Muxabbatda yoʻllaring kutib,
Qoʻllaringni qoʻlimga tutib.
Sitamlarning barchasin yutib,
Men seni jim sevaveraman.
Yurakkinam choʻqdayin kuyib,
Telbalarcha men yonib suyib.
Har nafasda sogʻinchni tuyib,
Men seni jim sevaveraman.
Visolingni orzular qilib,
Taslim boʻlmay intizor boʻlib.
Gulzorlarda gularim soʻlib,
Men seni jim sevaveraman.
Seni soʻrab yurak qaltirab
Sogʻinganda soʻzlar titrab.
Koʻzga boqsam koʻzing moʻltirab
Men seni jim sevaveraman.
Soʻngi soʻzim alvdo dema,
Sen meni koʻp gʻamimni yema.
Faqat menga ozorlar berma,
Men seni jim sevaveraman.
Ichim toʻla dard koʻzimda yosh,
Bagʻritoshsan sen hoʻp bagʻri tosh.
Ne qilayin men oʻzim be bosh,
Men seni jim sevaveraman.
Men seni jimgina sevaveraman.
✍ Solihabegim
Dilafruz Shaxirxoniy
𓄂 ‧꯭꯭꯭꯭꯭꯭꯭꯭𝐌꯭꯭꯭𝐈꯭꯭꯭𝐒꯭꯭꯭𝐒꯭꯭꯭꯭꯭꯭ 𝐌꯭꯭꯭𝐀꯭꯭꯭𝐋꯭꯭꯭𝐀꯭꯭꯭𝐊🎙
https://t.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss