Mille.uz @mille_uz Channel on Telegram

Mille.uz

@mille_uz


Kitobxo'r Mille))) ning shaxsiy sahifasi.

Murojaat va reklama: @mille_me
Kundalik: @diary_mille
Kitoblar: @millebook_uz
Batafsil: @millebookuz_bot

Kanal ochildi: 01.07.2021

Mille.uz (Uzbek)

Mille.uz Telegram kanalining eng yangi aylanishi - Mille))) ning shaxsiy sahifasi. Bu kanalda siz kitoblar haqida ma'lumotlar, tavsiyalar va ko'p qiziqarli maqolalar topasiz. Mille.uz jamoasi bilan birga, ko'ngilizimni ramlang va kitoblarning kasbini kesish uchun eng tezkan yo'lda bo'ling!
Mille.uz kanalida har kuni yangi maqola va kitob nashrlarini ko'rish imkoniyati mavjud. Agar sizga kitoblar haqida fikrlar, takliflar bo'lsa, uni to'g'ridan-to'g'ri kanal muharriri @mille_me ga murojaat qiling. Har kun sizga yangi maqolalar hamda tavsiyalar taklif etiladi

Mille.uz kanalining ideal do'stlar tarmogi sifatida, siz kitob sevganlar bilan aloqada bo'lishingiz, yangi kitoblar o'qish va ularga oid turli-tuman ma'lumotlardan xabardor bo'lishingiz mumkin. Kanal bilan birga, siz o'z o'qitishingizni yanada rivojlantirishingiz va yangi uylar ochishingiz uchun ilhamlanishingiz mumkin

Sizga kerakli bo'lgan har qanday kitoblar, ilmiy nashrlar va ko'p qiziqarli maqolalar uchun, Mille.uz kanalida joy topasiz. Kanal 01.07.2021 kuni ochildi va sizni kitobxo'rlik dunyosiga oid eng so'nggi yangiliklar bilan ta'minlash uchun ishga tushdi. Bo'lish va qo'shing - Mille.uz kanalida!

Mille.uz

07 Feb, 16:54


Lily opasidan 😎 shedevr

She’r matni uchun ustiga bosing!

Mille.uz

07 Feb, 15:40


Endi qo’shilmoqchi bo’lganlar aftobus kelishini kutyapsizlarmi yoki metronimi 🤭

Mille.uz

07 Feb, 15:32


+1

Mille.uz

07 Feb, 15:31


https://www.instagram.com/mille_uz?igsh=MWdsc3kzcG9teGxxYg%3D%3D&utm_source=qr

Mille.uz

07 Feb, 15:13


+2

Mille.uz

07 Feb, 15:09


Hech kim qo’shilmadiku, xabar kemadiku 🤓

Mille.uz

07 Feb, 15:05


Bir odam masjidga ketayotgan edi.
Yo'lda bir tanishini ko'rib qolibdi.
– Qayerga ketyapsiz?
– Masjidga
– Unday bo'lsa meni ham duo qiling!
Haligi hazilkash odam ekan:
– Menku duo qilaveraman. Ammo, Alloh - o'zi qani?, desa nima deyman - degan ekan...

@mille_uz — kitob o’qishni odat qilishingizni istaymiz :-)

Mille.uz

07 Feb, 06:14


O’zim xohlagan kitobni emas, boshqa kitobni olib berganlarida…
Men:

https://www.instagram.com/reel/DFvm3JbooJW/?igsh=MW1lZnh1eWZieDJxdA==

@mille_uz — kitob o’qishni odat qilishingizni istaymiz :-)

Mille.uz

05 Feb, 11:13


Kim Lily dan oldin o’qib yubora oladi qani? 😂 Birinchi yuborgan 3 kishinikini kanalga joylayman!

@mille_me ga yuboring, Shoshiling!

Mille.uz

05 Feb, 11:08


Ўқишга дангасалик қилганлар учун махсус кимдир аудио форматда ўқиб берсин а 🤓

Mille.uz

05 Feb, 06:35


Onamdan xat keldi...

Onamdan xat keldi
Ovora bo'lmagin kelib debdilar
Biz yaxshi sen tinch bo'lsang
Bo'ldi debdilar
Hammaga salom ayt omon bo'lgin deb
Yozgan xatlarini yakunlabdilar.
O'qib tomog'imga nedir tiqildi
Sabrim tugab ko'zdan yoshlar yiqildi
Ikki eshik aro kechar dunyoda
Taqdir o'yni deya qalbim siqildi.
Uchib chiqdim uydan ruxsat tekkan on
Eng avval bozordan issiq non oldim
Dadamga yoqar deb ilinib ozroq
Kabob ham qoshvoldim yetkazay tezroq
Hayollarga cho'mib yo'llarga qarab
Dedim chindan qiziq ekan qizning taqdiri
Balkim ishq, balkim peshona sabab
Qiz o'z uyiga mehmon bo'lar axiri
Nolimoqdan yiroq ushbu so'zlarim
Bu hayot anglatgan haqiqatlarim
Yuqorida sizga aytgan gaplarim
Ota uy sog'inchi sabab do'stlarim
Hozir kirib borsam Quvonib baxtdan
Bag'riga bosadi yoniga yetay ko'z o'ngimdan o'tib turganding
Baribr kepsanda aylanib ketay
Darrov tipirchilab dasturxon tuzab
O'zi tuqgan qizni mehmon qiladi
Tongda yozgan xatin yoddan o'chirib
Tinmasdan sog'inchin isxor qiladi
Qaytar dunyo degani shudir aslida Ota onam ko'rib xovrim bosarman
Yil o'tib Avlodlar almashib men ham balkim O'z qizimni shunday kutarman!

✍️ Dilbar Zokirova

@mille_uz — kitob o’qishni odat qilishingizni istaymiz :-)

Mille.uz

04 Feb, 18:51


Ilmsiz otadan ilmli farzandlar dunyoga kelishi mumkin, johil otadan ham dono aqlli farzandlar dunyoga kelishi mumkin, lekin hech qachon ilmsiz onadan ilmli dono farzandlar vujudga kelmaydi. Shuning uchun qizlarimizni va ayollarimizni ilmli va tarbiyali qilishga harakat qilishimiz kerak!

https://www.instagram.com/reel/DC68lecopRj/?igsh=MXd3aGpzM3o1aGh3MA==

@mille_uz — kitob o’qishni odat qilishingizni istaymiz :-)

Mille.uz

03 Feb, 20:48


Kitob sotib oladiganlar kam.

Sotib olganini ochadiganlar kamroq.

Ochganini tugatadiganlar undan ham kam.

Tugatganini eslab qoladiganlar yanada kamroq.

Eslab qolganiga amal qiladiganlar eng kami.

Kamchilik erishayotgan narsalarga erishish uchun, kamchilik qilayotgan ishlarni qilish foyda beradi.

Mille.uz

01 Feb, 14:08


Tracker, checklist lar yangi odatlarni shakllantirish va intizom uchun yaxshigina foyda beradi, o’zimda sinaldi

Xohlasangiz sizga foydalanishingiz uchun bir talay elektron shakldagi checklistlarni tashlab beraman 🤓

Xohlamasangiz yuqoridagidek o’zingiz chizib oling 😒

Mille.uz

31 Jan, 14:51


https://www.instagram.com/reel/DCl-JrloAbT/?igsh=MTVvNnBzMTVrbTEzZg==

@mille_uz — kitob o’qishni odat qilishingizni istaymiz :-)

Mille.uz

31 Jan, 09:00


#iqtibos uchun joy

Mille.uz

30 Jan, 14:42


Yo’q bilmayman deb yozib qo’yila hech bo’masa borliklarini his qilib turay

Mille.uz

30 Jan, 14:41


#iqtibos uchun joy

Mille.uz

30 Jan, 14:40


Naxotki

Mille.uz

30 Jan, 06:12


Arab tilidagi badiiy kitoblarni qayerdan topsa bo’ladi?

Biladiganlar bormi?

