TALABALAR ERKIN FIKR, TAKLIF VA TASHABBUSLARINI BILDIRISHDI
Bugun, 21-yanvar kuni Samarqand davlat universitetining Kattaqo'rg'on filiali direktori Urakov Sherzod Raxmonovich reja-grafik asosida Pedagogika va tillarni o'qitish fakulteti talabalari bilan uchrashadi.
Uchrashuv ochiq va erkin muloqot shaklida o'tdi. Unda talabalar o'quv va ma'naviy-ma'rifiy jarayonlar, imtihonlar, talabalar turar joyi hamda ijara yo'nalishlarida o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. Muammolari yuzasidan murojaatlarini bildirishdi.
Talabalar bilan muloqot davomida filial direktori talabalar taklif va tashabbusini doimiy qabul qilishga qaratilgan ishlar, erkin murojaat qilish uchun yaratilgan imkoniyatlarga to'xtalib, me'yoriy asoslarga ega barchasini doim qo'llab-quvvatlashini bildirdi.