Jurnalistika - ilk qadam @jurnalistika_ilk_qadam Channel on Telegram

Jurnalistika - ilk qadam

@jurnalistika_ilk_qadam


• Jurnalistika
• Muxbirlik
• Boshlovchilik va oratorlik

Instagram.com/Jurnalistika_ilk_qadam
Youtube.com/@jurnalistika_ilk_qadam


Murojaat uchun: @ustozjurnalist

Jurnalistika - ilk qadam (Azerbaijani)

Jurnalistika - ilk qadam adlı Telegram kanalına xoş gəlmisiniz! Kanalımız jurnalistika, muxbirlik, boshlovchilik və oratorlik haqqında müxtəlif məqalələr, məlumatlar və məsləhətlər paylaşmaq məqsədilə yaradılmışdır. Əgər siz də jurnalistika sahəsində öz bacarıqlarınızı inkişaf etdirmək istəyirsinizsə, bu kanal tam sizin üçün var! Jurnalistika, muxbirlik, boshlovchilik və oratorlik barədə son trendləri öyrənmək və digər mütəxəssislərlə fikirləri mübadilə etmək istəyirsinizsə, bizim kanalımıza qoşulmaq sizi həqiqi məhsullar və informasiyalarla təmin edəcək.

Kanalımızda ən son məqalələr və videolar üçün Instagram.com/Jurnalistika_ilk_qadam və Youtube.com/@jurnalistika_ilk_qadam səhifələrimizi izləyə bilərsiniz. Bizi daim oxuyun və rəylərinizi bölüşün!


Əgər sualınız, tövsiyəniz və ya təklifiniz varsa, rahatlıqla @ustozjurnalist kanalımıza müraciət edə bilərsiniz. Görüşmək ümidilə, bizi izləməyə davam edin!

Jurnalistika - ilk qadam

20 Jan, 11:05


@jahongirboltaboyev1

Jurnalistika - ilk qadam

20 Jan, 10:31


Mish-mishlarga koʻra 1-kurslar uy uyiga ketarkan.

Bu degani huddi boshida ochilgandek 70 ta odam boraman deydi oxirida 10 ta (shular ham oʻzimni oldindan oʻqigan oʻquvchim ) keladi😂😂😂

Jurnalistika - ilk qadam

18 Jan, 15:13


O'zJOKUda ochilgan toʻgarak oʻz faoliyatini davom ettiradi

O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida "Tahlil va tahrir" to'garagi qishki taʼtildan soʻng yana oʻz faoliyati davom ettiradi.

To'garakda siz nimalarni o'rganasiz?
✓ Notiqlik
✓ Maqola yozish texnikasi
✓ Reportoylik mahorati

Faqat shanba kuni soat 12:00da 3/4 xonada boʻlib oʻtadi.

Batafsil maʼlumot @uzjoku_jadid_avlodlari

Murojaat uchun +998935821898
@jahongirboltaboyev1

Jurnalistika - ilk qadam

16 Jan, 12:33


Xalqaro jurnalist kim?

Xalqaro jurnalist deb global OAVlarda ishlaydiganlarni aytishadi. Yaʼni oldingi postda aytilganidek BBC, CNN va hokazolar. Bundan tashqari Oʻzbekistonni oʻzida turib ham xalqaro jurnalist boʻlish mumkin.

Vazifasi jihatidan farqlanishi
"BBC va CNNlardagi ishlaydiganlar xalqaro jurnalistmi" degan tabiiy savol tugʻiladi.
Har doim bularni sanab oʻtishimning asosiy sababi bunday OAVlar juda koʻlamli auditoriyani qamrab olgan.
Demak xalqaro jurnalist oʻzi aslida qaysi OAVda ishlashidan qatʼiy nazar uning olib chiqayotgan mavzulari global boʻlishi muhim. Global - bu butun yer yuziga taalluqli boʻlgan mavzularga nisbatan aytiladi.
Global taʼsiri bor siyosiy nizolar, global hodisalar va turli xil butun yer aholisiga taalluqli masalalar. Misol uchun: global chuchuk suv tanqisligi, iqtisodiy inqirozlar va nizoli holatlar. Bunday global mavzularni yoritgan muxbirlar xalqaro jurnalistlar hisoblanadi.
Mahalliy jurnalistlar ham agar olib chiqayotgan mavzulari doimiy ravishda global boʻlsa uni ham xalqaro jurnalist desak boʻladi. Qachonki uning tayyorlagan materiallar xalqaro maydonlarda boʻlsa.

Xalqaro jurnalistlardan qanday narsalar talab qilinadi?

Xalqaro jurnalist inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga amal qilishi. Muayyan davlatning milliy, irqiy, etnik va diniy yaxlitga tahdid qiluvchi axborotlarni tarqatmasligi kerak.
Xalqaro jurnalist ikki davlat oʻrtasidagi nizoli holatlarni xolis yoritish talab qilinadi. Soddaroq qilib aytganda yoritishi mumkin boʻlgan narsalarda uning insoniyat taʼsiri ham oʻylashi kerak. Yaʼni tasavvur qiling! Agar jurnalist bir davlat urush qilgan qaysidir davlat. Urush mutlaqo keraksiz, shunchaki bosqinchilik boʻlsa-da, ushbu vaziyatda davlatni emas urush harakatlarini qoralashga haqqi bor. Oddiy qilib aytganda qoʻshingiz boshqa yonidagilar bilan urishgan vaqtida faqat urush oqibati salbiy ekanligini ayta olasiz. "Bu yomon odam shunga hamma qoʻshnilar bilan urishadi" deyish xato. Chunki bu noxolislik boʻladi.

@Jurnalistika_ilk_qadam
@abituriyent_jurnalist

Jurnalistika - ilk qadam

16 Jan, 04:36


Intervyu dasturi I

Intervyu nima ekanligini koʻpchilikka maʼlum, hatto jurnalistikaga begona odamlarga ham. Oddiy qilib aytganda jurnalist va qahramon oʻrtasidagi suhbat.

Ammo qoidalarini hamma ham bilmaydi.

1⃣ Jurnalistning qahramondan bir pogʻona ustun turib gapirishi.
Yevropaning bir guruh intervyu oladigan taniqli jurnalistlar guruhining umumiy fikricha, Jurnalistning qahramondan ustun turishi shart. Agar qahramon hokim boʻlsa siz undan bir pogʻona ustun boʻlib savol berishingiz lozim. Aksariyat jurnalistlar bu narsani bilmay koʻp xato qilishadi.

Misol uchun: Tasavvur qiling zoʻr futbolchidan intervyu olyapsiz. Agar oʻzingizni undan past bilsangiz faqat yaxshi taraflarini yoki hamma bilgan maʼlumotlarni koʻrishingiz mumkin.

Oʻzbekistonda aksariyat jurnalistlar yangi ochgan intervyu dasturlari juda tez fursatda yopilishi mumkin. Sababi mashhurlar orqali tezroq koʻtarilishni xohlashadi. Mashhurlar orqali koʻtarishiga qarshi emasman. Mashhurlardan oʻzini past bilib savol berishi natijasida odatda hamma bilgan narsalarni olib chiqadi. Hatto oʻzingiz uchun juda hurmat qilgan insoningizdan (ustozingiz, sizga yordam bergan, kumeringiz boʻlsa) ham balandroq turib savol berishingiz, yana ham yaxshi natija beradi.

"Nishonda" loyihasi jurnalistida juda koʻp shu holatni koʻraman va oʻzi xohlagan javobni doim oladi.

@Jurnalistika_ilk_qadam

Jurnalistika - ilk qadam

15 Jan, 16:31


Media kontent V

TOʻRTINCHI QADAM - XARAKTERNI DETALLAR

Baʼzan kadr ortidan sharhlamasdan ham umumiy muhit haqida maʼlumot berishimiz mumkin. Bu qanday boʻladi?

Xarakterni detallar bu kadrdagi voqeaning umumiy maʼlumoti yaʼni mavzu nima haqida ekanligini ochib beradigan kadr. Tajribali jurnalist doim xarakterni detallar bilan umumiy maʼlumot beradi. Misol uchun; Yigʻilish boʻlayotgani odamlarning daftariga yozayotgani orqali kadrda koʻrsatishimiz seminar haqida umumiy maʼlumot beradi. Kimningdir uhlab yotgani yoki ensasi qotganini koʻrsatish orqali esa yigʻilish zerikarli boʻlayotganidan xabar beradi.

Xarakterni detallar odatda insonlarga juda ham kuchli hissiyot bera oladi. Misol: "Coca-Cola" Ramazon oyiga bagʻishlangan reklamasi bor. Bir qiz yugurib keladi. Sohil boʻyidagi qizni koʻrib ikkita "Cola" olib yoniga boradi. Sohilda turgan qiz roʻza tutgani to quyosh botmaguncha kutib turishi orqali ochib bergan. Bu yerda quyoshning botishini kutishlari asosiy xarakterni detal hisoblanadi.

Agar xarakterni detalsiz olinganda. Qiz "Cola"ni olib kelardi. Nargi qiz esa men roʻzaman der edi. Va siz va biz uchun taʼsiri kuchli boʻlgan oddiy video. Yuqoridagi holatda ham video oddiydir ammo hissiyot bor.

@Jurnalistika_ilk_qadam

Jurnalistika - ilk qadam

15 Jan, 14:28


@jahongirboltaboyev1

Jurnalistika - ilk qadam

14 Jan, 19:16


Hali koʻrsatib qoʻyaman

Bilasizmi bu eng ahmoqona gap.
Yillar davomida sizga ishonmaganlar koʻp boʻladi. Ammo yoʻlingiz toʻgʻri ekanligini bilsangiz kimgadir nimanidir isbotlash shart emas. "Erkak kishini omadi bilan oʻynashma" kabi internet statuslar ham mantiqsizlik.

Birinchidan har ikki gap ham oʻzini ovutish. "Hali koʻrsatib qoʻyaman" barcha energiyani isbotlash uchun sarflashdan boshqa narsa emas. Siz butun umringiz oʻzingizni topish uchun emas. Kimdir sizga bir ogʻiz "haq ekansan" deyish uchun sarflash ahmoqlikdan boshqa narsa emas.

Agar siz nimagadir erishishni istasangiz erishasiz va kimnidir qarsaklari uchun emas bu. Oʻzingizni topganingizda atrofidagilarni siz haqingizda nima deyishi qizigʻi ham qolmaydi. Isbotlovchilar doim isbotlaydi bugun buni isbotlasa ertaga boshqa narsani isbotlaydi.

"Erkak kishi omadi bilan oʻynashma" bu ham gʻalati oʻzini ovutish. Haqiqiy erkaklarni gapi emas. Ha albatta bugun omadi kelmayotgandir. Ammo tagini surishtirsangiz harakati omad kelmayotgan darajada emas. Xuddi gunohni oʻzi qilib shaytonni ayblagandek. Harakat nol joyda omadsiz deyish ham gʻalati.
Kuchli erkak uchun bu hech qachon shior emas.

Unutmang! Maqsad omadlar gʻiybatidan pastda boʻlsa u maqsad emas shunchaki xayolga aylanadi.

@Ustozjurnalist

Jurnalistika - ilk qadam

14 Jan, 15:32


14-yanvar bayram kayfiyatida
50%lik chegirma

Faqat maqola yozishni oʻrganmoqchi boʻlganlar murojaat qiling 👇👇👇
@jahongirboltaboyev1

Jurnalistika - ilk qadam

14 Jan, 12:56


Hijobli jurnalist

Juda ogʻriqli mavzu ekanligini bilaman. Oʻzbekistonda mavjud telekanallarda hijob bilan bogʻliq holatlar ogʻriqli mavzu. Bunga oz-moz oydinlik kiritsak.

✓ Hijob va soqolga qoʻyilgan taqiq bu diniy erkinlikni cheklash emas aksincha diniy neytrallikni saqlash deb hisoblaydi. Lekin bu mutlaqo mumkin emas degani emas. Mendagi maʼlumotlarga qaraganda bunday tartib qoidalarda barcha emas maʼlum bir odamlar istisno qilinadi.

• Telekanalda uzoq yillik tajribaga ega odamlar aynan hijobda tanigan va oʻrganga jurnalistlar.
• 40 yoshdan yuqori boʻlganlar.

Odatda bu telekanallarda bunday neytrallikni saqlash aniq bir sabab yoʻq. Ammo bu tartib ancha yillardan beri borligi uchun hozircha oʻzgartirish kiritilmagan.

✓ Hijob bilan jurnalist boʻlish mumkin faqat televideniye efirda emas. Kadr ortida ishlash mumkin. Ammo hozirgi kunda internet tarmoqlarida bunday cheklovlar yoʻq. Juda koʻplab saytlar hijobli qizlar bilan ishlaydi.

Televideniyeda efir uchun chiqa olmasangiz ham ammo kuchli jurnalist boʻlishingizda eʼtiqodingiz hech qanday hal bermaydi. Jurnalistika faqat telekanaldan iborat emas.

