CoinDesk ma'lumotlariga ko'ra, dunyodagi eng yirik kriptovalyuta birinchi marta 89 000 dollardan (taxminan 1mlrd 150 mln dan) oshib, seshanba kuni boshida qisqa vaqt ichida 89 995 dollarga yetdi. BitCoin narxi kun davomida tebranib turdi, biroq o‘tgan haftada narxi 27% dan oshib ketdi – va bugungi kunda uning narxi taxminan 90005$ ni tashkil etdi.
Bitcoin eng katta va eng
birinchi kriptovalyutalardandir, ammo Ethereum, Tether va Dogecoin kabi boshqa aktivlar ham yillar davomida mashhurlikka erishgan. Ba'zi investorlar kriptovalyutani an'anaviy pulga "raqamli muqobil" sifatida ko'rishadi - lekin u juda o'zgaruvchan va katta bozor sharoitlariga tayanishi mumkin.
Asosan, kriptovalyuta raqamli puldir. Ushbu turdagi valyuta markaziy hokimiyatga ega bo'lmagan onlayn tarmoq orqali ishlashga mo'ljallangan, ya'ni u odatda hech qanday davlat yoki bank muassasasi tomonidan qo'llab quvvatlanmaydi - va tranzaktsiyalar Blokcheyn deb ataladigan texnologiya bilan qayd etiladi.
@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!