Hayotini yaxshilashga harakat qilayotgan oyog'i singan odam qaniydi oyog'im tuzalsa, har kuni yugurgani chiqardim, zalga borardim deydi. Oyog'i tuzalsa yana o'sha zalolatga, botqoqqa qaytadi.
Bahona, Bahona, Bahona.
O'zimdan o'tgan, qo'lim kuyganda 2 hafta hech narsa qilolmaganman. Tuzalsin qoldirmay chiqaman derdim. Qanday tuzalib, oylar o'tib ketganini ham bilmay qolganman.
Afsuski bahona qilib o'tkazib yuborgan vaqtimni qaytarolmayman. Lekin bunga afsuslanib yana vaqtimni zoye ketkazish niyyatim ham yo'q...
Xatolardan xulosa qilish kerak, o'rganish kerak, ularni o'ylab siqilish, asabiylashish, tushkunlikka tushish yaramaydi va eng muhimi, nima bo'lsa ham ertaroq boshlash kerak, ertaga qoldirmaslik lozim.
@mashuraliev