@Ustozjurnalist

Jurnalistika - ilk qadam

14 Jan, 11:26


Bizni qoʻllab quvvatlash uchun 👇👇👇

https://tirikchilik.uz/jurnalistikailkqadam

Jurnalistika - ilk qadam

14 Jan, 10:02


Hech qachon qilmagan ishim

Juda koʻplab telekanal, saytlarda hamda axborot xizmatlarida yetarlicha tanishlarim bor. Baʼzida ular "oʻzingiz oʻqitgan yaxshi shogirdingiz tavsiya qiling" deyishadi. Shunda ular ichidan eng yaxshisini tavsiya qilaman.
Yaqinda ham shunday boʻldi yaʼni "Mening yurtim" telekanalidan yaxshi ishchi kerak deb soʻrashdi. Oʻzimda hamda "jadid avlodlari"da oʻqigan oʻquvchim tavsiya qildim.

Toʻgʻrisi juda koʻp oʻquvchilarimni ishli qilgan. Lekin hech qachon buni PR sifatida ishlatmaganman. Chunki menda oʻqiydiganlar men oʻrgatgan narsalarni qilsa albatta muvaffaqiyatga erishadi. Faqat meni oldimga telekanalga kirsam boʻldi deb emas oʻzimni ustimda ishlab yaxshi natijaga erishaman deb kelishini istayman.

Agar ularni ish bilan taʼminlashni va qiladigan boʻlsa ular rivojlanish uchun emas faqat ishli boʻlish uchun kurslarimga yoziladi. Bu esa 50 oʻquvchidan 4 tasi ishli boʻladi degani. Chunki mening imkoniyatlarim cheklangan qoʻlim butun Oʻzbekiston jurnalistlariga yetmaydi. Ammo sifatli kadr boʻlishsa, oʻzlari ularni topishadi.
Men tavsiya qilganlarim 10 ga yaqin boʻlsa oʻz yoʻlini topgani 100 dan oshiq.

10 ta ichida boʻlish yaxshi 100 ta koʻproq imkoniyat degani.

@Jurnalistika_ilk_qadam

Jurnalistika - ilk qadam

13 Jan, 13:42


Media kontent IV

UCHINCHI QADAM - MAQSADGA MUVOFIQ RAVISHDA KUZATISH

Tajribali jurnalist doim kuzatadi va koʻproq informatsiyaga ega boʻladi.

1⃣ Hissiy jihatdan yorqin epizodlar.
Bunday kuzatishda odamlarning hissiyotlarini ochib beradigan detallarni yigʻish tushuniladi. Misol uchun; yegʻlash, kulish, zerikish va h.k. demak biz majlis zerikarli boʻlgani bildirish uchun uni aytishimiz shart emas, kadrda koʻrsatsak yaʼni kimning zerikganini koʻrsatish orqali chiqarib beramiz.

2⃣ Ziddiyatni ochib beradigan epizodlar. Bunday ziddiyatlarni yigʻamiz. Misol uchun; darslar haqida media mahsulot tayyorlayapmiz, darsga kirdik, oʻqituvchi telefon oʻynab oʻtiribdi. Yoki qaysidir oʻquvchi uhlab yotibdi. Bular orqali vaziyat boshqa taraflarini ham koʻrishimiz mumkin.

Demak eng yaxshi narsa bu kuzatish!

@Jurnalistika_ilk_qadam

Jurnalistika - ilk qadam

12 Jan, 18:40


Eslab qolish qobiliyatini shakllantirish

Aslida hech qanday murakkablik. Men yillar davomida qoʻllab kelgan usul bor.

✓ Birinchi asosiy qoida takrorlamang! Cognitive Load Theory (Kognitiv yuklama nazariyasi) shunday deyiladi keraksiz ravishda takror va takror oʻqish oshiqcha yuklama olib kelib eslab qolishni pasaytiradi.

Maʼlumotlarni vizuallashtirish. Hali ham esimda 2014-yil birinchi marta qoʻlimga kitob olib oʻqidim. Oʻsha 10-sinf Jahon tarixi edi. Oʻqish jarayonida urushni hatto muzokaralar jarayoni vizual koʻz oldimga keltirib oʻqidim. Natija hozirgacha esimda.

✓ Yozish va oʻzlashtirish. Maktab payti umuman darslarga bormaganman. Ona tilidan bilimlarim nol edi. Chunki matematika jihatdan ancha yaxshi edim. Ona tilini oʻzlashtirish uchun 5-sinfdan boshlab faqat qoidalarni koʻchirib chiqdim. Natija esa hozir 9 yillik maktab bilimi kabi.

✓ Super xotira texnologiyasi. Qurilishda ishlagan vaqtimda
20 ta raqamlarni eslab qolish. Xayolan daftar tutgandek va uni ichiga yozgandek tasavvur qilish orqali 20 ta ishchini telefon raqamni jadval qildim. Natijada barchasiga istalgan vaqt telefon qilish imkonini yaratdim. Chunki menda telefon yoʻq lekin ularga aloqaga chiqishim kerak edi.

@Jurnalistika_ilk_qadam

Jurnalistika - ilk qadam

12 Jan, 12:36


Diqqat "jadid avlodlari" toʻgaragi qaytadi.

✓ Notiqlik
✓ Maqola
✓ Reportoylik

Shanba kuni soat 12:00 da

Joy va xonani bilish uchun kanalga aʼzo boʻling!👇👇
@uzjoku_jadid_avlodlari

Jurnalistika - ilk qadam

12 Jan, 12:15


Kitoblar bizni oʻzgartiradimi?

Ha, oʻzgartiradi faqat bu qadriyatimizga bogʻliq. Menda vijdonga boʻlgan sadoqat juda kuchli. Agar unga qarshi ish qilsam ruhiyatimga qattiq taʼsir qiladi. Shuning uchun ham meni oʻzgartirgan kitob aynan vijdonimga kuchli taʼsir qilgan. U kitobda yaralish va undagi maqsad juda goʻzal ochib berilgan.

Kitob nomi "Yusuf Tovoslining Hikmatlar Xazinasi"

Ushbu kitobda Buxoriy va Muslim rivoyatlari asosida yozilgan. Kimgadir tavsiya qilaman deb ayta olmayman. Chunki kitobni qabul qilish har kimning oʻz qadriyatlariga bogʻliq!

Umuman sizga eng mashhur odam kitob tavsiya qilsa ham siz uni oʻz qadriyatlaringizga muvofiq oʻqiysiz va sizni oʻzgarishi ham shunga bogʻliq

@Jurnalistika_ilk_qadam

Jurnalistika - ilk qadam

11 Jan, 23:20


Baho doimo nisbiy

5 yil dars berish davomida oʻzimga oʻxshagan dangasalarni koʻp koʻrdim. Dastlab dars qilmasa jahlim qattiq chiqardi. Keyin-keyin baʼzilar uchun bu tabiiy ekanligini aniqladim. Shunaqa holatlar boʻladi yaʼni dars qilmagan ammo oʻzlashtirishi juda kuchli. Berilgan vazifa qilsa keragidan ortiqroq qilishi mumkin. Muhimi harakat qilsa natija bor. Motivatsiya berib bugun ishirib erga yoʻq boʻlib ketganidan yoki qattiq qoʻllik tufayli yashashi bajarib ammo fikrlash oʻsishi toʻxtashidan qoʻrqaman. Yaʼni oʻqituvchiman ammo hayotiga taʼsir qilishni istamayman.

Rivojlanishni ich-ichidan his qilib yetish uchun koʻproq fokus qarataman.

Agarda sen 4 soat shugʻullansang natija qilasan deb qatʼiy turib olsa u hech qachon oʻzi boʻlmaydi. Topshiriq bajaruvchiga aylanadi.

Shuning 10 daqiqa tushunchalar qolgani oʻzining harakati uchun vaqt ajrataman.

Men oʻz qadriyatlarim asosida dars oʻtaman va baholayman.

✓ Hech qachon bir necha reja boʻyicha darsni oʻzlashtira olmadi degani umuman yaroqsiz degani emas. Chunki kimni qobiliyati yozishda kimnikidir kuchli nutqda.

✓ Dangasalik normal holat. Dangasalikni yeng deb tayoq tutmayman. U shu yoʻlini oʻzi tanlagan majburligidan kelmagan. Qachon oʻzini bu yoʻlda topmasa tezroq toʻxtatish uchun imkon berish kerak. Shu yoʻl uniki ekanligini anglagan kuni dangasalik hech qachon qilmaydi. Bu jarayonni tezlashtirishga urish buni buzadi.

✓ Meni aytganimni qilmadi bu mening ogʻrigʻim. Pedagogik hech qachon bolani oʻzlashtira olmasligiga oʻzi javobgar deb emas oʻzini yangiliklarga qay darajada tayyor ekanligini nazorat qilishi kerak. Chunki men oʻzimdan guvoh har yili har xil energiyadagi oʻquvchini oʻqitaman. Uning oʻzlashtira olmasligiga yagona sababchi faqat men.

Men faqat oʻzimni baholayman ular orqali va bu meni yanada yaxshi boʻlishimga sabab. Men yaxshimanmi menga ergashadiganlar ham yaxshi degani

@ustozjurnalist

Jurnalistika - ilk qadam

11 Jan, 13:00


Kurs ikki boʻlib toʻlab qatnashsa boʻladimi deb yozishgan ekan

Ayni vaqtda faqat 5 kishi uchun mumkin

Murojaat uchun @jahongirboltaboyev1

Jurnalistika - ilk qadam

10 Jan, 15:11


Media kontent III

IKKINCHI QADAM KONFLIKT

Konflikt - qarama-qarshilik yoki ziddiyatlar.
Konfliktlar media mahsulotlarini qiziqarli qila oladi. Demak uni aniqlash uchun esa biz toʻrtta qadamni bosib oʻtamiz.

Birinchi qadam: Vaziyat yoki muammo qanday yuzaga keldi? Har qanday harakat yoki jarayonining dastlabki bosqichi haqida maʼlumot.

Ikkinchi qadam: Kimlar qatnashishdi yoki kimlar yordam berdi? Vaziyatni bartaraf etish uchun kimlar harakat qildi.

Uchinchi qadam: Yechimga yaqinlashdimi? U xoh muammo boʻlsin yoki vaziyat yakuni boʻldimi yoki yoʻq buni ham kuzatish.

Toʻrtinchi qadam: Vaziyat qaysi tomonga hal boʻldi? Ijobiy yoki salbiy hal boʻldimi?
Bularning barchasi kuzatish orqali konfliktni topamiz.
Masalan, giyohvand uchun dorini topish ungacha boʻlgan yoʻlni olaylik.
Qadamlar misolida
1. Dastlab dorisiz qoldi.
2. Pul topishga urinish.
3. Pulni topa oldimi yoʻqmi?
4. U dorini oldi yoki uni ushlab olib ketishdi.

Dorini olgani jarayoni tabiiy ketishi. Doriga yeta olmasligi bu konflikt hisoblanadi.

Yana bir qancha misol:
Oʻzbekistonning rivojlanishi haqida seminar boʻlyapti svet oʻchib qoladi.

Qolgan misollarni izohda qoldiring!

@Jurnalistika_ilk_qadam

Jurnalistika - ilk qadam

10 Jan, 14:19


Menda ishlab turgan raqamlar
+998990448798 x
+998339221898 x
+998935821898✓
+998910041898✓

Ikkita raqamim ishlamayapti

Jurnalistika - ilk qadam

10 Jan, 09:25


Hali ham imkoniyat bor

Jurnalistika - ilk qadam

10 Jan, 09:02


Kanalni nima uchun bir boshidan oʻqib chiqinglar deyman. Mana sababi...

Jurnalistika - ilk qadam

10 Jan, 09:01


1-savol: Nega aynan jurnalist bo‘lmoqchisiz? Bu tanlov kimning ta’sirida bo‘ldi?

Javob: Shaxsiy fikr bilan javob beramiz.

Ochigʻi koʻproq vaqtim televideniye koʻrish bilan oʻtgan edi. "Yoshlar" telekanali orqali oldinlari koʻpgina qiziqarli shou dasturlarni koʻrar edim. Turli xil oʻrmonlar, hayvonlarning yashash tarzidan tortib hayotimizda qoʻllanadigan biron bir narsaning qanday yasalganigacha.

Umuman olganda jurnalistlarning turli nuqtalardan axborot olish men uchun qiziq tuyuldi. shu sababdan ham jurnalistikani tanladim!!!

Jurnalistika - ilk qadam

08 Jan, 16:24


Media kontent II

Oʻquvchi bormagan joyga borish
Bu haqida yuqoridagi postda yozilgan

Qoidalari

Birinchi qoida: Masofa va toʻsiqlarni yengib oʻtish. Bunda "joy uzoq, odamlar intervyu bermaydi" degan toʻsiqlarni hali ishni qilmasdan turib qoʻyib olmaslik kerak. Vaziyat va holat yoki shaxslarni hayotini ochib berishda masofa va toʻsiqlarni yengib oʻtish.