Mille.uz

29 Jan, 18:42


#siyrat

@mille_uz — kitob o’qishni odat qilishingizni istaymiz :-)

Mille.uz

28 Jan, 16:39


😂😂😂

https://www.instagram.com/reel/DDiCvB_IqXA/?igsh=M211NW9jMjJvOG56

@mille_uz — kitob o’qishni odat qilishingizni istaymiz :-)

Mille.uz

27 Jan, 16:01


https://youtu.be/Pkx-QBMFML4?si=SMdeHsi2WVsyDAf7

Mille.uz

27 Jan, 14:49


"Oylik reja daftarim" muslimalarim uchun 1 oylik kundalik🌷

Mille.uz

24 Jan, 16:34


Yuqoridagi xabar kelganida o’qib xursand bo’lib kettim 🥰 Albatta yana davom etaman kanalni yuritishni, nimadir yangiliklar qilish kerakda, uje manda idea kemayapti, uzoq tanaffusdan keyin 🥹

Tanlov tashkillashtirvormelikmi a bir ? @ravshanjonuz homiyimiz nima derkanlar 😂

Mille.uz

24 Jan, 16:08


Boshqalarga baxt ulashishdan zavqlaning! 🤗

#lifestyle #happy
📈 @develop_style

Mille.uz

24 Jan, 13:53


🥹🥹

Mille.uz

23 Jan, 16:19


🩷🩷🩷

“Yashamoq” kitobini tugattim, kitob zo’r, menga yoqdi. Lekin nega “Ko’z yoshlarimga g’arq bo’lmadim”? shunga hayronman 🙁 Avvallari sabab, besabab ko’p yig’lardim diydam qotib ketibdi shekilli(

Aka bu postimni o’qigan bo’lsangiz, kitobni kelib olib ketsangiz bo’ladi. Tugadi vanihoyat 😁

Mille.uz

22 Jan, 15:04


Rasmga nom bering!

Mille.uz

16 Jan, 13:07


https://youtu.be/WKNYZ0gt9gA?si=SC9JT57qNjJfJZ3k

Mille.uz

12 Jan, 15:43


O’sha kun men uxladim menga qo’shilib qolgan planlarim ham uxladi 🙂

Mille.uz

12 Jan, 15:15


Muqaddima nomli kitob chiqibdi-mi? Kimdir to’liqroq ma’lumot bera oladimi?

Mille.uz

09 Jan, 12:35


✔️✔️

Mille.uz

05 Jan, 21:48


Assalomu aleykum yaxshilar

Makkayu Madinadan olib kelingan sovg'ani yutib olishni xohlaysizmi?
Unda "Istig‘for aytamiz" konkursini boshlaymiz Bismillah deb)

Konkurs 05.01.25 kuni start beradi.

Go'liblar 5ta bo'ladi balki ishtirok va odamlar soniga qarab ko'payar)

Shartlari o'sha o'sha tasbehni olib Istig‘for aytasiz☺️
Boshlash oldi qachon qaysi payt boshlaganingizni tasbehingizni qo'yib ismingiz bilan rasmga olib yuborasiz. Shu postni 10ta tanishingizga yuborib o'qilganidan so'ng
@istigfor_aytamizz ga skrinshot qilib yuborasiz. O'qilmagan bo'lsa qabul qilinmaydi! Ism yozib qachondan boshlanganligi yozib yuborilmagan bo'lsa u ham qabul qilinmaydi! Shartlar juda oson

Hammaga omad tilab qolaman. InshaAlloh 1-o'rin uchun sovg'a Makkadan olinadi)

Konkurs tugash sanasi 15.01.25


@shokoladli_2 kanali sizga eng yaxshisini ravo ko'radi 🤍

Mille.uz

04 Jan, 14:57


https://www.instagram.com/reel/DEGDUduoVaq/?igsh=MjVvcTF2NG0zcWE4

Mille.uz

03 Jan, 19:14


Baxt bu — yakunlagan kitoblaringdan olgan hissiyotlaringni tinglaydigan biri bo’lishi)

@mille_uz — kitob o’qishni odat qilishingizni istaymiz :-)

Mille.uz

03 Jan, 17:54


Rasmga nom bering!

Mille.uz

03 Jan, 16:38


#Podcast Challengeni boshlaymizmi?

Mille.uz

31 Dec, 18:45


1 yildan keyin postlashamiz 🤓

Mille.uz

30 Dec, 08:31


Rasmga nom bering!

Mille.uz

29 Dec, 22:20


Menda 3 ta yo’l bor edi, yo uyaqqa, yo buyaqqa, yo naryoqqa. Men dedim uxlayman dedim 😂)

Mille.uz

27 Dec, 17:19


Bizni kanalga tosh otishibdi 😎

Men sizlarni katta katta gummaxonalarda maxtab yuribmana, uyaltirib qo’ymela mani 😄 AKTIV BO’LINGLAR!

Mille.uz

27 Dec, 17:16


1. Zatto kuzatuvchilari ko'p. Xatya 10tasi yozadi. Manda hozi 1tasiyam yozmayabdiyuuuuu

2. Balki. Lekin manam qarimasman😅😅atigi 20 yosh bo'lsam🫣
Kanalimni asisiy qismi 17yoshliklar emasse undan katta yoshdagilar ko'p jaaa 30dan oshganlar bor dimiman lekin 30gacha bo'lganlar bor.
Keyin manimcha sizni aktivligiz sababi dismi😅Bu aktivlikmi man oldingi biror mavzu tashlansa kamida 50ta 100talab keladigan kamentariya fikrlarni sog'inaman)

Mille.uz

27 Dec, 16:58


Bugun ham davom etamiz sizlarni fikrilar qiziq)

Mille.uz

27 Dec, 16:58


Yil sarhisobi!

Kanal haqida borini yozing, yutuqlar, xato kamchiliklar va kelasi yilda kanalga qanday o’zgarishlar bo’lishini xohlaysiz? Borini yozavering anonim keladi yoziqlaringiz!

t.me/anonimnyye_voprosy_bot?start=ihbhw

Mille.uz

27 Dec, 16:57


Yo’q, bu konkursni ustasi bor

https://t.me/shokoladli_2/23689

Mille.uz

27 Dec, 16:51


Yaxshi xabarlar ham kelarkanku 🥰

Vaqti kelsa aytaman nega aktiv emasligimni)

Mille.uz

26 Dec, 16:48


2025-yil sizdan obunachilaringiz faqat aktiv bo'lishizni xohlaydi. Sizni kitob o'qishga biz emas, siz qiziqtirishiz undashizni xohlaymiz!

Mille.uz

26 Dec, 16:04


Yil sarhisobi!

Kanal haqida borini yozing, yutuqlar, xato kamchiliklar va kelasi yilda kanalga qanday o’zgarishlar bo’lishini xohlaysiz? Borini yozavering anonim keladi yoziqlaringiz!

t.me/anonimnyye_voprosy_bot?start=ihbhw

Mille.uz

24 Dec, 16:06


2025-yil jiddiy kitoblar o’qimoqchiman, hozirdan tavsiya berishingiz mumkin 🙂

Mille.uz

16 Dec, 16:02


Hamma mualliflik kurslarini yaratib kursdan daromad qilayotgan bir paytda menda ham kurs qilish istagi paydo bo’ldi.

Xullas gapni qisqa qilaman: “Men ham kitob o’qiyman” yoxud “Kitobxon bo’lmoqchiman” kursiga qabul ochiq. Aslida fiftilyon ming $ turadigan bu kursim sizlar uchun 24 soat ichida atigi qiryuz ellikming so’m. Shoshiling! Joylar soni cheklangan! 😂

Shunaqa e’lonlar sizlarniyam jonilarga tegdimi? Bu hamma kurs sotuvchilarga ham tegishli emas 🤓

Mille.uz

16 Dec, 14:35


Sizlarga zo’r yangilik bilan keldim 🥳

Mille.uz

16 Dec, 00:15


Oddiylikdagi go’zallik!

