher Education-THE” reyting tashkiloti “World University Rankings 2025 by Subject” fanlar boʻyicha dunyoning eng nufuzli oliygohlar roʻyxatini eʼlon qildi.

Mazkur roʻyxatga muvofiq Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ilk marotaba THE tashkiloti tomonidan eʼlon qilingan fan reytingidan joy oldi:

➡️ Taʼlim yoʻnalishida dunyoda 601+;
➡️ Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari yoʻnalishida dunyoda 1001+ oʻrinni egalladi.

✈️@taturektori

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

23 Jan, 15:33


Fakt 24 | TATU - dunyo universitetlarining TOP-1000 ro‘yxatida
#23jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

21 Jan, 20:24


👍 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Besh muhim tashabbus doirasida “Tikuvchilik” to‘garagi faoliyat olib bormoqda! Ushbu to‘garak barcha ijodkor va hunarmandchilikka qiziquvchilar uchun ajoyib imkoniyatdir.

🤔 To‘garak haqida: Talaba-qizlarimiz bo‘sh vaqtlarini mazmunli va qiziqarli o‘tkazish maqsadida milliy va zamonaviy tikuvchilik usullari o‘rgatilmoqda. To‘garak mashg‘ulotlari davomida qizlar o‘z qo‘llari bilan milliy matolardan zamonaviy liboslar tikish va boshqa ijodiy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

✈️Telegram

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

21 Jan, 20:17


#Тафаккур

АҚЛ ЎЛИМДАН ҚУТҚАРАДИ

Хитой императорининг маслаҳатчиси Чоко Лёнг душман билан тил бириктиришда айбланди. Ваҳоланки, у айбсиз эди. Император уни қатл қилишга қасд қилди. Аммо далили бўлмаганлиги учун уни хоин деб айблай олмас эди. Шунинг учун бажара олмайдиган бир ишни унга буюриб, бажара олмагач уни қатл қилмоқчи бўлди. У Лёнгга 3 кун ичида Хитой қўшинини юз мингта камон ўқи билан таъминлашини амр қилди. Бу иш амри маҳол эди. Бунча вақтда ўқ сотиб олишнинг ҳам, уни ясашнинг ҳам иложи йўқ эди. Аммо заковатли Лёнг йўлини топди. 20 та қайиқ топиб уларни қамиш билан тўлдирди. Кечқурун туман тушганида қайиқларни душман томон қўйиб юборди. Душман буни ҳарбий ҳаракат деб ўйлаб келаётган қайиқларга қараб камондан ўқ отишди. Ўқлар қамишларга қадалиб  зарарланмаган ҳолда қолди. 2 соатлардан кейин Лёнг қайиқларни тортиб келди. Қамишлардан юз мингдан ортиқ камон ўқини суғуриб олди. Уларни императорга тақдим қилиб буйруғини қандай бажарганини айтди.
Император маслаҳатчисидан узр сўради.

Тафаккур қилинг....

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

21 Jan, 13:23


#TabassumVaqti #YN #ИК

😅📚 Sessiyada qaysi nazoratchi eng qattiqqo‘l bo‘lgan? Biz buni aniqlashga harakat qildik! Tabassumlar barchasini fosh qiladi!

✍️✍️✍️✍️✍️✍️✍️

😅📚 На сессии какой экзаменатор был самым строгим? Мы попытались это выяснить! Улыбки всё выдают!

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

21 Jan, 05:09


#tabassum_vaqti

😁 Imtihonlarda "shpargalka" yoki telefondan foydalangan bo'lsangiz tabassum qiling

🗄🗄🗄🗄🗄

😁 Улыбнитесь, если вы пользовались шпаргалкой или телефоном на экзамене

✈️@tuituz_official

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

19 Jan, 15:43


#тафаккур

Ҳаётда муваффақиятга эришиш ва ҳақиқий қадриятларни тушуниш учун фақатгина яхши тажрибалар эмас, балки қийинчиликлар ва муаммоларни ҳам ҳис қилиш керак. Турк нақли бизга шуни ўргатадики, инсон фақатгина қийинчиликларни енгиб, бой ҳаётий тажрибага эга бўлгач, яхшиликнинг ҳақиқий қадрини тушуна олади.

Ҳар бир қадам — бу катта ҳаётга тайёргарлик. Асосийси, синовларни йўлдаги сабоқ деб қабул қилиш ва ҳар қандай шароитда ривожланишга интилишдир.

✈️@taturektori

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

16 Jan, 19:51


🇺🇿 "Ўзбеклар бизни ҳар жабҳада ортда қолдиришди!"

Қозоғисоннинг Олма Ота шаҳридаги "Ойна" номли академия мураббийи шогирдларига мотивацион нутқида Ўзбекистоннинг қатор ютуқлари ҳақида айниқса, футболимизни мисол келтирибди.

Балки, ўзимизга сезилмас аммо, тобора ютуқларимиз бошқалар учун эришиш, интилиш, андоза олиш керак бўлган марралар бўлиб бормоқда!

Яратганинг ўзи хар жабҳада илғор қилсин, тафаккур килинг!

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

15 Jan, 18:49


#Тафаккур


Энг яхши Устоз — изтироб.

Энг ёмон Устоз — роҳат-фароғат.

