Komila Qiz @komila_qiz_7848 Channel on Telegram

Komila Qiz

@komila_qiz_7848


Admin bilan aloqa uchun
👇👇👇
@QoraQosh7848
@Komila_Qiz7848

Komila Qiz (Uzbek)

Komila Qiz kanali - bu sizning sevgi va romantik hayot bo'yicha maslahatlar va qo'shiq klip videolari uchun eng yaxshi manzil. Agar sizning hayotingizda sevgi, muhabbat, va romantika ko'pgina bo'lsa, bu kanal siz uchun. Komila Qiz kanali admini bilan aloqa uchun @QoraQosh7848 ga murojaat qiling. Sevgi va romantika mavzulari haqida yangi videolar va maqolalar bilan eng so'nggi yangiliklarni o'rganish uchun, Komila Qiz kanaliga obuna bo'ling! Sizning hayotingizni sevgi bilan to'ldiring va romantik hislaringizni oshiring. Komila Qiz kanali - sevgi va romantika tinglangan joyingiz!

Komila Qiz

19 Nov, 13:09


Yuragim dardini olsam qalamga.
Taqdir qog‘oziga tushar alanga.
Necha gulga moyil bo‘lmagan qalbim,
Bitta yor dastidan to‘ldi alamga.


@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

17 Nov, 15:28


Homush bo‘lsang bag‘rim tig‘layman.
Xavotirdan o‘zga sizg‘mayman.
Tuyg‘ularim tushunmaysanda.
Sen yig‘lasang men ham yig‘layman.

Quvonch bermoq dildagi ahddir.
Ham maqsadim ham kuchli shaxddir.
Bundan ortiq mazmun kerakmas.
Sen kulganing men uchun baxtdir.

Ko‘zlaringdan yoshing terayin.
Sevaolsang qalbim berayin.
Ochgin menga hayot eshiging.
Shodliklarni olib kirayin.

Nurlar sochib osmonu falak.
Berayapti baxtimdan darak.
Men hotirjam bo‘lishim uchun.
Sen yonimda bo‘lishing kerak.

Yuragimiz birlashib ursin.
Ko‘ngil visol gashtini sursin.
Sinovlardan birga o‘taylik.
Armon bizdan olisda yursin.

Muallif: Komila Qiz.


@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

17 Nov, 15:17


Oʻzimga uy tanladim ona.
Komila Qiz.
Iroda.🎙


@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

17 Nov, 14:49


💔 O'zimga uy tanladim ona 💔

Komila Qiz
🎙 Shirin Ismoilzoda🎙

@shirin_ismoilzoda
@shirin_ismoilzoda_kanali

@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

17 Nov, 10:44


Rashk qilmasam o‘lib qolaman.

Komila Qiz.
Asqar Asadov.🎙


@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

17 Nov, 10:41


Xayotingdan chiqib ketaman.

Komila Qiz.
Asqar Asadov.🎙


@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

17 Nov, 10:40


Meniki bo‘lmagan mening sevgilim.

Komila Qiz.
Asqar Asadov.🎙


@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

17 Nov, 10:31


Imkon bo‘lsa sen bilan o‘tgan,
O‘tmishimda qolib ketardim.
Ket deyishsa dunyoni tashlab,
Suratingni olib ketardim.

Sendan bo‘lgan bo‘lsamda judo,
Bil sen uchun shu jonim fido,
Sog‘inchimga birgina davo,
Suratingni olib ketardim.


✍️ Komila Qiz.

🎙️Yagosh

💻 Yagosh


@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

17 Nov, 10:20


Sog‘indim 😔😔😔




G‘iyosbek ijrosida 🎤🎤🎤




Komila Qiz


@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

17 Nov, 07:49


Sog‘indim oy kabi nurli yuzingni.
Tun qorong‘usidek mayus ko‘zingni.
Hech biri hali ham yodimdan chiqmas.
Sog‘indim sog‘indim degan so‘zingni.

Gohida rasminga nazar solaman.
Hayolan o‘zimcha xabar olaman.
Sen bilan o‘tkazgan kunlarni eslab.
Hammadan bekinib yig‘lab olaman.
KOMILA QIZ


🎤 SABR UMMONI

@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

17 Nov, 07:47


Umid nihollarim unmay so‘lsada.
Ayriliq armonning ko‘ngli to‘lsada.
Mayli diydorlashish etmasin nasib.
Seni sevar edim gunoh bo‘lsada.

Muallif: Komila Qiz.
Ijroda: Mehr.🎙

Komila Qiz

17 Nov, 06:03


Sog‘indim oy kabi nurli yuzingni.
Tun qorong‘usidek mayus ko‘zingni.
Hech biri hali ham yodimdan chiqmas.
Sog‘indim sog‘indim degan so‘zingni.

Gohida rasminga nazar solaman.
Hayolan o‘zimcha xabar olaman.
Sen bilan o‘tkazgan kunlarni eslab.
Hammadan bekinib yig‘lab olaman.

Sen ketding kunimda mazmun yo‘qoldi.
O‘rningni yolg‘izlik egallab oldi.
Sensiz urishdan ham tolgan yuragim
Bilsayding alamlar qay kuyga soldi.

Endi olislardan qarayman senga.
Sog‘inchli so‘zlarim atayman senga.
Kim bilan qayerda bo‘lmagin mayli.
Sening Borligingni o‘zi baxt menga.

Umid nihollarim unmay so‘lsada.
Ayriliq armonning ko‘ngli to‘lsada.
Mayli diydorlashish etmasin nasib.
Seni sevar edim gunoh bo‘lsada.

Muallif: Komila Qiz.

Muallif huquqi himoyalangan.

@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

16 Nov, 14:27


Buyurtma asosida yozildi

Tog‘lardanda baland hasrat qayg‘ularim.
Nahot senga yetib bormas tuyg‘ularim.
Qo‘l ushlashib bizlar qilgan axdlar qani?.
Bir umirga armon bo‘ldi orzularim.

Yuragimning har zarbida sen eding-ku.
O‘ylarimda hayolimda sen eding-ku.
Gard yuqtirmay asraganim baxtim deya.
Yaratgandan so‘raganim sen eding-ku.

Ketding qara sensiz yurak yarim bo‘ldi.
Oshno bo‘lib alam mendan ko‘ngli to‘ldi.
Yarim yo‘lda yetmay qoldim manzilimga.
Qo‘limdagi senga degan gullar so‘ldi.

Netay endi taqdir ekan boshqa boshqa.
Aldanibman qora ko‘z-u qalam qoshga.
Menga bergan va'dalari yolg‘on ekan.
Eh qaydanam oshiq bo‘ldim bag‘ri toshga.

Muallif: Komila Qiz.


