Mirshohid | みろ。 @mirshohid Channel on Telegram

Mirshohid | みろ。

@mirshohid


Hammasiga talantim aybdor. Bor yo‘g‘i shu))

Talks about #media, youtube n #coffee — 🇰🇬 🇲🇰 🇪🇬 🇪🇸 🇮🇹 🇫🇷 🇦🇪 🇭🇺

Mirshohid | みろ。 (Uzbek)

Mirshohid Telegram kanali sizni yangiliklar va media haqidagi so'zlar bilan tanishtiradi. Kanalda youtube va qahva haqida ham suhbatlar olib boriladi. Bu kanal talantli insonlar uchun mo'ljallangan, ularni bir biri bilan aloqani rivojlantirish uchun. Mirshohid kanalida #media, youtube va #coffee mavzulari muhokama qilingan. Kanalda kichik ko'rishish bilan shuningdek, dunyo bo'ylab turli tillar (Ќиргизча, Македонча, Мисрча, Испанча, Итолиянча, Французча, Қўшма Арабча, Венгерча)da muhokama qilinadi. Ehtiyot bo'ling, yangiliklar va fikrlar uchun Mirshohid Telegram kanaliga obuna bo'ling!

Mirshohid | みろ。

18 Nov, 14:55


bugun yana kabellar bilan ishladik, 3-Prezident kubogiga tayyorlanayapmiz, bu safar efir ham turnir ham ancha yonadi.

Eng zo‘r joyini aytaymi? Chess.com bilan alohida kelishuv qilib strim qilayapmiz, hozirdan turnirni sahifalarini bezab, tayyorlab, go‘zal qilib qo‘yganmiz.

Yana bitta zo‘r joyi DGT board’lar bilan ham ishlaydigan bo‘layapman.

@mirshohid

Mirshohid | みろ。

17 Nov, 09:36


shunga o‘xshash stories-lardan keyin odam yana qayta ilhomlanadi 🔥

@mirshohid

Mirshohid | みろ。

09 Nov, 10:29


🔥 O‘zbekistonda YouTube premium, reklamalar hali ham yo‘q paytda Premium obuna narxlari barcha davlatlarda turli narxlarda oshishi e’lon qilinayapti. Ayrimlari €40 atrofida edi.

Agar YouTube Premium va reklamalar O‘zbekistonga kirib kelganida qanday bo‘lar edi, fikringiz qiziq)

💰 Reklamalar ishlab boshlasa kontent qiladiganlar mazza qilishadi, ko‘ruvchilar esa 1 ta videoda 20 lab reklamalar ko‘rishga majbur bo‘lib keyinchalik obuna sotib olishlari mumkin.

@mirshohid

Mirshohid | みろ。

08 Nov, 17:02


Afrosiyobda montaj bo‘lgan videoni ko‘ramizmi?

@mirshohid

Mirshohid | みろ。

01 Nov, 09:14


yana bir qiziq ma'lumot:

YouTube 3 daqiqalik Shorts videolar haqida e'lon berganidan keyin ajoyib savol paydo bo‘lgan edi, "shunda 1 daqiqalik videolarga o‘xshab hamma 3 daqiqagacha uzun, portret shaklidagi videolar ham shorts oynasiga ko‘chadimi" degan. Hozir hujjatlarni o‘qib chiqsam 15-oktabrdan oldin yuklgangan har qanday 3 daqiqagacha bo‘lgan portret ko‘rinishidagi videolar uzun, youtube video shaklida qolar ekan.

Viner, psixolog va boshqalarni kuni keldi, hamma videolari shorts'ga o‘tib oladi deb o‘ylagan edim 😅

@mirshohid

Mirshohid | みろ。

01 Nov, 07:43


Oxirigi kunlarda YouTube kanalda 100 000 obunachi bilan Creator Awards va verification badge olishda muammoga duch kelganlar juda ham ko‘p savollar bilan yozishayapti.

Quyida Creator Awards uchun ketma-ketlikni ko‘rsatmoqchiman. Hozirgina o‘zimizni kanal uchun qoldirdim va ko‘rib chiqish jarayoni juda ko‘p vaqt oldi, oldinlari bunday emas edi.

Demak, quyidagi havola orqali Google Supportni ochib Get a YouTube Creator Award degan tugmaga bosamiz;
— Shundan so‘ng siz youtube'dagi kanal IDsini kiritishingiz va keyingi sahifaga o‘tishingiz kerak;
— Agar kanalingiz tekshiruvdan o‘tgan bo'lsa shu zahoti sizga redeem ID beradi va keyingi sahifaga olib o‘tadi;
— Keyingi sahifada siz, sizga berilgan redeem IDni kiritasiz. Agar IDni saqlab qo‘ymasangiz yo‘qotib qo‘yishingiz mumkin;
— IDni kiritganingizdan keyin sizni tabriklab, maxsus sahifaga olib o‘tishadi va u sahifada siz o‘z kanal nomingiz yoki xohlagan so‘zni yozishingiz mumkin (50 ta belgidan oshmasligi kerak);
— Shundan so‘ng sizga manzilni kiritish uchun sahifa taqdim etiladi, undan oldin esa yozuvlarni yaxshilab tekshiring, tahrirlashni ilojisi yo‘q;
— Manzilni o‘zbek tilida ham kiritsangiz bo‘ladi, chunki UPS orqali jo‘natma kelganida baribir sizga telefon qilishadi;
— manzilni va boshqa ma'lumotlarni kiritga‘ningizdan so‘ng barchasi tayyor, bir marta tekshirib olasiz;
— Shu bilan barchasi tayyor, sizga yakuniy ma'lumotlar va tushunchalar beriladi, shu bilan doimiy kuzatib turishingiz uchun track number'lar email orqali yuboriladi 🔥;