Энг ноёб қобилият — бўлишиш ва баҳам кўриш қобилияти

Энг яхши қобилият — кечиримлилик.

Энг залворли қобилият — сукут сақлаш.

Энг муҳим қобилият —Савол бериш.

Энг зарур қобилият — эшитиш.

Энг ҳавфли кураш? — фанат бўлиб курашиш

Энг ёқимсиз одат — фитнакорлик.

Энг зарарли одат — сергаплик.

Энг кучли инсон — Ҳаққа етган инсон.

Энг заиф инсон — ўзини ҳаммадан зўр деб билган кимса.

Энг донишманд инсон — қалбига қулоқ солади.

Энг қашшоқ инсон —пулни энг кўп яхши кўрадиган инсон.

Қандай одам Яратганга яқинлашади? – Шафқатли инсон.

Энг нотавон кимса? — Бировни енгган инсон.

Энг улуғвор кимса? — Ўзини енгган инсон.

Ғамдан қутилиш чораси нима? — Қувонч.

Изтиробга қарши чора нима? — Сабр

Хаста руҳнинг белгиси нима? — Умидсизлик.

Нотўғри хатти-ҳаракатнинг аломати қандай? — Жиззакилик.

Эзгу хатти-ҳаракатнинг аломати қандай? — Кўнгил хотиржамлиги.

Симеон Афонский

Шукур қилинг, тинч юртда яшаяпсиз!

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

14 Jan, 03:02


#VatanHimoyachilariKuni
#ЗащитникиОтечества

🇺🇿 Bayramingiz muborak, Aziz Vatan himoyachilari!

🇺🇿Bugun, 14-yanvar Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni!

Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilalaringizga baxtu-saodat, Vatanni himoya qilishdek olijanob faoliyatingizda kuch-g‘ayrat va yutuqlar tilaymiz.



😀С праздником, дорогие защитники Отечества!

🇺🇿Сегодня, 14 января, отмечается 33-я годовщина образования Вооруженных Сил Республики Узбекистан и День защитников Родины!

Желаем всем крепкого здоровья, счастья семьям, энергии и успехов в благородной деятельности по защите Родины.

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

12 Jan, 16:59


#тафаккур

Онангизни тингланг, у дунёдаги энг катта ўқитувчи. Берилган маслаҳатлар ҳаётингизни тўғри йўналтиради, чунки у ҳар доим сизни севиб, энг яхшисини тилайди. Онанинг меҳр-шафқати — бу қалбингизни ёритадиган энг ёрқин нур.

✈️@taturektori

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

11 Jan, 11:10


#ekskursiya

TATUda “Oila kuni” (TUIT Family Day) tadbiri – bolajonlarimiz uchun unutilmas taassurotlarga boy kun bo'ldi!

👨‍👩‍👧‍👦 Bugun, 11-yanvar kuni universitetimizda ilk bor tashkil etilgan “Oila kuni” tadbiri bolajonlar va ularning ota-onalari uchun haqiqatan ham esda qolarli bo‘ldi.

🎉 Tadbirda 100 ga yaqin bolajonlar universitetimizga tashrif buyurib, o‘z ota-onalarining ish joylari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ekskursiya davomida ular universitetning innovatsion muhitini, robototexnika va IT mahsulotlari ko‘rgazmasini ko‘rib, hayrat va qiziqish bilan taassurot olishdi.

🟡 Tadbirning ko‘ngilochar qismi ham bolajonlar uchun katta quvonch bag‘ishladi. “Oila kuni” bolajonlarning ota-onalari faoliyatiga nisbatan hurmat va qiziqishini oshirish, shuningdek, ularning IT sohasi va innovatsiyalar bilan yaqindan tanishishlariga xizmat qildi.

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

11 Jan, 05:34


#10fakt

"10 fakt" loyihasi bu gal buyuk ajdodimiz Muhammad al-Xorazmiy haqida ma’lumotlar beradi.

1️⃣ Xorazmiy “0” raqamini ixtiro qilgan.

2️⃣ Alloma butun dunyoda keng foydalanilayotgan o‘nlik sanoq sistemasini ilmiy muomalaga kiritgan.

3️⃣ Hali G‘arbda ko‘pchilik yer tekislikdan iborat, deb ishonib yurgan bir paytda, Xorazmiy sayyoramiz yumaloq shaklda ekanini isbotlagan.

4️⃣ Quyosh soatlarining eng muhim tarkibiy elementi bo‘lgan “marmar plita” ning yasalish usulini Xorazmiy kashf etgan.

✈️@taturektori

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

10 Jan, 13:54


#TaqdirlashMarosimi #fotolavha

📷 Universitetimiz faxriy xodimlarini taqdirlash marosimidan fotolavha

✈️@taturektori

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

28 Dec, 13:46


Channel photo updated

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

28 Dec, 13:45


#Тафаккур

Kitob insonning ma’naviy dunyosi va tafakkurini boyituvchi eng qadimiy va bebaho manbalardan biridir. U faqat axborot vositasi emas, balki insonning ruhiy dunyosiga yo‘l ochuvchi, his-tuyg‘ularini boyituvchi va hayotga bo‘lgan qarashlarini shakllantiruvchi asosiy omillardan biri. Kitob o‘qish orqali inson aql-zakovatini oshirishi, madaniyatini boyitishi, jahonqarashini kengaytirishi mumkin.