@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

15 Nov, 18:59


𝑴𝑬𝑵𝑰𝑵𝑮 𝑲𝑬𝑹𝑨𝑲𝑳𝑰𝑮𝑰𝑴

-𝑲𝒐𝒎𝒊𝒍𝒂 𝑸𝒊𝒛 & 𝑩𝒆𝒏𝒂𝒛𝒊𝒓𝒊𝒎

🎤- 𝑺𝒉𝒂𝒉𝒊𝒏𝒂 & 𝑻𝒆𝒎𝒖𝒓 (𝑨𝒓𝒊𝒄𝒉𝒂)

@Movludabonu_Imomnazarova

@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

15 Nov, 18:28


🤩🤩🤩🤩Yangi Ijod Na'munasi

📌 Sizga Foydam Tegmay Qoldida

📝 Muallif: Komila Qiz

🎶 After: Tojiddin Ismonov

Bizdan uzoqlashmang
https://t.me/Tojiddin_Ismonov_Jonli_Ijro

@Komila_Qiz_7848

@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

15 Nov, 13:48


🤩🤩🤩🤩Yangi Ijod Na'munasi

📌 Sizga Foydam Tegmay Qoldida

📝 Muallif: Komila Qiz

🎶 After: Tojiddin Ismonov

Bizdan uzoqlashmang
https://t.me/Tojiddin_Ismonov_Jonli_Ijro

@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

15 Nov, 13:10


Yorug‘ kunning o‘n beshi o‘tib,
Hayot boshga sinov soldida.
Qoldingizlar birdan o‘zgarib,
Sizga foydam tegmay qoldida.

Til uchida holim so‘rganlar,
Manfaatini ustun ko‘rganlar,
Foydasini ko‘zlab yurganlar,
Sizga foydam tegmay qoldida.

Meni ko‘rmay qoldi ko‘zingiz,
Sezdingizmi shuni o‘zingiz,
Shunda bildim asl yuzingiz,
Sizga foydam tegmay qoldida.

Bog‘imdagi gullarim so‘lib,
Shodon kunim g‘amlarga to‘lib,
O‘zim bilan ovvora bo‘lib,
Sizga foydam tegmay qoldida.

O‘tdi boylik ketdi toj-u taxt,
Uchdi boshdan qo‘nib turgan baxt,
So‘ndi ishonch so‘ndi dilda shaxd,
Sizga foydam tegmay qoldida.

So‘ramaysiz kam-u ko‘stlarim,
Dastingizdan somon po‘stlarim,
Jigarlarim sohta do‘stlarim,
Sizga foydam tegmay qoldida.

Aqlim yetmay qoldi o‘yimga,
Kelmadingiz aytsam to‘yimga,
O‘ynamaysiz chalgan kuyimga,
Endi foydam tegmay qoldida.

Maqtab tinmas edi tilingiz,
Ko‘ksingizda edi qo‘lingiz,
Bir aylanib o‘ng-u so‘lingiz,
Sizga foydam tegmay qoldida.

O‘zingizni o‘ylamang faqat,
Sizlarga ham keladi navbat,
Achchiq bo‘lar ekan haqiqat,
Sizga foydam tegmay qoldida.

Muallif: Komila Qiz.

Muallif huquqi himoyalangan


@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

14 Nov, 17:39


МЕНИНГ КЕРАКЛИГИМ
ЎЗИНГНИ АСРА...

Дуэт:
Муаллифлар:
Мавлудабону Имомназарова.
Комила Қиз.

Қара кеча кундуз ёнингдаман-ку,
Илтимос ёлғизман демагин сира.
Танингда жўш урган қонингдаман-ку,
Менинг кераклигим ўзингни асра.
Комила Қиз.

Юракда тушкунлик, топмас ниҳоя,
Турфа хил қўрқувлар солмоқда соя,
Оҳ, менга соғ бўлсанг қилар кифоя,
Менинг кераклигим ўзингни асра.
Мавлудабону Имомназарова.

Унутгин ғамларни ўйламагин ҳеч,
Бўлди умидсизлик кишанларин еч.
Ўзингни авайла бўлмасидан кеч,
Менинг кераклигим ўзингни асра.
Комила Қиз.

Сенсизлик кўнглимга солар ғалаён,
Қайдасан аҳволинг айлагин баён.
Кўрмасам бўлмайди ўзингни шу он,
Менинг кераклигим ўзингни асра!
Мавлудабону Имомназарова.

Ҳавотир остида урар юрагим,
Икки ўт ичида жони ҳалагим,
Сендан сўрайдиган ёлғиз тилагим,
Менинг кераклигим ўзингни асра.
Комила Қиз.

Мени хам ўйлагин илтимос бироз,
Бир сенга ишониб қўйганман ихлос.
Биргина тилагим шугина халос,
Менинг кераклигим ўзингни асра!
Мавлудабону Имомназарова.

Азобда ўзингни қийнайсан нечун,
Ё синаябсанми сабримнинг кучин,
Билсанг керакдурсан яшашим учун,
Менинг кераклигим ўзингни асра.
Комила Қиз.

Ёмонман демагин  асло ўзингни,
Изтироб, қайғуга ўраб сўзингни.
Доим кўриб яшай, бахтёр юзингни,
Менинг кераклигим ўзингни асра!
Мавлудабону Имомназарова.

Ҳар кимни юзидан қопиб бўлмайди,
Ойни этак билан ёпиб бўлмайди,
Асабни қайтадан топиб бўлмайди,
Менинг кераклигим ўзингни асра.
Комила Қиз.

Одамлар не деса десинлар майли,
Ёв санаб, мендан хам  кечсинлар майли.
Тирикман покиза меҳринг туфайли,
Менинг кераклигим ўзингни асра!
Мoвлудабону Имомназарова.

12.07.2022.12:45.

@Movludabonu_Imomnazarova

@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

12 Nov, 19:33


Qasam ondlar yolg‘ondek,
Bajarilmay qoldi ahd.
Kutgan edim seni lek,
Menga buyurmagan baxt.

Boylik o‘tida yongan,
Muhabbatidan tongan,
Alloh mendan qizg‘ongan,
Menga buyurmagan baxt.

Muallif: Komila Qiz.
Ijroda: Muslima Ahmedova.🎙


@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

12 Nov, 16:47


Махалангда дув дув гап 🧐🤨🤔🤭
Муаллифлар: Камронбек Исмоилов ва Комила Чориева ✍️✏️📜📖📚📔
Ижродачилар: Умр Узоқ ва Шахина 🎤🎙️🎛️🎚️🎧💻👀

evib sevildik lekin,
Keldi taqdir yo‘li chap,
Bo‘ldik tomosha tekin,
Mahallamda duv-duv gap.

Ana kelibdi deydi,
Sovg‘a beribdi deydi,
G‘iybat boshimni yeydi,
Mahallamda duv-duv gap.

O‘zlaridan gap qo‘shib,
Yetkazishadi shoshib,
Vaqirdab qaynab toshib,
Mahallamda duv-duv gap.

