Sevgi She'rlari @sherlari_sevgi Channel on Telegram

Sevgi She'rlari

@sherlari_sevgi


Ko'ngilga Malham Bo'ladigan Sevgi She'rlari!
📌• #Sevgi - KUYLARI
📌•• #Sevgi - SHERLARI
📌••• #Sevgi - IZHORLARI
📌•••• #Sevgi - STATUSLARI
📌••••• #Sevgi - HIKOYALARI

@Maqsudbek_T

Reklama 👉 @Reklama_Qoidalarr

Sevgi She'rlari (Uzbek)

Sevgi She'rlari Telegram kanalimizga xush kelibsiz! Bu kanalda ko'ngilga malham bo'ladigan sevgi she'rlari topiladi. Kanaldagi maqolalar #Sevgi - KUYLARI, #Sevgi - SHERLARI, #Sevgi - IZHORLARI, #Sevgi - STATUSLARI va #Sevgi - HIKOYALARI mavzulariga bag'ishlangan. Agar sizga sevgi she'rlari va iltifotli so'zlar yoqtirsa, bu kanal siz uchun mo'ljallangan! Kanalda tug'ilgan sana bo'lsa, sevgilizga qanday so'z yozishni bilmasangiz, bu yerda siz uchun ko'plab variantlar mavjud. @Maqsudbek_T kanal egasi. Kanalda qiziqarli va izohlarizdan foydalangishni unutmang! Agar siz ham o'zingizning sevgi she'rlaringizni boshqalarga o'rgatishni istasangiz, bu yerda sizga mos manzil topishingiz mumkin! Reklama uchun @Reklama_Qoidalarr'tga murojaat qilishingiz mumkin.

Sevgi She'rlari

30 Jan, 02:02


Sizni deydida.

Sevgi tanlanmaydi bilmay suydida.
Sizni deya faqat yondi-kuydida.
Kel yaxshisi unut taqdirmas desam,
Yuragim bir faqat sizni deydida.

Yuragimda bordir demangda o‘zga.
Bahorda yor bo‘lmay xazonli kuzga.
Buyruq berib bo‘lmas kunmaydi so‘zga.
Yuragim bir faqat sizni deydida.

Yoningizga keldim, qoldi oz qadam.
Dunyo shunday ekan azaldan bir kam.
Talpinib siz tomon o‘rgancha har dam,
Yuragim bir faqat sizni deydida.

Sevdim, aybdorman bo‘laman iqror.
Telba holim sizga aylayin oshkor.
Har soniya aytib ismingiz takror,
Yuragim bir faqat sizni deydida.

Sevib topganim shul o‘tli bir firoq.
Davosi sevgidir zulmatga chiroq.
Atrofda guzallar ko‘p erur biroq,
Yuragim bir faqat sizni deydida.

Faqat sizni deyman yo‘q erur manday.
Hech kim sevolmaydi sizni sevganday.
Sehrlab quygansiz bilmayman qanday,
Yuragim bir faqat sizni deydida.

Sobitjon Eshtemirov. 29.01.2025.

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

30 Jan, 00:10


QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

30 - Y A N V A R
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
UMRINGIZ UZOQ, RIZQINGIZ BUTUN BO‘LSIN,
OILANGIZNI BAXTIGA DOIMO SOG'-U SALOMAT BO‘LING🥰🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj

Sevgi She'rlari

29 Jan, 23:00


❄️...Assalamu alaykum...
         ❄️...va rohmatullohi...
                  ❄️...va barokatuh!....

#Xayrli_TONG⛅️

🍃❄️ Allohdan xonadoningiz ahilligi-tinchligi davomli boʻlishini;

🍃❄️Oʻzingiz, ota-onangiz va sizga aziz boʻlgan barcha yaqinlaringizni magʻfirat qilishini soʻrayman!

🍃❄️Alloh har bir tongni saodat ila qarshi olishingizni nasib qilsin!

❄️ Allohning salomi
🌸 Paygʻambar ﷺning duolari
❄️Qurʼonning nuri
🌸 Kun davomida siz bilan boʻlsin!

   ❄️...XAYRLI TONG ...


Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

29 Jan, 17:04


🌙XAYRLI TUN

🌙Qadrligim, yaqin insoningizni ko‘nglini ko‘taring.
Arzimagan e’tibor, shirin so‘z ila bag‘ringizga bosing, seni yaxshi koʻraman deng.🌙

🌙Sizga kerakligini his qilsin.
Siz uchun borini hadya qilishga tayyor bo‘lsin.🌙

Dunyo g‘animat 🌙
Siz g‘animat 🌙
Biz g‘animat 🌙
Borligingiz 🌙
Uchun Raxmat 🌙

t.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
Obuna boʻlishni unutmang!

Sevgi She'rlari

29 Jan, 16:30


Барча шеърият ихлосмандлари диққатига

Бир неча гўзал шеърлар муаллифи, серқирра ижодкор
СОЛИҲ СУЛТОН ижодий каналига таклиф этамиз!

Telegram.me/SolihSultonolami

Sevgi She'rlari

29 Jan, 15:22


Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

29 Jan, 14:36


Uzoq edim men ishq bozoridan
O’ylardim sevgi bu bekorchilik deb
Hattoki qochardim ayol zotidan
Vaqtimni o’tkazib o’ynab ichib yeb

Romanlar o’qisam sevgi haqida
Rameo Juletta kulgimni qistar
Omadsiz bo’lsamda sevgi bobida
Lek yurag bitta Juletta istar

Ha men istardim ertaglardagi
Bo’lsaydi qizlar -- bu hayotda ham
Shunda uchratardim yuragimdagi
Qizni va yo’qotgan yuragimni ham

O’yladim taqdirim yolg’izlik meni
Umrbod sevgisiz o’tsam kerak deb
Aslida sezdirmay kutardim uni
Koshki hayotim go’zallashar deb

Orzuyim ushaldi, uchratdim uni
Ertaglarimdanda ortiqroq o’zi
Ha oshiq qildi, sevdirdi meni
Bir kam dunyo ekan, sevmaydi o’zi

© R. Javohir

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

29 Jan, 13:45


🎼🎼🎼🎼🎼🎼🎼🎼🎼🎼🎼

🎧 Tinglang!

🎤📝
#Gulyuz_Akbaraliyeva

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

29 Jan, 13:15


✔️ Зарарсиз озмоқчимисиз? «Magnitli braslet» кўп функцияли браслети - озишга, қорин, бўкса, қўл, оёқдаги ёғларни эритишга ёрдам беради.

☘️ Организмнинг умумий аҳволини яхшилаш ва ишчанлигини ошириш;
☘️ Иммунитетни ошириб, жисмоний ва ақлий қобилиятни яхшилаш;
☘️ Чарчоқ ва ҳолсизликни камайтириш;
☘️ Бўғим ва бош оғриқларини қолдириш;
☘️ Буқоқ касалликларини даволашда ёрдам беради.

🤩 Фақат уч кун катта акция кетмоқда!

Эски нарх 227.000 сўм


💎💎🎁Мижозларимиз учун Акцияга Старт берилди Акция нархи Атига 47.000 сўм👍

🇺🇿Ўзбекиситон Бўйлаб Етказиб бериш Хизмати МАВЖУД Маҳсулот Қўлга теккандан сўнг Тўлов қиласиз🤝

🙋‍♂️Буюртма бериш учун кўк линк устига босинг👇👇👇👇
https://uztez.uz/stream/9308
https://uztez.uz/stream/9308
👆👆👆👆

Буюртма беришга тушунмаганлар личкага ёзинг👇
📠
@Maxsulotlar_Admini

2 Дона махсулот олган мижозга доставка Бепул
🚗

Sevgi She'rlari

29 Jan, 12:38


#Islomiy_she'r

HOJAM bilan👳‍♂❤️🧕

🧕- Siz jonimsiz mening umrimga hamroh,
Ranjimangiz sizni yo'qlolmasam goh.
Inoyatimdirsiz Yaratgan Haqdan
Sizni sevmoq farzdir. Sevmaslik gunoh.

👳‍♂- Qalbimga qulaydi tog'larning toshi,
G'am to'lib ko'ziga oqsa ko'zyoshi,
Kechamning oyidir kunim quyoshi,
Sizni sevmoq farzdir, sevmaslik gunoh.

🧕- Ismingiz "FOTIHa" kabi yodimda,
Mazmun siz bemazmun shu hayotimda.
Sizdagi OQIBAT yo'qdir hech kimda
Sizni sevmoq farzdir. Sevmaslik gunoh

👳‍♂- Siz bilan umrimning to'rt fasli bahor,
Siz bilan o'ylarim go'zal, betakror,
Siz bilan baht nima angladim ilk bor,
Sizni sevmoq farzdir, sevmaslik gunoh.

🧕- Angladim ilk bora halovat nadir,
Yo'qotganim hijron. Topganim qadr.
Sizgacha bilmasdim ishq ta'mi nadir
Sizni sevmoq farzdir. Sevmaslik gunoh.

👳‍♂- Siz bir mo'jizasiz, siz e'zgu ne'mat,
Nur bo'lib hayotim yoritgan hilqat,
Qalbingizda qo'nim topdim ming rahmat,
Sizni sevmoq farzdir, sevmaslik gunoh.

NILUFAR TEMUR qizi



Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

29 Jan, 10:21


YONIMGA KEL

Ketib qolma tong otmasdan,
Sogʻindim deb kelgin asta.
Quyosh bugun botmasidan,
Yonimga kel sen bir pasga.

Tugamagan dunyo ishi,
Chiqaverar, kun tashvishi,
Toʻxtamas hatto mish-mishi,
Yonimga kel sen bir pasga.

Seni kutar intizor bor,
Yoʻq boʻlsang gar dunyolar tor,
Ketib qolsam boʻlmagin zor
Yonimga kel sen bir pasga.

Balkim jonga tekkandirman,
Bilmay boshing ekkandirman,
Nima qilay telbadirman,
Yonimga kel sen bir pasga.

Erkalasang boray uchib,
Baxt quvonchlar birga quchib,
Xursand boʻlsam ketma choʻchib,
Yonimga kel sen bir pasga.

Nadomatlar chekmagin hech,
Birga yashab boʻlaylik tinch,
Tezroq kelgin boʻlmasdan kech,
Yonimga kel sen bir pasga.

✍️ Solihabegim
Dilafuruz Shahrixoniy

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

29 Jan, 04:35


O‘ylanib qolarkan ba’zida inson,
O‘zgalar aqlli o‘zimmi nodon.
Ne qilsam kamchilik toparlar har on,
Aybsiz aybdor bo‘laman shu on...

Taqdir ham sinaydi peshonam sho‘rmi?
Ko‘zlarim suysa ham , qalblari ko‘rmi?
Buncha bardoshimni sinaysan har dam,
Ne qilay baxtim begona har dam...

Ko‘ngil so‘raganim boshimni yorsa,
Qalbimdan sevganim ko‘zlarin yumsa.
Haqiqat so‘zlarim ertakdek bo‘lsa,
Ne qilay ko‘nglim zorlanar har dam...

Ko‘zdanmas ko‘nglim ko‘rinmay yig‘lar,
Armonlar yuragim hamisha tig‘lar.
Gunohkor bandaman suyganim suymas,
Nega tug‘ildim, nechun yashagim kelmas?

Tangrim o‘zingga shukrlar qilib,
Tongda-yu shomda ham sendan so‘rarman.
O‘zing qo‘llagin deb qo‘limni ochib,
Ko‘klarga tikilib sendan so‘rarman!

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

29 Jan, 03:35


Men hali kelaman,
Kutmasangiz ham,
Bahor gullariga burkansa olam,
Balki samolarni solar larzaga,
Sizni ko‘nglingizga yetmagan nolam.

Mayli meni kimdir kutsa, kutmasa,
Xajrimda kim zaqqum yutsa, yutmasa.
Hamma unutganda, chiroqdek yonib
Men hali kelaman, Xudo istasa!

Butunlay ketmayman, unutmang shuni,
Qalbingiz ko‘nglimning suyuk vatani.
Sadomi, sabomi, gadomi bo‘lib,
Men qaytib kelaman so‘zsiz, bir kuni!

Hozir vido ayting,
Va bo‘lay unut,
Mayli to‘zon bo‘lay yo qaro bulut,
Ammo siz sog‘indim desangiz bir bor,
Qaytar yo‘llarimga ko‘rgum taraddud!

Har neki kun kelib bo‘lmasmi ado,
Omonat dunyoga bo‘lmaylik fido.
Bir kuni ishq bo‘lib, baxt bo‘lib qaytgum,
Xozir esa,
Ketdim!
Xayr!
Alvido!

Malika Salimova

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

29 Jan, 02:00


***
Shirin orzularga to'lib, yashnagan,
Mehrdan kuch olib, ishqda yashagan
Sen sabab hayotni taniy boshlagan ,
Avaylab, qizg'ongan qalbimsan mening!

Diydoring kutmoqqa yetarmi toqat ?
Bilsayding baxtliman sen bilan faqat ,
Kutganim sezganday imillaydi vaqt ,
Hammadan yashirgan dardimsan mening!

Hijronlar og'riqli , sog'inchlar taxir ,
Senda yurak yo'qmi, jonginam, axir,
Bu dunyo bunchalar sinovga mohir ?
O'ylasam, eng og'ir shartimsan mening!

Yashash qiyinmasmi bir umr sevib ?
So'ng butkul unutib, ko'zyoshim terib,
Bir bor qarashingga jonimni berib ,
G'ururga yengilgan paytimsan mening!

Sug'diyona

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

29 Jan, 00:10


QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

29 - Y A N V A R
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
UMRINGIZ UZOQ, RIZQINGIZ BUTUN BO‘LSIN,
OILANGIZNI BAXTIGA DOIMO SOG'-U SALOMAT BO‘LING🥰🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj

Sevgi She'rlari

28 Jan, 23:00


🕊❄️🕊 ASSALOMU ALAYKUM VA ROHMATULLOHI VA BAROKATUX XAYRLI TONG!!!

❄️ Umrimizning yana bir qaytarilmas tongi muborak va xayrli boʻlsin!

🌸 Azizlarim omonat Dunyoda
omon boʻlinglar!

❄️ Alloxim xar bir qilayotgan xayrli ishingizdan bosgan har - bir qadamingizdan rozi boʻlsin.

🌸 Jismingizga soglik, qalbingizga xotirjamlik tilaymiz.

❄️ Xalol topganingiz faqat
xursandchilik va yaxshilikka
buyursin.

🌸 Ibodatlaringiz bardavom boʻlib, sizga ajru - savoblarga toʻla boʻlsin.
AMIN...🤲

❄️ HAR KUNIMIZ UCHUN
ALXAMDULILLAH 🌸


Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

23 Jan, 09:08


Allambalo ertak

Kuydirasan! Ko'ydirgim,
Kuyganimni bilmaysan.
Qaqshab borar suyagim,
Jon og'ritib to'ymaysan.

Tosh desalar tosh emas,
Gul desa guldan ziyod.
Senga ko'nglimni bersam,
Qilmayapsan ehtiyot.

O'ram-o'ram sochlaring,
O'rab qo'yar yangalar.
Ko'nglingda kim borligin,
So'rab qo'yar yangalar.

Qoshing qora, kipriging
Nayzamidi o'shanda?
Men oshiqni kuydirish,
Mazzamidi o'shanda?

Kechalari o'rtanib,
Bo'zlab chiqar edim men.
Allambalo ertakni
So'zlab chiqar edim men.

O'ram-o'ram sochlaring,
O'rab qo'yar yangalar.
Tanlaganing bormi deb,
So'rab qo'yar yangalar.

Raqiblarim g'o'r edi,
G'o'r edi-yu, zo'r edi.
Cho'ntagida arzirli
Nimasidir bor edi.

Kechalari o'rtanib,
Bo'zlab chiqar edim men.
Bor dardimni onamga
So'zlab chiqar edim men.

Og'zi qiyshiq bo'lsa ham,
Boy baribir boy ekan.
Cho'ntagi bo'sh g'aribni,
Holiga voy-voy ekan.

Iligi to'q, g'o'r edim,
G'o'r edim-u, zo'r edim.
Cho'ntagida miri yo'q,
Peshonasi sho'r edim.

Men qolib, boy o'g'liga
Tegib kyetding qoraqosh.
Egilmagan boshimni
Egib ketding qoraqosh.

Kechalari o'rtanib,
Bo'zlab chiqmayman endi.
Allambalo ertakni
So'zlab chiqmayman endi.

O'zim-o'zimga dardkash,
O'zim-o'zimga sirdosh.
Cho'ntagim to'la, ammo
Yuragim esa bo'm-bo'sh!

Og'zi qiyshiq bo'lsa ham,
Boy baribir boy ekan.
Cho'ntagi bo'sh g'aribni,
Holiga voy-voy ekan.

Iligi to'q shoirman,
Bilagi to'q shoirman.
Cho'ntagi to'la, ammo
Yuragi yo'q shoirman!

Solih Sulton | 2024

Obuna bo'ling:

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

23 Jan, 06:56


KERAKLIGIMNI

Qalbimga kirib siz berdingiz havo,
Chindan ham angladim tirikligimni.
Imkonlar berib siz boʻldingiz davo,
His etdim oʻshanda kerakligimni.

Xavotir olmang siz deb keling kunda,
Tunu-kun uxlamay kutaman sizni.
Baxtlarga toʻlib biz yashaylik unda,
Doimo his etay kerakligimni.

Mehrni berib siz shirin soʻz ayting,
Tasavvur qilay men tuygʻular soni.
Uzoqlab yurmangda tezroq qayting,
Doimo his etay kerakligimni.

Solihabegim
Dilafruz Shahrixoniy

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

23 Jan, 04:32


Nima bo‘lgan bo‘lsa, bo‘ldi, azizim,
Ko‘nglingiz g‘ashlanib yurmasin, mayli.
Payhon bo‘lganlarga tilangu to‘zim,
Zarra g‘amga botmang bizlar tufayli.

Bir dil og‘rig‘idan to‘xtamaydi vaqt,
Daryolar ortiga qolmaydi oqib.
Bir yurak hastayu, bir inson bebaxt,
Kimdir isinmoqda jonini yoqib!

Hammasi shu xalos!
Boshqa hech gap yo‘q,
Kimnidir to‘rt fasli to‘zg‘idi, tindi.
Kimdir kunlaridan mudom ko‘ngli to‘q,
Kimdadir sinarli hammasi sindi.

Nima bo‘lgan bo‘lsa, tugadi...
Tamom!
Tez yoqqan yomg‘irning tinmog‘i ham tez.
Kimdir jon-jonidan sevadi hamon,
Kimlardir bir bora eslamagan kez!

Yonma-yon yurarkan shodlik va qayg‘u,
Ishqni ishg‘ol qildi xijron degan yov.
O‘ylamang, Xudoning ishlarida bu,
Men sizga imtihon, siz menga sinov.

Nima bo‘lgan bo‘lsa, tugadi...
Tamom!

Malika Salimova

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

23 Jan, 00:10


QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

23 - Y A N V A R
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
UMRINGIZ UZOQ, RIZQINGIZ BUTUN BO‘LSIN,
OILANGIZNI BAXTIGA DOIMO SOG'-U SALOMAT BO‘LING🥰🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj

Sevgi She'rlari

22 Jan, 23:00


❄️ ASSALAMU ALAYKUM VA RAXMATULLOXU VA BARAKATUH ❄️

🗓Bugun 23-Yanvar fayzli Payshanba tongi barchamizga muborak bo‘lsin azizlarim 🥰

🌧❄️XAYRLI TONG❄️🌧

🌹❄️ Allohni sizga berganiga rozilik bilan hayot ziynatlanadi!

☺️ Tabassum bilan muammolar yengillashadi!

📿 Istig‘for bilan ehtiyojlar qondiriladi!

🤲 Duo bilan mushkullar oson bo‘ladi!

🌞 Yana bir tong, yana bir umid, yana bir imkoniyat bergan Robbimizga hamdlar bo‘lsin!

☀️ Kuningiz xayrli barokatli, eng muhimi dunyoyu,oxiratingiz uchun foydali o‘tsin!

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

22 Jan, 17:00


🌙❄️XAYRLI TUN MЕHRIBONLARIM❄️🌙

Bir yo‘l ketgan - ishq yo‘lidir,
Ro‘m elidan Bog‘dodgacha.
Jonim jismimning qulidir,
Xuftondan to bomdodgacha.

Iymondan nur ber vujudga,
Kuch ber, komil taraddudga,
Joynomoz yoz Tahajjudga,
Xuftondan to Bomdodgacha.

O‘z - o‘zingga so‘roqlar bor,
Faryodu-dod, firoqlar bor,
Yo rab, qancha gunohlar bor,
Xuftondan to Bomdodgacha.

Pok dillarga solma nafrat,
Gunohlarni qil mag‘firat,
Kimga rahmat, kimga g‘aflat,
Xuftondan to bomdodgacha.

Bir qulingday itoat ber,
Shafoat ber, saodat ber,
Shunday go‘zal ibodat ber,
Xuftondan to bomdodgacha.

Iltijoyim eshit yo Rab,
Shahodatdan tinmasin lab,
Kelur balki jonim so‘rab,
Xuftondan to Bomdodgacha.

Tuningiz va ko‘nglingiz oydin bo‘lsin! XAYRLI  TUN!

 Kun davomida biz bilan birga bo‘lganingiz uchunTASHAKKUR!

O‘lmasbek Samarqandiy.


Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

22 Jan, 14:34


SЕVGIDAN KЕCHIB BO‘LMAYDI

Sevgisiz yashamoq mumkinmi ayting,
Ming bitta nadomad yegandim kecha.
Sevgisiz mazmunga to‘larmi baytim,
Sevgidan yozmayman, degandim kecha.

Bekor gap, hammasi bekor ekanda,
Yana otashlarga cho‘mar har so‘zim.
Muhabbat umrbod bir yor ekanda,
Tong otmay sog‘indim, seni azizim.

Unutdim deganda, tushlarim so‘ylar,
Eslatib shamollar sochlarim silar.
Hatto bulbullar ham sevgidan kuylar,
Qalamim arazlab ming nola qilar.

Qandayin dard ekan, qandayin tuyg‘u,
Tan olmay ming inkor etgandim necha.
Yuragim hajrida chekyapti qayg‘u,
Sevgidan butunlay kechgandim kecha.

Bas, endi tushundim muhabbat sirin,
Sog‘inchi bir umr aslo o‘lmaydi.
Hijroni ketmaydi tashlab ko‘z qirin,
Sevgisiz dunyoda yashab bo‘lmaydi.

Kanalimizdan uzoqlashmang

❤️
Telegram.me/Sherlari_Sevgi 🌸

Sevgi She'rlari

22 Jan, 14:12


Слим бодй оздирувчи аёллар учун❤️‍🔥❤️‍🔥

 ҳаво ўтказадиган ва эластик полиестер ва латексдан тайёрланган. 
Ажойиб мослашувчанлик қоринни қаттиқ текислайди
10 000 МАРТА СИНОВДАН ЎТГАНҚАЗИЛГАН
НАТИЖА АЪЛО ДАРАЖАДА☑️☑️

КЎП қиррали: тана 🙋‍♀️ шакллантирувчи қорин бўшлиғини текислаш ва қум соати шаклини яратишга ёрдам беради.  
Белни қисқартиради, орқангизни қўллаб-қувватлайди, ҳолатни яхшилайди, туғруқдан кейинги тикланиш. У спорт залларида,🏃‍♀️🧘‍♀️ офисларда ва йога 🧘‍♀️ студияларида ишлатилиши мумкин. 

Кийганингизда умуман 💃💃 сезилмайди Ортиқча нарсалар билнмайди


Размерлари❗️👇
--Кичик (С. М): 45-60 Вазин👱‍♀
--Орта (Л, ХЛ):  65-80 Вазин👩
--Катта (2ХЛ, 3ХЛ): 85-105 Вазин👩‍🦰

Эски нарҳи 137 Минг сўм

✔️Акция нарҳи 59 минг сўмq✔️

🚚 Ўзбекистон бўйлаб етказиб бериш хизмати мавжуд Махсулот қўлингизга теккандан сўнг тўлов қиласиз🤝

🙋‍♂Буюртма бериш учун кўк линк учтига босинг👇👇
https://uztez.uz/stream/9181
https://uztez.uz/stream/9181

Буюртма беришга тушунмаганлар личкага ёзинг👇
📠
@Maxsulotlar_Admini

Sevgi She'rlari

22 Jan, 13:32


Nega telni olmaysiz?

Sizni xafa qildimmi?
Yuragizni tildimmi?
Yo ustizdan kuldimmi?
Nega telni olmaysiz?

Jahlizni chiqardimmi?
Suvizni siqardimmi?
Sochizni qirqardimmi?
Nega telni olmaysiz?

Sog'intirib qóydimmi?
Kózlarizni óydimmi?
Sózlarizdan tóydimmi?
Nega telni olmaysiz?

Hovliga chiqganmidiz?
Óchoqni yoqganmidiz?
Sigirni soqqanmidiz?
Nega telni olmaysiz?

Ovqat qilayapsizmi?
Gazga choy qóyyapsizmi?
Serial kóryapsizmi?
Nega telni olmaysiz?

Omadiz chopyaptimi?
Onanggiz sezyaptimi?
Urishib qóyyaptimi?
Nega telni olmaysiz?

Oromiz buzamanda,
Qalbizda kezamanda.
She'rimda suzamanda,
Nega telni olmaysiz?

Ne bóldi yoqmadimmi?
Shirinsóz taqmadimmi?
Yosh bólib oqmadimmi?
Nega telni olmaysiz?

Meni uzoq kutdirib,
Yomon sózni keltirib.
Armonlarim kuldirib,
Nega telni olmaysiz?

Sóng afsus qilasizda,
Bag'rizni tilasizda.
Mendan ayrilasizda,
Gar telni olmasanggiz!

SAYRIDDIN HOMITOV (QABRISTANSKIY)

🌸
Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

22 Jan, 13:00


Сабзи Туграйдиган🥕🥕🥕

Узоқ кутилган махсулотимиз энди сотувда

Аёлларимиз уй бекаларимиз учун ажойиб танлов
Потато чипер барча сабзавот махсулотларини исталган размерда чиқариб беради
Туй базмларда жудда керакли китчен

Нарҳи 157 000 Сўм

Нархи: 99 Минг сўм

ЎЗБЕКИСТОН БЎЙЛАБ ДОСТАВКА ХИЗМАТИ БОР

БУЮРТМА БЕРИШ УЧУН УСТИГА БОСИНГ👇👇👇👇

https://uztez.uz/stream/9214
https://uztez.uz/stream/9214

Sevgi She'rlari

22 Jan, 11:48


Eslasam ko'zimga yoshlar qadalar
Berilib buzilgan qancha vadalar
Sevgimiz ko'rgandi o'sha partalar
Yoshligimda qolgan sinfdosh sevgim

Qolib ketdi koridorda bergan gullarim
Yo'llarda qo'lingni tutgan qo'lllarim
Bugun ayro bo'ldi sen-la yo'llarim
Yoshligimda qolgan sinfdosh sevgim

Ayrildik ikkimiz may oylarida
Xizmat qildik yor to'ylarida
Endi yashayapmiz yor o'ylarida
Yoshligimda qolgan sinfdosh sevgim

Eslasam ko'zimga yoshlar qadalar
Berilib buzilgan qancha vadalar
Sevgimiz ko'rgandi o'sha partalar
Yoshligimda qolgan sinfdosh sevgim

Ko'zlarim yo'linga poyandoz bo'lsin
Ismimni bir kuni o'glinga qo'ygin
O'zing hammasiga bosh-u qosh bo'lgin
Yoshligimda qolgan sinfdosh sevgim

(muallif ruxsatisiz foydalanilmasin)

Mashrabbek Raximjonov

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

22 Jan, 03:12


Qushdirman,
Parvozni eplolmagan qush,
Faqat xayollari sarhadsiz uchgan.
Sen esa, muhabbat kutasan, afsus,
O‘ziga qafaslar yasagan qushdan...

Mehrimni so‘rama, atrofingga boq,
Kimlardir bag‘ritosh, kimlardir beg‘am.
Tushungin, bir umr juft bo‘lib uchib,
Baxtli yashayotgan qushlar juda kam.

Zamonlar o‘zgargan, chida, azizim,
Yurakka olmagin har bir qayg‘uni.
Bu suvsiz zaminu, bu chang havoda,
Qayerdan topaman toza tuyg‘uni?

Muhimi kulib yur, baxtiyor ko‘rin,
Sevinchlar to‘kilsin ko‘zda yoshimdan.
Faqat iltimosim,
Xato qilsam ham,
Uchirib yuborma meni boshingdan...