Ko'zi ojiz insondan, "bugun senga ko'rish imkoniyati berilganda nima qilar eding?" deb so'rasangiz, "mazza qilib kino ko'rardim" deb emas, "tabiat bag'riga chiqib daraxt va osmonni to'yib tomosha qilardim" deydi

Oyog'i yo'q insondan, "bugun senga oyoqlar berilsa nima qilarding?" deb so'rasangiz, "yugurish uchun ilova qidirar edim" deb emas, "tashqariga chiqib mazza qilib yugurardim" deb javob beradi.

Sizda bor lekin oddiy tuyuladigan narsalar, har kuni yuz minglab insonlarga orzu.

Sizga ham orzu bo'lib qolmasdan, borida mazza qilib undan foydalaning va qadriga yeting.

Bu degani ertadan-kechgacha harakat qiling demoqchi emasman. Ba'zida hammamizni dangasalik tutadi. Lekin vaqti-vaqti bilan sizdagi bor narsalar boshqalarga butun umrlik orzu ekanligini eslab turing.

Oddiy narsalardan huzr tompayotgan odam, matoh sotib olib hech qachon huzr topmaydi.

#xulosalar

@shahadolimov

Mille.uz

12 Dec, 15:55


Har kuni o’zimizga eslatib turishimiz kerak bo’lgan 5 ta tavsiya:

1. Bugungi kunning qadri
• O’tgan kun ortda, kelajak noma’lum – bugungi kunni imkoniyat sifatida qadrlang. Har kuni yangi imkoniyatlarni ko’rishga harakat qiling va o’z maqsadlaringiz sari qadam tashlang.

2. Sog’liqni birinchi o’ringa qo’yish
• Sog’lom hayot tarzi sizning barcha maqsadlaringizga erishishingizga yordam beradi. Jismoniy mashqlar qiling, sog’lom ovqatlaning va yetarlicha dam oling.

3. O’rganishdan to’xtamaslik
• Har kuni yangi narsa o’rganishga intiling. Bu yangi kitob o’qish, yangi ko’nikma o’zlashtirish yoki kichik bir tajriba orqali bo’lishi mumkin.

4. Minnatdor bo’lish
• Hayotingizdagi bor narsalar uchun minnatdor bo’ling. Bu sizni ijobiy fikrlashga undaydi va hayotdagi kichik yutuqlaringizni ham qadrlashingizga yordam beradi.

5. Xatolardan qo’rqmaslik
• Xatolar – o’rganishning bir qismi. O’z xatolaringizni qabul qiling, ulardan saboq oling va oldinga intiling. Muhimi – harakat qilishni to’xtatmaslik.

Bu tavsiyalar har kuni ichki motivatsiyangizni kuchaytirib, yanada samarali yashashga yordam beradi!

— Hurmat bilan ChatGPT

@mille_uz — kitob o’qishni odat qilishingizni istaymiz :-)

Mille.uz

11 Dec, 08:35


Challange qilmasam kanalga yozmas ekanman shuni tushundim. 😂

Endi #podcast ko’rish bo’yicha 30 kunlik challange qilmoqchiman. Bir podcastni ko’rib shu qarorga keldim.

Avvalgi challangega xulosa yozib aktiv obunachiga kitob berishim kerakligini bilaman, qaysi kitobni bersam ekan?

Mille.uz

09 Dec, 23:11


“Don’t sink - think”
Cho’kma-o’yla

Mille.uz

08 Dec, 17:40


Ассалому алейкум ва роҳматуллоҳу ва барокатуҳ.
Азизлар биз ҳайриямизни бошладик🙂. Кам таъминланган оилаларга қишки кийимлар сотиб олиб бермоқчимиз. Агар кимда кийишга яроқли қишки кийимлар бўлса берсангизхам бўлади.
8600570498367787
Суюндиқов Шохрух
Мурожат учун: @adfkmg 998515702

Қанчалик кўп одам кўрса шунчалик кўп пул йиғилади бефарқ бўлмаслигингизни сўраб қоламиз)

Эҳсоннинг мукофоти эҳсондур🤲🏻.

#хайрия

Mille.uz

07 Dec, 18:24


30 kunlik challange o’z nihoyasiga yetdi 🤓

Mille.uz

07 Dec, 18:24


#challange #30kun

Kitob nomi:
“Sevmoq shunchalar go’zal bo’lsa”
Muallifi:
Sema Marashli
O’qilgan sahifa:
60 bet (Kitob tugatildi.)

Iqtibos: Yaxshi jufti halol bo’lish — tug’ma fazilat emas. Yaxshi jufti halol bo’lishni ota-onalarimizdan, media va yon-atrofdagilardan ko’rib o’rganamiz. Bularning aksariyati ko’p hollarda xato narsalar bo’ladi.
Chin dildan xohlasak va g’ayrat qilsak, yaxshi jufti halol bo’la olamiz. Davrimizda yanada ko’proq o’qib-o’rganishga to’g’ri keladi, chunki oilaviy turmushga har xil tuzoqlar qo’yilgan.

@mille_uz — kitob o’qishni odat qilishingizni istaymiz :-)

Mille.uz

06 Dec, 18:27


#challange #29kun

Kitob nomi:
“Sevmoq shunchalar go’zal bo’lsa”
Muallifi:
Sema Marashli
O’qilgan sahifa:
30 bet

Iqtibos: Qaysi asrda yashayotganligimiz unchalik ham muhim emas. Fitratimiz o’sha-o’sha. Xoh yevropalik, xoh sharqlik bo’ladimi, oddiy xodim yoki boshliq bo’ladimi, fitrat hamma joyda o’zini namoyon qiladi. Erkak faqat o’zini hurmat qiladigan ayol bilan baxtiyor bo’la oladi.

@mille_uz — kitob o’qishni odat qilishingizni istaymiz :-)

Mille.uz

06 Dec, 18:12


Hamma o’qishi shart bo’lgan 5 ta kitob - ChatGPT fikricha)

Siz qanday fikrdasiz va bu kitoblardan qay birini o’qigansiz?

https://www.instagram.com/reel/DDPwMk8oRsg/?igsh=N3FyZDVxcTJnMzJk

Mille.uz

06 Dec, 14:26


Ko’pchilik 2019-yilda yozilgan Maqsad kitobimni topa olmayotgan ekan. Shu yerda elektron variantini bemalol o’qishingiz mumkin😊

@shahadolimov

Mille.uz

06 Dec, 14:26


https://youtu.be/wxCAStODJoM?si=-9eg0eYgt-3ffI1C

Mille.uz

05 Dec, 17:55


#challange #28kun

Kitob nomi:
“Sevmoq shunchalar go’zal bo’lsa”
Muallifi:
Sema Marashli
O’qilgan sahifa:
30 bet

Iqtibos: “Otalar faqat ta’minotchi emas. Bolalar otalarining rahbarligiga ham, uning mehriga ham muhtoj bo’ladi. Ota mehri bolaning ruhiy salomatligi va hayotga ishonch bilan qarashi uchun nihoyatda zarur.”

@mille_uz — kitob o’qishni odat qilishingizni istaymiz :-)

Mille.uz

05 Dec, 17:14


Ba’zi savollarga botni o’zida javob berdim)

Mille.uz

05 Dec, 16:32


Qanday kanalligiga bog’liq

Mille.uz

05 Dec, 16:28


Va alaykum assalom, shukr yaxshiman

Mille.uz

05 Dec, 16:27


🤓) Rahmat bilib qo’ydim.

Mille.uz

05 Dec, 12:45


Suhbatlashamiz) Anonim savol yo’llashingiz mumkin!

👉 t.me/anonimnyye_voprosy_bot?start=ihbhw

Mille.uz

04 Dec, 18:44


#challange #27kun

Kitob nomi:
“Sevmoq shunchalar go’zal bo’lsa”
Muallifi:
Sema Marashli
O’qilgan sahifa:
30 bet

Iqtibos: Zamonaviy hayotning eng dahshatli xastaligi — bu qarama-qarshilikning buzilayotganligi sababli ayol va erkakning bir-biriga o’xshashga urinishidir. Bu borada erkaklar ayolga aylanish yo’lida ohista qadam tashlab borayotgan ekan, ayollar shiddat bilan erkaklashib ketyapti.