Ikkinchi qoida: Ijtimoiy guruhlar ichiga kirish.
Mavzuni ichidan oʻrganish. Boʻmish haqida hikoya qilayotgan boʻlsangiz uni ichidan koʻrsangiz yaʼni bir kunlik hayotini oʻrganish orqali chuqurroq maʼlumotlarga ega boʻlamiz. Uning muammolarini topib unga yechim ham topishimiz mumkin. "Subyektiv"da loʻlilarning hayoti hikoya roʻligini olib chiqqan jurnalist boshqalarga nisbatan ularning hayoti haqida koʻproq maʼlumotga ega. Sababi u mavzuni ichidan oʻrgangan.
Baʼzi hollarda ijtimoiy guruhlar ichiga kirishda "niqoblanish yoki jurnalist oʻz kasbini oʻzgartiradi" degan iboralar ham mavjud boʻlib, bunda jurnalist mavzu boʻyicha holatga tushishi lozim. Yaʼni geymerlar haqida hikoya qilmoqchimisiz, unda oʻzingiz ham oʻyinlarni oʻynab koʻrib ularni ichidan koʻrishingiz va qiyinchiliklarini his qilishingiz lozim.

@Jurnalistika_ilk_qadam

Jurnalistika - ilk qadam

08 Jan, 09:10


Bu @uzjoku_jadid_avlodlari toʻgaragi darsidan lavha

Jurnalistika - ilk qadam

08 Jan, 08:53


Ijodiy imtihon - toʻrtinchi dars

Har qanday savolga tayyor turish uchun eng sodda usul

Ijodiy imtihonlarning suhbat jarayonida asosan sohadan kelib chiqqan holda turli xil savollar beriladi. Aniq bir turdagi savol beradi degan tushuncha yoʻq. Sababi savol beruvchi javob beruvchidan kelib chiqqan holda savol beradi. Chunki bu imtihon abituriyentni qobiliyatini tekshirish uchun va baʼzida topshiriq ham berib qolishi mumkin. Lekin aniq bir nizom yoki qolipdagi savollar yoʻq.

Baʼzida siz umuman yetarli tushunchaga ega boʻlmagan savol berilish tabiiy hol. Va bunday holatda vahimaga berilmay imkon qadar xotirjam vaziyatdan chiqib ketishingiz lozim.

Birinchi usul - javobni umumiylashtirish orqali javob berish.
"Bu haqida toʻliq maʼlumotga ega emasman, ammo koʻpchilik shunday fikrda..." Bunday javob ortiqcha boʻlar boʻlmas gap sotishdan sizni olib chiqib kam narsa maʼlum ekanligini yengil bildirish. Bu holatda sizni ortiqcha bu borada savolga tortmaydi.

Ikkinchi usul - yaxlit fikr orqali javob berish. Baʼzida sizdan hali aniq tushunchaga ega boʻlmagan narsalaringiz haqida soʻrab qolishi mumkin. Bu holatda ham yengil chiqib ketishingiz maqsadga muvofiq.
Misol uchun sizdan hozirgi kundagi oʻzbek jurnalistikasi haqida soʻradi. Bu holatda koʻpchilik xato qiladi. Oshiqcha fikrlar kerak emas.
Yengil chiqish: "Bu sohada yetarlicha katta tajribaga ega emasman hali havaskorman. Lekin havaskor sifatida shunday fikrdaman..." deb oʻz fikringizni fikringizni bildiring! Bunday javob berish fikringiz xato boʻlsa ortiqcha izohlashga hojat qoldirmaydi. Chunki siz hali bu sohada fikr bildirish darajasida emasligingizni koʻrsatadi.

@Jurnalistika_ilk_qadam
@abituriyent_jurnalist

Jurnalistika - ilk qadam

07 Jan, 17:58


Turizm tizimi haqida II

Yuqori yozilgan postdagi maʼlumotni internetdan olishingiz mumkin.
Oʻzbekiston turizmi aslida juda achinarli ahvolda.

Hozir kunda 51 ta davlat fuqarolari elektron tarzda rasmiylashtirish orqali, 91 ta davlat fuqarolari vizasiz besh kunlik muddatgacha vizasiz yuroladi. 51 ta davlat esa elektron tarzda rasmiylashtirish orqali kiradi atigi besh kunga.

Viza bilan esa quyidagicha
7 kungacha — 40 AQSh dollari; 
15 kungacha — 50 AQSh dollari; 
30 kungacha — 60 AQSh dollari; 
3 oygacha — 80 AQSh dollari; 
6 oygacha- 120 AQSh dollari; 
1 yilgacha — 160 AQSh dollari.

Hozirgi kunda turizmi rivojlangan davlatlarning barchasida sayohatlar uch viza bekor qilingan. Yevropa Ittifoqidagi davlat hatto bir davlatdan ikkinchi davlatga oʻtishda oddiy oq yotiq belgi yoki birgina axborot ishora belgisini koʻrishingiz mumkin. "Siz Germaniya davlatiga kirdingiz" degan

Siyosiy jihatdan turizmni yaxshi rivojlantirish oʻzi yopiq boʻladi davlatlardan boshqa barchasiga vizasiz bir oygacha yurish tizimni qoʻllash kerak.

Turizm uchun vazirlik ham ochilgan lekin bizda odamlar kelish qanday.

Oʻtgan yili subʼektiv https://youtu.be/ydMYyb-jbpI yaxshigina tanqid qilib chiqqan edi.

Bu hali hammasi emas, Oʻzbekiston havo yoʻllari aksiyadorlik jamiyati tomonidan oʻtkaziladigan reyslar narxi juda qimmatligi ham bilasizmi? Yana bir monopoliya...

Turizm nima uchun kerak?

Agarda turizm boʻlmasa ichki iqtisodiy bilan cheklanamiz. Yaʼni pulni oʻng choʻntakdan chap choʻntakka solgandek gap. Kelayotgan har bir turist oʻzi bilan Oʻzbekistonga valyuta olib keradi. Chet eldan qazib olinayotgan oltindek gap. Mehmonda turadi, ovqatlanadi va Oʻzbekistondan estalik sifatida nimalardir ham oladi.

@Jurnalistika_ilk_qadam

Jurnalistika - ilk qadam

07 Jan, 05:23


Tajriba faqat tavakkaldan paydo boʻladi

2017-yil oʻqishga kira olmagach ingliz tiliga borishga qaror qildim. Hali ingliz tilidan baʼzi yetarli boʻlmay turib dars berishga qiziqib oʻqituvchilik qildim. Dastlab 20 ta odamga dars berdim. Bu juda katta risk ekanligini oʻsha paytda anglamagan ekanman. Oʻzimga boʻlgan ishonchim haddan ziyod yuqori ekan oʻsha payti.

2019-yil yosh jurnalistlar maktabiga oʻqishga kirib 5 oylik kurs hali yakuniga yetmay turib "Jurnalistika - ilk qadam" kanalini ochib dars bera boshladim. Hali jurnalistik tajribam yoʻq lekin yana tavakkal qildim. Notiqlik, maqola yozish kabilarni oʻrgata boshladim. Bu ham aslida katta risk edi.

2020-yili bir oʻquvchimning otasining shaxsiy gazetasi bor ekan. Shunga meni ishga oldim muharrir sifatida. Tassavur qilyapsizmi hali muxbir sifatida ham tajriba ega boʻlmagan bolaga muharrirlik. Bu ham aslida juda katta risk.

2021-yil birinchi offlayn darslarga oʻqituvchi sifatida chaqirishdi. Hali bironta marta jurnalistikadan offlayn dars oʻtmagan edim. Ammo men uchun muvaffaqiyatli boʻldi. Qashqadaryo aynan shunisi bilan bir umrga esimda qoldi. U yerdagi birinchi offlayn oʻquvchilarim ham.

Huddi shu yili menga matbuot kotibi lavozimini taklif qilishdi. Birinchi marta media kontent sohasidagi birinchi rasmiy ishim edi.

2022-yil men uchun boshqa eshiklar ochildi. Hali bironta oliy taʼlimda oʻqimay turib magistratura dissertatsiyasini yozish taklifi tushdi. Yana tavallal qilib oldim. Olganda ham birinchi ish bepul demasdan yaxshigina pulga olgan edim.

Huddi shu yili birinchi marta abituriyent tayyorlashni boshladim. Juda qiziq tarafi hali oʻzim talaba emas. Ammo natija haqiqat zoʻr boʻlgan barchasi kirgan. Buning eng katta riskli joyi birinchi onlayn darslarni pullik tarzda oʻtganman.

Hamma qilgan tavakkallarim men uchun ulkan dars boʻlgan. Shuning uchun hech qachon tavakkal qilishdan qoʻrqmayman. Agar 2017-yilni oʻzidayoq bunday qilishdan qaytganimda hozirgi kunda Rossiyada ishlab yurgan boʻlar edim.

Bugun oʻzimni yaxshi ustoz sifatida ayta olaman. Jami 5 yillik ichida murabbiylik uchun barcha fokusimni qaratdim. Va bugungi kunda mukammal natijasi yuqori boʻlgan dasturni ishlab chiqdim. Natija juda ham zoʻr.

✓ 90% abituriyentim talaba
✓ 25% menda oʻqigan oʻquvchi oʻz ishini topgan(yaʼni 500 yaqin oʻquvchimdan 100 dan oshigʻi)

Bunday natijalarning barchasiga ochigʻi ustozim Madamin Boymatovning hissasi katta. Chunki barcha tavakkallarimni ular bilan maslahat qilganman.

Hech qachon oʻzingizni topishdan choʻchimang!

@ustozjurnalist

Jurnalistika - ilk qadam

06 Jan, 18:59


Turizm tizimi haqida

Turizmning tarixi XIX asr boshlariga borib taqaladi. Dastlab Angliyadan Fransiyaga uyushgan sayyohlik tashkil etilgan (1815). Turizmning asoschisi hisoblanmish ingliz ruhoniysi Tomas Kuk 1843-yilda 1-temir yoʻl sayyohligini tashkil qildi. Shundan soʻng u oʻzining xususiy turistik korxonasini tuzdi va 1866-yilda dastlabki sayyohlik guruxlari AQShga joʻnatildi. Sharqda arab sayyohi Ibn Battuta 21 yoshida sayohatini boshlab, deyarli barcha Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlarini piyoda kezib chiqdi.

Oʻzbekistonda turizm sohasiga rahbarlikni "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi (27-iyul, 1992-yilda tuzilgan) olib boradi. Kompaniyaning asosiy vazifasi turizm infrastrukturasini rivojlantirish, chet el sarmoyasini jalb qilib zamonaviy turistik komplekslarni barpo etish, yangi turistik yoʻnalishlarni ishlab chiqish, xizmatlar doirasini kengaitirish va boshqalardan iborat.

Wikipedia manbasi

@Jurnalistika_ilk_qadam

Jurnalistika - ilk qadam

06 Jan, 16:22


Media mahsulotlarini sifatli tayyorlash yoʻli - Media kontent

Media kontent 7 ta muhim qadamdan iborat.

Birinchi qadam oʻquvchi bormagan joyga borish. Bunda hali kashf qilmagan, odamlar koʻzdan uzoqda yoki hech kim ahamiyat bermagan joy, vaziyat va hodisalar nazarda tutiladi.

Misol uchun; Bekobod tumanining Oybek hududida shirin suv chiqadi. Uni odamlar mashinalarga ortib Bekobod shahriga olib borib sotadi. Bu jarayon Bekobod ahli uchun oddiy hol va ahamiyati qaratadigan darajada jiddiy emas. Ammo mavzuga boshqa tarafdan qaralsa suv tashuvchilar oddiy haydovchilardan koʻproq topadi. Bu esa qiziq jarayon hisoblanadi.

Bundan tashqari eksperiment oʻtkazish ham boʻlib, hamma koʻrib bilib yurgan narsani yoki ishni jurnalist eksperiment oʻtkazib koʻrsa va oʻzida his qilgan narsa bilan boʻlishish bu ham oʻquvchi bormagan joyga borish hisoblanadi.

Bunday doir misollar juda koʻp. Faqat ahamiyatli boʻlish kerak.

🎤@Jurnalistika_ilk_qadam

Jurnalistika - ilk qadam

06 Jan, 09:39


Murojaat uchun @jahongirboltaboyev1

Jurnalistika - ilk qadam

06 Jan, 05:56


Sayohat jurnalistikasi

Sayohat jurnalistikasi Oʻzbekiston uchun juda zarur hisoblanadi. 2016-yilga qadar Oʻzbekiston ham yopiq hudud, turizm sohasida esa judayam past koʻrsatkichda edi. Hattoki freedomhouse.com saytida ham demorkatik darajasi ham juda past boʻlgan. Hozirgi kunga kelib bu koʻrsatkich 11% ga oshganini koʻrishimiz mumkin.

2022-yildan boshlab Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida sayohat jurnalistikasi yoʻnalishi ochildi.
Buning asosiy sababi Oʻzbekiston turizmni rivojlantirish.

Turizm dunyodagi eng arzon marketing biznesi hisoblanadi. Bu davlat foydasiga juda katta foyda keltiradi.
Misol uchun; Turkiyaning Istanbul, Izmir va Antaliya shahrini olaylik. Bu shaharning deyarli asosiy iqtisodiyot turizmdan.

Demak sohaga toʻxtalsak. Ushbu yoʻnalishga kirgan talabalar birinchi bosqichda dastlab nazariya haqida batafsil maʼlumot berib boriladi.
✓ Jurnalistika va ommaviy axborot vositalari asoslari.
✓ Sayohat jurnalistikasiga oid maʼlumotlar.
Bundan tashqari vazirlik tomonidan taʼsis etilgan fanlar majmuasi
✓ Oʻzbekistoning eng yangi (sveji) tarixi

Ikkinchi bosqichdan siz sohada material tayyorlash boʻyicha maʼlumotlar olsangiz

Uchinchi bosqich tahlil qilishni oʻrganasiz

Toʻrtinchi bosqichda esa sayohat jurnalistikasining janrlarini ham oʻrganasiz va amalda bir necha loyihalarni qilib yuborgan boʻlasiz ham.