Ochildida ko‘p sirlar,
Eshtmoqqa majburlar,
Meni ko‘rsa pichirlar,
Mahallamda duv-duv gap.

Tor ko‘chamga kirgani,
Oshkor itim quvgani,
Necha odam ko‘rgani,
Mahallamda duv-duv gap.

Ichib olishib ayron,
Dugonalarim hayron,
Qildi xayotim vayron,
Mahallamda duv-duv gap.

Yig‘laymikan yo kulay,
Yo gapiray jim bo‘lay,
Seni sevmay men o‘lay,
Mahallamda duv-duv gap.

Balo bo‘lding boshimga,
Yosh qo‘shildi yoshimga,
Kelma endi qoshimga,
Mahallamda duv-duv gap.

Kim aytdi qilar alam,
Qo‘rquvdan titrar tanam,
Bilibti hatto otam,
Mahallamda duv-duv gap.

O‘ylayverib aqlim lol,
Yosh jonim topdi zavol,
Yo sotdimi majnu

Komila Qiz

05 Nov, 14:51


Hammangizdan nafratlanaman.

KOMILA QIZ


🎤SABR UMMONI


@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

05 Nov, 12:05


Yolg‘on dunyo makoningizdan,
Adolat yo‘q zamoningizdan,
Barcha yaxshi yomoningizdan,
Hammangizdan nafratlanaman.

Xozir g‘amim yesangizlarda,
Zarra mehr bersangizlarda,
Sen nohaqsan desangizlarda,
Hammangizdan nafratlanaman.

Jondan o‘tar azobingiz ham,
Rost ko‘rsatgan sarobingiz ham,
Minnatlidir savobingiz ham,
Hammangizdan nafratlanaman.

Ikki gapli ikki so‘zlisiz,
Ko‘rolmaysiz yomon ko‘zlisiz,
Niqobdasiz soxta yuzlisiz,
Hammangizdan nafratlanaman.

Pushaymonlik kelganda gali,
Necha afsus deysizlar hali,
Yashirmayman so‘zim dangali,
Hammangizdan nafratlanaman.

Qiziqtirmas chalgan kuyingiz,
Ma'rakaa-uy qilgan to‘yingiz,,
Boshingizdan qolsin uyingiz,
Hammangizdan nafratlanaman.

Asli dunyo deyishar bir kam,
Hech bir banda bo‘lolmas bekam,
Sizlar emas Allohdir hakam,
Hammangizdan nafratlanaman.

Qalbimdagi jarohat izni,
Go‘yo ko‘rmas hudoyim bizni,
Pul, pul deysiz pul yesin sizni,
Hammangizdan nafratlanaman,

Qilmishingiz ozor berganda,
Ko‘zlarimga yoshlar terganda.
Har doimmas kezi kelganda,
Hammangizdan nafratlanaman.

O‘qiganda qizarar yuzi,
Og‘iz juftlab chiqmaydi so‘zi,
Gap egasin topadi o‘zi,
Hammangizdan nafratlanaman.

©Muallif: Komila Qiz.


@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

03 Nov, 17:39


Chorasizman qarshingizda men,
Yuragimda qoldirgan dog‘lar.
Hudbinlarning hudbinisiz eng,
Qalbi majruh tanasi sog‘lar.

Yuzsizligin ko‘rib lol qoldim,
G‘ururlari go‘yoki tog‘lar.
Qarg‘amadim hudoga soldim,
Qalbi majruh tanasi sog‘lar.

Bobur.
Dilnoza Usarovaa.🎙


@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

03 Nov, 07:00


Qachon yozganimni xech eslolmadim lekin.

So‘ragin yo‘q demay jonim beraman,.
Lekin so‘z demoqqa ojizdir tilim,
Ne qilay men seni hamon sevaman,
Meniki bo‘lmagan mening sevgilim.

Yosh to‘la bu ko‘zlar tushganda ko‘zga,
Shodonlik niqobin tortarman yuzga,
Orzular bir ammo taqdirlar o‘zga,
Meniki bo‘lmagan mening sevgilim.

Alam otashida qiynalishim rost,
Vaslinga yetolmay o‘rtanishim rost,
Lek seni hali ham qizg‘onishim rost,
Meniki bo‘lmagan mening sevgilim.

Ishq to‘la yuragim ishqqa zor bo‘ldi,
Sensiz keng dunyolar ko‘zga tor bo‘ldi,
Yoningda men emas o‘zga yor bo‘ldi,
Meniki bo‘lmagan mening sevgilim.

Ketarsan tillodan taxt tilay senga,
Mustahkam buzilmas ahd tilay senga,
Bugun o‘zimda yo‘q baxt tilay senga,
Meniki bo‘lmagan mening sevgilim.

©️Muallif: Komila Qiz.


@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

02 Nov, 14:10


Oxirgi so‘zlar uchun alohida raxmat Muslima😘😘😘😘

Hayollari kimda ekan deb,
Kecha kunduz o‘ylab tolaman.
Chidolmayman ich etimni yeb,
Rashk qilmasam o‘lib qolaman.

Bu ishingiz jonimga jafo,
Yetmay qolar hattoki havo,
Meni shunday yaratgan hudo,
Rashk qilmasam o‘lib qolaman.

Birov sayoq demasin ering,
Gap so‘zlarga e'tibor bering,
Ishdan to‘g‘ri yonimga keling,
Rashk qilmasam o‘lib qolaman.

Komila Qiz.
Muslima Ahmedova.🎙


@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

02 Nov, 03:43


🎙Behruzbek
🎙Muslima Axmedova
qtingiz bo‘lganda bir o‘ylab ko‘ring,
Xisoblang ko‘ngilda kirimiz qancha,
Yashirib aytishga uyalib yurgan,
Odamlar bilmagan sirimiz qancha.

Taqdirning yozig‘i paymona to‘lib,
Dunyodan o‘tamiz yumib ko‘zimiz,
O‘zgamas qilgan u gunohimizga,
Javobin beramiz faqat o‘zimiz.

Muallif: Komila Qiz.


@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

01 Nov, 14:30


Hayotingdan chiqib ketaman.

🥹🥹🥀🥀😢😢😢

O‘zim ushlab turibman arang,
Asablar ham tortilgan tarang,
Yetar menga bitta ishorang,
Hayotingdan chiqib ketaman.

Yurma degin hayolga cho‘mib,
Yig‘lamayin ko‘zim chirt yumib,
Yuragimga sevgimni ko‘mib,
Hayotingdan chiqib ketaman.

📝Muallif: Komila Qiz.

🎙Muslima  Axmedova


@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

01 Nov, 03:51


Yolg‘on sabab sovidi ora,
Seni qiynab endi netaman.
Taqdir emas ekan na chora,
Hayotingdan chiqib ketaman.

