Hozirgi kunda internetdagi barcha veb-saytlarning 43% dan ortig'i WordPress yordamida qurilgan. Bu raqam WordPress'ni eng ommabop CMS (Content Management System) sifatida mustahkamlab kelmoqda.
WordPress o'zining rivojlanish yo'lida har yili yangi funksiyalar va yangilanishlarni taqdim etib, yildan-yilga o'z foydalanuvchilar bazasini kengaytirmoqda. O'sish sur'ati doimiy ravishda 3-4% darajada oshib kelmoqda.
WordPress 120 dan ortiq tilni qo'llab-quvvatlaydi, shu jumladan o'zbek tilida ham foydalanish imkoniyati mavjud. Bu esa global miqyosda kengroq auditoriyaga ega bo'lishga imkon beradi.
Hozirda 60 000+ dan ortiq bepul va pullik plaginlar mavjud bo'lib, ulardan foydalanib saytni kerakli funksiyalar bilan to'ldirish mumkin. Mavzular soni esa 10 000+ dan ortiq bo'lib, ular orasida turli xil dizayn yechimlarini topish mumkin.
WordPress ko'plab kichik va o'rta bizneslar uchun qulay CMS hisoblanadi, chunki uning plaginlari va sozlashlari keng doirada sozlanishi mumkin. Bugungi kunda WordPress asosida 15 million dan ortiq tijoriy saytlar faoliyat ko'rsatmoqda.
WordPress nafaqat biznes uchun, balki ta'lim uchun ham keng qo'llanilmoqda. Bugungi kunda Tutor LMS, LearnDash kabi LMS (Learning Management System) plaginlari orqali online kurslarni tashkil qilish osonlashgan.
#WordPress #Statistika #VebDasturlash