Kumush O‘sarova

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

22 Jan, 00:10


QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

22 - Y A N V A R
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
UMRINGIZ UZOQ, RIZQINGIZ BUTUN BO‘LSIN,
OILANGIZNI BAXTIGA DOIMO SOG'-U SALOMAT BO‘LING🥰🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj

Sevgi She'rlari

21 Jan, 23:00


Assalomu Alaykum va Rohmatullohi va Barokatuh.

Xayrli tong! 🌸

Bu kunda Alloh duolarimizga ijobat, farzandlarimizga salohiyat, ibodatlarimizga goʻzallik, rizqimizga baraka bersin!
Oʻzi qoʻllab, ishlarimizni oson va unumli qilsin!

Bemorlarimizga shifo, adashganlarimizga hidoyat, qalbimizga poklik bersin!

Yaxshiliklar va yaxshilar doim hamrohingiz boʻlsin!

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj

Sevgi She'rlari

21 Jan, 17:01


❄️❄️QALBGA YAQIN QADRDONLARIMGA XAYRLI TUN ❄️❄️

💫​​Osmonda bulutlar qilmoqda sayr,
Qorlar yog‘ib bu kech yerni oqlasa.
Hozircha, Sizga ham, So‘zga ham xayr,
Tongda ko‘rishamiz Xudo hohlasa!

  🌙TUNINGIZ OSUDA O‘TSIN!

❄️🌙❄️Maroqli xordiq tilaymiz sizlarga azizlarim 🥰😴😴

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

21 Jan, 14:32


21- yanvar 2025-yil | Kunning 13-she'ri✓

Sevgim tugamadi...

Aytilgan izhorlar, unlar tugadi,
Armonli, visolli kunlar tugadi,
Osoyish, beorom tunlar tugadi,
Senga boʻlgan sevgim tugab qolmadi!

Mish-mishga yoʻgʻrilgan tillar tugadi,
Oʻrtada masofa, zillar tugadi,
Kun tugab, oy tugab, yillar tugadi,
Senga boʻlgan sevgim tugab qolmadi!

Yonimda boʻlsang ham yiroq boʻlsang,
Baxt olib bergani, firoq boʻlsang ham,
Oʻzgani qalbida chiroq boʻlsang ham,
Senga boʻlgan sevgim tugab qolmadi!

Ayrilmoq ma'qulmas, kechmoq ma'qulmas,
Ishqim alangadir, tugagan kulmas,
Hech qachon, hech kimsa tugata bilmas,
Senga boʻlgan sevgim tugab qolmadi!

Oshiq shu ekan-da oʻlguncha sevar,
Qiyomatda yorin koʻrguncha sevar,
Umrining poyoni boʻlguncha sevar,
Senga boʻlgan sevgim tugab qolmadi!

Mayliga ketaver, maylida unut,
Urushgin yo jimib, saqlagin sukut,
Lekin toabadga shuni yodda tut:
Senga boʻlgan sevgim tugab qolmadi!

Mumtozbegim

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

21 Jan, 14:00


Massaj qilish uchun apparat Massage Gun

MASSAGE GUN massaj qilish uchun apparat.
"MASSAGE GUN "  ishdan charchab kelganizda charchoqalaringizni bir zumda chiqarishga yordam beradigan apparat.
 Massajiyor 4 xil rejimda ishlaydi,ichidan 4 xil turdagi nasatkasi bor, zaryatka orqali ishlaydi, bir marta  zaryatkalash bilan 10 12 soat ishlab beradi. 

🟢Чегирма нарҳи 87 минг сўм ✔️

🇺🇿Ўзбекистон бўйлаб, Доставка хизмати бор Махсулот қўлингизга теккандан сўнг тўлов қиласиз🤝

🙋‍♂Буюртма бериш учун кўк линк устига босинг👇👇
https://uztez.uz/stream/9169
https://uztez.uz/stream/9169

Буюртма беришга тушунмаганлар личкага ёзинг👇👇
📠
@Maxsulotlar_Admini

🎁🪅🎊🎉  100 Ҳилдан Ортиқ Товарларни Кўриш👇👇
https://t.me/tezkor_100K_Savdo 👈

Sevgi She'rlari

21 Jan, 13:32


Ish bilan dunyo kezib,
Qiynalib yuraging ezib.
Hech bõlmasa xat yozib,
Otangni ham eslab qõy.

Ayolingmi suyuging,
Aslida kim buyuging.
Mayli kõp bolsa yuking,
Onangni ham eslab qõy.

Hamma mehnating kuysa,
Kimlardur tõnlar kiysa.
Yig'laydi baxting tõysa,
Akangni ham eslab qõy.

Yashaysan kõpni kõrib,
Zõrsan osmonda yurib.
Ikki non olib borib,
Singlingni ham eslab qõy.

Õn yoshida kuch berdi,
Aka kõkni quch derdi.
Sen uchun chetda yurdi,
Ukangni ham eslab qõy.

Otang uchun uch õg'lon,
Vataninga bittasi.
Buyuk ish qilib biron,
Õz yurtingni eslab qõy.

Buncha shirin ne'mating,
Umuman yõq qimmating.
Juda cheksiz ximmating,
Olloxni ham eslab qõy.

Hamma lazzatdan totsang,
Yoki imoning sotsang.
Bilmay g'aflatga botsang,
Õlimni ham eslab qõy.

Kõzinga kirsa tõfon,
Mast qilsa biror janon.
Yuraging chaqmay ilon,
Õzingni ham eslab qõy.

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

21 Jan, 13:00


ОНСОН ЕҒИЛУВЧИ ШКАФ сизга ажойиб қулайликни туҳфа этади🎁🪅!

👚👕Сиз либосларингизни тоза асраш учун уни осон тахлашингиз ва ёпиб қойишингиз кифоя. Тиклаш ва ўрнатиш учун қулай қилиб тайёрланган. Сиз Шкафни исталган жойга осонгина ўрнатишингиз ва фойдаланишингиз мумкин.

‼️Энг муҳими катта шкафдан кўра арзонроқ ва қулай! 🤩

🔹 Бўйи 175 см
🔹 Эни 150 см

💰 Эски нархи 399.000 сўм

50% Супер Акция Нархи 197 Минг сўм

🤵‍♂👰‍♀ Тўй Ва маросимларга совға учун қулай танлов + катта ва кичик оилаларга самарали хизмат кўрсатади👔👗👕👚🥼

🔥🔥🔥🇺🇿Ўзбекиситон Бўйлаб Етказиб бериш Хизмати МАВЖУД
Маҳсулот Қўлга теккандан сўнг Тўлов қиласиз

🙋‍♂Буюртма бериш учун кўк линк устига босинг👇👇
👇👇
https://uztez.uz/stream/9178
https://uztez.uz/stream/9178

Буюртма беришга тушунмаганлар личкага ёзинг👇
📠 @Maxsulotlar_Admini 👈

🎁🪅🎊🎉  100 Ҳилдан Ортиқ Товарларни Кўриш👇👇
https://t.me/tezkor_100K_Savdo 👈

Sevgi She'rlari

21 Jan, 11:20


Men xudbinman,
Istaklarim ham,
Menikilar menga bo‘lishsin!
Meni demas menikimaslar,
Mendan nari o‘ynab-kulishsin.

Men xudbinman,
Men sevgan inson,
Mensiz nafas ololmay qolsin.
Yo‘qligimdan qulasa osmon,
Borligimdan quvonchga to‘lsin.

Nigohiga sig'masin oʻzga,
Ko‘nglin menga bersin bus-butun.
Shiringina jonidan kechsin,
Bittagina qarashim uchun.

Yuzlarimni tilasin oydan
So‘zlarimsiz tatimasin bol.
Mensiz bir kun yashay oldimi,
Ana eshik,
Ketsin,
Bemalol.

Xudbinmana?!
Bilaman,ammo,
Chorasizman,
Hayron turibman.
Shundayligim tufayli balki,
Qarang, hamon yolg‘iz yuribman...

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

21 Jan, 04:27


Nomi yo‘q tuyg‘ular...
Ajib bir savdo,
Hayrat, ehtiroslar girdobidamiz.
Men Yerman, va yoki Oydirman, balki,
Siz esa mutlaqo boshqa bir Yulduz.

Mening o‘z o‘qim bor, aylanishim shart,
Siz ham boshqa bir sayyora sodiq yo‘ldoshi.
Faqat kuydirmoqda ikkalamizni,
Bitta Koinotning bitta Quyoshi!

Bizning oramizda million chaqirim,
Abad ayrolikda yashamoq qismat.
Bir qadam siljisak muqarrar o‘lim,
Bizlar birlashgan kun so‘zsiz Qiyomat.

Ikki musofirmiz ikki vatanda
Menda tun,sizdachi tonglar otibdi.
Siz Bahor labidan bol tatiganda,
Mening muzliklarim erib yotibdi...

Falak qonunlarin buzmaylik,keling,
Koinot sirlari sirlikcha qolsin.
Minglab masofada ikkalamizga,
Mangu yonib yashash muborak bo‘lsin!

Malika Salimova

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

21 Jan, 02:00


SEVARMIDING AZIZAM

Agar berilsa, yana bir bor imkon,
Muhabbat bogʻida bosibla tikon,
Umiding poyiga quribla makon,
Sevarmiding azizam sevarmiding!

Koʻnglimga qoʻl solib,ochib qulfini,
Qismatga chidab sen,barcha zulfini,
Chalgʻimay oʻzgaga maqtab lutfimni,
Sevarmiding azizam sevarmiding!

Qizigʻonarmiding,yor bohoru kuzdan,
Begona qaragan, u karo koʻzdan,
Ishqing aytib berib,shirin soʻzdan,
Sevarmiding azizam sevarmiding!

Yurak urishlarim solib jumbushga,
Turmushni mushiga chidab yurishga,
Tagʻdirda borini birga koʻrishga,
Sevarmiding azizam sevarmiding!

Aldamay rost soʻzlab,dilni shod ilib,
Sevmasdan oʻzgani,oʻzini bilib,
Chin dildan sevib jon,xurmatim qilib,
Sevarmiding azizam sevarmiding!

Aralashtirmay yolgʻon koʻrib rohat,
Qadrimiz qadrlab qilibla toqat,
Jaxlingni chiqarsam ilibla shavqat,
Sevarmiding azizam sevarmiding!

Solihabegim
( Dilafruz Shahrixoniy)


Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

21 Jan, 00:10


QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

21 - Y A N V A R
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
UMRINGIZ UZOQ, RIZQINGIZ BUTUN BO‘LSIN,
OILANGIZNI BAXTIGA DOIMO SOG'-U SALOMAT BO‘LING🥰🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj

Sevgi She'rlari

20 Jan, 23:00


❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️

Assalomu alaykum!
Xayrli tong!


Sogʻ–salomat uygʻotgan Robbimizga hamdlar boʻlsin!

Bugungi kuningiz kechagi kuningizdan xayrli, fayzli, manfaatli va barakaliroq boʻlsin azizlar!
Har kuningiz yaxshi kayfiyatda o‘tsin!

Uyingizdan fayz-u baraka arimasin!


XAYRLI TONG 🌸

❄️ T.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

20 Jan, 17:07


🌙Chinor bo‘lsam uzoq umrimning Sirlarini
senga ochardim.
🌙Gar oy bo‘lsam,
porlab kechangda, faqat senga
Nurim sochardim.

🌙XAYRLI TUN
NURYUZLILARIM...!!!

🌙 Tuningiz osuda va sokinlikda o‘tsin, yaxshi dam oling, shirin tushlar xamroxingiz bo‘lsin Azizlarim.


T.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

20 Jan, 14:33


Baquvvat yelkangga nozik ayoling,
Nozlanib boshini qo'ygan chog'ida
Uchar huzurlanib ko'kka hayoling,
Yashaysan, yashnaysan Sevgi bog'ida.

Baquvvat yelkangga uxlamoq uchun,
Do‘sting sekingina qo'yganida bosh.
Masofa qanchalar bo‘lmasin uzun,
Miq etmay kelasan, topasan bardosh.

Baquvvat yelkangga nogahon onang,
Bosh qo'yib xo'rsinar bilintirmayin.
Bir buyuk mehrning ostida tanang
Senchi? Sen belgisiz xo‘rsinish tayin...

Baquvvat yelkangga bijildoq bolang,
Yuz bosib yotadi yuzlaring silab.
Pichirlab chiqadi, asli-ku, nolang
Duo-la so'raysan umrini tilab.

Baquvvat yelkangda olam mujassam,
Seni Xudo suygan suyanchiq qilib.
Sening chun emasdir dunyo bir kam,
Yelka tutib yasha shukurlar qilib.

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

20 Jan, 13:54


Oyqiz

Meni ko'rganingda nechun kulmaysan?
Nechun qarashlaring mayus bunchalar?
Oyqiz, bilasanmi yoki bilmaysan,
Men seni shunchalar..! Seni shunchalar..!

Injiqsan, felingni bo'lmas tushunib,
Gohida qorlisan, goho g'unchalar.
Ahir shu felingga oshiqman, g'arib,
Felingni shunchalar..! Seni shunchalar..!

Rabbim, olamdagi bor go'zallikni,
Kipriging ostiga berkitgan qadar.
Men ham ruhimdagi bor muhabbat-la,
Ko'zingni shunchalar..! Seni shunchalar..!

Yanoqlaring qirmiz, lablaring qirmiz,
Bol tomar, simirgim kelar qanchalar.
Es-hushimdan judo aylagan, Oy qiz!
Bolingni shunchalar..! Seni shunchalar..!

Meni ko'rganingda nechun kulmaysan?

Solih Sulton | 2022

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

20 Jan, 13:29


MAHZUN BO‘LMA

Mahzun bo‘lma:
Sinov hamda imtihon bu dunyo...

Mahzun bo‘lma:
O‘z-o‘ziga mehmon bu dunyo...

Mahzun bo‘lma:
Cho‘ktirmagin ko‘nglingni hech ham.

Mahzun bo‘lma:
Aytchi kimdan, aytgin nimang kam?

Mahzun bo‘lma:
Gar ortingdan qilsalar g‘iybat,

Mahzun bo‘lma:
Qadding egma, bo‘la ol ibrat.

Mahzun bo‘lma:
Ishing tushsa sendan qochsalar,

Mahzun bo‘lma:
Ishi tushsa eshik ochsalar.

Mahzun bo‘lma:
Betob bo‘lsang so‘rmasalar hol,

Mahzun bo‘lma:
O‘ksinma hech, o‘tar bu ahvol.

Mahzun bo‘lma:
Halol yesang burda noningni,

Mahzun bo‘lma:
Pok saqlasang xoksor nomingni.

Mahzun bo‘lma:
Gar qo‘lingdan tutganda amal,

Mahzun bo‘lma:
Ilinjlar-la qilishsa qamal.

Mahzun bo‘lma:
Intilgin-u, chida va sabr,

Mahzun bo‘lma:
Bir kun albat topgaysan qadr.

Mahzun bo‘lma:
Uzilganda umr ne’mati,

Mahzun bo‘lma:
Mukofoti bo‘lsa - Jannati!

Xazonrezgi

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

20 Jan, 12:18


Odam qimmatbaho narsasini yo‘qotsa, achinadi. Tuhmatga qolsa boshini tog‘-toshga uradi.
Qadri yerga urilsa, isyon ko‘taradi. Yaqin kishilaridan ayrilsa, dod soladi...
Lekin umidingdan ayrilsang g‘alati bo‘larkan. Hech nimaga, hech kimga, hatto o‘z qadringga ham achinmaysan. Dod solmaysan. Isyon ko‘tarmaysan...

O‘tkir Hoshimov "Ikki eshik orasi"

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

20 Jan, 10:07


Kundan kun sezilar odamlar ichra,
Paydo bir tafovut- judayam dag‘al.
To‘y-u, marakada egniga boqib,
Bilasiz, kim boy-u, kimlar kambag‘al.

Oh, ayro turadi, biram bo‘lakcha,
Boylarning toshlari qabristondayam.
O‘nlab chiroqlari baland uylarni,
Yop-yorug‘ ko‘rsatar zimistondayam.

Biz ikki bo‘lindik: boy va kambag‘al,
Nom berar ne bo‘lsa kishi dastida.
Bitta lahad, bir to‘p kafanlik ila
Yaxshiyam, tenglik bor yerning ostida...

Xayrulla Hamidov

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

20 Jan, 09:02


Men o‘tmishni maqtamayman yo‘q,
Uni tubdan tushunganim yo‘q.
Faqat unda mehr bor edi,
Yaratganga shukr bor edi!

Qarindoshlar bo‘lar edi jam,
Doshqozonda qaynardi taom.
Yolg‘on emas sof edi kulgu,
Hatto baham ko‘rilgan qayg‘u!

Qoloq bilib o‘tmish davrni,
Oqibatni unutib qo‘ydik.
Ota-ona qavmu-qarindosh,
Rishtalarin yo‘qotib qo‘ydik.

Tirikchilik-tashvish azaldan,
Bo‘lgan iymon, ortiq go‘zaldan.
Mehnat bilan qabargan qo‘llar,
Rizq nasiba edi haloldan.

Dabdabaga yo‘q edi havas,
Hovli joylar qilinmas qiyos.
Pastqam, odmi bo‘lsada uylar,
Unda o‘rik gullardi qiyg‘os.

Oq sallali bobolar qator,
Jam edilar namozda takror.
Momolarchi aytib allasin,
Nabiralar suyardi bisyor.

Yillar o‘tdi, ulg‘aydik shodon,
Zamonaga moslashdi dillar.
Bugun o‘tmish qumsadi ko‘ngil
Va yozildi, ushbu satrlar...

Rafael Saydullayev

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

20 Jan, 04:19


Baxtli bo'lsam nima?
Bo'lmasam nima?
Boshda bor sinovlar o'tsa, o'tmasa.
Zinhor yig'lamasdim, ishoning zinhor,
Yuragim ko'zyoshga to'lib ketmasa.

Sinovlar qatma-qat, dardlar qatma-qat,
Shukr aytaverdim, bariga shukr.
Men aniq bilaman Robbiy, qoshingda,
Bir kuni topgayman abadiy huzur.

Kurashdan iborat to'rt yonim g'azo,
Hasrat havosidan bo'g'ildi o'pkam.
Meni o'zingga tort ey borliq, fazo,
Yerni balandlardan kuzatay men ham.

Kulsam kulguchimga yo'zyoshim tomdi,
Iymandim, nolishga Haq Parvardigor.
Bilaman, men senga qaytgan chog'imda,
Sabrim uchun buyuk mukofotlar bor.

Mensiz ham o'zgarmas azaliy dunyo,
Yashamasam nima?
O'lmasam nima?
Besh kundan iborat bo'lgan umrimda,
Baxtli bo'lsam nima?
Bo'lmasam nima?

Mohira Xabibullayeva

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

20 Jan, 03:18


Yuragimiz harir, ko‘nglimiz ipak,
Qayrilmasa zinhor qaramaymiz biz.
Na chora ishq uchun yaralgan bo‘lsak,
Va shundan  boshqaga yaramaymiz biz!

Ko‘ngillar goh qaro, gohi qordek oq,
Yuraklar gohi tosh, gohi gul emish!
Boshqa hech narsaga talabimiz yo‘q,
Bizni sevish kerak, shunchaki sevish!

O‘sha biz umrning beshinchi fasli,
Yonmasak oddiy bir odam bo‘lamiz.
Muhabbat ahliga yo‘q o‘lim asli,
O‘lsak ham mehrga cho‘kib o‘lamiz!

Bu yolg‘on dunyoda omonmiz arang,
Bo‘lmaydi mehrni turmasak sezib.
Faqat osmonlarga talpinavermang,
Yerda ham Quyoshlar yuradi kezib!

Bizda ishqdan bo‘lak yo‘q boshqa tuyg‘u,
Undan  boshqasini so‘ramaymiz biz.
Aqlu-hushingizni o‘g‘irlaymizu,
Shundan boshqasiga yaramaymiz biz!

Malika Salimova

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

19 Jan, 12:30


❤️ONLAYN ISHGA TAKLIF QILAMAN     🎙️  ☑️
💘💘💘💘
🏠UYDA UTIRGAN XOLDA
KUCHAGA CHIQMASDAN ISHLISIZ🔈🔈☑️
🛍BIR MARTALI XARID BOR QAYTA MAJBURIY XARID YUQ☑️
📦 XARIDLAR SOVGALI🎁☑️
KORPARATSIYA AZOSI BO'LISH TEKIN 😍☑️
ISHLASH TARTIBI O'RGATILADI👩‍💻☑️
ONLINE DARSLARIMIZ MAVJUD 📝☑️
💵💸OYLIK MAOSH 1⃣ MILODDAN 1⃣0️⃣0️⃣ MILIONGA💸CHA👆👆☑️
OYLIK NAQD PULDA💸 PLASTIKKA 💳💻TUSHURIB BERILADI ☑️
ISHLASH VAQTINI O'ZEZ BELGILAYSIZ 📌☑️
💯 FOYIZ QONUNIYISH☑️
,🔜STAJ BOR 🔈☑️
👉MUROJAT UCHUN TULIQ MALUMOT👈👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇https://t.me/halolvaishonchlidaromad

Sevgi She'rlari

19 Jan, 11:18


Kel

Oʻzimni izlab hech topa olmadim,
Shu qadar telbalar qildingmi meni.
Sensiz biror nafas ola olmadim,
Ne qilding bunchalar sevdim men seni.

Qalbimni egallab berding katta baxt,
Seni oʻylamasdan oʻtmaydi bir vaqt.
Yonimda boʻlishing istayman albat,
Ne qilding bunchalar sevdim men seni.

Imkonsiz dema sen, mening fikrim uq,
Ortga sen qarama chekinishga, yoʻq.
Alloh bir qil deya duolarni oʻq,
Ne qilding bunchalar sevdim men seni.

Dukillab tinmaydi soʻraydi yurak,
Harakat qil deydi u menga kerak,
Muhabbat qudrati shu ekan demak,
Ne qilding bunchalar sevdim men seni.

Sinovda sinab sen qiynama meni,
Bilmaysan shu qadar sevaman seni.
Chindan ham sevsang gar kelaqol endi,
Ne qilding bunchalar sevdim men seni.

Solihabegim
Dilafruz Shahrixoniy
🎙 𝒢𝒰ℒ𝒮ℋ𝒜𝒩𝒪𝒴__✿

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

19 Jan, 09:42


Opa - singil degani jonga jondosh bo‘ladi,
Qiynalganda vaqtlarida yonda yondosh bo‘ladi
Yurak to‘lib yig‘lasangiz yupatguvchi yaqiniz,
Butun umr qalbingizda taskin sirdosh bo‘ladi


✿•┈┈┈┈••ৡ❀ৡ•┈┈┈┈•✿

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

19 Jan, 02:00


"......ga!"

Yonimga kelsangchi, dardoshim bo'lib,
Qalbimning tugamas og'riqlarin ol.
Ichimda ketdiku, gaplarim to'lib,
Men seni kutyabman kelgin, bo'laqol....!

Yonimga kelsangchi, sog'indim axir,
Charchadi yuragim qilmoqdan toqat.
Seningsiz bo'lmoqda qalbimga jabr,
Sensiz yolg'iz qolib ketdi muhabbat....!

Yonimga kelsangchi, kela olsang bas,
Shu kunni turibman intizor kutib.
Men uchun bariga gar bo'lsang rozi,
Ketardim baxtlarga qo'lingdan tutib.....

Azizam!!!
Qalbimning chechagi o'zing,
Yuragim ishqingning xilvatiga zor.
"- Roziman" deb aytgan shu nafis so'zing,
Bir umr qilardi meni baxtiyor....!

Yonimga kelsangchi, biroz bo'lsa ham,
Yolg´izlik dashtidan qil meni ozod.
"Yoqtirib qolishlik ayb emas axir,"
"Sevib - sevilmoqlik kerak odamzod....!"

Yonimga kelsangchi.....

Muallif : Sardor Yo'ldosh

Ijroda: Ali 🎙

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

19 Jan, 01:00


Bugun 19 - Yanvar «Butunjahon Mehr-muhabbat kuni»

Qalbida mehr va muhabbati bor barcha aziz insonlarni Alloh mukofotlasin!
Barchangizga ushbu kun nurli kunlar uchun sarlavha bo‘lsin!

Barchangizni Alloh uchun yaxshi ko‘raman!

☃️
Telegram.me/Sherlari_Sevgi 🌦

Sevgi She'rlari

19 Jan, 00:10


QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

19 - Y A N V A R
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
UMRINGIZ UZOQ, RIZQINGIZ BUTUN BO‘LSIN,
OILANGIZNI BAXTIGA DOIMO SOG'-U SALOMAT BO‘LING🥰🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj

Sevgi She'rlari

18 Jan, 23:00


❄️ASSALOMU ALAYKUM!❄️

🤲 Boshlab olgan yangi kuningiz muborak boʻlsin! Har bir ezgu ishlaringizda Alloh Yor va Yordamchingiz boʻlsin!

🤲 Allohdan Oʻzingiz va Ota - Onangiz va sizga aziz boʻlgan barcha yaqinlaringizni magʻfirat qilishini soʻrayman!

🤲 Tongimiz - yaxshilik bilan boshlansin, xonadonlarimizdan tinchlik totuvlik, baraka arimasin.

🤲 Bu kunda Alloh duolarimizni ijobat, farzandlarimizga salohiyat, ibodatlarimizga goʻzallik, rizqimizga baraka bersin!

❄️🌞XAYRLI TONG !😊❄️

Yakshanba tongi muborak boʻlsin!

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

18 Jan, 17:05


🌙 X A Y R L I  T U N

🌙 T I L A G I M 🤲

    
🌙 Orzular sarobidan
Armonning girdobidan
🌙 Sevgining azobidan
Dushmanning koʻzidan
🌙 Tuxmatning soʻzidan
Bevafoning oʻzidan
🌙 Omad tark etishidan
Baxt qoʻldan ketishidan
🌙 Sogʻlikni yoʻqotishdan
Allox oʻzi asrasin.

🌙 XAYRLI TUN QALBI MUXABBATGA OSHNOLAR YAXSHI DAM OLINGLAR, ALLOHIMGA OMONATSIZLAR AZIZLARIM!!!

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

18 Jan, 15:59


FAQAT MEN BOʻLSAM

Muhabbat bogʻida bir dona boʻlsam,
Yoʻllaring yoritgan quyoshday boʻlsam,
Bir umr baxtlaru quvonchga toʻlsam,
Dunyoda sevganing faqat men boʻlsam.

Eshitgin azizim, har bitta nolam,
Sen bilan goʻzaldir, chiroylik olam,
Sen mening dilimga boʻlgansan malham,
Dunyoda sevganing faqat men boʻlsam.

Har vaqt, har soniya unutib boʻlmas,
Bu yurak hech qachon oʻzgani sevmas,
Umid tuygʻularim hech qachon soʻnmas,
Dunyoda sevganing faqat men boʻlsam.

Uchqur nigohlaring, nafaslaring oʻq,
Yuragim taftida soʻnmaydigan choʻgʻ,
Bilasan sevgilim, sen bor koʻnglim toʻq,
Dunyoda sevganing faqat men boʻlsam.

Bilasan muhabbat nelarga qodir,
Shohniyu gadoni qilgan bahodir,
Ne desang, qilayin aytganing hozir,
Dunyoda sevganing faqat men boʻlsam.

Halolim, sevganim, senga intildim,
Sogʻinib, sogʻinchda bagʻrimni tildim,
Bilginki, har vaqt faqat sen dedim,
Dunyoda sevganing faqat men boʻlsam.

Solihabegim
Dilafruz
Shahrixoniy

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

18 Jan, 14:20


📹 Jaloliddin Ahmadaliyev - Ra'no (Official Music Video)

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

18 Jan, 14:20


🔊 Jaloliddin Ahmadaliyev - Ra'no

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

18 Jan, 13:11


Tashvishlarning hisobida bormi oxir,
Bu taqdirning palaxmoni buncha og'ir,
Sizga kulib turgan bilan ko'ngli og'rir,
Oson emas ota uyga qaytgan qizga.

Bir so'z bilan ko'zi yoshga to'lib qolar,
Hadik bilan yashaydigan bo'lib qolar.
Gul ochilgan hovlisida so'lib qolar.
Oson emas ota uyga qaytgan qizga.

Jigar aytgan yaxshi so'z ham dashnom ekan.
Vaqti kelsa kelinlar ham dushman ekan,
O'ylarida goh gohida pushmon ekan.
Oson emas ota uyga qaytgan qizga.

Bir hur edi ado qildi, yor degani,
Sevaman deb jafo qildi yor degani,
Turmush ishi asli nomus, or degani.
Oson emas ota uyga qaytgan qizga.

Dilga botar g'iybatchilar otgan toshi,
Ba'zan qolar tuxmatlarda ojiz boshi.
Tunlar yolg'iz, yostig'iga oqar yoshi,
Oson emas ota uyga qaytgan qizga.

Ota ona baribir ham bolam derkan,
Ne bo'lsa ham kuyukishib g'amin yerkan,
Hamma mehr bo'lgan bilan nimadir kam,
Oson emas ota uyga qaytgan qizga.

Kulib tursa baxti bor deb ishonmang siz,
Tunlar yig'lab, oyga dardin aytgan qizga,
Uning qanday dardlari bor tushunmaysiz,
Oson emas ota uyga qaytgan qizga.

Odilbek Qodirov

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

18 Jan, 11:51


Nega yig‘lamaysiz, yig‘lang odamlar.
Qadrini topmagan qadrlar haqqi.
Qancha aldamaylik ishongan, kutgan.
Ranglari sarg‘aygan sabrlar haqqi.

Nega yig‘lamaysiz,yig‘lang odamlar.
Haq so‘zni nohaq deb tondik jilmayib.
Haqgo‘yni yig‘latib, o‘yib ko‘ksini.
Yolg‘on sharobidan qondik jilmayib.

Nega yig‘lamaysiz, yig‘lang odamlar.
Bozorda sotilgan muhabbat uchun.
Sotguvchi o‘zimiz, olguvchi ham biz.
Bunchalar past ketdik, past ketdik nechun.

Nega yig‘lamaysiz, yig‘lang odamlar.
Haloldan xafamiz, haromga ulfat.
Boqiyni Foniyga alishib, sarhush.
Yuribmiz besh kunlik oromga ulfat.

Nega yig‘lamaysiz, yig‘lang odamlar.
O‘ynadik dunyoning pallalarini.
Oyoqqa paytava qildik yo Xudo.
Bobomiz o‘ragan sallalarini.

Nega yig‘lamaysiz, yig‘lang odamlar.
Xiyonat oshkora erkak, ayolda.
Kimgadir yaxshilik qilamiz yolg‘on.
Foydasin hisoblab yuz bor xayolda.

Nega yig‘lamaysiz, yig‘lang odamlar.
Farzandlar Otasiz, Otalar harob.
Bugun Onamizni tuproqqa qo‘yib.
Ertang davralarda ichamiz sharob.

Nega yig‘lamaysiz, yig‘lang odamlar.
Badanin sotmoqda muslima qizlar.
Hali uylanmagan yigit buynida.
Kechagi visoldan oshkora izlar.

Nega yig‘lamaysiz, yig‘lang odamlar.
Insofni yo‘q qildik topmoq o‘rniga.
Jannatning eshigin yopdik, adashdik.
Do‘zahning tirqishin yopmoq o‘rniga.

Nega yig‘lamaysiz, yig‘lang odamlar.
Qarovsiz qolgan hor qabrlar haqqi.
Aslo qochib bo‘lmas, bandaga nasib.
Qiyomat kundagi jabrlar haqqi.

Nega yig‘lamaysiz, yig‘lang odamlar!

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

18 Jan, 11:04


Hayotingizda ikki insonning himmati ko‘p-u, lekin ko‘zingizga ko‘rinmaydi. Ular:
• Otangizning sizga qilgan harajati;
• Onangizning sizga qilgan xizmati.

Agar shu harajat va xizmatni begona odamdan ko‘rganingizda, butun umr undan uyalib biror marta ham ko‘ngliga ozor berolmasligingiz mumkin edi. Lekin otangiz va onangizga g‘azab qila olasiz, adovat qila olasiz, minnat qila olasiz, ko‘nglini og‘rita olasiz. Chunki, ularniki ko‘rinmaydi.
Fikr qiling. To imkoningiz bor ekan ularga xarajatingiz va xizmatingizni ayamang. G'animat biling.

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

18 Jan, 07:30


SINGLIM.

Bolalikda zoʻr aka edim
Bajarardim nima desang jim.
Ulgʻayib ayt endi boʻldim kim
Borolmasam koʻrgani singlim


Roʻkach qildim qizgʻin ishimni
Aritmay oʻz gʻam tashvishimni
Unutdim eng yaqin kishimni.
Kechir meni kechir jon singlim.


Borsam yoʻlim emasdi uzoq
Yo biron zot solmadi tuzoq.
Mehri yoʻq bu akangga bir boq.
Kechir meni kechir jon singlim.


Shu edimi oqibatimiz
Qanday ahil inoq edik biz.
Aka boʻlib sololmasam iz
Kechir meni kechir jon singlim.


Bezovta bu yuragim halak.
Sogʻinganing sezadi koʻnglim.
Shunchamidim bagʻritosh yurak
Kechir meni kechir jon singlim.


Mehrim senga emasdiku kam
Endi chiqsin, ming tashvish yoʻlim.
Bugun kut va mehrsiz akang.
Sen tomonga yoʻl olar singlim.

Hulkaroy Hojamovna

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

18 Jan, 02:08


Ishonib bu ko‘nglimni,
Berganim sen Sevara.
Inkor qilmam sevgimni,
Sevganim sen Sevara.

Oydan go‘zal yuzlaring,
Ko‘zmunchoqdek ko‘zlaring,
Yoqar shirin so‘zlaring,
Sevganim sen Sevara.

Yoding qalbimga qafas,
Sensiz ololmam nafas,
Bilib qo‘ygin o‘zgamas,
Sevganim sen Sevara.

Javobsiz ko‘p savolim,
Yo kelarmi malolim,
O‘zingdadir hayolim,
Sevganim sen Sevara.

Ketsang kutib tolaman,
Dilga qayg‘u solaman,
Tez sog‘inib qolaman,
Sevganim sen Sevara.

Nazaringa ilsayding,
Bir e‘tibor qilsayding,
Tuyg‘ularim bilsayding,
Sevganim sen Sevara.

Muallif: Komila Qiz.
17.01.2025


Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

18 Jan, 00:10


QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

18 - Y A N V A R
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
UMRINGIZ UZOQ, RIZQINGIZ BUTUN BO‘LSIN,
OILANGIZNI BAXTIGA DOIMO SOG'-U SALOMAT BO‘LING🥰🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj

Sevgi She'rlari

17 Jan, 23:00


❄️Assalomu Alaykum va rohmatullohu va barokatuh !!!🌸

Yaxshi dam oldingizmi🤗 otayotgan tong barchamizga xayrli bo'lsin ☺️

Bugungi kuningiz ezgu amallarga, quvonchu shodliklarga boy bo'lishini tilayman 🌷

Yana bir munavvar tongni birgalikda qarshi olish nasib qilgani uchun Allohimga shukurlar bo'lsin 😊🤲📿

❄️ XAYRLI TONG ❤️

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

17 Jan, 17:00


❄️DILGA YAQIN
DILDOSHLARIMGA❄️
❄️❄️XAYRLI TUN❄️❄️

🕊Dunyo ishlariga boqma hech hayron,
Jimgina nazar sol ko‘hna bu korga
Qorong‘u tuningda yolg‘iz qolgan on,
Dilingni och faqat Parvardigorga

🌙❄️Tuningiz tinch va osuda o‘tsin mehribonlarim 🤲
🌧Doimo Alloxning  panoxida  bo‘ling🤲

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

17 Jan, 12:37


Asli yurak koʻysa ham,
Yigʻlab koʻzlarimda nam.
Garchi jondan toʻysa ham,
Ishqim emas edi kam.

Aytolmadim, tilimda,
Sevdim qalbla pinhona.
Soʻzsiz ojiz, dilimda,
Dardga toʻlgan paymona.

Muhabbat deb dil yarim,
Sargʻaygan koʻklam bogʻim.
Kechirgin oʻzing Tangrim,
Koʻksimdan ketmas dogʻim.

Pokiza ishqim armon,
Qadri ham boʻldi arzon.
Muhabbat qalbga darmon,
Qaytolmas utgan zamon!

Ijozatxon Asqaralievna


Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

11 Jan, 17:03


❄️XAYRLI TUN❄️

Qancha namunali bo‘lmasin inson,
Topilar nomingni deguvchi yomon.
Sen ularni shunchaki unut va kechir,
Axir farishtani xam xushlamas shayton.

❄️🌙BARCHANGIZNI ALLOHIM PANOHIDA ASRASIN TUNINGIZ OSUDA O‘TSIN!

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

11 Jan, 14:34


Qiz yigitga bir shartimga ko'nsangiz sizga turmushga chiqaman dedi. Yigit hop roziman qanaqa shart ayting dedi.
Qiz mani hamma injiqliklarimni ko'tarasiz dedi. Yigit rozi bo'ldi. To'y o'tti bolalar dunyoga kelishdi kelinni injiqlari esa kuchayib boraverdi. Bir kuni kelin eriga shuncha injiqligimni ko'tardiz rahmat sizzi ham injiqligigiz bormi dep so'ramapman ham. Biror injiqligigiz bormi desa er yo'q bittagina erkaligim bor maylimi depti, Ayol mayli ko'taraman erkalingigizni dedi. Er ovqating manga yoqmadi boshqa ovqat qilip ber dedi, Ayolni boshiga gurzi bilan urganday bo'ldi va yo'q yorsangiz shu bo'lmasa boshqa qilmiman dedi gʼazablanib. Ko'rdingmi bitta erkaligini ko'tara olmading. Onamga shunday desam erinmasdan boshqa qilip beradilar. Otam onamni ardoqlardilar shu sabab seni ardoqlayman. O'glim ham oilasini ardoqlasin dep.

Xulosa o'zingizdan azizlarim.

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

11 Jan, 14:00


📣 AYOL QIZLARNI
ISHGA TAKLIF QILAMIZ

🔺BU KARPARATSIYADA 3XIL YÒNALISHDA ISHLAYSIZ
🎁TURKIYA MAXSULOTI🇹🇷
🎁SIFATLI 💯% TABIIY
🎁☀️SISTEMASI ASOSIDA
🎁OYLIK 3 MLN 15 MLN GACHA💸
🎁ISH STAJI YOZILADI
🎁DIPLOM SHART EMAS
🎁SOTUVCHILIK QILMESIZ
🎁ISHSIZ UY BEKALARI YOKI QO'SHIMCHA DAROMAD UCHUN
🎁QIZIQQANLAR ISHLAMOQCHI  BO'LGANLAR

KAMANDAMIZGA MARXAMAT!!
Murojat uchun:👇

Телеграм lichkamiz
@Oltinoy_Ahmedova
@Shodiyona_Babayeva
+998948501900
+998940702840

Sevgi She'rlari

11 Jan, 10:25


Kechinma

Men oʻsha,
Yoshlikning yon daftarida,
Yarimi kesilgan suratdagi qiz.
Men oʻsha bir qadam sizdan narida,
Baxtga yetolmayin yashayman yolgʻiz.

Siz oʻsha,
Bir bora yoʻlimni poylab,
Yo qoʻshni boladan  yoʻllamagan xat.
Siz oʻsha yor-yorni tinglagan yigʻlab,
Sevgi deganiga oʻqilgan laʼnat!

Men oʻsha,
Qismatga jim egilgan bosh,
Va ota izmiga koʻngan palahmon.
Men oʻsha,
temirdan yasalgan bardosh,
Va qirqta boʻlakka maydalangan jon!

Siz oʻsha,
Suymagan yorini quchib,
ishqning olovida erimagan muz.
Siz oʻsha yolgʻondan qasamlar ichib,
Kimning koʻz yoshiga aralashgan tuz!

Men oʻsha,
Hattoki hayollarida,
Sizni oʻylamoqni hiyonat bilgan,
Men oʻsha har tongda qurisin deya,
Yotgan yostugʻini quyoshga ilgan!

Siz oʻsha,
zah yerga bagʻrini berib,
Toʻrdagi baliqdek toʻlgʻanayotgan,
Siz oʻsha
har kecha bir hil tush koʻrib,
Ismimni shivirlab uygʻonayotgan.

Men oʻsha,
Ismingiz qoʻyib oʻgʻliga,
Beshikni quchoqlab allalar aytgan.
Men oʻsha bahorga yetmasdan turib,
Kuzning xazonidek toʻkilib ketgan!

Siz oʻsha,
Bir bora sevdim, demagan...
Men oʻsha,
suymasdan tegdim, demagan...

✍🏻 Malika Tavfiq

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

11 Jan, 08:46


Unutilib...

Muhabbatim ketganidan soʻng,
Qoldi dilda armon oʻchogʻi,
Omadim ham keldi, ketdi oʻng,
Unutilib borsapsan chogʻi.

Tunlarimda bordir halovat,
Umrim bezab borar tarovat,
Soʻndimikan chogʻli harorat?
Unutilib boryapsan chogʻi.

Koʻzlarimdan yoshim yoʻqoldi,
Nolalarim Allohga bordi,
Qara oʻzi nazarga oldi,
Unutilib boryapsan chogʻi.

Yelkalardan qulaganday yuk,
Yurak etmas, koʻrsa hamki duk,
Vaqtlar oʻtib, chopqillab, tuk-tuk,
Unutilib boryapsan chogʻi.

Oʻzgalar ham yoqa boshladi,
Qonim qaynab oqa boshladi,
Zanjirni kim yechib tashladi?
Unutilib boryapsan chogʻi.

She'rimda ham boshqacha mavzu,
Sochayapti nurdayin yogʻdu,
Ey yuzi moh, koʻzlari ohu,
Unutilib boryapsan choʻgʻi.

Barini Haq hukmiga soldim!
Gurkiradi soʻng yurak bogʻi.
Kerakligim sezmayin qoldim,
Unutilib boryapman chogʻi! 😊

Mumtozbegim

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

11 Jan, 06:24


Kel

O‘zimni izlab hech topa olmadim,
Shu qadar telbalar qildingmi meni.
Sensiz biror nafas ola olmadim,
Ne qilding bunchalar sevdim men seni.

Qalbimni egallab berding katta baxt,
Seni o‘ylamasdan o‘tmaydi bir vaqt.
Yonimda bo‘lishing istayman albat,
Ne qilding bunchalar sevdim men seni.

Imkonsiz dema sen, mening fikrim uq,
Ortga sen qarama chekinishga, yo‘q.
Alloh bir qil deya duolarni oʻq,
Ne qilding bunchalar sevdim men seni.

Dukillab tinmaydi so‘raydi yurak,
Harakat qil deydi u menga kerak,
Muhabbat qudrati shu ekan demak,
Ne qilding bunchalar sevdim men seni.

Sinovda sinab sen qiynama meni,
Bilmaysan shu qadar sevaman seni.
Chindan ham sevsang gar kelaqol endi,
Ne qilding bunchalar sevdim men seni.

Solihabegim
Dilafruz Shahrixoniy

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

11 Jan, 06:10


TOGʻAJON.

Borsak onam ukam hammamiz.
Quchoq ochib kutasiz har on.
Koʻproq yotib kelar qolgimiz.
Biram yahshisizkiy togʻajon.


Shoʻhligimiz oshsa ham biroz
Hech bizlarni demaysiz yomon.
Har istagim bajo qanday soz.
Biram yahshisizkiy togʻajon.


Goho onam koʻyisa nolib.
Panoh topgim chopib siz tomon.
Yashirasiz yonimni olib.
Biram yahshisizkiy togʻajon.


Qoʻllarimiz toʻla shirinlik.
Koʻnglimiz toʻq sira yoʻq kamlik.
Maqtasam bor bir arzigulik.
Biram yahshisizkiy togʻajon.


Qani endi bagʻringiz toʻlib.
Boʻlaversak har kuni mehmon.
Bilmaganlar qoʻysinlar bilib.
Siz hammadan zoʻrsiz togʻajon.


Hulkaroy Hojamovna

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

11 Jan, 02:27


* * *

Qara qanchalar go‘zal bo‘libsan .
Yerdagi tabbasumu ko‘kda oy kabi.
Egningda oq libos ko‘zlaring kulgan.
Misoli oqqushu farishta kabi.

Etganding to‘y kuni yonimda bo‘ling.
Ikkimiz qo‘sha qarib baxtli bo‘lamiz.
Shirin farzandlarga boshu qosh bo‘lib.
Siz bilan bu dunyodan birga ketamiz.

Mana men bergan, vadamda turdim.
Yoningda emasmanu lek to‘yingga keldim.
Uzoqdan bo‘lsa ham jamoling ko‘rdim
Kulib turibmanu lek o‘lib bo‘ldim

Qodirov Javohir

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

11 Jan, 00:10


QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

11 - Y A N V A R
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
UMRINGIZ UZOQ, RIZQINGIZ BUTUN BO‘LSIN,
OILANGIZNI BAXTIGA DOIMO SOG'-U SALOMAT BO‘LING🥰🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj

Sevgi She'rlari

10 Jan, 23:00


🌸❄️ASSALOMU ALAYKUM VA RAXMATULLOXU VA BARAKATUH
❄️❄️❄️❄️❄️❄️

❄️13-Yanvar Shanba
Boshlangan yana bir munavvar tong barchamizga muborak bo‘lsin,
🌤Bu kun shunday kun bo‘lsinki dilingiz shod bo‘lsin!
Hammaga quvonch-u shodlik ulashing...
Siz bugunning ijodkorisiz😊🥰.
❄️Sovuqotmaslik uchun qaynoq mehr, kasallamaslik uchun bitmas shifo bo‘lsin bu kun...
🥰Xayrli kun azizlarim

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

10 Jan, 17:00


Tun uxlatsin, oydek
jamoli bilan, ❤️
Tong uygʻotsin, mayin
shamoli bilan, 🧡
Endi uxlang, Alloh
kalomi bilan,  ❤️
Barvaqt uygʻoning,
Alloh salomi bilan!

XAYRLI TUN 🌙

Tuningiz osuda oʻtsin Azizlar!


Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

10 Jan, 16:33


Gʻalati savol ...

Oshiq qalbga buyruq berib boʻlmaydi hech,
Sevarmidi agar dilda ori boʻlsa?
Bir savolni oʻzga berar erta-yu kech:
Nima boʻpti u birovning yori boʻlsa?

Ovoz kerak, kuylamoqqa koʻngil kerak,
Tezda mashxur boʻlib qolmas tori boʻlsa.
"Bir bor ekan, bir yoʻq"larga oʻxshash ertak,
Nima boʻpti u birovni yori boʻlsa?

Hushlaganin toʻrt faslida bahor gullar,
Uning esa ming faslida qori boʻlsa.
Oʻtib-oʻtib, oʻtmaganday oʻtar kunlar,
Nima boʻpti u birovni yori boʻlsa!

Shodlik kelmas yuzlariga kulganda ham,
Yuragining dukurlagan zori boʻlsa.
Qabristonga qatnab qolar oʻlganda ham,
Nima boʻpti u birovni yori boʻlsa!

Oshiq shunday: bevafoni behat sevar,
Nima qilsin, shu yagona bori boʻlsa?
Kalimadan keyin shuni aytib oʻlar:
Nima boʻpti u birovni yori boʻlsa?!

Mumtozbegim

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

10 Jan, 10:04


Sen ketting o‘lmadim holimga qara,
Balki mensizlikka ko‘nib ketasan.
Kun kelib ko‘z ko‘zga tushganda yana,
O‘shanda yonimdan qanday o‘tasan.

Sensizlik tortadi meni tobora.
Balki tushlaringda meni ko‘rarsan
Alloh uchrashdirsa yana bir bora.
Dardlaring ichingga yutib qandoq o‘tasan.

Qodirov Javohir

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

10 Jan, 07:05


Sog'inaman

Ko'zlaringni sog'inaman ko'zlaringni,
Sog'inaman guldan go'zal yuzlaringni.
Jonga yoqar shirin-shirin so'zlaringni,
Sog'inaman, hammasini sog'inaman!

Sochlaringga Rapuntsellar qiyos bo'ldi,
Lablaring g'arq pishgan, shirin gilos bo'ldi.
Visolingga tashnaligim qiyg'os bo'ldi,
Sog'inaman, hammasini sog'inaman!

Endigina yigirmaga to'lgan edim,
Yigirmada senga oshiq bo'lgan edim.
Shunday go'zal qomating bor, bilgan edim,
Sog'inaman, hammasini sog'inaman!

Suratingni qo'ymayapman qo'llarimdan,
Ko'rsataman, chiqib qolsang yo'llarimdan.
Ismingni hech tushirmayman tillarimdan,
Sog'inaman, hammasini sog'inaman!

Oddiygina yigitman-u, sho'hligim bor,
Ko'rib qolsam, uradigan do'qligim bor.
O'shangacha sog'inch degan ko'rgilik bor,
Sog'inaman, sen ofatni sog'inaman!

Solih Sulton | 2024

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

10 Jan, 02:05


Balki bu oxirgi sherim

Yo'qotyapman qofiyalarimni,
Yo'qotyapman so'zlarimni ham.
Bir kun tugar hamma hammasi,
Balki bu oxirgi va so'ngi sherim.

Lekin yurak jim tura olarmi?
Satrlarga sig‘mas dardu alamim,
Qalamni qo‘yib, ko‘z yumgan chog‘im,
She’rlarim bo‘lar yurak nidosi.

Lekin yurak hamon uradi sokin,
Bir nola bo‘lib, chiqadi misra.
Tunlar jim bo‘lsa, o‘ylarim uyg‘oq,
Ko‘nglimda yana tug‘ilar she’rlar.

Kim bilsin, balki bu so‘nggi emas,
Yana ilhomim uchib kelarmi?
Har bir satrimda umrim aks etsa,
Mening yuragim she’rlarda yashar...

Garchi dard yetsa, yurak to‘lsa ham,
So‘zsiz yashashga ko‘nikolmadim.
She’r – bu hayotim, nafasim, umrim,
Qalamim qo‘yib hech ketolmadim...

Yana o‘rnimdan turib, yozaman sherlar,
Tun bag‘riga yana misram to‘kaman.
She’rsiz hayotim – rangsiz bahordek,
Men hali ko‘p bor she’rlar bitaman!


( muallif ruxsatisiz foydalanilmasin)

Mashrabbek Rakhimjonov

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

10 Jan, 01:00


🕋2025-yilning Ikkinchi Jumasi Muborak bo‘lsin Qadrligim🤲🕋

📿Jumaning fayzi va barokati sizga bo‘lsin, kirib kelgan “Juma” kuni muborak🥰

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

10 Jan, 00:10


QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

10 - Y A N V A R
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
UMRINGIZ UZOQ, RIZQINGIZ BUTUN BO‘LSIN,
OILANGIZNI BAXTIGA DOIMO SOG'-U SALOMAT BO‘LING🥰🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj

Sevgi She'rlari

09 Jan, 23:00


🌙 ASSALOMU ALAYKUM
   🌹🕌 JUMA MUBORAK!🕌🌹

📿Bugun Allohning rahmati cheksiz!
Amal daftaringizda qoldiring!
Hamdu sanolar ayting hargiz!
Juma_ayyomingiz muborak bo‘lsin!

🌹• Allohim juma
namozingizni 🌹
🌹• Aytgan salovаtu
duolaringizni 🌹
🌹• Solih amallaringizni
O‘zi qabul aylab savoblarla mukofotlasin!🤲🤲🤲🤲

❄️🌙 JUMA MUBORAK BO‘LSIN QADRI BALAND QADRDONIM🌹❄️

🕌 Yaqinlaringizni tabriklashni unutmang!👇

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

09 Jan, 17:06


🌙🕋 ERTAGA  JUMA...🕋🌙
   🌙📿XAYRLI TUN📿🌙

❄️Ertangi kuningiz bugungidan foydali o‘tishi uchun rejalar tuzganlar.
Siz azizlarga ham bu kechani ertangi kuningizning mazmunli muqaddimasi bo‘lishini tilab qolamiz...

   ❄️ Alloxga  omonatsiz azizlarim 🤲🤲

Juma tongida turib Muhammad sollallohu alayhi vasallam ga salovat aytishni unutmang!

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

07 Jan, 14:09


SEN MEHRGA LOYIQSAN AYOL.


Nechun senga egilmasin gul.
Boʻgzing boʻyi toʻlgunicha ol.
Bahtdan yoyil faqatgina kul.
Sen mehrga loyiqsan ayol.


Sabr sindi bardoshing koʻrib.
Hayratini yashirolmay lol.
Bu dunyoda hammasi uchun.
Sen mehrga loyiqsan ayol.


Dunyolari choʻkib poyingga.
Har kun sendan soʻrasin ahvol.
Keltirmagin gʻamni oʻyingga.
Har bir bahtga loyiqsan ayol.


Kuydirmagan joning qoldimi.
Surganlaring turmush oʻy hayol.
Endi navbat bo'ldi seniki.
Hamma bahtga loyiqsan ayol.


HULKAROY HOJAMOVNA

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

07 Jan, 11:21


Rangin xotiralar oq rangli qaydlar.
Hatto titrasada insonning eti.
Ijtimoiy tarmoq bo'lmagan paytlar.
Fayzi bor narsalar boshqacha edi.

Sababsiz to'kilmay hech qanday ko'zyosh.
Unutib bo'larmi unday o! damni
Sandalning taftida bor edi quyosh.
Mehr birlashtirib turgan odamni.

O'ziga xos edi tushmikan yo o'ng.
Otalar o'rgatgan nasihat bardosh.
Ijtimoiy tarmoq chiqqanidan so'ng.
Onalar bag'riga qo'ymay qo'ydik bosh.

Hayot zerikarli bo'lib bormoqda.
Zavqli soniyalar ko'pga bormadi.
Muammo odamda yoki tarmoqda?
Hozirgi qishlarning fayzi qolmadi.

Faxriyor Baxtiyorov
5.01.2024

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

07 Jan, 06:08


Hayotimning nurisan

Qishlar tugab keladi yozlar
Seni ko'rmoq istaydi ko'zlar
Aytilmasdan qoldi bu so'zlar
Sen hayotimning nurisan ishon

Menga kulib boqishing
Yuragimni yoqishing
Hayotimdan o'rin olgan
Sen hayotimning nurisan ishon

Sog'indim yorim seni
Yagonam borim meni
Aytarman senga shuni
Sen hayotimning nurisan ishon

Dilda armon qolmasin,
Hijron dardim yormasin.
Sensiz tonglar otmasin,
Sen hayotimning nurisan, ishon.

Mayliga vaqtlar o‘tsin,
Ko‘nglim senda qoladi.
Mangu yorug‘ yulduzimsan,
Sen hayotimning nurisan, ishon.

♡Miss X uchun atalgan

( Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin )

Mashrabbek Rakhimjonov

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

07 Jan, 00:10


QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

7 - Y A N V A R
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
UMRINGIZ UZOQ, RIZQINGIZ BUTUN BO‘LSIN,
OILANGIZNI BAXTIGA DOIMO SOG'-U SALOMAT BO‘LING🥰🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj

Sevgi She'rlari

06 Jan, 23:00


  🕊🌹Assalomu alaykum va    
      rohmatullohi va barokatuh!    
      Bugun 7-yanvar,
                  Seshanba tongi☁️


🌺⭐️🕊❄️⚡️🌸❄️🕊🌺🌼

🤲 🕌Alloh sizni rahmat, tavozuʼ, shirin soʻzlilik bilan doimo ahloqlantirsin!
☀️ Boshlangan kuningiz xayrli  oʻtsin!


❄️❄️ XAYRLI TONG ❄️❄️

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

06 Jan, 17:00


🌙XAYRLI TUN🌙

🌟Siz dunyoga keraksiz!

🌟Har bir inson dunyodagi eng
muhim vazifani bajaradi.
Har biringizning takrorlanmas oʻrningiz bor!

🌟Shunday ekan, betakror insonsiz!
Oʻzligingiz bilan atrofga sevgi, mehr ulashishda davom eting!


🌙Xayrli tun yaxshi odamlar. 😴

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

06 Jan, 13:16


Azizam kel bir bor g'amlarni,
Qorlarni ostiga ko'maylik.
Tonggacha kuzatib tunlarni,
Ikkimiz diydorga yetaylik...

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

06 Jan, 08:37


***

"Yaxshiman" deb aldama dilim,
Bilaman-ku yaxshi emassan.
Soʻz-la ahir dardingni tilim,
Ne desang ham qarshi emasman.

"Yaxshiman" deb aldama dilim,
Ayriliqdan boʻldingku abgor.
Qara doʻsting qoʻllarida tigʻ,
Oʻldirmoqqa turibdi tayyor.

"Yaxshiman " deb aldama dilim,
Ozor berdi qancha yaqining.
Sevganing ham yuzini burdi,
Sen ozgina yiqilgan kuning.