Kitoblar har bir insonga alohida ma’no olib keladi.

Badiiy kitoblar his-tuyg‘ularni uyg‘otish, insonni murakkab hissiyotlarni tushunishga olib kelishi mumkin.

Ilmiy kitoblar bilim olish va o‘z sohangizni chuqur o‘rganishga yordam beradi.

Psixologiya yoki motivatsion kitoblar insonni o‘z-o‘zini tanishi va rivojlanishiga hissa qo‘shadi....

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

28 Dec, 05:30


#IlmiyKengash

💻 2024-yil 27-dekabr kuni Muhammmad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 5(747)-son majlisi bo'lib o'tdi. Unda Vatan himoyachilari kuniga tayyorgarlik, ARMning o‘quv materiallari bilan ta’minlanganligi holati, 2024/2025 o‘quv yili uchun qishki va yozgi qayta o‘qish davrida ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni qo‘llab-quvvatlash haqida va boshqa turli masalalar ko'rib chiqilib, yig'ilish yakunida quyidagi xodimlar bir qancha nominatsiyalar bo'yicha taqdirlanishdi:

🟢MUT kafedrasi dotsenti Qodirov Azamat “Outstanding new instructor” nominatsiyasida mukofotlandi. U 50 dan ortiq talabalarni o‘qitib, HCIA xalqaro sertifikatini qo‘lga kiritdi. “Huawei ICT Competition 2024-2025” mintaqaviy finalida TATUning 5 talabasi 1-o‘rinni egallab, Xitoydagi "Global" bosqichga yo‘llanma oldi. Jamoa sardori Bafoyev Mirzo Ulug‘bek statuetka bilan taqdirlandi.

🟢TATU xalqaro ICPC musobaqasida 3-darajali diplom va mintaqaviy bosqichda 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Jamoa ICPC yarim finaliga yo‘llanma bilan birga 60 mln so‘mlik xizmat safari xarajatlarini qoplash imkoniyatini qo'lga kiritdi. Murabbiylar Sunatullo Hojiyev va Qodirov Zarif sertifikat va vaucher bilan taqdirlandilar.

🎁 OАKdan quyidagi ilmiy daraja diplomlari topshirildi:

Pozilova Shaxnoza Xaydaraliyevna  - ATT kafedrasi dotsenti - pedagogika fanlari bo‘yicha DSc ilmiy darajasiga;

Babajanov Elmurod SatimbaeyvichNF dotsentitexnika fanlari bo‘yicha DSc ilmiy darajasiga ega bo'ldi;

Bundan tashqari, hozirgi kunda universitetimiz hamda Klagenfurt universiteti o‘rtasida tuzilgan qo‘shma diplom shartnomasi asosida 5 nafar magistratura bitiruvchilarimiz Klagenfurt universitetining ham bitiruvchilari sifatida diplomlar olishdi. Bular:

Rustamova Sanobar
Pulatov Otabek
Abdullayev Muhammadali
Toshpulatov Jahongir
Qurbonov Bekzod
 
📝 Ma’lumot uchun hozirgi kunda Klagenfurt universiteti dunyoning top 610-620 (QS), 501-600 (THE) o‘rinlarini egallaydi

✈️@tuituz_official

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

25 Dec, 18:51


#UzQuiz #TATU #ğalaba

🧠TATU UzQuiz g'olibi!!!

Bugun O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, uning tarkibidagi korxona, tashkilot hamda muassasalarning jamoalari o'rtasida o'tkazilgan ✏️✏️✏️✏️✏️✏️ final o'yinini bo'lib o'tdi.

FINAL - o'yin g'olib va sovrindorlari:

1. TATU -🥇
2. Seniors - 🥈
3. AIRI team - 🥉

🌟 Kubok sohibi - TATU 🏆

🎁Barcha g'olib va sovrindorlar vazirlik tomonidan taqdim etilgan qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.

🎉Jamoamizni ushbu g'alaba bilan chin dildan tabriklaymiz!

✈️@tuituz_official

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

25 Dec, 18:51


#Yil_sarhisobi #fotolavha2

📷 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo'lib o'tgan "Yil sarhisobi 2024" va Yangi yil tadbiridan fotolavha.

✈️@tuituz_official

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

25 Dec, 18:51


#Yil_sarhisobi #fotolavha3

📷 Kuni kecha bo’lib o’tgan “Yil sarhisobi 2024” tadbirida turli nominatsiyalar bo’yicha xodim va professor-o’qituvchilarni taqdirlash marosimidan fotolavha.

✈️@tuituz_official

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

06 Dec, 07:33


🟦🟦🟦

Hurmatli TATU talabalari va professor-o‘qituvchilari!!!

🇨🇳 Xitoyning yetakchi milliy universitetlaridan biri, Jahon universitetlarining akademik reytingi (ARWU)da TOP-150 universitetlar qatoriga kiruvchi Pekin Texnologiya Instituti (BIT) 2025-yilgi magistratura va Ph.D. dasturlari uchun qabulni e’lon qildi.