Toʻrt yillik taʼlimda sayohat jurnalistikasi borasida bilimlarni oʻzlashtirib, turizm haqida yetarlicha tushunchaga ega boʻlasiz.

@Jurnalistika_ilk_qadam

Jurnalistika - ilk qadam

05 Jan, 16:42


Kadrlar va ularni montaj jarayonida qoʻllash

Detalni plan - biror bir aniq nuqta. Misol uchun ko‘zi, quloq yoki boshqa bir narsa eshikni ruchkasi shunga o‘xshash narsalar.

Yirik plan - alohida ahamiyat qaratish uchun. Yuz yoki ko‘pchilik ichida kimdir ajratib ko‘rsatish.

O‘rta plan - beldan tepasi. Buni intervyuda qo‘llaysiz.

Umumiy plan - butun ob'ektni ko‘rsatish yoki orqa fon to‘liq ko‘rinish kerak. Bir guruh o‘quvchini olish ham. Umumiy planda hamma narsa to‘liq ko‘rinishi shart!

Bularni yaxshiroq tushunib yetsangiz, montajchilarning bir oltin qoidasini unutmang!

"Hech qachon ikkita plan ketma-ket kelmaydi"

@Jurnalistika_ilk_qadam

Jurnalistika - ilk qadam

05 Jan, 11:46


Menda ishlab turgan raqamlar
+998990448798 ☑️
+998339221898 ☑️
+998935821898✖️
+998910041898✖️

Ikkita raqamim ishlamayapti

Jurnalistika - ilk qadam

05 Jan, 08:18


"Jadid avlodlari" toʻgaragini yana boshlaymizmi?

Izohlarda yozib qoldiring!

Jurnalistika - ilk qadam

03 Jan, 16:39


Eslatma yanvar oyidagi soʻngi jurnalistika kursi boshqa boʻlmaydi

Murojaat qiling @jahongirboltaboyev1

Jurnalistika - ilk qadam

03 Jan, 11:20


Diqqat yangi yil uchun super chegirma notiqlik kurs maxsus

Bor yogʻi 150 ming soʻmlik kurs
Hafta bir kun bir oyga moʻljallangan
Faqat yakshanba kunlari soat 12:00 da
Notiqlik kursi

Bu turli ishdagilar hamda qoʻshimcha vaqt topa olmaydiganlar uchun qulay ham arzon kurs

Notiqlik kurs uchun tezroq murojaat qiling! 10 kishi olinadi faqat. Murojaat uchun @john_ten

Jurnalistika - ilk qadam

01 Jan, 13:57


Ijodiy imtihon haqida dars

@Jurnalistika_ilk_qadam

Jurnalistika - ilk qadam

01 Jan, 11:59


Yuqoridagi audio darslikning jami 76 ta toʻliq varianti bor. Agar kerak boʻlsa kanal narxi 200 ming soʻm.

Murojaat uchun @jahongirboltaboyev1

Jurnalistika - ilk qadam

01 Jan, 11:58


Mana oʻsha darsliklar kanali

Jurnalistika - ilk qadam

01 Jan, 10:45


Darslar 6-sanadan boshlanadi

✓ 5 oylik premium kurs haftada 3 kun oyiga 375 ming soʻm

✓ Maqola yozish kurs

Arzonlashtiril kurs 200 ming oyiga haftada ikki kun Shanba yakshanba kunlari

Murojaat qiling joylar soni cheklangan @John_ten

Spam boʻlganlar uchun @jurnalistikakurslarbot

Jurnalistika - ilk qadam

01 Jan, 08:10


Jurnalistika ilk qadam kanalining ochishdan maqsad

Dastlab oʻzim bilgan narsalarni auditoriyaga taqdim etishdan boshlandi. Keyinchalik dars shakliga oʻtib ketdi. Kanal uch yarim yildan oshiqroq vaqt oʻtdi.

Hozirgi kunga qadar kanal orqali oʻqitgan oʻquvchilarimni 50 dan oshigʻi oʻz faoliyatini boshlab boʻlgan.

2022-yildan boshlab kanalda ijodiy imtihon uchun tayyorgarlik kurslar ochildi. Dastlab 20 ta abituriyent oʻqigan boʻlsa ularning hammasi yuz foiz talaba boʻlgan. Bu yilning hisobiga 40 ga yaqin abituriyent tayyorladim. Ulardan 30 tasigina va 2024-yil 50 tadan 46 tasi talaba boʻldi. Ha qaysidir jihatdan yiqilgan talabalarda ham meni ham ularning aybi bor.

Umuman olganda taʼlim berish fikridan bir necha marta qaytdim. Lekin maqsad faqat taʼlim emas.

Jamiyatga asosiy taʼsir oʻtkazuvchilar aynan jurnalistlardir. Ularning birgina xato axboroti qanchalik ommaga tasir qilishini yaxshi bilaman va koʻp bora guvohi boʻlganman.

Maqsad, yosh jurnalistni siyosiy axborotlarni qurboni boʻlmasligi. Bunga hissamni qoʻsha olsam juda xursandman.

@Jurnalistika_ilk_qadam

Jurnalistika - ilk qadam

31 Dec, 19:04


Yangi yil bilan

Jurnalistika - ilk qadam

25 Dec, 17:06


Abituriyentlar uchun ikki kun bepul dars

30-31-dekabr kunlari

Soat 16:00 da

Jurnalistika - ilk qadam telegram kanali orqali boʻlib oʻtadi

Mavzular

✓ Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalaridagi jurnalistika yoʻnalishlari

✓ Ijodiy imtihon uchun kerakli bilimlar

Ammo osonlikcha emas😁

Shu postni maksimal tarqating!
Boshqalarga ham foydali boʻlsin...

@Jurnalistika_ilk_qadam

Jurnalistika - ilk qadam

24 Dec, 11:40


Mana oʻsha darsliklar kanali

Jurnalistika - ilk qadam

24 Dec, 07:29


Yuqoridagi audio darslikning jami 76 ta toʻliq varianti bor. Agar kerak boʻlsa kanal narxi 200 ming soʻm.

Murojaat uchun @jahongirboltaboyev1

Jurnalistika - ilk qadam

24 Dec, 07:28


Yozib olingan darslik

🎤@Jurnalistika_ilk_qadam

Jurnalistika - ilk qadam

23 Dec, 14:56


Diqqat, eʼlon!

Agar siz jurnalistikani mukammal oʻrganishni istayotgan talabalar yoki abituriyentlardan boʻlsangiz, bu kurs aynan siz uchun!

5 oylik mukammal jurnalistika kursi

1-oy: Jurnalistikaga kirish va tanqidiy fikrlash

Jurnalistika janrlari bilan tanishish

Soxta xabarlarni aniqlash ko'nikmalari


2-oy: Maqola yozish sanʼati

Badiiy publitsistika maqolalari

Informatsion maqolalar yozish texnikasi

Ilmiy maqolalar tayyorlash


3-oy: Notiqlik sanʼati

Hayajonni yengish texnikalari

Nutqni rivojlantirish usullari

Shevani bartaraf etish


4-oy: Reportaj texnikasi

Reportaj turlari bilan ishlash

Reportaj tayyorlashning amaliy usullari


5-oy: Media kontent yaratish

Media kontentni professional tarzda tayyorlash

Senariy yozish bo'yicha bilim va ko'nikmalar


Barcha darslar onlayn formatda o‘tiladi, sizga qulay va sifatli taʼlim taklif etiladi.

🎓 Jurnalistikaga oid bilimlaringizni rivojlantirish va yangi qirralarni kashf qilish uchun imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun murojaat qiling.

1-yanvarga qadar yangi guruh uchun murojaat qiling

@jahongirboltaboyev1

@jurnalistikakurslarbot

Jurnalistika - ilk qadam

23 Dec, 11:37


Bogʻbonlar va ustozlar

Bogʻbonlarning uch hil turi bor

✓ Chopadigan

✓ Butaydigan

✓ Payvandlaydigan

Endi shularni ustozga yoʻnaltirsak

✓ Chopadigan ustoz shogirdi fikrini "yoʻq" deb chopib, oʻz fikrini singdirishga harakat qiladi. Bu orqali oʻquvchini rivojlanishini oʻzi bilgan holda toʻsadi.

✓ Butlovchi ustoz shogirdi bildirgan fikrni xato ekanligini bilsa uni toʻxtatib oʻziga yechim qoldiradi. Bu orqali oʻquvchini xatolarni tuzatishga oʻrgatadi.

✓ Payvandlovchi ustoz shogirdi fikrini eshitib undan eng muhimlarini oʻziga tushuntirib yangi fikrlar bilan toʻldirish orqali oʻquvchilarni oʻzi topishi uchun yordam qiladi. Yaʼni uning shogirdlari hayotda oʻz yoʻlini topa oladigan boʻladi.

Turli oʻqituvchilar boʻladi. Siz qanday ustoz tanlashingiz oʻzingizga havola.

Meni qanday deb bilasiz buni aytish esdan chiqmasin😁😁

@ustozjurnalist

Jurnalistika - ilk qadam

21 Dec, 16:15


Endi bu adolatdan emas

"Jadid avlodlari" toʻgaragida notiqlik darslari oʻtaman va u yerga kelganlar juda oʻzi ustlarida qattiq ishlaydiganlar ekan. Ikki haftani ichda ovozida juda zoʻr oʻzgarish koʻrdim qoyil.

Toʻgʻri tezlashtirgan dastur ishlab chiqqanman. Ammo bu bunchalik tez effekt berishini kutmagan edim. Men ular bilan uzoq ishlab yuraman deb oʻylagandim. Endi bunisi adolatdan emas. Rejalar erta amalga oshdi.

Eng adolatsiz joyi ovozi yoʻq chiqmaydi deb oʻylaganim oʻzini ustida qattiq ishlagan ekan, uniki ham ideal...

@uzjoku_jadid_avlodlari

Jurnalistika - ilk qadam

21 Dec, 07:52


Murojaat uchun @Muhammadali_jurnalist

Jurnalistika - ilk qadam

21 Dec, 07:52


Assalomu alaykum.
Bolalar adabiyoti bilan shug‘ullanadigan yozuvchi, rassom, shoirlar bo‘lsa lichkamga yozinglar. Foydali taklif bor

Jurnalistika - ilk qadam

08 Dec, 18:28


Diqqat kasting Shoxruh Ergashevning Sevgimni Olardim bozorlaringdan taronasi klipi uchun kasting e’lon qilamiz…!❤️‍🔥

7 yoshdan 45 yoshgacha bolgan yigit va qizlarni kastingga chaqiramiz🎥

Murojaat uchun: @rejissor_uz yoki +998935825577 ☎️

Klip toshkent shaxrida 11-dekabr kuni suratga olinadi..!

Jurnalistika - ilk qadam

08 Dec, 12:57


Bu oʻtgan yilgi nizom. Va nizom boʻyicha barcha savollarga javob berganman

Jurnalistika - ilk qadam

08 Dec, 12:56


💻💻💻 | 60320100-Jurnalistika (faoliyat turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi uchun ijodiy (kasbiy) imtihonlar dasturi va baholash mezoni

Jurnalistika - ilk qadam

08 Dec, 12:41


Diqqat super chegirma!

10-dekabrga qadar bogʻlansangiz, birinchi oy uchun toʻlov narxi 250 ming soʻm toʻlaysiz

Shoshiling joylar soni cheklangan!!!

Murojaat uchun @ustozjurnalist

Jurnalistika - ilk qadam

08 Dec, 10:58


Reportaj tayyorlash uchun bilishingiz kerak boʻlgan narsalar

Tayyorlash shakli
✓ Informatsion piramida
Publitsistik shakl

• Ichki tarkibida
✓ Intervyu
✓ Stand up
✓ Life
✓ Kadr orti matni
✓ Qoʻshimcha (backstage, insert, intershum va voks-pop)


• Turi
✓ Ijodiy
✓ Voqeaband
✓ Tanqidiy tahliliy

Yuqoridagilarni barchasi bilsangiz va amaliyotda qoʻllay olsangiz siz reportaj tayyorlay olasiz

@Jurnalistika_ilk_qadam

Jurnalistika - ilk qadam

08 Dec, 08:12


📢 Jurnalistika va ijodiy imtihon kursi

📅 Dars kunlari:

Seshanba, Payshanba, Shanba
🕘 Vaqti: soat 21:00
👥 Maksimal oʻquvchilar soni: 10 ta


📍 Kurs onlayn tarzda maxsus Telegram guruh orqali oʻtkaziladi.
🕰️ Davomiyligi: 5 oy

📚 Dastur:

Jurnalistikaga kirish

Maqola yozish texnikasi

Notiqlik

Reportaj tayyorlash

Media kontent yaratish texnikasi


💳 Oylik toʻlov: 375 000 soʻm
Joylar soni cheklangan. Tezroq murojaat qiling!