"Yaxshiman" deb aldama dilim,
Ahir chekding qancha ozorlar.
Tirik oʻlgan yaqinlaringga.
Yuragingda toʻldi mozorlar.

"Yaxshiman" deb aldama dilim,
Alloh yolgʻon soʻzlama degan.
Hech boʻlmasa darding unga ayt,
Birgina doʻst Allohing ekan.

"Yaxshiman" deb aldama dilim,
Siring mayli oʻzimga gapir.
Nimalarni, kimlarni deya,
Boʻlib qolding buncha toshbagʻir?

Haqiqatga zoriqqan kunim,
"Yaxshiman" deb aldama dilim!

Mumtozbegim

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

06 Jan, 04:37


Mahzun sheʼr.

Muallif: Ilhomjon Komilov.
Ijroda: Orzimurod Amonov.


Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

06 Jan, 02:27


Alam qiladi

Qancha-qancha buzildi ahdlar,
Qolib ketdi bizsiz bu baxtlar.
Daraxtlar ham qoldi yaproqsiz...
Sen ketgan kun alam qiladi.

Yonish kerak bo‘lsa, telbacha yondim,
Mana, bugun ko‘z yoshga to‘ldim.
Ishqim uchun o‘zimdan tondim...
Sen ketgan kun alam qiladi.

Yarim tunda uyqu yo‘q ko‘zda,
Ahdlashgandik yaproqsiz kuzda.
Muhabbat ham qoldimi so‘zda?..
Sen ketgan kun alam qiladi.

Yodimda hamon sen aytgan so‘zlar,
O‘zgasin tanladi men boqqan ko‘zlar.
Hammasi tugadi, kelmaydi qaytib...
Sen ketgan kun alam qiladi.

Taqdir deb yugurdik, chopdik,
O‘zimizga ko‘p dardlar topdik.
Ishq daftarin bugun biz yopdik...
Sen ketgan kun alam qiladi.

(Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin)

Mashrabbek Rakhimjonov

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

06 Jan, 00:10


QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

6 - Y A N V A R
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
UMRINGIZ UZOQ, RIZQINGIZ BUTUN BO‘LSIN,
OILANGIZNI BAXTIGA DOIMO SOG'-U SALOMAT BO‘LING🥰🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj

Sevgi She'rlari

05 Jan, 23:00


🌤 🌸Assalamu alaykum!
va rahmatullohi va barokatuh!

❄️6-YANVAR Dushanba kunining tongi barchamizga xayrli bo‘lsin!

❄️Hayot bog‘larida g‘am, alam so‘lsin,
Umr yo‘llaringiz gullarga to‘lsin,
Nurlarga belansin bu kun zamin ham,
Bugungi tongingiz muborak bo‘lsin!

Ko‘zlardan oqmasin ko‘z yoshu unlar,
Qalblarda qotmasin dardu tugunlar,
Ey, Alloh mehriga tashna mo‘minlar,
Bugungi kuningiz xayrli bo‘lsin!

❄️TONG XAYRLI BO‘LSIN MЕHRIBONLARIMGA❄️

🌸❄️🌸❄️🌸❄️🌸❄️🌸❄️🌸❄️

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

05 Jan, 17:11


#XAYRLI_TUN

🌙Eslamading, demang, unutganim, yoʻq......
Siz - siz, axir, nafas, olib boʻlmadi.

🌙Sizni yashirganman, yurak qasrimga.
Siz haqingizda, hech kimga, aytgim kelmaydi..

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
☃️
T.me/Sherlari_Sevgi 🌦

Sevgi She'rlari

05 Jan, 14:10


KULIB YASHA, XASTA
KOʻNGLIM

Gʻamlar kelsa, eshigingni ochma endi,
Majburdirsan, kulgu bilan qadam tashla.
Shodlik kelsa, har tarafga qochma endi,
Kulib yasha, xasta koʻnglim, kulib yasha.

Yaralaring bitib ketar, ishonsang menga,
Soʻnggi umid chirogʻingni yoqishni boshla.
Bu buyruqmas, xafa boʻlma, maslahat senga,
Kulib yasha, xasta koʻnglim, kulib yasha.

Dunyolarga o't tushsa ham, boʻlib soʻnggi kun,
Soxtamassan, doim magʻrur boʻlib yasha.
Mayli seni deyishsinlar, holingni yupun,
Kulib yasha, xasta koʻnglim, kulib yasha.

Bilayapman, sen armondan biroz charchading,
Sham boʻlmagin, vulqonlardek yonib yasha.
Aytar boʻlsang, Allohimga aytgin dardlaring,
Kulib yasha, xasta koʻnglim, kulib yasha.

Qara, kelayapti, sen kutmagan nurli kunlar,
Har tonglarni, shukur bilan boshlab yasha.
Begonalar boʻlib ketsin, bedor tunlar,
Kulib yasha, xasta koʻnglim, kulib yasha.


26. 06. 2024.
Mirzohid Farrah

• Surxondaryo viloyati
Qumqoʻrgʻon tumani

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

05 Jan, 13:30


Jigarlarim.

Birlashaylik koʻngil bogʻlab.
Mehringizdan olmayin tin.
Siz keling, men boray yoʻqlab.
Jigarchilik yoʻqolmasin.

Diydorlashib har ora kun.
Dilga solmay araz tugun.
Issiq yuzni qoʻying ustun.
Jigarchilik yoʻqolmasin.

Siz otamdan qolgan yodgor.
Qay bir sizda oʻhshashlik bor.
Shu qadrni qilmang bekor.
Jigarchilik yoʻqolmasin.

Yahshi yomon kunda yoʻqlab.
Koʻnglingizni turay toʻqlab.
Siz ham keling turmay qarab.
Jigarchilik yoʻqolmasin.

Siz tanimda qondoshimsiz.
Toʻylar qilsam eng boshimsiz.
Oʻrni boʻlak zoʻr kishimiz.
Jigarchilik yoʻqolmasin.

Siz keling men boray yoʻqlab.
Mehrlarga mehr ulab.
Sizdan bitta oʻtinch talab.
Jigarchilik yoʻqolmasin.

Hulkaroy Hojamovna

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

05 Jan, 12:14


1 OYDA 5 MLNDAN 15 MLN gacha OYLIK 💰

🔹 SIZ HAM XOHLAYSIZMI?
💁‍♀ FAQAT AYOL-QIZLARIMIZ UCHUN!

🏣 ERSAĞ Turkiya Korporatsiyasi
🎁 HAMMA xarid sovg'ali! (doimiy)
📈 Halol biznes
💵 Oylik naqd
Musulmon kompaniya
🏠 Uydan turib ishlash imkoniyati
🛍 Qayta xarid majburiy emas!
🎁 Sovg'alarni tanlab olasiz
🎉 Tug'ilgan kun sovg'asi
💰 Katta daromad olishni istasangiz karyera qilish oson
💎 Oylik 500$ dan 5000$ gacha 320 ming bilan ish boshlashingiz mumkin
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

@xurshidarahmonovna12765.

https://t.me/+u5Ks-c-ojwQ2YTk6
https://t.me/+u5Ks-c-ojwQ2YTk6
https://t.me/+u5Ks-c-ojwQ2YTk6

Sevgi She'rlari

05 Jan, 11:26


Tunlar botar, yana tong otar,🌅
Uyqu kelmas oshufta koʻzga.😍
Sotqin koʻzim sirimni sotar,👀
Nafas kabi muhtojman sizga.🫀

Ming yil oʻtsin, ayrilmaylik hech,🫂
Koʻz tegmasin iloho bizga!🤲
Shom-u sahar, peshin, erta-kech,🌄
Nafas kabi muhtojman sizga.💝

Sizsiz umrim tugab qoladi,💔
Kiring deyman toʻqson-u yuzga.💯
Ruhim ishqdan oziq oladi,💌
Nafas kabi muhtojman sizga.🧎‍♀‍➡️

Ha shunaqa, telbaman-telba,🤯
Koʻngil berdim zilolmas, muzga.🧊
Yolgʻonim yoʻq, biling har yerda:🤞
Nafas kabi muhtojman sizga.🥰

Ozori koʻp zolimsiz, zolim,🤨
Ilmaysiz-da nazaringizga.😏
Ahvol chatoq, harobdir holim,🚶‍♀‍➡️
Nafas kabi muhtojman sizga!💞

Sizni jondan sevaman jonim 🫶
Nafas kabi muhtojman sizga❤️‍🩹

Mumtozbegim


Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

05 Jan, 06:03


OPA SIZLA ZÕR ÕTGANDA BOLALIGIM.

Bir lahzaga chiqarmayman yodimdan hech.
Shodliklardan tõkilardik har erta kech.
Olib kelgan bõlsam kerak yo sizdan kuch.
Opa sizla zõr õtganda bolaligim.

Erka edim chegarasiz erka edim.
Ne istasam hammasiga hõp de derdim.
Õhshashi yõq bir men uchun bilasizmi.
Opa sizla zõr õtganda bolaligim.

Bir elkangiz egilgancha opichlabon.
Manzilimga eltardingiz tegmay tovon.
Men uchun yõq adiblarda bunday raman.
Opa sizla zôr õtganda bolaligim.

Tarifiga tilim ojiz yozmoq uchun.
Ohiri yõq yozay desam juda uzun.
Bolalikda dõst bõldingiz hammadan chin.
Opa sizla zõr õtganda bolaligim.

Eslasam kõp kõrgim kelar sizni quchib.
Shu ondayoq yoningizga borsam uchib.
Ketgim kelar bolaligim tomon kõchib.
Opa sizla zõr õtganda bolaligim.

HULKAROY HOJAMOVNA

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

05 Jan, 02:00


Sevgi nima?

Sevgi nima? Bu bir o'yinmi?
Sevganlarga doim qiyinmi?
Sevaman deb, ichmang qasamlar;
Sevganlarga doim qiyindir.

Dunyoda ko'p sevganlar bordir;
Kimlari bor, sevgiga zordir.
Sevgi o'zi sog'inch, azobdir;
Sevganlarga doim qiyindir.

Sevgi nima? Misilsiz baxtmi?
Kimlarga shon, kimlarga taxtmi?
Sevgi nima? Buzilgan ahdmi?
Sevganlarga doim qiyindir.

Sevgi nima? Sog'inch, armonmi?
Sevgan inson doim yomonmi?
Vada bergan, qoshi kamonmi?
Sevganlarga doim qiyindir.

Sevgi nima? Misilsiz baxtmi?
Kimlarga shon, kimlarga taxtmi?
Sevgi nima? Buzilgan ahdmi?
Sevganlarga doim qiyindir.

Sevgi nima? Ayriliq, dardmi?
Sevmaganni sevishlik shartmi?
Chindan sevsa, ayrilish shartmi?
Sevganlarga doim qiyindir.


(Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin)

Mashrabbek Rakhimjonov

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

05 Jan, 00:10


QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

5 - Y A N V A R
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
UMRINGIZ UZOQ, RIZQINGIZ BUTUN BO‘LSIN,
OILANGIZNI BAXTIGA DOIMO SOG'-U SALOMAT BO‘LING🥰🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj

Sevgi She'rlari

28 Dec, 07:29


Сизга дунёдаги энг яхши тилакларни тилайман 🥰🥰

T.me/+Eyf9Vbm8ruAxMDIy
T.me/+Eyf9Vbm8ruAxMDIy

Sevgi She'rlari

28 Dec, 07:28


KETMAYABSIZ XAYOLLARIMDAN

Qalbim mahkam egallab olib,
Ishq olovin yurakka solib,
Dil koʻshkida siz o‘rnab qolib,
Ketmayabsiz, xayollarimdan.

O‘z-o‘zimga qolyabman hayron,
Baxtimga siz bo‘ling-da omon,
Hayratdaman sog‘indim yomon,
Ketmayabsiz, xayollarimdan.

O‘rtamizga solmang siz aldov,
Sog‘insam men kelingiz darrov,
Endi hech ham bo‘lmangiz birov,
Ketmayabsiz, xayollarimdan.

Muhabbatda qildingiz asr,
Baxt bog‘ida quraylik qasr,
Ikkimizda bo‘lmasin hech sir,
Ketmayabsiz, xayollarimdan.

Har ishimda topdingiz chora,
Men uchun siz bo‘lib ovora,
Yana ko‘ray keling bir bora,
Ketmayabsiz, xayollarimdan.

Yaxshi niyat qilaylik ezgu,
Malham bo‘ling kelmasin qayg‘u,
Muhabbat bu oliy bir tuyg‘u,
Ketmayabsiz, xayollarimdan.

✍️ Solihabegim
Dilafruz Shahrixoniy

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

28 Dec, 02:10


(Sogʻindim desang)

Yuribman shu so‘zni oh sendan kutib☹️
Dardlarim aytolmay ichimga yutib
Yoninga borarman hammadan kechib
Bir bora sogʻindim kel desang gulim🙃

Alp Himoloy togʼlarni oshib boray
Amudaryo Sirdaryodan kechib boray
Dasta-dasta gullar terib olib boray
Bir bora sogʻindim kel desang gulim🙃

Senga gulim borimni man, borim tutay
Chaqirsang gar lochindan ham tezroq uchay
Borib jonim bellaringdan, mahkam quchay🙈
Bir bora sogʻindim kel desang gulim🙃

Yo‘limni to‘solmas barfu buronlar🌨️🌪️
O‘rtaga tusholmas sira hijronlar
Dilimda qolmagay 🤏michcha armonlar
Bir bora sogʻindim kel desang gulim🙃

Menga gulim havo suvdek kun eragimsan
Allohimdan tilab olgan tilagimsan
Osmondagi yulduz ichra tanho  turgan🌚
Qalbim nuri Mohimsanu malagimsan🌙

Bilsa bilsin do‘stu yorlar hamma bilsin
Hohlagancha igʼvo so‘zlar gʼiybat qilsin,
Bu so‘zingdan barcha inson lolcha qotsin
Bir bora sogʻindim kel degin gulim...

AnVaRbek Choriev

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

28 Dec, 00:10


QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

28 - D E K A B R
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
UMRINGIZ UZOQ, RIZQINGIZ BUTUN BO‘LSIN,
OILANGIZNI BAXTIGA DOIMO SOG'-U SALOMAT BO‘LING🥰🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj

Sevgi She'rlari

27 Dec, 23:00


☃️⛅️ XAYRLI TONG🌥☃️

❄️Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh..

❄️28-Dekabr Yangi kun,  yangi tong muborak bo‘lsin.

❄️Erta tongda shirin niyatlar bilan duoga qo‘l ochib
Alloxdan nima yaxshi tilaklarni tilagan bo‘lsangiz Alloxim ziyodasi bilan yetkazsin.🤲🤲

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

27 Dec, 17:10


🌙 ❄️ XAYRLI TUN
           MЕHRIBONLARIM ❄️ 🌙

🌙❄️Allohning bandasiga bergan eng yaxshi ne’mati insonlarning bir biriga bo‘lgan mexr-muhabbatidir. Bu shunday in’omki, uni dunyodagi barcha boylik evaziga ham sotib olib bo‘lmaydi.

🌙Allohning bu in’omidan baxramand bo‘lib yashash har bandaga nasib qilsin!🤲🤲

🌙❄️Xotirjam qalb bilan uyquga ketishni istasangiz uyqudan avval xammani kechiring!🙏🙏

🌙❄️Xayrli tun azizlarim.
Allohga omonatsizlar🥰


Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

27 Dec, 15:33


Ko‘z tushganda begonalarday,
Odamlarga ahdsiz bo‘ldik-ku.
To‘yi kuni devonalarday,
Baxtlar tilab baxtsiz bo‘ldik-ku.

Hijron keldi ishq shahrimizga,
Putur yetdi zo‘r shahdinizga,
Yurakkinam biz baxtimizga,
Baxtlar tilab baxtsiz bo‘ldik-ku.

Ado bo‘ldi bu ko‘ngil kuya,
Dil charchadi faqat dard tuya,
Mensiz baxtli bo‘lsang bo‘l deya,
Baxtlar tilab baxtsiz bo‘ldik-ku.

Rashk yo‘liga bog‘lab bir tugun,
Nuqta qo‘yib bariga bugun,
Kechib undan sevganim uchun.
Baxtlar tilab baxtsiz bo‘ldik-ku.

Muallif: Komila Qiz.
25.12.2024.


Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

27 Dec, 15:01


🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄

❄️ Sovuq qish kunlarida qaynoq tabriklar! ❄️

Mo‘jizali lahzalarni yaqinlaringiz bilan baham koʻrishni istaysizmi? Biz siz uchun:
🤩 Tugʻilgan kun tabriklari
🤩 Samimiy salomlar
🤩 Bayram dil izhorlari va yana koʻplab tabriklar tayyorlaymiz!

Eʼtiboringiz qalblarni birlashtiradi, masofa esa yaqinlashitiradi
❤️

Murojaat qiling:
➡️@TABRIKLARIM_ADMIN
➡️@TABRIKLARIM_ADMIN
➡️@TABRIKLARIM_ADMIN

Kanalimiz:
➡️ @Dil_tabriklarim

❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️

Sevgi She'rlari

27 Dec, 12:44


* * *

Seni kutib o'tar umri kun,
Sherlarimning ovozi zabun,
Юragimda ilinj, umid bor,
Huzurimga  kelasan bir kun!

O'tinchlarim falakka etib,
Ko'zim mustar bo'lganda kutib,
O'zing juda sog'inib ketib,
Huzurimga kelasan  bir kun!

Qoyalardan erib tushar qor,
Har yil qayta keladi Bahor,
Bilamanku, menda ko'ngling bor,
Huzurimga kelasan  bir kun!

Bugun g'urur qo'lingdan tutgan,
Meni esa xijroning yutgan.
Kim bor seni menchalik kutgan?!
Huzurimga kelasan  bir kun!

Юzlarimga ishqing bersa zeb,
Mehrsizlik ichra sovuq eb,
Kechir, sensiz yasholmadim deb,
Huzurimga kelasan  bir kun!

Malika Tavfiq

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

27 Dec, 06:15


XUDODAN SENI SO‘RADIM

Pok sevgim xurmat bil, qilma xiyonat,
Avaylab asragin, senga omonat,
Ishondim, ishonchim sindirma faqat,
Xudodan men seni so‘radim ahir.

Bir kuni shu ko‘zlar ko‘zga tushgan payt,
O‘shanda vijdoning qiynalmasdan ayt,
Chindan ham sevsang gar oldimga tez qayt,
Men seni, Xudodan so‘radim ahir.

Bo‘ldi-da bas qilgin, qilma sen araz,
Men seni pok dildan sevdim beg‘araz,
G‘ashlikni olib sen ko‘nglimni kel yoz,
Xudodan men seni so‘radim ahir.

Nega buncha qiynaysan aytgin ne sabab,
Shu savol qiynaydi berginda javob,
Har doim demada ichimdagin top,
Men seni, Xudodan so‘radim ahir.

Sevgimni qadrla, qilmagin uvol,
O‘ylab sen, o‘zinga berib ko‘r savol,
Umrimni o‘tkazib qilmagin zavol,
Xudodan men seni so‘radim ahir.

Tasodifdan kelmas, qoʻldagi kishan,
Bildirmay bizlarga qilishsa nishon,
Ularga ishonma o‘zimga ishon,
Men seni, Xudodan so‘radim ahir.

✍️ Solihabegim
Dilafruz Shahrixoniy

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj

Sevgi She'rlari

27 Dec, 01:10


#Жума_муборак

2024-ЙИЛНИНГ ОХИРГИ ЖУМАСИ МУБОРАК БЎЛСИН!

🌙 Энг яқин инсоним кириб келган “Жума” куни муборак бўлсин.

🤲Келаси жума кунларига барчамизга соғ саломат етказсин!

T.me/+Eyf9Vbm8ruAxMDIy
T.me/+Eyf9Vbm8ruAxMDIy

Sevgi She'rlari

27 Dec, 00:10


QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

27 - D E K A B R
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
UMRINGIZ UZOQ, RIZQINGIZ BUTUN BO‘LSIN,
OILANGIZNI BAXTIGA DOIMO SOG'-U SALOMAT BO‘LING🥰🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj

Sevgi She'rlari

26 Dec, 23:00


Bismillah

🕌Assalomu alaykum va raxmatulloxu va barakatuh

📿🕋JUMA AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN QADRDONLARIM 🕋📿
🌸❄️🌸❄️🌸❄️🌸❄️🌸❄️🌸
Dilda iymon, tilda bo‘lsin
zikr salovat.
Ibodatlar gunohlarga bo‘lsin
kafforat.
Hajga borib Baytullohni
aylang ziyorat.
Borar manzilingiz bo‘lsin
Firdavsi Жаннат.🤲

📿Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo Sollallohu Alayhi Vasallamga salovat aytishni unutmang azizlarim 📿🤲🤲

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

26 Dec, 17:00


🌙🕌ERTAGA JUMA 🕋🌙
🌙❄️XAYRLI TUN❄️🌙

🌙📿Alloh xonadoningizdan huzur, oilangizdan totuvlik, rizqingizdan barakot, tillaringizdan zikru duo, qalbingizdan mehr-oqibatni aritmasin!🤲🤲🤲🤲🤲

🕋 XAYRLI OQSHOM  AZIZLARIM

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

26 Dec, 16:30


АФСУСКИ ОРАМИЗДА ШУНДАЙ ИНСОНЛАР ХАМ БОР ВИДEОНИ ОХИРИГАЧА КЎРИНГ😳 АКТЁР ХАҚИДА ФИКРИНГИЗ ЎЗГАРАДИ

ДАВОМИ ШУ ЕРДА 👈

Sevgi She'rlari

26 Dec, 14:12


***


Ey yaqinim qalaysiz qalay.
Kutyapsizmi bayramni menday.
Menku tõla hayojon bilan.
Õtkazyapman vaqtimni yilday.


Ha siz menga qarab turgan dõst.
Keling yilni olaylik qarshi.
Shunday duo qiling onalar.
Bu yilimiz bõlsin eng yahshi.


Õrtamizda yõq bulib gina.
Mehr nurun taqdim etaylik.
Yangi yilda ne istak bulsa.
Barchamiz birga etaylik.


KELAYOTGAN
YANGI YILINGIZ BILAN.🌲

Hulkaroy Hojamovna.

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

26 Dec, 07:47


SEVAMAN

Yoqar doim aytgan so'zingiz,
Sog'indimda qora ko'zingiz,
Bir bor ko'ray sizning yuzingiz,
Sevamanda faqat o'zingiz.

Qalb uyimda bo'ling pinhona,
Ishqingizda bo'ldim devona,
Yoningizda o'zim parvona,
Sevamanda faqat o'zingiz.

Ehtiyotlang, o'zingiz kunda,
Bedor yurmang, kechasi, tunda,
Ko'nlim to'lar shodlikda shunda,
Sevamanda faqat o'zingiz.

Mehringizni qalbimga joylab,
Юramanda hayolan o'ylab,
Ketib qolmang, uzoqqa oylab,
Sevamanda faqat o'zingiz.

Muhabbatim etdim namoyon,
Sizni juda sog'indim yomon,
Kuydirmasdan keling men tomon,
Sevamanda faqat o'zingiz...

✍️ Solihabegim
Dilafruz Shahrixoniy

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

26 Dec, 07:10


https://t.me/abusheyxm

Telegram.me/Abusheyxm

Sevgi She'rlari

26 Dec, 06:53


Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

26 Dec, 06:50


Kirib kelayotgan yangi yilingiz muborak bo‘lsin!

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

21 Nov, 23:00


🕋🍃Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

🕊Azizlar, barchangizga Sayyid-ul ayyom (kunlar sayyidi), hajjul Masokin (miskinlar haji) boʻlmish Juma ayyomi muborak boʻlsin!

🌴Ilohim umringizga mazmun,
🌺 Rizqingizga baraka,
🌿Taningizga sogʻlik,
🌻Ruhingizga osoyishtalik,
🍁 Qalbingizga xotirjamlik,
💐 Oilangizga fayzu barakot,
🌺Yaqinlaringizga sogʻ-omonlik ato qilsin.
🌴Allohim oqibatlarimizni mehrli,
🪷Oxiratlarimizni xayrli,
🏵Ikki dunyomizni saodatli qilsin.
🕌Umringizning har kuni ALLOH MUHABBATI bilan oʻtsin.

🕋JUMA AYYOMINGIZ MUBORAK BOʻLSIN!🕋

⭐️
T.me/+Eyf9Vbm8ruAxMDIy
     
T.me/+Eyf9Vbm8ruAxMDIy

Sevgi She'rlari

21 Nov, 17:00


#ERTAGA_JUMA

Smsjon alla ayt,
Qadrdonlarim uxlasin,
Tinchin buzmay ortga qayt,
Men haqimda oʻylasin.

Sog‘inganim bilmasin,
Yomon tushlar ko‘rmasin,
Meni Mexribonlarimni,
Alloh o‘zi asrasin!!🤲

XAYRLI TUN
Alloxning panoxida bo‘ling

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj

Sevgi She'rlari

21 Nov, 14:53


Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

21 Nov, 14:22


Shunday inson top u seni boringcha sevsin🥰
Shunday inson top u seni faqat yaxshi kuningdamas yomon kuningda ham oldingda boʻlsin 🥰
Shunday inson top u seni hech qachon aldamasin🥰
Shunday inson top u senga hech qachon hiyonat qilmasin🥰
Shunday inson top u sendan shubha qilmasin🥰
Shunday inson top u seni yarm yoʻlda tashlab ketmasin🥰
Shunday inson top u senga boshqalarning ming soʻz bilan berolmaydigan rohatini birgina seni sevaman deyishida bera olsin🥰
Shunday inson top seni nafsi toʻyguncha  emas oʻlguncha sevsin🥰

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

21 Nov, 12:21


Rashkingni keltirish menga yoqadi

Bizni koʻrganlar koʻp qiladi havas
Ba'zilar hasad-la yonib boqadi.
Bir seni sevaman oʻzgani emas
Rashkingni keltirish menga yoqadi

Sevsang oloʻv boʻlib yonib sev deyman
Gʻazabing qalbimga oʻtlar yoqadi
Sendan oʻzgasini sendek sevmayman
Rashkingni keltirish menga yoqadi

Borki e'tiboring oʻzimga qarat
Bir kunda qanchasi qoshin qoqadi
Sevgingdan men uchun Tojmahal yarat
Rashkingni keltirish menga yoqadi

Oʻzim ham qizgʻonib devonalarcha
Yoningga kelishsa jahlim chiqadi
Yonib sevgin meni mastonalarcha
Rashkingni keltirish menga yoqadi

Otello singari jonim ol mayli
Zaynablarni koʻrsam jahlim chiqadi
Boʻlaylik sevgida Majnun-u Layli
Rashkingni keltirish menga yoqadi

Koʻzingda anduhni koʻrmay jonim hech
Yigʻlasang qalbimdan qonlar oqadi
Jinnicha soʻz aytib yoʻqlab erta kech
Rashkingni keltirish menga yoqadi

Toabad bir seni sevaman jonim
Farqi yoʻq menga kim qanday boqadi
Alloh tuhfa etgan borligʻim borim
Rashkingni keltirish menga yoqadi

Mumtozbegim

T.me/Sherlari_Sevgi 🌺🌿

Sevgi She'rlari

21 Nov, 09:53


* * *

Zarur boʻlsam senga baliqqa ummon,
Gullarga suv kabi boʻlsa keragim.
Ooo,qaniydi yoningdan siljiganim on,
Gursillab,tipirlab qolsa yuraging.

Quyoshsiz hayot yoʻq,Quyoshing boʻlsam,
Koʻrmasam tunlarda qoldim desayding.
Zilolim boʻl,seni bitta hoʻplasam,
Sensiz olovlarda yondim desayding!

Nega hech mehrga toʻymaydi inson?
Mehringsiz ojizman,koʻrsat yoʻl qani?
Oʻtinchim, qulasa qulasin osmon,
Faqat sen yonimda boʻlsang boʻlgani!

Ketsang sabr bersa yaratgan egam,
Soat emas,lahza oʻtmasa mensiz.
Aytsang, MOHIM mening,mening FARISHTAM.
MEN YASHAY OLMAYMAN AZIZAM,SENSIZ!

Qaniydi,siylasa azaliy taqdir,
Senga hammadan koʻp zarur boʻlsaydim.
Sevmasang,poyinga tiz choʻkkan qulu,
Sevsang MALIKAdek magʻrur boʻlsaydim.

Burgut boʻlsam mening qoyamsan degin.
Dengizman, talpingan,shoshgan qirgʻogʻim.
Mening Zaminimsan,muqarrar bir kun.
Oʻlsam,quchogʻingda oʻlmogʻim!

Malika Tavfiq

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

21 Nov, 06:51


SEVGISI XOʻRLANGAN QIZ

Yuzini yopib oldi,
Yuragida chuqur iz.
Xiyonatda ayblashdi,
Sevgisi xoʻrlangan qiz.