@mille_uz — kitob o’qishni odat qilishingizni istaymiz :-)

Mille.uz

03 Dec, 17:48


Deyarli 2 yil oldin menga shu kitobni sovg’a qilishgandi, endi o’qish nasib qilibdi qarang-a

Linklarini boshqa birov olgan hozir kanal linki @Doctors_diary16 ga o’zgargan)

Mille.uz

03 Dec, 17:45


#challange #26kun

Kitob nomi:
“Sevmoq shunchalar go’zal bo’lsa”
Muallifi:
Sema Marashli
O’qilgan sahifa:
15 bet

Iqtibos: “O’tmish va kelajakni yoqib yubormaguningcha Allohni topolmaysan”

@mille_uz — kitob o’qishni odat qilishingizni istaymiz :-)

Mille.uz

02 Dec, 18:23


Challange ning 25-kunida 3-kitob tugatildi 🥳🤩

Orada boshqa badiiy bo’lmagan kitoblarni ham o’qidim va davom etyapman.

Mille.uz

02 Dec, 18:20


#challange #25kun

Kitob nomi:
"Virtual dunyoda ota-onalik mashaqqati.
Muallifi:
Solih Uyan
O’qilgan sahifa:
52 bet (Kitob tugatildi.)

Iqtibos: Farzandingiz ba’zi-ba’zida kitob o’qiyotganingizni ko’rsin. Haftaning ma’lum kunlari uyingizda faqat kitob sahifalarining shitirlashi eshitilsin.
Ona kitob o’qisin, ota kitob o’qisin, bir tomonda esa chiroyli bezatilgan dasturxon bo’lsin. Bola shovqinlarsiz, tasvirlarsiz muhitda inson naqadar huzurga to’lishini his qilsin. Bola rasm chizib o’tirsin, bo’yasin. Yoki gilamga cho’zilib, jimgina hayollarga berilsin.
Eslaysizmi, ilgarigi paytlarda kechqurun uyda bitta hayot hukm surardi. Hozir esa oilada nechta kishi bo’lsa, shuncha hayot bor. Har kim qo’lidagi qurilma bilan intenet olamida sarosar kezadi…

@mille_uz  — kitob o‘qishni odat qilishingizni istaymiz :-)

Mille.uz

01 Dec, 18:40


F3 yangilanib o’zgaribdi ancha, anonim savol-javob qilish uchun ancha yaxshi dastur edi.

Savol yuborish uchun havolani qanday yuborish kerak? Topa olmadim)

Yoki boshqa shunga o’xshadh anonim xabar yuborish mumkin bo’lgan dastur bo’lsa yozib qoldiring.

Mille.uz

01 Dec, 18:25


#challange #24kun

Kitob nomi:
"Virtual dunyoda ota-onalik mashaqqati.
Muallifi:
Solih Uyan
O’qilgan sahifa:
20 bet

Iqtibos: Tizimda qoidalar o’rniga faqat taqiqlar mavjud bo’lsa, u tizimdan sog’lom natija kutib bo’lmaydi. Farzandlarimizga, haqiqatdan ham, zarar yetkazadigan narsa texnologiya emas, balki ular ichki dunyosini oilasiga berkitib qo’yishidir. Qurilmalarni o’chirish muammoni hal qilmaydi. Asosiysi, bolaga o’z ichki dunyosini ota-onalariga ochishga imkon berish. Bunga faqat oilaviy qoidalarni yaratish, ishonch muhitini ta’minlash va ularga rioya qilish orqali erishish mumkin.

@mille_uz  — kitob o‘qishni odat qilishingizni istaymiz :-)

Mille.uz

30 Nov, 18:12


#challange #23kun

Kitob nomi:
"Virtual dunyoda ota-onalik mashaqqati.
Muallifi:
Solih Uyan
O’qilgan sahifa:
45 bet

Iqtibos: O’tqazib yuborishni istamaydigan serialingiz yoki o’sha oqshom javob berishingiz kerak bo’lgan o’nlab elektron xatlar bo’lsa ham, bolangizga vaqt ajrating. Siz ishingizga oid elektron pochta xabarlarini “o’qilmagan” deb belgilashingiz va keyin u bilan shug’ullanishinguz mumkin. Ammo agar siz bolangizning ehtiyojlarini “o’qilmagan” deb belgilasangiz, ularni qaytib to’g’irlashning iloji bo’lmasligi mumkin.

@mille_uz  — kitob o‘qishni odat qilishingizni istaymiz :-)

Mille.uz

29 Nov, 18:55


#challange #22kun

Kitob nomi:
"Virtual dunyoda ota-onalik mashaqqati.
Muallifi:
Solih Uyan
O’qilgan sahifa:
40 bet

Iqtibos: Ijtimoiy tarmoqda baxtli ko’rinish uchun juda ko’p harakat qilinadi. Ammo bu harakat ekranda ko’rinmaydi.
Stenford Universitetida ijtimoiy tarmoq bilan bilan shug’ullanadigan tadqiqotchilar ushbu holat uchun konsepsiyani ishlab chiqishdi: “o’rdak sindromi”.
O’rdaklar go’yo hech qanday harakat qilmayotgandek xotirjam va osoyishta ko’l ustida suzib yurishadi. Biroq uning ko’l ostidagi oyoqlari mashina kabi ishlaydi, lekin tashqaridan ko’rinmaydi.
Holbuki, ijtimoiy tarmoqda doim baxtli ko’ringan odamlarga unchalik ishonib qolmaslik kerak.
Agar suv ostida qolgan qismlar ekranda ham ko’rinib turganida edi, ishoning, hech kim o’z hayotini birovniki bilan solishtirib, ruhiy tushkunlikka tushmasdi.

@mille_uz  — kitob o‘qishni odat qilishingizni istaymiz :-)

Mille.uz

28 Nov, 19:23


“Odamlarning hisob-kitoblari yaqinlashib qoldi. Ular esa, gʻaflatda, (iymon keltirib, yaxshi amallar qilishdan) yuz oʻgirguvchidirlar” (Anbiyo surasi, 1-oyat).

A J A L

Qanday holimizda ishgʻol etar u,
Qanday holimizda oladi jonni?
Ibodat chogʻida kelsa mayliku,
Kelsachi, eslamay qoʻysak Xudoni!?
Gunohlar kechilgan chogʻdami, yohu,
Maishat mavj urgan bogʻdami, yohu,
Tundami, tongdami, sarhushlikdami,
Dunyodan toʻyganda, toʻymagandami,
Oʻzidan oʻzgani suymagandami,
Qay holda jon olar,
Oʻqda, paykonda,
Yoki soʻz atalmish oʻtkir tigʻdami?
Biz bergan ozorlar yiringlab, qurtlab,
Kimnidir koʻnglida chiriyotgan payt,
Bizni deb oqqan koʻz quriyotgan payt,
Sabrlar halvolar ulashgandami,
Qarz berib, soʻng ming bor soʻrashgandami?
Qachon?
Hoy Ajal!
Kelar payting ayt!
Tuproqqa qorishmoq muddati beshak,
Keksadur, navqiron, gunohsiz goʻdak!
Qabriston tomonga yelkani ezib,
Tobutlar karvoni oqadi lak-lak!
Kimdir kutgandami jonidan toʻyib,
Kimdir umr soʻrab chekkanda figʻon,
Sen johil oʻlaman deganni qoʻyib,
“Yashaaaaay....”-deganlardan olasanmi jon?!
Xidodan gunohin soʻrab olarga,
Ibodat qarzlarin toʻlab olarga,
Yo tomdan qorini kurab olarga,
“Toʻxta!”-demoqlikka boʻlarmi imkon?

Sening tashriflaring har ishdan oson!

QACHON...?

Malika Tavfiq

@mille_uz — kitob o’qishni odat qilishingizni istaymiz :-)

Mille.uz

28 Nov, 17:26


🆘

Mille.uz

28 Nov, 16:59


#challange #21kun

Kitob nomi:
"Virtual dunyoda ota-onalik mashaqqati.
Muallifi:
Solih Uyan
O’qilgan sahifa:
50 bet

Iqtibos: Ijtimoiy tarmoq o’zini sevmaydigan va doimo o’zgarishni xohlaydigan bolalar va yoshlar uchun juda mos keladi. Istalgan vaqtda o’zlarining profil fotosuratlarini o’zgartirishi va qiziqishlarini yangilash orqali shaxsiyatini o’zgartirishi mumkin.

