Kun hikmati @kunhikmat Channel on Telegram

Kun hikmati

@kunhikmat


๐Ÿ“šHar kuni bir hikmat โœ๏ธ

Kun Hikmati (Uzbek)

Kun Hikmati kanali - bu sizning har kuni oladigan hikmat va fikrlarni o'rganish uchun mo'ljallangan Telegram kanalidir. Kanalda zamonaviy ma'ruzalar, o'qish uchun ilginc maqolalar va dunyodagi eng yangi fikrlar mavjud. Kun Hikmati kanali sizning o'z fikrlarini keng doiralarga ochishga yordam beradi va yangi bilim va hikmatlar bilan tanishib chiqishga imkoniyat yaratadi. Bu kanalda har kun sizning dunyoviy bilimingizni oshirishga yordam beruvchi ma'lumotlar va so'zlar topasiz. Kanalga obuna bo'ling va dunyodagi yangiliklar bilan tanishing!

Kun hikmati

06 Feb, 13:20


#1624

Ahnaf ibn Qoys rohimahulloh aytadilar:

"Allohim agar meni azoblasang men shunga haqliman. Agar meni kechirsang sen shunga haqlisan"

(Az-zuhd, Ahmad)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

05 Feb, 13:45


#1623

Ahnaf ibn Qoys rohimahulloh aytadilar:

"Yolgโ€˜onchiga muruvvat yoโ€˜q. Hasadgoโ€˜yga rohat yoโ€˜q. Baxilga chora yoโ€˜q. Badxulqqa boshliqlik yoโ€˜q. Malollanuvchiga esa doโ€˜st yoโ€˜q"

(Sifatus-sofvah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

04 Feb, 13:33


#1622

Said ibn Jubayr rohimahulloh aytadilar:

"Bu ummatga oโ€˜tgan anbiyolarga berilmagan zikr berildi. U zikr musibatda "Inna lillahi va inna ilayhi rojiun" deyish. Chunki, agar bu zikr oโ€˜tgan paygโ€˜ambarlarga berilganda, Ya'qub alayhissalam "eh afsus Yusuf"
(Yusuf.84) demasdan, "Inna lillah" degan bo'lar edi"

(Tafsiru-tobariy)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

03 Feb, 13:49


#1621

Said ibn Jubayr rohimahulloh aytadilar:

"Molni isrof qilish, Alloh senga haloldan bergan narsani uning ma'siyatiga sarflashingdir"

(Hilyatul-avliyo)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

02 Feb, 13:52


#1620

Said ibn Jubayr rohimahulloh aytadilar:

"Dunyo oxirat jum'alaridan (haftasidan) bir jum'adir"

(Hilyatul-avliyo)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

01 Feb, 13:34


#1619

Said ibn Jubayr rohimahulloh aytadilar:

"Odamlarning eng obidi, gunohlardan jarohatlanib, soโ€˜ng har qachon gunohini eslab amalini kam sanagan kishidir"

(Sifatus-sofvah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

31 Jan, 13:22


#1618

Said ibn Jubayr rohimahulloh aytadilar:

"Kim Allohga itoat qilsa oโ€˜sha kishi Allohni zikr qilibdi. Kim Allohga osiy bo'lsa, garchi zikr va qur'on tilovatini koโ€˜paytirsa ham Allohni zikr qilmapdi"

(Hilyatul-avliyo)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

30 Jan, 13:54


#1617

Muhammad ibn Sobih rohimahulloh aytadilar:

"Birodaring aybini gapirishdan saqlan. Chunki agar oโ€˜sha ish sening oโ€˜zingda ham boโ€˜lsa, oโ€˜zingda bor xislat bilan birovni ayblagan bo'lasan. Agar u ish oโ€˜zingda bo'lmasa, birodaringga Alloh bergan baloda uni ayblagan bo'lasan. Alloh seni oโ€˜sha bilan balolab qo'ymaganiga shukr qilishing uni ayblashni tark qilishingdir"

(Tathirul-ayba)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

29 Jan, 13:19


#1616

Muhammad ibn Sobih rohimahulloh aytadilar:

"Soโ€˜rasang sendan qochadigan bandadan emas, soโ€˜rasang senga yaqinlashadigan Allohdan soโ€˜ra"

(Hilyatul-avliyo)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

28 Jan, 13:38


#1615

Muhammad ibn Sobih rohimahulloh aytadilar:

"Mav'izaning qopqogโ€˜i tafakkurdir. Uni ochmaguningcha (mav'iza) ichidagi magโ€˜zini anglamaysan"

(Hilyatul-avliyo)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

27 Jan, 13:18


#1614

Muhammad ibn Sobih rohimahulloh aytadilar:

"Oqilning himmati (Allohning azobidan) qochish va najotda. Ahmoqning himmati esa oโ€˜yin-kulgida"

(Hilyatul-avliyo)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

26 Jan, 13:19


#1613

Muhammad ibn Sobih rohimahulloh aytadilar:

"Doโ€˜stlarning yaxshisi, oโ€˜zining koโ€˜p yaxshiligini kam sanab, birodarining ozgina muhabbatini koโ€˜p sanaydigan kishidir"

(At-tazkirotul-hamdoniyyah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

25 Jan, 14:11


#1612

Muhammad ibn Sobih rohimahulloh aytadilar:

"Doโ€˜stlaringning muhabbati haqiqiysi, amaliy muhabbati soโ€˜zining muhabbatidan koโ€˜p boโ€˜lganidir"