Pekin Texnologiya Instituti (BIT) TATU professor-o‘qituvchilari va talabalariga magistratura yoki doktorlik darajasini olish uchun 5 ta Xitoy hukumati grantini (CSC) ajratdi. Grant uchun ariza rasman ma’qullansa, talaba BITda magistratura (2 yil) va Ph.D. (4 yil) o‘qish to‘lovlari, yotoqxona, oylik stipendiya va tibbiy sug‘urta bilan ta’minlanadi.

Grant talablari, ariza topshirish, batafsil ma’lumot uchun

📝 Ma’lumot uchun:
Pekin Texnologiya Instituti (BIT) Xitoyda xalqaro talabalar uchun Oliy umumiy ta'lim akkreditatsiyasi bo'yicha birinchi o'rinni egallaydi.

✈️@taturektori

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

04 Dec, 17:29


#tafakkur

Maqsadiga erishish uchun harakat qilmagan kishining temiryo'l relsida uxlayotgan odamdan sira farqi yo'q!

✈️@taturektori

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

04 Dec, 13:05


Channel photo updated

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

03 Dec, 09:42


1532 йилда Кахамарка жангида 80,000 инк жангчиларига қарши атиги 168 испан аскарлари уришиб, ғалаба қозонган. Испанлар 450 га 1 нисбатда кам сонли бўлса-да, юқори технологиялар, стратегия ва жипслашган ҳаракат орқали ғалаба қозонишган.

Аччиқ ҳақиқат шуки: агар жипслашган ҳаракатсиз, замонавий билим ва стратегиядан орқада қолсанг, қўлингда қанчалик кўп куч бўлмасин, қирилиб кетишинг мумкин. Инклар тарқоқлик, уюшмаганлик ва янги технологияларнинг аҳамиятини тушунмаслик оқибатида мағлубиятга учрашди.

Ҳақиқат доимо шиддатли: заифликни ўз вақтида англамаслик ҳалокатга олиб келади.

Энди сиз менга айтинг-чи, Президентимиз қайта-қайта айтаётган таҳликали замон таҳдид солаётган бир пайтда биз нима билан шуғулланяпмиз?

Биз жипсмизми?

Фарзандларимизни янги технологияларни яратиш ва бошқариш бўйича ўқитяпмизми?

Миллат зиёлилари бу ҳақида бот-бот огоҳлантирса нега уларга қулоқ солмаяпмиз?

Тарихни унутсак эртага ўзидан чала тарихчи ясаб олганлар даври келади ва бизга "олдин ўзбек бўлмаган, бундай миллат йўқ, бу атама,  биз у эдик, биз бу эдик" деб онгимизни захарлай бошлайди. Бас! Ватан бир, қонимиз бир, жонимиз бир - биз Ўзбекистонликмиз!

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

02 Dec, 15:51


#Тафаккур

Бир кило қўй гўштин олмоқлик азоб,
Йўлинга кўз тиккан онанга атаб.
Кўз юмиб дунёдан ўткандан сўнгчи
10 та қўй сўясан бўлсин деб савоб
......

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

30 Nov, 15:39


#tafakkur
#Sabr
#Shukur

O'zingizga ham havasingiz kelsin!

✈️@taturektori

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

29 Nov, 11:16


#tashrif

Kuni kecha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi janob Sakurai Akihiro tashrif buyurdi.

🤔 Tashrif davomida universitetda yaratilgan sharoitlar, jumladan ilg’or muhandislik maktabida amalga oshirilayotgan ilmiy loyihar va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) homiyligida ochilgan TATU Media markazi bilan yaqindan tanishtirildi.

Tashkil etilgan uchrashuv davomida universitetning hozirgi kundagi mavjud yuqori salohiyatidan kelib chiqib, Yaponiya universitetlari va kompaniyalari bilan amalga oshirilishi mumkin bo’lgan hamkorliklar va ularni jalb qilish borasida muhokamalar olib borildi.

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

24 Nov, 17:43


#RektorKubogi #futzal

🏆 24-noyabrda bo’lib o’tgan Rektor kubogining futzal bo’yicha final bosqichida quyidagi natijalar qayd etildi:

🥇 Tashkiliy nazorat, Qabul boshqarmasi, Taʼlim sifati va Kompleans bo’limi (har bir bo’limdan 2 nafardan xodim) xodimlaridan tuzilga terma jamoasi Rektor kubogi g’olibi bo’ldi.

🥈 2-o’rinni: Maʼnaviyat boshqarmasi;
🥉 3-o’rinni esa: Xo’jalik boshqarmasi qo’lga kiritdilar.

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

22 Nov, 12:13


#tanlov #Yevropa

Diqqat! E'lon ! Hurmatli TATU professor-o'qituvchilari!


🌐 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o'qituvchilar uchun Yevropaning Avstriya, Fransiya hamda Ispaniya davlatlarning yetakchi Klagenfurt, Sarbonne va Granada kabi universitetlarida malaka va stajirovka dasturlariga yuborish bo'yicha tanlov e'lon qiladi.