Endi tasdiqlanganlik belgisiga kelsak tizimni judayam o‘zgartirib yuborishgan va tushunarsiz, bizda hali ham yangilik bo‘lmadi. O‘xshab qolsa xabar beraman))

@mirshohid

Mirshohid | みろ。

28 Oct, 10:58


🔍 "Detektiv Tillayev — Debyutdagi halokatlar" videodarslar seriyasi uchun promo videosi.

Texnik qism:
Sony FX30;
Sony 24-70mm 2.8;
Sony 10-20mm 4.0;
Sigma 30mm 1.4;
Aputure Amaran 200d x3;
Aputure Spotlight SE;
Godox TL120;
Godox TL60;
Rode Wireless Pro;

Videoning parametri:
4K200 4:2:2 10bit 50fps(post video 30fps);

Kanalga 5mbit holatida yuklandi 🙃 Mazza qiling 🔥

@mirshohid

Mirshohid | みろ。

23 Oct, 11:33


yangi video ko‘ramizmi?

darslar chiqishni boshlaganidan so‘ng ulashaman 🙃

@mirshohid

Mirshohid | みろ。

19 Oct, 14:30


shunday qilib bugun navbatdagi katta tadbirni jonli efirini o‘tkazdik

rasm: @deafphotographer

@mirshohid

Mirshohid | みろ。

19 Oct, 06:44


cable management left the chat 🥲

uzr, bir marta shunaqa bo‘lib qoldi...

@mirshohid

Mirshohid | みろ。

18 Oct, 17:36


aytgancha, bugun 2-qismini yozib oldik. Aniqrog‘i bu 1-qism, boshlanishi.

Texnik parametri 4K 200mbit 50fps 4:2:2 10 bit color space’da.

@mirshohid

Mirshohid | みろ。

17 Oct, 14:04


bugun yana bitta promo video yozdik, endi 1-qismini yozib tugatsak bo‘ldi. Anchadan beri tayyorlashni reja qilayotgan edik.

@mirshohid

Mirshohid | みろ。

16 Oct, 15:59


kundan-kunga ekranli narsalarga bo‘lgan qiziqishi oshib borayapti, kichkinaligida bekor telefonga o‘rgatgan ekanmiz🥲

@mirshohid

Mirshohid | みろ。

16 Oct, 15:39


YouTubeda bo‘lgan katta yangilanishlar haqida eshittingizmi? 🔥

@mirshohid

Mirshohid | みろ。

14 Oct, 16:42


Premiere Pro v25.0 ni ishlatib ko‘rganlar bormi?
Interfeysda ko‘zga tashlanadigan o‘zgarishlar qilishibdi, qo‘shimchasiga generative fill bor, videolarni uzaytirishda ishlatilinadi deyishmoqda.

@mirshohid

Mirshohid | みろ。

10 Oct, 12:04


Sekin boshlaydigan bo‘lsak, bu — UzChess loyihasi uchun tayyorlangan kichik promo.

Bundan oldin 3 ta versiyada aynan 2022-yilgi chempionlarimiz bilan olingan videoni yozganmiz, bu esa biroz keyin, aynan O‘zbekistondagi yetakchi shaxmatchi qizlar bilan. Faqat 1 ta versiyasiga ulgurganman, bundan tashqari yana 3 ga yaqin versiyada tayyorlanishi kerak edi.

Asosiy format TV'da reklama uchun, shu sababdan video 15 soniya. Matnlari, ketma-ketliklarini o‘ylash uchun ancha vaqt ketgan(chunki qisqa bo‘lishi kerak edi), va oxiridagi natijani ko‘rishingiz mumkin. Aslida kengroq joyda bundan ham zo‘r chiqish ehtimoli bor edi, hozir ham juda joyida 🙃

Muhimi, videoda ishlatilgan texnikalar:
— Sony FX30;
— Sony G 10-20mm f4;
— Sony G 24-70 f2.4;
— Sigma 30mm f1.4;
— VGM auto slider;
— Godox TL120 x2/TL60 x4;
— Apature Amaran 200X(s) x2 + P120;
— DJI mic I;
— 1200W fog machine
va yana kichik texnikalar.

Videoni o‘zi 4k 200mbit 4:2:2 10bit color space bilan yozilgan va 30fps uchun downgrade qilingan, o‘zimga ko‘proq shunda ishlash yoqadi.

O‘ylashimcha bu video haqida qisqacha ma'lumot bera oldim 😌


@mirshohid

Mirshohid | みろ。

07 Oct, 08:22


tayyorlagan ishlarimdan ham ulashib boraymi? nima deysizlar?

@mirshohid

Mirshohid | みろ。

07 Oct, 07:11


ishlaymizmiye🥱))

@mirshohid