@mille_uz  — kitob o‘qishni odat qilishingizni istaymiz :-)

Mille.uz

28 Nov, 16:15


📣Ehsonga qo’yilgan kitoblar.

Va bundan tashqari Qu’ron kitoblari ham bor.

Sharoiti og’ir, kitob olishga mablag’i yetmayotgan insonlarizga yuborib qo’ying, boshqa insonlarni xursand bo’lishiga va ehsonning haqiqiy egalari qo’liga yetib borishiga siz ham o’z hissangizni qo’shing.

@hamidovas_blog

Mille.uz

28 Nov, 15:28


https://www.instagram.com/mille_uz?igsh=MWdsc3kzcG9teGxxYg%3D%3D&utm_source=qr

Mille.uz

27 Nov, 17:49


Shu kanalda yaqinda konkurs o’tkazilar ekan qo’shilib oling 😇

Mille.uz

27 Nov, 17:45


Kitobga oshiq qizning olami📚
Bu kanalda siz:
-kitobdan iqtiboslar
-kitobli konkurslar
-shaxsiy fikrlar
-kitobli rasmlar
-ozroq lifestyle
-yozish(kopirayterlik) bo’yicha ma’lumotlar

“Birgalikda kitob o’qiymiz.”
Kitob o’qing. Kitob o’qib bering.Farzandlaringiz sizni telefon bilan emas, kitob bilan ko’rsin. Ularga go’zal o’rnak bo’ling🩷

Kanalda kitobli o’yinlar o’tkaziladi. Ajoyib shartlarda qatnashib kitoblar , kanstavarlar yutib olishingiz mumkin.

O’rganganlarimni o’rgataman📚

Ishonaman, biz bilan kitob o’qishga mehr qo’yasiz📍💚

Mille.uz

24 Nov, 18:50


#challange #17kun

Kitob nomi:
"Ar-rahiq al- maxtum"
Muallifi:
Safiyyurrahmon Muborakfuriy
O’qilgan sahifa:
10 bet

Iqtibos:

@mille_uz  — kitob o‘qishni odat qilishingizni istaymiz :-)

Mille.uz

23 Nov, 18:50


#challange #16kun

Kitob nomi:
"Ar-rahiq al- maxtum"
Muallifi:
Safiyyurrahmon Muborakfuriy
O’qilgan sahifa:
21 bet

Iqtibos: “Ularga kenglik (uzoq hayot) bo’lganidan ketin qalbi qotib qoldi” (Hadid: 16)
Inson hayoti davomida doimo farovon yashasa ham qalbi qotib qolib, ne’matlarni ko’rolmaydigan bo’lib qoladi. Bu sinov, imtihonlar Alloh Taoloning bizga bergan rahmatidir.

@mille_uz  — kitob o‘qishni odat qilishingizni istaymiz :-)

Mille.uz

23 Nov, 17:27


Book.uz dagi mushukcha rosa men bilan o’ynadi 😂, bola bilan bo’lib sizlarga kitoblrni ko’rsata olmadim)

Mille.uz

23 Nov, 13:31


Book.uz dan qaysi kitoblarni ko’rsatay?

Mille.uz

22 Nov, 18:43


#challange #15kun

Kitob nomi:
"Ar-rahiq al- maxtum"
Muallifi:
Safiyyurrahmon Muborakfuriy
O’qilgan sahifa:
32 bet

Iqtibos: Quraysh ahli Suhayil ibn Amrni Islomni qabul qilmasliklaridan oldin Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning oldilariga jo’natishadi. Suhayil ibn Amr qaytib kelib: “ Men ko’p joylarda safarda bo’ldim. Rim imperiyalarini ham ko’rdim. Lekin, Muhammadning as’hoblari unga ko’rsatgan muomalani hech bir joyda ko’rmadim. Muhammadning as’hoblari, u tahorat qiladigan bo’lsa, sachragan suvlarini o’zlariga surib olishadi. Undan oldin so’z gapirishmaydi, uning ko’ziga tik qarashmaydi. Sizlar ortiqcha harakat qilib ovvora bo’lmanglar. Bu Muhammadning yonidagi as’hoblari o’zlarining jonlarini berishsa beradiki, lekin Payg’ambarini tashlab qo’yishmaydi. Ovvora bo’lasizlar, umidlaringizni uzingizlar”, dedi.

@mille_uz  — kitob o‘qishni odat qilishingizni istaymiz :-)

Mille.uz

22 Nov, 09:23


Yo'lda mashinalar qatnovi kam, avtobuslar bo'sh, masjidlar esa to'la, xatto masjid atrofi ham joynamoz ustida o'tirgan odamlar bilan gavjum, demakki bugun JUMA, demakki bugun ulug' kun...

Ayyomingiz muborak bo‘lsin 🌷)

#Alhamdulillah

Mille.uz

21 Nov, 17:44


— Baxtga to’lishing uchun nimalar kerak?
— Sevimli kitobim va tinch joy shuni o’zi yetarli 🥰

@mille_uz — kitob o’qishni odat qilishingizni istaymiz :-)

Mille.uz

21 Nov, 17:07


#challange #14kun

Kitob nomi:
"Voz kech va tinchlan"
Muallifi:
Adem Gunesh
O’qilgan sahifa:
20 bet

Iqtibos: Ancha yillardan so’ng angladimki, bir bolakay otasining o’limi, faqatgina bir shaxsning o’limi emas… U umidlarning o’limi…Tuyg’ular parchasining o’limidir…

@mille_uz  — kitob o‘qishni odat qilishingizni istaymiz :-)

Mille.uz

20 Nov, 16:22


#challange #13kun

Kitob nomi:
"Muhabbat oyatlari"
Muallifi:
Hasanboy Fayzulloh Salohiddin
O’qilgan sahifa:
91 bet (Kitob tugatildi.)

Iqtibos: — Dunyo bilan oxirat mashriq bilan mag’ribga o’xshaydi: ularning biriga qancha yaqinlashsang, ikkinchisidan shuncha uzoqlashasan.

@mille_uz  — kitob o‘qishni odat qilishingizni istaymiz :-)

Mille.uz

19 Nov, 18:17


…)

Mille.uz

19 Nov, 18:07


#challange #12kun

Kitob nomi:
"Muhabbat oyatlari"
Muallifi:
Hasanboy Fayzulloh Salohiddin
O’qilgan sahifa:
25 bet

Iqtibos: — Bulut suvning og’irligini ko’tarishdan ojiz qolganda yomg’ir yog’a boshlaydi. Qalb azobu mashaqqatni ko’tarishdan ojiz qolganda ko’zyosh to’kila boshlaydi.

@mille_uz  — kitob o‘qishni odat qilishingizni istaymiz :-)

Mille.uz

19 Nov, 16:28


Yangi videolarni mana shu havola orqali ko’rishingiz mumkin!

https://www.instagram.com/mille_uz?igsh=MWdsc3kzcG9teGxxYg%3D%3D&utm_source=qr

Mille.uz

18 Nov, 17:14


#challange #11kun

Kitob nomi:
"Muhabbat oyatlari"
Muallifi:
Hasanboy Fayzulloh Salohiddin
O’qilgan sahifa:
70 bet

Iqtibos: — Bu hayotda to’g’ri yo’lda ekansiz, dunyoning bir chetidagilar va hatto dengizdagi baliqlar ham sizga yordam berishni istaydi. Aksincha, niyatingiz buzuq bo’lsa, sizni hatto o’zingizniki bo’lganlar ham yo’q qilishi mumkin! Kibru havo — gunohlar dengizi, nafs — shahvatlar dengizi, o’lim — umrlar dengizi, qabr — nadomatlar dengizidir.

@mille_uz  — kitob o‘qishni odat qilishingizni istaymiz :-)

Mille.uz

18 Nov, 13:20


Китобларим билан овора бўлиб сендан чалғиганим рост.
Аммо ишон, бирор кун бўлсада, энг гўзал китобим сенинг кўзларинг эканлигини унутганим йўқ.
💙

@Utrujjah_pg 💚

Mille.uz

17 Nov, 18:55


#challange #10kun

Kitob nomi:
"Men (Bas qil, ey nafs!)"
Muallifi:
Fotih Duman
O’qilgan sahifa:
32 bet (Kitob tugatildi.)

Iqtibos: — Bolam fitna o’ldirmaydi deding. Yo’q, fitna ham o’ldiradi. U ko’ngillarga, sevgiga, birodarlikka, samimiyatga zarar beradi. Badanning o’limi ko’ngil o’limining yonida bir onlik xushdan ketishdek gap.

@mille_uz  — kitob o‘qishni odat qilishingizni istaymiz :-)

Mille.uz

17 Nov, 18:31


.

Mille.uz

16 Nov, 18:47


#challange #9kun

Kitob nomi:
"Men (Bas qil, ey nafs!)"
Muallifi:
Fotih Duman
O’qilgan sahifa:
30 bet

Iqtibos: Shuni angladimki, asl sultonlik bu dunyoda emas, narigi dunyoda ekan. Foniy dunyoda sulton bo’lish — qul, xizmatchi bo’lish degani ekan.

@mille_uz  — kitob o‘qishni odat qilishingizni istaymiz :-)

Mille.uz

15 Nov, 18:29


#challange #8kun

Kitob nomi:
"Men (Bas qil, ey nafs!)"
Muallifi:
Fotih Duman
O’qilgan sahifa:
30 bet

Iqtibos: Axir dunyoga mukkasidan ketgan kishining eng katta dushmani —vaqtdir. Vaqt uning bor-yo’g’ini olib, zaif ahvolga tushirib qo’yadi. Lekin xuddi o’sha vaqt deganlari dunyodan voz kechib, oxirat uchun yashayotganlarga yaqinlashmaydi, yaqinlasha olmaydi. Chunki vaqt oxirat uchun harakat qilayotganlarni sevganiga, ya’ni Alloh taologa yaqinlashtiradi. Sevgisi faqat dunyo bo’lganlarni esa haqiqiy sevgilisidan, ya’ni Allohdan uzoqlashtiradi. Vaqt — dardi faqat dunyo bo’lganlar uchun balodir. Vaqt degan hakamning dunyoda sabr qilib, hidoyat yo’liga bosh qo’yganlardan oladigan hech narsasi yo’q.

@mille_uz  — kitob o‘qishni odat qilishingizni istaymiz :-)

Mille.uz

15 Nov, 13:03


Sizlar bilan birgalikda yana avvalgi aktivlikka qaytishimizga ishonaman albatta 🤓) Qo’llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur

Mille.uz

14 Nov, 17:56


#challange #7kun

Kitob nomi:
"Men (Bas qil, ey nafs!)"
Muallifi:
Fotih Duman
O’qilgan sahifa:
35 bet

Iqtibos: Qadimda yashagan odamlarning tilida dunyo degan narsa faqat mol-dunyodan iborat emas edi. Dunyo — nafs degani, xirs, orzu-havas, kibr, shahvat, gina-kudurat, nafrat degani edi… Ular uchun bu dunyoda yashash emas, balki undan qutulib, omon qolish muhim edi. Bizning zamonamizda esa dunyoga ega bo’lish eng oliy maqsad bo’lib qoldi. Avvalgi insonlar yashashni majburiyat deb bilishgan, biz esa dunyoni zarurat deb hisoblayapmiz. Tilimizda “Hayot faqatgina bu dunyodan iborat emas”, deymiz, lekin yashashimiz, xatti-harakatimiz xuddi bu dunyoda abadiy qoladigan odamnikidek bo’lib qolgan.

@mille_uz  — kitob o‘qishni odat qilishingizni istaymiz :-)

Mille.uz

14 Nov, 09:06


https://www.instagram.com/mille_uz?igsh=MWdsc3kzcG9teGxxYg%3D%3D&utm_source=qr

Xullas yangi videolarni yubormoqchi edim, o’xshamadi. O’ziylar ko’rib olinglar endi 😄

Mille.uz

13 Nov, 17:16


Kitob o’qigan bo’lsangiz yozib qoldiring kechagi kun ham hech kim yozmadi)

O’qimayotgan bo’lsangiz, o’zim davom etaveraman. Intizom shakllanishi uchun ham o’qiyveraman. Aktiv bo’lgan obunachiga beriladigan kitobni ham o’zim aktiv bo’lganim uchun o’zimga hadiya qilaman 🥳

Uraaaa kitob yonimga qoldi,
(lekin hali ham imkoningiz bor )

Mille.uz

13 Nov, 17:13


Eng qiyini ancha vaqt kanalga hech narsa yozmay, oylar o’tganidan keyin yana avvalgi aktivlikka qaytib olish uchun harakat qilish.

Xuddi o’zim bilan o’zim yozishib o’tirganga o’xshayman. 🤦‍♀️😂

Mille.uz

13 Nov, 16:46


#challange #6kun

Kitob nomi:
"Men (Bas qil, ey nafs!)"
Muallifi:
Fotih Duman
O’qilgan sahifa:
30 bet

Iqtibos: Alloh uchun qilgan ishingizning oxiri xayrdir, nafs uchun qilganingiz esa falokatdir.

@mille_uz  — kitob o‘qishni odat qilishingizni istaymiz :-)

Mille.uz

13 Nov, 11:07


https://www.instagram.com/reel/DCTvZ1cI9cI/?igsh=MWEya25hMzJ3NXpicQ==

Mille.uz

12 Nov, 15:30


#challange #5kun

Kitob nomi:
"Men (Bas qil, ey nafs!)"
Muallifi:
Fotih Duman
O’qilgan sahifa:
40 bet

Iqtibos: Sendan uch istagim bor. Man shu eshikdan bu xonaqohga kirishing uchun uch narsadan voz kechasan. Birinchisi — mol-mulkingdan voz kechasan! Chunki mol-mulk senga berilgan imtihondir. Mol-dunyo sevgisi bilan Alloh sevgisi bir qalbda aslo yonma-yon turmaydi. Ikkinchi o’rinda maqomdan, martabadan, shuhratingdan voz kechasan! Chunki shuhrat og’uli o’qqa o’xshaydi. Shon-shuhratning lazzatini bir marta totib ko’rgansan keyin butun dunyo meniki deb o’ylaysan. Uchinchisi — nafsingni oyoqlaring ostiga olib, ezasan. Chunki insonning eng buyuk dushmani nafsdir, u har doim sen bilandir, ammo o’zini senga sezdirmaydi.

@mille_uz  — kitob o‘qishni odat qilishingizni istaymiz :-)

Mille.uz

12 Nov, 11:47


?

Mille.uz

11 Nov, 19:31


https://youtu.be/Ytu7-4HQGwk?si=OLA5-b_3IHizonRU

Mille.uz

11 Nov, 17:15


https://www.instagram.com/reel/DCOXGm4IXX2/?igsh=MW41cG14NTB5ZWpnYw==

Mille.uz

11 Nov, 15:30


#challange #4kun

Kitob nomi:
"Men (Bas qil, ey nafs!)"
Muallifi:
Fotih Duman
O’qilgan sahifa:
34 bet

Iqtibos: Men — Muhammad Muhyiddin Uftodaman. Butun umrim bir raqibga qarshi jang bilan, kurash bilan o’tdi. Bu hayotda har bir insonning bir kurashi bor. Mening kurashim esa nafsimga qarshi bo’ldi. Eng buyuk, katta dushman nafs ekanligini anglab yetdim. U har doim sen bilan, lekin u senga dushman… Uni yengish uchun umrimni berdim. U qanchalik oyoq tirab, meni yo’ldan ozdirishga urinsa, men ham shunchalik sabru sabot ko’rsatdim. U ham aslo yengilmadi, qo’lini siltab, kurashni tashlab ketmadi. Oxirgi nafasimda ham u bilan jang holatida edim. Shuni juda yaxshi bilar edimki, men o’lmaguncha u ham o’lmaydi.