Murojaat uchun @ustozjurnalist

Spamlar uchun
@jurnalistikakurslarbot

Jurnalistika - ilk qadam

07 Dec, 16:04


Murojaat uchun @ustozjurnalist
+998935821898

https://t.me/uzjoku_jadid_avlodlari

Jurnalistika - ilk qadam

07 Dec, 15:16


@Jurnalistika_ilk_qadam

Jurnalistika - ilk qadam

07 Dec, 10:10


Bugun dars soat 20:00 da

Onlayn tarzda

ChatGPTdan toʻgʻri foydalanish borasidagi barcha bilimlarimni sizlarga berishga tayyorman. Sizchi??

@Jurnalistika_ilk_qadam

Jurnalistika - ilk qadam

06 Dec, 16:53


Sunʼiy intellektdan toʻgʻri foydalanish

Yaqinda Instagramda sunʼiy intellektdan foydalanish kurslarini koʻrib, "shuni ham kurs qiladimi" deb oʻylagandim. Ammo kerak ekan. Nega deganda odamlarda sunʼiy intellekt haqida notoʻgʻri qoʻrquv bor. Agar rostdan toʻgʻri foydalanishni istasanglar plus qoldiring! Bir kun yaxshi tayyorgarlik koʻrib oʻrgataman.

@Jurnalistika_ilk_qadam

Jurnalistika - ilk qadam

06 Dec, 07:40


Bugun darsimiz 2/14 xonada

16:10 da

Jurnalistika - ilk qadam

06 Dec, 07:18


Ассалому алайкум аҳли яхшилар!🕊️

Эслатиб ўтамиз Бугун шу манзилда 14:00-16:00 га кадар Қон топшириш акцияси бўлиб ўтади.
Батафсил: 946952121

Jurnalistika - ilk qadam

05 Dec, 14:26


Faxrli inson boʻling!

Oʻtgan yili sogʻlimda muammo boʻlib doktorga murojaat qilgan edim. Oʻshanda qonim koʻpligini aytishdi. Shundan beri "kimgadir foydasi tegsin" deb yilgi ikki marta qon topshiraman.

Sizni ham shu hayrli ishga chaqiraman. Ushbu hayriya oq qonga chalingan bemorlar uchun. Keling, sizdan faqat yaxshilik qoladi!

"6 Декабрь куни Республика Кон Куйиш маркази
Шота Руставели 138 уй
Яхшилик чоррахасида учрашгунча 😊"

@Jurnalistika_ilk_qadam

Jurnalistika - ilk qadam

04 Dec, 16:07


Allohim roziligi uchun

Allohim barchamiz uchun qobiliyat bergan. Kimdir yaxshi oʻrganadi, kimdir esa yaxshi oʻrgatadi.

Uzjokuda tashkil etgan toʻgaragimdan asosiy maqsad Allohim roziligi. Ha hozir bu yerda aytib riyo qilayotgandirman. Shunchaki qolganlarni ham bu savobga chaqiryapman.

Keling! Qoʻldan kelgancha nimalarnidir oʻrgataman. Hammasi insoniylik tufayli. Men shunaqa tarbiya olganman. Boshqacha boʻla olmayman.

Toʻgʻri hozirda oʻquvchilarim bepul boʻlsa ham oʻzlari minnatdorchilik qilib pul ham berishdi. Va buni toʻgʻri qabul qildim. Kimdirlar esa buni ustidan kuldi guruhda. Mayli hammasi Allohim oʻzi guvoh. Ajrini oʻzi bersin!

Hurmat ila @ustozjurnalist

Jurnalistika - ilk qadam

04 Dec, 08:37


Jadid avlodlari toʻgaragi bugun soat 16:10 da uzjokuning 3/4 xonasida

Jurnalistika - ilk qadam

03 Dec, 14:52


Jadid avlodlari toʻgaragi haqida ovozli suhbat edi.
Qisqa ammo yetarlicha maʼlumot

Ushbu toʻgarak bepul mutlaqo faqat qatnashuvchilar uzjoku talabasi boʻlishi kerak

Murojaat uchun @ustozjurnalist

@uzjoku_jadid_avlodlari

Jurnalistika - ilk qadam

28 Nov, 19:31


Ushbu dastur boʻyicha haftada faqat ikki kunlik arzonlashtirilga kursim.

Shanba va yakshanba kunlari

Kunduzgi vaqtlarda asosan va onlayn tarzda boʻlib oʻtadi.

Kurs narxi asosiy kursning teng yarim narxida 185 ming soʻm oyiga

Uch oyga moʻljallangan dastur.

Murojaat uchun @ustozjurnalist

Kursga qabul muddati 30-noyabr 23:59 ha qadar

Jurnalistika - ilk qadam

28 Nov, 17:33


Dars qisqa boʻldi. Ammo yana boʻlishini istasanglar izohlarda yozib qoldiring!

Jurnalistika - ilk qadam

27 Nov, 18:09


Bu mutlaqo bepul edi. Ammo faqat qadrlaganlar qoldi. Hamma ham qadriga yetmaydi

Jurnalistika - ilk qadam

27 Nov, 18:07


Uzjokuda eski toʻgarakni tiklamoqchimiz

✓ Notiqlik
✓ Maqola yozish texnikasi


Dushanba, chorshanba va juma kunlari

Soat 16:00 da

Murojaat uchun @ustozjurnalist

Jurnalistika - ilk qadam

27 Nov, 17:54


Hozir 10 ga yaqin talabgorlarni koʻrdim.

Asosiy muammolar

✓ Sheʼr oʻqib nutqini choʻktirib qoʻygan
✓ Sheva juda koʻp
✓ Nutqida tugʻma isteʼdod bor ammo ustoz koʻrmagan va ovoz uvol boʻlyapti
✓ Urgʻu olish texnikasi yoʻq
✓ Va eng katta muammo shu ovozini ideal deb oʻzgartirishni istashmaydi.

Qadrli bolajonlarim nutq ustida ishlang! Kanalimda yetarlicha maʼlumot bor.

Kurs istasangiz dushanbadan notiq boʻyicha kurs boshlanadi. Ustingizda ishlayman. Bir oyda yuz foiz oʻzgarish boʻladi. 4 yillik tajribam bilan bunga kafolat bera olaman.

Murojaat uchun @ustozjurnalist

Jurnalistika - ilk qadam

27 Nov, 16:51


"Jurnalistika - ilk qadam" kanaliga nutqi yaxshi qiz kerak ham oʻzi uchun foyda

Murojaat qiling @ustozjurnalist

Jurnalistika - ilk qadam

26 Nov, 20:20


Kursdoshimniki tavsiya qilaman!!!

Jurnalistika - ilk qadam

26 Nov, 20:20


💫Haftani foydali e'lonlar bilan boshlaymiz!

OʻzJOKUda mobilografiya boʻyicha kurs ochiladi

Bu kursda sizlar:
- mobilografiyani 0 dan mukammal darajagacha o'rganish;
- telefon kamerasidan professional darajada foydalanish;
- Rakurs, ekspozitsiya va kompozitsiyalar;
- Mobile montaj dasturlari (Inshoat, CapCut, VN va boshqalar)
va boshqa mobilografiyaga aloqador barcha ko'nikmalarga ega boʻlasiz.

🔸Kurs pullik! Kursga yozilish va boshqa maʼlumotlar uchun @towxojayev_1 ga murojaat qiling.

Shoshiling joylar soni cheklangan!
———————————————
💫Начинаем неделю с полезных новостей!

В УЖМКУз открывается курс по мобилографии.

На этом курсе вы сможете:
- изучить мобилографию с нуля до профессионального уровня;
- научиться профессионально использовать камеру смартфона;
- освоить ракурс, экспозицию и композицию;
- работать с программами мобильного монтажа (InShot, CapCut, VN и другие);
- приобрести все необходимые навыки, связанные с мобилографией.

🔸Курс платный! Для записи на курс и получения дополнительной информации обращайтесь к @towxojayev_1.

Поторопитесь, количество мест ограничено!

📱 Telegram | 📱 Instagram
📱 Facebook | 📱www.uzjoku.uz

Jurnalistika - ilk qadam

26 Nov, 05:37


Hozirda 11 kishi audio kanalni sotib oldi.

Kanal bir martalik toʻlov 100 ming

Kanalda oʻtgan yili oʻtgan barcha darslarimning audiosi mavjud

Murojaat uchun @ustozjurnalist

Jurnalistika - ilk qadam

26 Nov, 05:26


Hamma murojaatchilar uchun

Jurnalistika - ilk qadam

26 Nov, 05:26


Kurs haqida batafsil maʼlumot 😁😁

Dekabrdan kurs boshlanadi joyingizni band qilib qoʻying!!!

Jurnalistika - ilk qadam

26 Nov, 05:26


To'lov ma'lumotlari:

Kursga yozilish uchun oldindan to'lovni quyidagi kartaga amalga oshirishingiz mumkin:

- Karta raqami: 9860 0101 0606 5401
- Ega: Jahongir Boltaboyev

Iltimos, to'lovni amalga oshirganingizdan so'ng, tasdiqlovchi hujjatni bizga yuboring va o'z joyingizni tasdiqlang.

Jurnalistika - ilk qadam

26 Nov, 05:26


Murojaat qilayotganlar uchun

Kursimizga yozilish uchun oldindan to'lov talab etiladi. To'lovni kartaga amalga oshirish mumkin. Iltimos, to'lov amalga oshirilgandan so'ng, sizning joyingizni tasdiqlash uchun biz bilan bog'laning.

To'lov jarayoni haqida quyidagi ma'lumotlarni hisobga oling:

1. Kurs narxi:
- Onlayn: 375,000 UZS


2. To'lov usuli:
- Kartaga to'lov qilinadi.

3. To'lovni amalga oshirganingizdan so'ng:
- Iltimos, to'lovni tasdiqlovchi hujjatni bizga yuboring.

Savollaringiz bo'lsa, murojaat qilishdan tortinmang!

Jurnalistika - ilk qadam

26 Nov, 04:44


Stansiyalar orqali televideniye yuritadigan davlatlar odatda davlat tomonidan boshqariladigan yoki nazorat qilinadigan telekompaniya yoki stansiyalarga ega bo‘ladi. Quyida ba'zi davlatlar va ularning asosiy davlat telekanallari haqida ma'lumot beriladi:

1. Rossiya: Rossiya davlat televideniyesini "Первый канал" (Birinchi Kanal), "Россия-1" va "НТВ" kabi stansiyalar orqali boshqaradi. Bu kanallar asosan Kreml siyosatini aks ettiradi.


2. Xitoy: Xitoy Markaziy Televiziyasi (CCTV) orqali davlat televideniyesini boshqaradi. Xitoyning barcha telekanallari qat'iy senzura ostida.


3. Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (Shimoliy Koreya): Shimoliy Koreyada televideniye faqat davlat nazoratida bo‘lib, "Korean Central Television" (KCTV) asosiy stansiyadir.


4. O‘zbekiston: "O‘zbekiston 24", "O‘zbekiston", "Madaniyat va Ma’rifat" kabi kanallar orqali davlat televideniyesi boshqariladi.


5. Saudiya Arabistoni: Saudiya Arabistoni davlat televideniyesi "Saudi TV" orqali boshqariladi. Bu kanallar asosan qirollik siyosatini qo‘llab-quvvatlaydi.


6. Eron: "IRIB" (Islamic Republic of Iran Broadcasting) orqali davlat televideniyesi yuritiladi. Bu tashkilot diniy va siyosiy targ‘ibot vositasi sifatida ishlatiladi.


7. Misr: "ERTU" (Egyptian Radio and Television Union) orqali davlat televideniyesi boshqariladi.



Ushbu davlatlarda davlat televideniyesining maqsadi odatda hukumat qarashlarini targ‘ib qilish va davlat nazoratini ta'minlashdir. Ko‘pgina mamlakatlarda bunday stansiyalar hukumatning siyosiy manfaatlarini targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

@Jurnalistika_ilk_qadam

Jurnalistika - ilk qadam

25 Nov, 15:41


Faqat qadrlaganlar kirib eshitish uchun maxsus kanal ochdim

Jami 76 ta audio darslik bor

Ochiq hammaga tashlasam mazax qilish boshlandi shuning rostdan kimga kerak boʻlsa murojaat qilsin @ustozjurnalist

Jurnalistika - ilk qadam

25 Nov, 08:38


DIQQAT! YANGI KURSGA QABUL BOSHLANDI!

📚 Jurnalistika va ijodiy imtihon bo‘yicha maxsus kurs
🗓 Boshlanish sanasi: 2-dekabr
Dars vaqti: 20:00
📅 Dars kunlari: Dushanba, Chorshanba, Juma

🎯 Kurs davomida o‘rganasiz:

Tanqidiy fikrlash

Maqola yozish san’ati

Jamoat oldida nutq so‘zlash mahorati

Reportaj texnikalari va media kontent yaratish


Joylar soni cheklangan!
Ro‘yxatdan o‘tish va qo‘shimcha ma’lumot uchun:
@Jurnalistika_menejer

Jurnalistika - ilk qadam

25 Nov, 06:56


Bugun soat 16:00 da

3/4 xonada dars

Jurnalistika - ilk qadam

24 Nov, 08:23


Sizlarga shaxsiy tavsiya
Oʻzbekiston yoshlar ijod saroyida maza qilib kitob oʻqisa boʻlar ekan.

