Kopirayter Ezo @kopirayterkundaligi Channel on Telegram

Kopirayter Ezo

@kopirayterkundaligi


Kopirayter Ezozxon Sarvarovna kanaliga xush kelibsiz

O'qing, o'rganing, rivojlaning, daromad qiling 🚀

Men haqimda kun.uz da: https://kun.uz/61105196

Murojaat uchun: @SarvarovnaBot
Reklama uchun: @kopiraytadmin

Kopirayter Ezo (Uzbek)

Kopirayter Ezozxon Sarvarovna kanaliga xush kelibsiz! Bu kanalda kopiraytingga oid maqolalar, maslahatlar va darsliklar sizni kutib o'zini o'rganish imkoniyatini taqdim etadi. Kopirayterlik sohasida rivojlanish uchun eng muhim ma'lumotlar va texnikalar bu kanalda sizni kutmoqda. Kanalda o'qiydigan har bir maqola sizni daromadga yaqinlashtirib, ko'p pul ishlarni olishda yordam beradi. Agar sizning yozish uslubingizni rivojlantirishni istasangiz, Kopirayter Ezo kanali sizga yordam berishi mumkin. Kanal haqida ko'proq ma'lumot uchun kun.uz da joylashgan maqolamizni o'qing. Kanalda reklama berish uchun va boshqa savollaringiz bo'lsa, @SarvarovnaBot bilan bog'lanishingiz mumkin. Sizni Kopirayter Ezo kanaliga bo'sh vaqt o'tkazmasdan qabul qilamiz! O'rganing, rivojlaning va daromad qiling! 🚀

Kopirayter Ezo

03 Dec, 13:10


ChatGPT, videokontent va mutaxassislar koʻpayib ketgani kopiraytingda “non qolmasligiga” olib keladimi?

✔️ Matn yozib daromad qilish oxirgi paytlar juda koʻp odamlarni qiziqtirib qoldi. Qiziquvchilar koʻpaygach, kopirayterlik xizmatini taklif qiluvchilar, kopirayterlarni tayyorlovchi kurslar ham koʻpaydi. Tabiiyki, mutaxassislar soni ham.

Biroq yaqin-yaqinlardan beri kopirayterlar va bu sohaga endi qadam qoʻymoqchi boʻlayotgan odamlarning koʻngliga gʻulgʻula tushib qoldi – bu kasbga, bu xizmatga endi ehtiyoj qolmasa-chi?

🔜 Kopirayting kelajagiga boʻlgan shubhalar, asosan, 3 ta omildan kelib chiqmoqda. Bugun mana shularning har biri qanchalik asosli yoki asossiz ekanligini koʻrib chiqamiz.

Chuqur nafas oling, uchgacha sanab, nafasni chiqaring, mana endi ketdik! 😎

1️⃣ ChatGPT – sunʼiy intellekt asosida ishlovchi bu shovvoz IT mutaxassislaridan tortib, hatto psixologlarning ham ishini bajarib beryapti. Koʻplab soha vakillari u sababli kelajakda ishsiz qolishlaridan tashvishlanishmoqda. Bu tashvish kopirayterlarni ham chetlab oʻtgani yoʻq. Axir ChatGPT siz istagan mavzuda postlarni ham yozib bera oladi. Faqat… u hozircha oʻzbekchani bilmaydi xolos.

📎 Aksariyat odamlar ChatGPT oʻzbek tilini “oʻrganib olganidan keyin” oʻzbek kopirayterlari ishsiz qolishadi, deb hisoblashmoqda. Men esa bu mutlaqo asossiz deyman! Nega?

Chunki bu — vosita va u faqat siz yozgan buyruqlar asosida ishlaydi. Siz unga nima istashingizni “tushuntirasiz”, u sizga istaganingizni “yaratib beradi”. Ammo, asosiy masala shundaki, ChatGPT aynan loyihangizga, uning ToVʼiga mos keladigan matnni yozib berishi haqiqatdan yiroq. Shuni aytishim mumkinki, u eng rivojlangan ingliz va rus tillarida “yozganida” ham faqat bir xil uslubni qoʻllamoqda.

Xulosa: ChatGPT kreativ va analitik kopirayterlarning ishini olib qoʻya olmaydi.

2️⃣ Videokontent – TikTok sabab avjiga chiqdi-yu, rasm+matn kabi odatiy kontent kamaya boshladi. Lekin videokontent trendi kopirayterlarni ishsiz qoldiradi, deganlar katta xato qiladi. Nega?

Chunki siz koʻrib turgan har bir vayn, storis, hatto jonli efirlar uchun ham kopirayter ssenariy yozib beradi!