@mille_uz  — kitob o‘qishni odat qilishingizni istaymiz :-)

Mille.uz

11 Nov, 07:42


📣 DIQQAT TANLOV!!!

https://www.instagram.com/stories/mille_uz/3498746658712324269?utm_source=ig_story_item_share&igsh=MXQ2dmxkdTgwMHhtaA==

Mille.uz

10 Nov, 16:10


BEPUL kurs o'qib, 2 haftada 500$ daromadga chiqishingiz mumkin 👇

Bor-yo‘g‘i 2 haftada sotuvchi saytlarni qurishni o‘rganib, darhol daromad topishni boshlang! Bu maxsus videokurs sizni noldan mijoz topish va pul ishlashgacha bosqichma-bosqich olib boradi.

Kurs muallifi: 8 yillik tajribaga ega, 5,000 dan ko'p o'quvchilarga ta'lim bergan Ismoil Safarov

O'rganish narxi 997 ming so‘m, lekin 15-noyabrgacha mutlaqo BEPUL! Natijani ko‘rmoqchimisiz? Hoziroq quyidagi sayt orqali qo'shiling!

👉🏻 ismoilsafarov.uz
👉🏻 ismoilsafarov.uz
👉🏻 ismoilsafarov.uz

Mille.uz

10 Nov, 15:59


#challange #3kun

Kitob nomi:
"Men (Bas qil, ey nafs!)"
Muallifi:
Fotih Duman
O’qilgan sahifa:
34 bet

Iqtibos: Allohga osiy bo’lgan shayton har ishni qila olishiga ishonasan-u, Allohning izni bilan Allohning do’sti qila oladigan ishga nima uchun ishonmaysan?

@mille_uz  — kitob o‘qishni odat qilishingizni istaymiz :-)

Mille.uz

10 Nov, 12:13


Shunaqa mard bormi 😂

Mille.uz

08 Nov, 15:02


Mille.uz pinned «#challange30 ⚡️Ertadan, oyning boshi, yangi yil kirishi bilan degan bahonalarni aytmagan holda. Shu bugundan boshlab o’zim uchun kitob o’qish bo’yicha 30 kunlik challange e’lon qilmoqchiman. Challange ga qo’shilmoqchi, birga kitob o’qimoqchi bo’lganlar bo’lsa…»

Mille.uz

08 Nov, 15:01


#challange #1kun

Kitob nomi:
"Men (Bas qil, ey nafs!)"
Muallifi:
Fotih Duman
O’qilgan sahifa:
34 bet

Iqtibos: Qilmishlaring uchun yig’laysanmi hech? Gunohlaringdan uyalib, ko’zingga yosh kelganmi hech?
Yig’layapsan… Yig’layapsan, inson. Yig’layapsanki insonsan, insonsanki yig’layapsan.
Lekin sen g’ofil yig’lasam o’tib ketadi”, deb o’ylayapsan. Yo’q, yig’i malham emas, anglash malhamdir! Sen esa anglamayapsan.

@mille_uz  — kitob o‘qishni odat qilishingizni istaymiz :-)

Mille.uz

08 Nov, 12:26


#challange30

⚡️Ertadan, oyning boshi, yangi yil kirishi bilan degan bahonalarni aytmagan holda. Shu bugundan boshlab o’zim uchun kitob o’qish bo’yicha 30 kunlik challange e’lon qilmoqchiman. Challange ga qo’shilmoqchi, birga kitob o’qimoqchi bo’lganlar bo’lsa marhamat. Intizom uchun har kuni o’qilgan sahifalar miqdorini kanalga yozib boraman, siz esa aynan o’sha post ostiga o’zingiz o’qigan kitob sahifasini yozib qoldirasiz.

❗️Ha aytgancha, agar bir kun kitob o’qilmay qolib ketsa, jazo tariqasida eng aktiv bo’lgan bir obunachiga kitob hadiya qilaman. Ko’ramiz nechta kitobga tushar ekanman 🤓

Istasangiz instagramda belgilab qo’ysangiz ham xursand bo’lar edim:
https://instagram.com/p/DBnoE2fAzIL/

Hurmat bilan yana kitob o’qishga qattiq bel bog’lagan:
@Mille_uz

Mille.uz

26 Oct, 19:45


https://youtu.be/WPuxPXM5rzE?si=axZu6fyzQSH2TtVh

Mille.uz

10 Oct, 18:33


Buni yendi deb o'qigani vijdonim qiynaladi, endi deb o'qishga g'ururim chidamaydi.

Mille.uz

10 Oct, 18:33


Э bilan Е, farqiga bormaydiganlar krillchada yozsa ensam qotadi.
Й bilan Е to'g'ri ishlatolmaydiganlarni aytmasa ham bo'laveradi

🥴

Mille.uz

24 Sep, 16:31


Sizlarga bir foydali ma’lumot bilan keldim)

#xayrlikech

Mille.uz

12 Sep, 08:28


Davom et!
Davom et!
Davom et!

Mille.uz

10 Sep, 17:21


* * *

Robbim!
Suyukligim!
Rahmdil Egam!
Sen desam ichimda Shaytonim oʻldi.
Boshimda ne tashvish, ne gʻam boʻlsa ham,
Oʻzing nazaringdan qoʻymasang boʻldi!

Yolgʻon Dunyoyingda omonman hamon,
Gohida nishonman, gohida kamon,
Boshimdan qulasa, qulasin Osmon,
Oʻzing nazaringdan qoʻymasang boʻldi!

Boʻxtonlar botqogʻi boʻgʻzimgacha goh,
Baʼzan koʻngli choʻlman, baʼzan chaman bogʻ,
Hatto  bor odamzot yuz oʻgirgan chogʻ,
Oʻzing nazaringdan qoʻymasang boʻldi!

Bir qultum havoni olsalar malol,
Jabr qilsalar ham jonga bemalol,
Zaxar tutsalar ham, tutsalar ham bol,
Oʻzing nazaringdan qoʻymasang boʻldi!

Umrimiz besh lahza oʻtguncha goʻyo,
Yarmimiz haqiqat, yarmimiz roʻyo,
Qodir yaratganim, har ikki dunyo,
Oʻzing nazaringdan qoʻymasang boʻldi!

✍️ Malika Tavfiq

@mille_uz - kitob o'qishni odat qilishingizni istaymiz :)

Mille.uz

10 Sep, 15:41


Kitob o’qib ko’r!

@mille_uz - kitob o'qishni odat qilishingizni istaymiz :)

Mille.uz

07 Sep, 13:52


Kimda qanday taklif bor?!