Kelinglar men bugun kechgacha shu yerdaman

@Jurnalistika_ilk_qadam

Jurnalistika - ilk qadam

23 Nov, 07:52


Juma kuni oʻtilgan dars

Jurnalistika - ilk qadam

22 Nov, 07:39


Bugun dars 2/11 da

Jurnalistika - ilk qadam

22 Nov, 05:58


Kurs haqida batafsil maʼlumot 😁😁

Dekabrdan kurs boshlanadi joyingizni band qilib qoʻying!!!

Jurnalistika - ilk qadam

22 Nov, 05:58


Diqqat eʼlon

Umumiy hamma yaʼni jurnalistikani oʻrganmoqchi boʻlgan talaba va abituriyentlar uchun.

5 oylik mukammal kurs

1-oy Jurnalistika haqida va tanqidiy fikrlashni

✓ Jurnalistikaning janrlaridan tortib fake xabarlarning farqlashga qadar.

2-oy Maqola yozish

✓ Badiiy publitsistika maqolalar

✓ Informatsion maqolalar

✓ Ilmiy maqolalar

3-oy Notiqlik sanʼati

✓ Hayajonni yengish texnikasi

✓ Nutqni rivojlantirish

✓ Shevani bartaraf etish

4-oy Reportaj texnikasi

✓ Reportaj turlari

✓ Reportaj tayyorlash texnikasi

5-oy Media kontent

✓ Media kontent tayyorlash

✓ Senariy yoza olish

Ushbu darslarning barchasi
Onlayn tarzda boʻlib oʻtadi.

Murojaat uchun @Jurnalistika_menejer

@Jurnalistika_ilk_qadam

Jurnalistika - ilk qadam

21 Nov, 06:24


Toʻgarak darslarga yana bir qancha shaxslarni chaqirish niyatim bor!!!

Keyingisi kim deb oʻylaysiz??😁

Jurnalistika - ilk qadam

20 Nov, 12:56


Bugun darsimizda "Maktab" seriali aktyorlari Bekzod hamda Saidahmad mehmon boʻldi

@Jurnalistika_ilk_qadam

Jurnalistika - ilk qadam

20 Nov, 11:45


413 da dars

Jurnalistika - ilk qadam

20 Nov, 07:09


Jurnalistika - ilk qadam pinned «Bepul toʻgarakka qabul qilish uchun soʻngi kun Keyin qabul qilinmaysiz. Toʻgarak bepul ammo aniq keladiganlar kerak bizning jamoaga Shuning uchun yana bir marta imkon beryapman...»

Jurnalistika - ilk qadam

20 Nov, 07:09


Bepul toʻgarakka qabul qilish uchun soʻngi kun

Keyin qabul qilinmaysiz.

Toʻgarak bepul ammo aniq keladiganlar kerak bizning jamoaga

Shuning uchun yana bir marta imkon beryapman...

Jurnalistika - ilk qadam

20 Nov, 06:59


Maqola va notiqlik

Bugun dars soat 16:00 da

Uzjokuda 713 xonada

Asosiy bino 7-etaj

Murojaat uchun @ustozjurnalist

Jurnalistika - ilk qadam

19 Nov, 14:39


Jurnalistika - ilk qadam pinned «Uzjokuda ochilgan toʻgarak aynan jurnalistika fakulteti koʻmagi bilan tashkil etilgan. Shu sabab ularning taklifini inobatga olgan xolda erta oxirigi imkoniyat Murojaat qiling @ustozjurnalist»

Jurnalistika - ilk qadam

19 Nov, 14:39


Uzjokuda ochilgan toʻgarak aynan jurnalistika fakulteti koʻmagi bilan tashkil etilgan. Shu sabab ularning taklifini inobatga olgan xolda erta oxirigi imkoniyat

Murojaat qiling @ustozjurnalist

Jurnalistika - ilk qadam

18 Nov, 06:10


Jurnalistika - ilk qadam pinned «"Jadid avlodlari" toʻgaragi haqida Maqola yozish hamda notiqlikni oʻrganish mumkin. Darslar mutlaqo bepul faqat Uzjoku talabalari uchun... Qolganlar bilan esa uzjokuga kirish bilan bogʻliq muammolar bor. Dars odat 16:00 da boshlanib 17:30 ga qadar davom…»

Jurnalistika - ilk qadam

18 Nov, 01:19


Jurnalistika imtihonlar uchun qaysi fanlardan tayyorgarlik koʻrish kerak?

Jahon tillari va Oʻzjokuning farqi

Xalqaro jurnalistika

Xalqaro jurnalistika 2

Bosma OAV jurnalistikasi yoʻnalishi

Harbiy jurnalistika

Harbiy jurnalistika 2

PR (Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar)

Iqtisodiy jurnalistika

Jurnalistika - ilk qadam

16 Nov, 11:54


"Jadid avlodlari" toʻgaragi haqida

Maqola yozish hamda notiqlikni oʻrganish mumkin. Darslar mutlaqo bepul faqat Uzjoku talabalari uchun... Qolganlar bilan esa uzjokuga kirish bilan bogʻliq muammolar bor.

Dars odat 16:00 da boshlanib 17:30 ga qadar davom etadi.

Eslatma:

Toʻgarakka dushanba 18-nayabr kuni roʻyxat shakllantiriladi.

Shu kuni kelmaganlarni keyin toʻgarakka qabul qilmaymiz.

Murojaat uchun @ustozjurnalist

Jurnalistika - ilk qadam

15 Nov, 14:19


Dushanba kuni oxirigi imkoniyat kelmaganlar bilan hayrlashamiz

Menga son muhim emas. Chunki dars uchun pul olmayman

Jurnalistika - ilk qadam

15 Nov, 02:29


Maqola va notiqlik

Bugun dars soat 16:00 da

Uzjokuda

Murojaat uchun @ustozjurnalist

Jurnalistika - ilk qadam

14 Nov, 15:37


Sahna nutqi uchun mashqlar 3

Ushbu harflarni ikki xil koʻrinishda talaffuz qilamiz.

Birinchi zi si deb alohida choʻzib oʻqimiz.

Ikkinchi tez qoʻshib oʻqimiz
.

13) BI-PI-PI-PI-BIPP
BE-PE-PE-PE-BEPP
BA-PA-PA-PA-BAPP
BO-PO-PO-PO-BOPP
BOʻ-POʻ-POʻ-POʻ-BOʻPP
BU-PU-PU-PU-BUPP
BI-PI-PI-PI-BIPP

14) LRI-LRE-LRA-LRO-LROʻ-LRU-LRI

15) RLI-RLE-RLA-RLO-RLOʻ-RLU-RLI

16) MLIM
MLEM
MLAM
MLOM
MLOʻM
MLUM
MLIM

17) RUM-RAKA-RUMARAK - RUMARAK-RUM-RUM

@Jurnalistika_ilk_qadam

Jurnalistika - ilk qadam

14 Nov, 15:37


Sahna nutqi uchun mashqlar 2

Ushbu harflarni ikki xil koʻrinishda talaffuz qilamiz.

Birinchi zi si deb alohida choʻzib oʻqimiz.

Ikkinchi tez qoʻshib oʻqimiz
.

8) PI-PE-PA-PO-POʻ-PU-PI

9) BI-BE-BA-BO-BOʻ-BU-BI

10) PI-BI
PE-BE
PA-BA
PO-BO
POʻ-BOʻ
PU-BU
PI-BI

11) BI-PI
BE-PI
BA-PA
BO-PO
BOʻ-POʻ
BU-PU
BI-PI

12) PI-BI-BI-BI-PIBB
PE-BE-BE-BE-PEBB
PA-BA-BA-BA-PABB
PO-BO-BO-BO-POBB
POʻ-BOʻ-BOʻ-BOʻ-POʻBB
PU-BU-BU-BU-PUBB
PI-BI-BI-BI-PIBB

@Jurnalistika_ilk_qadam

Jurnalistika - ilk qadam

14 Nov, 15:37


Sahna nutqi uchun mashqlar

Ushbu harflarni ikki xil koʻrinishda talaffuz qilamiz.

Birinchi zi si deb alohida choʻzib oʻqimiz.

Ikkinchi tez qoʻshib oʻqimiz.


1) I-E-A-O-Oʻ-U-I

2) SI-SE-SA-SO-SOʻ-SU-SI

3) ZI-ZE-ZA-ZO-ZOʻ-ZU-ZI

4) ZI-SI-ZE-SE-ZA-SA-ZO-SO-ZOʻ-SOʻ-ZU-SU-ZI-SI

5) NO-NA-NE-NU-NI

6) ZI-SI-SI-SI-ZISS
ZE-SE-SE-SE-ZESS
ZA-SA-SA-SA-ZASS
ZO-SO-SO-SO-ZOSS
ZOʻ-SOʻ-SOʻ-SOʻ-ZOʻSS
ZU-SU-SU-SU-ZUSS
ZI-SI-SI-SI-ZISS

7) SI-ZI-ZI-ZI-SIZZ
SE-ZE-ZE-ZE-SEZZ
SA-ZA-ZA-ZA-SAZZ
SO-ZO-ZO-ZO-SOZZ
SOʻ-ZOʻ-ZOʻ-ZOʻ-SOʻZZ
SU-ZU-ZU-ZU-SUZZ
SI-ZI-ZI-ZI-SIZZ

@Jurnalistika_ilk_qadam

Jurnalistika - ilk qadam

13 Nov, 07:59


Bugun dars Faollar zalida
16:00 da

Jurnalistika - ilk qadam

12 Nov, 18:44


Hozirgi kunda menda

Beshta loyiha va ikkita qoʻshimcha ish bor

Loyihalarim

Qizlarni rivojlantirish uchun

"Women up" loyihasi

Shaxsiy biznes loyiham

"Ilk qadam media" SMM agentligi

Instagramga jurnalistika haqida loyiham

Ustoz jurnalist

Sevgi masalasidagi loyiham

Jahongir Boltaboyev

Ishlarim

Onlayn dars har kuni

21:00 da

Offlayn bepul dars uzjoku

16:00 da

Bularning barchasini ulgurishimning yagona sababi bulardan zavq olaman va hammasini tartiblab qoʻyganman.

Darslarim koʻp deb bahona qilmang aslida keraksiz narsalarga koʻp energiya sarlash oqibatida hech qachon oʻzingiz rivojlantirmaysiz.

@Jurnalistika_ilk_qadam

Jurnalistika - ilk qadam

12 Nov, 16:54


Sport tahlilchi blogeri
😄 Mening yurtim telekanali jurnalisti

Mamadiyor Muxtorov kanaliga aʼzo boʻling!
Ishonchli axborotlar aynan shu yerda

T.me/Mamadiyor_Muxtarov

Jurnalistika - ilk qadam

12 Nov, 16:50


Yevropada bu mavsumda +10 gol va assisentlik qilgan 3 futbolchi. Hozirgi Rafinya super formada. Salah biz bilgan doimgi futbolchi. Slot qo'l ostida u super o'yin ko'rsatmoqda. Omar Marmush. Frankfurtning "Ayntraxt" klubi xujumchisi. Omma uchun yangi nom. 25 yoshli misrlik futbolchiga Barselona qiziqish bildiryapdi. Laporte kelajakda Levaning o'rnini aynan Marmush bosishiga ishonmoqda.

@Mamadiyor_Muxtarov

Jurnalistika - ilk qadam

11 Nov, 13:51


Rasmiy guruhimiz faqat keladiganlar qoʻshilsin

https://t.me/jadidlar_avlodi_uzjoku

Jurnalistika - ilk qadam

11 Nov, 09:30


Uzjokuda bugundan yangi toʻgarak boshlandi

✓ Notiqlik
✓ Maqola yozish texnikasi


Dushanba, chorshanba va juma kunlari

11-noyabr

Soat 16:00 da

1/102 xonada boʻlib oʻtadi

Murojaat uchun @ustozjurnalist
+998935821898

Jurnalistika - ilk qadam

10 Nov, 19:39


Jurnalistikaning qudrati haqida

Dunyo tarixidagi eng buyuk jurnalistik ishlarni belgilash murakkab, chunki har bir voqea va jurnalistik ish o‘zining ijtimoiy va siyosiy kontekstiga qarab ahamiyatga ega. Ammo quyidagi jurnalistik ishlar, ular kashf etgan haqiqatlar va ularning jamiyatga ta’siri nuqtai nazaridan tarixda eng buyuk va ta’sirchan bo‘lib qolgan:

1. Watergate skandalini fosh qilish (1972–1974)

Jurnalistlar: Bob Woodward va Carl Bernstein, Vashington Post

Haqqida: Watergate skandali AQSh prezidentining o‘z raqiblarini noqonuniy usullarda kuzatib borishini fosh qildi. Woodward va Bernsteinning surishtiruvi, ular tomonidan "Deep Throat" (Mark Felt)dan olingan maxfiy ma'lumotlar orqali, nihoyat, AQSh prezidenti Richard Nixonning iste’fosiga olib keldi. Bu ish, jurnalistik erkinlik va matbuotning hukumatga qarshi turishdagi rolini yanada kuchaytirdi.