🗒 Mazkur tanlovda universitetning asosiy shtat birligida faoliyat yuritayotgan malakali professor-o'qituvchilar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov g'oliblariga qisqa muddatli malaka oshirish va stajirovka dasturini muvaffaqiyatli qatnashib qaytgandan so'ng olingan bilim va tajriblarini universitetda seminar-trening o'tkazish orqali ulashish talabi qo'yiladi. Tanlov g'oliblarining safar bilan bog'liq barcha xarajatlari TATU tomonidan qoplab beriladi.

📥Tanlovga qo'yilgan talablar:
-TATU asosiy shtat o'qituvchisi;
-IELTS kamida - 5.5;
-Stajirovka reja dasturi;


🗓Muddat: 30-Noyabr

Ariza topshirish uchun havola: https://forms.gle/pDU6a3n2bXn1aovx5

✈️@tuituz_official

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

19 Nov, 05:43


#DIQQAT

🚫 Ijtimoiy tarmoqlar orqali turli xil OTM rahbarlari nomidan akkauntlar ochilib har xil xabarlar yuborish holatlari uchramoqda.

Hurmatli xodimlar va talabalar, bugun begona shaxs tomonidan universitet rektori nomiga telegramdan boshqa profil ochib rahbar xodimlarga har xil xabarlar yuborish, topshiriq berish holatlari kuzatilmoqda. Sun'iy intellekt rivojlanib borayotgan kibermakonda firibgarlar tuzog'iga tushib qolishdan ehtiyot bo'ling! Aks holda firibgarlar sizdan maxfiy va shaxsiy ma'lumotlarni olish yoki hisobingizdagi pullaringizni firibgarlik yo'li bilan o'zlashtirib olishi mumkin.

❗️Ogoh bo’ling, yolg’on xabarlarga aldanib qolmang.
Rasmiy manbaalar:

Rasmiy telegram kanal: @tuituz_official
Rasmiy sayt: tuit.uz
Rektorning murojaat boti: @taturasmiybot


Har qanday xabarlarni @tuitpress profiliga yuborish orqali tasdiqlatib olishingiz mumkin.

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

18 Nov, 16:45


#OshChempionati

Bugun oliygohimizda “Talabalar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan “O‘zbegim oshlariga marhamat!”  shiori ostida universitetning barcha fakultetlari talaba-yoshlari oʻrtasida oʻtkazilgan “Osh chempionati” tanlovi bo'lib o'tdi.

🏆 Tanlov yakuniga koʻra quyidagi natijalar qayd etildi:

1-oʻrin: 38 ball bilan Kompyuter injiniringi fakultetining jamoasi;
2-oʻrin: 34 ball bilan Kiberxavfsizlik fakulteti jamoasi;
3-oʻrin: 33 ball bilan Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti jamoasi qo’lga kiritdi.

G’oliblar esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.

✈️@taturektori

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

17 Nov, 19:01


🇺🇿 Ўзбекистон Республикаси Давлат байроғи қабул қилинган кун билан!

18 ноябрь – юртимиз тарихида алоҳида ўрин тутадиган қутлуғ сана. Бу кунда мустақиллигимизнинг тимсоли, давлатимиз суверенитети ва миллий ғурурини намоён этувчи Давлат байроғимиз қабул қилинди. Байроғимиздаги ҳар бир ранг ва тимсол – халқимизнинг тарихи, орзулари ва буюк интилишларининг аксидир.

Бугунги кунда давлатимиз раҳбари, муҳтарам Президентимиз Шавкат Мирзиёев раҳбарлигида байроғимиз нафақат юртимизда, балки жаҳон ареналарида ҳам юксак баландликларда ҳилпираб, мамлакатимизнинг шон-шуҳратини дунёга намоён этиб келмоқда. Бу барчамиз учун ғурур ва ифтихор бахш этади.

Азиз ватандошлар! Ҳар биримиз байроғимизга муносиб бўлиб, унинг абадий баландларда ҳилпирашига ўз ҳиссамизни қўшайлик. Ушбу қутлуғ кун билан барчангизни чин қалбимиздан табриклаймиз!

🇺🇿 Байроғимиз доимо юксакларда бўлсин!

✈️@taturektori

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

17 Nov, 16:32


#uchrashuv #TATU_talabasi

⚡️Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva mamlakatimizning bir guruh yoshlari bilan Yoshlar ishlari agentligida samarali uchrashuv o‘tkazdi.

✔️ Uchrashuvda TATU talabasi Ro’zmetova Komolaxon faol ishtirok etib, IT sohasini va startup ekosistemasini rivojlantirish bo‘yicha o‘zining takliflarini bildirdi. Mazkur takliflar Saida Shavkatovna tomonidan e’tiborga olinib, mas’ul shaxslarga tegishli topshiriqlar berildi.

Yoshlarni tinglash nihoyatda muhim, chunki umumiy kelajagimizni aynan ular barpo etadilar”, deb yozadi S.Mirziyoyeva.

Manba

✈️@tuituz_official

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

17 Nov, 08:55


Азиз талабалар!

Бугун, 17-ноябрь – Халқаро талабалар куни муносабати билан сизларни самимий қутлаб, таҳсин ва эъзоз сўзларимни йўллайман!