(At-tazkirotul-hamduniyyah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

24 Jan, 10:18


#1611

Muhammad ibn Sobih rohimahulloh aytadilar:

"Musibat bitta. Besabrlik esa uni ikta qiladi"

(At-tazkirotul-hamduniyyah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

23 Jan, 13:18


#1610

Muhammad ibn Sobih rohimahulloh aytadilar:

"Odamlarning eng oqili yaxshilik qilsada qoโ€˜rquvchi kishi. Ularning eng johili esa yomonlik qilib hotirjam yuruvchisi"

(At-tazkirotul-hamduniyyah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

22 Jan, 14:03


#1609

Muhammad ibn Sobih rohimahulloh aytadilar :

"Allohdan qo'rqishda unga hech itoat qilmagandek qoโ€˜rq. Undan umid qilishda esa, unga hech osiy boโ€˜lmagandek umid qil"

(Nasrud-dur)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

21 Jan, 13:15


#1607

Muhammad ibn Sobih rohimahulloh aytadilar:

"Darding havoyi nafsing, davoing esa unga xilof qilishingdir"

(Zammul-havo)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

20 Jan, 13:15


#1606

Muhammad ibn Sobih rohimahulloh aytadilar:

"Savdoda haqiqiy aldangan kishi molidan oxiratiga taqdim qilmagan kishidir"

(Sifatus-sofvah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

19 Jan, 13:13


#1605

Muhammad ibn Sobih rohimahulloh aytadilar:

"Kimda-kim dunyoga moyillik sababidan uning halovatini totsa, oxiratdan uzoqlik sababidan uning (oxiratning) achchiqligini totadi"

(Dunyoning shirini oxiratning achchigโ€˜i evaziga keladi)

(Sifatus-sofvah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

18 Jan, 13:19


#1604

Muhammad ibn Sobih rohimahulloh aytadilar:

"Kimga nafsi muhim bo'lsa, (joni shirin bo'lsa) uning tizginini birovga (botilga) tutqazib qoโ€˜ymaydi"

(Sifatus-sofvah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

17 Jan, 13:17


#1603

Muhammad ibn Sobih rohimahulloh aytadilar:

"Kim yaxshilikni yaxshi koโ€˜rsa unga muvaffaq qilinadi.
Kim yomonlikni yomon koโ€˜rsa, undan uzoq qilinadi"

(Sifatus-sofvah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

16 Jan, 13:13


#1602

Muhammad ibn Sobih rohimahulloh aytadilar:

"Odamlardan umidini uzgan kishi odamlardan behojat bo'ladi"

(Sifatus-sofvah) )

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

15 Jan, 13:18


#1601

Molik ibn Dinor rohimahulloh aytadilar:

"Nafsingga xitob qilib "Sen falon gunoh sohibi emasmisan?! Falon ishni qilgan sen emasmi?!" deb uni malomat bilan yanchib tashla! Soโ€˜ng nafsingga Allohni kitobini ilzom qil. Shunda u (qur'on) nafsingga hokim bo'ladi"

(Ig'osatul-lahfon)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

14 Jan, 13:12


#1600

Molik ibn Dinor rohimahulloh aytadilar:

"Kim ilmni amal uchun talab qilsa Alloh unga tavfiq beradi. Kim ilmni amaldan boshqa narsa uchun talab qilsa, ilm bilan faxrlanishidan boshqa narsasi ziyoda boโ€˜lmaydi"

(Hilyatul-avliyo)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

13 Jan, 13:09


#1599

Molik ibn Dinor rohimahulloh aytadilar:

"Amal qabul qilinmasligidan qoโ€˜rqish mashaqqati, amal qilish mashaqqatidan-da ogโ€˜irroqdir"

(Hilyatul-avliyo)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

12 Jan, 13:15


#1598

Molik ibn Dinor rohimahulloh aytadilar:

"Amal qabul bo'lmasligidan qoโ€˜rqish amaldan-da qiyindir"

(Hilyatul-avliyo)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

11 Jan, 13:19


#1597

Molik ibn Dinor rohimahulloh aytadilar:

"Moโ€˜minning misoli durning misolidir. Uni qayerga qoโ€˜ysang ham yarashavergani kabi moโ€˜min qayerda bo'lsa oโ€˜sha joyni goโ€˜zal qiladi"

(Hilyatul-avliyo)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

10 Jan, 13:17


#1596

Molik ibn Dinor rohimahulloh aytadilar:

"Boโ€˜ri va qoโ€˜zichoq hech qachon kelishmagani kabi moโ€˜min va munofiq ham hech qachon kelishmaydi"

(Hilyatul-avliyo)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

09 Jan, 13:22


#1595

Molik ibn Dinor rohimahulloh aytadilar:

"Ilmiga amal qilmaydigan olim ustiga suv tomsa sirpanib tushib ketadigan silliq tosh kabidir"

(Hilyatul-avliyo)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

08 Jan, 13:25


#1594

Molik ibn Dinor rohimahulloh aytadilar:

"Oqil komil kishi, fojir johil kishi bilan ham sulh tuza olgan kishidir"

(Hilyatul-avliyo)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

07 Jan, 13:11


#1593

Molik ibn Dinor rohimahulloh aytadilar:

"Uyda yashovchi boโ€˜lmasa uy xarob boโ€˜lgani kabi qalbda mahzunlik bo'lmasa qalb xarob bo'ladi"