Ortga qaytmay yuzing burolsang,
Mahzun bo‘lmay kulib yurolsang,
Agar mensiz baxtli bo‘lolsang,
Hayotingdan chiqib ketaman.

Tunda sog‘inch xabar olmaydi,
Azoblarni boshga solmaydi,
Ishon xatto izim qolmaydi,
Hayotingdan chiqib ketaman.

Mendan zarra ko‘ngling to‘lmasa,
Quchganingda g‘aming o‘lmasa,
Yuragingda o‘rnim bo‘lmasa,
Hayotingdan chiqib ketaman.

Qara kunlar o‘tyapti tunday,
Bo‘lolmadik Layli Majnunday,
Davom etib bo‘lmaydi bunday,
Hayotingdan chiqib ketaman.

O‘zim ushlab turibman arang,
Asablar ham tortilgan tarang,
Yetar menga bitta ishorang,
Hayotingdan chiqib ketaman.

Yurma degin hayolga cho‘mib,
Yig‘lamayin ko‘zim chirt yumib,
Yuragimga sevgimni ko‘mib,
Hayotingdan chiqib ketaman.

Muallif: Komila Qiz.


@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

01 Nov, 03:43


Bir sinovli bu dunyosiga,
Yolg‘iz keldik yolg‘iz o‘lamiz.
Yurakkinam unutma shuni,
Qabrda ham yolg‘iz bo‘lamiz.

Komila Qiz
🎙
@IsLoMBeK_InTiZoRiY

@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

31 Oct, 12:28


Nega o‘zimizni ayblamaymiz hech?
Qarang gunohlar ko‘p xatolar bisyor.
G‘azabda jahlning otiga minib,
Yaqinlar qalbiga beramiz ozor.

Barcha g‘amimizga o‘zimiz sabab,
Biling hech o‘zganing gunohi yo‘qdir,
Bekor aytilmagan qilmish qidirmish,
So‘ngi pushaymonlar yurakka o‘qdir.

Bir ishning ohirin bilmagan holda,
Biz ahir adashdik o‘zimiz yo‘ldan,
O‘z qo‘lib o‘zgani ayblamang endi,
Ko‘ring qars ham chiqar ikkita qo‘ldan.

Nega o‘zimizni ayblamaymiz hech?
Mushtoq yuragimni tilgan u deymiz,
Muhabbatning achchiq sinovlarida,
Menga bevafolik qilgan u deymiz.

Ko‘zgu qo‘limizda o‘zimiz oppoq,
Go‘yo farishtamiz bizlar benuqson,
Ular sababchidir azobimizga,
Odamlar hudbindir odamlar yomon.

Aniq qayerdadir xatoyimiz bor,
Unutmang berilmas bejizga jazo,
Bu qaytar dunyoda qaytadi bir kun,
Vafoga vafodir jafoga jafo.

Nega o‘zimizni ayblamaymiz hech?
Kutmaymiz kechamiz bo‘lib sabrsiz,
Vaqtida yaqinlar qadrini bilmay,
Balki shu tufayli bo‘ldik qadrsiz.

Osamdekqaramay mehr berganga,
Kekkayib manmanlik qo‘lini tutsak,
Albatta oqibat yo‘qoladida,
E'tibor bermasdan e'tibor kutsak.

Gaplarni aytamiz qog‘ozga o‘rab,
So‘zimiz tagida bo‘lar so‘zimiz,
Turfa hil niqoblar yurar biz bilan,
Eng avval ularmas soxta o‘zimiz.

Nega o‘zimizni ayblamaymiz hech?
O‘ziga mindirgan nafs otimiz bor,
Nega o‘zlik bilan yuzlasholmaymiz?
Yoki o‘zimizdan qilamizmi or.

Vaqtingiz bo‘lganda bir o‘ylab ko‘ring,
Xisoblang ko‘ngilda kirimiz qancha,
Yashirib aytishga uyalib yurgan,
Odamlar bilmagan sirimiz qancha.

Taqdirning yozig‘i paymona to‘lib,
Dunyodan o‘tamiz yumib ko‘zimiz,
O‘zgamas qilgan u gunohimizga,
Javobin beramiz faqat o‘zimiz.

Muallif: Komila Qiz.


@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

30 Oct, 14:47


Hayollari kimda ekan deb,
Kecha kunduz o‘ylab tolaman.
Chidolmayman ich etimni yeb,
Rashk qilmasam o‘lib qolaman.

Bu ishingiz jonimga jafo,
Yetmay qolar hattoki havo,
Meni shunday yaratgan hudo,
Rashk qilmasam o‘lib qolaman.

Birov sayoq demasin ering,
Gap so‘zlarga e'tibor bering,
Ishdan to‘g‘ri yonimga keling,
Rashk qilmasam o‘lib qolaman.

Ko‘chada ko‘p ko‘zini suzgan,
Erkaklarning hayolin buzgan,
Qancha buqa ipini uzgan,
Rashk qilmasam o‘lib qolaman.

Ko‘zdan o‘qib har bir fikrini,
Ayol bilar ayol makrini,
Toping qani so‘zim aksini,
Rashk qilmasam o‘lib qolaman.

Yo‘qolgancha huzr rohatim,
Yuqmay qolar yegan ovqatim,
Bilasiz-ku ahir odatim,
Rashk qilmasam o‘lib qolaman.

Birinchi deb ko‘ksimni kermoq,
Yarashadi gerdayib yurmoq,
Jon bermoqdir ahir er bermoq,
Rashk qilmasam o‘lib qolaman.

Imkon topgan jilovlab otin,
Xal qiladi hayot-mamotin,
Xozir trend ikkinchi xotin,
Rashk qilmasam o‘lib qolaman.

Muallif Komila Qiz.

Muallif huquqi himoyalangan.


@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

30 Oct, 14:44


Киберланма дӯст 🤨🤔🤫🫣
Муаллиф: Комила Чориева ✍️✏️📝📖📚
Ижрода: Умр Узоқ 🎤🎙️🎥🎛️🎧🎚️👀


@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

27 Oct, 19:53


Yolg‘izlikdan qo‘rqma ey yurak,
Eng yaqin do‘st u senga bilsang.
Undan o‘zga sen bilan emas,
Atrofinga e‘tibor qilsang.

O‘zligingni ko‘rsatib turar,
O‘zing bilan o‘zing qolganda.
Har hil yuzli niqobing yechib,
Oynaga bir nazar solganda.

Haydasang ham yoningda doim,
Baxtli yoki dardli kunda ham.
G‘amga to‘lib ko‘zyoshga cho‘mgan,
Tongi otmas uzun tunda ham.

Odamlarmas u bilan birga,
Ko‘zyoshingni arta olgansan.
Ishonganing kechganda sendan,
Unga yelka tutib qolgansan.