Ahdida turolmadi,
Koʻchada yurolmadi,
Yigʻladi kulolmadi,
Sevgisi xoʻrlangan qiz.

Osmonda oyi chiqmas,
Izlasa boyi chiqmas,
Uzatar joyi chiqmas,
Sevgisi xoʻrlangan qiz.

Bahorini quchdi kuz,
Yalagani chiqdi tuz,
Topgani ham burdi yuz,
Sevgisi xoʻrlangan qiz.

Tanasini bosar ter,
Qochgani yoʻq biror yer,
Ota-ona nima der?
Sevgisi xoʻrlangan qiz.

Qurbon, xiyonat nima?
Bevafo gʻamin yema!
Vafo dengiz, bir kema,
Sevgisi xoʻrlangan qiz.

QURBONALI_TERMIZIY

T.me/+Eyf9Vbm8ruAxMDIy

Sevgi She'rlari

21 Nov, 06:18


Uy Ofis va Magazinlarimiz uchun ajoyib yangiligimiz yetib keldi💐💐💐

-Bu gulimiz 20 dona urug' shaklida buladi.  -Suv quyilgan vazaga solganda 10-15 kunda urug'imiz shunaqa manzarali va chiroyli gul xolatiga keladi.  -Gulimiz ochilganidan keyin suv sepib parvarish qilsangiz 3-6oygaca uz xolatini yuqotmastan turadi. -Yilning 4mavsumuda gullaydi. -Turpoqni xojati yuq. -Xonangiz xavosini tozalab ajoyib ifor beradi chinni yoki shisha vazada suv bulsa bas💐🌷🌹🌺

Eski Narhi 79 ming

🌷🌹🥀🪻🪷🌺💐🌸🌼
🪴
🌸 Chegirma Narhi 39 ming So‘m
🪷
🌺🪷🪻🥀🌹🌷💐🌸🌼

🙋‍♂Буюртма бериш учун кўк линк устига босинг👇👇
https://uztez.uz/stream/8768
https://uztez.uz/stream/8768

Буюртма беришга тушунмаганлар личкага ёзинг👇
📠
@Maxsulotlar_admini

🎁 100 Хилдан Ортиқ товарлар мавжуд Танлаб олинг👇👇❤️‍🔥❤️‍🔥
https://t.me/tezkor_100K_Savdo 👈

Sevgi She'rlari

21 Nov, 05:30


Quloq tutib har bitta so‘zga,
Yuraklarga g‘ul-g‘ula solmang.
Yosh kelmasin desangiz ko‘zga,
Hech narsani ko‘ngilga olmang.

Yolg‘onchining qolmay nag‘masi,
O‘char bosgan tuhmat tamg‘asi,
Tugar bir kun hamma-hammasi,
Hech narsani ko‘ngilga olmang.

Saqlamang hech dilda adovat,
Qaror topar albat adolat,
Tark etmasin sizni halovat,
Hech narsani ko‘ngilga olmang.

Xastalik-u omonlikni ham,
Sizmas boshqa tomonlikni ham,
Hatto yaxshi yomonlikni ham,
Hech narsani ko‘ngilga olmang.

Qiling endi felingizni keng,
Siz yaxshilar yaxshisisiz eng,
Kim ne desa ho‘p deng mayli deng,
Hech narsani ko‘ngilga olmang.

Dunyosiga ustun bo‘ldi kim,
Eng zo‘ri ham tor qabrida jim,
Bu o‘tkinchi hayotda do‘stim,
Hech narsani ko‘ngilga olmang.

Muallif: Komila Qiz.
20.11.2024.


Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

21 Nov, 05:05


Erkaklar uchun magnetli ichki kiyim

Erkaklardagi shamollash, siydik yoʻllaridagi yaligʻlanishlar, prostata va prostatik kasalliklarda, qovuq va bel qismdagi ogʻriqlarda, tez- tez kichik hojatga chiqish kabi dolzarb muammolardan tezda tabiiy halos bo‘ling.

Magnet muolaja va matodagi turmalin moddasi sizni butkul davolaydi.

🔥Chegirma Narxi: 89 ming so’m🔥

🔥🔥🔥🇺🇿Ўзбекиситон Бўйлаб Етказиб бериш Хизмати МАВЖУД Маҳсулот Қўлга теккандан сўнг Тўлов қиласиз🤝

Barcha razmerlar bor Aperator bilan bog‘lanish uchun ko‘k link ustiga bosing👇👇
https://uztez.uz/stream/8757
https://uztez.uz/stream/8757

Буюртма беришга тушунмаганлар личкага ёзинг👇👇
📠
@Maxsulotlar_Admini

🎁🪅🎊🎉  100 Ҳилдан Ортиқ Товарларни Кўриш👇👇
https://t.me/tezkor_100K_Savdo

Sevgi She'rlari

21 Nov, 00:10


QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

21 - N O Y A B R
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
UMRINGIZ UZOQ, RIZQINGIZ BUTUN BO‘LSIN,
OILANGIZNI BAXTIGA DOIMO SOG'-U SALOMAT BO‘LING🥰🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj

Sevgi She'rlari

20 Nov, 23:00


🌸ASSALOMU ALAYKUM🌸

21-NOYABR PAYSHANBA TONGI BARCHAMIZGA MUBORAK BOʻLSIN 🌸🍁🥰

Shukurdan bong urar koʻngil qafasi,
Dimogʻing qitiqlar shamol nafasi,
Mehribon Robbimning buyuk tuhfasi,
Yana bir goʻzal tong muborak boʻlsin!

Har lahza yuzlarga tabassum tutsin,
Gʻuborlar yengilsin, muhabbat yutsin,
Muhimi bu kun ham mazmunli oʻtsin,
Yana bir goʻzal tong muborak boʻlsin!

Qalbda bahor boʻlsin, boʻlmasin qishlar,
Zinhor sanchilmasin ogʻriqli nishlar,
Omadga choʻmilsin boshlangan ishlar,
Yana bir goʻzal tong muborak boʻlsin!

Maktuba SHAYDO

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

20 Nov, 17:16


🌙XAYRLI TUN
             QADRDONLARIM🌙

🌙🌸Alloh xonadoningizdan huzur, oilangizdan totuvlik, rizqingizdan barakot, tillaringizdan zikru duo, qalbingizdan mehr-oqibatni aritmasin!

🌸 Tuningiz osuda oʻtsin shirin tushlar xamrohingiz boʻlsin! 🌸

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

20 Nov, 12:08


Birinchi sevgi bu - ...

Dunyoni koʻzingga koʻrsatar goʻzal,
Har oni yoqimli goʻyoki asal,
Shoir boʻlmasang ham bitarsan gʻazal,
Birinchi sevgi bu: eng shirin yogʻdu!

Ajib his yurakda kezar sarosar,
Hotiring jam boʻlar kelsa bir habar,
Gullarga toʻlgandek tuyular bashar,
Birinchi sevgi bu: yoqimli orzu!

Kapalak misoli noziklik shunda,
Oqqushlardek birga suzarsan kunda,
Kezasan ovchiday beorom tunda,
Birinchi sevgi bu: jayron yo ohu!

Koʻz ochib yumguncha oʻtib ketadi,
Lek ismi yurakda qotib ketadi,
Har oni koʻnglingga botib ketadi,
Birinchi sevgi bu: qaqshatqich ogʻu!

Boshlanishi yaxshi, oxiri armon,
Ketasan u boshqa, sen boshqa tomon,
Hayoling oʻshanda toptim-a hamon?
Birinchi sevgi bu: azobli qaygʻu!

Eng yaxshi, eng goʻzal, eng zoʻr, dargumon,
Birinchi sevgi bu: eng gʻalat tuygʻu!

Mumtozbegim

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

20 Nov, 07:12


###############

Yuragimni nimtalamang, yetar endi!
Sog‘inchimni ko‘z yosh bilan yuvib bo‘ldim...
Kimlar uchun men qandayman bilmadimu,
O‘zim uchun kimlar qanday, bilib bo‘ldim...

Akbaraliyeva.....

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

20 Nov, 02:56


Kelmagan kunlarni sog'inib ketdim.. 🍂

Mana kuz ham sekin o'tib bormoqda
Umidlarim bilan qoldirib yakka
Va yana orzular ortda qolmoqda
Ko'plik qilayapti bitta yurakka

Har kunda sog'inchga giriftor ko'nglim
Hislarim goh olov goh suvdek sokin
Ko'zimga yoshlarim to'ladi lim lim
So'nggi lahzasida kulaman lekin

Yuzimga tabassum yopishadi chip
Ko'zlarimga esa kuchi yetmaydi
Meni o'rab turgan dunyodan qochib
O'zimga kelaman baxtlar kelmaydi

Sinib ketganmikin baxtning qalami
Armon rasm chizar mening qalbimga
Kelmagan kunlarning achchiq alami
Faqat dard qo'shyapti dasta dardimga

Ishonmaysiz lekin, sog'inib ketdim
Eshigim qoqmagan puch orzularni
Ichimda bir nola, og'rinib ketdim
Sog'indim, kelmagan o'shal kunlarni

#Quyosh

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

18 Nov, 17:04


🌙🌸XAYRLI  TUN
                AZIZLARIM🌸🌙

Ertangi kuningiz bugungi kuningizdan afzal boʻlsin!
Atrofingizga nazar solsangiz, cheksiz neʼmatlar ichra ekanligingizni anglaysiz.
💫Alloh barcha yomonliklardan omon saqlab, tongga salomat yetkazsin. Allohga omonatsiz!

🌙YAXSHI  DAM  OLING!🌙

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

18 Nov, 15:51


Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

18 Nov, 14:32


Nechtani to‘g‘ri aytdingiz😁

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

18 Nov, 14:12


Seni yaxshi ko'raman ❤️

Mayli o'jar bo'lsang xam,🙂
Yurak bag'rim tilsang xam.😉
Meni yomon ko'rsang xam,😉
Seni yaxshi ko'raman.❤️

Xar baxorning yozi bor,😊
Bulbulning sho'x sozi bor.🙃
Axir qizning nozi bor,😘
Seni yaxshi ko'raman.❤️

Mayli jonimni olda,😉
Shirinliging yo'q bolda.😌
Qanday bo'lsang shu xolda,🙂
Seni yaxshi ko'raman.❤️

Gullardan to'shay gilam,🌹
Kel endi go'zalginam.😊
O'zimni qaysarginam,😉
Seni yaxshi ko'raman.❤️

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

18 Nov, 14:06


🌹🍃

Sogʻinchman, har lahza koʻzlarimga boq,
Tilimdan bir ogʻiz chiqmasa sado.
Hanuz yoʻllaringda mushtoqman, mushtoq,
Seni yuragimga joylagan Alloh!

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

18 Nov, 10:55


Homush bo‘lsang bag‘rim tig‘layman.
Xavotirdan o‘zga sizg‘mayman.
Tuyg‘ularim tushunmaysanda.
Sen yig‘lasang men ham yig‘layman.

Quvonch bermoq dildagi ahddir.
Ham maqsadim ham kuchli shaxddir.
Bundan ortiq mazmun kerakmas.
Sen kulganing men uchun baxtdir.

Ko‘zlaringdan yoshing terayin.
Sevaolsang qalbim berayin.
Ochgin menga hayot eshiging.
Shodliklarni olib kirayin.

Nurlar sochib osmonu falak.
Berayapti baxtimdan darak.
Men hotirjam bo‘lishim uchun.
Sen yonimda bo‘lishing kerak.

Yuragimiz birlashib ursin.
Ko‘ngil visol gashtini sursin.
Sinovlardan birga o‘taylik.
Armon bizdan olisda yursin.

Muallif: Komila Qiz.


Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

18 Nov, 07:28


🥀VIJDONINGGA NIMA DEYSAN 🥀

Hammadan ham keragimsan derding meni,
Ikki qoʻllab hijronlarga berding meni,
Evoh jonim, tiriklayin yeding meni,
Bir kun kelib vijdoningga nima deysan?!

Armonlarim yuragimga sanchadi oʻq,
Sharpalaring sogʻintirib qilyapti doʻq,
Zabun holim koʻrib nahot bir soʻzing yoʻq,
Bir kun kelib vijdoningga nima deysan?!

Sochlarimni asir qilib olyapti oq,
Yuragimni bosib ketdi chandi-gʻu dogʻ,
Men-ku seni kechirganman doim, biroq,
Bir kun kelib vijdoningga nima deysan?!

Yonib, kuyib devonalar boʻlib qolsam,
Sogʻinchlarning soyasida soʻlib qolsam,
Hijroningda bira toʻla oʻlib qolsam,
Bir kun kelib vijdoningga nima deysan?!

Bir kun kelib Xudoyimga nima deysan?!

Maktuba SHAYDO

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

18 Nov, 06:30


VITEK Энди Ўзбекистонда Жуда Арзон Нархда

🌧☀️Қиш мавсуми учун кондиционер🔥🔥🔥❗️

● Тўрт хил режимда ишлайди
● Пулт орқали бошқарилади
● 25-30 квадратни иситади
● 1-2 КВ (Экономний)

🚚ЕТКАЗИБ БЕРИШ МАВЖУД!
Тўлов маҳсулотни қўлингизга олганда қиласиз👍🤝

🌧🌧🌧🌧🌧🌧🌧🌧🌧🌧🌧🌧
🌧 Сезон Боши 157 минг сўм шошиламиз акция вақтига улгириб қолинг🌧🌧🌧🌧🌧🌧🌧🌧🌧🌧🌧🌧🌧🌧🌧🌧🌧🌧🌧🌧

🙋‍♂Буюртма бериш учун кўк линк устига босинг👇👇

https://uztez.uz/stream/8675
https://uztez.uz/stream/8675

Буюртма беришга тушунмаганлар личкага ёзинг👇👇
📠
@Maxsulotlar_Admini

🎁🪅🎊🎉  100 Ҳилдан Ортиқ Товарларни Кўриш👇👇
https://t.me/tezkor_100K_Savdo

Sevgi She'rlari

18 Nov, 06:12


ASRASIN ROBBIM

Ikki dunyo boʻlaylik birga,
Omad, baxtlar ulashay sizga,
Havas ila boqishsin bizga,
Doim bizni asrasin Robbim.

Yaxshi yashang quvonchda, begim,
Siz bilan men boʻlaylik birdam,
Diydor shirin, bilsangiz har dam,
Doim bizni asrasin, Robbim.

Malham boʻlib bergansiz huzur,
Koʻp dilingiz ogʻritdim uzr,
Baxtlilardan baxtli boʻling zoʻr,
Doim bizni asrasin Robbim.

Xursand yuring shu mening baxtim,
Duo qilib ochingiz kaftim,
Shu soʻzimdir, bu mening ahdim,
Doim bizni asrasin Robbim.

Tark etmasin tilayin omad,
Jannatligim oʻzingiz-ku mard,
Qalbingizda bo'lmasin hech dard,
Doim bizni asrasin Robbim.

Solihabegim
Dilafuruz Shahrixoniy

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

18 Nov, 05:30


Болалар ва катталар учун ҳаволи груша🏃🏃🏃

Пуфланадиган пол зарб халтаси ўғил, ака, дўст ёки набира учун ажойиб совғадир

▪️Ҳаволи грушалар ҳам болалар, ҳам катталар учун
идеал бўлиб, бутун оила учун ўз соғлиғини яхшилаш ва танани соғломлаштиришни ажойиб усулига айланади.
▪️Ҳаволи қоплар чаққонлик, чидамлиликни ривожлантиришга ёрдам беради ва турли жанг санъатлари билан шуғулланаётганда калорияларни ёқишга ёрдам беради.
▪️Замин дизайни ҳар қандай баландликдаги одамлар учун идеал ва мураккаб ўрнатиш ёки махсус маҳкамлашни талаб қилмайди.
▪️ Сиз уни ичкарида ҳам, ташқарида ҳам фойдаланишингиз мумкин.

Narx 157 000 So‘m

🔥Акция Нархи 59 Минг сўм🔥

🚗🇺🇿Ўзбекиситон Бўйлаб Етказиб бериш Хизмати МАВЖУД Маҳсулот Қўлга теккандан сўнг Тўлов қиласиз🤝

🙋‍♂Буюртма бериш учун кўк линк устига босинг👇👇
https://uztez.uz/stream/8676
https://uztez.uz/stream/8676

Буюртма беришга тушунмаганлар личкага ёзинг👇
📠
@Maxsulotlar_admini

🎁🪅🎊🎉  100 Ҳилдан Ортиқ Товарларни Кўриш👇👇
https://t.me/tezkor_100K_Savdo 👈

Sevgi She'rlari

18 Nov, 03:07


Baxtli bo'lamiz

Alloh umrimizni qilsa ziyoda,
Quyoshim nur sochib tursa samoda.
Yagonam, sevgilim, o'zing bir dona,
Biz baxtli bo'lamiz, hudo hohlasa.

Taqdirimiz o'zimiz qurib,
Birga davr-u davronlar surib,
Birga yashab yuzlarga kirib,
Biz baxtli bo'lamiz, hudo hohlasa.

Armonlarga joy qoldirmasdan,
Sevgimizdan hech toldirmasdan,
Umidimiz hech so'ldirmasdan,
Biz albatta baxtli bo'lamiz.

Hudo umrimizni qilsa ziyoda,
Quyoshim nur sochib tursa samoda.
Yagonam, sevgilim, o'zing bir dona,
Biz baxtli bo'lamiz, hudo hohlasa.

Kutib yorug' kunlarimizni,
Ekib sevgi gullarimizni,
Bog'lab umr yo'llarimizni,
Biz albatta baxtli bo'lamiz.

Yomonlarga so'z qoldirmasdan,
Yuragimiz hech yondirmasdan,
Sogʻinchlarga joy qoldirmasdan,
Biz albatta baxtli bo'lamiz.



(Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin)

Mashrabbek Rakhimjonov

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

18 Nov, 01:00


🎉Bugun 18 - Noyabr
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog‘i qabul qilingan kun!

"SARBALAND BOʻL, VATAN BAYROGʻI"🥳🥳

Telegram.me/Sherlari_Sevgi 🍂

Sevgi She'rlari

18 Nov, 00:10


QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

18 - N O Y A B R
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
UMRINGIZ UZOQ, RIZQINGIZ BUTUN BO‘LSIN,
OILANGIZNI BAXTIGA DOIMO SOG'-U SALOMAT BO‘LING🥰🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj

Sevgi She'rlari

17 Nov, 23:00


🪷Assalomu aleykum va rohmatullohi va barokatuh.

🌤🌸XAYRLI TONG
       DILGA YAQINLARIM 🌸🌤

🌿Barchamizga yana bir tong nashidasidan baxramand boʻlish nasib etibdi, Alhamdulillah!

🍁Hayot takrorlanmas.. umr qisqa... har bir onimiz esa gʻanimat...

🌤Har bir otayotgan tonglarimizni, oʻtkazayotgan kunlarimizni shukronalik xissi ila tabassum bilan qarshi olaylik..

🍂Alloh ushbu tongda barchamizni murodimizni xosil, mushkullarimizni oson qilsin, qilgan yaxshi niyatlarimizni ijobat aylab, hayru-barokatlarini ziyodasi bilan tuxfa etsin..

🌸Bugungi Dushanba  kunimiz   hushxabarlarga boy boʻlsin!🤲

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

17 Nov, 17:00


🌙🍂XAYRLI TUN🍂🌙

🌹Agar siz xech narsadan xafa boʻlmaslikni oʻrgangan boʻlsangiz, demak siz inson qalbini sezishga, xurmat qilishga qodir ekansiz...

🌹Hayotning xar bir laxzasida, xar bir soniyasida yaxshilikni, baxtni koʻra oling - bu baxtli, omadli boʻlishning eng oson yoʻlidir.

🌹TUNINGIZ ERTAKNAMO OʻTSIN🥰
🌙YOQIMLI HORDIQ TILAYMAN! 🥰

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

17 Nov, 14:55


Ota uyga sig'magan qiz...

Diyorbek Sharipov
🎙Qomarun

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

16 Nov, 12:25


ONAMNING SINGLI

(Mehribon xolajonlarimizga yuboramiz)

Biram yaxshisiz siz,  yuzlari oyli,
Mudom mehr istar begʻubor koʻngli.
Yoʻqdir hech eʼtiroz, onam chiroyli,
Onamday goʻzalsiz, onamning singli!

Sizni har koʻrganda quvnaydi dilim,
Nechuk koʻzlaringiz bunchalar mungli?!
Xola deb aytishga bormaydi tilim,
Onamday goʻzalsiz, onamning singli!

Siz koʻnglim ichinda ozodasiz siz,
Xon, malaklar ichra xonzodasiz, siz,
Oylar ichinda ham oyzodasiz siz,
Onamday goʻzalsiz, onamning singli!

Bagʻringizga bosing, mehrga toʻyay,
Onamning ishqini qalbimga tuyay,
Keling, yuzingizdan bir oʻpib qoʻyay,
Onamday goʻzalsiz, onamning singli!

Oʻlmasbek Samarqandiy.

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

16 Nov, 08:07


💕💞YURAK💖💝

Sizni yaxshi koʻrish ham baxtdir,
Olam ichra yagona taxtdir.
Ishq savdosi ulkan bir ahddir,
Soʻzlaringga zor boʻldi yurak.💘

Elga boʻlmay ovoza sira,
Eslay sevgim xotira ila.
Bir eslab qoʻy meni ham zora,
Soʻzlaringga zor boʻldi yurak.💞

Dunyolarga hirsim qoʻymayman,
Ey jonginam bagʻrim oʻymayman.
Oʻzga yorni sira suymayman,
Sogʻlaringga zor boʻldi yurak.❤️‍🔥

Oshiqmisan oshiqliging ayt,
Senga bitdim qalbim ila bayt.
Hurliqoyim yonimga sen qayt,
Soʻzlaringga zor boʻldi yurak 💓

Alloh bizni ishq muhabbatga,
Yetkazadi oliy bir baxtga.
Uchramaylik qahr ofatga,
Soʻzlaringga zor boʻldi yurak ❤️‍🔥

Qalbimga sen jarohat berma
Ishqingda koʻp devona qilma
Sevgimizni ustidan  kulma
Soʻzlaringga zor boʻldi yurak.❤️

Bizni uchrashtirgan bu taqdir
Ne boʻlsa ham Allohim haqdir
Panoh istab yurakdan axir
Soʻzlaringga zor boʻldi yurak.💗

Solihabegim
(Dilafruz Shahrixoniy)

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

16 Nov, 05:31


Yorug‘ kunning o‘n beshi o‘tib,
Hayot boshga sinov soldida.
Qoldingizlar birdan o‘zgarib,
Sizga foydam tegmay qoldida.

Til uchida holim so‘rganlar,
Manfaatini ustun ko‘rganlar,
Foydasini ko‘zlab yurganlar,
Sizga foydam tegmay qoldida.

Meni ko‘rmay qoldi ko‘zingiz,
Sezdingizmi shuni o‘zingiz,
Shunda bildim asl yuzingiz,
Sizga foydam tegmay qoldida.

Bog‘imdagi gullarim so‘lib,
Shodon kunim g‘amlarga to‘lib,
O‘zim bilan ovvora bo‘lib,
Sizga foydam tegmay qoldida.

O‘tdi boylik ketdi toj-u taxt,
Uchdi boshdan qo‘nib turgan baxt,
So‘ndi ishonch so‘ndi dilda shaxd,
Sizga foydam tegmay qoldida.

So‘ramaysiz kam-u ko‘stlarim,
Dastingizdan somon po‘stlarim,
Jigarlarim sohta do‘stlarim,
Sizga foydam tegmay qoldida.

Aqlim yetmay qoldi o‘yimga,
Kelmadingiz aytsam to‘yimga,
O‘ynamaysiz chalgan kuyimga,
Endi foydam tegmay qoldida.

Maqtab tinmas edi tilingiz,
Ko‘ksingizda edi qo‘lingiz,
Bir aylanib o‘ng-u so‘lingiz,
Sizga foydam tegmay qoldida.

O‘zingizni o‘ylamang faqat,
Sizlarga ham keladi navbat,
Achchiq bo‘lar ekan haqiqat,
Sizga foydam tegmay qoldida.

Muallif: Komila Qiz.

Muallif huquqi himoyalangan


Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

16 Nov, 05:01


VITEK Энди Ўзбекистонда Жуда Арзон Нархда

🌧☀️Қиш мавсуми учун кондиционер🔥🔥🔥❗️

● Тўрт хил режимда ишлайди
● Пулт орқали бошқарилади
● 25-30 квадратни иситади
● 1-2 КВ (Экономний)

🚚ЕТКАЗИБ БЕРИШ МАВЖУД!
Тўлов маҳсулотни қўлингизга олганда қиласиз👍🤝

🌧🌧🌧🌧🌧🌧🌧🌧🌧🌧🌧🌧
🌧 Сезон Боши 157 минг сўм шошиламиз акция вақтига улгириб қолинг🌧🌧🌧🌧🌧🌧🌧🌧🌧🌧🌧🌧🌧🌧🌧🌧🌧🌧🌧🌧

🙋‍♂Буюртма бериш учун кўк линк устига босинг👇👇

https://uztez.uz/stream/8675
https://uztez.uz/stream/8675

Буюртма беришга тушунмаганлар личкага ёзинг👇👇
📠
@Maxsulotlar_Admini

🎁🪅🎊🎉  100 Ҳилдан Ортиқ Товарларни Кўриш👇👇
https://t.me/tezkor_100K_Savdo

Sevgi She'rlari

16 Nov, 03:31


Sog'indim kelaqolgin

Yuragimda yagonamsan
Hayolimda bir donamsan
Gullar ichra durdonamsan
Sog'indim kelaqolgin

Otashingda yonaman
Diydoringa qonaman
Bir ko'rsam quvonaman
Sog'indim kelaqolgin

Hijron qalbim tiladi
Qalbga armon soladi
Yurak sensiz qoladi
Sog'indim kelaqolgin

Hammadan qizg'onaman
Rashk o'tida yonaman
Sensiz qanday qolaman
Sog'indim kelaqolgin

Hayollarim band etgansan
Yuragimni olib ketgansan
Meni so'zsiz rom etgansan
Sog'indim kelaqolgin

O'zingdur suyanganim
Vafodorum kuyunganim
Kutdirma ey sevgilim
Sog'indim kelaqolgin



(Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin)

Mashrabbek Rakhimjonov

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

16 Nov, 03:00


Болалар ва катталар учун ҳаволи груша🏃🏃🏃

Пуфланадиган пол зарб халтаси ўғил, ака, дўст ёки набира учун ажойиб совғадир

▪️Ҳаволи грушалар ҳам болалар, ҳам катталар учун
идеал бўлиб, бутун оила учун ўз соғлиғини яхшилаш ва танани соғломлаштиришни ажойиб усулига айланади.
▪️Ҳаволи қоплар чаққонлик, чидамлиликни ривожлантиришга ёрдам беради ва турли жанг санъатлари билан шуғулланаётганда калорияларни ёқишга ёрдам беради.
▪️Замин дизайни ҳар қандай баландликдаги одамлар учун идеал ва мураккаб ўрнатиш ёки махсус маҳкамлашни талаб қилмайди.
▪️ Сиз уни ичкарида ҳам, ташқарида ҳам фойдаланишингиз мумкин.

Narx 157 000 So‘m

🔥Акция Нархи 59 Минг сўм🔥

🚗🇺🇿Ўзбекиситон Бўйлаб Етказиб бериш Хизмати МАВЖУД Маҳсулот Қўлга теккандан сўнг Тўлов қиласиз🤝

🙋‍♂Буюртма бериш учун кўк линк устига босинг👇👇
https://uztez.uz/stream/8676
https://uztez.uz/stream/8676

Буюртма беришга тушунмаганлар личкага ёзинг👇
📠
@Maxsulotlar_admini

🎁🪅🎊🎉  100 Ҳилдан Ортиқ Товарларни Кўриш👇👇
https://t.me/tezkor_100K_Savdo 👈

Sevgi She'rlari

16 Nov, 00:10


QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

16 - N O Y A B R
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
UMRINGIZ UZOQ, RIZQINGIZ BUTUN BO‘LSIN,
OILANGIZNI BAXTIGA DOIMO SOG'-U SALOMAT BO‘LING🥰🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj

Sevgi She'rlari

15 Nov, 23:00


Assalomu alaykum!
     Xayrli tong! 🍁

🍁Baxtli insonlar orasida biz xam yana bir tongni qarshi oldik!🍁

🤲 Sogʻ–salomat uygʻotgan Robbimizga hamdlar boʻlsin!

