Bismillohu Rahmonu Rahim.
Shaytonlar majlisi.
Alloh izni bilan boshlay hikoya,
Xulosasi sizdan oxir nihoya,
Majlislar bòladi har bir zamonda
Ona yer zaminda, hatto osmonda.
Vo ajab qarangki shaytonlarni ham,
Yiģini bòlarkan sahar, subhidam,
Katta iblis barin chorlab qoshiga
Kursisin qòyarmish daryo boshiga,
Bir kuni der iblis shaytonlariga,
Gunoh qildiringlar inson bariga,
Agar kim qildirsa eng katta gunoh
Tojimni beraman barchangiz guvoh,
Mukofot olmoqlik uchun ushbu dam
Izlab ketishibdi shaytonlar odam
Bari yerga tushib sharq va ģarb tomon
Topibdilar bir bir iymonsiz inson
Qochibdi kòrsalar taqvosi tòqni,
Ushlabdi barchasi vijdoni yòqni.
Ularni yòlidan ura boshlabdi,
Aldanganlar gunoh qila boshlabdi.
Quyosh olam sahnin tark etgan zamon,
Yana boshlanibdi majlisi shayton,
Iblis aytar ekan: "Qani shaytonlar,
Ne kuyga tushdilar bugun insonlar"?
Birinchi shaytondan boshlanibdi sòz,
Bugun men katta ish qildim ey iblis,
Alkashga ichirdim najosatimdan,
Kechdim dedi hatto ibodatimdan,
Sarhush bòlib rosa tòpalon qildi,
Rosa kaltak yedi, dòstini urdi,
Ohiri ariqda dumalab yotib,
Uxladi mast bòlib shu joyda qotib.
Bu sòzlardan kòngli tòlmay iblisni,
Bòlmabdi davom qil endi sen sòzni,
Deya yuzlanibdi boshqa shaytonga
Xòsh bugun ne qilding sòzla insonga
Boshlabdi gapini ikkinchi shayton,
Men qildirdim bugun gunoh eng yomon,
Ikkita qòshnini it mushuk qildim,
Urishtirib òzim rohatla kuldim,
Bir birin qildilar rosa haqorat,
Yuz kòrmas bòldilar ohir oqibat,
Shuyam ishmi deya uchinchi shayton,
O‘rtaga suqilib kulibdi handon,
Eng oliy gunohga bòldim men guvoh,
Oq padarni sira kechirmas Alloh,
Bolani otaga qayradim bugun,
Otasi oq qildi yayradim bugun,
Akani ukadan ayro ayladim,
Ko‘z yoshlarni to‘kib daryo ayladim.
Bu ishni ham pusant qilmabdi iblis,
Debdi bòlmadingiz baringiz afsus.
Hech biri pichoqqa ilmay turgan on,
So‘z boshlab qolibdi eng kichik shayton,
Meni ham tinglarlar aytayin sòzim,
Yoqsa yoqmasa ham bering bir izin
Bir hovliga bordim juda saramjon,
U yerda bor ekan diyonat, iymon,Er
Men Ayolni gij-gijlab urush chiqardim,
Eriga tuxmat toshin tòntardim,
Bir kun tinim bilmay qildim jinoyat,
Ering qilgan, deb senga xiyonat,
Qaynona kelinning òrtaga oldim
Orasiga iģvo, malomat soldim
Endi qilgan ishim ohirga keldi,
Eri xotiniga uch taloq berdi.
Iblis shu sòzlarni eshitgan zamon,
Shodligi bòlibdi bir dunyo jahon,
O‘rnidan turibdi yugirib borib,
Tojni shaytonchaga beribdi olib,
Ey shaytonlar qarang manabu chin ish,
Endi boshlanadi siz aytgan tashvish
O‘sha er ichadi alkash bòladi,
Siz aytgan gunohni barin qiladi.
Majlisi tugabdi shu bn shayton,
Bugun bitta ishni do‘ndirib yomon.
Agar o‘zimizga bir nazar solsak
Bu so‘zlardan bitta xulosa olsak,
Osh berib el yurtga to‘ylar qilamiz,
Katta niyat, katta o‘ylar qilamiz,
Nasihat qilmaymiz nega avvalo,
Tarbiya berdikmi toshlarga xato,
Oson bo‘lib qoldi turmush qurish ham,
Ajrimlar kòpaydi janjal urush ham
Xulolasisi sizdan hazrati inson,
Biling kech bo‘ladi quvonsa shayton.
Juftingizni asrang yomon kòzlardan
Gumon qilmang shayton aytgan so‘zlardan.
Barchangizni birdek asrasin Alloh,
Bir birlaringizga bo‘lingiz panoh,
Toj kiymasin yana eng kichik shayton,
Evaziga qilib umringiz xazon.
🎵💥🌷SHE'RIYAT 💥SHAYDOLARI 💥🎵