Odamlarga intilma ho‘pmi,
Sen bilgandek emas odamlar.
Qanday kelgan bo‘lsa shundayin,
Sekin ketar tashlab qadamlar.

Bir sinovli bu dunyosiga,
Yolg‘iz keldik yolg‘iz o‘lamiz.
Yurakkinam unutma shuni,
Qabrda ham yolg‘iz bo‘lamiz.

Muallif: Komila Qiz.
27.10.2024.


@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

27 Oct, 14:12


Bir sinovli bu dunyosiga,
Yolg‘iz keldik yolg‘iz o‘lamiz.
Yurakkinam unutma shuni,
Qabrda ham yolg‘iz bo‘lamiz.

Komila Qiz.
Jamshid Umaraliyev.🎙


@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

27 Oct, 12:04


Yolg‘izlikdan qo‘rqma ey yurak,
Eng yaqin do‘st u senga bilsang.
Undan o‘zga sen bilan emas,
Atrofinga e‘tibor qilsang.

Muallif: Komila Qiz.
Ijroda: Feruza.🎙


@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

27 Oct, 10:30


Yolg‘izlikdan qo‘rqma ey yurak,
Eng yaqin do‘st u senga bilsang.
Undan o‘zga sen bilan emas,
Atrofinga e‘tibor qilsang.

O‘zligingni ko‘rsatib turar,
O‘zing bilan o‘zing qolganda.
Har hil yuzli niqobing yechib,
Oynaga bir nazar solganda.

Haydasang ham yoningda doim,
Baxtli yoki dardli kunda ham.
G‘amga to‘lib ko‘zyoshga cho‘mgan,
Tongi otmas uzun tunda ham.

Odamlarmas u bilan birga,
Ko‘zyoshingni arta olgansan.
Ishonganing kechganda sendan,
Unga yelka tutib qolgansan.

Odamlarga intilma ho‘pmi,
Sen bilgandek emas odamlar.
Qanday kelgan bo‘lsa shundayin,
Sekin ketar tashlab qadamlar.

Bir sinovli bu dunyosiga,
Yolg‘iz keldik yolg‘iz o‘lamiz.
Yurakkinam unutma shuni,
Qabrda ham yolg‘iz bo‘lamiz.

Muallif: Komila Qiz.
27.10.2024.


@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

27 Oct, 10:29


Zarra bo‘lsam sezarmisan ayt,
Uzoqlardan mayus tikilsam.
Qiziq yoki tanirmikansan,
Yomg‘ir bo‘lib senga to‘kilsam.

Eslatgancha o‘tmishdan kulib,
Kipriginga marjonlar ilib,
Ust-boshingni jiqqa ho‘l qilib
Yomg‘ir bo‘lib senga to‘kilsam.

Komila Qiz.
Jamshid Umaraliyev.🎙


@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

26 Oct, 09:55


Zino yomgʻiri

Gunoh bulut misol koʻkni
Qopladiyu yopdi butkul
Zarrin nurlar oʻrni endi
Zimistonni qildi qabul

Faxsh atalmish shamol birda
Koʻtarildi asta sekin
Savob bogʻi gulzorlari
Xarob boʻldi birin ketin

Faxsh shamoli borgan sari
Kuchaydiyu boʻron boʻldi
Sukutdagi xirs makoni
Endi shovqin suron boʻldi

Tomchi tomchi zino endi
Osmonlardan yogʻdi sharros
Kimlar shalabbo yomgʻirdan
Kimga esa tushdi biroz

Unut boʻldi yuraklardan
Iymon degan ajib visol
Koʻcha kezar kapalaklar
Gul izlagan boʻlib misol

Pana topmagandek goʻyo
Hamma oʻzin suvga urdi
Faqat moʻmin tiydi oʻzni
Faqat moʻmin chetda turdi

Sardor soʻzing emas igʻvo
Hatto zarra emas gʻiybat
Zino koʻkda yoqqan chogʻda
Oʻzni tiymoq oʻzi ne’mat

✍️Kavsar(Sardor Samandar oʻgʻli)

Komila Qiz

25 Oct, 18:52


Mard bo‘lib ketganlar mard bo‘ling endi,
Keting ketdingizmi orqaga qaytmang.
Afsus nadomatga bo‘ldi juda kech,
Yolg‘on yashiq qo‘shib uzrlar aytmang.

Komila Qiz.
MAJNUN🍃...🎙


@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

25 Oct, 17:01


Zarra bo‘lsam sezarmisan ayt,
Uzoqlardan mayus tikilsam.
Qiziq yoki tanirmikansan,
Yomg‘ir bo‘lib senga to‘kilsam.

Eslatgancha o‘tmishdan kulib,
Kipriginga marjonlar ilib,
Ust-boshingni jiqqa ho‘l qilib
Yomg‘ir bo‘lib senga to‘kilsam.

Komila Qiz.
Jamshidbek Vahobov.🎸🎙

@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

25 Oct, 16:36


Zarra bo‘lsa sezarmisan ayt?,
Uzoqlardan mayus tikilsam?.
Qiziq yoki tanirmikansan,
Yomg‘ir bo‘lib senga to‘kilsam.

Eslatgancha o‘tmishdan kulib,
Kipriginga marjonlar ilib,
Ust boshingni jiqqa ho‘l qilib,
Yomg‘ir bo‘lib senga to‘kilsam.

Sukut saqlab sinab doshingni,
Sezdirmasdan oqqan yoshingni,
Tolasini silab sochingni,
Yomg‘ir bo‘lib senga to‘kilsam.

Yaqin bo‘lib yana o‘zinga,
Aylansam bas tilda so‘zinga,
Hech yo‘q tomchidayin yuzinga,
Yomg‘ir bo‘lib senga to‘kilsam.

Shu ahvolni o‘zga ko‘rib eb,
Qo‘ygandirman balki esim yeb,
Qo‘llaringni taftin sezay deb,
Yomg‘ir bo‘lib senga to‘kilsam.

Sog‘inch seni qilganda humor,
Mendan bo‘lgan bo‘lsangda bezor,
Rozimisan bir ongina yor,
Yomg‘ir bo‘lib senga to‘kilsam.

Muallif: Komila Qiz.


@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

24 Oct, 16:05


Mard bo‘lib ketganlar...

Komila Qiz
🎙
@IsLoMBeK_InTiZoRiY

@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

24 Oct, 15:34


Mard bo‘lib ketganlar mard bo‘ling endi,
Keting ketdingizmi orqaga qaytmang.
Afsus nadomatga bo‘ldi juda kech,
Yolg‘on yashiq qo‘shib uzrlar aytmang.

Meni gapga solmang qo‘ying jim turay,
Gapirsam gapimni ko‘tarolmaysiz.
Ichimdan o‘tganin aytganim bilan,
Baribir tinglashni uddalolmaysiz.

