Hammaga maqtab yurgan xodimim 5 kundan keyin juda katta «parot» qildi.
«Hissiyotlarga berilib xaridlar qilma» deb tanbeh berdim shogirdimga. Ertasi kuni tanishimni yangi mashinasiga o’tirib, mashinamni yangilagim kelib qoldi.
«Juda ahmoqona ish qilyapsan» deb so’kib berdim ukamni. Biroz vaqt o’tib menga ham shunday deyishdi.
Kimnidir maqtadikmi? So’kdikmi? Maslahat berdikmi? Tanbeh berdikmi?
Shu narsalar bilan sinalishga tayyor turaylik.
Sinalishga tayyor bo’lmasak jim yuraylik, ortiqcha gapirmasdan.
@mashrabov_aa