(Hilyatul-avliyo)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

05 Jan, 13:07


#1592

Molik ibn Dinor rohimahulloh aytadilar:

"Agar qalbingda qattiqlikni, badaningda zaiflikni, rizqingda mahrumlikni koโ€˜rsang, bilginki sen o'zingga kerak boโ€˜lmagan ishlarda gapirib yurasan"

(Samirul-moโ€˜minin)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

04 Jan, 12:46


#1591

Molik ibn Dinor rohimahulloh aytadilar:

"Kim dunyo shahvatlariga gโ€˜olib kelsa, shayton uning soyasidan ham qoโ€˜rqadi"

(Zammul-havo)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

03 Jan, 15:41


#1590

Molik ibn Dinor rohimahulloh aytadilar:

Dunyoning ruhidan menga uch narsa qoldi :

1-Birodarlar bilan uchrashish;

2-Qur'on bilan tahajjud qilish;

3-Allohni zikr qilinadigan xoli uy "

(Tobaqotul-kubro)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

02 Jan, 13:29


#1589

Molik ibn Dinor rohimahulloh aytadilar:

"Kim ilmni o'zi uchun talab qilsa, undan ozginasi ham unga kifoya qiladi.
Kim ilmni odamlar uchun talab qilsa, odamlar hojati ko'pdir.
(Unda koโ€˜p ilmga muhtoj) "

(Al-aqdul-farid)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

01 Jan, 15:28


#1588

Bir kuni o'g'ri Molik ibn Dinor rohimahullohning uyiga o'g'irlikka tushdi. U kishining uyidan hech vaqo topmagach, Molik aytdi:
"Dunyo matolaridan hech narsa topmading, endi kel , oxirat matolaridan nasiba ol"
Soโ€˜ng o'g'rini yetaklab masjidga chiqdilar.
Odamlar "bu kim?" Deyishdi .
U kishi aytdilar:
"Bir o'g'ri! Bizni oโ€˜gโ€˜irlagani kelgan ekan biz uni o'g'irladik"

(Siyaru a'lam)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

31 Dec, 14:02


#1587

Molik ibn Dinor rohimahulloh aytadilar:

"Kim o'z nafsini tanisa, odamlar u haqida aytgan gaplari unga zarar qilmaydi"

(Al-aqdul-farid)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

30 Dec, 14:25


#1586

Molik ibn Dinor rohimahulloh aytadilar:

"Bandaga qalbi qattiqlikdan-da oshiq jazo yoโ€˜q"

(Sifatus-sofvah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

29 Dec, 13:21


#1585

Molik ibn Dinor rohimahulloh aytadilar:

"Abrorlar (yaxshilar) qalblarida yaxshi amallar qaynaydi. Fojirlar (yomonlar) qalblarida yomon amallar qaynaydi. Alloh sizlarni himmatlaringiz nimaga ekanini koโ€˜rib turibdi. Himmatinglar nima bilan qaynashiga qaranglar"

(Sifatus-sofvah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

28 Dec, 14:06


#1584

Molik ibn Dinor rohimahulloh aytadilar:

"Har qanday doโ€˜stingdan diningda yaxshilik foyda qilmasang uning doโ€˜stligini uloqtir"

(Sifatus-sofvah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

27 Dec, 14:01


#1583

Molik ibn Dinor rohimahulloh aytadilar:

"Dunyoning misoli zaharning misolidir. Bilmagan uni yeb koโ€˜radi, bilgan qattiq chetlanadi"

(Sifatus-sofvah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

26 Dec, 13:12


#1582

Molik ibn Dinor rohimahulloh aytadilar:

"Dunyo qochish diyori, oxirat qaror diyori. Sizlar qaror diyori uchun qochish diyoridan olinglar.
Va badanlaring dunyodan chiqishidan oldin, qalblaringdan dunyoni chiqaringlar"

(Sifatus-sofvah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

25 Dec, 14:28


#1581

Molik ibn Dinor rohimahulloh aytadilar:

"Kishi solih boโ€˜lsada solihlarga ta'na qilishi uning yomonligiga kifoya"

(Sifatus-sofvah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

24 Dec, 12:32


#1580

Molik ibn Dinor rohimahulloh aytadilar:

Agar bir farishta gapirib "masjiddagi eng yomon kishi chiqib ketsin" desa, men turib chiqib ketar edim"

(Sifatus-sofvah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

23 Dec, 14:29


#1579

Molik ibn Dinor rohimahulloh aytadilar:

"Solihlar bir-biriga uch narsani nasihat qilar edi:

1-Tilni qamash;

2-Istigโ€˜forni koโ€˜paytirish;

3-Yolgโ€˜izlik "

(Sifatus-sofvah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

22 Dec, 13:19


#1578

Molik ibn Dinor rohimahulloh aytadilar:

"Har bir narsani changlatuvchi (urug'lantiruvchi)si bor. Solih amalni urug'lantiruvchisi esa mahzunlikdir. Kishi bu dinda faqat mahzunlik bilan sabr qila oladi. Kishining qalbida hech qachon oxiratga mahzunlik va dunyoga shodlik jamlanmaydi. Ular albatta biri boshqasini siqib chiqaradi"

(Sifatus-sofvah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

21 Dec, 14:45


#1577

Molik ibn Dinor rohimahulloh aytadilar:

"Odamlarni taniganimdan beri ularning maqtovidan hursand boโ€˜lmayman, yomonlashidan xafa boโ€˜lmayman. Chunki, ularni maqtovi ham yomonlashi ham mubolagโ€˜a bilan"

(Sifatus-sofvah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

20 Dec, 13:50


#1576

Molik ibn Dinor rohimahulloh aytadilar:

"Birlaring "Haramni diybojasi" (ka'ba pusht kabi) ota-onasi saryogโ€˜dek yetishtirgan qizga uylanadi-da keyin qalbini unga topshirib qoโ€˜yadi. "Nima istaysan, qilaman" deydi. Keyin u qiz uning dinini sugโ€˜urib oladi. Zaif yetim qizga uylanib uni yuvib tarab ajr olgisi kelmaydi"

(Sifatus-sofvah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

19 Dec, 13:02


#1575

Molik ibn Dinor rohimahulloh aytadilar:

"Har qanday yaxshi amal qarshisida toโ€˜gโ€˜anoqlar bo'ladi. Agar kishi sabr qilsa undan oโ€˜tadi, besabrlik qilsa ortga qaytib ketadi"

(Sifatus-sofvah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

18 Dec, 13:15


#1574

Molik ibn Dinor rohimahulloh aytadilar:

"Men istar edimki o'lsam meni qoโ€˜l oyogโ€˜imni bogโ€˜lab ko'minglar. Toki qul hojasidan qochsa qoโ€˜l oyogโ€˜iga kishan solib tutib kelingani kabi Robbimga yo'liqsam"

(Sifatus-sofvah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

17 Dec, 13:43


#1573

Molik ibn Dinor rohimahulloh aytadilar:

"Yomgโ€˜ir yerning bahori boโ€˜lgani kabi qur'on moโ€˜minning qalbini gullatuvchi bahoridir. Ba'zan yer iflosligi yomgโ€˜ir yogโ€˜sa ham donni o'sishga qoโ€˜ymaydi. Shu kabi qalb iflos bo'lsa qur'on ham qalbda iymonni o'stirmaydi"

(Sifatus-sofvah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

16 Dec, 13:24


#1572

Said ibn Musayyab rohimahulloh aytdilar:

"Kichkina qur'oncha, kichkina masjid demanglar! Chunki, Alloh uchun boโ€˜lgan har qanday narsa buyuk va chiroylidir"

(Hilyatul-avliyo)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

15 Dec, 12:57


#1571

Said ibn Musayyab rohimahulloh aytdilar:

"Bandalar Allohning satri ostida amal qiladilar. Agar Alloh bir bandani sharmanda qilishni istasa, uni satri ostidan chiqaradi, shunda odamlarga uning ayblari ochilib qoladi"

(Hilyatul-avliyo)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

14 Dec, 13:16


#1570

Said ibn Musayyab rohimahulloh aytdilar:

"Allohning qo'li bandalari ustidadir. Kim oโ€˜zini katta olsa, Alloh uni pasaytirib qoโ€˜yadi. Kim oโ€˜zini past olsa, Alloh uni koโ€˜tarib qoโ€˜yadi"

(Hilyatul-avliyo)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

13 Dec, 14:25


#1569

Said ibn Musayyab rohimahulloh aytdilar:

"Kim besh mahal namozni jamoatda oโ€˜qishni muhofaza qilsa, quruqligu dengizni ibodatga to'ldiribdi"

(Hilyatul-avliyo)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

12 Dec, 14:12


#1568

Said ibn Musayyab rohimahulloh aytdilar:

"Ibodat : Allohning amrida tafakkur qilish, qaytarganidan tiyilish, buyurganini qilishdir"

(Hilyatul-avliyo)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

11 Dec, 12:59


#1567

Said ibn Musayyab rohimahulloh aytdilar:

"Har qanday sharafli kishi, olim bo'lsin albatta uning ham ayblari bor.
Lekin odamlardan ayblari zikr qilinmaydiganlari bo'ladi.
Chunki, kimning fazilati nuqsonidan koโ€˜p bo'lsa, uning nuqsoni fazilati uchun kechiriladi"

(Sifatus-sofvah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

10 Dec, 14:52


#1566

Said ibn Musayyab rohimahulloh aytdilar:

"Dunyo pastdir. Undanda past esa uni nohaq olib notugโ€˜ri joyga sarflagan kishidir "

(sifatus-sofvah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

09 Dec, 12:55


#1565

Said ibn Musayyab rohimahulloh aytdilar:

"Moโ€˜min dushmanini Allohga osiylik qilayotganini koโ€˜rishi unga nusrat jihatdan kifoyadir"

(Sifatus-sofvah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

08 Dec, 13:02


#1564

Said ibn Musayyab rohimahulloh aytdilar:

"Banda Allohning toatichalik biror narsa bilan nafsini aziz qilmaydi. Va Allohga osiylikchalik biror narsa bilan nafsini xor qilmaydi"

(Sifatus-sofvah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

06 Dec, 13:59


#1562

Said ibn Musayyab rohimahulloh aytdilar:

"Zolimlarning yordamchilariga ko'zinglarni to'ydirib (havas qilib)qaramanglar. Faqat qalbingda inkor bilan nazar sol. Toki amallaring habata boโ€˜lib qolmasin"

(Sifatus-sofvah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

05 Dec, 12:52


#1561

Muhammad ibn Vosi rohimahulloh aytadilar:

"Oโ€˜zining fikridan ajablanib qolgan kishiga maslahat bera koโ€˜rma. Chunki u baribir sening fikringni qabul qilmaydi"