Nega yig‘layabsiz taajjub hayronman,
Hursand edingiz-ku ketayotganda.
Hotirjam edingiz bu ko‘nglingiz  to‘q
Sevgimiz so‘ngiga yetayotkanda.

Esimda turgandek esingizdami?
Yuzimga eshikni yopganlaringiz.
Bugun shu eshikni ochibsiz qayta,
Bizdek bo‘lmadimi topganlaringiz.

Tun-u kun sog‘inish qalay bo‘larkan,
Hijronli kechalar sizga yoqdimi?
Sevib sevintirmay bugun kelajak,
O‘tmish sizni chorlab kulib boqdimi?

Tushinib turibman ahvolingizni,
Hozir men yaxshiman siz esa yomon.
Qo‘rqmang shu holimda o‘laman deya,
Bu dard o‘ldirmaydi qolasiz omon.

Ketgan paytingizdek kulingchi qani,
Men o‘sha shodlikni qayta bir ko‘ray.
O‘sha siz ketgandek endi men ketib,
Yana shodligingiz qaytarib beray.

Mard bo‘lib ketganlar mard bo‘ling endi.

Muallif: Komila Qiz.


@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

23 Oct, 08:45


Mualliflar:
Samariddin Ismoilov📝
Komila Qiz 📝


Ijroda :
Oybek 💞 Yasmina
🎶🎙🎧


. ◀️. ▶️


@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

21 Oct, 17:06


Комила Қиз

🎙Мансурбек


@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

21 Oct, 14:22


Bir kun o‘lishingni aniq bilsang-u,
Lek erta tug‘ilib erta o‘lmasang.
Kelajaging haqda orzu qilsang-u,
Qilgan orzuyingda o‘zing bo‘lmasang.

Qachon to‘xtashini bilmasdan yurak,
Ertani o‘ylaysan bo‘lgancha halak,
Buncha orzu niyat nimaga kerak,
Qilgan orzuyingda o‘zing bo‘lmasang.

Muhabbat bog‘idan bir gulni uzib,
Ishq uchun kurashsang olamni buzib,
Birgalikda o‘ylab rejalar tuzib,
Qilgan orzuyingda o‘zing bo‘lmasang.

Yaxshilik yo‘lida boringni bergin,
Bugun bilan yasha bugunni sevgin,
Qanchalik yomon-a bir o‘ylab ko‘rgin,
Qilgan orzuyingda o‘zing bo‘lmasang.

Oldinga intilib harakat qilib,
Ham o‘qib o‘rganib ko‘p narsa bilib,
Yetdim deganingda nimadir bo‘lib,
Qilgan orzuyingda o‘zing bo‘lmasang.

Bir kuni urishdan yuraging tolsa,
Azroil kelsa-yu joningni olsa,
Barcha erishganing ortingda qolsa,
Qilgan orzuyingda o‘zing bo‘lmasang.

Bir kam dunyo ichra shudir kamlisi,
Gap so‘zlar ichida bo‘lar g‘amlisi,
Hammasidan ko‘ra eng alamlisi,
Qilgan orzuyingda o‘zing bo‘lmasang.

Muallif: Komila Qiz.


@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

20 Oct, 08:47


МЕНИНГ КЕРАКЛИГИМ
ЎЗИНГНИ АСРА...

Дуэт:
Муаллифлар:
Мавлудабону Имомназарова.
Комила Қиз.

Қара кеча кундуз ёнингдаман-ку,
Илтимос ёлғизман демагин сира.
Танингда жўш урган қонингдаман-ку,
Менинг кераклигим ўзингни асра.
Комила Қиз.

Юракда тушкунлик, топмас ниҳоя,
Турфа хил қўрқувлар солмоқда соя,
Оҳ, менга соғ бўлсанг қилар кифоя,
Менинг кераклигим ўзингни асра.
Мавлудабону Имомназарова.

Унутгин ғамларни ўйламагин ҳеч,
Бўлди умидсизлик кишанларин еч.
Ўзингни авайла бўлмасидан кеч,
Менинг кераклигим ўзингни асра.
Комила Қиз.

Сенсизлик кўнглимга солар ғалаён,
Қайдасан аҳволинг айлагин баён.
Кўрмасам бўлмайди ўзингни шу он,
Менинг кераклигим ўзингни асра!
Мавлудабону Имомназарова.

Ҳавотир остида урар юрагим,
Икки ўт ичида жони ҳалагим,
Сендан сўрайдиган ёлғиз тилагим,
Менинг кераклигим ўзингни асра.
Комила Қиз.

Мени хам ўйлагин илтимос бироз,
Бир сенга ишониб қўйганман ихлос.
Биргина тилагим шугина халос,
Менинг кераклигим ўзингни асра!
Мавлудабону Имомназарова.

Азобда ўзингни қийнайсан нечун,
Ё синаябсанми сабримнинг кучин,
Билсанг керакдурсан яшашим учун,
Менинг кераклигим ўзингни асра.
Комила Қиз.

Ёмонман демагин  асло ўзингни,
Изтироб, қайғуга ўраб сўзингни.
Доим кўриб яшай, бахтёр юзингни,
Менинг кераклигим ўзингни асра!
Мавлудабону Имомназарова.

Ҳар кимни юзидан қопиб бўлмайди,
Ойни этак билан ёпиб бўлмайди,
Асабни қайтадан топиб бўлмайди,
Менинг кераклигим ўзингни асра.
Комила Қиз.

Одамлар не деса десинлар майли,
Ёв санаб, мендан хам  кечсинлар майли.
Тирикман покиза меҳринг туфайли,
Менинг кераклигим ўзингни асра!
Мавлудабону Имомназарова.

12.07.2022.12:45.

@Movludabonu_Imomnazarova

@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

18 Oct, 15:53


Hayolimdan ketmayapsan yor.

🥹🥹🥀🥀😢😢😢

To‘lin oydek jamoling ko‘rib,
Bo‘lib qoldim sendan umidvor.
Hayotimda yo‘q bo‘la turib,
Hayolimdan ketmayapsan yor.

O‘ylayverib o‘ylardan toldim,
O‘z o‘zimga so‘roqlar soldim.
Ne bo‘lganin tushunmay qoldim,
Hayolimdan ketmayapsan yor.

Nahot sevgi sirlarin ochdi,
Birdan sog‘inch zahrini sochdi.
Tutqich bermay uyqular qochdi,
Hayolimdan ketmayapsan yor.

KOMILA QIZ

QORA KOʻZ🎙


@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

18 Oct, 09:10


Qani edi sehrgar bo‘lib,
Vaqtni ortga qaytarolsaydim.
Quvonchlarga yuragim to‘lib,
Yana bola bo‘lib qolsaydim.

O‘yin o‘ynab o‘tardi kunim,
Ertaklarga limmo-lim tunim,
O‘ylantirmas edi bugunim,
Yana bola bo‘lib qolsaydim.

Sekin, sekin bosib qadamlar,
Yurar edim yutmay alamlar,
Zahrin sochmas edi odamlar,
Yana bola bo‘lib qolsaydim.

Bo‘lar edi suyanar kishim,
Begonaga tushmasdi ishim,
Ortmas edi g‘amim tashvishim,
Yana bola bo‘lib qolsaydim.

Bahorlarim o‘tyabti kuzdek,
Qotib bo‘ldi yuragim muzdek,
Bolalikga qaytib bo‘lmas lek,
Yana bola bo‘lib qolsaydim.

Yolg‘on bilan baxtli bo‘lishdan,
Yig‘lab, yig‘lab sohta kulishdan,
To‘yib ketdim katta bo‘lishdan,
Yana bola bo‘lib qolsaydim.

Ichmas edim ishq degan og‘u,
Menga hamroh bo‘lmasdi qayg‘u,
Ulg‘ayishni qilmasdim orzu,
Yana bola bo‘lib qolsaydim.


Ko‘zlarimni bosmasdi shira,
Kunduzlarim bo‘lmasti hira,
Yolg‘izlikdan qo‘rqmasdim sira,
Yana bola bo‘lib qolsaydim.

Ko‘zyoshlarim ko‘zimdan toshar,
Oh-u dodim boshimdan oshar,
Hech bo‘lmasa besh olti yashar,
Yana bola bo‘lib qolsaydim.

Onajonim holimni so‘rgan.
Yaqinlarim ho‘p  yaxshi ko‘rgan,
Dadajonim opichlab yurgan,
Yana bola bo‘lib qolsaydim.

Muallif: Komila Qiz.

Muallif huquqi himoyalangan.


@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

17 Oct, 06:04


Daryodayin to‘lib toshsang ham,
Kuni kelib tinib ketasan.
Zo‘rlar ichra zo‘rsan oshsang ham,
Kibrlanma do‘st sinib ketasan.

Komila Qiz.
@Oybek_Burxonovich🎙

@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

17 Oct, 05:59


Chorlasam har onda talpin men tomon,
Sog‘inchning tig‘ida bag‘rim tilmagin.
So‘zlarim so‘ngida tilagim senga,
Mendan o‘zgasiga nasib qilmagin.

Komila Qiz
@Oybek_Burxonovich🎙

@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

16 Oct, 18:20


✍️ Komila Qiz




🎙 Mehr


@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

16 Oct, 16:34


Daryodayin to‘lib toshsang ham.
Kuni kelib tinib ketasan.
Zo‘rlar ichra zo‘rdan oshsang ham.
Kibrlanma do‘st sinib ketasan.

Kulma birov alam yutganda.
Xor bo‘lasan davring o‘tganda.
Xozir omad qo‘ling tutganda.
Kibrlanma do‘st sinib ketasan.

Baland-u past yo‘lga ishonib.
Bir kun so‘lar gulga ishonib.
Qo‘ldan ketar pulga ishonib.
Kibrlanma do‘st sinib ketasan.

Yo‘qchiliklar bukkanda qadding.
Tugab qolar tog‘dayin sabring.
Yer bilan bir bo‘ladi qadring.
Kibrlanma do‘st sinib ketasan.

Gapirma hech tilga erk berib.
Qayrilguvchi qo‘lga erk berib.
Gunoh tomon yo‘lga erk berib.
Kibrlanma do‘st sinib ketasan.

Peshonangdan chiqsa sovuq ter.
O‘z o‘zinga o‘zing savol ber.
Sendan zo‘rin yutgan qaro yer.
Kibrlanma do‘st sinib ketasan.

Muallif: Komila Qiz.

Muallif huquqi himoyalangan


@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

16 Oct, 15:29


Bir kun o‘lishingni aniq bilsang-u,
Lek erta tug‘ilib erta o‘lmasang.
Kelajaging haqda orzu qilsang-u,
Qilgan orzuyingda o‘zing bo‘lmasang.

✍️Komila Qiz.
🎙Rayhon shaydosi


@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

15 Oct, 11:05


Salom mening baxtim salom sevgilim,
Omon-u sog‘misan ishlaring qalay.
Bilsang senga deya aytilmay qolgan,
Qalbimning tubida so‘zlarim talay.

Menga yaqinroq tut quloqlaringni,
Isxorim aytaman bittama-bitta.
Ahir shu kungacha yashab kelyabman,
Bir meni sevasan degan umidda.

O‘zgaga qarashni o‘zga or bilib,
Bir menga boqsin shu ikki ko‘zlaring.
Labingdan chiqqanda nafasing bilan,
O‘zimga tegishli bo‘lsin so‘zlaring.

Sen mendan qarzdorsan mendan qarzing bor,
Mana shu so‘zlarim senga arz bo‘lsin.
Meni sevib yarmin to‘lading lekin,
Visoling bo‘yningda qolgan qarz bo‘lsin.

Sen menga shu qadar vafo qilginki,
Nomimni takrorlab tolmasin til ham.
Qalbinga butunlay joylashay o‘zim,
Men sig‘gan ko‘nglinga sig‘masin qil ham.

Chorlasam har onda talpin men tomon,
Sog‘inchning tig‘ida bag‘rim tilmagin.
So‘zlarim so‘ngida tilagim senga,
Mendan o‘zgasiga nasib qilmagin.

©️Muallif: Komila Qiz.


@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

14 Oct, 11:23


Unitilib ketganlar qancha.

uallif;
KOMILA QIZ


Ijroda;
SABR UMMONI


@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

14 Oct, 06:09


Yurmayman hech ich etimni yeb,
Sensizlikka o‘rgandim ancha.
Kel shuni bir sog‘intiray deb,
Unitilib ketganlar qancha.

Bir kun kelib tugaydi firoq,
O‘z holimga qo‘yadi qiynoq,
Ko‘zdan yiroq ko‘ngildan yiroq,
Unitilib ketganlar qancha.

Sevganlarga qilgancha havas,
Bas deguncha ishqqa bo‘lib mast,
So‘ng qastiga qilib qastma-qast,
Unitilib ketganlar qancha.

Ketgan ketar alamlar yutib,
O‘tirmaymiz hech aza tutib,
Kun yo hafta ozroq vaqt o‘tib,
Unitilib ketganlar qancha.

O‘zlaricha pinhona suya
Afsuslanib baridan to‘ya,
Meni sira unutmas deya,
Unitilib ketganlar qancha.

Qo‘sh qanotsiz osmonga uchib,
Sog‘inganda o‘zidan cho‘chib,
Xotiradan abadiy o‘chib,
Unitilib ketganlar qancha.

Azobiga sherik bo‘lib nay,
Yordam bermay ko‘p ichilgan may,
Eslasa ham hatto eslanmay,
Unitilib ketganlar qancha.