😊 Bugungi kuningiz kechagi kuningizdan xayrli,  fayzli,  manfaatli va barakaliroq boʻlsin, azizlar!

☝️ Alloh roziligiga yetishishlikni barchamizga nasib aylasin. 🤲

🤲 Jannati firdavsiylar makoningiz boʻlsin!


Telegram.me/Sherlari_Sevgi 🍁

Sevgi She'rlari

15 Nov, 17:03


🌙 XAYRLI TUN 🌙

Qalbingizdagi yorugʻlik soʻnmasin,
Umid qilishdan, chiroyli niyat bilan yashashdan toʻxtamang.🙏
Xar nafasda Allox mexrini koʻrish va unga shukur qilish baxtini tilayman sizga.

🌙🌹JUMA OQSHOMINGIZ XUZURLI VA BAROKATLI OʻTSIN DINDOSHIM!!!
SHIRIN TUSHLAR XAMROHINGIZ BOʻLSIN!

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

15 Nov, 16:06


* * *

Yillar ortga qaytsa nogohon,
Kelsa yana biz uchrashar payt.
Yana qayta soʻz qotib menga,
Yana qayta sevarmiding, ayt.

Toʻqnashtirsa qaytadan taqdir,
Bir koʻchadan oʻtsak biz atay.
Yana oʻsha azoblar bilan,
Oʻrtanmoqqa boʻlarmiding shay.

Seni topdim deya oʻshal on,
Yaratganga shukrona ayta.
Gurillagan otash olovga,
Otarmiding oʻzingni qayta.

Yana koʻzing tushsa koʻzimga,
Va chertilsa muxabbat sozi,
Ishqning barcha ogʻriqlariga,
Boʻlarmiding qaytadan rozi.

Yana bedor tunlarga chidab,
Menga atab yozarmiding bayt,
Bilib turib ayrilishimiz,
Meni yana sevarmiding, ayt!?

Meni yana sevarmiding, ayt...

Malika Tavfiq

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

15 Nov, 15:21


💐💐💐Assalomu alekum sizlarni onlayn ishga taklif qilaman💐💐💐
Ersag eng zor 100% tabiiy mahsulotlarga ega karparatsiya🙂🙂🙂
💎 Ajinlarga
💎 Doglarga
💎 Sepkillarga
💎 Ugriylarga
💎 Quruq yuzga
💎 Yoglik yuzga
💎Grejaga
💎Qandle dyabetga
💎Saxerne kasalligiga
💎bòĝim oĝriqlariga
💎Soch bn muommolarga
💎semizlik prablemalariga
🔴 Va jamiyki muammolariyzga davo topasiz 👏👏👏
Kampaniyammizda turli hil yuz tozalovchi kremla svortkalar kalagen tanalkala quruq va yogli yuzlar uchun toniklar pelinglar spf quyowdan saqlovchi maskalar va kremlar yuzida muammosi borlarga har hil davolovchi kremlarimmiz bor ERSAG👍👍👍
@SarvinozBeznesLede
https://t.me/Salomatliksirlarinio
https://t.me/Salomatliksirlarinio

Sevgi She'rlari

15 Nov, 11:47


TOʻLAB BOʻLMAS QARZIM BORDUR SIZDAN OTA ONAJONIM.

Boringizni tutib qaddim koʻkka qarab boʻylatdingiz.
Menga boʻlaverar degan soʻzdan tonib na oʻtdingiz.
Neki yahshi boʻlsa barin faqat menga oh tutingiz.
Toʻlab boʻlmas qarzim bordur sizdan ota onajonim.

Ilk bor qadam tashlar bolsam kim quvondi sizdan boʻlak.
Bu dunyoda ikki jon bor men deb joni ilhaq halak.
Hizmatingiz qilmay qancha yugurmayin elib biroq.
Toʻlab boʻlmas qarzim bordir sizdan ota onajonim.

Qay yoʻlimda yurmay ortda arimadi duoyingiz.
Toʻgrilikni koʻrsatgancha oʻgitlarlarga tutdingiz yuz.
Oyogʻingiz ming bor quchib poyingizga choʻkmayin tiz.
Toʻlab boʻlmas qarzim bordur sizdan ota onajonim.

Elka tutay oʻsha men deb koʻp qavargan qoʻllar uchun.
Qancha chekkan zahmat ila sabr toʻla yoʻllar uchun.
Sizlar uchun borim berib parvonalar boʻlmayin chin.
Toʻlab boʻlmas qarzim kopdir sizdan ota onajonim.

Davlatimsiz, jannatimsiz aziz ota onajonim.

HULKAROY HOJAMOVNA

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

15 Nov, 08:37


TURMADINGIZ SOʻZINGIZGA

Xushboʻy atir sepib rosa,
Rom etdingiz oʻzingizga,
Sevaman deb ichib qasam,
Turmayapsiz soʻzingizga.


Ayting menga rostin-dangal,
Qolayapman koʻyib har gal,
Sevmas edim balki sizni,
Bilganimda buni avval.


Ketayapsiz bilmam qayga,
Toʻy  qoldimi endi mayga,
Ruxsatimni olmay turib,
Chiqayapsiz  katta  yoʻlga.


Yoqani ham bordir yengi,
Siz edingiz meni tengim,
Sotilmoqda nahot sevgim,
Bir chaqasiz bozorlarga.


Siz edingiz meni borim,
Kimga aytay endi zorim,
Karimbekni oʻyin qilib,
Oʻzgasiga  ketdi  yorim.


Ayting menga rostin-dangal,
Qolayapman koʻyib har gal,
Sevmas edim balki sizni,
Bilganimda  buni  avval.


Kirolmadim koʻnglingizga,
Endi chiqmam yoʻlingizga.
Meni qadrim bilmadingiz,
Yomgʻir yogʻsin toʻyingizda.

-Karimbek ASATULLAYEV

14.11.2024

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

15 Nov, 02:22


Hisoblashamiz

Yuragimdan ketganlar
Meni arzon sotganlar
Ortdan kulib qotganlar
Qiyomatda hisoblashamiz

Pinhon g'iybat qilganlar
Qalbimni og'ritganlar
Ustimizdan kulganlar
Qiyomatda hisoblashamiz

Ishonchimdan chiqqanlar
Har hil gap so'z qilganlar
Gunohimni to'kkanlar
Qiyomatda hisoblashamiz

Yuragimdan ketganlar
Meni arzon sotganlar
Ortdan kulib qotganlar
Qiyomatda hisoblashamiz

Yolg'on qasam ichganlar
Meni tashlab qochganlar
Qalbimni qon etganlar
Qiyomatda hisoblashamiz


(Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin)

Mashrabbek Rakhimjonov

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

15 Nov, 00:10


QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

15 - N O Y A B R
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
UMRINGIZ UZOQ, RIZQINGIZ BUTUN BO‘LSIN,
OILANGIZNI BAXTIGA DOIMO SOG'-U SALOMAT BO‘LING🥰🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj

Sevgi She'rlari

14 Nov, 23:00


#Bismillah

ASSALOMU ALAYKUM VA ROXMATULLOXU VA BAROKATUH!🕋

Yaxshi amal jannatga yoʻlak,
Savoblarning sovgʻasi boʻlak.
Chin yurakdan bildiray tilak,
JUMA AYYOMINGIZ BOʻLSIN MUBORAK!

Bu kunda Alloh duolarimizni ijobat, farzandlarimizga salohiyat, ibodatlarimizga goʻzallik, rizqimizga baraka bersin! Allohning panohida boʻling!

JUMA MUBORAK! 🕌🕋

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

12 Nov, 16:59


🌙🍂🌸XAYRLI TUN
                  QADRLIGIM🌸🍂🌙

🌙🌹Seshanba Oqshomingiz fayzli oʻtsin boringizga shukr qadrdonlarim!!!

🌙🌹Kayfiyatingiz qanday boʻlishidan qatʼiy nazar, oqshomni goʻzal tabassum ila kutib oling.
Oqshomning chiroyi sizning goʻzal tabassumingiz ila yanada jozibaliroqdir.

🌙🌹Xayrli tun mexribonimlarim
tuningiz tinch va osuda oʻtsin! 🤲

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

12 Nov, 15:32


Eslamaysan..

Soginch toʻla yuragim sezib,
Axtarmaysan bir izlamaysan,
Sensizlikda qoldim-ku bezib,
Nega meni xech eslamaysan.

Termilaman osmonga boqib,
Oyga siring sen soʻzlamaysan.
Shuncha  payt yuragim yoqib,
Nega meni xech eslamaysan.

Oʻtar qancha bedor tunlarim,
Tunlar noxot bir qoʻmsamaysan,
Qaysarginam seni qoʻmsadim,
Nega meni xech eslamaysan

Yurak uksir sogʻinchda takror,
Xabar olib xol soʻramaysan.
Ishqing rostmi aytkin ey nigor,
Nega meni xech eslamaysan.

Bir koʻrinish bergin sen menga,
Naxot menday sen boʻzlamaysan.
Jonim tortiq qilsamda senga,
Nega meni xech eslamaysan...

Nurullo Nurliy

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

12 Nov, 15:00


📝АССАЛОМ АЛЕЙКУМ АЗИЗ ОПА СИНГИЛЛАРИМИЗ СИЗНИ КАНДАЙДИР КАСАЛЛИК БЕЗОВТА КИЛАЁТГАН БУЛСА ШУ ГУРУХГА КУШИЛИНГ ВА ДАРДИНГИЗГА ДАВО ТОПИНГ.САХР,ЮРАК ВА БОШКА КАСАЛЛИКЛАР БУЙИЧА МЕН БИЛАН ЖОНЛИ БОГЛАНИНГ.СИЗЛАРНИНГ КАСАЛЛИКЛАРИНГИЗНИ АСЛ КЕЛИБ ЧИКИШ САБАБЛАРИ ТУЛИК ТУШИНТИРИЛГАН ХОЛДА МУОЛАЖА ТАФСИЯ КИЛИНАДИ.СИЗ СОГЛИГИНГИЗ УЧУН ЭНГ ФОЙДАЛИ БУЛГАН МАЛУМОТЛАРНИ БИЛИБ БОРИШ ИМКОНИЯТИГА ЭГА БУЛАСИЗ.СИЗ ЙИЛЛАР ДАВОМИДА ЙИГИЛГАН ТУРЛИ КАСАЛЛИКЛАРИНГИЗНИ ОРТГА КАЙТАРИШИНГИЗ МУМКИН ЁКИ ЙИЛЛАР ДАВОМИДА ОРГАНИЗМИНГИЗНИ ТУРЛИ ТОКСИНЛАР ТАСИРИДА ЗАРАРЛАНИШДА ДАВОМ ЭТИБ ТУРЛИ ХИЛ КАСАЛЛИКЛАРНИ РИВОЖЛАНТИРИБ БОРИШИНГИЗ МУМКИН.ТАНЛОВ УЗИНГИЗДА СОГЛОМ БУЛИШНИ ИСТАСАНГИЗ ШУ ХАВОЛАГА УТИНГ👇👇👇👇
https://t.me/tabiiydunyo

Sevgi She'rlari

12 Nov, 14:43


Xiyonat

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

12 Nov, 10:48


YURAGIMDAN  KETMA

Bagʻrimni qon etding chidadim,
Azoblashga yetding chidadim,
Hayotimdan ketding chidadim,
Yuragimdan ketma iltimos.

Men roziman sargʻayib, soʻlay,
Hijroningda devona boʻlay,
Oʻlsam isming takrorlab oʻlay,
Yuragimdan ketma iltimos.

Mayli armon qalbga urilsin,
Umidlarim koʻkka sovrilsin,
Sogʻinchingda jonim qovrulsin,
Yuragimdan ketma iltimos.

Yashamoqdan jonim toldirma,
Vujudimni oʻtga soldirma,
Yuragimni yolgʻiz qoldirma,
Yuragimdan ketma iltimos.

Soʻnggi arzim qilmagin barbod,
Yuragimda qolgin umrbod,
Yoʻq desang gar,chidolmayman,dod,
Yuragimdan ketma iltimos.

Tushlarimdan ketma iltimos.

Maktuba SHAYDO

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

12 Nov, 06:04


BOLALIGIM QAYTIB BER HAYOT.

Buncha shoshding bilmadim qayga.
Umr bilan oʻynashib poyga.
Qumsab qaytgim kelar bir joyga.
Bolaligim qaytib ber hayot.


Hali toʻyib oʻynolmagandim.
Kelajakka tashlatding odim.
Shoʻhlik qilmay oʻtiraman jim.
Bolaligim qaytib ber hayot.


Tuproq koʻcham, o'zim chang koʻcham.
Eh yodimdan ketmaydi hecham.
Beguborlik edi mujassam.
Bolaligim qaytib ber hayot.


Loy kulchalar yasardim tizib.
Hom behilar olardim uzib.
Aytsam ado qilmayman yozib.
Bolaligim qaytib ber hayot.


Adashmayman zoʻr davr desam.
Oqibatdan emas edik kam.
Maylimi bir aylanib kelsam.
Bolaligim qaytib ber hayot.

Kim qumsamas bolalik davrin.🙋‍♀

HULKAROY HOJAMOVNA

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

12 Nov, 02:13


Ishq

Biz eng zo'r juftlik bo'lamiz
Birga yig'lab birga kulamiz
Dard-u g'amni aritib dildan
Biz albatta baxtli bo'lamiz

Taqdir nima sevgi oldida,
Ahamiyatsiz sinovdir balki,
Masofa-chi? Sevgim yonida,
Bir qadamlik yo'ldirda asli.

Bu yuragim sen uchun tortiq,
Sen men uchun qadrli inson,
Sen borsanki go'zaldir borliq,
Sen allohdan so'ralgan inson.

Biz eng zo'r juftlik bo'lamiz,
Birga yig'lab birga kulamiz,
Dard-u g'amni aritib dildan,
Biz albatta baxtli bo'lamiz.

Yomonlar oldida turib mardona
Biz bir kuni baxtga to'lamiz
Taqdirimiz yo'lini qurib biz birga
Biz albatta baxtli bo'lamiz

Sevgingni sezdirmay saqlaysan dilga,
Nelar kechadi har kun ko'nglimda,
Negadir aytmaysan oshkora tilda,
Ismimni saqlaysan pinhon ko'nglingda.


(Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin)

✍️Mashrabbek Rakhimjonov

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

12 Nov, 00:10


QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

12 - N O Y A B R
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
UMRINGIZ UZOQ, RIZQINGIZ BUTUN BO‘LSIN,
OILANGIZNI BAXTIGA DOIMO SOG'-U SALOMAT BO‘LING🥰🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj

Sevgi She'rlari

11 Nov, 23:00


🌹ASSALOMU ALAYKUM!💐

Yangi kun ham boshlandi. Alloh taolo yangi kunni  fayzli, barakali va xayrli qilsin.

🌹Dilda iymon, tilda boʻlsin zikr salovat.
🌹Ibodatlar gunohlarga boʻlsin kafforat.
🌹Hajga borib Baytullohni aylang ziyorat.
🌹Borar manzilingiz boʻlsin Firdavsi Jannat.
🌹Jannatning xushboʻylardan boʻling bahramand.
🌹Duodadir siz uchun qalbim har soat.
🌹Duolarim Parvardigor etsin ijobat.
🌹Xonadonni tark etmasin fayzu-barokat!

🌤 Alloh taolo bugungi kuningizni tinchlik ofiyatda, yaxshi kayfiyatda, savobli amallar bilan toʻla boʻlib oʻtishini sizga nasib qilsin!

🌹💐XAYRLI TONG!😊💐

☝️ YAQINLARINGIZGA HAM ULASHING!

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

11 Nov, 17:00


🌙XAYRLI TUN🌙

🌥Alloh xar bandani baxt quyoshi nur sochgan tonglarga yetkazsin.🤲

💫Xayrli tun, aziz dindoshlarim...
⭐️Oʻzingizni extiyot qiling tongga qadar allohimga omonatsiz mexribonlarim!!!🤲
Shirin tushlar hamrohingiz boʻlsin! 🤲🤲

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

11 Nov, 16:10


MENGA KOʻP KERAKSIZ HALI ONAJON.


O'zingiz aytingchi qani yolgonmi.
Dunyo tashvishlari tugagan qachon.
Oʻylamang qaygʻurmang oʻylab har jonni.
Menga koʻp keraksiz hali onajon.


Bir gardni yuqtirmay boʻldingiz fido.
Kim sizga hattoki men tutdimmi jon.
Qarimang bir umr yonimda boʻling.
Menga koʻp keraksiz hali onajon.


Hali aytilmagan duolar bisyor.
Intilib yashayman faqat siz tomon
Sizga tugab bitmas ehtiyojim bor.
Menga koʻp keraksiz hali onajon.


Tolmang tanangizga o'zim boʻlay kuch.
Suyaning tayanchman siz bor har tomon.
Olloh asrab yursin dardga kelmang duch.
Menga koʻp keraksiz hali onajon.


Koʻzimning nurisiz soʻzim durisiz.
Siz borki bu olam menga charogʻon.
Ishoning bir lahza yasholmam sizsiz.
Menga koʻp keraksiz hali onajon.


Onajonlarimiz omon bo'lishsin.😊


HULKAROY HOJAMOVNA

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

11 Nov, 15:30


📣📣📣📣SUPER  YANGILIK🤩🥳QIZLAAA YANGI KARPARATSIYA SIZLARNI ISHGA TAKLIF QILADI😍               
FEBIRLIK EMAS
ORIFLEM EMAS
NL EMAS
GANO HAM EMAS
GRIN LAYF EMAS
🤴🤴🎉🎉BU YANGI KARPARATSIYA🎉ERSAĞ KARPARATSIYASI🎉🎊🎊
📣BU KARPARATSIYADA 3XIL YÒNALISHDA💵💵💸 DAROMAD QILASIZ📣📣📣📣📣📣
🎁TURKIYA MAXSULOTI🇹🇷
🎁SIFATLI 💯% TABIIY
🎁🌞SISTEMASI ASOSIDA
🎁OYLIK SIZ  XOXLAGANCHA
🎁ISH STAJI YOZILADI
🎁DIPLOM SHART EMAS
🎁ISHSIZ OYIJONLAR
🎁QIZIQQANLAR
🎁ISHLAMOQCHI  BÒLGANLAR KAMANDAMIZGA MARXAMAT!!
Murojat uchun
.
@SarvinozLede
https://t.me/Salomatliksirlarinio
https://t.me/Salomatliksirlarinio
https://t.me/Salomatliksirlarinio

Sevgi She'rlari

11 Nov, 12:31


Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

11 Nov, 12:16


🎵 Jaloliddin Ahmadaliyev - Bo'ydoqlik

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

11 Nov, 11:46


Sensiz jannatlarga kirmayman aslo.

Ishqning sinovida koʻzlarimda nam,
Sevgi otashida qalbimda alam,
Yuragimni tilka- pora etsang ham,
Sensiz jannatlarga kirmayman aslo.

Jannat ham tatimas, sen boʻlmasang gar,
Yetar, endi bizga shuncha azoblar,
Mayli yondirsinlar, hoh kuydirsinlar,
Sensiz jannatlarga kirmayman aslo.

Mayli olovlarga otsinlar meni,
Dunyoda olovsiz yondik har kuni.
Lekin yondirolmas mening sevgimni,
Sen boʻlmasang jannatga kirmayman aslo.

Siz shunday sevingki, shundayin seving,
U ham jonidanda ortiqroq suysin.
Jannat eshigining oldiga borib,
Sizsiz jannatlarga kirmayman desin.

❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️

07,11,2024. 19:00

Robiya Rasulova

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

11 Nov, 08:25


🌹YASMINA.

Necha bora aytgandim
senga,
Kalta kuylak kiyma
egningga.
Yoqmayapti   yurishing
menga,
Oʻzgarasan  qachon  Yasmina.


Yomon koʻzdan oʻzingni
saqla,
Namoz oʻqi  qalbingni
xokla.
Muslimasan burchingni
oqla,
Oʻzgarasan  qachon  Yasmina.


Qovogʻingdan faqat yogʻar
qor,
Menga boʻlgin sadoqatli
yor,
Bu xayotga kelmaymiz
takror,
Oʻzgarasan  qachon  Yasmina.


Tillaringdan qachon tomar
bol,
Undan koʻra kel kunglimni
ol,
Tavba qilgin chop ulgirib
qol,
Oʻzgarasan  qachon  Yasmina.


Qilar ishing birgina 
qahr,
Koʻnglimga xam qaragin
axir,
Soʻraganim sendan bir
mehr,
Oʻzgarasan  qachon  Yasmina.


Xafa boʻlma aytgan
soʻzimdan,
Muxabbatim sezgin
koʻzimdan.
Qizgʻonaman xatto
oʻzimdan,
Oʻzgarasan qachon Yasmina.


Gaplarimni olma
koʻnglingga,
Qovogʻingni uymagin
menga,
Uzun koʻylak yarashar
senga,
Oʻzgarasan qachon Yasmina.


Necha bora aytgandim
senga,
Kalta koʻylak kiymagin
deya.
Yoqmayapti  yurishing
menga.
Oʻzgarasan  qachon  Yasmina.

✍🏼-Karimbek ASATULLAYEV

11.11.2024

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

11 Nov, 07:05


Сигирнинг боласи бузоқ бўлади
Кулинг дўстлар умринггиз узоқ бўлади 😹😎

Кайфият кўтарувчи канал👇


https://t.me/+Lqix62O1mmg5Mjky

Sevgi She'rlari

11 Nov, 05:52


Vafodorim o'zingsan,
Meni qaro ko'zimsan.
Dunyolarga bermagan,
Yagonam sevgilimsan.

So'zlari misli bolim,
Yuzlari dona holim.
O'ziga oshiq qilgan,
Yagonam sevgilimsan.

Nigohlaring misli o'q,
Yuragimda yonar cho'q.
Bo'lsin seni ko'ngling to'q,
Yagonam sevgilimsan.

Vafodorim o'zingsan,
Meni qaro ko'zimsan.
Dunyolarga bermagan,
Yagonam sevgilimsan.

Qo'llaringni tutaman,
Qancha bo'lsa kutaman.
Men bir kuni yutaman,
Yagonam sevgilimsan.

Ko'z yoshlaring oqmasin,
Boshqa kulib boqmasin,
Senga qoshin qoqmasin,
Yagonam sevgilimsan.
.


(muallif ruxsatisiz foydalanilmasin)

Mashrabbek Rakhimjonov

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

11 Nov, 00:10


QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

11 - N O Y A B R
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
UMRINGIZ UZOQ, RIZQINGIZ BUTUN BO‘LSIN,
OILANGIZNI BAXTIGA DOIMO SOG'-U SALOMAT BO‘LING🥰🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj

Sevgi She'rlari

10 Nov, 23:00


🕊ASSALOMU ALAYKUM 🕊

🥰XAYRLI
                      TONG!🥰

🌸Toʻkilgan tabassum tilloga tengdir,
Xush, niyat aslida xumoga tengdir.
Bir marta jilmayib, bir kulib koʻying,
Bu olam torga tor, kenglarga kengdir!
     
🍂Barchangizga halol rizq, manfaatli ilm va ezgu amallar kun davomida hamroh boʻlsin!

🍁 Dushanba kuningiz yaxshi  kayfiyatda oʻtsin!🤲🥰

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

06 Nov, 17:00


🌙🌸XAYRLI TUN🌸🌙

🌙Chiroyli gulni, yoqimli kechani, yaxshi doʻstni har kim xohlaydi.
🌙 Muhimi gulni tikoni bilan, kechani zulmati bilan, doʻstni barcha kamchiligi bilan seva bilishdir.

🌙 XAYRLI OQSHOM AZIZLAR.
🌙OQSHOMINGIZ  KOʻNGILDAGIDEY OʻTSIN.

🌙MEN SIZLARNI ALLOH UCHUN YAXSHI KOʻRAMAN AZIZ MEXRIBONLARIM!!!
🌙SHIRIN TUSHLAR HAMROHINGIZ BOʻLSIN!

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

06 Nov, 16:18


* * *

Holing nechuk mensiz, uzoqda,
Qora qahva damlayapdi kim.
Yursang yoʻling, tinsang bulogʻing,
Toliqqanda darmoning edim.

Holing nechuk?!
Qiynalmadingmi?!
Toʻlmadimi xonang tutunga?
Sensiz menga juda ogʻir de,
Uzayt umrim yana bir kunga!

Sensiz kunlar koʻrimsiz deb ayt,
Kuldonimda kullar uyildi.
Gʻijim koʻylak kiyayotgan payt,
Gulim, qadring juda bilindi.

Hizmatkoring boʻlsaydim devdim,
Yarasaydim biror koringa,
Atirgulga aylansam edim,
Yulib eltsang suygan yoringa!

Ayro ekan sen bilan yoʻlim,
Ammo bordir oxirgi imkon.
Yoʻling kutib, tugasa umrim,
Va qoʻlingda bersam edi jon.

Malika Tavfiq

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

06 Nov, 09:35


Yomgʻir....

Derazamni chertadi yomgʻir,
Gʻam xonamga mehmon boʻlguday,
Bulut yigʻlab toʻkadi koʻz yosh,
Hayot xafa qilgan oʻlguday,

Bulut bagʻri yuragim kabi,
Marjon yoshlar sizmoqda qarang.
Tashqariga xursinib boqib,
Ovutaman oʻzimni arang.

Koʻkni buzar chaqmoq ovozi,
Tanda yurak qilar gʻalayon.
Har yomgʻirda yurak bezovta,
Sabablari xudoga ayon.

Yana yomgʻir, yana eski dard,
Ayriliqni yodga soldiku,
Sen yodimga tushgan har kecha,
Osmon boʻzlab yigʻlab qoldiku.

Islombek Murodillayev

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

06 Nov, 08:08


Do‘stlaring dushmanga ochsa quchog‘in,
Va senga ursalar o‘tkir pichog‘in.
Bardoshing daryosi o‘psa qirg‘og‘in,
Toshyurak bo‘lginu, o‘ksinma ko‘nglim.

Desalar sababsiz seni gunohkor,
Bersalar tuxmatdan joninga ozor.
Bu yolg‘on dunyodan bo‘lsangda bezor,
Toshyurak bo‘lginu, o‘ksinma ko‘nglim.

Kun-u tunlaringni qamrasa zulmat,
Yiqilib sinishing kutsada ulfat.
Ishqida yonganing qilsa malomat.
Toshyurak bo‘lginu, o‘ksinma ko‘nglim.

Bahor - u yozlaring aylanib qishga,
Ko‘milib ketsangda g‘amga tashvishga.
Yaramay qolsangda og‘ir bir ishga,
Toshyurak bo‘lginu, o‘ksinma ko‘nglim.

Insonlar turfa xil va turfa rangli,
So‘zlar ham jo‘shqin-u, ma’yus ohangli.
Ahvoling mushkul - u, bo‘lsada tangli,
Toshyurak bo‘lginu, o‘ksinma ko‘nglim

Jalilov Najmiddin

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

06 Nov, 07:03


🎵 Abdurashid Yuldashev - Pachka pullar

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

06 Nov, 04:43


Armon

Armonlar bag'rida seni so'roqlab,
Yuragim alamda, sog'inmoqdaman.
Hayolim ortida seni quchoqlab,
Suratingni olib ovunmoqdaman.

Alvido desam-u, oʻchsang hayoldan,
Yonimdan ketganday, yodimdan ketsang,
Shunday deganimga oʻzim ishonmay,
Suratingni olib ovunmoqdaman.

Dunyoda yagonam eding bir zamon,
Hech kimga bermoqlik istamas edim.
Hayolimda yashaysan o'shasan hamon,
Suratingni olib ovunmoqdaman.

Koʻngling sovuganin bildirmapsan-da,
Sogʻinch hislaridan tindirmapsan-da,
Yana bir surating qoldirmapsan-da,
Suratingni olib ovunmoqdaman.

Tilimda aylanar hali ham isming,
Ko'zlarim kutadi har kuni jisming.
Jonni olar edi betakror husning,
Suratingni olib ovunmoqdaman.

Oʻsha kunlarimga bir bora qaytsam,
Tunlari uxlamay, xabaring kutsam,
Mayli, yana bir bor alamlar yutsam,
Suratingni olib ovunmoqdaman.

Senga bo'lgan barcha hislarim o'ldi,
Seni eslab yana ko'ngil buzuldi.
Senga bo'lgan umid oxir uzuldi,
Suratingni olib ovunmoqdaman.

Bir telba shoirga aylandim, qoldim,
Sendan oʻzimga koʻp oʻrnaklar oldim,
Oʻzga nigohlaridan charchadim toldim,
Suratingni olib ovunmoqdaman.

Men seni hali ham sog'inmoqdaman.



