Savol: Baʼzi odamlar har milodiy yil Fevral oyining oʻn toʻrtinchi kuni (2/14), sevgi kuni (Valentin kuni)ni nishonlaydilar. Bir-birlariga qizil gul hadya qilishadi, qizil kiyim kiyishadi va bir-birlariga tabrik yoʻllashadi. Baʼzi shirinlik doʻkonlari qizil rangli shirinliklar tayyorlaydi va unga yurak (surati)ni chizadi. Baʼzi doʻkonlar esa ushbu kunga xos boʻlgan mollariga eʼlonlar beradi. (Quyidagilarga) nima fikr bildirasizlar:
Birinchi: Ushbu kunni nishonlash?
Ikkinchi: Ushbu kunda doʻkonlardan harid qilishlik?
Uchinchi: («Bayram»ni nishonlamaydigan) doʻkon egalari nishonlaydiganlarga ana shu kuni hadya qilinadigan ayrim narsalarni sotishi?
Alloh sizlarni yaxshilik bilan mukofotlasin!
Javob: Kitob va sunnatdan iborat ochiq dalillar hamda ummat salaflarining ijmosi shuki, islomda bayramlar faqat ikkitadir. Ular: Ramazon va qurbonlik hayit-(bayram)lari. U ikkisidan oʻzga bayramlarga kelsak, xoh shaxs yoki jamoat yohud biror voqea yokida qaysi bir maʼnoga bogʻliq boʻlishidan qatʼiy nazar, ular bidʼiy bayramlar boʻlib, islom ahliga uni nishonlash, unga iqror boʻlish, u sababli shodlik izhor qilish hamda unga biror narsa bilan koʻmak berishlik joiz boʻlmaydi. Chunki bu, Allohning chegaralariga tajovuz qilishlik jumlasidandir. Kimda-kim Allohning hududlariga tajovuz qilsa, batahqiq, oʻziga zulm qilibdi. Endi bu oʻylab topilgan bayramga u, kofirlarning bayramlaridan ekani qoʻshilsa, bas, bu gunoh ustiga gunohdir. Chunki bunda ularga oʻxshashlik hamda ularni doʻst tutishlikdan bir tur mavjud. Darhaqiqat, Alloh subhanahu moʻminlarni Aziz Kitobida ularga oʻxshash boʻlish va ularni doʻst tutishdan qaytardi. Paygʻambar sollallohu alayhi va sallamdan shunday deganliklari sobit boʻlgan: «Kimda-kim oʻzini biror qavmga oʻxshatsa, bas, u ulardandir» (Abu Dovud (4031), Ahmad «Musnad» (2/50)). Sevgi bayrami (yuqorida) zikr qilinganlar jumlasidandir. Chunki u, butparast nasroniylarning bayramlaridan. Allohga va oxirat kuniga iymon keltiradigan musulmon uchun uni nishonlash yoki unga iqror boʻlish yohud u bilan tabrik yoʻllash halol boʻlmaydi. Balki uni tark etish, Alloh va Rasuli (chaqirigʻi)ga ijobat qilish hamda Allohning gʻazabi va azobi sabablaridan yiroq boʻlish nuqtai nazaridan undan chetlashish vojib boʻladi. Xuddi musulmonga shu yoki bundan boshqa harom bayramlarga yeyish, ichish, sotish, harid qilish, ishlab chiqarish, hadya ulashish, noma yoʻllash, eʼlon berish yoki bundan boshqa biror narsa bilan koʻmak berish harom boʻlganidek. Chunki buning bari gunoh va tajovuz hamda Alloh va Rasuliga maʼsiyat yoʻlida hamkorlik qilish jumlasidandir. Alloh jalla va aʼla aytadiki: «Yaxshilik va taqvo yoʻlida hamkorlik qilingiz, gunoh va haddan oshish yoʻlida hamkorlik qilmangiz! Allohdan qoʻrqingiz! Shubhasiz, Allohning azobi qattiqdir» (Moida: 2).
Musulmonga jamiyki holatlarida, ayniqsa fitna va fasod koʻp vaqtlarda Kitob va sunnatga bogʻlanishligi vojib boʻladi. Hamda unga, ularga gʻazab qilingan, adashgan va Allohni ulugʻlashni (yaʼni Unga ibodat qilishni) oʻylamaydigan, islomga bosh koʻtarmaydigan fosiqlarning zalolatlariga tushishdan sergak, hazir boʻlishi vojib boʻladi. Musulmonga Alloh taologa hidoyat va unda (hidoyatda) sobitqadamlikni soʻrab iltijo qilishi vojib boʻladi. Batahqiq, Allohdan oʻzga hidoyat qiluvchi va U subhanahudan oʻzga sobitqadam qiluvchi yoʻqdir.
Tavfiq Allohdan. Alloh taolo Paygʻambarimiz Muhammadga, u kishining ahli oila va sahobalariga salovat va salomlar yoʻllasin.
Ilmiy Tadqiqotlar va Fatvo Berish Doimiy Qoʻmitasi
✍️ @toliblarga_nasihat