Muallif: Komila Qiz


@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

13 Oct, 18:14


Masofadan sevish qo‘rqinchli,
Bilmam kutgan yo ketganini.
Ko‘rmaguncha anglay olmayman,
Sog‘ingan-u unutganini.

Dil izhor-u yana ko‘p gaplar,
Ne desa ham ko‘nglim to‘lmaydi.
Chindan uni sevamanmi deb,
O‘zimda ham ishonch bo‘lmaydi.

Masofadan sevish qo‘rqinchli,
Sevadi der yana qo‘ng'iroq.
Aldayapti deya o‘ylasam,
Vujudimni bosadi titroq.

Chaqiruvga javob bermasa,
SMSni kutib tolaman.
Mendan boshqa yana qalbida,
Kimdur bor deb o‘ylab qolaman.

Masofadan sevish qo‘rqinchli,
Uyqu bermas tunda gumonlar.
Nega undan uzoqsan deya,
Tinch qo‘ymaydi meni pushmonlar.

Termulgancha yonida turib,
Ko‘rgim kelar ba'zan ko‘zlarin.
Sochin silab eshitsam edi,
Sevdim degan jonli so‘zlarin.

Masofadan sevish qo‘rqinchli,
Ko‘ylak bo‘lsam yoqa yengsizman,
Tushib qolgan holimga qara,
Sen bilanman lekin sensizman.

Jonga tegdi shu ham sevgimi,
Bor-u ammo yo‘qqa o‘xshaydi.
Dilga oshno bo‘lgan sog‘inchning,
Bizdan ko‘ngli to‘qqa o‘xshaydi.

Masofadan sevish qo‘rqinchli,
Sog‘inaman ko‘ra olmayman.
Oshiqlar ko‘p bog‘lar ichida,
Qo‘lin ushlab yura olmayman.

Shu vaqtgacha bo‘lding biz bilan,
Bo‘ldi hijron endi bizdan kech.
Qoldi ahir vaqt ham juda oz,
Uchrashaylik bo‘lmasidan kech.

Masofadan sevish qo‘rqinchli,

Muallif Komila Qiz.


@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

13 Oct, 17:07


Ishonchning jilovi qo‘lingizdadir.
Omad tulporida oltin taxtlisiz.
Imkonlar qadamda yo‘lingizdadir.
Siz juda baxtlisiz juda baxtlisiz.

Uyqudan uyg‘onib tongni ko‘rdingiz.
Oila yaqinlar holin so‘rdingiz.
Sog‘lomisiz baquvvat shaxdam yurdingiz.
Siz juda baxtlisiz juda baxtlisiz.

Qarigan bo‘lsada otangiz bordir.
Duogo‘y mehribon onangiz bordir.
Yetim bolalarchi ularga zordir.
Siz juda baxtlisiz  juda baxtlisiz.

Turmush o‘rtog‘ingiz yoningizda-ku.
O‘g‘lingiz qizingiz joningizda-ku.
Ham yaxshi ham yomon oningizda-ku.
Siz juda baxtlisiz juda baxtlisiz.

Hassasiz oyoqda turishingiz baxt.
Yurakdan quvonib kulishingiz baxt.
Asli bu dunyoda bo‘lishingiz baxt.
Siz juda baxtlisiz juda baxtlisiz.

Tuningiz yorug‘dir nur sochar yog‘du.
Sizni yenga olmas xasrat-u qayg‘u.
Noligan kuningiz kimgadir orzu.
Siz juda baxtlisiz juda baxtlisiz.

Muallif: Komila Qiz.
Ijroda:
@Oybek_Burxonovich🎙

@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

13 Oct, 17:04


Jimgina qo‘ynimga sudralib kirib,
Payt poylab ilondek zahrini sochdi.
Kiprigi qilt etmay tik qarab turib,
Ko‘nglimni ochganim ko‘zimni ochdi.

So‘ziga ishonib mehrimni berdim,
Hech kimga bermagan sevgimni berdim,
Sevganim meni ham sevadi derdim,
Ko‘nglimni ochganim ko‘zimni ochdi.

Avvaliga suyib mayin erkalab,
Yonimda bo‘ldilar shom-u ertalab,
So‘ng yurak bag‘rimni ezib tilkalab,
Ko‘nglimni ochganim ko‘zimni ochdi.

Shashqator yoshlarni ko‘zimga terib,
Tushda ham ko‘rmagan azobni berib,
Yo‘q bo‘lib ketyabman muzdayin erib,
Ko‘nglimni ochganim ko‘zimni ochdi.

Hali men anchayin g‘o‘r ekanmanda,
Bilsam peshonasi sho‘r ekanmanda,
Essiz ko‘zi ochiq ko‘r ekanmanda,
Ko‘nglimni ochganim ko‘zimni ochdi.

Juda og‘ritdingiz bu dilginamni,
Ko‘tara olmaysiz qilsam ginamni,
Koshki ochmasaydim ko‘ngilginamni,
Ko‘nglimni ochganim ko‘zimni ochdi.

Muallif: Komila Qiz.
Ijroda:
@Oybek_Burxonovich🎙

@Komila_Qiz_7848

Komila Qiz

13 Oct, 17:03


Jon beraman sen uchun,
Senla yo‘q kam-u ko‘stim.
Qadrlisan men uchun,
Bilsang bilarsan do‘stim.

To‘y nahorgi oshlikdan,
Sho‘xligu beboshlikdan,
Birgamiz-ku yoshlikdan,
Bilsang bilarsan do‘stim.

Talpalarda yurganim,
Urganini urganim,
Podderjkada turganim,
Bilsang bilarsan do‘stim.

Qizlar ko‘zin suzmasa,
Arqoningni uzmasa,
Oramizni buzmasa,
Bilsang bilarsan do‘stim.

Bir kunim bitmasidan,
Qiyomat yetmasidan,
Oqibat ketmasidan,
Bilsang bilarsan do‘stim.

Qoldirmay to‘y azangni,
Qochirmayman mazangni,
O‘ldirmayman sazangni,
Bilsang bilarsan do‘stim.

Meni desang gar yiroq,
Ko‘ngil yaqindir biroq,
Yetar bitta qo‘ng‘iroq,
Bilsang bilarsan do‘stim.

Yonsang birga yonaman,
Quvonsang quvonaman,
Bir senga ishonaman,
Bilsang bilarsan do‘stim.

Yaxshi yomon oningda,
Jon qolmasa joningda,
Men borman-ku yoningda,
Bilsang bilarsan do‘stim.

Yerga qaratib yuzim,
O‘ymagin ikki ko‘zim,
Minnat emasdir so‘zim,
Bilsang bilarsan do‘stim.

Muallif: Komila Qiz.
Ijroda:
@Oybek_Burxonovich🎙

@Komila_Qiz_7848

1,846

subscribers

470

photos

493

videos