2. Pentagon Papers (1971)

Jurnalistlar: Neil Sheehan, The New York Times

Haqqida: Pentagon Papers — bu AQSh hukumatining Vyetnam urushidagi ishtiroki va uning maxfiy hujjatlari bo‘lib, ular jamoatchilikka sirlari fosh qilinishiga olib keldi. Jurnalistlar Pentagonning harbiy strategiyasi va urush haqidagi yolg‘on ma'lumotlarini oshkor qilishdi. Bu ish AQShda erkin matbuotning siyosiy va harbiy yashirinliklarga qarshi kurashishdagi o‘rnini yanada mustahkamladi.


3. The Boston Globe va Spotlight jamoasi - Moliyaviy zo‘ravonlikni fosh qilish (2002)

Jurnalistlar: Spotlight jamoasi, The Boston Globe

Haqqida: Spotlight jamoasi katolik cherkovining ba’zi ruhoniylar tomonidan sodir etilgan bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikni oshkor qildi. Ularning surishtiruvi AQShda 70 dan ortiq ruhoniylarning zo‘ravonligi va cherkovning bu ishlarni yashirishga urinishlarini fosh etdi. Bu ish, jamiyatdagi adolatga xizmat qilishdagi jurnalistlarning rolini ko‘rsatdi.


4. WikiLeaks va Bradley Manning (2010)

Jurnalistlar: Julian Assange, The Guardian, The New York Times

Haqqida: WikiLeaks saytida chop etilgan maxfiy hujjatlar, AQSh va boshqa mamlakatlarning harbiy va diplomatik faoliyatini oshkor qildi. Xususan, Bradley Manning tomonidan qo‘llab-quvvatlangan ushbu hujjatlar dunyo miqyosida keng muhokamalarni keltirib chiqardi. Bu, davlatlarning yashirinlik siyosatiga qarshi kuchli jurnalistik ish sifatida tarixda qolgan.


5. The Panama Papers (2016)

Jurnalistlar: International Consortium of Investigative Journalists (ICIJ)

Haqqida: The Panama Papers — bu dunyo bo‘ylab mashhur siyosatchilar, ishbilarmonlar va boshqa yuqori martabadagi shaxslar tomonidan yashirin offshor hisoblarida pul saqlashlarini fosh qilgan hujjatlar to‘plami. Bu ish, ko‘plab davlatlarda korrupsiyaga qarshi kurashga va siyosiy tizimlarning shaffofligini oshirishga ta'sir etdi.


6. The Guardian va NSA ma'lumotlari (2013)

Jurnalistlar: Glenn Greenwald, Laura Poitras, The Guardian

Haqqida: Edward Snowden tomonidan olingan maxfiy hujjatlar yordamida NSA (Milliy xavfsizlik agentligi)ning globallashgan quvvat va maxfiy monitoring faoliyati fosh qilindi. Bu ish AQSh va dunyo miqyosida maxfiylik, erkinlik va davlat kuzatuvi bo‘yicha katta bahslarni keltirib chiqardi.


7. The Daily Telegraph va Murdochning telefon tinglash skandali (2011)

Jurnalistlar: The Daily Telegraph

Haqqida: Rupert Murdochga tegishli kompaniyaning jurnalistlari telefon tinglashni amalga oshirib, siyosatchilar, mashhurlar va boshqa shaxslarning shaxsiy hayotiga aralashgan. Bu ish Britaniyada jurnalistik axloq, maxfiylik va qonunlar haqida keng muhokamalarni keltirib chiqardi.


Xulosa:

Har bir jurnalistik ish o‘z davrida ijtimoiy, siyosiy yoki iqtisodiy muammolarga yoritish olib kelgan. Ushbu ishlar matbuotning kuchini va uning jamiyatdagi rolini namoyish etadi, shuningdek, jamoatchilikni himoya qilishdagi jurnalistlarning mas'uliyatini hamda erkin fikrni shakllantirishdagi ahamiyatini ko‘rsatadi.

@Jurnalistika_ilk_qadam

Jurnalistika - ilk qadam

10 Nov, 11:57


Savollarga umumiy javob

Jurnalistika - ilk qadam

26 Oct, 04:56


Ikki kunlik bepul dars

Reportoylik mahorati darsi
Bunda reportaj va uning turlarini bilib olasiz.

Intervyu - qanday olinadi va turlari haqida

Ushbu ikki dars

26-27-oktyabr kunlari
Soat 22:00 da

@Jurnalistika_ilk_qadam

Jurnalistika - ilk qadam

25 Oct, 02:30


Kreativlik

Ijtimoiy tarmoqlarda kontent qoʻyish oddiy xolga aylanib boʻldi. Lekin sifatli kontent boshqa masala.

Kreativlik hozirgi kunda uchta asosiy belgini talab qiladi.

Noodatiy yondashuv

Yaxshi kontent gʻoyasini topib, uni qiziqarli faktlar bilan bezash.

Yaxshi gʻoya takrorlanmas va eng muhimi ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlishi kerak. Bunda yaxshi oʻrganish kerakki qaysi mavzu ijtimoiy ahamiyatga ega qaysi biri ega emas. Faktlar ham oʻziga xos boʻlishi muhim. Bunda faqat sizgagina qiziq boʻlgan mavzuni olib chiqish eng katta xato.

Tasavvur qiling oddiy mavzu ammo odamlar ahamiyat bermagan. Misol uchun: ikki barmoqni koʻrsatib rasmiga tushish gʻalabani ifodalaydi. Koʻpchilik bilmagan yoki ahamiyat bermagan ammo ijtimoiy hayotda mavjud mavzu.

Stil

Kontent stilli noodatiy boʻlishi ham juda muhim. Hamma foydalangan bir xil qolipdan emas(studiyada oʻtirib olib gapirish, yoki faqat intervyu qilish) turli joylarda turlicha yondashuvlar talab qiladi. Buni ham oz-moz oʻrganib chiqish va noodatiy yondashuv bilan kontent yaratish maqsadga muvofiq.

Operatorlik va montaj

Yaqin kunlarda qoʻyib yurgan kontentlarimning montaj va operatorlik ishi professional emas. Buni tan olaman. Montajni oʻzim qilayotganim uchun kreativlik bera olmayapman. Shu oʻrinda kreativ montaj nafaqat auditoriyani zeriktirmaydi, bundan tashqari Instagramda tezroq rekka chiqadi.

Umuman olganda kontent qilishdan charchamang!

🎤@Jurnalistika_ilk_qadam

Jurnalistika - ilk qadam

24 Oct, 15:33


https://t.me/women_up1

Jurnalistika - ilk qadam

23 Oct, 16:53


Juda ogʻir holatga tushib qoldim

Ochigʻi anchadan beri bunday boʻlmagan edi.
Birinchi marta qoʻllagan usulim shunchalar yaxshi natija berdi. Bunday natijani kutmagan edim.

Ogʻir botgan tarafi bir oylik shaxsiy fikrlash darslarim shunchalar ularning dunyo qarashiga ijobiy taʼsir qildi-ki, bemalol bitta mavzu bersam unga chuqur yondashib uni mazmuni auditoriyaga yetkaza olyapti.

Menga ogʻir taʼsir qilgani baʼzilari ingliz tilidan boshqa fanlardan ilgʻordir ammo oʻzlar anglash tarafdan emas. Bizdagi oilaviy tizim, maktab taʼlimi boladan shunchalar kuchli darajada fikrlashni uzib qoʻygan shunchaki fikrlashni yana aniqrogʻi toʻgʻri fikr yuritishni oʻrgatgan edim. Darslarni bittada oʻzlashtirib boryapti.

Bu ogʻrini davosi juda oddiy ammo bir oylik dars bilan hal qilsa boʻladi.

@Jurnalistika_ilk_qadam

Jurnalistika - ilk qadam

23 Oct, 16:01


Sinopsis - qisqacha reja

Reportaj tayyorlashdan oldin uni qisqacha rejasini tuzib olsak qiynalmaymiz.

@Jurnalistika_ilk_qadam

Jurnalistika - ilk qadam

22 Oct, 16:54


Ancha payt foydali maʼlumotlardan uzib qoʻydim bilaman.

Qaysi qaysi mavzularda kerak polaponlarim 😁

Jurnalistika - ilk qadam

22 Oct, 16:44


@Jurnalistika_ilk_qadam

Jurnalistika - ilk qadam

22 Oct, 16:42


Ijodiy maqolalar turlari 2 xil boʻlib

1⃣ Shaxsga doir

2⃣ Ijodiy va siyosiy

Shaxsga doir maqolada asosan qahramon boʻlib, shaxsning hayotdagi oʻrni, kecha nima qilgan bugun nima bilan mashgʻul, erta nima qilish va nima qila olishi haqida qisqacha bayon qilinadi. Shaxsga doir maqolalarda faqat shaxs bilan cheklanib qolmaslik eng muhimi.

Ijodiy va siyosiy maqolalar esa juda katta qism. Bir soʻz bilan aytganda shaxsning ichki dunyosi bilan qoʻshib yozilgan maqolalar.
kecha, bugun va erta
Motivatsion
Ilmiy
Siyosiy va h.k.

Ijodiy uslubda jurnalist oʻzi uchun qanday qulay boʻlsa shunday yozadi.

@Jurnalistika_ilk_qadam

Jurnalistika - ilk qadam

22 Oct, 16:42


Mavzu topish sanʼati

Maqola yozishda eng qiyin ish bu mavzu topish. Chunki mavzu eng muhimi. Yuqoridagi postda aytilganidek Rossiyada eng yaxshi mavzu uchun alohida ganorar beriladi. Kitoblarni ham nomiga qarab tanlaysiz.

Muvaffaqiyat kaliti
Million dollarlik xatolar
Va h.k.

Eng qanday mavzu qoʻyish mumkin?

Yangilik haqida xabaringiz bor yuqoridagi postlar orqali.
Mavzuda ham yangilik boʻlish kerak yaʼni gap noodatiy.

Misol uchun:
Neyagarda jahannamning yangi filiali ochildi. Rossiya jurnalistining vulqon oʻtishiga qoʻygan mavzusi yangicha noodatiy mavzu.

Oʻzbekistoning oʻlib borayotgan matbuotida esa, "ana surpirizu mana surpiriz, ana kiryuvaydigan moshinayu man tilbizor" kabi boshlaydi.

Oddiy narsalarni ham mavzu qilish mumkin.
Batafsil keyingi postda...

@Jurnalistika_ilk_qadam

Jurnalistika - ilk qadam

22 Oct, 16:42


Maqola ikki xil usulda yoziladi

Publitsistik va Informatsion

Xar ikki usulda ham asosiysi mavzu bu 50% ishni bajaradi. Rossiyada eng yaxshi mavzu uchun alohida gonorar (qalam haqqi) beriladi. Yaʼni siz biror kitob olishdan oldi uning nomiga qaraysiz. "Ikki eshik orasi" nima ekan deb qaraysiz agar bilmasangiz ochib oʻqisiz.

Matbuotda ham shunday. Agar, "Deputatlar oʻz ishini maromiga yetkazib bajaradi" sarlavhali maqola koʻrsangiz bilaman baribir oʻqimaysiz. "Yanami, yana nimadir qilgandirda" deb qoʻyasiz. "Deputat 《Uzavto》ni gaplari bilan jim qilib qoʻydi" mana endi sizga qiziq. "Nima degan ekan" deb oʻylaysiz.

Keyin 30% kirish qismi. Negaki kitobni birinchi betini oʻqib koʻrasiz albatta. Agar kirish, "Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning tub zamirida xalqimizning vatanni sevish uni ardoqlash yotadi. Baʼzi bir insofsiz insonlar ham bor. Ularga munosib javob beruvchi, xalqimizning ishongan insonlari bor. Bular deputatlar. Ular oʻzlarining kuchli gaplari bilan "Uzavto" ni jim qilib qoʻydi.
Buni siz boshini oʻqib, tez yopasiz. Bunday holatda bersangiz. "Uzavto" monopoliya, siz qanday qilib bozor iqtisodiyotiga boʻysundik deysiz. Deb turli savollar bilan "Uzavto" ni ancha qiynab qoʻygan deputat, boshqa deputatlarga ham oz-moz oʻrnak boʻldi. Deputatlarning hammasi ham uhlab yotgani yoʻq.
Shunday boshlasangiz sal boʻlsa ham oʻquvchini ushlab qolasiz.

Odatiy maʼlumotlarni berib oʻtasiz 5% bu deputat yana nimalar dedi yana nimalar bilan qiynab qoʻyganini yozasiz.

Yakun 15 %. Yakun albatta mavzuda chetda boʻlmasligi kerak. Agar, biz hali deputatlarimizdan yana jonlanishini va "uzavto" yana nima qilishlari mumkinligini kutib qolamiz. Bu yakun juda ham boʻladi.
"Uzavto" bugungi holatini xalq koʻrdi. U qanday javob berishini vaqt koʻrsatadi.
Bu oddiy lekin yetarli boʻladi.

@Jurnalistika_ilk_qadam

Jurnalistika - ilk qadam

22 Oct, 16:42


Maqola qanday yoziladi? Va unga maʼlumotlar qayerdan, qanday qilib topiladi? Yangiliklar asosan qayerdan olinadi?