(Hilyatul-avliyo)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

04 Dec, 13:16


#1560

Muhammad ibn Vosi rohimahulloh aytadilar:

"Malollanuvchining doโ€˜sti qolmaydi. Hasadgoโ€˜yning esa boyligi"

(Hilyatul-avliyo)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

03 Dec, 14:05


#1559

Muhammad ibn Vosi rohimahulloh aytadilar:

Toโ€˜rt narsa qalbni o'ldiradi:

1-Gunoh ustiga gunoh qilaverish;

2-Ayollar bilan koโ€˜p gaplashish;

3-Ahmoq bilan tortishish;

4-Oโ€˜liklar bilan oโ€˜tirish;

U kishidan soโ€˜rashdi;

Oโ€˜liklar bilan oโ€˜tirish nima degani?

U kishi aytdilar:

"Zodagon badavlatlar va zolim podshohlar bilan oโ€˜tirish"

(Hilyatul-avliyo)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

02 Dec, 13:04


#1558

Bir kishi Muhammad ibn Vosi rohimahullohga dedi :

"Menga nasihat qiling!"

U kishi dedi:

"Dunyo va oxiratda podshoh bo'l"

U dedi:

"Bunga yoโ€˜l qanday?"

U kishi aytdilar:

"Dunyoda zohid boโ€˜lish"

(Hilyatul-avliyo)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

01 Dec, 12:14


#1557

Muhammad ibn Vosi rohimahulloh aytadilar:

"Kim Alloh yo'lida o'z nafsini yomon ko'rsa, Alloh uni yomon koโ€˜rishidan saqlana oladi"

(Hilyatul-avliyo)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

30 Nov, 14:30


#1556

Muhammad ibn Vosi rohimahulloh odamlarning gap-so'zlari haqida aytardilar:

"Meni qo'l oyoqlarimdan tutilib doโ€˜zaxga otilsam, odamlar gap-soโ€˜zlari menga nima foyda bera oladi!"

(Sifatus-sofvah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

29 Nov, 13:04


#1555

Muhammad ibn Vosi rohimahulloh aytadilar:

"Agar banda qalbi bilan Allohga yuzlansa, Alloh moโ€˜minlarning qalbini unga yuzlantirib qoโ€˜yadi"

(Sifatus-sofvah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

28 Nov, 12:35


#1554

Shaqiqul-balxiy rohimahulloh aytadilar:

"Kimda-kim musibatini Allohdan boshqaga shikoyat qilsa, hech qachon qalbida toat halovatini topmaydi"

(Minhajul-qosidin)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

27 Nov, 12:19


#1553

Shaqiqul-balxiy rohimahulloh aytadilar:

"Kishining taqvosi uch oโ€˜rinda bilinadi:

1-olishi
(Birovni haqqini olmaydi)

2-berishi
(Birovni haqqini beradi)

3-So'zlashi"
(Haq so'zlaydi)

(Ar-risalatul-qushayriyyah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

26 Nov, 13:11


#1552

Shaqiqul-balxiy rohimahulloh aytadilar:

"Moโ€˜minning misoli daraxt ekib undan tikan o'sishidan qoโ€˜rqqan kishining misoli.
(Amal qilib qoโ€˜rqadi)
Munofiqning misoli esa, tikan ekib undan meva kutgan kishining misoli"
(Amal qilmay umid qiladi)

(Sifatus-sofvah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

25 Nov, 12:50


#1551

Shaqiqul-balxiy rohimahulloh aytadilar:

"Amalga kirish ilm bilan bo'ladi. Unda sobitlik esa sabr bilan. Unga taslim bo'lish ixlos bilan. Kimda-kim amalga ilm bilan kirmasa u johildir"

(Hilyatul-avliyo)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

24 Nov, 14:36


#1550

Shaqiqul-balxiy rahimahulloh aytadilar:

"Agar bugun o'lib qolsanglar Alloh sizlardan ertaning namozini talab qilmagani kabi, sizlar ham undan ertaning rizqini talab qilmanglar. Ehtimol unga yetmasliginglar ham mumkin"

(Hilyatul-avliyo)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

23 Nov, 12:51


#1549

Shaqiqul-balxiy rahimahulloh aytadilar:

Moโ€˜min ibrat va tafakkur bilan mashgโ€˜ul. Munofiq esa hirs va orzu-havas bilan"

(Hilyatul-avliyo)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

22 Nov, 12:49


#1548

Shaqiqul-balxiy rahimahulloh aytadilar:

"Kim Allohni tanish darajasini bilishni istasa, Alloh va'da qilgan va odamlar va'da qilgan narsalarning qaysi biriga qalbida ishonchi komilroq ekaniga qarasin"

(Hilyatul-avliyo)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

21 Nov, 14:16


#1547

Shaqiqul-balxiy rahimahulloh aytadilar:

"Agar senga beruvchilar suyukli bo'lsa sen dunyo ahlidansan. Agar sendan oluvchilar senga suyukli bo'lsa sen oxirat ahlidansan"

(Hilyatul-avliyo)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

20 Nov, 13:02


#1546

Bishrul-hofiy rahimahulloh aytadilar:

"Amal qila olmaganingga yarasha osiylik ham qilma"

(Hilyatul-avliyo)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

19 Nov, 13:12


#1545

Bishrul-hofiy rahimahulloh aytadilar:

"Shahvatni kesishni istasang o'limni koโ€˜p esla"

(Hilyatul-avliyo)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

18 Nov, 12:53


#1544

Bishrul-hofiy rahimahulloh aytadilar:

"Kim hikmat berilishini istasa Allohga isyon qilmasin"

(Hilyatul-avliyo)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

17 Nov, 12:55


#1543

Bishrul-hofiy rahimahulloh aytadilar:

"Yomonliklaringni qanday berkitsang yaxshiliklaringni ham shunday berkit"

(Hilyatul-avliyo)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

16 Nov, 14:07


#1542

Bishrul-hofiy rahimahulloh aytadilar:

"Bandaning amali kamaygan sari gโ€˜amga mubtalo boโ€˜laveradi"

(Hilyatul-avliyo)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

15 Nov, 12:59


#1541

Bishrul-hofiy rahimahulloh aytadilar:

"Kimda-kim mashhur boโ€˜lib tanilishni istasa, albatta Alloh uning dinini ketkazib sharmanda qiladi"

(Hilyatul-avliyo)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

14 Nov, 12:48


#1540

Bishrul-hofiy rahimahulloh aytadilar:

"Moโ€˜minning azizligi odamlardan behojat boโ€˜lishida. Sharafi esa tungi namozni qoim qilishida"

(Hilyatul-avliyo)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

13 Nov, 13:15


#1539

Bishrul-hofiy rahimahulloh aytadilar:

"Sen o'zing bilan shahvatlar oโ€˜rtasida temirdan devor qilmaguningcha ibodat halovatini topmaysan"

(Zammul-havo)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

12 Nov, 14:35


#1538

Bishrul-hofiy rahimahulloh aytadilar:

"Hamma balo havoyi nafsga ergashishda. Hamma yechim unga xilof qilishda"

(Zammul-havo)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

11 Nov, 13:12


#1537

Bishrul-hofiy rahimahulloh aytadilar:

"Odamlar Allohga tavakkal qildim deb yolgโ€˜on gapiradilar. Agar Allohga haqiqiy tavakkal qilganlarida, u zot ularga nima qilsa ham rozi bo'lar edilar"

(Ar-risalatul-qushayriyyah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

10 Nov, 13:37


#1536

Bishrul-hofiy rahimahulloh aytadilar:

Sadaqa qilish haj , umra va jihod qilishdan ham afzal amal. Chunki bularni barcha koโ€˜radi. Ammo sir sadaqa qilganni esa faqat Alloh koโ€˜radi"

(Sifatus-sofvah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

09 Nov, 14:19


#1535

Bishrul-hofiy rahimahulloh aytadilar:

"Orzuz-havaslarga yaqin ajallardan gapirib turinglar"

(Sifatus-sofvah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

08 Nov, 13:33


#1534

Bishrul-hofiy rahimahulloh aytadilar:

"Ochlik qalbni sof qilib unda nozik ilmlarga makon paydo qiladi"

(Sifatus-sofvah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

07 Nov, 13:04


#1533

Bishrul-hofiy rahimahulloh aytadilar:

"Banda qachon Allohning toatida nuqsonga yo'l qo'ysa, Alloh undan yupanadigan kishilarini olib qoโ€˜yadi"

(Sifatus-sofvah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

06 Nov, 12:56


#1532

Bishrul-hofiy rahimahulloh aytadilar:

"Moโ€˜minning gโ€˜animati odamlar undan gโ€˜ofil ekani (tanimasligi) va makoni maxfiyligidir"

(Sifatus-sofvah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

05 Nov, 13:41


#1531

Avzaiy rahimahulloh aytadilar

"Iymon so'zsiz toโ€˜g'ri bo'lmaydi. Soโ€˜z esa amalsiz. Va iymon, so'z, amal barchasi niyyatsiz to'g'ri bo'lmaydi. Va niyyat esa sunnatga muvofiq bo'lmasa to'g'ri boโ€˜lmaydi"

(Sifatus-sofvah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

04 Nov, 13:29


#1530

Avzaiy rahimahulloh aytadilar:

"Dunyoda kechasi uzun qiyomda turganning qiyomatda mahsharda turishi yengillaydi"

(Sifatus-sofvah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

03 Nov, 15:11


#1529

Avzaiy rahimahulloh aytadilar:

Ofiyat o'n juz bo'lsa, uning toโ€˜qqiztasi sukutda, o'ninchisi esa odamlardan qochishda"

(Sifatus-sofvah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

02 Nov, 14:16


#1528

Avzaiy rohimahulloh aytadilar:

"Bizning (tobeinlar) nazdimizda "odamlar" desa ahli ilmlargina tushuniladi"

(Sifatus-sofvah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

01 Nov, 13:50


#1527

Avzaiy rohimahulloh aytadilar:

"Dunyoda oโ€˜tgan har bir soat qiyomat kunida bandaga koโ€˜rsatiladi. Shunda u Allohni zikr qilmay oโ€˜tkazgan har bir soniyaga afsus chekadi. Endi kunlar, oylarni zikrsiz oโ€˜tkazganiga qanday holatga tushadi bir oโ€˜ylab koโ€˜r!"