Талабалик – инсон ҳаётидаги энг ёрқин ва маънодор давр. Бу вақтда сиз нафақат илм-фан ва касбий билимларни эгаллайсиз, балки мустаҳкам дўстлик алоқаларини қуриб, шахсан ўзингизни кашф этасиз. Бизнинг университетимиз сизларнинг иқтидорингизни янада ривожлантириш, орзу ва мақсадларингизга эришиш учун барча шароитларни яратишга содиқдир.

Сизлар – инновациялар, янгиликлар ва ўзгаришлар авлодисиз. Шу сабабли, сизларнинг изланишларингиз, креатив ғояларингиз ва меҳнатингиз келажакда юртимизнинг янада тараққий этишида муҳим аҳамият касб этади.

Шу қутлуғ кунда сизларга доимий илҳом, шижоат ва зафарлар тилайман. Ҳар бирингиз ўз соҳангизда улкан марраларни забт этишингизга ишонаман. Талабалик йўлидаги ҳар бир қадамингиз юксак натижалар ва ёруғ келажакка олиб борсин!

Талабалар куни муборак бўлсин!

✈️@taturektori

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

15 Nov, 13:39


#Xushxabar #TalabalarKuni

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 17-noyabr “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan talabalarimiz uchun bir qator qiziqarli va ko’ngilochar tadbirlar tashkil etilmoqda. Ushbu sana talabalar hayotining yorqin va quvonchli daqiqalarini ta’kidlash uchun ajoyib imkoniyatdir!

E’tiboringizga tadbir dasturlari:

18-noyabr, dushanba kuni soat 13:00 da TATU Aviariysi (qushlar bog'i) yaqinida universitetimizning barcha 8 ta fakultetlari o’rtasida osh pishirish musobaqasi tashkil etiladi. Bu nafaqat oshpazlik mahoratini namoyish etish, balki fakultetlararo do’stlik va hamjihatlikni mustahkamlash uchun ham ajoyib imkoniyat.

🎶Musobaqa davomida sho’x-shodon musiqiy dasturlar sizlarni kutmoqda. Tayyor bo'lgan oshlarga talabalarimizning o'zlari baho berishlari mumkin.

🍿 Movie-night: Kechga yaqin esa talabalar uchun maxsus film tomoshasi tashkil etiladi.

📍 Manzil: TATU, A bino, faollar zali
🕘 Vaqt: 17:00
📹 Film nomi: “Как взломать экзамен” (rus tilida)

Do’stlar bilan yaxshi film ko’rish, iliq xotiralar orttirishni va darsdan tashqari vaqtni maroqli xordiq bilan o'tkazishni xohlaysizmi
Unda bu imkoniyatni qo’ldan boy bermang
❗️

✈️@taturektori

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

14 Nov, 07:26


#live
#Innoweek_2024

🇺🇿 Ayni vaqtlarda O'zekspomarkazida “Innoweek-2024” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda.

👥 Haftalikni Bosh vazir o'rinbosari Maxkamova Zulayxo Baxriddinovna kirish so'zi bilan ochib berdi, shundan so'ng Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.

💻 Ushbu tadbirda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda uning hududiy filiallari jamoalari ham faol ishtirok etishmoqda.

✈️@taturektori

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

12 Nov, 07:46


#Korea #TATU #YuNESKO
#videolavha

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tomonidan joriy yilning 7-8-noyabr kunlari Koreya Respublikasining Kookmin universitetida YuNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida o‘tkazilishiga doir targ‘ibot tadbirlari yuqori saviyada o‘tkazildi.

🇺🇿🇰🇷 Mazkur tadbir O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi favqulodda va muxtor elchisi Alisher Abdusalomov hamda Kookmin universiteti prezidenti Sungkok Kim ishtirokida ochib berildi.

Bundan tashqari, tadbirda Koreya Respublikasining 30 dan ortiq yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillari, hamkor korxona va tashkilot rahbarlari, jumladan Microsoft Korea kompaniyasi, sun’iy intellektga (AI) ixtisoslashgan texnologiyaga yo‘naltirilgan yetakchi IT kompaniya hisoblangan Acryl, Elice Group kompaniyasi, YuNESKOning Koreyadagi milliy ofisi vakillaridan iborat mehmonlar ishtirok etdi.

✈️@taturektori

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

08 Nov, 17:27


#табассум #юмор

Сунъий интеллект туфайли илк ишини йўқотган бу - Том эканини билармидингиз?

А вы знали, что именно Том - является тем, кто первым потерял работу из-за искусственного интеллекта?

✈️@taturektori

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

08 Nov, 06:22


#Koreya #kõrgazma

🇰🇷 TATU tomonidan YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida o‘tkazilishiga bag'ishlangan targ‘ibot ko‘rgazmasi Janubiy Koreyada yuqori saviyada tashkil etilmoqda.

🇺🇿 Davlatchiligimiz rivojining uch ming yildan ziyod tarixi, jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va ma’naviy merosi hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalarini keng targ‘ib qilish maqsadida Koreya Respublikasining Kookmin universitetida “Nеw Uzbеkistan: from thе Silk Road to the Digital World” – O‘zbеkiston salohiyati ko‘rgazmasi TATU tomonidan tashkillashtirildi.