Yangiliklar turli joylardan topiladi. Masalan; Hozirgi kunda barcha tashkilotlarning rasmiy sahifa va veb-saytlari mavjud. Ulardan rasmiy holda yangiliklar berib boriladi. Boshqa davlatlar yoki xalqaro miqyosdagi tashkilotlarning ham rasmiy sahifalar mavjud. Koʻpgina yangiliklarni oʻsha yerdan olishingiz mumkin.
Bundan tashqari ichki yangiliklarni oldinlar turli tashkilotlar bilan hamkorlikda topilgan boʻlsa, endi esa oddiy internet orqali ham topish mumkin.

Xoʻsh sizda jiddiy savol tugʻiladi. "Istalgan odam ham internetdan qidirib topib olishi mumkin-ku!".

Ha albatta hamma ham topib olishi mumkin hozirgi kunda. Ammo endi eng asosiy masala. Yaʼni jurnalistning ishi nimadaligini.

Oddiy yangiliklarni maqola qilish.

Siz bir yangilik koʻrdingiz. Masalan; Kecha boʻlib oʻtgan "Metallurg" va "Paxtakor" oʻyini.

Birinchi oʻrinda odamni torta oladigan mavzu yaʼni takrorlanmas mavzu boʻlishi kerak.

M.u. "Paxtakor" oʻyinchisi oxiri uygʻondi. Javohir eng yaxshi futbolchisi.

Keyin kirish gap. Bu odamni torta olishi juda muhim.

Undan keyingi narsa eng asosiy. Sababi endi siz ikki komanda haqida maʼlumot toʻplaysiz. Mana endi siz jurnalist sifatida boshqa narsalarni ham topasiz. (Agar siz biror joydan kimningdir oʻlimni eshitdingiz. Uni boyitish uchun uning hayot yoʻli oʻrganib yozasiz.)

Eng oxirida boshiga ulab qoʻyasiz. Javohirning shu shu oʻyini yodda qolarli boʻldi.

@Jurnalistika_ilk_qadam

Jurnalistika - ilk qadam

22 Oct, 16:42


Tanqidiy maqolalar hozirgi kunda qora PR vazifasi oʻtamoqda.

Bu turdagi materiallarni tayyorlashda uch muhim narsaga ahamiyat qaratishimiz lozim.

1⃣ Muammoni koʻlamini oʻrganishi
Agar siz, kimningdir eshagi yoʻqolganini olib chiqmoqchi boʻlsangiz buning koʻlami tor. Sababi ommaga qiziq emas. Agar eshagi oʻgʻirlanib goʻsht qilib sotilayotgan boʻlsa unda koʻlami kengroq boʻladi.

2⃣ Yaxshi va yomonni teng bilish
Jurnalistik nuqtai nazarida qaraydigan boʻlsak. Xar qanday holatda ham xolislikni saqlab qolish kerak. Oʻgʻrimi siz uni oʻgʻri demang! Nimanidir - oʻsha narsani olib qoʻygan shaxs deng! Shunda xolislik yoʻqolmaydi.

3⃣ Yechim berish
Maqola davomida yechim xoh oxirida xoh boshida boʻlsin farqi yoʻq. Muhimi yechim boʻlsin. Yechim qanday boʻladi degan savolga kelsak, bu bunday boʻlish kerak, deydi palonchi pistonchi. Yaʼni jurnalist shaxs sifati yechim bermaydi.

@Jurnalistika_ilk_qadam

Jurnalistika - ilk qadam

22 Oct, 16:42


Informatsion usul

Bu usul orqali turli yangiliklarni muammolarni ham olib chiqasiz. Bu usulning asosiy qoidasi; statistika, faktlar va topilmalar (yaʼni biror insonlar payqamagan narsa) boʻlishi shart. Informatsion usulda birinchi gaplardanoq oʻquvchini ushlab qolishi kerak. Masalan yangilik: ikki oʻspirin maskalarni arzon sotmoqda. (Savob uchun) uni dorixona xodimlari bu maskalar yaroqsiz deb ularni jinoiy javobgarlikka tortishini soʻrashdi. Bu qiziq oʻqigan odamga.

Keyin
Faktlar:
koronavirus tufayli bir martalik maskalar zaruriyati tugʻilganidan boshlab dorixonalar ularning narxi oshib ketdi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida nimaga talab boʻlsa oʻshani narxi oshadi. Bir martalik maskalarni 2 soat uzogʻi 3 soat taqish mumkin.

Statistika: Oʻzbekiston shuncha (shuncha soʻzini oʻrinda son boʻlish kerak. Aniq boʻlishi shart) maska ishlab chiqaradigan fabrika va korxonalar bor. Bir kunda shunchaki miqdorda maska chiqadi. Bu maskalarning davlat narxi esa bunaqasi buncha, bunaqasi muncha narxlarda chiqadi.

Topilmalar: dorixona xodimlarni yoshlar nohaq ayblagani aniqlandi. Ular oʻzlarining bozorlar tushib ketgani uchun yoshlar ancha arzon sotgani uchun ayblagan ekan. Eslatib oʻtamiz savob ishni boshlagan yoshlar hali voyaga ham yetmagan. (Bizga oʻrnak boʻlsa arzidi, degan jumla eng qaloq jumla. Chunki xalq bilgan narsani aytish toʻgʻri emas.) Topilma qora harfga olib qoʻyilgan

@Jurnalistika_ilk_qadam

Jurnalistika - ilk qadam

22 Oct, 16:42


Publitsistik usulda maqola yozish

Bu usul orqali turli muammolarga jurnalistika (ijodiy va badiiy) yondashasiz. Asosiy qoida esa neytrallik yoʻqolmasligi (yaʼni bu yerda oʻz manfaatlaringizni emas barchani manfaatlarini oʻylab ish tutish) kerak.
Maqolani boshini qanday va oxirini qanday qilish sizga bogʻliq. Bu usuldan koʻpincha davlat matbuoti foydalanadi. Chunki ular bu usul bilan baʼzi muammolarga gap tekizib ham qoʻyadi. Masalan agar jurnalistlar kuchli bilimli boʻlsa davlatga rahmat aytib ham kuladi. Davlatdan katta pul oldingiz anchadan keyin sizga kerak paytdan oʻtib ketdi. "Rahmat sizlarga menga juda kerakli paytda berdingiz oldin bersangiz ishlatib qoʻyardim". Bu usulni juda kuchli tajribali jurnalistlar qoʻllaydi.

Publitsistikada eng muhimi ikki narsani bilish kerak. Birinchisi muammo nimada va uning yechimi qanday. Agar siz faqat muammoni olib chiqsangiz koʻchadagi gʻiybatchidan farqingiz qolmaydi. Siz jurnalist siz. Shuning uchun muammoni uning yechimi ham boʻlsin.

@Jurnalistika_ilk_qadam

Jurnalistika - ilk qadam

22 Oct, 16:42


Piramida usuli

Birinchi usul:
Publitsist usul badiiy usulni o‘z ichiga oladi. Siz o‘z qarashlaringizni ham qo‘shasiz. Bu usulda to‘g‘ri piramida (yoki to‘g‘ri uchburchak) qo‘llaniladi. Masalan: "ko‘pchilik yoshlar jurnalist bo‘lish uchun va malakali jurnalistlardan mahorat darslarini olish uchun bugun kastingga tashrif buyurdi". Bu yerda ma'lumotlar ketma-ketligi bilan beriladi.

Ikkinchi usul:
Informatsion usul: yangiliklarni berish usuli, bu usulda hech qanday shaxsiy fikr berilmaydi. Faqat faktlar ishlaydi. Bu teskari piramida (qimmat uchburchak ham deyiladi)
Masalan: "Bugun kasting. Yoshlar jurnalist bo‘lish istagida shu sababli kastingga tashrif buyurishdi. Kastingdan so‘ng yoshlar malakali jurnalistlardan mahorat darslarini olishadi." Bu usulda birinchi eng kerakli nuqta (ya'ni kulminatsion nuqta) tashlanadi va keyin yoritiladi. Bu usul eng kerakli bo‘lib, siz bu usul orqali o‘quvchi yoki tomoshabinni qiziqtirib ushlab qolasiz.

@Jurnalistika_ilk_qadam

Jurnalistika - ilk qadam

22 Oct, 16:42


Ijodiy maqola

Ijodiy maqolalar asosan hissiyotlar asosida yoziladi. Bularga
Vatan
Ona
Aka-uka
Biror bir bayram haqida va h.k.
Turdagi materiallar.

Ijodkorlar oʻzining hissiyotlari asosida yozgan har qanday publitsist material ijodiy hisoblanadi.

Bunday turdagi materiallarning muhim nuqtasi esa takror foydalanmaydigan

Jumlalar
Kesatishlar
Hazil mutoyiba kabilar orqali mavzu yanada chuqurroq ochib beriladi.

Ijodiy maqolalardan koʻproq hozirgi kunda blogerlar foydalanishadi.

@Jurnalistika_ilk_qadam

Jurnalistika - ilk qadam

22 Oct, 16:42


Nima uchun men maqola yoza olmayapman?

Bu savolga javob oddiy. Voqealikga oddiy soddaroq tilda yondashish lozim. Aksariyat jurnalistlar voqealikga yoki bir mavzu yuzasidan yozmoqchi boʻlsa uni juda chuqur mazmunli gaplar bilan toʻldirish yoki noodatiy soʻzlardan foydalanishga harakat qiladi. Ammo biz tayyorlagan materialni faqat oddiy xalq oʻqishni birinchiga qoʻymas ekanmiz, mavzuni hech qachon ochib bera olmaymiz.

Oddiy xalq sifatida eʼtibor bering! Ularni koʻrgan narsalarni qanday tasvirlaydi? Sizni jurnalist sifatida farqingiz faqatgina soʻzlardan toʻgʻri foydalanish, grammatika qoidalari toʻgʻri tashkil qilish.

Yana bir tipdagi jurnalistlar bor ular mavzuni boʻrttirishga harakat qilishadi. Va aksariyat hollarda keraksiz soʻzlardan foydalanishadi. Bular albatta Pafos yaʼni baland parvoz gaplar.

Pafos haqida toʻliq maʼlumot keyingi postda...

@Jurnalistika_ilk_qadam

Jurnalistika - ilk qadam

22 Oct, 16:42


Koʻpchilik Oʻzbekistonga endi kirib kelayotgan yoʻnalishi turi deb bilishadi. Ammo bu usul anchadan beri mavjud

Hozir kunda SMM deb yuriladigan soha tub ildizi tijoriy yaʼni marketingga xizmat qiladigan maqolalar asosida boʻladi.

Tijoriy maqolalar asosan kompaniya yoki tashkilotning ichki imijini koʻtarish, yaʼni tashkilotni PR (obʼekt timsolini yaratish va ijtimoiy guruh qadriyatlari qatoriga qoʻshish texnologiyasi boʻlib, undan koʻzlangan maqsad ushbu timsolning ideal va hayotiy zarur timsol ekaniga barchani ishontirishdan iborat).

Tijoriy maqolalar reklamadan tubdan farq qiladi

Reklamada mahsulot olish boʻlsa

PR da esa mahsulotni nima uchun olish kerak ekani yaʼni u juda zarur va ishonchli ekanligini koʻrsatish koʻzda tutiladi.

Tijoriy maqola
Sport
Sanoat
Taʼlim

Va boshqalarni ham yoritish mumkin.

@Jurnalistika_ilk_qadam

Jurnalistika - ilk qadam

22 Oct, 16:42


Tahliliy maqola - oddiy tilda aytganda nimanidir tahlil qilish.
Misol uchun; boʻlayotgan jarayonlarni boshidan oxirigacha qisqacha maʼlumot berish, vaqt davomida nimalar sodir boʻlganini bilish va h.k.

Tahliliy maqola

Birinchi qadam - mavzu qay darajada omma uchun muhim. Yaʼni siz olib chiqqan mavzu agar koronavirus boʻlib, bir yilda qanday boʻlgani haqida boʻlsa, bunday maʼlumotlarni hamma joydan topish mumkin.

Koronavirus uchun qancha mablagʻ ajratildi. Uning qanchasi ishlatildi desangiz bu boshqa narsa. Bu koʻproq qiziq.

Ikkinchi qadam - mavzu sizdan qancha vaqt va qancha mablagʻ talab qiladi, yakunda siz nimaga erishasiz? Shu savollarga javob toping!

Uchinchi qadam - mavzu yuzasidan sizga hech qanday tahdid boʻlmasligini hisobga oling!
Mavzu faqat minusdan yoki faqat plusdan iborat boʻlmasin.

Faqat tanqid boʻlsa siz uchun ortiqcha bosimlar boʻlishi mumkin.

Faqat maqtov boʻlsa maddohlikka oʻxshab qoldi.

Eng maʼqul yoʻli boshida plus bilan boshlab, yakunda asosiy dalilni berish lozim.

Tanqidiy maqolalar ham asosida tahlil yotadi. Yaʼni mavzu chuqur oʻrganiladi.

Tahliliy maqolada esa faqat tahlil. Sport maktabi ochildi, hozirda qancha sportchi bor, nechtasi chempion boʻldi. kabi mavzu asosan.

@Jurnalistika_ilk_qadam