(Sifatus-sofvah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

31 Oct, 14:52


#1526

Bilol ibn Sa'd rohimahulloh aytadilar

"Oxiratning uzun kunlari uchun dunyoning qisqa kunlarida amal qilinglar.
Mangulik va ne'mat diyori uchun mahzunlik va charchoq diyorida amal qilinglar"

(Sifatus-sofvah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

30 Oct, 13:53


#1525

Bilol ibn Sa'd rohimahulloh aytadilar:

"Allohga toat qilganda savobini umid qilganinglardek unga itoatsizlik qilganda jazosidan ham qoโ€˜rqinglar"

(Sifatus-sofvah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

29 Oct, 15:24


#1524

Bilol ibn Sa'd rohimahulloh aytadilar:

"Odamlar dunyo talabida aqlli, oxirat talabiga kelganda esa ahmoq boโ€˜lib oladilar"

(Sifatus-sofvah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

28 Oct, 13:16


#1523

Bilol ibn Sa'd rohimahulloh aytadilar:

Allohni zikr qilish ikki xil bo'ladi:

1-Tilda zikr qilish

2-Biror ish qilmoqchi boโ€˜lsang uning halol va harom qilganini zikr qilish
Va mana shu eng afzal zikr"

(Sifatus-sofvah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

27 Oct, 13:01


#1522

Bilol ibn Sa'd rohimahulloh aytadilar:

"Senga qachon yoโ€˜liqsa Allohni eslatadigan birodaring, senga qachon yoโ€˜liqsa dinor qistiradigan birodaringdan yaxshidir"

(Sifatus-sofvah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

26 Oct, 14:33


#1521

Bilol ibn Sa'd rohimahulloh aytadilar:

"Qancha yeb-ichib, oโ€˜ynab-kulib yurganlar borki Alloh huzurida doโ€˜zaxning oโ€˜tini deb bitilgan"

(Sifatus-sofvah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

25 Oct, 14:03


#1520

Bilol ibn Sa'd rohimahulloh aytadilar:

'Yaxshiliklaringni eslab yomonliklaringni unutishing aldanganing alomatidir"

(Sifatus-sofvah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

24 Oct, 13:12


#1519

Bilol ibn Sa'd rohimahulloh aytadilar:

"Alloh gunohlarni kechiradi. Lekin, amal daftaridan oโ€˜chirmaydi. Agarchi tavba qilsa ham qiyomatda bandaga uni koโ€˜rsatib iqror qildiradi"

(Sifatus-sofvah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

23 Oct, 14:17


#1518

Bilol ibn Sa'd rohimahulloh aytadilar:

"Sizlar fano topish uchun emas boqiylik uchun yaratilgansizlar. Faqat (oโ€˜lim bilan) bir diyordan boshqa diyorga ko'chasizlar xolos"

(Sifatus-sofvah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

22 Oct, 13:52


#1517

Bilol ibn Sa'd rohimahulloh aytadilar:

"Oshkorangda valiyulloh (Allohning doโ€˜sti) , xufyonangda aduvulloh (Allohning dushmani) boโ€˜lma"

(Sifatus-sofvah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

21 Oct, 13:12


#1516

Bilol ibn Sa'd rohimahulloh aytadilar:

"Gunoh agar maxfiy qilinsa faqat egasiga zarar. Ammo, oshkor qilinsa va inkor qilinmasa ommaga zarar beradi"

(Sifatus-sofvah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

20 Oct, 13:54


#1515

Fuzayl ibn Iyoz rahimahulloh aytadilar:

"Kimning xulqi yomon bo'lsa, dinini ham, obrusini ham, muruvvatini ham xunuk koโ€˜rsatadi"

(Siyaru-alamun-nubala)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

19 Oct, 15:28


#1514

Fuzayl ibn Iyoz rahimahulloh aytadilar:

"Kishining Allohdan qoโ€˜rqishi uni tanishi miqdoricha,
Dunyoda zohidligi, oxiratga ragโ€˜bati miqdorisha,
Kim bilganiga amal qilsa, bilmaganidan behojatdir.
Kim bilganiga amal qilsa, bilmaganiga Alloh uni muvaffaq qiladi"

(Siyaru-alamun-nubala)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

18 Oct, 14:29


#1513

Fuzayl ibn Iyoz rahimahulloh aytadilar:

"Dunyoga aldanmanglar.
Chunki, uning sogโ€˜lomi kasal boโ€˜luvchi,
yangisi eskiruvchi, ne'mati foniy boโ€˜luvchi, yoshligi qaruvchidir"

(Az-zuhdul-kabir)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

17 Oct, 13:36


#1512

Fuzayl ibn Iyoz rahimahulloh aytadilar:

"Ikki xislat qalbni qotiradi:

1-Koโ€˜p uxlash

2-Koโ€˜p yeyish "

(Az-zuhdul-kabir)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

16 Oct, 14:51


#1511

Fuzayl ibn Iyoz rahimahulloh aytadilar:

"Agar taniqli boโ€˜lmaslikka qodir bo'lsang taniqli boโ€˜lma.
Taniqli boโ€˜lmaslik senga zarar qilmaydi.
Maqtov aytilmasligi senga zarar qilmaydi.
Odamlar nazdida yomon odam boโ€˜lishing ham senga zarar qilmaydi, agar Alloh nazdida maqtovli bo'lsang.."