(muallif ruxsatisiz foydalanilmasin)


Mashrabbek Rakhimjonov & Turg'unbek Ziyo

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

06 Nov, 02:00


“ZULAYXO”

Soching  tolasiga  jonimni  ossam,
Gʻamlarim ariydi bagʻrimga bossam,
Yurakka tigʻ  urib  ismingni  yozsam,
Zulfizar zaringga oʻlay Zulayxo,
Doimmo  yoningda  boʻlay  Zulayxo.


Yuzlari   oyligim   oyyuzli   xumor,
Koʻzmunchoq tumorim boʻynimga tumor,
Sevaman desangchi aytaqol bir bor,
Zulfizar zaringga oʻlay Zulayxo,
Doimmo  yoningda  boʻlay  Zulayxo.


Birdonasan   oʻzing   yorugʻ   olamga,
Jilmaysang nur kirar zulmat xonamga,
Koʻlishlaring  uxshar xatto  onamga,
Zulfizar  zaringga   oʻlay  Zulayxo,
Doimmo  yoningda  boʻlay  Zulayxo.


Darak ber sogʻindim seni juda yor,
Qadring bilmasam boʻlay oʻzim xor,
Senga  uxshagani  kelmaydi  takror,
Zulfizar zaringga oʻlay Zulayxo,
Doimmo  yoningda  boʻlay Zulayxo.


Soching  tolasiga  jonimni  ossam,
Gʻamlarim ariydi bagʻrimga bossam,
Yurakka tigʻ urib  ismingni  yozsam,
Zulfizar zaringga oʻlay Zulayxo,
Doimmo  yoningda  boʻlay  Zulayxo.


📚Karimbek ASATULLAYEV

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

06 Nov, 00:10


QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

6 - N O Y A B R
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
UMRINGIZ UZOQ, RIZQINGIZ BUTUN BO‘LSIN,
OILANGIZNI BAXTIGA DOIMO SOG'-U SALOMAT BO‘LING🥰🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj

Sevgi She'rlari

05 Nov, 23:00


⛅️ Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

❤️🍁
⛅️ Allohim bugungi kuningizni fayzli va barokatli qilsin!🤲

⛅️ Qadrdon, oʻtkinchi narsalar uchun siqilmang, bugun yashang, chunki kecha endi yoʻq, ertaga yoki boʻladi yoki yoʻq, hammaning oʻz haqiqati bor...
Hammasiga Alloh xakam...

🥰 Hayotda eng muhimi bu - Mehr, Qadr - Qiymat,  Diydor , Muhabbat..!  Qolgani esa... utkinchi, axamiyatsiz...

🪷Unutmang, insonning muammosi faqat oʻzining qalbida boʻladi...

🍀Har bir lahzadan zavq olishga va yaqinlaringizga xushkayfiyat ulashishga harakat qiling...

☁️Doim shuni yodda tuting-ki, xar bir oʻtgan vaqt umringizning bir boʻlagidir... Uni faqat yaxshilikka sarflang, kulib yashang...

🕊Kayfiyatingiz zinxor tushmasin, bilingki, sizning xarakatingiz bilan bugungi kun hayotingizning eng yaxshi kuni boʻlishi mumkin.

🍁Kuningiz yaqinlaringiz bilan fayzli va zavqli oʻtsin!

        🌦 XAYRLI TONG 🌸

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

05 Nov, 17:00


🌙 XAYRLI TUN🌙

🌙🌷Xayot bu insonga berilgan neʼmat.
Bir kuni yorugʻ boʻlsa bir kuni zulmat.
Lek oltinga tengdir soat vaqt.
Unutmang birodarim umr gʻanimat!

🌙🌷Xayrli tun, Tuningiz sokin boʻlsin!
🌙🌷Shirin tushlar hamroxingiz boʻlsin!

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

05 Nov, 14:28


G'urur ustunlik qilaversa,
Baxtli bo'lishni orzu qilmang!

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

05 Nov, 14:21


>>>>> SOGʻINDIM <<<<<

❤️🍀❤️🍀🌹❤️🍀❤️

Seni uylab oʻtar meni xar kunim,
Bedorlikdan chiqmas sira har tunim.
Yuragimga berolmasman hech toʻzim,
Qizil yuzlik Anorimni sogʻindim..

Sensiz yana halovatim yoʻqoldi,
Qalbimda hijronlar yana oʻt soldi.
Koʻzlarim yoʻlingda yana zor qoldi,
Shirn soʻzlik Hilolimni sogʻindim..

Koʻzlariga qarab sira toʻymadim,
Xayolimdan birzum nari qoʻymadim.
Lek unigdek mohi tabon koʻrmadim,
Ohu koʻzli Xumorimni sogʻindim..

Sohillardan soʻrasam jim turardi,
Anhorlardan soʻrasam jilmayadi.
Sogʻinganimni oʻzi ham biladi.
Sogʻintirgan Bahorimni sogʻindim..

Bilmam seni qaylardan koʻrib qoldim,
Sen oʻylab-oʻylab xayollarga toldim.
Mana endi sensiz, men yolgʻiz qoldim,
Qaytib kelmas yolgʻizimni sogʻindim..
...


Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

05 Nov, 10:36


Sen ketaver o‘ylama meni
Qoladi deb ko‘zlarin yoshlab
Bir amallab ishongin, seni
Unutaman bugundan boshlab

Qolamanmi ich etimni yeb?
Menga yana qaytib kelar deb
Ertangi kun bir gap bo‘lar deb
Unutaman bugundan boshlab

Dil azobing o‘tkazdi jondan
Ko‘ngil qoldi sendayin yordan
Eslamayman seni shu ondan
Unutaman bugundan boshlab

Xasta bo‘lib kuyib qolmayin
Yolg‘iz o‘zim so‘lib qolmayin
Sensiz ishon, o‘lib qolmayin
Unutaman bugundan boshlab

Yuragimdan ishq zanjirin yech
Bilmas edim bundayligin hech
Mayli endi hechdan ko‘ra kech
Unutaman bugundan boshlab

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

05 Nov, 09:55


Oq xalatli qizlar chiroyli 👩‍⚕

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

05 Nov, 09:52


BERMAYMAN SIZNI

Yaxshimsiz, yomonga  bermayman sizni.
Rostimsiz, yolgʻonga bermayman sizni.
Sizni koʻrgach baxtni tanidim axir,
Orzusiz, armonga bermayman sizni.

Osmonsiz,  oy boʻlib oʻynab yurarman.
Dostonsiz, soy boʻlib kuylab yurarman.
Sizni har lahzada oʻylab yurarman,
Jonimsiz, jononga bermayman sizni.

Har gulning oʻzini bahori boʻlar,
Rangi boʻlar, shirin  ifori boʻlar.
Gulmisan gul boʻlib koʻnglingizdaman
Xasta xazonlarga bermayman sizni.

Olovga, suvgami birga ketaylik.
Zulmatga, nurgami birga ketaylik.
Birga kuzataylik, birga kutaylik
Yolgʻizlik tomonga bermayman sizni.

Rislig‘oy Hotamova

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

05 Nov, 06:42


* * *

Sizni sogʻinibman oʻylab qarasam,
Bir oz yoqmayapdi bu parishonlik.
Qaniydi, men sizni unutgan boʻlsam,
Qaniydi bu darddan boʻlsa omonlik!

Oradan bir kun ham oʻtmagan goʻyo,
Doʻkonga chiqqansiz yarim soatga.
Oʻsha daqiqalar koʻzga toʻtiyo,
Koʻnikmay boryapman sizsiz hayotga!

Goʻyo olomonda qolgan yuragim,
Nahot yashamoqqa yana yarasam.
Balki birontaga yoʻqdur keragim,
Sizni...
Sizni sogʻinibman oʻylab qarasam!

Malika Tavfiq

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

05 Nov, 02:02


Sevayin

Intizor kutganim o'zingsan yorim
Atayman boyligim, yagona yorim
Muzlar eriganda kelgan bahorim
Ayt seni sevmay, kimni sevayin

Sen bilan umrbod birga qolaman
Sen uchun bir katta qasr quraman
Ko'rmasam shu onda tamom bo'laman
Ayt seni sevmay, kimni sevayin

So'zlaring shirindir, asaldan totli
Sen ila o'tgan har suhbat maroqli
Meni kutmoqlikka faqat sen haqli
Ayt seni sevmay, kimni sevayin

Intizor kutganim o'zingsan yorim
Atayman boyligim, yagona yorim
Muzlar eriganda kelgan bahorim
Ayt seni sevmay, kimni sevayin

Ko‘zlaring osmonning aksini olgan,
Sening ortingdan ko‘plar ovvora qolgan.
Men uchun dunyoda yagona bo‘lgan,
Ayting, seni sevmay kimni sevayin?

(muallif ruxsatisiz foydalanilmasin)

Mashrabbek Rakhimjonov

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

05 Nov, 01:00


🎉 Bugun, 5-noyabr «Butunjahon erkaklar kuni»
(Всемирный день мужчин)

Muhtarama ayollar, ko‘p gapga hojat yo‘q.
Bugungi bayram bayramdek bo‘lsin!
Buning uchun ko‘p narsa kerak emas: shirin ovqat, tinchlik, erini telefonini kavlamaslik😁


BAYRAMINGIZ MUBORAK AZIZ ERKAKLAR! 🎊

T.me/Sherlari_Sevgi 🌸

Sevgi She'rlari

05 Nov, 00:10


QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

5 - N O Y A B R
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
UMRINGIZ UZOQ, RIZQINGIZ BUTUN BO‘LSIN,
OILANGIZNI BAXTIGA DOIMO SOG'-U SALOMAT BO‘LING🥰🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj

Sevgi She'rlari

04 Nov, 23:00


🍂 Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! 🍂
    
        ☔️XAYRLI TONG 🌦
   
🍂Sogʻ-salomat yetkazgan Robbimizga hamdlar boʻlsin!

🌸Kuningiz fayzli, barakali va xayrli kelsin mexribonlarim

🌤 Alloh taolo bugungi kuningizni tinchlik-ofiyatda, yaxshi kayfiyatda, savobli amallar bilan toʻla boʻlib oʻtishini sizga nasib qilsin!🤲

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

03 Nov, 00:10


QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

3 - N O Y A B R
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
UMRINGIZ UZOQ, RIZQINGIZ BUTUN BO‘LSIN,
OILANGIZNI BAXTIGA DOIMO SOG'-U SALOMAT BO‘LING🥰🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj

Sevgi She'rlari

02 Nov, 23:00


🌸Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Omonmisiz, qadrdon...
Yakshanba tonggi muborak boʻlsin!

Qalbingiz Allohning uyi!
Koʻksingiz mehrning chashmasi!
Koʻzingiz goʻzallik shaydosi!
Qoʻllaringiz hayrning askari!
Oyoqlaringiz yaxshilikning chopari!


Ilm sizga tutildi, dunyo sizga yaraldi; tunlar oromingiz uchun, kunlar kasbi koringiz uchun bino boʻldi, Alloh shunday yaratibdimi, demak hech biri bejiz emas!

Qalbingizni egasiga oching...
Mehr bisotingizni soching...
Koʻzlaringiz goʻzallik nuriga,
Qoʻllaringiz duoning zoʻriga,
Oyoqlaringiz Pokning huzuriga
Sizni yetkizmagunicha tolmasin!

Sizni yoʻqlab kelgan bu tong hayrli ishlarga debocha boʻlsin!

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
Biz bilan birga boʻling!
Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

02 Nov, 17:04


🌙XAYRLI TUN

🌙Alloh barakot berib ishlaringizga...
Maxsharda soya bo‘lsin boshlaringizga.
Do‘stim tun xam tushdi... yaxshi dam oling...

Rasulullox (s.a.v.) kirsin
tushlaringizga...!


🌙 Azizlarim Tuningiz osuda o‘tsin. Yaxshi dam oling...! Shirin tushlar xamroxingiz bo‘lsin...!
Allohga omonatsiz yaxshilarim...!

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj

Sevgi She'rlari

02 Nov, 16:00


Premyera she'r....

Har kuni oʻylayman, soʻnggi she'rim bu,
Boshqa yozolmayman, sening ta'rifing.
Bisotimda ortiq soʻzlar qolmadi,
Soʻnggi izhorim bu, soʻnggi harifing.

Biroq, shom ortiga quyosh botganda,
Vaslingni sogʻinib, muzlaydi tanam.
Yulduzlar koʻzingdek jovdirab tursa,
Sogʻinching tutqazar, qoʻlimga qalam.

Yurakda hislarim buloqdek qaynar,
Oʻrnashib olganmi, ruximga jisming.
Eng yaqin sirdoshim qogʻozni quchib,
Qalbimdan toʻkilar, she'r boʻlib isming.

Toʻgʻrisi, toliqib ketaman ba'zan,
Qaniydi, qalamdan kechib ketsaydim.
Qanotim bogʻlagan sogʻinch zanjiring.
Unut xanjarida kesib ketsaydim.

Yonimga kelsayding, dardim olsayding,
Shunda sogʻinchingdan boʻshasam kerak.
Sen mendan olisda yashar ekansan,
Oʻlguncha she'r yozib yashasam kerak.

Har kuni oʻylayman, soʻnggi she'rim bu....
Sogʻinching tutqazar, qoʻlimga qalam...

Qutlugʻ Nigor

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

02 Nov, 15:26


Yonimda qol

Ko'zlarim ko'rmay qolsa
Yuragim urmay qolsa
Boshdan dard ketmay qolsa
Yonimda qol, yonimda

Ko'zlaring charos sening
Lablaring gilos sening
Yagona yorim mening
Yonimda qol, yonimda

Ishonganim o'zingsan
Kulib turgan yuzimsan
Ham do'st-u ham yorimsan
Yonimda qol, yonimda

Ko'zlarim ko'rmay qolsa
Yuragim urmay qolsa
Boshdan dard ketmay qolsa
Yonimda qol, yonimda

Gullar ichra yagonam
Yuragimda bir donam
Boshim uzra parvonam
Yonimda qol,  yonimda

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

02 Nov, 13:12


Ketsin

Ichib yolg'on qasamlar,
Xato ketdi qadamlar.
Nima derkan odamlar?
Ketsa, ketsin bevafo.

Olib ketsin yuragim,
Unga yo'qdir keragim.
Shudir, so'nggi tilagim:
Ketsa, ketsin bevafo.

Ortga hech qaramasin,
Uzrlar so'ramasin.
Mashrabni o'ylamasin,
Ketsa, ketsin bevafo.

Qolmadi dilda bardosh,
Bilaman, u hali yosh.
Bo'ldi ozgina bebosh,
Ketsa, ketsin bevafo.

Go'zal hech yig'lamasin,
Qalbini tig'lamasin.
Meni hech o'ylamasin,
Ketsa, ketsin bevafo.

Ichib yolg'on qasamlar,
Xato ketdi qadamlar.
Nima derkan odamlar?
Ketsa, ketsin bevafo.

Borsin, murodga yetsin,
Shirin farzandlar ko'rsin.
Muhimi — baxtli bo'lsin,
Ketsa, ketsin bevafo.

Aytar gaplarim tamom,
U yaxshidir, biz yomon.
Kettik-ku ikki tomon,
Ketsa, ketsin bevafo.

Baxtga yetsin bevafo.

Mashrabbek Rakhimjonov

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

02 Nov, 06:04


MENINGDEK BO‘LOLMAS

Yolgʻonlar ichida koʻmilib qolib,
Sen mendan keting-a unga gul olib,
Pushaymon yedingmi bir oʻzing qolib,
Bilib qoʻy: mendayin sevolmas hech kim.

Soʻzingni nazarga hatto ilmadi,
Ortingdan bir bora yoʻqlab kelmadi,
Sezdingmi, buni sen qadring bilmadi,
Bilib qoʻy: mendayin sevolmas hech kim.

Nigohingni mendan olib qochganding,
Sen yomon u yaxshi, bilgin, deganding,
Sevaman desam gar, handon kulganding,
Bilib qoʻy: mendayin sevolmas hech kim.

Xotira qiynab sen keldingmi yana,
Endi kim sevarkan, bildingmi mana?
Afsuski, sevaman yurak ol, ana,
Bilib qoʻy: mendayin sevolmas hech kim.

Sevgimiz hurmati kechirdim, biroq
Sogʻinchni solmasdan sevgin-da koʻproq,
Hamisha, har bir on boʻlgin-ey hamroq,
Bilib qoʻy: mendayin sevolmas hech kim.

Doimo men seni sevaman degin.

Solihabegim
Dilafuruz Shahrihoniy

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

02 Nov, 02:00


O'tmoqda umrim..

Ahamiyati yo'q rost, endi dunyoni,
Endi qiziq emas, hech bir mavhumlik.
Tabiat ne qilar qalbi gumrohni,
Porlagan ko'ngilga tushar, yorug'lik..

Qiziqtirmay qoldi na bahor, na kuz,
Endi hislarimga cho'kmay qo'ydim tiz..
Ko'z o'ngimdan o'tar ming bitta kechmish,
Ammo borolmaydi izlar, izma-iz.

Gullar iforini sezmaydi dilim..
Tabiat rangini ilg'amas ko'zim..
Chaqmoqlar tovushi ba'zan notanish,
Yomg'irlar ovozi ajib tushnuksiz.

Gavjum davralarda kutishar hamon,
O'tli nomalarning sohibasi deb.
Ammo voz kechmoqqa ixtiyorim bor,
Kerak bo'lmay qoldi na qarsak, na she'r.

Ostin-ustun kabi go'yo hamma yoq,
Go'yo oy ham qayta bo'lmaydi to'lin..
Qiyomat emas-u shunga yaqinroq..
Shunchaki sensizman.. o'tmoqda umrim.

©Gulnoza Alimjonova

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

02 Nov, 00:10


QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

2 - N O Y A B R
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
UMRINGIZ UZOQ, RIZQINGIZ BUTUN BO‘LSIN,
OILANGIZNI BAXTIGA DOIMO SOG'-U SALOMAT BO‘LING🥰🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj

Sevgi She'rlari

01 Nov, 23:00


Assalomu alaykum...
Va rahmatullohi va barokatuh!

      Xayrli tong!😊🫶
Shanba tonggi muborak boʻlsin...


Allohimga shukr yana bir goʻzal tongni  sogʻ omonlikda gʻoyibona boʻlsada diydor koʻrishib qarshi olishlik baxtini nasib etdi!

Allohdan qalbingiz sokinligini,
Yuzingiz tabassumi va nurini,
Tanangiz sogʻligini,
Xonadoningiz tinchligi davomiy boʻlishini tilab qolaman!

Alloh xar bir tongni saodat ila qarshi olishingizni nasib aylasin🤲

😊Yaxshi kayfiyat sizni aslo tark etmasin!!!

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

01 Nov, 17:20


🌙XAYRLI TUN🌙

🌙Umr  siniq kosadagi suvga oʻxshaydi. Ichsang ham tugaydi, ichmasang ham tugaydi.

❤️Shunday ekan, hayotdan zavqlanib yashang. Zotan, siz qaygʻuga botib yashasangiz ham umr tugaydi, quvonib yashasangiz ham.

🌙Tuningiz tinch va osoyishta oʻtsin qadrdonlarim shirin tushlar xamrohingiz boʻlsin!

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

01 Nov, 12:53


YAXSHIMAN, DEGIN

Bezovta boʻlyabman, koʻnglim juda gʻash,
Siqilib ketyabman, bergin bir ovoz,
Qoʻrqyapman, bilmadim koʻzim toʻla yosh,
Xavotir olmagin, yaxshiman deb yoz.

Ovozing eshitay qilgin qoʻngʻiroq,
Holingni bilay men aytgin-da tezroq,
Xabar ber qandaydir yoki yoz koʻproq,
Xavotir olmagin yaxshiman deb yoz.

Yonimda sen boʻlsang qoʻrqmayman ishon,
Menga tegolmaydi har qanday nishon,
Malhamim oʻzingsan, bosh qoʻyay hayron,
Xavotir olmagin, yaxshiman deb yoz.

Bilmadim negadir koʻnglim bezovta,
Xavotir olyabti qayta va qayta,
Xabarim olgin-da javob yoz shartta,
Xavotir olmagin, yaxshiman deb yoz.

Muammo hal boʻlar, xabaringni ber,
Telbalik aybmas,kim ne desa der,
Sen uchun yozyapman, bilgin bu kun sher,
Xavotir olmagin yaxshiman deb yoz.

Solihabegim
Dilafuruz Shahrixoniy

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

01 Nov, 07:57


Noyabr tongi!!!

Bizni chorlar noyabr tongi,
Sariq barglar, sargʻaygan koʻcha.
Siniq nur ostida shudringlar qochib,
Yashillik tark etar bahor kelguncha.

Noyabr, kuzning soʻngi oyi,
Soʻngi bargdan ayrilgan daraxt.
Barg shitirlab qilar hirgoyi,
Ovoziga yuragim karaxt.

Bizni chorlar noyabr tongi,
Koʻkda quyosh tafti sezilmas.
Boshlansa ham fasillar jangi,
Iliqlikdan koʻngil uzilmas.

Kiyim boshsiz daraxt ostida,
Olov rangli barglar yashaydi.
Shu olov rang barglar rangiga,
Menda yongan yurak oʻxshaydi.

Islombek Murodillayev

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

01 Nov, 04:42


Yolg‘on sabab sovidi ora,
Seni qiynab endi netaman.
Taqdir emas ekan na chora,
Hayotingdan chiqib ketaman.

Ortga qaytmay yuzing burolsang,
Mahzun bo‘lmay kulib yurolsang,
Agar mensiz baxtli bo‘lolsang,
Hayotingdan chiqib ketaman.

Tunda sog‘inch xabar olmaydi,
Azoblarni boshga solmaydi,
Ishon xatto izim qolmaydi,
Hayotingdan chiqib ketaman.

Mendan zarra ko‘ngling to‘lmasa,
Quchganingda g‘aming o‘lmasa,
Yuragingda o‘rnim bo‘lmasa,
Hayotingdan chiqib ketaman.

Qara kunlar o‘tyapti tunday,
Bo‘lolmadik Layli Majnunday,
Davom etib bo‘lmaydi bunday,
Hayotingdan chiqib ketaman.

O‘zim ushlab turibman arang,
Asablar ham tortilgan tarang,
Yetar menga bitta ishorang,
Hayotingdan chiqib ketaman.

Yurma degin hayolga cho‘mib,
Yig‘lamayin ko‘zim chirt yumib,
Yuragimga sevgimni ko‘mib,
Hayotingdan chiqib ketaman.

Muallif: Komila Qiz.


Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

01 Nov, 01:00


N O Y A B R oyida tugʻilgan insonlar haqida.

Shu oyda tugʻilganlarga joʻnatib qoʻying!

Telegram.me/Sherlari_Sevgi 💦

Sevgi She'rlari

01 Nov, 00:10


QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

1 - N O Y A B R
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
UMRINGIZ UZOQ, RIZQINGIZ BUTUN BO‘LSIN,
OILANGIZNI BAXTIGA DOIMO SOG'-U SALOMAT BO‘LING🥰🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj

Sevgi She'rlari

31 Oct, 23:00


🌸🎉ASSALOMU ALAYKUM!
JUMA AYYOMINGIZ MUBORAK BOʻLSIN!🎉

NOYABR OYINING BIRINCHI KUNI, JUMA AYYOMINGIZ MUBORAK BOʻLSIN!


Tong otdi oʻzgacha, kulmokda falak,
Tilakni soʻranglar, koʻtarib bilak.
Osmondan daraklab tushadi malak:
Mumin-musulmonga JUMA MUBORAK!

Axli jamoatga yogdirmish rahmat,
Alloxim bandasiga kilarkan shafkat.
Fakat bizlargamish Jannatdan boʻlak,
Aziz dindoshlarim JUMA MUBORAK!

Yaqinlaringizni tabriklang!

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

31 Oct, 19:00


Salom Noyabr! 🍁

@Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

31 Oct, 17:09


🕋ERTAGA JUMA 🕋
🌙XAYRLI TUN🌙

🌙Umr  siniq kosadagi suvga oʻxshaydi. Ichsang ham tugaydi, ichmasang ham tugaydi.

❤️Shunday ekan, hayotdan zavqlanib yashang. Zotan, siz qaygʻuga botib yashasangiz ham umr tugaydi, quvonib yashasangiz ham.

🌙Tuningiz tinch va osoyishta oʻtsin qadrdonlarim shirin tushlar xamrohingiz boʻlsin!


Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

25 Oct, 17:00


🌸🌙XAYRLI TUN🌙🌸

🌙 Bugungi neʼmatlar uchun shukrlar boʻlsin!
Yoʻl qoʻygan xato kamchiliklarimizni Alloh Oʻzi kechirsin!
🌛Ertangi kunga barchamizni sogʻ-omon yetkizsin!
💫Xayrli tun azizlar.
Yaxshi dam oling.😴
Shirin tushlar xamrohingiz boʻlsin.
🌙Tuningiz osuda oʻtsin!
Allox oʻz panohida asrasin.🤲

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

25 Oct, 15:03


Shafqat qilmang, qilmang jonimga  ,
Stamingiz bulutdek bossin.
Nazar qilmang mayus holimga,
Hijroningiz doriga ossin.

Bir soʻz demang, yetti yod kabi,
Oltin zarli  davlat ketmasin.
Gʻururingiz ayni xitobi,
Bir lutf uchun  dilni titmasin.

Shafqt qilmang, suyar ekan deb,
Osilganlar safiga tering.
Pinak buzmang, kuyar ekan deb,
Toshdek turib yonishin koʻring.

Sizga ozor bermasin yodlar,
Ishq kuyining eritgan dami.
Yuz koʻrsatsa ul unsiz dodlar,
Sizga zarra  tushmasin  gʻami.

Shafqat qilmang boʻling bagʻritosh,
Sof tuygʻular etmasin behol.
Oshiq dilda koʻkargan bardosh,
Parvo qilmang, yashang bemalol.

Muro  Ali.Doniyor.

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

25 Oct, 14:30


😍 Супер янгилик 😍

🥳  ERSAG карпарацияси сизни онлайин ишга таклиф килади i 🥳
Исломда рухсат этилган
🇹🇷 Бу ERSAG Туркия кампанияси 🇹🇷
🎁 Хамма харид совгали (доимий)
💳 Oйлик накд ва картага
💰Oйлик $100-$1000 атрофида
🧕 Mусулмон исломий халол кампания
😍 Aктив булиш учун бир марта харид киласиз
😍 Ойда 2 марта эхсон кунлари бор
😍Уйда туриб ишлаш имкони
🔴Сиз хам бизнес килишни истасангиз ⬇️⬇️⬇️
https://t.me/+zSpQ9HpE_ogxNjFi
https://t.me/+zSpQ9HpE_ogxNjFi
https://t.me/+zSpQ9HpE_ogxNjFi

Sevgi She'rlari

25 Oct, 13:32


YOMG'IR)

Salqinlik ko'ngilga kelmaydi malol,
Hammasin oldindan go'yo bilgansan.
Endi yomg'ir yog'sa yog'sin bemalol.
Sen kecha soyabon sovg'a qilgansan.

Tomchilar tomosha qilinar to'yib,
Azizam men seni qo'yib yubormay.
Sen esa yelkamga boshingni qo'yib,
Yig'laysan ichingdan chiqar g'uborlar.

Shu lahza vujudim ketar jimirlab,
Titraydi tovondan tanim boshgacha.
Boshqalar bilmasin deya shivirlab.
Sevaman deganing juda boshqacha.

Bu sevinch ko'zyoshin oxirgisidir.
Endi yig'lmagin ta'na qilaman.
Yomg'irlar hech narsa emas sevgilim.
Men seni dardlardan pana qilaman.

Faxriyor Baxtiyorov

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

25 Oct, 13:00


Oyiga 350$ dan 1000$ gacha online oylik olish endi muammo emas!

-O'z vaqtida oylik;
-Oyiga 350$-1000$ oylik maosh;
-O'sib boruvchi oylik;
-Online ishlash imkoniyati;

Batafsil ma'lumot uchun kanalimizga qo'shiling va "Victory" kampaniyasi orqali ishga joylashing:
https://t.me/+BDbBFuGAboAxZGRi
https://t.me/+BDbBFuGAboAxZGRi

Sevgi She'rlari

25 Oct, 10:55


Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

25 Oct, 09:48


SIZNI SEVAMAN, JONIM

Ishonganim siz borim,
Mening vafoli yorim,
Nomusligim siz orim,
Sizni sevaman, jonim.

Qadrligim sirdoshim,
Siz bor egilmas boshim,
Oqizmagan koʻz yoshim,
Sizni sevaman, jonim.