Mazkur tadbir TATU jamoasi, O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi favqulodda va muxtor elchisi Alisher Abdusalomov va Kookmin universiteti prezidenti Sungkok Kim boshchiligida milliy ruhda ochib berildi. Tadbirda Koreya Respublikasining 30dan ortiq yetakchi oliy ta'lim muassasalari vakillari, hamkor korxona va tashkilot rahbarlari, UNESCOning Koreyadagi milliy ofisi vakillaridan iborat mehmonlar ishtirok etmoqdalar. Ushbu tadbirda yurtimizning zamonaviy salohiyatini har tomonlama ochib beruvchi ko‘rgazmali stendlar, chiqishlar, video materiallar namoyish etilmoqda. Qatnashchilar orasida do‘stona iliq kayfiyat hukm surib, o’zbek urf odatlariga, O‘zbekiston tarixiga, tabiatiga, milliy taomlariga, madaniy merosiga katta qiziqish bildirilmoqda.

✈️@taturektori

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

07 Nov, 15:35


Fakt 24 | TATU Osiyo mintaqasining yetakchi OTMlari qatorida
#7nov #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

06 Nov, 13:50


#xushxabar #QS_Asia

QS STARdan 4⭐️ga ega TATUning QS Osiyo universitetlari reytingidagi o'rni 110 pog'onaga ko'tarildi

Bugun, 6-noyabr kuni, nufuzli xalqaro QS reyting tashkiloti Osiyo Universitetlarining 2025-yil uchun (QS Asia University Rankings - 2025) reyting natijalarini e’lon qildi. Unda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti yuqori natija ko‘rsatib, mintaqadagi yetakchi universitetlardan biriga aylandi.

Natijalarga ko‘ra, TATU Osiyo mintaqasida o'tgan yilgi 651-700 o'rnini yangilab, 541-o‘rinni, Markaziy Osiyo OTMlari orasida esa 34-o‘rinni egalladi.

Yangi reyting natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston o‘z pozitsiyasini sezilarli darajada yaxshilagan Osiyo davlatlaridan biriga aylandi.

✈️@taturektori

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

06 Nov, 11:04


Ushbu qo'shiqni so'zi va musiqasi hamda oranjirovkasini ham talabalarimiz qilgan👍

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

29 Oct, 08:45


#exchange #Nordhausen

📣 Hurmatli talaba va tadqiqotchilar!

🇩🇪💻🇺🇿 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sizlarni bakalavr va magistr talabalarini Germaniyaning Nordhausen amaliy fanlar universitetida 2025-yil bahorgi semestri davomida quyidagi yo'nalishlarda almashinuv dasturida (student exchange program) qatnashishga taklif etadi:

IT, Technologies and Engineering Sciences (e.g. Renewable Energies, Environmental and Recycling Technology, Computer Science and Engineering)

Economics and Business (e.g. International Business, Digital Product Management, Innovation and Change Management)

Health and Social Sciences (e.g. Social Work, Inclusive Studies)

Talablar:
🟢IELTS 6.0+
🟢GPA: 4+
🟢Bakalavr kamida 2-kurs bo'lishi kerak.
4-kurslar qatnasha olmaydi.

🗓 Muddat: 2024-yil 7-noyabr.

Ariza topshirish uchun

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

29 Oct, 07:51


#exchange #Shibaura

📣 Hurmatli talaba va tadqiqotchilar!

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sizlarni bakalavr, magistr talabalari va tadqiqotchilarini almashinuv dasturida (students and research exchange program) qatnashishga taklif etadi.

🇯🇵 Almashinuv dasturi Yaponiyaning Shibaura texnologiya institutida (SIT) 2025-yil bahorgi semestri davomida o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Talablar:
🟢IELTS 6.0+
🟢GPA: 4+
🟢Bakalavr kamida 2-kurs bo'lishi kerak.
4-kurslar qatnasha olmaydi.

🗓 Muddat: 2024-yil 31-oktyabr.

Ariza topshirish uchun

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

29 Oct, 05:53


#Maqola
#PravdaVostoka

📰 Bugun, 29-oktyabr kuni Правда востока gazetasining 219 (30528) - sonida "Инженерные школы - будущее системы высшего образования Узбекистана" nomli maqolam chop etildi.

Maqolani o’qish

@taturektori

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

28 Oct, 17:12


#Ona

Ona – bizning ilk qo’riqchimiz va oxirgi umidimiz. Har kuni yonimizda bo’lgani uchun ko'pincha onalarimizning qilgan ishlarini oddiy hol deb bilamiz. Uning ko'zlaridagi charchoqni sezmaymiz, yuragidagi og'riqni his qilmaymiz, faqat o'zimizni o’ylaymiz.….

Bugun onangiz yoningizda ekan, bir daqiqaga to’xtang. Uning ko’zlariga boqing. Uning qilgan barcha fidoyiligini, siz uchun to'kilgan har bir ko'z yoshiga, oqarib qolgan sochlariga, qadoq bosgan qo’llariga, munkillab qolgan tanasiga hech e’tibor berdingizmi?….
O’tqazgan bedor tunlarini va siz uchun yashayotgan hayotiga bir nazar soling-a, sizni uning hayotidagi o’rningizni bir eslang.

Unga qayta-qayta "rahmat" ayting. Bu so’z, balki uning uchun dunyodagi eng qimmat narsa bo’lishi mumkin.

✈️@taturektori

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

24 Oct, 11:52


#xushxabar

Sunʼiy intellekt sohasidagi etika bo‘yicha tadqiqotlar va ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Beruniy nomidagi YUNESKO–O‘zbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etildi.
Bu haqida Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva o‘z sahifasida ma’lum qildi.

🇫🇷 Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan tashabbus doirasida ushbu qaror 2024-yil 22-oktyabr kuni Parijda bo‘lib o‘tgan UNESCO Ijro kengashining 220-sessiyasida bir ovozdan qabul qilingan.



Международной премии в области искусственного интеллекта присвоено имя Беруни. Об этом на своей странице сообщила помощник президента Саида Мирзиёева

🇫🇷 Как отмечается, данное решение было единогласно принято 22 октября 2024 года в Париже на 220-й сессии Исполнительного совета ЮНЕСКО в рамках инициативы, выдвинутой Президентом Республики Узбекистан.

✈️@taturektori

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

21 Oct, 05:53


#Xushxabar #ICPC

🗓Kuni kecha, 20-oktyabr kuni Respublika miqqiyosidagi "ICPC Uzbekistan 2024" olimpiadasining chorak finali bo'lib o'tdi.

💻 🦾 Unda universitetimiz terma jamoalari ham ishtirok etib, faxrli 1-o'rinni egallashdi hamda yuqori natijalarni qayd etishdi.

🗒Natijalar bilan tanishing👇:

https://contest.yandex.com/contest/69742/standings

✈️@tuituz_official

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

21 Oct, 03:20


#ŎzbekTiliKuni #ona_tilim_faxrim

21-oktabr — O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun

Barcha ilm ahli, olimlar, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlarimizni hamda ta’lim fidoyilarini bugungi qutlug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz.

Qadring baland bo'lsin, Ona tilim!

✈️@taturektori

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

20 Oct, 14:10


#tafakkur #размышление

🔎 Вақтингизни бошқа бировнинг ёрқин хаёти билан ўз йўлингизни солиштиришга сарфламанг. Ўз йўлингиз, мақсадларингиз ва ютуқларингизга эътибор қаратинг.

Агар бошқаларга кўп аҳамият берсангиз, ўзингиз учун ҳақиқатдан ҳам муҳим бўлган нарсаларни - ўзингизнинг ўсишингиз ва муваффақиятингизни қочириб қўясиз. Йўлда муаммоларга учрашингиз, йиқилишингиз ва адашиб қолишингиз мумкин.

Аммо, ўз мақсадингизни йўқотманг ва ўз ғалабаларингизни нишонланг. Ўз мусобақангизда қатнашинг ва бошқаларнинг суръати сизнинг йўлингизни белгилашига йўл қўйманг. Йўлдан чиқманг, мақсадга интилувчан бўлинг ва албатта, ўз манзилингизга ўз вақтида етиб борасиз.



🔎 Не тратьте время, сравнивая свой путь с чьим-то ярким фильмом. Сосредоточьтесь на своем собственном пути, своих целях и своем прогрессе.

Когда вы зацикливаетесь на других, вы упускаете из виду то, что действительно важно, - свой собственный рост и успех. Вы будете спотыкаться, падать и сбиваться с пути.

Не упускайте из виду свой приз и празднуйте собственные победы. Участвуйте в своей собственной гонке и не позволяйте чужому темпу диктовать свой собственный. Оставайтесь сосредоточенными, будьте целеустремленными, и вы достигнете своей цели.

✈️@taturektori

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

18 Oct, 12:47


#Ochilish_marosimi
#Ucell

🌐 Kuni kecha, 17-oktyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Ta'lim va ishlab chiqarish o'rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, talaba-yoshlarga sharoitlar yaratish maqsadida "Ucell" aloqa operatori tomonidan tashkil qilingan o'quv xonasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

🟣Yangi hi-tech uslubidagi o'quv xonasi 96 kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, 100 dyumli sensorli ekran, o‘qituvchi uchun interaktiv minbar va kuchli akustik tizim kabi eng zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan.

✈️@taturektori

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

16 Oct, 10:46


#Live #THE #taqdirlash

🚨 Ayni vaqtlarda bo‘lib o‘tayotgan
Central Asia University Forum” dan videolavha.

TATU rektori Baxtiyor Maxkamov

16 Oct, 10:35


#Live #THE #taqdirlash

🚨 Ayni vaqtlarda Yangi O’zbekiston Universitetida dunyoning nufuzli “Times Higher Education” xalqaro reyting tashkiloti tomonidan tashkil etilgan “Central Asia University Forum” bo’lib o’tmoqda.

⭐️ Xabaringiz bor, THE (Times Higher Education) xalqaro reytingida ilk bor Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti dunyo universitetlari xalqaro reytingida (WUR) TOP-1501+ o‘rinni, Markaziy Osiyo va Kavkazorti davlatlari universitetlari bo‘yicha TOP-5 o‘rinni, O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalari orasida TOP-3 o‘rinni egallagan edi.

Shu munosabat bilan, universitetimizga ilk bor THE (Times Higher Education World University Rankings 2025) tomonidan tadqim etilgan maxsus sertifikatni universitetimiz rektori B.Maxkamov qabul qilib oldilar.

✈️@tuituz_official