(Az-zuhdul-kabir) )

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

15 Oct, 13:26


#1510

Fuzayl ibn Iyoz rahimahulloh aytadilar:

"Yaxshi koโ€˜rishga Alloh kifoya, yupanishga esa qur'on.
Mav'izaga o'lim kifoya.
Ilmli boโ€˜lishga Allohdan qoโ€˜rqish kifoya, johilikka esa Allohdan aldanish"

(Tanbehul-mug'tarrin)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

14 Oct, 14:00


#1509

Fuzayl ibn Iyoz rahimahulloh aytadilar:

"Haqiqiy ulamolar ta'lim olgach amal qiladi. Amal qilgach mashgโ€˜ul boโ€˜ladi. Mashgโ€˜ul boโ€˜lgach yo'qolib qoladi. Yo'qolib qolgach izlanadi. Izlangach qochadi"

(Siyaru-alamun-nubala)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

13 Oct, 14:27


#1508

Fuzayl ibn Iyoz rahimahulloh aytadilar:

"Men Allohga osiy bo'lsam, buning ta'sirini hatto eshagim va xizmatkorim xulqida ham bilaman"

(Ar-risalatul-qushayriyyah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

12 Oct, 15:40


#1507

Fuzayl ibn Iyoz rahimahulloh aytadilar:

"Xoโ€˜jakoโ€˜rsinga amalni tark qilish riyo. Xoโ€˜jakoโ€˜rsin uchun amal qilish esa shirk. Ixlos esa Alloh senga ikkisidan ham ofiyat berishidir"

(Ar-risalatul-qushayriyyah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

11 Oct, 14:09


#1506

Fuzayl ibn Iyoz rahimahulloh aytadilar:

"Odobning boshi kishi o'z qadri (haddi)ni bilishidir"

(Al-aqdul-farid)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

10 Oct, 12:39


#1505

Fuzayl ibn Iyoz rahimahulloh aytadilar:

"Qorniga kirgan narsa nimaligini (halolmi harommi) bilgan kishi Alloh huzurida siddiqdir"

(At-tobaqotul-kubro)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

09 Oct, 14:00


#1504

Fuzayl ibn Iyoz rahimahulloh aytadilar:

"Farz amallar sarmoyadir. Nafllar bo'lsa undan chiqqan daromad. Daromad sarmoyasiz boโ€˜lmaganidek, nafllar farzsiz boโ€˜lmaydi"

(Hilyatul-avliyo)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

08 Oct, 13:18


#1503

Fuzayl ibn Iyoz rahimahulloh aytadilar:

"Kim Alloh taolo bilan sodiq muomalada bo'lsa, Alloh unga hikmatni meros qilib beradi"

(Hilyatul-avliyo)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

07 Oct, 13:36


#1502

Fuzayl ibn Iyoz rahimahulloh aytadilar:

"Alloh rizqni taqsimlaganidek muhabbatni ham taqsimlab qoโ€˜ygan. Shuning uchun muhabbat sabab hasad qilishdan saqlaninglar. U davosi yoโ€˜q illatdir"

(Hilyatul-avliyo)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

06 Oct, 13:13


#1501

Fuzayl ibn Iyoz rahimahulloh aytadilar:

"Haqiqiy yigโ€˜lash koโ€˜zdan yosh chiqishi emas qalb yigโ€˜lashidir. Qancha kishilar borki koโ€˜zi yoshlansa ham qalbi qattiq. Munofiqnining yigโ€˜isi koโ€˜zida bo'ladi, qalbida emas"

(Tanbehul-mug'tarrin)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

05 Oct, 12:47


#1500

Fuzayl ibn Iyoz rahimahulloh aytadilar:

"Uyimda Robbim bilan xilvatda qolishdan koโ€˜ra lazzat topmadim. Shuning uchun azonni eshitsam "Inna lillahi va inna ilayhi rojiun" deyman. Chunki, masjidga chiqib odamlarga yoโ€˜liqqanimda ular meni Robbimdan mashg'ul qilishadi"

(Az-zuhdul-kabir)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

04 Oct, 13:17


#1499

Fuzayl ibn Iyoz rahimahulloh aytadilar:

"Parhezning eng shiddatlisi til parhezidir"

(Yeyishdan koโ€˜ra gapirishdan parhez qilish qiyinroq)

(Siyaru-alamun-nubala)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

03 Oct, 12:28


#1498

Fuzayl ibn Iyoz rahimahulloh aytadilar:

"Kim Allohdan qoโ€˜rqsa biror kishi unga zarar bera olmaydi. Kim Allohdan boshqadan qoโ€˜rqsa, biror kishi unga foyda bera olmaydi"

(Siyaru-alamun-nubala)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

02 Oct, 13:13


#1497

Fuzayl ibn Iyoz rahimahulloh aytadilar:

"Agar kechalari qiyomga kunduzlari siyom (roโ€˜za)ga qodir bo'la olmasang, bilginki sen gunohlaring bilan kishanlangan mahrumsan"

(Siyaru-alamun-nubala)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

01 Oct, 15:38


#1496

Fuzayl ibn Iyoz rahimahulloh aytadilar:

"Fazilatli kishi modom o'zini fazilatli deb koโ€˜rmasa u fazilatlidir"

(Tobaqotul-kubro)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

Kun hikmati

30 Sep, 13:09


#1495

Fuzayl ibn Iyoz rahimahulloh aytadilar:

"Agar qalbingda odamlardan umidni chiqarib tashlaganingni Alloh senda bilsa, qalbingda undan boshqaga joy bo'lmasa, sen undan nimani soโ€˜rasang u senga albatta beradi"

(Sifatus-sofvah)

๐Ÿ“ฒ Telegram / Instagram / Facebook

2,863

subscribers

1,700

photos

3

videos