Xiyonatni bilmagan,
Mehnat qilib tinmagan,
Doim bizni oʻylagan,
Sizni sevaman, jonim.

Kunda mendan hol soʻrab,
Kelasiz mehr oʻrab,
Toʻymayman sizga qarab,
Sizni sevaman, jonim.

Shodliklarga toʻlib dil,
Olasizda siz koʻngil,
Taʻriflasam ojiz til,
Sizni sevaman, jonim.

Ikki dunyo koʻrmang gʻam,
Tashvish tugamas hech ham,
Keling bir-oz oling dam,
Sizni sevaman, jonim.

Solihabegim
Dilafuruz Shahrixoniy

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

25 Oct, 08:14


ASABINGIZ BUZGANIM BUZGAN.

Tanlab tanlab topganingizman.
Ne ayb bõlsa yopganingizman.
Heni istab etolmasam man.
Asabingiz buzganim buzgan.


Chidab beras endi bariga.
Qocholmaysiz haydab nariga.
Savol berib qaramang nega.
Asabingiz buzganim buzgan.


Ehhe hali kõptir istagim.
Sanay desam etmas barmoq ham.
Barin bir bir qilmaganuncha jam.
Asabingiz buzganim buzgan.


Supermidi gippperimidi.
Kõylak kõrdim shohona edi.
Etolmasam bugunoq endi.
Asabingiz buzganim buzgan.


Uyushtirib qõying sayohat.
Chiqolmadim õtdi qancha vaqt.
Va'da bermang,so'z bõlmasa naqd.
Asabingiz buzganim buzgan.


Kõtarasiz erkaliklarim.
Mehringizdan bõlmayin yarim.
Bilasiza bõlmasa yorim.
Asabingiz buzganim buzgan.


HULKAROY HOJAMOVNA.

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

25 Oct, 02:33


Yonimda qol

Ko'zlarim ko'rmay qolsa
Yuragim urmay qolsa
Boshdan dard ketmay qolsa
Yonimda qol, yonimda

Ko'zlaring charos sening
Lablaring gilos sening
Yagona yorim mening
Yonimda qol, yonimda

Ishonganim o'zingsan
Kulib turgan yuzimsan
Ham do'st-u ham yorimsan
Yonimda qol, yonimda

Ko'zlarim ko'rmay qolsa
Yuragim urmay qolsa
Boshdan dard ketmay qolsa
Yonimda qol, yonimda

Gullar ichra yagonam
Yuragimda bir donam
Boshim uzra parvonam
Yonimda qol,  yonimda

"♡" atalgan turkumidan

Mashrabbek Rakhimjonov

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

25 Oct, 00:10


QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

25 - O K T Y A B R
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
UMRINGIZ UZOQ, RIZQINGIZ BUTUN BO‘LSIN 🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj

Sevgi She'rlari

24 Oct, 23:00


🌸🎉ASSALOMU ALAYKUM VA RAXMATULLOXU VA BARAKATUH

🌞🌺XAYRLI TONG🌺🌞
       JUMA AYYOMINGIZ 
              MUBORAK BOʻLSIN!🎉

🕋Tong otdi oʻzgacha, kulmokda falak,
Tilakni soʻranglar, koʻtarib bilak.
Osmondan daraklab tushadi malak:
Moʻmin-musulmonga JUMA muborak!

🕋Axli jamoatga yogdirmish rahmat,
Alloh bandasiga qilarkan shafqat
Faqat bizga emish jannatdan boʻlak,
Aziz dindoshlarim JUMA muborak!

Yaqinlaringizni tabriklang!

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

24 Oct, 17:02


🌙🍁XAYRLI TUN
           QADRDONLARIM 🍁🌙

🕋ERTAGA JUMA🕋.

🕌Barchamiz bu dunyoga gʻanimatmiz...
Ezgulikni qalbingizga jo qiling-ki, har oʻtgan kuningiz besamar boʻlmasin...

🌙Sizni Alloh uchun yaxshi koʻramiz!

🕋Ertaga juma tongida gʻoyibona uchrashguncha..
Hamisha Alloh panohida boʻling..🤲

🌠TUNINGIZ  OSUDA  OʻTSIN AZIZLARIM..

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

24 Oct, 15:35


Mard bo‘lib ketganlar mard bo‘ling endi,
Keting ketdingizmi orqaga qaytmang.
Afsus nadomatga bo‘ldi juda kech,
Yolg‘on yashiq qo‘shib uzrlar aytmang.

Meni gapga solmang qo‘ying jim turay,
Gapirsam gapimni ko‘tarolmaysiz.
Ichimdan o‘tganin aytganim bilan,
Baribir tinglashni uddalolmaysiz.

Nega yig‘layabsiz taajjub hayronman,
Hursand edingiz-ku ketayotganda.
Hotirjam edingiz bu ko‘nglingiz  to‘q
Sevgimiz so‘ngiga yetayotkanda.

Esimda turgandek esingizdami?
Yuzimga eshikni yopganlaringiz.
Bugun shu eshikni ochibsiz qayta,
Bizdek bo‘lmadimi topganlaringiz.

Tun-u kun sog‘inish qalay bo‘larkan,
Hijronli kechalar sizga yoqdimi?
Sevib sevintirmay bugun kelajak,
O‘tmish sizni chorlab kulib boqdimi?

Tushinib turibman ahvolingizni,
Hozir men yaxshiman siz esa yomon.
Qo‘rqmang shu holimda o‘laman deya,
Bu dard o‘ldirmaydi qolasiz omon.

Ketgan paytingizdek kulingchi qani,
Men o‘sha shodlikni qayta bir ko‘ray.
O‘sha siz ketgandek endi men ketib,
Yana shodligingiz qaytarib beray.

Mard bo‘lib ketganlar mard bo‘ling endi.

Muallif: Komila Qiz.


Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

24 Oct, 11:16


📱Oylik toʻlovim oʻchdi❗️

Boshimda yana balo,
Qaydan keldi bu gʻavgʻo,
Megabaytim bor ammo,
Oylik toʻlovim oʻchdi!

Telefon qilolmayman,
Sms yozolmayman,
Ayting qanday chidayman,
Oylik toʻlovim oʻchdi!

Humor qildi internet,
Ishlab turmadi bezbet,
Uyimdan uzoq paynet,
Oylik toʻlovim oʻchdi!

Hech kim mendan qarz emas,
"Tashlab qoʻyay, ol" demas,
Oy boshida bastma-bast,
Oylik toʻlovim oʻchdi!

Sim qoqib qolmas birov,
Sochimga qoʻndi qirov,
Men anniqq oʻlamanov,
Oylik toʻlovim oʻchdi!

Yigit ham yoʻq aksiga,
Boʻlmas hecham aksiya,
Tarmoq qilmas nasiya,
Oylik toʻlovim oʻchdi!

Doʻstlar yordam bervoring,
Kerak joyda turvoring,
"Точка доступ" qilvoring,
Oylik toʻlovim oʻchdi!

Ishlab turibdi Click,
Qursin abonentchilik,
Nomerim 91 lik,
Oylik toʻlovim oʻchdi!🙃🙃🙃

Mumtozbegim

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

24 Oct, 08:40


BOLALIKKA QAYTIB KELAYIN.

Tõhta hayot bir zumga tõhta.
Bir lahzaga olib turgin tin.
Bir kun muhlat hech bõlmaganda.
Bolalikka qaytib kelayin.


Qolgan endi õsha chang kõcha.
Chang ko'chada eng zavqli õyin.
Beguborlik mehrini qucha.
Bolalikka qaytib kelayin.


Yiqilganda akamga boqib.
Erkaligim turardi tayin.
Eh õsha zõr hotiram yoqib.
Bolalikka qaytib kelayin.


Sen õylama yõq yôq ey hayot.
Qaytmogim bor sen tomonga chin.
Bir lahzaga shodligimni ot.
Bolalikka qaytib kelayin.


Sogindimda kõzlarimda yosh.
Ahvolimni qoldirma qiyin.
Buncha qahring qilma hayot tosh.
Bolalikka qaytib kelayin.

HULKAROY HOJAMOVNA

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

24 Oct, 04:48


O‘zgasin sevma

Telba qilding, aybdor oʻzing,
Yoqib qoldi har bitta soʻzing,
Boshqasiga boqmasin koʻzing,
Oʻzgasini sevishimga yoʻq.

Zinhor senga qilmadim-da doʻq,
Toʻgʻri tushun fikrim toʻgʻri uq,
Aldab yursang, bosasan-da choʻg‘,
Oʻzgasini sevishimga yoʻq.

Sevishmoqlik boʻlsa-da gunoh,
Suyganlarni asraydi, Alloh,
Qalbimizga tushirmagin dogʻ,
Oʻzgasini sevishimga yoʻq.

Qargʻab yurma ortimdan yana,
Hamma bilsin dedim-da mana,
Esingdami koʻrishgan sana?
Oʻzgasini sevishimga yoʻq.

Hamma shartni aytdim-da sezib,
Ketib qolma, olisga bezib,
Topgum, albat, olamni kezib,
Oʻzgasini sevishimga yoʻq.

Solihabegim
Dilafuruz Shahrixoniy
🎙GULIQIZ

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

24 Oct, 02:23


Ko'zimni yoshlatar yillar armoni
Sevgi deb bunchalik kuyunma dilim
U deya bir chetga sursam dunyoni
Baxtidan yuz burib, ketdi sevgilim

Otashin qalbimdan o'chmadi nomi
Taqdirda, noiloj indamay ko'ndim
Qayt deya aytishni yo'qmi imkoni
Zulmatlar qariga sukutla cho'mdim

Tunlarim bedordir, jonim o'rtanar
Hayollar qalbimni tinmay tirnaydi
Sen ketgan yo'llardan kelmaydi xabar
Javobsiz so'roqlar unsiz yig‘laydi

Ming yillik armonday tig‘laydi dilni
Ming yillik hijronday o'rtanadi jon
Hatto tushlarimda aytdim ismingni
Faqat o'lik ekan sendagi vijdon...
Netay, o'lik ekan sendagi vijdon...


Nodira Umarjonova

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

24 Oct, 00:10


QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

24 - O K T Y A B R
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
UMRINGIZ UZOQ, RIZQINGIZ BUTUN BO‘LSIN 🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj

Sevgi She'rlari

23 Oct, 23:00


☀️ ⛅️ ☀️

⭐️• Bugun joninggizni
⭐️• asrab robbimiz
⭐️• Baxtlarga to‘ldirsin
⭐️• har bir oninggiz,
⭐️• Barokatga to‘lsin
⭐️• makon koninggiz
⭐️• Assalomu alaykum
⭐️• xayrli tongingiz,
⭐️• Eng xayrli bo‘lsin
⭐️• ushbu tongingiz!

🌤☀️🌤☀️🌤☀️🌤

XAYRLI TONG 🌸

☀️
T.me/Sherlari_Sevgi 🌥

Sevgi She'rlari

22 Oct, 17:00


🌙🌸XAYRLI TUN YAXSHILAR!🌸🌙

💫Har bir narsaning hikmati bor!
Hayotimizdagi yomon insonlar ham biz uchun neʼmat ekanini bilasizmi?
🌙Chunki ular boʻlmaganida yaxshi insonlarning qadrini bilmagan boʻlar edik.

💫Koʻzlaring umidvor boqar ziyoda,
Barcha kuch aslida ojiz sukutdir.
Qalbingni ovutgin:

💫 Yorugʻ dunyoda Alloh soʻnggi emas, tanho umiddir!
🌙Xayrli tun Azizlarim!

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

22 Oct, 15:18


Sen olovga o‘xshaysan,
Yaqin borsam kuyaman.
Yuragimda yashaysan,
Alloh uchun sevaman.

Jon oladi ko‘zlaring,
Boqsam cho‘kib ketaman.
Oydan guzal yuzlaring,
O‘zgasini netaman.

Sen olovga o‘xshaysan,
Seni o‘shlab bo‘lmaydi.
Kuydirasan kuymaysan,
Tafting qaynoq sunmaydi.

Eritasan muzlarni,
Dilda g‘ashlik qolmaydi.
Sendan boshqa qizlarni,
Yurak seva olmaydi.

Sen bittasan, guzalsan,
Oshiqlaring parvona.
Balki kuysan, g‘azalsan,
Ishqingda men devona.

Bir chiroyli kulasan,
Boli bordir so‘zingni.
Qachon yorim bo‘lasan,
Sevamanda o‘zingni.

Sobitjon Eshtemirov. 2024.

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

22 Oct, 12:53


Malika Tavfiq✍️

Men boʻlmasam osmoningda,
Oylar butun turarmi, ayt?
Men boʻlmasam dunyoyingda,
Joning zarra kuyarmi, ayt?!

NurMuhammad✍️

Sen boʻlmasang gar yonimda,
Butun dunyo tor men uchun!
Sen boʻlmasang bu yurakda,
Jonim menga kerak nechun!

Malika Tavfiq✍️

Men boʻlmasam sochlaringni
Barmogʻida taraydi kim?
Oʻzi qolib Xudoyimdan,
Senga umr tilaydi kim?!

NurMuhammad✍️

Sen boʻlmasang hayotimda,
Menga baxtlar tilaydi kim?
Ollohimdan bizlarga deb,
Baxtimizni soʻraydi kim?

Malika Tavfiq✍️

Men boʻlmasam uylaringa,
Sogʻinch koʻchib kelmaydimi?
Men yoʻq boʻm-boʻsh yuraginga
Ega chiqib olmaydimi?

NurMuhammad✍️

Sen yoʻq boʻlsang hayolimda,
Sogʻinch meni hech qoʻymaydi.
Sen siz turgan yuragimga,
Hich bir goʻzal kirolmaydi!

Malika Tavfiq✍️

Men boʻlmasam oq tonglaring
Qarolanib otmaydimi?
Yana oqshom gʻarib Quyosh,
Quchogʻinga botmaydimi?

NurMuhammad✍️

Gar yoʻq boʻlsang yonginamda!
Sensiz tonglar otmaydiku!
Yuragimga botib Quyosh
Oy ham mahzun yigʻlaydiku!

Malika Tavfiq✍️

Kuydirmasmi qoʻllaringni,
Men uzatmas piyola ham.
Topolmayin mendek fido,
Izlab ikki dunyoda ham.

NurMuhammad✍️

Sen boʻlmasang tomogʻimdan,
Hatto suvlar oʻtmaydiku!
Yonib turgan yuragimdan,
Istiroblar ketmaydiku!

Malika Tavfiq✍️

Bogʻlaringdan qumri qushlar,
Mangu koʻchib ketmaydimi?
Biron shoir senga atab,
Bironta sheʼr bitmaydimi?

NurMuhammad✍️

Sen boʻlmasang bahorim ham.
Qorli qishda qolib ketdim!
Sheʼrlar yozib faqat senga,
Oʻzligimni koʻp unutdim!

Malika Tavfiq✍️

Koʻngil yarim oʻzi asli,
Choraktaga boʻlinmasmi?
Men boʻlmasam, yoʻqliklarim,
Senga zarra bilinmasmi?

NurMuhammad✍️

Ayrilmagin mendan sira!
Sen sizlik koʻp xarob etdi!
Oshiq yigit senga qara,
Yana yangi sheʼrlar bitdi!

Malika Tavfiq✍️

Koʻkragingni zirillatib,
Yurak zarblar urmaydimi?
Jon chiqarga joy axtarib,
Tomogʻingda turmaydimi?

NurMuhammad✍️

Sensiz yurak ne ekanin,
Soʻramagin aslo gulim!
Jon halqumda turgan ekan,
Bu ruh tanimni tark etdi!

Malika Tavfiq✍️

Yashay olding ishqsiz bir kun,
Ooo, qanchalar havasdamen.
Hayolimda sen boʻlmasang,
Bil, men soʻnggi nafasdamen!

NurMuhammad✍️

Biz ikkimiz bitta dunyo.
Ayrilmaymiz endi jonim!
Sen men bilan boʻl doimo,
Chiqqinucha tandan jonim

Malika Tavfiq✍️

NurMuhammad✍️

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

22 Oct, 08:49


✍️ She’riyat_maftuna
🎙️Kumush Sirojiddin qizi

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

22 Oct, 06:33


Hamon bordir muhabbatim

Men uchun intilgin, topgin-da imkon,
Yurakka hech qachon solmagin gumon,
Oʻrtada ishonchlar yoʻqolsa, yomon,
Shuni bil - men seni sevaman hamon.

Yurakni qalbingga begona bilma,
Men sen oʻzga yor haloli qilma,
Besabab qiynama, bagʻrimni tilma,
Shuni bil  - men seni sevaman hamon.

Sen bilan maroqli oʻtgan har kunim,
Armonni soldirma, chiqmasin unim,
Yoʻq boʻlma, ojizday boʻlaman, jonim,
Shuni bil - men seni sevaman hamon.

Koʻnglimga qaragin, faqat menga boq,
Muhabbat bogʻida olovlaring yoq,
Beijozat tanga bermagin-da dogʻ,
Shuni bil - men seni sevaman hamon.

Men seni sevishim hamisha rostdir,
Balki buni senga aytmoq xatodir,
Sevgi esa, bilmam, nelarga qodir,
Shuni bil - men seni sevaman hamon.

Zardoblar ichirma, ketmagin zinhor,
Pushaymon boʻlmasdan boʻlay umidvor,
Roʻshnolik koʻrsak gar jannatlari bor,
Shuni bil - men seni sevaman hamon

Solihabegim
Dilafuruz Shahrixoniy

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

22 Oct, 04:12


QIZGʻONAVERAMAN       

Qizgʻonaveraman hatto tushda ham,
Uygʻonsam yostigʻim boʻlib ketar nam.
Tishlar orasida ezilar tilim,
Koshki qizgʻonmasdan yashasam birdam.

Qizgʻonaveraman , qovrilib tanam,
Yorishmay qoladi yuragimda sham.
Shamollar , bulbullar qushlar mayliga,
Hatto qizgʻonaman kapalakdan ham.

Qizgʻonaveraman , topolmay darmon,
Koʻzdagi yosh emas , yurakdagi qon.
Unutib qoʻyar deb bu jonim halak,
Qalbingda yashagim keladi har on.

Qizgʻonaveraman , toʻxtamay bir pas,
Axir sen sababli olyapman nafas.
Guldan kishan solib oyoqlaringga,
Ishqdan solgim kelar boʻyningga qafas.

Qizgʻonaveraman , nuqul oʻt boʻlib,
Tunlar uxlolmayman hasratga toʻlib,
Xavotir olaman oʻzimdan goho,
Bir kuni rashkingda , qolmayin oʻlib.

Maktuba SHAYDO

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

22 Oct, 00:10


QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

22 - O K T Y A B R
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
UMRINGIZ UZOQ, RIZQINGIZ BUTUN BO‘LSIN 🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj

Sevgi She'rlari

21 Oct, 23:00


🌸ASSALOMU ALAYKUM VA RAXMATULLOXU VA BARAKATUH 🌸

🌤 XAYRLI TONG🌻

🌸 Barchangizga halol rizq, manfaatli ilm va ezgu amallar kun davomida hamroh boʻlsin!
Alloh taolo boshlagan kunimizni xayrli va barakali qilsin!🤲🤲🤲

Yangi kun muborak!☀️

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

21 Oct, 17:03


🕊🍁XAYRLI TUN
                YAQINLARIM 🍁🕊   
                                            
💫Goʻzal manzillarga oʻzingiz yetib borolmasangiz xam, xayollaringiz yetib borsin.
Hech boʻlmaganda shu xayollardan oʻzingizni mosuvo qilmang.
⭐️Hayotingizni goʻzal qilish oʻz qoʻlingizda ekanligini unutmang.
🌙Tuningiz fayzli oʻtsin Qadrdonlarim!

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

21 Oct, 15:39


* * *

Joningiz omonmi, joningiz sogʻmi,
Hamon yuribsizmi yelib-yugurib.
Hamon yodingizda bormanmi, yoʻqmi,
Hamon turibmanmi dilga tigʻ urib.

Bilaman, ishqimdan bezidingiz rost,
Ega chiqib oldim men sizga, ajab.
Oʻta rashkchiligim qiynadi bir oz,
Sizni yonib sevdim Zaynabga oʻxshab!

Hamon oʻsha-oʻsha koʻzingiz gulxan,
Shakar guftoringiz jon olguchimi?
Hatto tosh yurakli malikaning ham,
Koʻngliga ishq degan dard solguchimi?

Siz hamon oʻshami, axdida qatʼiy,
Koʻngil olish degan kasbning ustasi.
Ayting necha gʻurur chil-chil sindiyu,
Mendek asirlikka tushdi nechasi?

Yoki tangri sizga insof berdiyu,
Ichmay qoʻyildimi yolgʻon qasamlar.
Yurish qilmayapsiz koʻngil yurtiga,
Qoʻyilmay qoldimi qotil qadamlar?

Dargumon,
Bilmadim,
Oʻrgangan koʻngil,
Axir siz goʻzallik oldida ojiz,
Axir indamasa yorugʻ jaxonda
Qolmagan  boʻlardi siz sevmagan qiz!

Mayli, choramiz yoʻq,
Biz bechora ham,
Oʻzga hech narsaga sigʻmas haddimiz.
Biz ham koʻp qatori aldanib, sevgan,
Baxti qarolarning roʻyxatidamiz!

Joningiz omonmi, joningiz sogʻmi...

Malika Tavfiq

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

21 Oct, 15:03


https://t.me/QALBIM_GURURI

Sevgi She'rlari

21 Oct, 14:11


💞“SEVAMAN” DEB BIR AYTIB
QOʻYGIN

Soʻzlarimni eshitgin obdon,
Senga doim bir gap aytaman.
Qulogʻimda jaranglar har on,
“Sevaman” deb bir aytib qoʻygin.

Har bir soʻzing yoqadi biram,
Seni oʻylab, bosaman qadam,
Koʻzlarimda koʻrsatmagin nam,
“Sevaman” deb bir aytib qoʻygin.

Erkalasang, ketaman erib,
Sen uchun men borimni berib,
Tezroq kelgin, joningni berib,
“Sevaman” deb bir aytib qoʻygin.

Qiynamagin mushtdek jonimni,
Qadriga yet har bir onimni,
Qaynatmasdan kelgin qonimni,
“Sevaman” deb bir aytib qoʻygin.

Soʻzlarimni qilma bir tiyin,
Sensiz yashash, bilmaysan qiyin,
Ne boʻlsa ham, kelib sen degin,
“Sevaman” deb bir aytib qoʻygin.

Rahim aylab, qilginda fido,
Qoʻllar ochib, qilaman duo,
Nolalarim eshitdi Xudo,
“Sevaman” deb bir aytib qoʻygin.

Solihabegim
Dilafroʻz Shaxrihoniy
🎙Parizod

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

21 Oct, 13:03


ONAM)

Yo'qolib bormoqda sabr va chidam,
Sog'inch azoblari o'rtaydi tez-tez.
Toshkent...va ijara uyim oldidan
Har kun Navoiyga qatnaydi poyezd.

O'qish,ish va tashvish teskari taqdir,
Hech kim hamdam bo'lmas qalbim dodiga..
Qaysidir vagonda mayli tik turib,
Keta olsam deyman onam oldiga..

Qanaqa baxt topdim,Toshkentga kelib?
Quyoshni samoga chiqarar tandir,
Qattiq og'rir edi onamning beli.
Hozir og'riq yana qattiqlashgandir..

O'ylasam ko'zlarim to'lar yoshlarga,
Taqdir og'ir bosiq taqdir vazminmi?
Har kun maqtar ekan qarindoshlarga,
Mening gazetada chiqqan rasmimni.

Sog'inchdan tirildim,sog'inchdan o'ldim.
Ko'zyosh to'kayapti qalam va qog'oz.
"Dadang vafotiga o'n besh yil bo'ldi
Indinga maraka" qaltirar ovoz.

Boraman deyman-u og'riydi nafas.
Qanaqa koinot qanday olam bor?
Hech biri men uchun aslo muhimmas,
Men uchun yashagan mening onam bor.

Toshkent va ijara uyim oldidan,
Men-la Navoiyga qatnaydi poyezd.

Bugun..)

Faxriyor Baxtiyorov

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

21 Oct, 08:35


May emas, Hayyomni mast qilgan sevgi,
Tohirni oqizgan suvda muhabbat,
Ishq asli Majnunni qilgan devona,
Oshiqlik azobga mahkummi abat?

Dili shod boʻlibdi qaysi oshiqni,
Bir umr kuksida asragay tigʻni,
Bagʻriga dengizning suvi quyilsa,
Oʻchira olmagay qalbdagi choʻqni.

Bizlar havas qilgan Farhod sevgisi,
Shirin koʻzyoshida oqdi juvarmak,
Asirga aylanib ishqning qoʻlida,
Nahot yuragimiz boʻlmoqda ermak.

Hayyom sharobini quyinglar menga,
Farxod ketmonini boshimga ursin,
Azob-u, ayriliq shu boʻlsa sevgi.
Tohirning sandigʻi tobutim boʻlsin.

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

21 Oct, 07:18


SIZ BOR KÕCHA BEGONADUR ENDI MENGA.


Muhabbatning yõllarini berkitdingiz.
Orzu emas armonlarga qilib ega.
Yolg'onchigim vafosi yõq ey gõzal qiz.
Siz bor kõcha begonadur endi menga.


Yor yorlarning sadolari baģrim ôyar.
Menga ravo ko'rganingiz shumi nega.
Endi qaytib yõlamayman jonim kuyar.
Siz bor kõcha begonadur endi menga.


Õzga yorning tutdingiza qo'llaridan.
Kõrishmadi gõyo sizni meni tengga
Ishim tushsa ham õtmayman yõllaridan.
Siz bor kõcha begonadur endi menga.


Baht tilayman ostonasi tillodan yor.
Qancha bõlsa barcha bahtga bõling ega.
Adashib ham kirmam endi biror kun bor.
Siz bor kõcha begonadur endi menga.


HULKAROY HOJAMOVNA

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

21 Oct, 04:48


KEL, BUGUN YARASHAYLIK

Necha  oʻlib  tirildim,
Xatolarim kech bildim,
Ollohni guvoh qildim, 
Kel, bugun yarashaylik.

Sinama  bardoshimni,
Qancha toʻkdim yoshimni,
Egib keldim boshimni,
Kel, bugun yarashaylik.

Yomgʻirlar yogʻib tindi,
Sabrni kosasi sindi,
Yurmaylik shutib endi,
Kel, bugun yarashaylik.

Qancha- qancha tong otdi,
Dehqonlar nimalar sotdi,
Qarang, quyosh ham botdi,
Kel, bugun yarashaylik.

Ey lablari gul gʻuncha,
Qiynama meni buncha,
Xozir  yesan  tayoqcha,
Kel, bugun yarashaylik.

Panalarda yurmagin,
Yuzlaringni burmagin,
Atang qilib qolmagin,
Kel, bugun yarashaylik.

Topmayapti qalbim huzur,
Seni xafa qilgan ondan,
Soʻrayman men sendan uzr,
Kel, bugun yarashaylik.

Sinama bardoshimni,
Qancha toʻkdim yoshimni,
Egib keldim boshimni,
Kel, bugun yarashaylik.

✍🏻-Karimbek ASATULLAYEV

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

21 Oct, 01:00


Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

21 Oct, 00:30


🎉Bugun, 21 - oktyabr O'zbek tili bayrami kuni

Aziz yurtdoshlar!
Sizlarni millatimiz aslini aks ettiruvchi, Ona tilimiz bayrami bilan tabriklaymiz, sizlarga baxt-saodat, sihat-salomatlik, oilangizga qut-baraka tilaymiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!

T.me/Sherlari_Sevgi

Sevgi She'rlari

21 Oct, 00:10


🎉QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

21 - O K T Y A B R
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN! 🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj

Sevgi She'rlari

20 Oct, 23:00


🪷ASSALOMU ALAYKUM!🪷

🌞🍂XAYRLI TONG
                AZIZLARIM!!!🍂😊

   🌸 Tabassum muzni eritadi, barchaga xursandchilik ulashadi, KOʻNGIL jarohatlariga, ozorlariga malham boʻladi..
      Tabassum sof insoniy aloqalar kalitidir..

      Kayfiyatingiz aʼlomi?
      Bir tabassum qiling, atrofga samimiy boqing!
      Ishonaman-ki, koʻnglingiz yanada yorishdi!

      Tabassum qalbingizni nurga, mehrga toʻldirish barobarida, biling-ki, oʻzgalarga ham mislsiz zavq beradi.

      Tabassum, xush kayfiyat kun davomida sizni aslo tark etmasin!
😊🌹🌹🌹🌹

Kuningiz xayrli oʻtsin 💐💐

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

15,673

subscribers

11,250

photos

5,936

videos