Mille.uz

06 Sep, 19:23


​​​​Qo'shnilar Abdulloh va Rustam bitta korxonada ishlashadi, shu sababli ham doim ishga birga borib kelishadi, bugun ham odatdagidek ishni tugatib birgalikda uylariga ketishdi. Bugun har kungiga qaraganda ish ko'p bo'lganligi bois, har ikkalasi ham juda charchagan edilar. Yo'lda suhbat qurib ketishar ekan, Abdulloh do'kondan bolalariga shirinliklar olishi kerakligini aytdi, Rustam ham unga ergashib do'konga birga kirishdi, har kim o'z farzandlari uchun narsa xarid qildi va do'kondan chiqib yana birgalikda yo'llarida davom etishdi. Va nihoyat uylariga yetib kelishib, xayrlashib o'z uylariga qarab ketishdi. Abdulloh eshik qo'ng'irog'ini bosishi bilan ayoli Xadicha eshikni ochib, tabassum bilan kutib oldi, bolalari Hadiya va Mustafo esa otasidan yashirinib olishib, piqir-piqir kulishar, to'satdan chiqib kelib otasini qo'rqitishmoqchi edi, bolalari qayerga berkinganini bilib tursada ularni izlar va chiqib kelishganida esa xuddiki o'zini qo'rqqandek ko'rsatar, buni ko'rgan bolalari esa yanada miriqib kulishar edi. Abdullohning ishdan kelishi mana shunday xursandchilikka aylanib ketardi. Abdulloh bolalari uchun olganlarini ularga berarkan, ularning shodligiga shodlik qo’shildi. Otalariga rahmat aytib qo’llaridan o’pib yugurgancha ketishdi. Keyin birgalikda kechki taomni tanavvul qilishdi. Ovqatdan so’ng Xadicha va Abdulloh bolalariga Payg’ambarlar haqidagi qissalardan o’qib berishdi. Keyin ularni uxlatib. Birgalikda tajahhud namozini o’qishdi. Rustamning uyida esa vaziyat umuman boshqacha edi. Eshik qo’ng’irog’ini ancha vaqtdan buyon bosib turganiga qaramay hech kim eshikni ochmasdi, yana biroz toqatsizlikdan so’ng xotini eshikni ochib yana telefonda gaplashgancha xonaga kirib ketdi. Bolalari esa kompyuter va telefondan boshlarini ko’tarishmadi ham, salom ham berishmadi. Ular uchun olgan shirinliklari esa stolning bir chetida qarovsiz qoldi. Rustam unga bo’layotgan bu muomaladan siqilar, ammo ko’nikib ham ulgurgan edi. Oshxonada turgan sovuq ovqatdan xohlar-xohlamas biroz yeganday bo’ldi-yu, dam olish uchun xonaga kirdi.
Mana tong ham otdi Abdulloh va Rustam o’sha joylarida yana ko’rishib birgalikda ishga yo’l olishar ekan. Abdulloh kechagi charchoqlarni butkul unutgan, xushchaqchaq va tetik, Rustam esa kechagi kundan ham madorsiz bir ahvolda edi. Chunki oiladagi muhit, atrofingizdagi odamlar, ularning sizga bo’lgan munosabati sizga kuch-quvvat berishi yoki aksincha bo’lishi ham mumkin.

Xulosa o’zingizdan, kimning hayotini tanlaysiz? Bu sizning va atrofingizdagilarning qo’lida.

✍️ Mille
📚 "Hayot" deb nomlagan ekanman)

@mille_uz - kitob o'qishni odat qilishingizni istaymiz :)

Mille.uz

03 Sep, 18:36


Iymonni bir muazzam saroy desak, uning ichiga kirmoq uchun yurib borish kerak, balki tikanzorni yalangoyoq bosib o’tishga to’g’ri kelar.

✍️ Tohir Malik


@mille_uz - kitob o'qishni odat qilishingizni istaymiz :)

Mille.uz

03 Sep, 09:32


Kunlar o'taveradi va bir kuni Allohim senga eng xayrlisini xayrli vaqtda nasib etganligiga amin bo'lasan. Shunda seni sinagan vaqtlarida bergan sinovlariga sabr qilmay, noligan vaqtlaringni eslab o'zingdan uyalasan, yuzing qizaradi, o'zingni koyiysan. Nega o'shanda sabr qilmadim deb)

Baxtli kunlar bor, ular keladi, men ishonaman, sen ham ishon, umid qil va albatta sabrli bo’l!

Mille.uz

31 Aug, 09:10


Siz qanday fikrdasiz?

Video instagramdan olindi!

Mille.uz

30 Aug, 11:06


Kanalda tanlov boshlaymiz!

Tanlov uchun qaysi kitoblarni o’qishni maslahat berasiz? Fikringizni yozib qoldiring.

G’olib bo’lgan ishtirokchilarga kitoblar o’z manzillarigacha yetkazib beriladi.

Mille.uz

23 Aug, 13:10


Mana nimaga kitob o’qimay qo’yishgan 😐

@mille_uz - kitob o'qishni odat qilishingizni istaymiz :)

Mille.uz

22 Aug, 16:25


Oxirgi bor o'qib tugatgan yoki hozirda mutolaasi bilan mashg'ul bo'lgan kitobingizdan o'zingizga yoqqan jumlani yozib qoldiring!

Kitob nomi va muallifi ham esdan chiqmasin, jumla orqali kitobga qiziqgan insonlar topib o'qishlari uchun bu muhim!

@mille_uz - kitob o'qishni odat qilishingizni istaymiz :)

Mille.uz

19 Aug, 19:21


Hayotda turli to’siqlarga uchrab, sinovlarni boshidan o’tkazgan kishi payg’ambarlarning yo’lidan yurgan aziz inson sanaladi.

✍️ Yaxyo ibn Muoz

@mille_uz - kitob o'qishni odat qilishingizni istaymiz :)

Mille.uz

18 Aug, 16:43


* * *

Oʻzimdan oʻzimga kelar koʻp jabr,
Oʻzimning borligim oʻzimga malol.
Kunduzlarim bardosh, tunlarim sabr,
Ketganingdan beri har kun shu ahvol!

Qudratli qoʻshindek jang qilar malʼun,
Berilmay qolingan oxirgi savol.
Nega?
Va yoki qaysi bir gunohim uchun?
Ketganingdan beri har kun shu ahvol!

Doʻzoxidan qochib, qoshimda nozir,
Sogʻinch deb atalgan bir koʻzli dajjol.
Mening ham yashashga haqqim bor axir?!
Ketganingdan beri har kun shu ahvol!

Qalbni oʻgʻirlashga qilmadinku or,
Kerakmi,  ol, xasta yurakni ham ol.
Bu dardning na dori, na tabibi bor,
Ketganingdan beri har kun shu ahvol!

Zafaron rangimdan xijolatda kuz,
Seningchi, hanuz ham yanoqlaring ol.
Bosib yashayapman yuragimga muz,
Ketganingdan beri har kun shu ahvol!

Sendan xafamasman, koʻngling boʻlsin toʻq,
Xatoning hammasi menda, ehtimol.
Yoʻlingni poylashdan boshqa ishim yoʻq,
Ketganingdan beri har kun shu ahvol!

✍️ Malika Tavfiq

@mille_uz - kitob o'qishni odat qilishingizni istaymiz :)

Mille.uz

14 Aug, 18:05


https://t.me/+BF5u8s2pyWZhZTky

Mille.uz

11 Aug, 09:55


Ko‘nglim tilimdan, tilim esa ko‘nglimdan xafa.
Ko‘nglim, tuyg‘ularini anglata olmagani uchun tilimdan xafa bo‘lsa,
Tilim, anglata olmaydigan narsalarni o‘ylagani uchun ko‘nglimdan xafa...

✍️ Jaloliddin Rumiy

@mille_uz - kitob o'qishni odat qilishingizni istaymiz :)

Mille.uz

09 Aug, 14:03


🎉

Mille.uz

06 Aug, 18:12


***

Cho’lda tuya minib ketayotgan badaviy arab har safar dam olish uchun to’xtaganida Alloh taologa o’zi va o’lkasi uchun xayrli narsalarni so’rab duo qilar edi. Bir kuni qarshisidan o’zi tomon kelayotgan bir kishini uchratdi. U yaxshi niyatli inson bo’lgani tufayli uchratgan odamidan biror yomonlik kelishini xayoliga ham keltirmadi. Suvsizlikdan lablari qurigan odam badaviydan suv so’radi. U yonidagi ozgina suvi qolgan meshini haligi kishiga uzatdi. Suvni so’nggi tomchisigacha simirib ichgan odam badaviyni itarib tashladi- yu, tuyani yetaklab qochishga tushdi.
Arab uning ortidan xotirjam ovozda:
— Mayli, tuyam seniki bo’la qolsin, faqat, iltimos, bu tuyani mendan olib qochganingni aslo birovga ayta ko’rma, — dedi.
Bu gapni eshitgan o’g’ri darhol to’xtadi, hayron bo’lib, undan nega bunday deyayotganini so’radi. Yuragida zarra kiri bo’lmagan badaviy arab:
— Agar bu voqeani biror kimga gapirib bersang, tezda mish - mish bo’lib, atrofga yoyilib ketadi. Natijada odamlar cho’lda qolgan muhtojlarga sira yordam bergisi kelmay qoladi… — deya javob berdi.


📚 “Muhabbat oyatlari”
✍️ Hasanboy Fayzulloh Salohiddin O’rmonbek o’g’li

@mille_uz - kitob o'qishni odat qilishingizni istaymiz :)