Ishonavering, siz ming qiziqish bilan koʻradigan doʻkonlarning “obzor” videolari ham kopirayter yozib bergan matn asosida tasvirga olinadi. Demak, videokontent kopirayterlar ishsiz qolishiga emas, aksincha, ularga ehtiyoj ortishiga sabab boʻldi.

3️⃣ Mutaxassislar soni – ha, bugun biz juda koʻpmiz) Ammo bu kimdir kimningdir ishsiz qolishiga sabab boʻladi, degani emas.

Tashqariga chiqing, qarang, har qadamda stomatologiya, goʻzallik saloni, repetitorlar, fitness klublari…ular shunchalar koʻpki! Agar yuqoridagilarning qaysidir birida mijoz kam boʻlsa, bu yo uning xizmati sifatsiz ekanligi, yo oʻzini mijozga “taqdim qilishni” bilmaganligi sababli, aslo kasbdoshlari koʻpligi uchun emas.

Kopirayting kecha paydo boʻlib qolgani yoʻq. U avval ham bor edi. Shunchaki u uzoooq vaqtlar “trendda” boʻlmay, “kadr ortida ter toʻkdi”. Pandemiya davrida onlayn ishlashga ehtiyoj ortgani uchun bu kasb nisbatan ommalashdi.

Men ish boshlagan ilk davrlarda kopirayting degan soʻzning oʻzi odamlarga begona, mutaxassislar barmoq bilan sanarli edi. Hozir ular koʻp. Ammo shaxsan mening ish hajmim avvalgidan koʻpaysa koʻpaydiki, kamaygani yoʻq. Nega?

Chunki bizneslar bugun soʻz qanday qudratga egaligini tushunishmoqda!

Reklama matnlarini qoʻying, oddiy tabriknoma-yu, taklifnomalargacha kopirayterlarga yozdirishyapti. Xoh video, xoh audio, xoh ChatGPT'ga kiritiladigan buyruq shaklida boʻlsin, dunyoni hamon soʻz boshqaryapti.

🙂 Shunday ekan, shubha-gumonlarni bir chetga surib, oʻz ustingizda ishlashda davom eting. Doimiy oʻrganish-izlanishda boʻling. Sizni sindiradigan yagona narsa – harakatsizlik. Zamonaviy texnologiyalar yoki raqobat emas.

Postni oxirigacha oʻqigan boʻlsangiz, izohda 🔥 qoldiring, xalq long-read oʻqiydigan qahramonlar hali ham borligini bilsin 🥹
@kopirayterkundaligi

Kopirayter Ezo

03 Dec, 06:00


+1

Kopirayter Ezo

02 Dec, 10:14


Alloh yuzimizni dooooim yorugʻ qilsin.

@shodiya_filolog deb izlaysiz ❤️

#alhamdulillah

Kopirayter Ezo

02 Dec, 08:40


Ideal kopirayter qanday bo'ladi? 🤔

Aksariyat kishilar imlo xatolarisiz yozish va gaplarni to'g'ri bog'lash kopirayter bo'lish uchun yetarli deb hisoblashadi. Agar siz ham shunday deb o'ylasangiz, adashasiz.

Muvaffaqiyatli kopirayter bo'lishning bir qancha shartlari bor:

1️⃣ Zamon bilan hamnafas fikrlay olish

Kopirayter atrofida bo’layotgan, u xoh siyosiy bo'ladimi, xoh iqtisodiymi — hamma sohadagi voqealardan xabardor bo’lishi juda muhim shart sanaladi. Bu kopirayterning kengroq fikrlashiga, buyurtmachining fikrini aniqroq anglashiga va reklama matni samarali natija berishiga xizmat qiladi.

2️⃣ Manbalar bilan ishlash ko’nikmasi

Kopirayter faqat buyurtma uchun berilgan “TZ” bilan kifoyalansa, katta xatoga yo'l qo'ygan bo'ladi. Har bir buyurtmachi bilan bo'lgan suhbatdan so'ng unga topshirilgan loyiha ustida izlanishi, qo'shimcha manbalar topishi, boshlagan ishi o'z qadriyatlariga to'g'ri keladimi — barchasini o'rganib chiqishi lozim.

3️⃣ So'zni boshqara olish qobiliyati

Doim ta’kidlaganimizdek, dunyoni so'z boshqaradi. So'zni esa Siz! Shunday ekan, sizdan so’zlar bilan aniq mo’ljal olish uchun uni kerakli shaklga solish talab etiladi.
Tasavvur qiling, siz so'zlardan xamir qorgansiz va undan qaysi shakldagi non tayyorlash, aynan sizning istagingiz. Asosiysi, natija a'lo bo'lsin!

❗️Yana bir eslatma, so'zlardan odamlarni aldash uchun emas, ular uchun kerakli bo'lgan ma’lumotni yetkazish uchun foydalaning.

4️⃣ Ishchanlik!

Nega ko'pchilik buyurtmachilar tajribali xodim izlaydi deysiz? Ha, ular kamroq xato qiladi. Yana bir sababi esa ishni tezroq bajarishlaridir.

Agar siz ham:
— dangasalik qilmay, sabr bilan har bir ishni oxiriga yetkazsangiz;
— ishdan qochish uchun bahonalar emas, ishlash uchun sabablar izlasangiz;
— matnlaringiz maromiga yetgunicha tinimsiz mashq qilsangiz, sizda ham ishchanlik ko'nikmasi shakllanadi va har qanday matnni tez va sifatli yozishga erishasiz!

Qani, xolis ayting-chi, yuqoridagi sifatlarning qaysi biri sizda (hozircha) yo'q?

@kopirayterkundaligi

Kopirayter Ezo

02 Dec, 06:49


Qulogʻilarni tutilarda 😲

Bugun sizlarga hammadan qizgʻanadigan bir kanalimni aytaman. Kirasiz, oʻqiysiz, mazza qilasiz.

Marketing bozoridagi ancha-muncha sirniyam bilib olasiz 🤭

@kumush_baxtiyorzoda

Bir tin oganim yoʻq, xoppa-xolis tavsiya 😎

Oʻchirsam, izlab yurmang-a?!

Kopirayter Ezo

02 Dec, 06:44


+1

Kopirayter Ezo

02 Dec, 05:44


Yaxshijonlar, 7676 raqamdan qoʻngʻiroq qilyapman ❤️

Kopirayter Ezo

30 Nov, 14:30


3-yaxshilikniyam qilgim kelyapti

Chotki-motki kanalni tavsiya qilgim bor. Uni uncha-bunchadan qizgʻanaman 😉

Kopirayter Ezo

30 Nov, 10:40


Post kechikkanining sababi 🤣

Kopirayter Ezo

30 Nov, 10:40


Nafaqat oʻzim, balki jamoamdagilar bilan birgalikda sizga manfaatli qoʻngʻiroq qilishga qaror qildik.

Bugun, ertaga va umuman hafta davomida shuning harakatida boʻlamiz. Imkon qadar hech kimni xafa qilmaslikni maqsad qilganmiz.

Bizni kuting 😊

Sizda esa soʻrovnomani toʻldirishga oxirgi imkoniyat bor. Shu yozuvga bosing.

Kopirayter Ezo

30 Nov, 09:35


Yaxshijonlar, bir necha kun oldin BEPUL konsultatsiya istaganlar uchun soʻrovnoma qoldirdik va 10 kishini tanlab, qoʻngʻiroq qilishimizni aytdik

Qoʻlimizda umumiy hisobda 300 ga yaqin murojaat bor

Hamma umid bilan uni toʻldirgan. Jamoam bilan oʻylandik. Va shunday xulosaga keldik…

Kopirayter Ezo

30 Nov, 08:07


Bugun shanba, jumamas

Lekin baribir sizni xursand qilmoqchiman ❤️

Yaxshi odam ekanim haqidagi komplimentlarni zavq bilan qabul qilaman
😌

😁😁😁

Kopirayter Ezo

29 Nov, 16:16


Umumiy 102 ta raqam va ishtirokchi

Ularning ichidan 77-raqam — @Dilxumor_Haydarova gʻolib boʻldilar.

@kopiraytadmin’ga bogʻlanib, manzil va raqam qoldiring.

Ishtirok etgan barchaga rahmat. Qadrlayman ❤️

Kopirayter Ezo

29 Nov, 16:01


Hozirgacha yuborilgan izohlar hisob

Sanab boʻlishimiz bilan “Screen Recorder” yordamida videoga olib, sovgʻa egasini aniqlayman

Kopirayter Ezo

29 Nov, 15:55


5 daqiqa qoldi

Kopirayter Ezo

29 Nov, 09:46


Kopirayterlar qiziqadigan kitoblardan biri — “Yoz, qisqartir”

Men esa uni sizga jumalik sifatida hadya qilmoqchiman.

Pastdagi 3 ta savolga 21:00 ga javob yozing:

@kopirayterkundaligi kanalini qachondan beri kuzatasiz?
nima sababdan kuzatasiz?
qanday mavzudagi maqolalar, bepul darslar sizni qiziqtiradi?

Men javoblarni raqamlayman va random orqali bir kishini tanlab, kitobni unga yuboraman.

Vaqt ketdi!